Zo’r Talaba | Rasmiy kanal @zortalaba Channel on Telegram

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

@zortalaba


Muhokama uchun: t.me/ZorTalaba_Muhokama

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal (Uzbek)

Zo'r Talaba rasmiy kanali sizni o'quv hayotingizga o'zi qamrab olishga taklif etadi. Bu kanalda, o'quvchilar uchun eng so'nggi ma'lumotlar, savollar va mantiqiy vaziyatlar mavjud. Zor Talaba kanali o'quvchilarga o'zlarini rivojlantirish, yaxshi natijalar olish va yangiliklardan xabardor bo'lishda yordam beradi. Kanalda eng yangi maqolalar, tadqiqotlar va tajriba bo'lgan o'qituvchilar tomonidan tavsiyalar beriladi. Zor Talaba kanaliga obunachilar uchun xususi muloqotlar va muntazam savollar javoblar bo'lib, o'quv jarayonida ko'p vaqt sarflamagan holda yordam olishga imkoniyat beradi. Sizga yordam berishni istaysizmi? Sizga ma'lumotlarni izlashda yordam kerakmi? Keyingi bosqichni o'tish uchun qo'shiling Zor Talaba kanaliga va o'z o'quv yo'lizda muvaffaqiyatga yeting!

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

23 Jan, 20:12


💬 Kunduzgi ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shakllari hamda yuqori kurs talabalarining yakuniy nazorat turlarini o‘tkazishda ushbu tashkiliy chora-tadbirlarni tatbiq etish tavsiya etiladi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

23 Jan, 20:05


Savol: Bu buyruq 1-, 2- va undan yuqori kurslar uchun ham tatbiq etiladimi yoki faqat 2024/2025 oʻquv yilida 1-kursga qabul qilingan talabalarga nisbatan tatbiq etiladimi?

Javob: Faqat, 2024/2025 oʻquv yilida 1-kursga oʻqishga qabul qilingan talabalarga nisbatan tadbiq etiladi.

🔹 2. Oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari (direktorlari):

joriy o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalaming 2024/2025 o‘quv yili kuzgi semestridan yakuniy nazorat turini mazkur buyruq ilovasida qayd etilgan chora-tadbirlarga muvofiq tashkil etilishini ta’minlasin

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

23 Jan, 18:55


Talabalardan kelgan savol:
Assalomu alaykum. Ushbu buyruq sirtqi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalar uchun ham tatbiq etiladimi?

Javob: Yoʻq. Mazkur buyruq faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalar uchun tatbiq etiladi

🔹 1. Oliy ta’lim tashkilotlarida yakuniy nazorat turini tashkil etish va o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Mazkur chora-tadbirlar 2024/2025 o‘quv yilidan respublika oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilingan talabalarning yakuniy nazorat ishlariga nisbatan tajriba-sinov tariqasida amalga oshirilsin.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

23 Jan, 18:41


📝 Talabalar oʻz izohlarida ushbu qoʻygan postimizni rasman tasdiqlovchi rasmiy hujjat soʻrashgan ekan.

📜 Talabalarni xafa qilmagan holda, istaklarini amalga oshirishni maqsad qildik.
Mana oʻsha siz soʻragan rasmiy hujjat.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

23 Jan, 10:45


Savol: Assalom alekum, 2024 uqishdi tugatgandim Samduni, stipendiya notuģri hisoblanib ketibdi deb telefon qildi, vedemostda ism familyam bn olgandim, qaytarmasang sudga oshiramiz deyabdi, shunaqa bulishi mumkinmi?


Javob: Fuqarolik Protsessual Kodeksi

🔹 14-modda. Ishlarni qonunchilik asosida hal qilish

Sud ishlarni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hal qilishi shart. Sud, agar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo‘lmasa, boshqa qonunchilik hujjatlarini ham qo‘llaydi.

Nizoli munosabatni tartibga soladigan huquq normalari mavjud bo‘lmagan taqdirda, sud shunga o‘xshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini qo‘llaydi, bunday normalar mavjud bo‘lmaganda esa nizoni qonunlarning umumiy asoslari va mazmunidan kelib chiqqan holda hal etadi.

💬 Demak, ushbu 14-moddaga koʻra, siz bilan OTM oʻrtangizda mehnat shartnomasi tuzilmagan boʻlsada, o‘xshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalari qoʻllaniladi va SamDU Mehnat Kodeksining 269-moddasiga koʻra, sizdan sud orqali ortiqcha toʻlangan pulni undirib olishga qonuniy haqqi bor 👇

Mehnat Kodeksi

🔹 269-modda. Ish haqidan ushlab qolishni cheklash

3) ish haqi hisobiga berilgan bo‘nakni ushlab qolish uchun, boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tganligi munosabati bilan xo‘jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga berilgan, sarflanmagan va o‘z vaqtida qaytarilmagan bo‘nakni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar oqibatida ortiqcha to‘langan summalarni qaytarib olish uchun. Bunday hollarda ish beruvchi bo‘nakni qaytarish, qarzdorlikni to‘lash uchun belgilangan muddat tamom bo‘lgan kundan yoki to‘lov noto‘g‘ri hisoblab chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay ushlab qolish haqida buyruq chiqarishga haqli. Agar bu muddat o‘tib ketgan bo‘lsa yoki xodim bo‘nakni to‘lash uchun ushlab qolish asoslariga yoxud miqdoriga e’tiroz bildirayotgan bo‘lsa, qarzni to‘lash sud tartibida amalga oshiriladi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

23 Jan, 08:59


📣 Mazkur buyruqqa koʻra, endi talabalarga imtihon savollari bilan oldindan tanishib chiqish imkoniyati berilmoqda.


📜  Ushbu buyrugʻning 5-bandiga koʻra, endi barcha OTM talabalariga yakuniy nazorat imtihonlari boshlanishidan 1 oy oldin imtihon savollari bilan tanishib chiqish imkoniyati berildi.

🔹 5. Yakuniy nazorat imtihoni topshiriqlari (savollari) fanning o‘quv dasturi (sillabusi) asosida imtihon8 jarayonlari boshlanishidan kamida bir oy oldin tegishli kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilib, kafedra muhokamasidan o‘tkaziladi hamda tegishli fakultet dekani hamda tegishli kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

Bunda, savollaming 40-50 foizi bevosita auditoriyada o‘tilgan mavzular
bo‘yicha, 50-60 foizi mustaqil ta’lim mavzularidan iborat bo‘lishi tavsiya qilinadi.

Yakuniy nazorat turi topshiriqlari (savolnomasi) va baholash mezoni kamida bir oy oldin talabalar e’tiboriga yetkaziladi.

💬 Shu bilan talabalar tomonidan imtihon savollarini fan oʻqituvchisining talaba vositachisi orqali pora evaziga sotib olish kabi korrupsion holatlarga chek qoʻyildi.
Hurmatli talabalar endi siz rasman imtihon savollari bilan 1 oy oldin tanishib chiqish huquqiga egasiz.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

23 Jan, 06:39


📝 Talabalar ushbu post yuzasidan qoldirgan izohlarida bizdan qisqa va loʻnda xulosa berishimizni soʻrashibdi.


📜 Xulosa, yakuniy nazorat imtihonidan yiqilgan talaba imtihonni yana 2 martagacha bepul qayta topshirishi mumkin

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

23 Jan, 05:34


🔔 Diqqat, xushxabar!

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024-yil 2-dekabrda 452-sonli buyrugʻ ishlab chiqildi.

⚠️ Ushbu buyruq talabalarga oraliq yoki yakuniy nazorat imtihonini 2 martagacha qayta topshirish huquqini beruvchi 2018-yilda ishlab chiqilgan 3069-raqam bilan roʻyxatdan oʻtgan buyruqqa muvofiq ishlab chiqilgan 👇

🔹 1. Mazkur chora-tadbirlar Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini
nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomga (Adliya vazirligi tomonidan
2018-yil 26-sentabrda 3069-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) muvofiq
O‘zbekiston espublikasida faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining
2024/2025 o‘quv yilidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakliga
qabul qilinib, tahsil olayotgan talabalar uchun yakuniy nazorat turini (keyingi
o‘rinlarda - yakuniy nazorat imtihoni) tashkil etish va o‘tkazishning tashkiliy
harakatlarini tavsiflaydi.

Kunduzgi ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shakllari hamda yuqori kurs
talabalarining yakuniy nazorat turlarini o‘tkazishda ushbu tashkiliy chora-tadbirlami
tatbiq etish tavsiya etiladi.


⚠️ Diqqat, eng muhim joyi:

2. Mazkur chora-tadbirlarda nazarda tutilmagan masalalar mavjud qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori hamda Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomi (Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-sentabrda 3069-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) asosida amalga oshiriladi.

Ushbu yangi buyruqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yildagi 3775-sonli qarorining 4-bandi, a) xatboshida keltirilgan "semestr yakuni bo‘yicha akademik qarzdor talabaning qayta topshirishi mumkin bo‘lgan fanlar sonini belgilashga va ularni topshirish muddatini o‘zgartirishga qaratish toʻgʻrisida"gi norma nazarda tutilmagan.

Demak, mazkur buyruqning 2-bandiga koʻra, Prezident qarorining normalari nazarda tutilmagan masala 2018-yildagi 3069-raqam bilan roʻyxatdan oʻtgan buyruqning 26-bandidagi "talabalarning oraliq yoki nazorat imtihonlarini 2 martagacha qayta topshirish" toʻgʻrisidagi norma asosida amalga oshiriladi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

22 Jan, 01:32


Ustozim sobiq deputat Kobul Dusov Maktab va maktabgacha taʼlim vaziri Hilola Umarovani davlat budjet pullarini talon-taroj qilganlikda ayblab (gumonlab) prokuraturaga shikoyat qildi.

Ustozim Kobul Dusov qoʻlida davlat budjet pullarini talon-taroj qilgan vazir Hilola Umarova haqida inkor etib boʻlmaydigan dalillar mavjud.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

21 Jan, 15:53


Qashqadaryo viloyat hokimi oʻrinbosari boʻlib ishlagan vaqtlarida Qashqadaryo xalqini xot dog bilan yigʻlatgan Rustam Yoʻldoshev Samarqand davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektorligi lavozimidan ozod etildi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

21 Jan, 15:26


#Tayinlov

⚡️Geografiya fanlari doktori, professor Subxon Abbosov Samarqand davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi...

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

21 Jan, 15:26


Rustam Yo'ldoshev,
Samarqand davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori


✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

20 Jan, 19:02


📘 Oʻzbekiston Respublikasining "Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida"gi qonuni


🔹 3-modda. Jamoatchilik nazorati subyektlari

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi), fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati subyektlaridir.

Jamoatchilik nazorati jamoatchilik kengashlari, komissiyalari va boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari tomonidan ham qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi mumkin.


🔹 4-modda. Jamoatchilik nazoratining obyekti

Davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining:

qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek rivojlanish davlat, tarmoq va hududiy dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olishga;

fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik talablarining ijro etilishini ta’minlashga;

o‘z zimmasiga yuklatilgan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxldor bo‘lgan vazifalar va funksiyalarni bajarishga;

davlat xizmatlarini ko‘rsatishga;

ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni bajarishga doir faoliyati jamoatchilik nazoratining obyektidir.


🔹 15-modda. Jamoatchilik nazorati subyektlarining huquq va majburiyatlari

⚠️ Jamoatchilik nazorati subyektlari majburiyatlari:

🚫 jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;

🚫 qonunda belgilangan, davlat organlarining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarga rioya etishi;

🚫 davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatiga aralashmasligi;

🚫 davlat organlarining faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek ular mansabdor shaxslarining faoliyati uchun to‘siqlar yaratmasligi;

🚫 fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘ymasligi;

🚫 jamoatchilik nazoratini amalga oshirish chog‘ida olingan axborotning tarqatilishi qonun bilan cheklangan bo‘lsa, uning maxfiyligiga rioya etishi shart.


⚠️ Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksiga sharh

🔹 139-modda. Tuhmat

5. Basharti, aybdor boshqa shaxs haqida uni sharmanda qiluvchi, ammo haqiqatga toʻgʻri keladigan maʼlumotlarni tarqatgan boʻlsa, uni tuhmatda ayblab, javobgarlikka tortib boʻlmaydi. Xuddi shunday, agar aybdor tomonidan tarqatilgan maʼlumotlar yolgʼon boʻlmasa, tuhmat jinoyatining tarkibi mavjud boʻlmaydi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

20 Jan, 19:02


💬 Ijtimoiy tarmoqlarda blog yuritib kelar ekanman kafolatlangan Konstitutsion soʻz erkinligi huquqimdan foydalangan holda, jamiyatimizda sodir boʻlib kelayotgan har bir huquqbuzarliklar yuzasidan bildirib kelayotgan erkin fikrlarim uchun davlat fuqarolik xizmatchilari boʻlgan mansabdor shaxs va xodimlar tomonidan shaxsga doir maʼlumotlarini ularning roziligisiz ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatishga haqqim yoʻqli, aks holda, ustimdan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga shikoyat qilishi mumkinligi bilan poʻpisa qilishadi.

📵 Hatto yaqinda menga IIO tergovchisi ham "Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida"gi qonun borligiga hamda shaxsga doir maʼlumotlarni egasining roziligisiz ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish taqiqlanganligiga shama qilib oʻtdi.

📚 Xoʻsh, oʻzi rostan ham Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida davlat fuqarolik xizmatchilari boʻlgan mansabdor shaxslar va xodimlarning shaxsga doir maʼlumotlarini ularning roziligisiz tarqatish mumkin emasmi?


🆘 Ushbu savollarga quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar orqali javob topishga harakat qilamiz:

📗 Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.

🔹 36-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi.

Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi.


🔹 49-modda. Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqiga ega.

Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Shaharsozlik hujjatlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi.

Davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Davlat Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar ko‘radi.


🔹 148-modda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti respublika budjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirish hamda ijro etish tartib-taomillari ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.

Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.

Fuqarolarning hamda fuqarolik jamiyati institutlarining budjet jarayonida ishtirok etishi tartibi va shakllari qonun bilan belgilanadi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

17 Jan, 19:05


SamDUda birga oʻqigan kursdoshim Parvez ismli yigit 3-kursni tugatishi bilan SamDUda oʻqishdan, SamDU diplomidan voz kechdi va hayotidagi eng toʻgʻri ishni qildi.

Mana oʻsha azamat yigit bugun Germaniyaga yetib bordi.

SamDUda 3-yil oʻqib, kantrakt toʻlab barcha qilgan xarajatlaridan voz kechib katta tavakkal qilgan talaba hozir Germaniya ostonasida turibdi 🤩

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

17 Jan, 09:19


Ushbu tanqidlar tasir qilibmi yoki boshqa sababmi bugun bizni shahar prokuraturasidan yoʻqlashibdi.

Ishqilib nima boʻlsa ham tanqidlarim akalarni koʻngliga qattiq botmagan boʻlsa boʻldi edi 😊

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

16 Jan, 18:46


Shuni alohida eʼtirof etishim kerakki juda koʻplab poraxoʻr davlat xizmatchilarini qoʻlga olgan 2024-yilning eng oliy darajadagi faol davlat organi bu DXX, yaʼni,
Davlat Xavfsizlik Xizmatidir.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

16 Jan, 18:39


Ijtimoiy tarmoqlarda 2024-yilning eng faol vazirligi qaysi degan savol ostidagi soʻrovnomalar juda koʻplab aylanmoqda.

Shaxsan men uchun 2024-yil ham, undan avvalgi yillarda ham eng faol vazirlik bu Adliya vazirligidir. Xalq orasida ham bu vazirlik haqida deyarli salbiy fikrlarni uchratmaysiz.

2023-2024-yilning eng yomonlari sifatida esa, men prokuratura va ichki ishlar organlarini koʻrsatgan boʻlar edim. Bu mening ularga bergan shaxsiy bahoyim. Menda oxirgi vaqtlarda bu ikki davlat organi Oʻzbekistonga kerakmikan oʻzi degan savollar ham paydo boʻlyapti ochigʻi.

Hatto prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham prezidentlikka kelgan ilk yillarida prokuratura organini tarqatib yuborishi mumkinligini ham tilga olgan edi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

16 Jan, 13:15


Hurmatli yurtdoshlar ushbu jamoviy murojaat qilish huquqingizdan aslo foydalana koʻrmang.
Aks holda, qonundan xabari yoʻq ayrim dumbullar sizni bu huquqdan foydalanganligingiz uchun noqonuniy miting tashkil qilganlikda yoki ommaviy tartibsizlik keltirib chiqarish jinoyatida ayblashi mumkin.

Bu qonunlar hujjatlarda toʻgʻri yozilgani bilan uni amaliyotda ayrim axmoqlar baribir oʻzini saviyasidan kelib chiqib talqin etadi.

Ashinaqa gaplar oʻrtoqlar 😊

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

16 Jan, 13:09


#Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organlariga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga yakka tartibda yoki jamoa bo'lib murojaat etish huquqi kafolatlanadi.

🚫 Murojaat etish huquqi ixtiyoriy amalga oshiriladi. Hech kim biron-bir murojaatni himoya qilishga yoxud unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas.

🌐 Murojaat etish huquqining amalga oshirilishi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini buzmasligi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

15 Jan, 10:29


Bu izohdan kelib chiqadigan boʻlsak, shunda bu hokimni egallab turgan lavozimidan ozod etgan prezident notoʻgʻri ish qilgan boʻlib chiqyaptimi?

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

15 Jan, 10:21


Мени муштумга адоватим йук лекин бир иккита ахмокни иши сабабли халкка куйинган муалимни хурмат килган инсонни вазифасидан олишганди. Вилоят хокимиятига рахмат яна шу инсонга иш берибди. Бирор нарсани ёзишдан аввал шу ерни халкини хам эшитиб куйиш керак. Абдужаббор Хусанович фидойи инсон . Билмаганлар суриштирсин

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

15 Jan, 10:08


Prezident ishdan olgan mulozim yangi lavozimga saylandi

Andijon tumanining sobiq hokimi Abdujabbor Egamberdiyev O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Andijon viloyati kengashi raisi lavozimiga saylandi.

2021-yil fevralidan 2022-yil sentyabrigacha Andijon tumaniga hokimlik qilgan Abdujabbor Egamberdiyev sayyor qabulda fuqarolarga poygakdan joy berganidan keyin internetda mashhur bo‘lgandi.

So‘ngra mulozim prezident qarori bilan o‘tkazilgan qabullarda fuqarolarga hurmatsizlikka yo‘l qo‘ygani va faoliyatidagi boshqa kamchiliklari uchun egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.

Nima ham deymiz endi odam oʻlmasa yashovrarkan 🥱

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

15 Jan, 09:55


Bu normaning bloger uchun qo‘llanilishi qanchalik to‘g‘ri? Bu fikrni ba’zi misollar yordamida batafsilroq tushuntirish mumkin. Misol uchun, universitetda o‘qiydigan bloger talabalardan biri o‘z blogida, rektorning bir guruh talabalarni dalasida ishlatayotgani haqida post qoldirib, obunachilariga bu haqida xabar berdi. Bunday axborot materialining qo‘yilishi rektorning “ishchanlik obro‘siga” putur yetkazadimi? Sha’ni va qadr-qimmatigachi? Albatta, yetkazadi. Blogerning bu harakati jazolanishi kerakmi? Yo‘q. Sababi, bu yerda yolg‘on axborot mavjud emas (agar haqiqatan shu holat bo‘lgan bo‘lsa). Yuklangan postdagi axborot asosli bo‘lganligi uchun, garchi, rektorning ishchanlik obro‘siga, sha’ni va qadr-qimmatiga zarar yetkazgan bo‘lsa ham, javobgarlikka tortilmasligi kerak deb o‘ylayman.

Rus millatiga mansub talaba shaxsiy blogida “O‘zbeklar o‘z farzandlarini beshikka belashi go‘dakka bo‘lgan g‘ayriinsoniy munosabat,” – deb yozishi o‘zbeklarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadimi? Ma’lum miqdorda, yetkazadi. Ammo bunday fikr bildirish taqiqlanishi kerakmi? Yo‘q. Chunki bu yerda fikr erkinligi mavjud. Qonunda bunday normaning mavjudligi so‘z erkinligini butunlay yo‘qqa chiqarishi bilan ijtimoiy xavfli bo‘lishi mumkin.

Bloger tomonidan voqeaga, biror masala yoki muammoga fikr bildirish yoki turli mavzuda xabarlar yozish, kimningdir sha’ni va qadr-qimmatiga zarar yetkazishi mumkin. Biroq bunday axborotning aksariyati jiddiy ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu axborot haqida jamoatchilik xabardor bo‘lishi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Blogerlarning ahamiyati ham mana shu yerda. Ular orqali qo‘lga kiritish qiyin bo‘lgan, ammo ijtimoiy ahamiyati o‘ta yuqori bo‘lgan axborot va ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin bo‘ladi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

15 Jan, 09:54


Qudratillayev Jaxongir Zokirjon o’g’li

Toshkent Davlat yuridik universiteti, Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi o’qituvchisi

JURNALIST va BLOGER

Bloglar so‘z erkinligidan foydalanishning o‘ziga xos va zamonaviy usulidir. Fikrlash va so‘z erkinligi esa konstitusiyaviy huquq hisoblanadi. Yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 33-moddasiga ko‘ra, har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega bo‘lib, davlat Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Ammo blogerlarning ba’zilari jurnalist bo‘lsa ham, ularning faoliyati jurnalistik faoliyat emas. Shuning uchun ularga jurnalistlarga qo‘yiladigan talablarni qo‘yish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Blogerlar, asosan, turli mavzular haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildiradilar. Buning uchun professional jurnalist yoki jurnalistika sohasida o‘qigan bo‘lishi talab qilinmaydi.

“Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi qonunning 11-moddasiga ko‘ra, jurnalist axborot materialini tayyorlashda, imkon boricha, ishonchli manbalardan foydalanishi, ularning to‘g‘riligini tekshirishi lozimligi va javobgarlik masalasi belgilangan.

Jurnalistdan xolislik va muammoni imkoniyat doirasida kengroq yoritish talab qilinadi. Blogerlardan esa bularning birortasi talab qilinmaydi, talab qilish esa so‘z erkinligining jiddiy buzilishiga sabab bo‘ladi. Chunki jurnalistikaning asosiy maqsadi ma’lumotni tarqatish, blogerlikda esa o‘z fikrini ifoda etishdir.

“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonundagi normaga muvofiq, “ … hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborotni joylashtirishdan avval uning to‘g‘riligini tekshirishi  shart”, degan talab qo‘yadi. Blogerlar va umuman ijtimoiy tarmoqlarda faol foydalanuvchilarga bunday talabning qo‘yilishi ularning so‘z erkinligi huquqini jiddiy cheklaydi. Axborot materialini internetga joylashtirishdan avval uning to‘g‘riligini tekshirishni jurnalistlardan talab qilish mumkin. Blogerlar eng avvalo, o‘z fikrini erkin ifoda qiladigan kishilardir. Shu sababli bloger tomonidan o‘z blogiga joylashtirilgan “Yevropada pul topishning eng samarali usullari” yoki “Uyda isiriq tutatish ko‘z tegishidan, kasal bo‘lishdan asraydi” mazmunidagi axborot materiali yoki fikr-mulohazaning to‘g‘riligini tekshirish shart emas.

Yuqoridagi qonunning 12-moddasida esa veb-sayt va veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan, bloger tarqatishi taqiqlangan axborot materiallari turlarining ro‘yxati belgilab qo‘yilgan. Mazkur ro‘yxatga ko‘ra, jumladan, mavjud konstitusiyaviy tuzumni, hududiy yaxlitlikni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etish; urush, zo‘ravonlik, terrorizm, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilish; milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi, shuningdek, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘yuvchi axborotni tarqatish taqiqlanishi keltirib o‘tilgan.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

14 Jan, 15:34


Hurmatli yurtdoshlar ijtimoiy tarmoqlarda bunday izohlar yozishdan tiyiling, iltimos!

40 ming dollar pora olayotgan vaqtida, tezkor tadbir jarayonida qochib ketgan prokurorni 3 oydan beri qoʻlga ola olmayotgan qonun sizni albatta qoʻlga oladi.

Qonunlar ikki xil standart asosida ishlamoqda....

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

14 Jan, 15:19


Олти йил аввалги овозли хабар учун беш йиллик қамоқ жазоси

Ижтимоий хавфи катта бўлмаса-да тирноқ тагидан кир қидириш амалиёти кўпайиб бораётганга ўхшайди. Масалан,
“ISHONCH VA HARAKAT” адвокатлик бюроси адвокати Абдували Даминов айтиб берган ҳолатни эшитиб, Сталин давридаги НКВДнинг хунрезликлар кўз олдимизда гавдаланмоқда.

Маълум бўлишича, фуқаро С.Илиусинов 2019 йил июль ойида телеграмм орқали ўзининг иккита танишига моҳиятини англамай Ўзбекистон қонунлари шариатга тўғри келмаслиги, қонун чиқарувчи Сенатда мусулмон бўлмаганлар ҳам борлиги тўғрисида овозли хабар юборган.

Бироқ орадан 6 йил вақт ўтгач, бу иш кўтарилиб, ЖИБ Олмазор туман судининг судьяси С.Шодмонов, С.Илиусиновга ЖКнинг 244-1-моддаси 3-қисми “г” банди ва 156-моддасининг 2-қисмида назарда тутилган жиноятни содир этиш айби билан беш йил-у бир бир ой муддатга озодликдан маҳрум қилиш жазоси тайинлабди.

Қизиғи шундаки, Олий суд томонидан эълон қилинган таъқиқланган материаллар рўйхати (19.12.2024 ҳолатига кўра бу маълумотлар доимий янгиланиб борилади)да С.Илиусинов юборган овозли хабар файли мавжуд эмас.

Негадир суд С.Илиусиновга жазо тайинлашда унинг муқаддам судланмагани, оилада ёлғиз боқувчилиги, қарамоғида касалманд онаси, турмуш ўртоғи ҳамда уч нафар вояга етмаган фарзандлари борлигини, овозли хабар бундан олти йил аввал юборилгани, уни бирор бир диний оқим ёки йўналишга мойиллиги йўқлиги, етти ойдан бери қамоқда сақланаётгани, қилмишидан пушаймонлиги, айбига иқрорлиги, маҳалла томонидан кафиллик берилганига қарамай унга нисбатан ЖКнинг 57-моддасини қўлламаган.

Адвокатнинг айтишича, С.П.Илиусиновни оиласининг иқтисодий аҳволи ниҳоятда оғир. У ўзи рассомчилик билан шуғулланган. Иш бўлмай қолганда таксичилик ортидан оила боққан. Бугун унинг оиласи ҳимоя учун хатто адвокат ёллашга ҳам пул тополмай қийналмоқда.

☝️Қизиқ: олти йил аввалги биргина овозли хабар учун бугун бир оиланинг боқувчисини қамаб, онаси ва болаларини оч наҳор, қаровсиз қолдириш кимга керак: давлатгами, судгами, ё..?

👉 @r_kusherbayev

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

14 Jan, 11:15


Demak, opa har bir maktabga toʻgʻri keladigan 4 629 488, 372 soʻm pulga sifatli musiqa asbobi sotib olmagan 🤨

Nima 4 629 488, 372 soʻm pulga sifatli musiqa asbobi berishmas ekanmi, shuncha pul kammi?

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

14 Jan, 11:10


Berilgan cholg'u asboblarning hammasi ham sifatli emas.Ba'zilaridan foydalanib bo'lmaydi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

14 Jan, 10:33


Иқтисодиёт ва молия вазири Ж.Қўчқоровга савол

❗️2023 йилда мактабларга миллий чолғу асбоб олиш учун миллиардлаб маблағ ажратилган бўлишига қарамай 2025 йил давлат дастурида яна амаблағ ажратиш назарда тутилмоқда?

2023 йилда Давлат бюджетида  умумтаълим мактабларини миллий чолғу асбоблари билан таъминлаш учун  49 767 млрд сўм ажратилгани қайд этилган. Яна шу йили10 минг 130 та умумтаълим мактабларини 7 тўпламдаги миллий чолғу асбоблари ҳамда 6 номдаги бирламчи спорт жиҳозлари билан таъминлаш харажатларига жами 121,9 миллиард сўм маблағ ажратилгани ҳамда жами 108,9 миллиард сўмлик шартнома имзолангани ҳақида хабар берилган.
Ушбу харидлар бўйича 8 ой давомида жами 85,7 миллиард сўм касса харажатлари амалга оширилган. Орадан икки йил ўтиб 2025 йил Давлат дастурида яна мактабларни кенг кўламда мусиқа чолғу асбоблари билан таъминлаш назарда тутилмоқда.

Давлат статистика қўмитаси маълумотларига кўра, Ўзбекистонда айни дамда 10 750 та мактаб мавжуд. 2023 йил бюджетида ажратилиши кўзда тутилган 49 767 млрд сўмни мактаблар сонига бўлинса, ҳар бир мактаб учун 4 629 488, 372 сўм маблағ тўғри келади.
Бюджет маблағлари тўғри тақсимланган ва ҳужжатда кўрсатилган маблағлар сарфланган бўлса, Ўзбекистондаги деярли ҳар бир мактабда янги миллий мусиқа чолғу асбоби бўлиши керак. Аммо, шунга қарамай 2025 йил давлат дастурида яна мактабларга миллий мусиқа чолғу асбобларини ҳарид қилиш таклифи киритилмоқда.

Telegram | Instagram |  You Tube | Facebook | X

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

14 Jan, 08:07


🇬🇧Londonda Charlz Darvinning qabri hujumga uchradi

Londondagi Vestminster abbatligida dafn etilgan olim Charlz Darvinning (1809–1882) qabrini “Just Stop Oil” ekologik harakatining faollari olovrang bo‘yoq bilan bo‘yab tashlashdi.

Ular hukumatdan mamlakatda yangi neft va gaz konlarini rivojlantirishni darhol taqiqlashni talab qilmoqda va o‘z noroziligini shu yo‘nalishda namoyish qilgan.

Politsiya namoyishchi ayollarni qo‘lga olgan, ularni memorial obyektga jiddiy zarar yetkazishda ayblashmoqda.

Insonni maymundan kelib chiqqanligi haqidagi evolutsion nazariyani yaratgan Charlz Darvinga oʻzining nazariyasi bilan aytganda unga maymunzodalar hurmat bajo keltirmoqda 😊

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

13 Jan, 13:39


—  Nimayiki ish qilmaylik shari‘atga (qonunga) binoan qilamiz 👨‍⚖


—  Shu bir narsaga hayronman 🤨,
sizlar nima ish qilsanglar ham qonunga to‘g‘ri kelovradiya 🤔

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

13 Jan, 13:37


Pop tumani hokimining o‘g‘irlik qilgan o‘g‘lini qamoqdan ozod qilgan sudya “Ibratli sudya” deb topildi

200 mln so‘mdan oshiq elektr tokini o‘g‘irlagani uchun 2,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan Pop tumani hokimi o‘g‘li G‘ulom Sultonovni apellyatsiya instansiyasida sud zalidan ozod qilgan sudya Avazbek Inomov “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlandi. Namangan viloyat sudi taftish instansiyasi apellyatsiya sudi ajrimini bekor qilib, G‘ulom Sultonovni qamoqqa qaytargandi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

10 Jan, 05:50


Bay-bay bu poraxoʻrni qamoqqa olganlarning qoʻllari dard koʻrmasin 😊

Bu Samarqand shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limida koʻp gap bor.....

Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan 2024-yil 6-dekabrda materialni yuborish haqidagi xatiga ham mana 1 oy boʻldi hamki haligacha qoʻshimcha surishtiruv harakatlaridan darak yoʻq.

Nima deb oʻylaysizlar mening murojaatim boʻyicha qoʻshimcha surishtiruv harakatlarini olib borayotgan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB TB tergovchisi ham ishni bosti-bosti qilish uchun pora olganmikan?

Agar unday boʻlmasa nega unda bu organ huquqbuzarlarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berishni paysalga solib kelyapti?

Qoʻl ostidagi xodimlarini sarishta qila olmayotgan ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonovning allaqachon iste'foga chiqish vaqti kelgan.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

10 Jan, 05:24


Samarqandda IIB xodimi 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi katta tezkor xodimi 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Jinoyat qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor xodimining noqonuniy xatti-harakatiga chek qo‘yilgan. Ya’ni tezkor xodim o‘zining mansabdor tanishlari orqali Samarqand shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 3-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishida ayblanuvchilar sifatida o‘tayotgan 31 yoshli shaxsga tegishli qismini Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga (Reabilitatsiya uchun asoslar) asosan tugatish hamda 22 yoshli fuqaroga nisbatan esa “uy qamog‘i” ehtiyot chorasini qo‘llagan holda uni ozodlikda qoldirish evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlanib, holat protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Bildirilishicha, hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi (Pora berish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

09 Jan, 09:17


Malhamatul-kubroni intiqlik bilan kutyapman.....

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

09 Jan, 09:14


🇮🇱🇵🇸Isroil qo‘shinlari falastinlik ayolga zo‘ravonlik bilan hujum qilib, uning hijobini yechib tashladi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

08 Jan, 09:26


Biz zabardast er yigitlar emas, balki, qoʻrqoqlar avlodidanmizmi?

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

08 Jan, 08:07


⚡️ Prokuror o'z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajara borib:

▪️fuqaroning huquq va erkinliklari buzilganligi to'g'risidagi arizalar, shikoyatlar hamda boshqa ma'lumotlarni ko'rib chiqadi va
tekshiradi;

▪️arizachilarga ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish tartibini tushuntiradi;

▪️fuqaroning huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish va bartaraf etish, qonunni buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish hamda yetkazilgan zararni qoplash chora-tadbirlarini ko'radi;

▪️shuningdek
belgilangan vakolatlardan foydalanadi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

08 Jan, 07:58


Sezyapsizlarmi oxirgi vaqtlarda davlat fuqarolik xizmatchilaridan ham koʻra jurnalistlar va xalq ancha aqlli boʻlib ketyapti 🤓

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

03 Jan, 15:23


Sudya - qilgan ishingizdan pushaymon boʻldingizmi, shunday sovuqdan, panelniy degan joyda, arzirmikan shu janjalga, koʻrdingiz sovuqni, arzirmikan?


Xulosa: agar yana janjal qilsang boshingga qop kiydirilgan holda, podvolda oʻtirasan 🤐🤌

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

03 Jan, 15:06


Sud maslahatga kirdi. Qaror bir necha daqiqalardan so‘ng e’lon qilinishi kutilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

03 Jan, 14:52


G‘ayrat Do‘stov o‘ziga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarni umuman tasdiqlamadi

Haydovchi jabrlanuvchi tariqasida sudga ariza kiritgan fuqaroning ko‘rsatmalarini inkor qildi va o‘ziga nisbatan tuhmat bo‘layotganini bildirdi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

03 Jan, 14:41


Yangi krossovka olib berishibdi 😊

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

03 Jan, 13:35


“Жин-ажинлар ёруғликдан қўрққани каби, бизни судьялар очиқликдан қўрқади”

Инсон ҳуқуқлари вакиллари уруш ҳудудларига ҳам кира олади. Аммо, Ўзбекистонда очиқ судларига кириш доим муаммо бўлган, дейди “Эзгулик” жамияти раиси Абдурахмон Ташанов.

Унинг таъбирича, “кимдир очиқликдан қўрқаяптими, демак унинг айби бор”.

Шунингдек, инсон ҳуқуқлари “Эзгулик” жамияти раҳбари Абдурахмон Ташанов суд тизими борган сари ёпиқликка қараб кетаётганини айтмоқда.

Аксар журналистлар киритилмаган суд жараёнида ҳуқуқбузарликда айбланган Ғайрат Дўстов саволларга жавоб бериш жараёнида ҳушини йўқотган. Шунингдек, бошига қоп кийдирган ҳолда сақлашганини очиқлаган.

Бироз аввал Олий суд матбуот котиби Азиз Обидов Ғайрат Дўстовнинг очиқ судига барча журналистлар киритилишини айтиб ўтган эди.

Telegram | Instagram |  You Tube | Facebook | X

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

03 Jan, 12:18


G‘ayrat Do‘stov hushidan ketib qoldi

Sudda qisqa tanaffus e’lon qilindi.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

02 Jan, 13:58


Boʻldi endi bugundan boshlab oʻzimga-oʻzim kam gapirishga soʻz berdim 🤐

Aks holda, meni ham sobiq sevgilimni topib "bu bola meni 2 yil oldin zoʻrlagan edi, bu boladan 4 yoshli farzandim bor edi" deb ijtimoiy tarmoqda gapirtirishmasin yana 😃

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

01 Jan, 16:28


Inoyatulloh Andijoniy tomonidan tashkillashtirilgan xayrli ehson ishlari natijasida bu akamiz uchun xalqdan
42 803 735 soʻm pul mablagʻi yigʻilibdi.

Hozirda karta nomaʼlum sabablarga koʻra bloklanib qolganligi uchun ehson toʻxtatilgan.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

01 Jan, 15:14


Meni qoʻyib yuboringlar uyda nogironlarim bor....... 🥺

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

01 Jan, 09:56


Бир қарор мисолида судьянинг савияси

👉 @Advokat_Abdullayev

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

01 Jan, 09:56


Бир қарор мисолида судьянинг савияси

Ижтимоий тармоқларда ҳақли эътирозларини бироз ҳиссий ифодалаган Ғ.Дустовнинг ушбу ҳаракатларда МЖтКнинг 183-моддасида назарда тутилган ҳуқуқбузарлик аломатлари бор ёки йўқлигига ҳозирча ўтмай турамиз.

Бироқ, жиноят ишлари бўйича Бектемир туман судининг ушбу қароридаги мана бу жиҳатларга танқидий тўхталмасдан иложимиз йўқ.

Биринчидан, қарорнинг воқеа тафсилотини баён қилувчи қисмида гўё-ки ҳуқуқбузарлик содир этилган, деб иддао қилинган вақт аниқ кўрсатилмаган. Ваҳоланки, вақт дейилганда йил, ой, кун ва соатлар тушунилади.

Иккинчидан, воқеа тафсилотида гўё-ки, у шохобча ходимларини турли сўзлар билан ҳақоратлаганлиги иддао қилинган, лекин айнан қандай сўзлар билан ҳақоратлаганлиги, у сўзлар ҳақорат саналиши ёки саналмаслиги мавҳумлигича қолиб кетган.

Ваҳоланки, майда безорилик деб аталмиш ҳуқуқбузарликнинг ягона белгиси бу, жамоат жойида содир этилишининг ўзигина эмас.

Агар шахс муайян шахс(лар)га қарата ҳақорат қилган бўлса, ҳақоратланган шахс (лар)нинг шахсини аниқлаш ва шахсга қаратилган қилмиш, деб баҳоланиши керак бўлиб қолади.

Учинчидан, МжтКнинг 294-моддасидан келиб чиқсак, Ғ.Дустовнинг ушбу вазиятдаги процессуал ҳуқуқий мақоми "маъмурий жавобгарликка тортилаётган шахс" деб юритилиши керак бўлгани ҳолда, ҳали қарор чиқарилмасдан олдин уни "ҳуқуқбузар" деб атаб қўйилган.

Тўртинчидан, қарорда Ғ.Дустовга жазо тайинлашда айбига иқрорлигини гўёки инобатга олганлигини кўрсатиб, амалда эса, модда санкцияси доирасидаги максимал жазони тайинлабди. Кечирасиз-у, биз айбига иқрорликни жазони оғирлаштиришга эмас, балки енгиллаштиришга хизмат қилувчи ҳолатлардан бири деб, билар эдик.

Шу жойида суднинг сўзи билан амали бир бирига мувофиқ келмабди.

Бешинчидан ва ҳаммасидан ҳам кулгилиси, суд жазо тайинлашда ҳуқуқбузарликнинг ижтимоий хавфлилик даражасини ҳам инобатга олиб қўйибди.

Ажабо! Маъмурий ҳуқуқбузарликда ижтимоий хавфлилик белгиси ҳам бўлар экан-да?!

Ҳурматли судья жаноблари!
Жиноятни маъмурий ҳуқуқбузарликдан ажратиб турувчи ягона белгиси бу, айнан ижтимоий хавфлилиги эмасмиди?

👉 @Advokat_Abdullayev

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

28 Dec, 18:37


Video Nyu-York shtati Bosh prokurori Letitsiya Jeyms tomonidan e’lon qilingan. Ichki tekshiruvdan so‘ng Nyu-York gubernatori Keti Xokul hujumda ishtirok etgan 13 zobit va qamoqxona hamshirasini ishdan bo‘shatishni buyurgan.

Hozirda davlat prokuraturasi tergov olib bormoqda. 43 yoshli Bruks ismli mahbus 2017 yildan beri birinchi darajali hujum uchun 12 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan edi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

28 Dec, 18:05


O‘zbek qo‘mondoni Mirkomil Mirsharopovning milliy diviziyasiga tegishli jadidlar muallifligidagi 1 asrlik marsh qayta tiklandi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

28 Dec, 15:39


Oddiy xalqdan boshqalarga kuchi yetmaydigan MIB Samarqand shahar boʻlimi Sud qarorlari ijrosi yuzasidan Samarqand shahar hokimiga yordam soʻrab dilnoma yoʻllabdi 😊

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

28 Dec, 15:20


Самарқандча ижро: ҳокимларга илтифот, фуқароларга эса жарима

P.S. Самарқанд шаҳар ҳикимлиги томонидан фуқароларга снослар сабаб тўлаб берилиши юзасидан чиқарилган қарорларнинг қўламига баҳо бериш мақсадида Ўзбекистон инсон ҳуқуқлари “Эзгулик” жамияти фуқаролардан Самарқанд шаҳар ҳокимлигига нисбатан чиқарилган ва ижроси бугунгача таъминланмаган суд қарорлари мавжуд бўлган тақдирда жамиятнинг [email protected] электрон почта манзили ёки +998996257566 рақамли телефон орқали биз билан боғланишингизни сўраб қолади.

Батафсил

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

28 Dec, 15:20


Самарқандча ижро: ҳокимларга илтифот, фуқароларга эса жарима

Мазлум Шукурова Муҳаббатга тегишли дорихона биноси маҳаллий ҳокимлик органлари томонидан бузиб ташланганлигидан 12 йил ўтиб фуқаролик судининг арзимас 114 млн. сўмлик товон пули тўлаш бўйича ҳал қилув қарори 2023 йил сентябрда чиқарилган ва октябрда қонуний кучга кирган.

Аммо, суд қарорини ижро қилишга масъул Самарқанд шаҳар мажбурий ижро бюроси ижрочиси ушбу суд қарорини бир йил ўтиб ҳам ижро қила олмаяпти.

Ижрочининг ижро иши давомида қарзддорнинг мол-мулкини хатлаш ва электрон аукцион савдоларига чиқариш бўйича ваколати мавжуд бўлсада бу мажбурлов чоралари амалда давлат ижро ҳокимияти органларига нисбатан қўлланилмаётганлигининг гувоҳи бўлмоқдамиз.

Бу ва шу каби юзлаб мисоллар амалда Ўзбекистонда суд ҳокимияти қарорлари ижро ҳокимияти вакиллари томонидан асоссиз инкор этиб келинаётганлигини ва бу учун қонунда белгиланган жавобгарлик ва таъсир чоралари ҳам ҳокимият органлари масъулларига нисбатан қўлланилмаётганлигини кўрсатмоқда.

Аксарият ҳолларда давлат ижрочилари ҳокимият органларига нисбатан чиқарилган суд қарорларини ижросини таъминдлашда жавобгарнинг ўзидан амалий ёрдам сўрашдан нарига ўта олмаяпти.

Самарқанд шаҳар Мажбурий ижро бўлими бошлиғи И.Ҳамдамов ҳам “анъанага содиқ қолган ҳолда” жавобгар “ҳурматли” Самарқанд шаҳар ҳокими Фазлиддин Умаровга мурожаат этиб “Сиздан мазкур суд қарорлари ижросини таъминлаш мақсадида шаҳар ҳокимлигининг тегишли бўлимига ҚАРЗДОРЛИКНИ ... ТЎЛАШ БЎЙИЧА КЎРСАТМА БЕРИШИНГИЗНИ ва суд қарорини ижросини ўз вақтида таъминлашда АМАЛИЙ ЁРДАМ БЕРИШИНГИЗ СЎРАЛАДИ” деб мурожаат қилган.

Яъни, давлат ижрочисининг таъбирича ҳокимнинг қўрсатмасисиз суд қарорини ижро қилиш имконсиз.

Аммо, ижрочининг мурожаатидан бир йил ўтиб ҳам “ҳокимбобо” нимагадир суд қарори ижросини таъминламади.

P.S. Самарқанд шаҳар ҳикимлиги томонидан фуқароларга снослар сабаб тўлаб берилиши юзасидан чиқарилган қарорларнинг қўламига баҳо бериш мақсадида Ўзбекистон инсон ҳуқуқлари “Эзгулик” жамияти фуқаролардан Самарқанд шаҳар ҳокимлигига нисбатан чиқарилган ва ижроси бугунгача таъминланмаган суд қарорлари мавжуд бўлган тақдирда жамиятнинг [email protected] электрон почта манзили ёки +998996257566 рақамли телефон орқали биз билан боғланишингизни сўраб қолади.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

28 Dec, 07:23


Nyu-York qamoqxonasida qo‘riqchilar mahbusni o‘ldirguncha kaltaklashdi

13 nafar qo‘riqchi va tibbiyot xodimi mahbusning yuzi va qorin qismiga zarba bergan. Ertasi kuni shifokorlar uning o‘limini e’lon qilishgan.

O‘limning dastlabki sababi bo‘yinning siqilishi tufayli bo‘g‘ilish bo‘lgan.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

27 Dec, 18:39


Kun haqiqati: oʻquvchi-yoshlarga maktab davridanoq biologiya fani orqali insonlarni maymundan kelib chiqqanligi haqidagi Charlz Darvin taʼlimoti oʻqitilib kelinadi.

Ammo, qaysidir insonni hayvonga qiyoslasang bu haqorat deb baholanadi, nega?

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

26 Dec, 11:45


OʻzMUning talabasi Abdumalik Qosimovning yoʻllagan murojaatiga Adliya vazirligi tomonidan berilgan javob xatiga koʻra, Vazirlar Mahkamasining "Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qarorining 25-bandida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omil borligi aniqlangan.

Shu bilan OʻzMU talabasi Abdumalik Qosimov tomonidan Vazirlar mahkamasi qarorlaridagi yana bir korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omil aniqlandi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va OʻzMU esa, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar mavjud boʻlgan Vazirlar mahkamasi qarorlari bandlari bilan talabalarni noqonuniy ravishda oʻqishdan chetlashtirib kelmoqda.

Mening maslahat va tavsiyam shuki, Vazirlar mahkamasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda OʻzMU oʻzlariga huquqiy bilimi yetarli darajada boʻlgan saviyaliroq yuristlarni ishga olishi kerak 😊

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

26 Dec, 10:24


Elektr toki isteʼmolini belgilangan limitdan oshirib yubormasdan qishdan kamxarj chiqishning ajoyib yoʻli:

Xotin va bola-chaqani bahor kelgunicha xotinning uyiga joʻnatib yuborishdir 😁

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

26 Dec, 10:03


Nukus voqеalari bo'yicha tuzilgan komissiya axboroti Oliy Majlisga taqdim etildi:

🔹Jinoyat ishi doirasida sudgacha qamoqqa olingan jami 168 nafar shaxsning 107 nafari (2 nafar ayol) Komissiya iltimosnomasiga ko'ra oilasiga qaytarilgan.

🔹Qoraqalpog'istonda yuz bеrgan voqеalarning ishtirokchilaridan 943 nafari huquqbuzarliklar sodir etganligi uchun ogohlantirilgan, 6 135 nafariga ma'muriy jarima, 2 639 nafariga ma'muriy qamoq jazosi bеlgilangan, 61 nafari jinoyatlar sodir etganligi aniqlangan.

🔹Tartibsizliklar natijasida fuqarolar va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining og'ir tan jarohati olishi va halok bo'lishi, shuningdеk, fuqarolar va davlat idoralarining mol-mulkiga katta miqdorda — 6,8 mlrd so'm moddiy zarar еtgan.

🔹Ommaviy tartibsizliklar davomida 21 nafar fuqaro, shu jumladan 2 nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari vafot etgan va 413 nafari jarohatlangan (shundan 183 nafari huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari).

🔹Ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish jarayonlarida inson huquqlari va ularning qonuniy manfaatlarini buzishga yo'l qo'ygan ichki ishlar organlari xodimlarining 3 nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

26 Dec, 07:46


Toshkent viloyati, Boʻstonliq tuman IIB xodimi dorixonada doriga puli yetmagan ayolga oʻzi to'lab berdi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

25 Dec, 17:16


Endi huquqiy savollarga sun'iy intellekt javob beradi - ai.lex.uz

Bir amallab huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ham inson omilini keskin kamaytirib ularning oʻrniga ham sun'iy intellektni joriy qila olsak edi tizimda "buyurtma"ga ishlaydigan ayrim xodimlarga joy qolmas edi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

25 Dec, 16:33


Davlat xizmatchisining xalq bilan muomila maʼdaniyati: duxlaring yetmaydi, hozir mana shu telefoningni k....tingga tiqib qoʻyaman, sen xalq emassan.....

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

24 Dec, 10:21


Viloyat sudida ish JKning 139-moddasi uchinchi qismi a-bandi nuqtai nazaridan kasatsiya tartibida koʻrib chiqiladi.

Shunchaki, maʼmuriy javobgarlik bilan qutulib qola olmaysiz janoblar 😊

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

24 Dec, 10:18


Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi

139-modda. Tuhmat

Tuhmat qilish, ya'ni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan kеyin sodir etilgan bo'lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko'paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, tеlеkommunikasiya tarmoqlarida yoki Intеrnеt jahon axborot tarmog'ida joylashtirish orqali tuhmat qilish, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to'rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni chеklash bilan jazolanadi.

Tuhmat:

a) og'ir yoki o'ta og'ir jinoyat sodir etishda ayblab;

b) og'ir oqibatlar kеlib chiqishiga sabab bo'lgan holda;

v) xavfli rеsidivist tomonidan;

g) g'arazgo'ylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan bеsh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to'rt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni chеklash bilan jazolanadi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

24 Dec, 10:11


Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi

244-modda. Ommaviy tartibsizliklar

Ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zo'ravonlik qilishga omma oldida da'vat qilish —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan bеsh yilgacha ozodlikni chеklash yoki uch yildan bеsh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O'sha harakatlar:

a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;

b) ommaviy axborot vositalaridan, tеlеkommunikasiyalar tarmoqlaridan, Intеrnеt jahon axborot tarmog'idan, shuningdеk matnni ko'paytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda sodir etilgan bo'lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to'rt yuz baravarigacha jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bеsh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yoxud ishlatish bilan qo'rqitib shaxsga nisbatan zo'rlik ishlatish, qirg'in solish, o't qo'yish, mulkka shikast еtkazish yoki uni nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik ko'rsatish orqali sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar tashkil qilish, shuningdеk, ommaviy tartibsizliklarda faol qatnashish —

o'n yildan o'n bеsh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

24 Dec, 07:23


Toshkentda daraxtlar kesib, yoqib yuborilmoqda

Toshkent shahar, Sebzor dahasidagi o‘nga yaqin daraxtlar kesilib, yoqib yuborilmoqda.

Holatning guvohi bo‘lgan
Qalampir.uz jurnalisti Hulkar Murtazoyevaga ko‘ra, ishchilarga bu yerdagi daraxtlarni quritib, kesib, toza holda hokimiyatga topshirish aytilgan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

20 Nov, 13:46


Mana bu boshqa gap. 😊

Asosli tanqidlarimni Samarqand viloyati sudlari to‘g‘ri qabul qiladi degan umiddaman.

Har bir fuqaroning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasiga ko‘ra, asosli holatlarda kafolatlangan so‘z erkinligi huquqi mavjud.

Qolaversa, "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi qonunning 20-moddasiga ko‘ra, fuqarolarning davlat organlari, tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslariga murojaat etganligi, shuningdek murojaatlarda o‘z fikrini bildirganligi va tanqid qilganligi munosabati bilan ta’qib etish man etilgan.

Zero, Oliy Majlis Senati raisi Tanzilla Norboyeva har bir fuqaro to‘g‘ri ma‘noda davlat hokimiyatiga muxolifat bo‘lishi mumkin deb ta‘kidlagan edilar. 😊

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

20 Nov, 13:31


Biroq, Samarqand viloyati sudlari rasmiy telegram kanalida e‘lon qilingan rasmiy munosabatda bildirilishicha sud majlisi 2024-yil 19-noyabr kuni o‘z vaqtida bo‘lib o‘tgan va menga huquq va majburiyatlarim tushuntirilib, ish holati bo‘yicha ba‘tafsil so‘roq qilinganman.

Ammo, amalda ushbu sanada sud majlisi tayinlanmagan edi.
Shu sababdan ham menga mas‘ul sudya kotibi tomonidan ortimga qaytib ketishim mumkinligi hamda o‘zlari telefon qilib chaqirishlari ma‘lum qilingan edi.

Shundan keyin men jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi raisiga aloqga chiqib keskin o‘z e‘tirozimni bildirganimdan so‘nggina mas‘ul sudya darhol meni qabul qildi.
Ungacha esa, menga ortimga qaytib ketishim mumkinligi to‘g‘risidagi javob berilayotgan edi.

Qolaversa, ushbu rasmiy munosabatda men tomonimdan 2024-yil 11-noyabr soat 14:38 da olingan telefon ekran sur‘atini ushbu sanada emas, balki, aslida 2024-yil 19-noyabr kuni soat 16:00 da bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan sud majlisidan 1,5 soat oldin, ya‘ni, 2024-yil 19-noyabr soat 14:38 da sur‘atga olingan qilib ko‘rsatish orqali meni "sudga kelmaslik, qonun oldida javob berishdan qutulish maqsadini ko‘zlaganlik va shu sabablarga ko‘ra, sudni yolg‘on ayblovlar bilan ayblaganligim to‘g‘risida"gi yolg‘on ayblovlar bilan meni Samarqand viloyati sudlari aybdor qilib ko‘rsatishga uringan.

Xo‘sh, endi savol tug‘iladi:
Men ushbu ish holati bo‘yicha jabrlanuvchi bo‘lsam, sudga kelmaslik hamda qonun oldida javob berishdan qutilish maqsadini ko‘zlash menga nega kerak?

Axir, men sudga kelishdan va qonun oldida javob berishdan qochish maqsadini ko‘zlaydigan huquqbuzar emas, balki, jabrlanuvchiman-ku?

Yoki, Samarqand viloyati sudlari jabrlanuvchi bilan sudga kelishdan va qonun oldida javob berishdan qochadigan huquqbuzarni bir-biridan ajrata olmay qoldimi?

Axir, menga jabirlanuvchi sifatida huquqbuzarlarni tezroq javobgarlikka tortilib, sudning tezroq bo‘lib o‘tishi foydali emasmi?

Sud majlisining tezroq bo‘lib o‘tishi hamda huquqbuzarlarni tezroq javobgarlikka tortilishi men uchun manfaatli bo‘lib turgan bir paytda sudga bormaslik uchun bahona izlab sudlarni asossiz ayblash menga nega kerak?

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

20 Nov, 11:46


Keling eng boshidan boshlaymiz.

Jabrlanuvchi Rofiyev Shoxruxga, ya‘ni, menga nisbatan huquqbuzarlarning sodir etgan xatti-harakatlarida ma‘muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli, qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 3-sonli IIB orqali jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga yuborilganligidan allaqachon xabardor edim.

Shundan so‘ng, men sud majlisi tayinlangan kunni aniqlash maqsadida 2024-yil 11-noyabr kuni soat 14:38 da
Sud.uz rasmiy saytiga tashrif buyurdim va ushbu saytning Adolat axborot tizimlari kompleksi orqali sud majlisi 2024-yil 19-noyabr kuni soat 16:00 ga tayinlanganligini aniqladim.

Ammo, 2024-yil 19-noyabr kuni soat 16:00 da sud binosiga tashrif buyurib, mas‘ul sudya Alimov Akmalning kotibi bilan uchrashganimda ushbu kunga va ushbu soatda jabrlanuvchi Rofiyev Shoxrux ishiga oid hech qanday sud majlisi tayinlanmaganligini va o‘zlari telefon qilib chaqirishsagina kelishim kerakligi ma‘lum qilindi.

Sud majlisining
Sud.uz rasmiy saytining Adolat axborot tizimlari kompleksi orqali belgilangan sanada o‘z vaqtida bo‘lib o‘tmasligi shaxsan menda birinchi marta sodir bo‘lmayotganligi uchun shaxsan jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining raisiga aloqaga chiqib, keskin o‘z e‘tirozimni bildirdim.

Shundan so‘ng, men mas‘ul sudya Alimov Akmal tomonidan qabul qilindim va menga shaxsan mas‘ul sudya Alimov Akmal tomonidan sud majlisining belgilangan vaqtda nega bo‘lib o‘tmayotganligi
Sud.uz rasmiy saytining Adolat axborot tizimi ma‘lum bir texnik nosozliklarga ko‘ra, qotib qolib xato ko‘rsatgan bo‘lishi mumkinligi va shaxsan o‘zlari telefon orqali menga aloqaga chiqib sudga chaqirmagunlaricha bu tizimga ishonib qolmasligim kerakligi, faqat telefon orqali aloqaga chiqib sudga chaqirishsagina bu haqiqiy sudga chaqiruv hisoblanishi bo‘yicha tushuntirish berildi va sud majlisi 2024-yil 21-noyabr kuni soat 17:00 ga belgilanganligi ma‘lum qilindi. 😊

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

20 Nov, 09:50


Zo’r Talaba Telegram-каналида эълон қилинган билдириш юзасидан

Муаллиф гўёки “Адолат ахборот тизимида суд мажлисининг вақти нотўғри кўрсатилганлиги боис икки марта фуқаролар сарсон” бўлганлигини таъкидлаган.

Келинг, вазиятни таҳлил қиламиз. Аниқланишича, Маъмурий жавобгарлик тўғрисдаги Кодекснинг 41-моддаси билан ҳуқуқбузар С.У. га, ушбу Кодекснинг 40-моддаси билан ҳуқуқбузар У.М., О.Н., Б.О.га доир маъмурий ҳуқуқбузарликка оид иш жиноят ишлари бўйича Самарқанд шаҳар суди биносида мазмунан кўриб чиқиш “Э-SUD” электрон базаси орқали 2024 йил 19 ноябрь куни соат 16.00га белгиланган.

Шу куни суд мажлиси ўз вақтида бошланган. Аризачи Ш.Р.га ҳуқуқ ва мажбуриятлари тушунтирилиб, иш ҳолати бўйича у батафсил сўроқ қилинган.

Ҳуқуқбузар С.У., У.М., О.Н. ва Б.О. суд мажлисига келмаган ва келмаслик сабабларини судга маълум қилмаган. Шунга кўра уларнинг иштирокини таъминлаш мақсадида ишни кўриш 2024 йил 21 ноябрь куни соат 17.00 га қолдирилган.

Энди бир жиҳатга эътибор қаратайлик: Билдиришга илова қилинган суратда “Э-SUD” электрон базаси саҳифаси 2024 йил 19 ноябрь куни соат 14:38 да скриншот қилинган. Ваҳоланки, ўша саҳифанинг ўзидаёқ суд мажлисининг бошланиш вақти 16:00га белгиланганлиги аниқ-равшан кўриниб турибди. Демак, муаллиф суд мажлиси бошланишидан салкам 1,5 соат олдин “норози” бўлган.

Билдиришдаги суратга синчиклаб қарасангиз, асл ҳақиқатни англаб етасиз: Муаллиф судга келмаслик, қонун олдида жавоб беришдан қутулиш мақсадида судни айблашга уринган. Бироқ, касални яширган билан иситмаси ошкор қилгани каби мурожаатчининг асл мақсади ҳам фош бўлиб қолган. Ўз айбини хаспўшлаш мақсадида судни айблашга уриниш муаллифга ҳеч қандай наф келтирмаслигини унутмаслик керак.

Telegram I Facebook

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

20 Nov, 09:16


Boburni “anjancha quvish”.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

19 Nov, 21:17


Maktab va maktabgacha ta‘lim vazirligida O‘zbekiston Respublikasidagi eng katta olamshumul o‘g‘irlik jinoyati sodir etilgan ko‘rinadi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

19 Nov, 21:11


Президентни мактабларидан ва бошқа мактаблардан ўғирлик қиладиган бу вазир бизга керакми ҳурматли парламент аъзолари?

Ўғри вазир Ҳилола Умарова тизимида 2023 - 2024 Президент мактабларидан, Вилоятлардан, ITSM Дук, Таъминот Логистик Дук триллионлаб пул ўғирланган ва давлат идораларидан яшириб келаяпти. Ҳужжатларини тегишли тартибда тақдим этишим мумкин. Агар эрталабгача бирон бир идора, яъни Ҳисоб Палатаси, Ген.Прокуратура ходимлари чиқса уларга тақдим қиламан, ёки тармоқларда омманинг эътиборига бирин кетин ҳавола қиламан.

ITSMни ўзида 3.5 млрд пулнинг таг туги йўқ.
Самарқанд Қўшработ туманида 5 млрд.
ДукТаъминот Логистикда 250 млрддан ошиқ тўғридан тўғри инвалидлар бн шартномалар...
Умарованинг олик маоши феврал ойида 122 356 932 сўм бўлса, Агриппина Шинники эса, 174 050 593 сўм ойлик маош олган.

Ойликлар рўйхатини вазирнинг матбуот раҳбари Дилфуза Собированинг телеграм каналига юбориб қўйдим. Хонқаликлар ёзган ёзишмалар ва видеолар бн. Эртага 23 нафар тизимда ишлаётган спонтом олий насабларнинг ойлик рўйхати ва бошқа маълумотлар фактлари билан ҳаммага ҳавола қилинади. Яхши дам олинглар.

Давлат маслаҳатчиси Гулямовга у кишидан яширилган алоҳида совғам бор бу борасида...
Давлат маблағини ҳеч кимнинг ўзлаштиришга ҳақи йўқ,деб бир устозим таълим берган...
Мен икки уч ойда 700 миллион давлат учун солиқ тўласамда, бу ўғрилар болаларимни ва давлатимни пулларини ўзлаштирса қараб тураманми, тўғрими Боқиев?)

Муҳтарам Президентимиз "ўғри бўл, ғар бўл, лекин инсофли бўл"-демаганмилар ҳурматли ўқитувчилар? Сизлар ойлигим ошсин деб сертификат ва тоифа оламан деб юрибсизлар. Яна вазирингизни бир нима десам мени бир дунё маломат тоши билан сийлайсизлар.

Вазир яқинда структурага яна ўзгариш киритиб коррупцон тизимини непотезм бн аралаштириб мустаҳкамламоқчи. Бу ҳақида алоҳида тўхталиб ўтаман...
Президентни мактабларидан ва бошқа мактаблардан ўғирлик қиладиган бу вазир бизга керакми ҳурматли парламент аъзолари?

ITSM орқали ўзлаштирилган пуллар ҳақида озроқ расм илова қиламан, тушунмаганларга изоҳда тушунча бераман. Мана шу бир нуқта бн бошқа сайтга ўтиб кетувчи соҳта сайт учун 329 млн ўғирланиб бу маблағ ўзлаштириб юборилган.
Сайтга кириб кўрган мактаб ўқувчиси ҳам сайтга баҳо бера олади. Бундай ҳолатлар ITSMнинг ўзида 3.5 млрдни ташкил қилади. Катталари ҳақида кейинроқ....

Давлат Раҳбарининг ишончини ўғирлик деб билган бундай вазир бизга керакми?
Мана шу сайтга 300 млн сўмдан ортиқ маблағ ажратилган
https://nostrification.uzedu.uz/

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

19 Nov, 13:08


Adolat axborot tizimiga ko‘ra, 2024-yil 19-noyabr kuni, ya‘ni, bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida sudimiz bo‘lishi belgilangan edi.

Biroq, ikki safardan beri jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi Adolat axborot tizimi sud kunini xato ko‘rsatganligi vaji bilan sudni qoldirib fuqarolarni sarson qilmoqda.

O‘zi Samarqand viloyatida qonun doirasida ish yurituvchi bironta bir ijro va sud hokimiyati bormi?

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

17 Nov, 19:39


1991-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining "Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonuni qabul qilingan kun.

Barcha yurtdoshlarimizga ushbu kun munosabati bilan tinchlik-totuvlik tilayman.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

17 Nov, 17:32


"Uch qahramon"

1-dekabrdan yurtimiz kinoteatrlarida tomosha qiling.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

17 Nov, 11:08


Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim musulmon bo‘lmagan boshqa din vakillari va dinsizlar tomonidan musulmonlarni haqorat qilib kelish holatlari kuchayib borar ekan, davlat bunday vaziyatda betaraflikni saqlagan holda, nizoni mustaqil sud hokimiyati orqali tinch yo‘l bilan hal qilib berishi va musulmonlarning buzulgan huquqlarini tiklab berishi shart.

Ammo, bir yil avval ijtimoiy tarmoqlar orqali musulmonlarni "Maymunzoda" deb haqorat qilgan shaxsni qonuniy javobgarlikka torttirish maqsadida IIBning murojaatlar bo‘limiga qilgan dastlabki og‘zaki murojaatim insonlar ham, maymunlar ham Alloh tomonidan yaratilgan mavjudot ekanligi va insonlarni maymunga qiyoslash haqorat hisoblanmasligi vaji bilan rad etilgan edi.

Davlat o‘z betarafligini saqlagan holda, jamiyat ichida kelib chiqayotgan bunday nizolarga o‘z vaqtida mustaqil sud hokimiyati orqali chek qo‘ymas ekan buning oqibatida jamiyatda juda katta-katta nizolar kelib chiqadi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

17 Nov, 10:39


Jinoyat Kodeksining 210- va 211-moddalariga ko‘ra, pora olish ham pora berish ham jinoyat hisoblanadi.

Maktab direktori nega faqat pora olmaslik bo‘yicha tilxat yozdirib olib, pora bermaslik bo‘yicha tilxat yozdirib olmagan bo‘lsaya 🧐🤨

Yoki Jinoyat Kodeksi qayta tahrirdan chiqib, 211-modda bilan pora berganlik uchun ham javobgarlik belgilanganligidan maktab direktorlarining hali xabari yo‘qmikan 🤔

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

17 Nov, 10:36


Энг қизиғи ўқитувчилардан пора олмайман деб ёздириб имзо қўйдириб олишди😂 ўқитувчи кимдан пора олиши мумкин ҳайронман🤦‍♂ ўқувчини илтимос қилиб мактабга чақираётган бўлса ўзи😁

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

17 Nov, 08:59


O‘zbekiston Respublikasining "Dunyoviy davlat" tushunchasini noto‘g‘ri talqin qilayotgan axmoqlar uchun eslatma.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

17 Nov, 08:34


Буларга нима бўлаяпти ҳайронман. Тинчликмикан ишқилиб? Лекин қабул қилмадим😊

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

27 Oct, 09:16


20-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari munosabati bilan ular xavfsizligining kafolatlari.

Jismoniy shaxsni, uning vakilini, ularning oila a’zolarini, yuridik shaxsni, uning vakilini va yuridik shaxs vakilining oila a’zolarini ular o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish yoki himoya qilish maqsadida davlat organlariga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga murojaat etganligi, shuningdek murojaatlarda o‘z fikrini bildirganligi va tanqid qilganligi munosabati bilan ta’qib etish man etiladi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

27 Oct, 09:05


Рассом Ҳусан СОДИҚОВ

⭕️ Каналга обуна бўлинг👇👇👇
https://t.me/mushtumjurnali

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

24 Oct, 05:48


Bundan 5 yil oldingi saylov tashviqotidan parcha:

Biz OTMga yoshlarni imtihonsiz kirishi uchun kurashamiz - kuch adolatda, kuch adolatda, kuch adolatda 😁

Yoshlar OTMga imtihonsiz kirsa adolatdan bo‘lar ekan.
Talabalar ham tushunsa-tushunmasa qichqirib qo‘llab-quvvatlayapti.

O‘sha ammamga o‘sha pochcham 😁

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

23 Oct, 06:22


Рассом Ойбек НОРҚУЛОВ

⭕️ Каналга обуна бўлинг👇👇👇
https://t.me/mushtumjurnali

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

22 Oct, 13:31


Agar qizni o‘gay otasi mansabdor shaxs bo‘lsa, unga uy qamog‘i beriladi yoki oddiy odam bo‘lsa, qonuniy tartibda ozodlikdan mahrum etiladi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

22 Oct, 13:25


#Дахшат

🚫⚠️Қашқадарёда 7 ёшли қизни ўгай отаси зўрлаб келгани айтилмоқда 😨

Ҳолат юзасидан Қарши шаҳар ИИБ ФМБ ҳузуридаги Тергов бўлими дарҳол терговга қадар текширув бошлаб, кечиктириб бўлмайдиган тергов ҳаракатларини олиб борган.

Болага нисбатан тегишли суд-тиббиёт экспертизаси тайинланган.

👉 Dunyo🌐Tv

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

22 Oct, 12:43


Men bu xalqqa haddan ziyot mehr qo‘yib yuboribman. O‘z oilamdan ham ko‘proq jamiyatga mehr qo‘yib yuborgan ekanman.

Ularni shunchalik yaxshi ko‘ribmanki ularning huquqlari buzilayotganda hech ikkilanmay yordamga oshiqibman. Bu yo‘lda biron marta o‘zimni o‘ylamadim, shaxsiy manfaatimni ko‘zlamadim.

Manzil so‘ngida esa, o‘sha men sevgan, haddan ziyod mehr qo‘ygan xalqning bolalari bo‘lgan talabalar meni o‘zimga xoyinlik qilishdi, yuzimga tupurishdi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

22 Oct, 12:29


O‘g‘il bolalik g‘ururimni chetga surib qo‘yib bo‘lsa ham aytaman shu bugungi holatdan keyin o‘z qadrimga achindim, ko‘zim kosasi yoshga to‘ldi.

Bu jamiyatda tug‘ilganimga or qilaman. Bu insonlar orasida yashash men uchun juda azobli.

Shu bugun Abdulla Qodiriyni ruslarga o‘zbeklar sotganida Qodiriy qanday ahvolga tushganini men ham chuqur tasavvur qildim. Qodiriy dilidan o‘tkazgan alamli og‘riqni men ham rostakamiga dilimdan o‘tkazib his qildim.

Bu xalqning o‘zi shunday adolatsizliklarga loyiq va umurbod shunga mahkumdir.

Bu xalq yaxshilikni bilmaydi.....

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

22 Oct, 11:51


41. Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo‘yicha tegishli kreditlarni o‘zlashtirmagan hisoblanadi. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.



Hurmatli SamDUning ayrim yaxshilikni bilmagan inson qiyofasidagi shayton talabalari mendan xavotir olmang men qonunchilikni buzayotganim yo‘q.

Qonunchilikdan chetga chiqmagan holda, davolanyapman.

Sizlarga yaxshilik qilaman deb shu kasallikni orttirib oldim. Endi davolangani ham qo‘ymaysizmi?

Sizda o‘zi vijdon, iymon degan narsalar bormi?

SamDUga men uchun darsga kelyapsizmi, men uchun imtihonlardan o‘tyapsizmi, men uchun diplom olasizmi?

Mening darsga bormasligim bilan sizlarning darsga borishingizni bir-biriga nima aloqasi bor?

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

22 Oct, 11:00


Shifokor tomonidan menga quyidagi tashxis qo‘yildi: Vegeto qon-tomirlar distoniyasi.

Bu kasallik o‘z vaqtida davolanmasa oxiri yurak xuruji, ya‘ni, o‘lim bilan tugaydi.

Shu sababdan 2024-yil 24-sentyabrdan beri darsga bormasdan davolanayotgan edim. Shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra, 27 kun davolanishim shart edi.

Mana bugun mening yangi kursdoshlarimdan bir qiz bola siz darsga kelmasdan oraliq va yakuniylardan o‘tmoqchisiz, siz ham bizga o‘xshab darsga keling, qonun hamma uchun barobor bo‘lishi kerak, nima siz darsga kelmay-kelmay shunday kasallik ma‘lumotnomangizni ko‘rsatib baho olmoqchimisiz deb kursdoshlar telegram guruhimizda g‘alayon ko‘tarib qoldi 😁

Go‘yoki, ularning hayolida SamDU rahbariyati menga darsga kelmasam ham indamayapti, indamay bahoyimni qo‘yib imtihondan o‘tkazib yuboryapti, darsga kelmasam ham menga diplom berib yuboryapti.

Xavotir olmanglar SamDU menga shunchaki osonlik bilan diplom berib qo‘ymaydi, darsga kelmasligim uchun qonunlarni buzib men uchun sharoit ham qilib bergani yo‘q. 😁

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

22 Oct, 10:45


Shu ishlar sabab hayot uchun ancha xavfli kasalliklarni o‘zimga orttirib oldim. 👇

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

22 Oct, 10:41


#Rasmiy_bayonot

Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan Samarqand davlat universiteti talabalari tomonidan o‘zlashtirilmagan fanlardan kreditlar bo‘yicha ortiqcha to‘lov qilinayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan

Xabar berilganidek, ushbu masalani o‘rganish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Fuqarolar murojaatini o‘rganish to‘g‘risida” 2023-yil 25-iyuldagi buyrug‘i asosida tuzilgan vazirlik mas’ullaridan iborat ishchi guruhi talabalar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashgan holda vaziyatni o‘rgandi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra hamda talabalar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olgan holda talabalar arizasiga muvofiq quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

Istisno tariqasida 2022/2023-o‘quv yilida akademik qarzdor talabalarga bir marta qayta topshirishga ruxsat beriladi. Bunda qayta imtihon topshirish istagini bildirgan talabalarga 10-avgustdan boshlab tegishli fanlardan imtihonlar tashkil etiladi, grafiklar alohida e’lon qilinadi.

Bundan tashqari, qayta o‘qish istagida bo‘lgan talabalar 25-avgustga qadar tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlariga mos ravishda belgilangan miqdorda to‘lovni amalga oshirganidan so‘ng fanlarni qayta o‘qishlari mumkin.

Shuningdek, talabalarga istisno tariqasida 2023-yil 15-sentabrga qadar akademik qarzdor bo‘lgan fanidan mustaqil bilimini oshirib, so‘ng to‘lovlarsiz qayta imtihon topshirishga ruxsat beriladi.

Qayta imtihonlar natijasi yuzasidan appelyatsiya komissiyasiga murojaat etish mumkin.

Qayta toshirish imtihonlaridan o‘ta olmagan talabalar belgilangan tartibda GPA (Grade Point Average – ta’lim oluvchining dastur bo‘yicha o‘zlashtirgan ballari o‘rtacha qiymati) ko‘rsatkichlari asosida kursdan-kursga qoldiriladi. Bunda talabalarni kursdan-kursga o‘tkazishda GPA ko‘rsatkichi 2022/2023-o‘quv yili uchun va undan keyin 2,4 ball etib belgilandi.

Qayta imtihonlarni tashkil etish, natijalarni e’lon qilish hamda apellyatsiya jarayonlarini tashkil etish tegishliligi bo‘yicha institutlar dekanatlari va fakultetlar dekanlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Zarurat bo‘lganda, qayta imtihonlar tegishli fakultet va dekanatlar tomonidan yetakchi oliygohlardan jalb etilgan xolis ekspertlar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida amalga oshiriladi.

Istisno tariqasida 2022/2023-o‘quv yilida akademik qarzdor bo‘lgan talabalarning qayta o‘qish uchun to‘lagan to‘lovlari arizaga muvofiq, keyingi o‘quv yili kontrakt summasiga qo‘shiladi yoki qayta topshirishdan keyin o‘zlashtira olmagan fan kreditlariga mos ravishda hisoblanadi. Davlat granti asosida o‘qiydigan hamda o‘qishini boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirayotgan talabaning qarzdor fanlariga qayta o‘qish uchun to‘langan to‘lovi talabalar safidan chiqarilganda yoki universitetni tamomlaganda tegishli tartibda hisob-kitob qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand davlat universitetida yuzaga kelgan holat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov tomonidan shaxsan nazoratga olingan.

Talabalarning e’tiroz va shikoyatlari vazirlikning 1006 ishonch telefoni orqali qabul qilinadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

22 Oct, 10:33


#rasmiy_munosabat

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan ularga Samarqand davlat universitetida talabalar bilimini baholash borasida nohaqliklar kuzatilayotgani yuzasidan murojaatlar kelib tushayotgani bildirilmoqda.

Ushbu murojaatlarni joyida o‘rganib, hal etish maqsadida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug’i bilan maxsus Ishchi guruh Samarqand davlat universitetida o‘rganish olib borayotganligini hamda natijasi yuzasidan axborot berilishini ma’lum qilamiz.

Shu o‘rinda, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ayni kunlarda davlat oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonining kredit-modul tizimida talabalar bilimini baholash, oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini qayta topshirish, o‘qishdan chetlashtirish, qayta tiklash, kursdan kursga o‘tkazish mexanizmlarini belgilovchi mezonlardan iborat yagona hujjat ustida ishlanayotganini bildirib o‘tamiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

22 Oct, 09:07


Biz qanday davlatda yashayotganligimizni bot-bot eslatib turishimiz shart.

Aks holda, xo‘jayinlar o‘z xizmatchilariga xizmat qilishda davom etaveradi.

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

22 Oct, 07:08


Talaba to‘laydigan soliqdan, talaba to‘laydigan to‘lov-shartnoma pulidan kun ko‘rayotgan ayrim xizmatkor gadoyvachchalar mana bugunga kelib o‘z xo‘jayinlarini xo‘jayinlarining puliga qurilgan liftga chiqishiga taqiq qo‘ymoqda.

O‘lganni ustiga tepgandek yana jarimasi ham bor 😂

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

21 Oct, 17:19


Bundan taxminan 2 yilcha avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasining "1000" ishonch telefon raqamiga telefon qilinganda chaqiruv signali sifatida "Sharq" guruhining "Buhara" deb nomlangan rus tilidagi qo‘shig‘i yangrar edi.

Ushbu qo‘shiq "O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida"gi qonunga zid bo‘lganligi sababli "1000" ishonch telefon raqamiga telefon qilib, bu qo‘shiqni chaqiruv signalidan darhol olib tashlashlarini talab qilganman.

Shundan so‘ng, mening ushbu qonuniy talabim bajarilib, bu qo‘shiq chaqiruv signalidan olib tashlangan. Hozirda chaqiruv signali sifatida bu qo‘shiqning faqat musiqasi qolgan, xolos.



🇺🇿 Barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr O'zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Sh.Rofiyev

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

21 Oct, 15:15


Ҳилола Умарова ҳам аслида яхши бизнесменка.

Бизни таълимга раҳбар бўлиб келадиганлар, вазир ёки агентлик раҳбари бўладими, фарқи йўқ, бирдан тадбиркорликка асос солиб фирмалар очиб юборади.

Бу ҳақида кўп мисоллар бор, Шерматов - кундалик ком.

Агриппина Шин - ҳеч қандай тендерларсиз Риал Софт деган иловани тизимга киритиб кетди. 20-30 минг та ДХШлар ҳар ойига олтмиш мингдан доля тўлайди.

Алламжонов-авто тест ва дарсликларга кака қилиб қўйган ва қўйишда давом этаётган Навда компаниясини.

Вазир Ҳилолахон- ўзга тегишли "DIGITAL GENERATION UZBEKISTAN" деган илмий ва техник ишлар билан шуғулланадиган хусусий ННТ билан ҳамкорликни ва тадбиркорликни таълим тизимига киритади. Ҳозирда у ташкилотга Жалолов Азамат директорлик қилади. Ҳилола ўзига тегишли ташакилотни таълим тизимига киритиб, оташин нутқлар билан тадбирларда табриклаб туради. Корхона умуман солиқ тўламайди. Қонуний тўламайди.😊

Кеча қўй билан қучоқлашиб турган бўрини расмига ва бугун қўйилган постларимга ҳам баъзи раҳбарпарварлар "Вазиримиз ишни кўзини биладиган инсон, сиз бировларни ғийбат гапига кирманг Қобил Дусов"-деб, баъзилар бу тадбиркор вазирга пахта қўйган эди. Тўғри, вазир соққа қилишни кўзини билади, таълимни кўзини билмасаям, тўғри.

Марҳамат томоша қилинг. Мана буни миллий контент десаям бўлаверади. Давлат Раҳбаримизга катта раҳмат шу мавзуни кўтаргани учун!

Тунингиз хайрли бўлсин ММТ Вазирлиги ходимлари. Дам олиш кунлари сизлар учун бир - биридан қизиқарли мақолалар ёзиб, сизларни зериктирмайман. Вазиримизга эса, мустаҳкам соғлик тилайман!

👇👇👇👇👇
https://orginfo.uz/trademark/8d6643953021/

👇👇👇👇👇👇

https://piima.uz/index.php/kr/news/prezident-talim-muassasalari-agentligi-va-digital-generation-uzbekistan-nnm-tomonidan-raqamli-avlod-oquv-tadqiqot-inklyuziv-laboratoriyasi-joriy-etildi

👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://piima.uz/ru/news/raqamli-avlod-it-oromgohi-tadbirining-yopilish-marosimi-bolib-otdi