YANGI QIZILTEPA @yangiqiziltepaa Channel on Telegram

YANGI QIZILTEPA

@yangiqiziltepaa


YANGI QIZILTEPA (Uzbek)

YANGI QIZILTEPA Telegram kanali - O‘zbekistondagi eng yangi va so‘ngi yangiliklar bilan to‘ldirilgan jonli kanal! Bu kanalda siz barcha sohalardagi so‘ngi yangiliklardan xabardor bo‘lishingiz mumkin. Sizga siyosat, iqtisod, madaniyat, sport, va boshqalar kabi turli sohalar bo‘yicha so‘nggi voqealardan xabarlar yetkazib boriladi. YANGI QIZILTEPA kanali orqali dunyodagi eng aktual voqealardan ma’lumotga ega bo‘lishingiz va yangiliklarga tezroq ega bo‘lishingiz mumkin. Kanalga obuna bo‘ling va dunyoning o‘zida bo‘lgan voqealardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

YANGI QIZILTEPA

10 Feb, 14:27


#oromgoh
#Qiziltepa

🏕YOZGI DAM OLISH MAVSUMIDA BOLAJONLARNI TAKLIF ETAMIZ!

🏖🏝Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti tasarrufdagi, Qiziltepa tumanida joylashgan “Qiziltepa” oromgohida yozgi dam olish mavsumida bolajonlar uchun barcha sharoitlar mujassam.

📲 Aziz ota-onalar oromgohlar.uz platformasi orqali yo‘llanmalarni xarid qiling va bolalaringizni "Qiziltepa" oromgohida miriqib dam olishiga imkon yarating!

📞 Batafsil ma’lumot uchun: +998934801234
+998913332265

YANGI QIZILTEPA

09 Feb, 06:48


Qiziltepa tumani 90 yoshda!

Hokimlik Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan ushbu videoda "Qiziltepa" atamasining paydo bo‘lishidan tumanining bugunigacha bo‘lgan hayoti aks ettirilgan.

Bu videoni tayyorlashda yillar davomida to‘plangan tarixiy faktlar, suratlar, videolardan foydalanildi.

Gʻoya muallifi — Alisher Umedov
Tasvirchi va montajchi — Azamat Avulov

Videoni "Youtube" orqali ko‘rish uchun https://youtu.be/Q0yvFZ5jFjw
———————————————
Қизилтепа тумани 90 ёшда!


Ҳокимлик Ахборот хизмати томонидан тайёрланган ушбу видеода "Қизилтепа" атамасининг пайдо бўлишидан туманининг бугунигача бўлган ҳаёти акс эттирилган.

Бу видеони тайёрлашда йиллар давомида тўпланган тарихий фактлар, суратлар, видеолардан фойдаланилди.

Ғоя муаллифи — Алишер Умедов
Тасвирчи ва монтажчи — Азамат Авулов

Видеони юқори сифатли шакли бу ерда https://youtu.be/Q0yvFZ5jFjw

YANGI QIZILTEPA

05 Feb, 09:17


#Диққат

❗️Россияда бугундан бошлаб полиция мигрантларни маъмурий ҳуқуқбузарликлар учун мамлакатдан чиқариб юбориш ҳуқуқига эга бўлди

Ушбу қонун 2024-йил август ойида қабул қилинганвш ва 2025-йил 5-февралдан кучга кирди. Илгари чет эл фуқароларини мамлакатдан чиқариб юбориш ҳуқуқи фақат судга ва чегара хизматига (киришда) берилган эди.
https://t.me/yangiqiziltepaa

YANGI QIZILTEPA

05 Feb, 09:17


#Диққат

⚡️Энди мигрантлар пул жўнатгани учун бож тўлайди

Бож ставкаси 3 фоиз этиб белгиланиши мумкин.
https://t.me/yangiqiziltepaa

YANGI QIZILTEPA

03 Feb, 06:26


#BIZNING_OʻQUVCHI

SALIMOVA NIGINA SHUHRAT QIZI


Qiziltepa tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi Nigina Shuhrat qizi ingliz tili fanidan B2 darajani, o‘zbek tili va adabiyoti fanidan B+ daraja sertifikatlarini qo‘lga kiritdi.

O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!


🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Navai.uzedu.uz | Telegram |Facebook | Instagram | YouTube

YANGI QIZILTEPA

01 Feb, 16:22


UZOQ YILLIK MUAMMO HAL ETILDI

Oqsoch mahallasining markazidan temir yo‘li o‘tganligi sababli bu mahalla ikkiga bo‘linib qolgan edi. Nurobod qishlog‘i va qabriston yo‘lning bir tomonida qolgan bo‘lsa, aholining asosiy qismi va ijtimoiy ob’yektlarning barchasi ikkinchi tomonda qoldi. Mashinalar o‘tish yo‘lagi esa 2016-yilda yopildi... Shundan so‘ng aholi mashinada mahallaning narigi tomoniga o‘tish uchun Qiziltepa tumani markazidan aylanib kelishiga to‘g‘ri keladigan bo‘ldi.

Oradan qariyb 9 yil o‘tib, mahalla aholisining bu muammosi hal etildi. Bugun mahalladagi temir yo‘l ustidan avtomobillar o‘tish uchun yo‘lak ochildi va barcha oqsochliklarni xursand qildi.

Videoda shu mahalla faoli Mardon Farmonov bu boradagi fikrlarini bildirdi.
——————————————
УЗОҚ ЙИЛЛИК МУАММО ҲАЛ ЭТИЛДИ


Оқсоч маҳалласининг марказидан темир йўли ўтганлиги сабабли бу маҳалла иккига бўлиниб қолган эди. Нуробод қишлоғи ва қабристон йўлнинг бир томонида қолган бўлса, аҳолининг асосий қисми ва ижтимоий объектларнинг барчаси иккинчи томонда қолди. Машиналар ўтиш йўлаги эса 2016 йилда ёпилди... Шундан сўнг аҳоли машинада маҳалланинг нариги томонига ўтиш учун Қизилтепа тумани марказидан айланиб келишига тўғри келадиган бўлди.

Орадан қарийб 9 йил ўтиб, маҳалла аҳолисининг бу муаммоси ҳал этилди. Бугун маҳалладаги темир йўл устидан автомобиллар ўтиш учун йўлак очилди ва барча оқсочликларни хурсанд қилди.

Видеода шу маҳалла фаоли Мардон Фармонов бу борадаги фикрларини билдирди.

YANGI QIZILTEPA

01 Feb, 14:34


Tumandagi barcha hududlarda obodonlashtirish, tozalash ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, "Yashil makon" loyihasi doirasida yangi ko‘chatlar ekish uchun manzillarda tayyorgarlik ishlari, tok ko‘chatlari ekish ishlari ham amalga oshirilmoqda.
———————————————
Тумандаги барча ҳудудларда ободонлаштириш, тозалаш ишлари олиб борилмоқда.

Шунингдек, "Яшил макон" лойиҳаси доирасида янги кўчатлар экиш учун манзилларда тайёргарлик ишлари, ток кўчатлари экиш ишлари ҳам амалга оширилмоқда.

YANGI QIZILTEPA

27 Jan, 15:17


RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda (4R-65) Qiziltepa-Kogon avtoyo‘lining Oqmachit mahallasi hududidan o‘tgan qismida harakatlanib ketayotgan avtomobil egasi tomonidan yo‘lning holati aks etgan video tarqatildi.

Ushbu yo‘lning 11 km. qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 9-sonli yig‘ilish bayoniga asosan bosqichma-bosqich (yildan yilga o‘tuvchi obyekt sifatida) to‘la ta’mirlanishi rejalashtirilgan. Videoda aks etgan yo‘l ham ushbu ta’mirlash ishlari amalga oshiriladigan yo‘lning bir qismi hisoblanadi.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan 69,6 mlrd. so‘m ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda 30,2 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan va ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
————————————
РАСМИЙ МУНОСАБАТ

Ижтимоий тармоқларда (4Р-65) Қизилтепа-Когон автойўлининг Оқмачит маҳалласи ҳудудидан ўтган қисмида ҳаракатланиб кетаётган автомобиль эгаси томонидан йўлнинг ҳолати акс этган видео тарқатилди.

Ушбу йўлнинг 11 км. қисми Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 29 апрелдаги 9-сонли йиғилиш баёнига асосан босқичма-босқич (йилдан йилга ўтувчи объект сифатида) тўла таъмирланиши режалаштирилган. Видеода акс этган йўл ҳам ушбу таъмирлаш ишлари амалга ошириладиган йўлнинг бир қисми ҳисобланади.

Ушбу лойиҳани амалга ошириш учун Республика бюджети маблағлари ҳисобидан 69,6 млрд. сўм ажратилиши режалаштирилган бўлиб, айни пайтда 30,2 млрд. сўм маблағ ажратилган ва таъмирлаш ишлари босқичма-босқич амалга оширилмоқда.

YANGI QIZILTEPA

18 Jan, 14:47


РАСМИЙ МУНОСАБАТ

Ижтимоий тармоқларда "Қизилтепада 15 йилдан буён трубалар ичида яшаб келаётган экан" номли асоссиз, ҳақиқатга зид ва эски видео тарқатилди.

Видеода акс этган Марат Раҳматулинга аслида туман ҳокимлиги ҳамда мутасадди ташкилотлар томонидан ишга жойлаштириш, моддий ва яшаш жойи бўйича амалий ёрдам берилган. Аммо М. Раҳматулин яна ўзи шуғулланган иш — видеода акс этган манзилда пластик идишлар тўплаш ва сотиш билан шуғулланиб келган.

Тармоқларда тарқалган видеони туманнинг Хушарти маҳалласида яшовчи Ш. Т. исмли фуқаро М. Раҳматулиннинг рухсатисиз тасвирга олган.

Фуқаро Ш. Т. билан учрашувда у М. Раҳматулинни танимаслиги, видеони дўстига жўнатгани ва тармоқларда тарқалиб кетганини таъкидлаб, аслида М. Раҳматулинга аввал ҳам ёрдам берилганлиги ҳақида хабардор бўлганини айтган.

М. Раҳматулин билан ҳокимлик масъуллари учрашишган ва айни пайтда яшаш жойи билан таъминлашган. Шунингдек, фуқаронинг доимий бандлигини таъминлаш бўйича ҳам ишлар олиб борилмоқда.

Шу ўринда, фуқароларда эски ва асоссиз видеоларни тарқатмасликни сўраймиз.

YANGI QIZILTEPA

17 Jan, 07:05


Diqqat
                Diqqat 
                                 E'lon
  Yurtimizning barcha polvon otbozlarini 2025-yilning 18-Yanvar kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida õz davrining mashhur polvoni bõlgan rahmatli Suvonov Rajab bobo tavalludining 100 yilligiga bag'ishlab farzand va nabiralari tashkil qilayotgan xotira kõpkarisiga taklif etamiz.

SOLIMLARI 🔗

Bosh sovrin Aftomabil 🚘
Tuyalar 🐪🐫🐪🐫🐪🐫
Toylar 🐎🐎🐎🐎🐎🐎🐎🐎
Tonalar 🐂🐂🐂🐂🐂🐂🐂🐂🐂🐂
Qõchqorlar 🐑🐏🐑🐏🐑🐏🐑🐏🐏
Sarkalar 🐐🐐🐐🐐🐐🐐🐐🐐🐐🐐
Pul mukofotlari 💵💵💵💵💵💵💵

Kõpkarimizga 17-yanvar mehmon olinadi.
18-yanvar kuni ertalab Rajab bobo xotirasiga bag'ishlab xotira oshi beriladi.

Kõpkarimiz 18-yanvar soat 12:00 da "Lavandoq" Maydonida boshlanadi.

Kõpkarimiz halol va pok õtishi tõy sohiblari va uloq kôpkari federatsiya a'zolari ta'minlaydilar.

https://t.me/yangiqiziltepaa

YANGI QIZILTEPA

13 Jan, 12:18


Fayzullayev Elbek Ilxamovich Qiziltepa tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

E. Fayzullayev 1979-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2002-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi huquqshunos.

Bungacha Navbahor tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
————————————
Файзуллаев Элбек Илхамович
Қизилтепа тумани Адлия бўлими бошлиғи лавозимига тайинланди.

Э. Файзуллаев 1979 йилда Самарқанд вилоятида туғилган. 2002 йилда Тошкент давлат юридик университетини тамомлаган. Маълумоти бўйича мутахассислиги ҳуқуқшунос.

Бунгача Навбаҳор тумани Адлия бўлими бошлиғи лавозимида фаолият юритган.

YANGI QIZILTEPA

10 Jan, 09:32


«Бир келиб кетинг қишлоғимизга». 
@Navoiy_trk

YANGI QIZILTEPA

09 Jan, 15:11


QIZILTEPA TUMANIDA "ZARBDOR" TAJRIBASI ASOSIDA KENG KO‘LAMLI ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA

Bugun Iqtisodiyot va Moliya vazirligi vakili R. Eliyev, viloyat Iqtisodiyot va Moliya boshqarmasi mas’ullari hamda Qiziltepa tumani hokimining birinchi o‘rinbosari N. Hayitov ishtirokida tumanda "Zarbdor" tajribasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
——————————————
ҚИЗИЛТЕПА ТУМАНИДА "ЗАРБДОР" ТАЖРИБАСИ АСОСИДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ИШЛАР АМАЛГА ОШИРИЛМОҚДА

Бугун Иқтисодиёт ва Молия вазирлиги вакили Р. Элиев, вилоят Иқтисодиёт ва Молия бошқармаси масъуллари ҳамда Қизилтепа тумани ҳокимининг биринчи ўринбосари Н. Ҳайитов иштирокида туманда "Зарбдор" тажрибаси асосида амалга оширилаётган ишлар ҳолати ўрганилди.

YANGI QIZILTEPA

06 Jan, 12:41


#3 O‘TGAN YILDA NIMALAR BO‘LDI?

SO‘FIYON OBOD MANZILGA AYLANDI

11-yanvardan So‘fiyon mahallasida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” tamoyili asosida bir qator ulkan bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari bajarila boshlandi.

Yakunda
- 1,2 mlrd. so‘mga yangi mahalla binosi;
- 550 mln. so‘mga sun’iy qoplamali mini futbol maydoni;
- 50 mln so‘mga mahalla nomi aks etgan stella qurildi;
- 1,8 mlrd so‘mga 1 km.ga yaqin yo‘llar asfaltlashtirildi, 3 km yo‘llar shag‘allashtirildi, 300 metr piyodalar yo‘lagi qurilib, 50 dan ortiq tashqi yoritgichlar o‘rnatildi.

Shuningdek, mahalla infrastrukturasini yaxshilash maqsadida 500 ga yaqin tayanch ustunlar yangilanib, 13,5 km SIP kabellar tortildi, 2 ta yangi transformator o‘rnatildi.

Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 2,3 mlrd so‘mga 3,5 km tarmoqlar yangilanib, “Yuqsun” suv tarqatish inshooti mukammal ta’mirlandi.

Ehtiyojmand oilalar xonadonlarini ta’mirlash uchun 300 mln so‘m ajratilib, bir qator xonadonlar holati yaxshilandi, tom qismi yopib berildi.

Shu bilan birga mahallada “Uch avlod maskani”, vorkaut maydonchasi qurildi, ko‘chalar obod manzillarga aylantirildi.
—————————————
#3
ЎТГАН ЙИЛДА НИМАЛАР БЎЛДИ?

СЎФИЁН ОБОД МАНЗИЛГА АЙЛАНДИ

11 январдан Сўфиён маҳалласида “Обод хонадон, обод кўча, обод маҳалла” тамойили асосида бир қатор улкан бунёдкорлик, ободонлаштириш ишлари бажарила бошланди.

Якунда
- 1,2 млрд. сўмга янги маҳалла биноси;
- 550 млн. сўмга сунъий қопламали мини футбол майдони;
- 50 млн сўмга маҳалла номи акс этган стелла қурилди;
- 1,8 млрд сўмга 1 км.га яқин йўллар асфальтлаштирилди, 3 км йўллар шағаллаштирилди, 300 метр пиёдалар йўлаги қурилиб, 50 дан ортиқ ташқи ёритгичлар ўрнатилди.

Шунингдек, маҳалла инфраструктурасини яхшилаш мақсадида 500 га яқин таянч устунлар янгиланиб, 13,5 км СИП кабеллар тортилди, 2 та янги трансформатор ўрнатилди.

Ичимлик суви таъминотини яхшилаш мақсадида 2,3 млрд сўмга 3,5 км тармоқлар янгиланиб, “Юқсун” сув тарқатиш иншооти мукаммал таъмирланди.

Эҳтиёжманд оилалар хонадонларини таъмирлаш учун 300 млн сўм ажратилиб, бир қатор хонадонлар ҳолати яхшиланди, том қисми ёпиб берилди.

Шу билан бирга маҳаллада “Уч авлод маскани”, воркаут майдончаси қурилди, кўчалар обод манзилларга айлантирилди.

#сарҳисоб

YANGI QIZILTEPA

06 Jan, 10:38


"Toshrabot textile" ishga taklif qiladi.

Qo'shimcha ma'lumotlar suratda.

YANGI QIZILTEPA

02 Jan, 09:08


2025-yilning ilk kunida Qiziltepa tumanida 6 nafar qizaloq va 1 nafar o‘g‘il bola dunyoga keldi.

Bolajonlarning umrlari uzoq bo‘lsin!
———————————
2025 йилнинг илк кунида Қизилтепа туманида 6 нафар қизалоқ ва 1 нафар ўғил бола дунёга келди.

Болажонларнинг умрлари узоқ бўлсин!

YANGI QIZILTEPA

01 Jan, 05:12


QIZILTEPA TUMANI
2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣-YILDA

❄️angi yilning ilk soatlarida yakunlangan 2024-yil Qiziltepa tumanida qanday o‘tganini 2 daqiqa-yu 22 soniyali video orqali yana bir eslab o‘tamiz.

❄️aroqli tomosha tilaymiz!
———————————————
ҚИЗИЛТЕПА ТУМАНИ
2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣ ЙИЛДА


❄️нги йилнинг илк соатларида якунланган 2024 йил Қизилтепа туманида қандай ўтганини 2 дақиқа-ю 22 сонияли видео орқали яна бир эслаб ўтамиз.

❄️ароқли томоша тилаймиз!
https://t.me/yangiqiziltepaa

YANGI QIZILTEPA

31 Dec, 19:37


https://t.me/yangiqiziltepaa

YANGI QIZILTEPA

31 Dec, 19:24


https://t.me/yangiqiziltepaa

YANGI QIZILTEPA

31 Dec, 19:10


2️⃣0️⃣2️⃣5️⃣

YANGI QIZILTEPA

31 Dec, 19:10


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

YANGI QIZILTEPA

31 Dec, 19:06


Qorbobo va sovg'alar...

Bolalar uchun Yangi yil bayrami shu bilan zavqli...

YANGI QIZILTEPA

31 Dec, 17:52


🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️

🎄 Навоий вилояти ҳокими, сенатор Нормат Турсуновнинг вилоят аҳлига Янги йил
ТАБРИГИ

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


📝📝📝

🎄 Navoiy viloyati hokimi, senator Normat Tursunovning viloyat ahliga Yangi yil TABRIGI

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

YANGI QIZILTEPA

31 Dec, 17:52


ЯНГИ ЙИЛГА 2 СОАТ ҚОЛДИ

YANGI QIZILTEPA

31 Dec, 03:24


ЯНГИ ЙИЛ БАЙРАМИ МУНОСАБАТИ БИЛАН ТУМАН ҲОКИМИНИНГ ТАБРИГИ

Ассалому алайкум, қадрли тумандошлар, дуогўй отахон ва онахонлар, келажагимиз эгалари бўлмиш шижоатли ёшлар!

Аввало барчангизни тобора яқинлашиб келаётган янги – 2025 йил билан чин қалбимдан табриклайман.

Барчангизга янги йилда тинчлик-тотувлик, сиҳат-саломатлик, улкан ғалабалар ва янги марраларни забт этишни тилайман.

Ҳурматли тумандошлар!

Мана шундай шукуҳли дамларда ҳар биримиз тугаб бораётган йилда бажарган ишларимиз, эришган ютуқларимиз, ушалган орзу-умидларимизни сарҳисоб қила туриб, кириб келаётган янги йил учун ҳам режаларимизни тузамиз, мақсадларимизни белгилаб оламиз.

Табрикнинг давоми

YANGI QIZILTEPA

29 Dec, 14:08


Qiziltepada bayram shukuhi
——————————————
Қизилтепада байрам шукуҳи
https://t.me/yangiqiziltepaa

YANGI QIZILTEPA

28 Dec, 15:12


Qiziltepa tumanida jamoat xavfsizligi ta'minlanmoqda

YANGI QIZILTEPA

28 Dec, 08:44


Shuning bilan bugungi bayram dasturi o'z nihoyasiga yetdi
https://t.me/yangiqiziltepaa

YANGI QIZILTEPA

28 Dec, 08:27


#Live
https://t.me/yangiqiziltepaa

YANGI QIZILTEPA

28 Dec, 08:17


#Live
https://t.me/yangiqiziltepaa

YANGI QIZILTEPA

28 Dec, 08:14


Shu yerdamisiz?
https://t.me/yangiqiziltepaa

YANGI QIZILTEPA

28 Dec, 08:04


#Live
https://t.me/yangiqiziltepaa

YANGI QIZILTEPA

28 Dec, 08:02


Bugungi bayram konserti uchun https://t.me/qiziltepareklamaa manzilida guruh tashkil qildik.

Siz ushbu guruhda o‘zingiz tushirgan suratlar va videolarni yuborishingiz mumkin.

Eng sara surat va videolar "Yangi Qiziltepa" kanalida yoritiladi.
———————————————
Бугунги байрам концерти учун https://t.me/qiziltepareklamaa манзилида гуруҳ ташкил қилдик.

Сиз ушбу гуруҳда ўзингиз туширган суратлар ва видеоларни юборишингиз мумкин.

Энг сара сурат ва видеолар "Янги Қизилтепа" каналида ёритилади.

Guruximizga o'tib kantaklaringizni qoshing

YANGI QIZILTEPA

28 Dec, 08:01


#Live
https://t.me/yangiqiziltepaa

YANGI QIZILTEPA

05 Dec, 16:49


#ХИТОЙ_САФАРИ

🇺🇿🇨🇳Хитой сафари: Сарҳисоб

♦️Бешинчи кун♦️

Вилоят делегацияси Пекиндаги Ўзбекистон элчихонасида хитойлик ишбилармон доира вакиллари билан учрашиб, вилоятда амалга оширилиши мумкин бўлган лойиҳаларни муҳокама қилди.

Хусусан, “China State Construction Engineering Corporation” Ltd. (CSCEC) раҳбарияти вилоятдаги автомобиль йўлларида, истироҳат боғларида, Янги Навоий шаҳарчасидаги турар-жойларда қурилиш ишларини олиб бориш таклифи билдирилди. Томонлар вакилларидан иборат ишчи гуруҳ тузилиб, истиқболли ҳамкорлик йўналишлари ўрганилиши белгиланди.

Учрашув доирасида Хитой корхоналари томонидан Навоий вилоятидаги мавжуд имконият ва заҳираларини инобатга олган ҳолда вилоят ҳудудини келиб ўрганишига ҳамда инвестицион лойиҳаларни амалга оширишга қелишилди.

Хусусан,
➡️“Beijing Construction Engineering Material Association” Co., Ltd. компанияси вакиллари билан вилоят ҳудудидаги мавжуд захиралар қайта ишлаш орқали қурилиш материаллари ишлаб чиқариш;
➡️“Beijing Jinyu Group Energy-saving Insulation Technology” Co., Ltd. ҳамда “Beijing Terrecon and Environmental Protection Technology” Co., Ltd. корхоналари томонидан базальт хомашёсидан бинолар курилишида ишлатиладиган ҳар турдаги иссиқликни сақловчи қопламалар ишлаб чиқариш;
➡️ “Sino-Wind Energy Group” Co., Ltd. томонидан вилоят ҳудудида шамол генераторлари учун парраклар ишлаб чиқаришни ташкил этиш лойиҳаларини амалга ошириш бўйича келишувларга эришилди.

Шунингдек, “Terrecon and Environmental Protection Technology” Co., Ltd., “Beijing Sanyi Building Materials” Co., Ltd., “Beijing Building Materials Inspection and Research” Co., Ltd., “Beijing Dongfang Taiyang Curtain Wall” Co Ltd., “Tianjin Chaoling Building Materials” Co., Ltd. каби бир қатор компаниялар вакиллари яқин келгуси ойдан бошлаб Навоий вилоятига ташриф буюриши мақсад қилинди.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

YANGI QIZILTEPA

05 Dec, 09:11


1-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligiga atab tayyorlagan videoroligi

YANGI QIZILTEPA

04 Dec, 14:25


Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchi va o'quvchilari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligiga bag'ishlab tayyorlangan videorolik.

Mustaqillikni mustahkamlovchi, inson va uning huquqlarini oliy qadriyat sifatida belgilab beruvchi me’zon, xalq xohish-irodasi va istaklarini o‘zida ifoda etuvchi huquqiy asos Konstitusiyadir.

Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi, baxtimiz qomusi.

YANGI QIZILTEPA

04 Dec, 13:03


Hududlarda ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi sababli ertaga

soat 8.00 dan 17.00 gacha Oboddiyor
va Ziyokor mahallalarida;

soat 9.00 dan 10.00 gacha Iftixor mahallasida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.
—————————————
Ҳудудларда таъмирлаш ишлари амалга оширилиши сабабли эртага

соат 8.00 дан 17.00 гача Ободдиёр
ва Зиёкор маҳаллаларида;

соат 9.00 дан 10.00 гача Ифтихор маҳалласида электр таъминотида узилишлар кузатилади.

YANGI QIZILTEPA

01 Dec, 15:08


#ХИТОЙ_САФАРИ
#ИККИНЧИ_КУН

🇺🇿🇨🇳
Навоий вилояти ҳокими Нормат Турсунов бошчилигидаги делегация Шанхай шаҳридаги Xinya Packaging Technology Co. LTD компаниясида бўлиб, фаолияти билан танишди.

Мазкур компания 1991 йилда ташкил топган бўлиб, озиқ-овқат, фармацевтика, косметология йўналишларида фаолият юритувчи корхоналарга қадоқлаш маҳсулотларини етказиш билан шуғулланади. Айни кунда бу ерда 200 нафар ишчи-ходим фаолият юритади.

Корхона маҳсулотлари асосан Япония, Тайланд, Россия каби давлатларга экспорт қилинади. Бу компания маҳсулотларини BAYER фармацевтика компанияси, "MCDONALD'S" товарларининг қадоғи сифатида бутун дунё танийди.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


📝📝📝

#XITOY_SAFARI
#IKKINCHI_KUN

🇺🇿🇨🇳Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiya Shanxay shahridagi Xinya Packaging Technology Co. LTD kompaniyasida bo‘lib, faoliyati bilan tanishdi.


Mazkur kompaniya 1991-yilda tashkil topgan bo‘lib, oziq-ovqat, farmatsevtika, kosmetologiya yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi korxonalarga qadoqlash mahsulotlarini yetkazish bilan shug‘ullanadi. Ayni kunda bu yerda 200 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritadi.

Korxona mahsulotlari asosan Yaponiya, Tayland, Rossiya kabi davlatlarga eksport qilinadi. Bu kompaniya mahsulotlarini BAYER farmatsevtika kompaniyasi, "MCDONALD'S" tovarlarining qadog‘i sifatida butun dunyo taniydi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

YANGI QIZILTEPA

01 Dec, 11:03


#ХИТОЙ_САФАРИ
#ИККИНЧИ_КУН

🇺🇿🇨🇳
Навоий вилояти ҳокими Нормат Турсунов бошчилигидаги делегация бугун Чендудан Шанхайга етиб келди. Бугунги музокаралар Шанхай ишбилармонлар доираси вакиллари билан бўлиб ўтади.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


📝📝📝

#XITOY_SAFARI
#IKKINCHI_KUN

🇺🇿🇨🇳Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov  boshchiligidagi delegatsiya bugun Chendudan Shanxayga yetib keldi. Bugungi muzokaralar Shanxay ishbilarmonlar doirasi vakillari bilan bo‘lib o‘tadi.


👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

YANGI QIZILTEPA

30 Nov, 15:37


#PREMYERA

Qiziltepa tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tashkil topganligining 100 yilligi munosabati bilan tayyorlangan videorolik.

Videoda 1924-yil aks ettirilgan sahnalar o‘sha yilda Berdi bobo tomonidan ilk maktab sinfi tashkil etilgan aynan o‘sha — tarixiy xonada suratga olingan.

Gʻoya muallifi — Alisher Umedov, tasvirchi va montajchi — Azamat Avulov.

Hokimlik Axborot xizmati videorolikni suratga olishda yaqindan yordam bergan Berdi boboning avlodlari — Teshayevlar oilasiga, 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’muriyatiga va Xo‘jaqo‘rg‘on mahallasi raisi Xurshid Ernazarovga o‘zining minnatdorligini bildiradi.
———————————————
#ПРЕМЬЕРА

Қизилтепа тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан 27-умумий ўрта таълим мактаби ташкил топганлигининг 100 йиллиги муносабати билан тайёрланган видеоролик.

Видеода 1924 йил акс эттирилган саҳналар ўша йилда Берди бобо томонидан илк мактаб синфи ташкил этилган айнан ўша, тарихий хонада суратга олинган.

Ғоя муаллифи — Алишер Умедов, тасвирчи ва монтажчи — Азамат Авулов.

Ҳокимлик Ахборот хизмати видеороликни суратга олишда яқиндан ёрдам берган Берди бобонинг авлодлари — Тешаевлар оиласига, 27-умумий ўрта таълим мактаби маъмуриятига ва Хўжақўрғон маҳалласи раиси Хуршид Эрназаровга ўзининг миннатдорлигини билдиради.

YANGI QIZILTEPA

30 Nov, 14:21


27-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 100 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tantanalari suratlarda
——————————————
27-умумий ўрта таълим мактабининг 100 йиллиги муносабати билан ўтказилган байрам тантаналари суратларда

YANGI QIZILTEPA

20 Nov, 11:03


Yetakchi spartakiadasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Unda qiziltepalik yoshlar yetakchilari "Zakovat" intellektual o‘yini, "Zukko kitobxon" tanlovi, qo‘l to‘pi va voleybol musobaqalarida 1-o‘rinni, stol tennisi va shaxmat musobaqalarida 2-o‘rinni egallashdi.

Natijalarga ko‘ra Qiziltepa tumani yoshlar yetakchilari spartakiadaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
————————————
Етакчи спартакиадасининг вилоят босқичи ўтказилди.

Унда қизилтепалик ёшлар етакчилари "Заковат" интеллектуал ўйини, "Зукко китобхон" танлови, қўл тўпи ва волейбол мусобақаларида 1-ўринни, стол тенниси ва шахмат мусобақаларида 2-ўринни эгаллашди.

Натижаларга кўра Қизилтепа тумани ёшлар етакчилари спартакиаданинг республика босқичига йўлланмани қўлга киритишди.

YANGI QIZILTEPA

19 Nov, 15:54


Navoiy shahridagi 22-umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Jadidlar izidan" tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi.

Unda qatnashgan tumanimizning 32-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 7-sinf oʻquvchisi Zilola Komilova 1-oʻrinni egalladi hamda tanlovning Respublika bosqichida qatnashish huquqini, shu bilan birga chet elga sayohat uchun sertifikatni qoʻlga kiritdi.

YANGI QIZILTEPA

18 Nov, 17:21


18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tuman markazidagi "Davlat bayrog‘i hiyoboni"da Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman Yoshlar ishlari bo‘limi va tuman Madaniyat bo‘limi hamkorligida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda mamlakatimiz madhiyasi sadolari ostida yurtimiz bayrog‘i 60 metr balandlikka ko‘tarildi.

Shundan so‘ng bayrog‘imiz, yurtimiz tinchligini madh etuvchi kuy qo‘shiqlar kuylanib, barchaga bayram kayfiyati ulashildi.
—————————————
18 ноябрь — Ўзбекистон Республикаси давлат байроғи қабул қилинган кун муносабати билан туман марказидаги "Давлат байроғи ҳиёбони"да Республика Маънавият ва маърифат маркази туман бўлинмаси, туман Ёшлар ишлари бўлими ва туман Маданият бўлими ҳамкорлигида тадбир ўтказилди.

Тадбирда мамлакатимиз мадҳияси садолари остида юртимиз байроғи 60 метр баландликка кўтарилди.

Шундан сўнг байроғимиз, юртимиз тинчлигини мадҳ этувчи куй қўшиқлар куйланиб, барчага байрам кайфияти улашилди.

YANGI QIZILTEPA

18 Nov, 17:21


O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan video
—————————————
Ўзбекистон Республикаси давлат байроғи қабул қилинган кун муносабати билан 12-умумий ўрта таълим мактаби ўқувчилари томонидан тайёрланган видео

YANGI QIZILTEPA

18 Nov, 17:21


Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabi o'quvchilari tomonidan tayyorlagan videoroliklar

YANGI QIZILTEPA

27 Oct, 04:50


no comment | Сайлов 2024. Қизилтепа туманидаги 140-сайлов участкаси
@Navoiy_trk #тв

YANGI QIZILTEPA

27 Oct, 04:50


Мобил репортаж | Сайлов 2024. Қизилтепа туманидаги 140-сайлов участкаси

#тв #live

YANGI QIZILTEPA

27 Oct, 02:57


✔️ Bugun, 27-oktyabr  — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi kuni!

Ovoz berish jarayoni boshlanishiga oz fursat qoldi.

Ovoz berish jarayoni soat 8:00 dan soat 20:00 gacha davom etadi.

YANGI QIZILTEPA

27 Oct, 02:12


UYGʻONDINGIZMI, KELAJAKNI QURISHGA SHOSHILING!

Bugun mamlakatimiz kelajagi, ertangi kunimiz uchun muhim kun. Uning qanday bo‘lishi Sizga ham bog‘liq.

Fuqarolik pasportlaringiz olib, oila a’zolaringiz bilan ism-familiyalaringiz ro‘yxatdan o‘tkazilgan saylov uchastkasiga borib, munosib nomzodlarga ovoz bering.

SIZNING OVOZINGIZ MUHIM AHAMIYATGA EGA!

YURTIMIZ VA OILANGIZ KELAJAGIGA BEFARQ BO‘LMASANGIZ, SAYLOVDA FAOL ISHTIROK ETING.

—————————————
УЙҒОНДИНГИЗМИ, КЕЛАЖАКНИ ҚУРИШГА ШОШИЛИНГ!

Бугун мамлакатимиз келажаги, эртанги кунимиз учун муҳим кун. Унинг қандай бўлиши Сизга ҳам боғлиқ.

Фуқаролик паспортларингиз олиб, оила аъзоларингиз билан исм-фамилияларингиз рўйхатдан ўтказилган сайлов участкасига бориб, муносиб номзодларга овоз беринг.

СИЗНИНГ ОВОЗИНГИЗ МУҲИМ АҲАМИЯТГА ЭГА!

ЮРТИМИЗ ВА ОИЛАНГИЗ КЕЛАЖАГИГА БЕФАРҚ БЎЛМАСАНГИЗ, САЙЛОВДА ФАОЛ ИШТИРОК ЭТИНГ.

YANGI QIZILTEPA

21 Oct, 23:47


Safarov Gʻulom Islomovich "Qiziltepatumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Gʻ. Safarov 1970-yilda Qiziltepa tumanida tug‘ilgan.

Lavozimga tayilangunga qadar Navoiy viloyati "Toza hudud" DUK rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
————————————
Сафаров Ғулом Исломович "Қизилтепатумангаз" газ таъминоти бўлими бошлиғи лавозимига тайинланди.

Ғ. Сафаров 1970 йилда Қизилтепа туманида туғилган.

Лавозимга тайилангунга қадар Навоий вилояти "Тоза ҳудуд" ДУК раҳбари лавозимида фаолият юритган.

YANGI QIZILTEPA

21 Oct, 02:57


Assalomu alaykum, aziz tumandoshlar!

Barchangizni 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan hamda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunga 35 yil to‘lgani bilan chin dildan tabriklayman.

Mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi o‘rni va ahamiyati kun sayin ortib borayotgani hech kimga sir emas. Ona tilimiz milliy o‘zligimizni anglash, millat ruhini saqlab qolish, yorug‘ kelajagimizni ta’minlashning eng muhim omili, albatta.

Buyuk madaniyatimizning bebaho namunalari, yirik ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar aynan shu tilda yaratilgan. Ularga murojaat etar ekanmiz, nafaqat ma’naviy ozuqa olamiz, balki o‘zbek tilining sofligini ta’minlash, asrab-avaylash uchun mas’ullik sezamiz.

Chunki, bizning bu dunyoda borligimizni, kuch-qudratimizni namoyon etuvchi xazina – ona tilimiz hisoblanadi.

Ayniqsa, keyingi yillarda o‘zbek tili nufuzli xalqaro anjumanlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan muntazam yangrab kelayotgani barchamizga g‘urur-iftixor bag‘ishlash bilan birga, dunyoda ona tilimizni o‘rganishga intilayotgan insonlar safini ham tobora kengaytirmoqda.

Qadrli tumandoshlar!

Har biringizdan ona tilimiz rivojiga hissa qo‘shishni, suhbatlashganda sof o‘zbek tilida so‘zlashni so‘ragan bo‘lar edim. Bu ham madaniyatimizning bir bo‘lagi.

Barchangizni yana bir bor O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman. Ona tilimizning nufuzi yanada oshib boraversin.

Bayram muborak bo‘lsin!

Bekzod BOBOMURODOV,
tuman hokimi
————————————
Ассалому алайкум, азиз тумандошлар!

Барчангизни 21 октябрь – Ўзбек тили байрами куни билан ҳамда ўзбек тилига Давлат тили мақоми берилган кунга 35 йил тўлгани билан чин дилдан табриклайман.

Мамлакатимизда ўзбек тилининг давлат тили сифатидаги ўрни ва аҳамияти кун сайин ортиб бораётгани ҳеч кимга сир эмас. Она тилимиз миллий ўзлигимизни англаш, миллат руҳини сақлаб қолиш, ёруғ келажагимизни таъминлашнинг энг муҳим омили, албатта.

Буюк маданиятимизнинг бебаҳо намуналари, йирик илмий кашфиётлар, бадиий дурдоналар айнан шу тилда яратилган. Уларга мурожаат этар эканмиз, нафақат маънавий озуқа оламиз, балки ўзбек тилининг софлигини таъминлаш, асраб-авайлаш учун масъуллик сезамиз.

Чунки, бизнинг бу дунёда борлигимизни, куч-қудратимизни намоён этувчи хазина – она тилимиз ҳисобланади.

Айниқса, кейинги йилларда ўзбек тили нуфузли халқаро анжуманлар, жумладан, Бирлашган Миллатлар Ташкилоти минбаридан мунтазам янграб келаётгани барчамизга ғурур-ифтихор бағишлаш билан бирга, дунёда она тилимизни ўрганишга интилаётган инсонлар сафини ҳам тобора кенгайтирмоқда.

Қадрли тумандошлар!

Ҳар бирингиздан она тилимиз ривожига ҳисса қўшишни, суҳбатлашганда соф ўзбек тилида сўзлашни сўраган бўлар эдим. Бу ҳам маданиятимизнинг бир бўлаги.

Барчангизни яна бир бор Ўзбек тили байрами куни билан табриклайман. Она тилимизнинг нуфузи янада ошиб бораверсин.

Байрам муборак бўлсин!

Бекзод БОБОМУРОДОВ,
туман ҳокими

YANGI QIZILTEPA

18 Oct, 16:35


2024-yilning 1-oktyabr holatida Qiziltepa tumanidagi aholi soni 163952 nafarni tashkil qilmoqda.

2023-yilning shu sanasida ushbu raqam 161126 nafar tashkil etgan.
——————————————
2024 йилнинг 1 октябрь ҳолатида Қизилтепа туманидаги аҳоли сони 163952 нафарни ташкил қилмоқда.

2023 йилнинг шу санасида ушбу рақам 161126 нафар ташкил этган.

YANGI QIZILTEPA

17 Oct, 13:40


KO‘KRAK NISHONLARI TOPSHIRILDI

"Nafosat" madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi 5148-sonli qaroriga muvofiq, jismoniy faollik darajasini oshirishda yuqori natijalarga erishgan, sport sinovlarini namunali topshirgan 30 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan bir guruh qiziltepalik fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan jo‘natilgan sport formalari, jismoniy tayyorgarlik darajasi qayd etilgan sertifikat hamda ko‘krak nishonlari topshirildi.

Ushbu tadbirda tuman Sport maktabi mas’ullari hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi mas’ullari ishtirok etib, jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan “Sport sinovlari”ning ixtiyoriy va maxsus talablarini bajargan mahalla tizimi xodimlari hamda aholi vakillarini taqdirlashdi.
———————————————
КЎКРАК НИШОНЛАРИ ТОПШИРИЛДИ

"Нафосат" маданият марказида Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 16 июндаги 5148-сонли қарорига мувофиқ, жисмоний фаоллик даражасини оширишда юқори натижаларга эришган, спорт синовларини намунали топширган 30 ёшдан 70 ёшгача бўлган бир гуруҳ қизилтепалик фуқароларга Ўзбекистон Республикаси Спорт вазирлиги томонидан жўнатилган спорт формалари, жисмоний тайёргарлик даражаси қайд этилган сертификат ҳамда кўкрак нишонлари топширилди.

Ушбу тадбирда туман Спорт мактаби масъуллари ҳамда туман Оила ва хотин-қизлар бўлими масъуллари иштирок этиб, жисмоний тайёргарлик даражасини аниқлаш мақсадида ўтказилган “Спорт синовлари”нинг ихтиёрий ва махсус талабларини бажарган маҳалла тизими ходимлари ҳамда аҳоли вакилларини тақдирлашди.

YANGI QIZILTEPA

15 Oct, 06:14


#live

Ayni paytda 2-sonli kasb-hunar maktabi faollar zalida biznes uchrashuv o'tkazilmoqda.

YANGI QIZILTEPA

15 Oct, 06:10


#диққат

❗️ҲУРМАТЛИ СОЛИҚ ТЎЛОВЧИЛАР


15 октябрь -  жисмоний шахсларнинг ер ва мол-мулк солиғини тўлашнинг охирги  муддати.

Ўз вақтида тўланмаган солиқ суммасига ҳар бир кун учун пеня ҳисобланади.

YANGI QIZILTEPA

14 Oct, 13:33


ASILBEKNING NAVBATDAGI YUTUGʻI

Kombodja mamlakatida kikboksing bo‘yicha Osiyo chempionati musobaqalari o‘tkazildi.

Unda ishtirok etgan qiziltepalik Asilbek Sodiqov 63,5 kg vazn toifasida 1-o‘rinni egallab, Osiyo chempioniga aylandi.

Ushbu chempionat bir vaqtning o‘zida 2025 yil Xitoy Xalq Respublikasining Chendu shahrida o‘tkaziladigan Butunjahon o‘yinlarga lisenziya beradigan chempionat ham bo‘lib, Asilbek kelgusi yilgi ushbu o‘yinlarda qatnashish imkonini ham qo‘lga kiritdi.
——————————————
АСИЛБЕКНИНГ НАВБАТДАГИ ЮТУҒИ


Комбоджа мамлакатида кикбоксинг бўйича Осиё чемпионати мусобақалари ўтказилди.

Унда иштирок этган қизилтепалик Асилбек Содиқов 63,5 кг вазн тоифасида 1-ўринни эгаллаб, Осиё чемпионига айланди.

Ушбу чемпионат бир вақтнинг ўзида 2025 йил Хитой Халқ Республикасининг Ченду шаҳрида ўтказиладиган Бутунжаҳон ўйинларга лицензия берадиган чемпионат ҳам бўлиб, Асилбек келгуси йилги ушбу ўйинларда қатнашиш имконини ҳам қўлга киритди.