my.gov.uz

@mygovuz


Расмий телеграм канали

Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ [email protected]
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱 @eGovUz

Youtube: link.egov.uz/yt
Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/mig

my.gov.uz (Uzbek)

Salom, do'stlar! Bugun sizlarga MyGovUz Telegram kanalidan so'z ochmoqchimiz. MyGov.Uz - bu rasmiy tarmoqda faoliyat yuritadigan Telegram kanali, Sizning fikrlaringiz uchun o'zimizga ahamiyat bergan joy. Agar siz ham qanday fikrlar va takliflaringiz bo'lsa, ushbu kanal orqali ularga yetkazing. Kanalda sizga bot yordam berish uchun @MyGovRasmiyBot nomli bot, qo'llab-quvvatlash bo'limi uchun 1242 raqami, elektron pochta orqali murojaat mumkin: [email protected]. Rasmiy veb-sayt: my.gov.uz, e-gov.uz. Shuningdek, eGovUz nomli Telegram akkaunti orqali ham bilanishib borishingiz mumkin. Kanalimizda YouTube, Facebook, va Instagram sahifalarimizga havola bor. Barcha so'nggi yangiliklarimizni, e'tibor qozonishlarimizni va tadbirlarimizni xabar qilmoqchi bo'lsangiz, MyGovUz kanaliga obuna bo'ling va bizning jamoamizga qo'shiling!

my.gov.uz

22 Oct, 11:39


🆕 Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar uchun yaxshi yangilik!

📱 my.gov.uz da joriy qilingan yangi xizmat tufayli endi nogironligi boʻlgan shaxs va uning oila aʼzolariga elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlari qoplab beriladi.

👉 Buning uchun quyidagi mezonlarga javob berish kerak:

Oxirgi 12 oy davomida oʻzi yoki oila aʼzolari nomida yashash uchun moʻljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud emasligi;
Yer uchastkasi oxirgi uch oy ichida auksion orqali xarid qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi;
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan ekspertiza natijalari boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan, shuningdek, tegishliligi boʻyicha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ning birida turgan boʻlishi.

💰Bir martalik toʻlov yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oilasi tarkibida nogironligi boʻlgan shaxslar sonidan qatʼi nazar, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda ajratiladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

22 Oct, 08:58


⚡️ Talabgorlarga qulaylik!

🟡 Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili hamda umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan talabgorlar to‘lovni endi my.gov.uz portali orqali murojaat yo‘llagan holda qaytarib olishlari mumkin.

❗️Bunda talabgorga Bilimni baholash agentligining hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdori qaytariladi.

🧑‍💻 Mazkur xizmat sinov tariqasida ishga tushirilgan!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

22 Oct, 04:49


❗️Yagona portalda qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari uchun qulayliklar

💻 my.gov.uz portalida qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida bir nechta davlat xizmatlari ishga tushirilgan.

👉 Jumladan:

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish;

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish;

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarish;

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari uchun texnikaning ro‘yxatda turganligi to‘g‘risida ma'lumotnoma olish;

Traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish yoki yo‘qolgani o‘rniga yangisini olish;

Traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish
kabi davlat xizmatlaridan ham onlayn foydalaning.

🔵 Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston Respublikasi davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq pullik davlat xizmatlarini my.gov.uz orqali 10% chegirma bilan olishingiz mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

17 Oct, 06:47


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️my.gov.uzʻda sunʼiy intellekt asosida koʻrsatilayotgan xizmatlar ulushi 10 foizga yetkaziladi

🆕 “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-358-son, 14.10.2024-y.) qabul qilindi.

👉 Unga koʻra, sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish boʻyicha erishish lozim boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlar, shu jumladan:

sunʼiy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 milliard AQSH dollariga yetkazish;

YIDXP (my.gov.uz) da sunʼiy intellekt asosida koʻrsatilayotgan xizmatlar ulushini 10 foizga yetkazish;

sunʼiy intellekt yoʻnalishida faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar sonini 10 taga yetkazish hamda yuqori quvvatli hisoblash serverlarini ishga tushirish;

Hukumatning sunʼiy intellektga tayyorlik indeksida (Government AI Readiness Index) Oʻzbekistonni birinchi 50 ta oʻrindagi davlatlar qatoriga kirishiga erishish.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

16 Oct, 04:02


⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

🧑‍💻 2024-yil 14-oktabrdan ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz portali orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 20-oktabr 23:59 ga qadar davom etadi.

❗️21-oktabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

📆 Test sinovlari 2–3-noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan/

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

15 Oct, 06:48


🥇 O‘zbekiston: Sport yulduzlari vatani!

🇺🇿Yurtimiz jahonga ko‘plab sport yulduzlarini taqdim qilmoqda. Olimpiya o‘yinlaridagi shohsupalar, jahon chempionatlaridagi g‘alabalar, shaxmat olamidagi mutlaq hukmronlik... Bularning barchasi O‘zbekiston sportining yuksak salohiyatini namoyish etayotgani shubhasiz.

🌟 Siz ham ushbu yulduzlar qatoridan joy olishni orzu qilasizmi? Yoki bo‘lg‘usi chempionlarni tarbiyalashni maqsad qilganmisiz? Unda my.gov.uz portali sizga ko‘makchi bo‘ladi!

📱 Portalda sport sohasiga oid ko‘plab xizmatlardan foydalanishingiz mumkin!

🏆 Sportchilar uchun:

🟢Sport unvonlari va razryadlarini olish: Mahoratingizni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlarga ega bo‘ling!

🟢Sport pasportini olish: Faoliyatingizni rasmiylashtiring va imtiyozlardan foydalaning!

🟢Sport unvonini tekshirish: Unvoningizning haqiqiyligini osongina tekshirib ko‘ring.

🟢Sport imtiyozlarini tekshirish: Qonuniy imtiyozlaringiz haqida ma’lumotga ega bo‘ling.

❗️Murabbiylar va hakamlar uchun:

🟢Hakamlarga malaka toifasini berish: Professional hakam sifatida faoliyat yuritish uchun ariza topshiring.

🟢Trener-o‘qituvchilar uchun oliy malaka toifasini olish: Malakangizni oshiring va yuqori darajadagi mutaxassisga aylaning!

🥇Yosh sportchilar uchun:

🟢Sport maktablariga onlayn ariza berish: O‘zingizga mos sport maktabini tanlang va onlayn ariza topshiring!

🟡 my.gov.uz orqali orzularingiz sari qadam tashlang!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

14 Oct, 09:29


🏆My.gov.uz ikki yo‘nalishda TAF!2024 tanlovi sovrindori bo‘ldi

TAF!2024 doirasidagi “2024-yil reklamasi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

🎉My.gov.uz jamoasi tanlovning ikki yo‘nalishida — “2024-yil sayti” hamda “2024-yilgi mobil ilova” nominatsiyalarida sovrindor bo‘ldi.

📱Shunday qilib, yagona portal ushbu tanlovning ikki bronzasini qo‘lga kiritdi!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

14 Oct, 07:06


📣 E'lon!

⚙️ Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining "Yagona milliy mehnat tizimi"da navbatdan tashqari profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan Yagona portalda talabgorlarning mehnat faoliyati ma'lumotlari bilan tanishishda va mehnat sohasidagi davlat xizmatlaridan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

🔔Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

11 Oct, 15:21


⚡️Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

🧑‍💻2024-yil 22-sentabrdan 4-oktabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

📱Test natijalari my.gov.uz portalida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz portali orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

11 Oct, 05:18


🔐 Mulkingizni qo’riqlash xizmatiga topshirmoqchimisiz?

🧑‍💻Jismoniy va yuridik shaxslar o‘z mulklarini qo‘riqlash xizmatiga topshirish uchun my.gov.uz orqali onlayn ariza berishlari mumkin. Buning uchun to‘lov undirilmaydi.

⌨️ Qo‘riqlash xizmatlari esa shartnomada keltirilgan shartlar asosida ko‘rsatiladi. Ariza beruvchi qo‘riqlash turlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra tanlaydi.

📝 Qo‘riqlash turlari quyidagilarga bo‘linadi:

📶 Signalizatsiya vositalari orqali;
🔈 Tashvish tugmalari orqali;
🔊 Saf bo‘linmalari orqali.

❗️Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tomonidan koʻrsatiladi.

📱 Uy-joyingiz hamda ko‘chmas mulkingizni asrash uchun ushbu xizmatdan foydalaning!

▶️ https://www.youtube.com/shorts/iUmYRKuS398

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

10 Oct, 08:56


❗️Kredit tarixingiz tekshirilishini my.gov.uz yordamida cheklab, oʻzgalar nomingizga kredit rasmiylashtirishining oldini oling!

📱 Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

👉 Yagona portal orqali kredit tarixingiz tekshirilishini cheklab qoʻyish uchun:

my.gov.uz portalida sinov tarzidagi xizmatlar boʻlimiga oʻting
Tegishli xizmatni tanlang
SMS-xabarnoma xizmatini yoqing
Kredit tarixi olishni cheklashni faollashtiring

👍Xizmatdan foydalanish juda oson va mutlaqo bepul!

▶️ Xizmatdan foydalanish tartibi bilan tanishing:

▶️ https://youtu.be/AmWQ7h_cBPs

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

09 Oct, 14:41


“ICT WEEK UZBEKISTAN 2024” haftaligi doirasida boʻlib oʻtgan “Oʻz omadingizni sinab koʻring!” sovrinli oʻyinining soʻnggi - yettinchi gʻolibiga ham sovrin yetkazildi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

08 Oct, 11:02


⚡️Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆 2024-yil 12-oktabr (shanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz portalining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

📍Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

08 Oct, 07:09


🏠Davlat fondidagi uy-joyni my.gov.uz orqali xususiylashtiring!

🚶🏻Endi davlat uy-joy fondini xususiylashtirish uchun davlat tashkilotlariga borish shart emas! Buning uchun my.gov.uz portali orqali onlayn ariza topshirsangiz boʻladi.

📱 Mazkur xizmat yordamida talabgorlar davlat uy-joy fondidagi ular tomonidan egallab turilgan alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani xarid qilish, imtiyoz asosida sotib olish yoki mulk qilib berilishi uchun ariza topshirishlari mumkin.

Qulayligi nimada?

Arizani tez va oson topshirish imkoniyati
Vaqtingizni tejashi
Navbat kutishga ehtiyoj yoʻqligi

🟡 Xususiylashtirish mumkin boʻlgan obyektlar:

Koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar
Bir kvartirali uylar
Yangi qurilgan uylardagi kvartiralar
Taʼmirlangan va boʻsh turgan kvartiralar
Yopiq harbiy shaharchalardagi uylardagi kvartiralar (ayrim hollarda)

❗️Eslatma:
👉 Arxitektura, tarixiy va madaniy yodgorlik boʻlgan kvartiralar va uylar, uy-muzeylar, yotoqxonalardagi xonalar, yashash uchun yaroqsiz deb topilgan yoki xizmat kvartiralari xususiylashtirilmaydi.

📝 Ikki va undan ortiq ijarachi yashaydigan kvartiralar faqat barcha yashovchilarning roziligi bilan xususiylashtirilishi mumkin.

💰 Xizmat narxi: BHMning 1 baravari miqdorida

📱 Xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/1084

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

07 Oct, 10:24


🟡 Tashkilotlarning sanitariya meʼyorlariga muvofiqligini tekshiring!

📱 Endi my.gov.uz portali orqali tashkilot yoki tadbirkorlik subyektining sanitariya-epidemiologiya xavfsizligiga rioya qilishini onlayn tekshirish mumkin!

Buning uchun tegishli tashkilotning STIR raqami kerak boʻladi.

🍱 Mazkur imkoniyat orqali umumiy ovqatlanish joylari (restoran, kafe, oshxona va hokazo), tibbiyot muassasalari (shifoxona, klinika, dorixona va hokazo), maishiy xizmat koʻrsatish sohasi (sartaroshxona, goʻzallik saloni va hokazo) tashkilotlari sanitariya talablariga qay darajada rioya etishlarini tekshirish mumkin.

Natijalar qanday koʻrsatiladi?

🔴 Qizil: Obyektning sanitariya meʼyorlariga javob bermasligi va xavfsiz emasligini anglatadi.
🟡 Sariq: Obyektning sanitariya meʼyorlariga toʻliq javob bermasligi, lekin xavfsiz ekanligini bildiradi.
🟢 Yashil: Obyektning sanitariya meʼyorlariga toʻliq javob berishi va xavfsiz ekanligini koʻrsatadi.

👉 Xizmatdan foydalanish tartibi quyidagicha:

📱 my.gov.uz portaliga kirasiz.
🧑‍💻 “Tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlarining sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi shartlariga muvofiqligini tekshirish” xizmatini topasiz.
📲 Tashkilotning STIR raqamini kiritasiz.
Natijalarni kuzatib, xavfsiz joylarni tanlaysiz!

Sogʻligingizni oʻylang va xavfsiz xizmatlardan foydalaning!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

07 Oct, 07:11


E'lon❗️

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining Yagona billing tizimida navbatdan tashqari profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz portalidagi pullik xizmatlardan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

07 Oct, 05:34


❗️Noutbuklar egalariga yetkazildi

💻 Avvalroq “ICT WEEK UZBEKISTAN 2024” haftaligi doirasida boʻlib oʻtgan “Oʻz omadingizni sinab koʻring!” sovrinli oʻyini gʻoliblarining bir guruhiga sovgʻalar topshirilgani xabar qilingan edi. Yaqinda gʻoliblarning qolganlariga ham sovrinlar yetkazildi.

📱 Eslatib oʻtamiz, shart juda oddiy edi: oʻyinda MyGov mobil ilovasi orqali maxsus QR-kodni skaner qilib, ID raqam olganlar ishtirok etishdi.

▶️Gʻoliblar tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlandi.

🎉 Omadli 7 nafar ishtirokchi qimmatbaho sovgʻa – zamonaviy noutbuk sohibi boʻlishdi!

📱Shu kabi qiziqarli tanlovlarda ishtirok etish va yangiliklarimizdan xabardor boʻlish uchun bizni kuzatishda davom eting!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot