Xushnudbek.uz

@xushnudbek


Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•fb.com/xushnudjohn

•twitter.com/xushnudbeck

•instagram.com/xushnudbek

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Huquqshunos (Uzbek)

Xushnudbek Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning eng so'nggi yangiliklari va maqolalari sizlarga taqdim etiladi. Xushnudbek hukukshunoslik sohasida mutaxassis bo'lib, o'z fikrlarini va tajribalarini o'z ichiga olgan insonlarga bilim va tajriba oshirishni maqsad qiladi. Agar siz ham hukuk sohasida yangiliklardan va maqolalardan xabardor bo'lishni istasangiz, @xushnudbek kanaliga obuna bo'ling! Shu bilan birga, Xushnudbek Xudoyberdiyevning youtube, facebook, twitter, instagram va tiktok sahifalariga ham qo'shilish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Sizga reklama xizmatlari kerak bo'lsa, @xushnudbekreklama kanaliga murojaat qilishingiz mumkin.

Xushnudbek.uz

21 Jan, 00:26


🅿 Toshkentda 14 mingga yaqin pulli avtoturargoh o‘rni quriladi

Kelgusida esa jami 84 mingga yaqin parking maydoni tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Pulli to‘xtash joylari 10 yil muddatga “e-auksion” platformasi orqali ijaraga qo‘yiladi.

💰 “Parkovka” narxlari esa zonasiga qarab 5 ming so‘mdan 12 ming so‘mgacha etib belgilangan.

🗺 “Parkovka” uchun ajratiladigan hududlar ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 00:26


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan:

— Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 72 nafar xodimi 79 ta;

— Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 59 nafar xodimi 60 ta;

— Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 22 nafar xodimi 23 ta;

— Energetika vazirligining 7 nafar xodimi 8 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischi sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi maʼlum bo‘ldi.

Yuqoridagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha mazkur vazirliklarga Agentlikning taqdimnomalari kiritildi.


👉 @xushnudbek 👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 00:25


Prezident Toshkent shahrining drenaj tizimi ishiga qat’iy e’tiroz bildirdi, kuni kecha bo‘lgan kuchli yomg‘ir haqiqiy ahvolni ko‘rsatganini qayd etdi.

Drenajni to‘g‘irlashnining o‘zi yetarli emasligi, suvni havzalarda to‘plash tizimini qilib, daraxtlarni sug‘orishga ishlatish maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.

Bundan tashqari, poytaxtda daraxtlarning kasallanishi ham ko‘paygan.

Shahar hokimligiga yil yakunigacha master-reja qilib, drenaj tizimini sun’iy havzalar bilan birga qurish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 00:25


Shavkat Mirziyoyev bugun Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti – “Green University”da bo‘ldi.

450 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv binosi ta’mirlanib, zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Ta’lim ingliz tilida olib boriladi. Buning uchun 🇺🇸AQSh, 🇬🇧Buyuk Britaniya, 🇲🇽Meksika va 🇫🇷Fransiyadan chet ellik o‘qituvchilar ham jalb etilgan.

O‘quv jarayoni “Hub and Spoke” tamoyili asosida tashkil etilgan. Bu yaxlit o‘quv tizimini yaratish, resurslarni optimallashtirish, talabalar va mutaxassislarning harakatchanligini oshirish kabi jihatlar bilan ajralib turadi.

Universitetning imkoniyatlarini kengaytirish uchun kelgusida poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi hamda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi sobiq kollejlar binolari ta’mirlanib, kampusga aylantirilishi rejalashtirilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 00:24


O‘zbekistonda kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra:

boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash 9-sinfni tamomlagan oʻquvchilar uchun – davlat granti asosida amalga oshiriladi;

oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi;

oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari bitiruvchilariga oʻzlashtirgan modullari, toʻplagan kreditlari va oliy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar oʻrtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning tegishli bosqichidan oʻqishni davom ettirishga ruxsat etiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 00:24


#abituriyent

Bilim va malakalarni baholash agentligi 2025/2026-o‘quv yilida OTMlarning bakalavr yo‘nalishlariga qabul imtihonlarida qo‘llaniladigan test topshiriqlari shakllantiriladigan o‘quv dasturlarini e'lon qildi.

O‘quv dasturlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

E’tibor bering: bu darsliklar ro’yxati emas, balki o’quv dasturlari ro’yxati. Jaydari tilda aytganda, abituriyentlar qaysi bilimlarni (mavzularni) egallashi kerakligi haqida ma’lumot.


👉 @xushnudbek 👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 00:24


UZEX aksiyalarini sotib olish uchun ariza berish imkoniyatlari yanada kengaytirildi

Endi aksiyalarni quyidagi usullar orqali sotib olish mumkin:

ipo.e-auksion.uz platformasi;
GoInvest ilovasi (hozirda Google Play’da mavjud);
Jett servisi (Multicard, Zoomrad, MyUztelecom, DavrMobile 2.0 ilovalarida) yoki app.jett.uz veb terminali;
brokerlar orqali;

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi (UZEX) "Xalqchil IPO" doirasida mablag‘larni foydali joylashtirishni taklif qilmoqda. Xarid qilingan har bir aksiya 4 ta qo‘shimcha aksiya olish imkonini beradi. Bundan tashqari, birja har yili foydaning kamida 50 foizini dividendlar to‘lashga yo‘naltiradi.

Aksiyalar soni cheklangan, taklif 2024-yil 28-oktyabrgacha amal qiladi (7 kun qoldi).

👉 Batafsil: www.xalqchilipo.uz

Reklama

Xushnudbek.uz

21 Jan, 00:23


DJ PILIGRIM — SENZURA, SIYOSAT, "BARSELONA" VA HALOVATNING QAYMOG‘I HAQIDA — Lolazor podcast

📹 https://youtu.be/UATEWVA5axg

“Lolazor”ning bugungi mehmoni — Dj Piligrim nomi bilan xalqimizga yaxshi tanish bo’lgan san’atkor Ilhom Yo‘lchiyev bilan turli qiziq mavzularda suhbatlashdik.

Podkast mundarijasi:

00:00 Tizer
00:54 Reklama
01:13 Intro
01:43 Bugungi mehmonimiz — Dj.Piligrim
04:54 17 yil vegeterianlik
08:45 Soqolim olinmagani uchun tadbirlarga chaqirishmasdi
17:28 “Ko‘k choy” qo‘shig‘i haqida
19:08 Dj.Piligrim oxirgi yillarda nimalar bilan band?
22:38 To‘y sanoati haqida
26:14 Mualliflik huquqiga nega qaralmaydi?
29:37 Madaniyat vazirligi kerakmi?
34:16 Mustaqillik bayrami qanday bo'lishi kerak?
36:20 Yulduz Usmonova haqida
37:13 San’atkorning fuqarolik pozitsiyasi haqida
40:50 Teylor Svift haqida
44:25 Siyosat bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganman
46:54 Qozog‘istonda yulduz ekanman
47:40 Ijodkorga ijod erkinligi kerak
53:18 Brbalo guruhining yigitlarini qamab qo‘yishdi
55:20 Haqiqiy ijod “oqar suv”ga o‘xshaydi
1:00:27 Heyt qiladigan insonlar — muhabbati yo‘q insonlar
1:03:12 “Ovoz. Bolalar” loyihasiga kelishi va undagi vazifalari haqida
1:11:32 O‘zbek san’atida Dj.Piligrim tan oladigan qo‘shiqchilar
1:14:45 O‘zbek san'ati nima uchun degradatsiyaga uchradi?
1:16:45 “Он и она” qo‘shig‘ining tarixi
1:20:15 Sayohatni nima uchun yaxshi ko‘radi?
1:26:16 “Barselona” futbol klubiga muxlisigi haqida
1:27:57 “Yevropadan to‘yib qoldim”
1:29:35 Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi haqida
1:33:57 “Oyiga 3 millionga yaqin jarima to‘layman”
1:38:53 “Halovatni hamon izlayapman”
1:41:33 Dj.Piligrimning gonorari qancha?
1:43:26 “Sizda SSSRga nisbatan nostalgiya bormi?”
1:45:49 Urush haqida
1:49:32 Toshkent ekologiyasi haqida
1:52:26 “Ты меня забудь” qisqa muddatda yaratilgan
1:55:54 Rossiyada ham “запрет”ga tushgani haqida
2:02:00 “Katta konsertlar qo‘yishni xohlayman”
2:04:00 “Nay chalishni yaxshi ko‘raman”
2:06:46 Ko‘rishguncha xayr

Dam olish kunida maroqli tomosha tilayman.


👉 @xushnudbek 👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 00:22


"Lolazor" podkastining navbatdagi sonida DJ Piligrim taxallusi bilan xalqimizga yaxshi tanish bo’lgan san’atkor Ilhom Yo’lchiyev mehmon bo‘ldi.

O’zgacha suhbat bo‘ldi. Dam olish kunida ko‘rish tavsiya etiladi.

Suhbatni ertaga, yakshanba kuni soat 12:00 dan boshlab YouTube kanalimiz orqali ko‘rishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 00:22


Xalqaro sport ustasi Bobur Sattarov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga tayinlandi.


👉 @xushnudbek 👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 00:22


❗️5 oy ichida 24 mingdan ortiq muhtoj fuqarolar protez-ortopediya vositalari bilan ta'minlandi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi may oyida muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash maqsadida yangi tizimni ishga tushirgan edi.

🗓 Ushbu tizim yordamida ta'minot muddati protezlar uchun 67 kundan 17 kunga, reabilitatsiya vositalari uchun 52 kundan 11 kunga qisqardi.

🩼 Ayni paytgacha fuqarolar zarur vositalarni xarid qilishi uchun 57 mingdan ortiq onlayn-vaucher shakllantirilib, 24 ming kishiga barcha zarur vositalar berilgan, 90 dan ortiq tadbirkor platformada 500 turdagi mahsulotlarni joylashtirgan.

🦼 Hozirda muhtoj shaxslar yana 7 mingta tegishli vositalarni olishi hamda 14 mingta vaucheri shakllangan fuqarolar buyurtma berishlari kutilmoqda.

📞 Protez-ortopediya vositalariga ehtiyoji bo‘lganlar “Inson” markazlari va mahallalardagi ijtimoiy xodimlarga yoki 1140 qisqa raqami orqali Call-markazga murojaat qilishlari mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 00:22


Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Qo‘chqorov Jamshid Anvarovichga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi" faxriy unvoni berildi.


👉 @xushnudbek 👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 00:21


🏆 Bugun, soat 22:15 da “Milliy” telekanalida “Zakovat” teleo’yinining kuzgi mavsum to’rtinchi o‘yinida Bobur Yoqubov jamoasi ishtirok etadi.

‼️ Teletomoshabinlar diqqatiga!

Endi muxlislar ham savolga javob topib, 4 mln so‘m yutib olishi mumkin. Buning uchun ko‘rsatuv boshida hamda oxirida beriladigan 2 ta savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob berish kerak.

📩 Javoblar @zakovattanlov_bot orqali qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish hamda botdan qanday to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha mana bu videoqo‘llanmani albatta ko‘rib oling.

Tanlovning barcha ishtirokchilariga omad!

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.


👉 @xushnudbek 👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 00:20


🚧 Toshkentdagi ko’chalardan biri 2 oyga yopildi

Qaysi ko’cha?
“O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining  Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishmasidan, “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining Istiqlol ko‘chasiga qadar qismi;

Qancha muddatga?
18-oktyabr 14:00 dan 20-dekabrgacha;

Nima sababdan?
“O‘zbekiston ovozi” ko‘chasini 24/7 rejimda ishlaydigan ko‘chaga aylantirish maqsadida qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilayotgani sababli.


👉 @xushnudbek 👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 00:20


🛒 Korzinka’dagi har bir xaridingiz qulay va yoqimli boʻlishi uchun doimo harakatdamiz

Korzinka supermarketlar tarmogʻi oʻz mijozlari haqida doimo qaygʻuradi va ularga gʻamxoʻrlik qiladi. Supermarketlarimizga kirishingizdan to xaridlarni yakunlaguningizga qadar sizga yuqori sifatli xizmat va e’tibor ko‘rsatishga intilamiz.

Chunki xarid iliq tuyg‘ular, xursandchilik hamda zavq bilan kechishi kerak deb hisoblaymiz. Aynan shu sababli ham Korzinka siz uchun kundan-kun yaxshi bo‘lishga harakat qiladi☺️

Bundan tashqari, Korzinka ilovasida virtual kartani ro‘yxatdan o‘tkazsangiz, sizga 5 000 salom bonusini olish imkoniyati ham taqdim etiladi!

App | Telegram-bot | Facebook | Insta |  Web | Korzinka Go | Reklama

Xushnudbek.uz

21 Jan, 00:20


Prezident farmoniga asosan, Sharifxo‘jayev Usmon Ulfatovich Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi.

U bunga qadar maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari edi.

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida Usmon Sharifxodjayevni kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi. Vazirlik jamoasi uning kelgusi kasbiy faoliyatida katta muvafaqqiyatlar tiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 00:20


Buxoroda 2 oyda saksovul bilan bog‘liq 25 ta huquqbuzarlik aniqlandi

O‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida aniqlangan holatlarda tabiatga 29 mln 702 ming 400 so‘m zarar yetkazilgan.

Aybdorlarga nisbatan 222 mln 900 ming so’m jarima tayinlangan. Huquqbuzarlar jami 252 million 602 ming 400 so‘m tovon to‘lashlari belgilangan.

Video: Ekologiya vazirligi


👉 @xushnudbek 👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 00:20


BYD YUAN UP elektromobilining rasmiy narxi e’lon qilindi

YUAN UP BYD’ning O‘zbekistondagi barcha rasmiy dilerlarida sotuvga chiqarildi. Avtomobil uchun 6 yil yoki 150 000 km, batareya va elektr tizimlari uchun 8 yil yoki 150 000 km kafolat taklif etiladi.



Uning narxi — 266 700 000 so‘m.

☎️ Ishonch telefoni: 1811

Instagram | Facebook | Telegram | Rasmiy sayt | Reklama

Xushnudbek.uz

21 Jan, 00:20


📶 6G mobil internet tezligi hozirgidan 9000 marta yuqori bo‘lishi mumkin

University College London (UCL) olimlari keng diapazondagi chastotalar, radioto‘lqinlar va yorug‘likni birlashtirgan holda sekundiga 938 gigabit ma’lumotni uzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bu esa bir soniyada o‘rtacha kattalikdagi 20 dan ortiq kinoni yuklab olish mumkin degani.

Hozirda olimlar jamoasi o‘zlari yaratgan 6G texnologiyasini ommalashtirish uchun smartfon ishlab chiqaruvchilar hamda aloqa operatorlari bilan muzokara o‘tkazmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 00:19


Kunlar sovumoqda: pechka yoqishdan oldin albatta dudbo’ronni tekshiring. Is gazidan ehtiyot bo’ling

Kunlar sovushi munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi isitish pechlaridan foydalanishda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga chaqirmoqda:

Quyidagi tavsiyalarga amal qiling:

🔹isitish pechlari va ularning dudbo’ronlari sozligiga, turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligi hamda yoriqlar bo‘lmasligiga alohida e’tibor bering;

🔹gaz uskunalarini ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlanglar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang;

🔹maxsus tashkilotlar tomonidan dudbo’ronlarning o‘z vaqtida tozalanishiga e’tibor qarating.

IS GAZIDAN OGOH BO’LING!


👉 @xushnudbek 👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 00:19


2025-yilgi Davlat byudjeti loyihasining asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.

Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qolayotgan holatda byudjet daromadlarini ko‘paytirishning birdan bir yo‘li – soliq ma’murchiligini takomillashtirish ekani qayd etildi.

Davlatimiz rahbari bu tadbirkorlar faoliyatiga aralashish orqali emas, balki raqamlashtirish, sun’iy intellekt va yashirin iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish hisobiga bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.


👉 @xushnudbek 👈

Xushnudbek.uz

21 Jan, 00:19


🇳🇬 Nigeriyada yonilg‘i tankeri portlashi oqibatida 153 kishi halok bo‘ldi

Hodisa mamlakat shimolidagi Jigava shtati Majiya shahrida sodir bo‘lgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida tanker ag‘darilib ketgan.

Qurbonlar soni ko‘p bo‘lganiga sabab — yaqin atrofdagi aholi ag‘darilgan tankerdan benzin yig‘ib olish uchun to‘plangan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 153 kishi halok bo‘lib, 100 nafardan oshiq inson jarohatlangan.


👉 @xushnudbek 👈