UzA | Tezkor xabarlar

@uzauz


Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Sayt: www.uza.uz

•facebook.com/uzauz

•instagram.com/uza.uz

•twitter.com/uzauz

•lotin yozuvida: @uzauzlot

UzA | Tezkor xabarlar

22 Oct, 14:56


Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 23–24-oktyabr kunlari BRIKS birlashmasi davlatlarining sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida boʻladi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz

UzA | Tezkor xabarlar

22 Oct, 11:22


Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 23-oktyabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 817,85 so‘m (+ 12,76)
1 RUB 132,95 so‘m (– 0,15)
1 EUR 13 865,07 so‘m (– 24,61)

Kanalga ulanish: 
@uzauz

UzA | Tezkor xabarlar

22 Oct, 08:52


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida "Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish yuzasidan oʻtgan videoselektor yigʻilishida belgilangan asosiy vazifalar.

Batafsil — yuqoridagi #infografikada.

Kanalga ulanish: 

@uzauz

UzA | Tezkor xabarlar

22 Oct, 03:29


Elektron ovoz berish qanday amalga oshiriladi?

▫️Elektron ovoz berish onlayn ovoz berishdan farq qiladi.

Batafsil videoda tanishing.

Kanalga ulanish: 
@uzauz

UzA | Tezkor xabarlar

21 Oct, 17:17


“Yashil makon” loyihasi doirasida yil oxirigacha va kelgusi yilda bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab berildi

Kanalga ulanish: 
@uzauz

UzA | Tezkor xabarlar

21 Oct, 17:01


Har bir viloyatda “Yashil” universitetning texnikumlari tashkil etiladi

Kanalga ulanish: 
@uzauz

UzA | Tezkor xabarlar

21 Oct, 17:00


Prezident: Ona tilimizga eʼtibor koʻrsatish – milliy mustaqilligimizga, Vatanimizga mehr va eʼtibor koʻrsatish demakdir

Kanalga ulanish: 
@uzauz

UzA | Tezkor xabarlar

21 Oct, 14:38


Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva UNFPAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Nigina Abaszade bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqot davomida asosiy e’tibor ta’lim, sog‘liqni saqlash va inson kapitalini rivojlantirish masalalariga qaratildi.

Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoniga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan davlat dasturi, shuningdek, onalar va bolalar oʻlimi mavzusi keng muhokama qilindi. UNFPA tomoni ushbu sohalarda mamlakatimizga ekspertlik ko‘magi va texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz

UzA | Tezkor xabarlar

21 Oct, 14:01


Endilikda Oʻrmon xoʻjaligi agentligi choʻllanishga qarshi kurashish bilan ham jiddiy shugʻullanadi, hokimliklar qoshidagi “Yoʻl koʻkalam” tashkilotlari agentlik tizimiga oʻtadi.

Agentlikka har bir hudud iqlimiga mos 100 milliondan ziyod nihol va koʻchatlarni oddiy usulda mahalliylashtirish hamda yetishtirish xarajatini 20 foizgacha kamaytirish topshirildi.

Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 20 gektarda tajriba-sinov maydonchasi qilib, degradatsiyaga uchragan yaylovlarni qayta tiklaydigan oʻsimliklarni yetishtirishni tashkil qilish vazifasi qoʻyildi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz

UzA | Tezkor xabarlar

21 Oct, 14:01


“Oʻzbekkosmos” agentligi Buxoro va Navoiyda 35 gektardagi qum va shamolni ushlab qoluvchi choʻl oʻsimliklari qoplamasi yoʻqolib ketganini aniqladi.

Mutasaddilarga ishchi guruhi tuzib, ushbu 2 ta viloyatning choʻl va yarim choʻl hududlarida “yashil” maydonlarni koʻpaytirish boʻyicha dastur ishlab chiqish topshirildi. “Oʻzbekkosmos” agentligi bilan birgalikda choʻllarda ekologik holatni monitoring qilish platformasi yaratiladi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz

UzA | Tezkor xabarlar

21 Oct, 13:49


Soʻnggi vaqtlarda yurtimizda chang boʻronlari tez-tez sodir boʻlayotgani qayd etildi.

Bunga global iqlim oʻzgarishi bilan birga noqonuniy daraxt kesilishi, suv kamayishi, tartibsiz chorva boqilishi oqibatida choʻl yaylovlari degradatsiyaga uchrayotgani ham sabab boʻlmoqda. Choʻllardagi oʻsimliklar turlari ham keskin kamaygan.

Davlatimiz rahbari aholi koʻpayib borayotgan sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha eng katta zaxiramiz – yaylovlar ekaniga eʼtibor qaratdi. Shu bois, yaylovlardan foydalanishga ehtiyoj yildan yilga koʻpayib borayotgani taʼkidlandi.

Endilikda 16 million gektar yaylov yerlarini boshqarish Veterinariya qoʻmitasiga oʻtkazilishi belgilandi.

Qoʻmitaga yil yakunigacha choʻllarni degradatsiyadan chiqarish boʻyicha uch yillik dastur tayyorlash topshirildi. Kelgusi yilda bu maqsadlar uchun dastlab 50 million dollar grant mablagʻlari jalb etiladi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz

UzA | Tezkor xabarlar

21 Oct, 13:46


Viloyat hokimliklariga “Mening bogʻim” loyihasi boʻyicha yashil bogʻ yaratishga kamida 1 gektar, yashil jamoat parki uchun yarim gektardan yer ajratish topshirildi.

Bu maydonlar ekish mavsumigacha “Ochiq byudjet” portaliga qoʻyilib, daraxt turlari boʻyicha tavsiya va ularning narxi koʻrsatiladi. Bunda, parvarishlashda masʼuliyatsizlik qilgan shaxslarni mobil ilova orqali ogohlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Hokimlarga barcha obodonlashtirish boʻlimlarini 20 tadan sugʻorish mini-texnikasi bilan taʼminlash topshirildi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz

UzA | Tezkor xabarlar

21 Oct, 13:46


Prezident keyingi yilda “Yashil makon” dasturi uchun 100 milliard soʻm ajratilishini eʼlon qildi.

Endilikda daraxtlarni 3 yil parvarishlash, kasallikdan saqlash, sugʻorish xarajatlari ham investitsiya dasturiga kiritiladi.

Sugʻorish tizimi
boʻyicha 2 ta tajriba amalga oshiriladi. Xususan, 27 ta tumanda sugʻorish tizimi yaratish uchun 1 tadan quduq qazishga ruxsat beriladi. Gʻallaorol tumanidagi togʻlarda qor-yomgʻir suvini yigʻuvchi 10 ta geo-membrana oʻrnatilib, daraxtlarni sugʻorish tizimi yaratiladi. Bahorda 14 ta tumanning togʻ va adir qiyaliklarida qavat-qavat qilib, terrasa usulida 500 gektarda daraxt ekish boshlanadi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz

UzA | Tezkor xabarlar

21 Oct, 13:42


Prezidentimiz Toshkent shahridagi holatga alohida toʻxtaldi.

Poytaxtning drenaj tizimi ishiga qatʼiy eʼtiroz bildirildi, kuni kecha boʻlgan kuchli yomgʻir haqiqiy ahvolni koʻrsatgani qayd etildi.

Drenajni toʻgʻirlashni oʻzi yetarli emasligi, suvni havzalarda toʻplash tizimini qilib, daraxtlarni sugʻorishga ishlatish maqsadga muvofiq ekani taʼkidlandi.

Umuman, poytaxtdagi tuman hokimlari joyiga chiqib, drenaj, yashillik, obodonlashtirish kabi masalalarni tepasida turib oʻzi hal qilishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

Bundan tashqari, poytaxtda daraxtlarning kasallanishi ham koʻpaygani qayd etildi.

Shahar hokimligiga yil yakunigacha master-reja qilib, drenaj tizimini sunʼiy havzalar bilan birga qurish boʻyicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz

UzA | Tezkor xabarlar

21 Oct, 13:41


“Toshkent-Ohangaron” xalqaro avtomobil yoʻlining 53 kilometrlik qismida 840 mingta daraxt ekilgani oʻziga xos tajriba boʻldi.

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga viloyat hokimliklari bilan birga bu tajribani joriy yilda 13 ta xalqaro avtomobil yoʻllarida amalga oshirib, 9 million tup koʻchat ekish topshirildi. Yana 2 ming kilometr avtomobil yoʻllari yoqasi daraxt ekish uchun 10 ming nafar fuqaro va tadbirkorlarga boʻlib beriladi.

Samarqand-Qarshi temir yoʻlining 145 kilometr, Toshkent-Samarqand temir yoʻlining 150 kilometr qismida kuz mavsumida 1 million tupdan koʻchat ekishni tashkil qilish vazifasi qoʻyildi.

Ekologiya vazirligiga chiqindi poligonlari atrofida 167 ming daraxtni parvarishlab, “yashil belbogʻ” barpo etish topshirildi.

Dala chetlarida 21 million tup terak, tut va uzum ekish, tarmoq korxonalarida 5 million koʻchat ekib, “yashil belbogʻ” barpo qilish muhimligi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz