Inson huquqlari – insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoniyatlari hamda daʼvolarini tavsiflovchi tushuncha. Inson huquqlarini erkin va samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir.
Yangibozor tumani Axborot kutubxona markazida tuman Ichki Ishlar bo’limi bilan hamkorlikda davra suhbati o’tkazildi. Suhbatda bugungi kundagi dolzarb muammolar hamda inson huquqini himoya qilish bo’yicha so’z olib borildi. Davra suhbati davomida o’quvchilar o’zlari qizziqtirgan savollarga javoblar olishdi.