WAYU Korea @wayu_korea Channel on Telegram

WAYU Korea

@wayu_korea


- O’zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi “Janubiy Korea filiali”

- World Association of Youth of Uzbekistan “South Korea branch”

- WAYU Maslahat guruhi: t.me/wayu_maslahat

Tel raqam: 01082563133

WAYU Korea (English)

Discover the vibrant world of Korea with WAYU Korea! This Telegram channel, with the username @wayu_korea, is the official branch of the World Association of Youth of Uzbekistan in South Korea. Here, you will find a plethora of information about Korean culture, traditions, language, and events. Whether you are a K-pop enthusiast, a fan of Korean cuisine, interested in Korean history, or planning a trip to South Korea, this channel is the perfect place for you. Stay updated on the latest news, trends, and opportunities related to Korea through WAYU Korea. Join the WAYU Maslahat guruhi for in-depth discussions and connect with fellow Korea enthusiasts. For more information, you can also contact them directly at 01082563133. Immerse yourself in the beauty and diversity of Korea with WAYU Korea!

WAYU Korea

18 Jan, 01:43


#foydali
Seoul Global Center 2025-yil uchun birinchi BEPUL TOPIKga tayyorlov kursini boshlamoqda!🥳

Darslar qachon:
O'rta daraja(중급, TOPIK 3,4-darajaga tayyorlanayotganlar uchun) 02.18~04.10 / har hafta seshanba va payshanba 17:30~18:30

Yuqori daraja A guruhi(고급 A반, TOPIK 5,6-darajaga tayyorgarlik qilayotganlar uchun) 02.18~04.10 / har hafta seshanba va payshanba 19:00~20:30

Yuqori daraja B guruhi(고급 B반, TOPIK 5,6-darajaga tayyorgarlik qilayotganlar uchun) 02.19~04.9 /  har hafta chorshanba 17:00~20:15

Har bir guruhlarga 17 kishidan jami 51kishi qabul qilinadi.

Ariza qilish muddati: 01.20(월) 10:00 ~ 02.02(일)gacha

Ariza qilish uchun: https://m.site.naver.com/1AvyI

Birinchi bosqichdan muvoffaqiyatli o'tganlarga 6-fevral Level test o'tkazish haqida habar berishadi.(Level testda odatda siz bilan shunchaki gaplashib qo'yishadi holos)

Yankuniy tanlab olinganlar 12-fevral kuni e'lon qilinadi.

Manzil: 서울글로벌센터 4층 교육장

Savollaringiz bo'lsa: 02-2075-4161

Instagram | Telegram | YouTube |  Facebook

WAYU Korea

16 Jan, 10:54


#foydali
Koreys tilidagi bilimlarini yaxshilashni istaganlar uchun Gangnam Global Centerdan ajoyib yangilik!

Markazda chet-elliklar uchun kitobxonlik to'garagi tashkil qilinmoqda.

Jarayon qanday:
Har oy 2 marta, koreys tilini o'rta darajada bilish kerak. To'garak orqali siz koreys tili bo‘yicha ko‘nikmalaringizni oshirishingiz, K-madaniyatini chuqurroq tushunishingiz va qo‘lyozma qog‘ozga koreys tilida yozishni o‘rganishingiz mumkin.

To'garak: BEPUL

Ariza qilish: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeEEvXK-imgqd9gT16n-3NVJNpF54f8RL2mYHeIiUCg6ug55Q/viewform?pli=1&pli=1

Instagram | Telegram | YouTube |  Facebook

WAYU Korea

16 Jan, 02:53


#wayu_job

Sentbe Xalqaro pul o'tkazmalar Kompaniyasi Koreyaning Turli Shaharlaridan Volontyor, Marketing qiladiganlarni hamkorlikga taklif qilmoqda.
- Siz o’z manzilingiz va ish joyingizni o'zgartirmasdan qo'shimcha daromad qilishingiz mumkin,
- Sizga maqqul kun va ish soati / Soatiga 20,000Krw dan kuniga 150.000 krw gacha topish imkoniyati,

Talab: Siz sentbe Kompaniyasi haqida yaqin atrofingizga xabar berishingiz va ularga sentbe dasturini o'rnatishda yordam berish kerak bo’ladi xolos.
Har bir siz orqali kelgan mijoz uchun Kompaniya yangi mijozga ham 10.000KRW KUPON taqdim qiladi.

O'zingizni sinab ko'ring 3 oy davomiy eng yaxshi natijaga erishgan Voluntyorlar Rasmiy ishga qabul qilinish va Viza support qilishi ham mumkin.
Bugundan qulay imkoniyadan foydalaning.

To'liq ma'lumot uchun: 01090672111 ( javob berilmasa sms yoki telegramdan yozing)
yoki @sentbe_uzbekistan
telegram: Sentbe365

Instagram | Telegram | YouTube |  Facebook

WAYU Korea

15 Jan, 11:48


#foydali

“Rizq
shunday narsaki, qayergacha yozilganini hech kim bilmaydi. Bugun Jonju immigratsiyasida kecha ushlangan bolalarning biri yaqinda nelegalga chiqqan ekan. Telefonda biroz gaplashdik. Aka qandaydir yo‘l bilan bo'lsa ham shu yerdan chiqish imkoniyatini qilib bering, deb iltimos qildi. Afsuski, qonun oldida biz ham ojizmiz.

U yigit hali qila olmagan ishlari juda ko‘p ekanini aytib, bu holatda qanday qilib O‘zbekistonga qaytaman, deb ich-ichidan afsuslanayotgan edi. Shuning uchun ham aytmoqchiman: qancha imkoningiz bo‘lsa, vizangizni oxirigacha legal saqlashga harakat qiling. Student bo‘lib yashash Koreyada oson emas, lekin ozgina sabr bilan o‘qishni bitirib, yaxshi vizalarga o‘tib olsangiz, hamma qiyinchiliklar ortda qoladi.

Koreyaga kelayotgan o‘zbeklarning deyarli 70-80 foizi O‘zbekistondagi sharoitlarini yaxshilash va yaxshi yashash maqsadida bu yerga qarz-qurz bilan keladi. Koreyada ham o‘qib, ham ishlab, hammasini me’yorda olib borayotgan do‘stlarim, sizlar haqiqiy qahramonlarsiz. Sizlarni qiynalayotganingizni Alloh o‘zi ko‘rib turibdi. Albatta, bu qiyinchiliklar ortida yorug‘ kunlar keladi. Faqat ozgina sabr qilib, ertangizni ko‘ra olsangiz bo‘lgani.

Nelegal bo‘lishga shoshilmang birodarlar.”

Muallif: @ganiev_tarjimon

Instagram | Telegram | YouTube |  Facebook

WAYU Korea

15 Jan, 03:37


#wayu_news

Prezident Yun hibsga olindi!

Tergov idorasiga o’zi borar ekan: “Noxush qon toʻkilishini oldini olish uchun men korruptsiya boʻyicha tergov idorasiga kelishga rozi boʻldim. Biroq bu noqonuniy tergovdir”

Prezident Yun “Koreya Respublikasi Konstitutsiyasi va huquqiy tizimini himoya qilishi kerak boʻlgan prezident sifatida ushbu noqonuniy tartib-qoidaga amal qilish uni tan olish emas, balki shunchaki noxush qon toʻkilishini oldini olish istagi”, deb taʼkidladi.

“Afsuski, bu mamlakatda barcha qonunlar buzilgan”, dedi u.

Prezident Yun o‘tgan yilning 14 dekabrida, impichment to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilinganda, jamoatchilikka videomurojaat e’lon qilib, rasmiy chiqish qilganiga 32 kun bo‘ldi.

Bu prezident Yunning harbiy holat e’lon qilinganidan keyin xalqqa oltinchi murojaatidir.

Korruptsiya bo'yicha tergov idorasi bugun soat 10:33 da prezident Yunni hibsga olish orderini bajarganini e'lon qildi.

Instagram | Telegram | YouTube |  Facebook

WAYU Korea

15 Jan, 02:02


#manzil

Daraxtlar orasidagi Inwangsan Shelteri!

Tinch va sokin manzil izlamoqdamisiz?! Bu aynan siz uchun!

• San 4-36, Cheongun-dong, Jongno-gu, Seoul

• Subway Line 3, Gyeongbokgung Station, Exit 3.

• Take bus numbers 1020, 7212, or 7022, and get off at the Jahamun Pass/Yun Dong-ju Literature Museum stop. Then, walk approx. 955 m.

Har kuni 10:00 dan 17:00 gacha

※ Dushanba va Seollal, Chuseok kuni yopiq

Instagram | Telegram | YouTube |  Facebook

WAYU Korea

13 Jan, 23:59


#foydali

Bizning doimiy hamkorimiz IWIK ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarni yurita oladigan volontyorlarni izlamoqda!

Agar siz turli davlatlardan kelgan talabalar bilan ishlashga qiziqsangiz, bu imkoniyat siz uchun. Savollar yuzasidan aloqa uchun berilgan pochtaga bog’laning.

Ariza yuborish: https://docs.google.com/forms/d/1K89q6-oqXmM-fkMhuy9E2Gga2wza2WQ3SU4-LDPYUas/viewform?edit_requested=true

Instagram | Telegram | YouTube |  Facebook

WAYU Korea

12 Jan, 10:47


O`zbekiston - Koreya: hamkorlikning yangi bosqichi
#10jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

WAYU Korea

11 Jan, 04:30


Koreys tilini o’rganmoqchimisiz?!

⏭️KDream-Mun akademiyasi yangi 쓰기 kursiga start beradi
(to’liq)

⏭️KDream-Mun akademiyasi TOPIK ll 중급 kursiga start beradi
(to’liq)

Xabaringiz bor, Wayu Korea va KDream-Mun akademiyasi o’rtasida memorandum bor. Unga ko’ra:

1.
Wayu Korea orqali kelgan koreys tilini o‘rganmoqchibo‘lgan o`quvchilarga K-DreamMun Academy belgilagan narxlaridan 20% chegirma(1-oy uchun)/10% chegirma(2-oydan boshlab) taqdim etadi.

2. Wayu Korea jamoasi a'zolariga (Wayu Korea xodimlari yoki rasmiy ro‘yxatga kiritilgan a'zolar) 50% chegirma(1-oy uchun), 25% chegirma (2-oydan boshlab) taqdimetadi.

Murojaat qilganda Promokodni ayting:
Wayu Korea orqali borgan barcha vatandoshlar uchun: wayukorea58
• Wayu Korea oilasi a’zolari uchun: wayumember58

Murojaat uchun ⤵️
📩 Admin:
@khh58
☎️ +998 88 893 12 20

Imkoniyatdan foydalanib qoling!

Instagram | Telegram | YouTube |  Facebook

WAYU Korea

10 Jan, 07:26


#wayu_news
Koreyada bugundan boshlab mobil ID karta(외국인등록증)lar ishga tushmoqda!

Batafsil: https://buly.kr/8Tpsrri

Instagram | Telegram | YouTube |  Facebook

WAYU Korea

09 Jan, 02:31


#wayu_news
Universitetlarda Kontrakt pullari qimmatlashmoqda(


Janubiy Koreyada tobora ko'payib borayotgan universitetlar 2025-o'quv yili uchun o'qish to'lovlarini oshirishga intilmoqda. Universitetlar hukumat bosimi ostidagi 17 yillik muzlatishga chek qo'ymoqda.
Ta'lim vazirligi universitetlarni to'lovlarni barqaror saqlashga chaqirgan bo'lsa-da, ko'plab muassasalar moliyaviy cheklovlar ularni xarajatlarni oshirishdan boshqa chora qolmaganini ta'kidlamoqda.

Koreya Xususiy Universitet Prezidentlari Assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, 90 ta xususiy universitetning yarmidan koʻpi oʻqish toʻlovlarini oshirish rejalari haqida xabar bergan, 38 tasi esa haligacha muhokamada. Faqat to'rtta universitet to'lovlarni oshirmaslik niyatida ekanliklarini bildirgan. O'qish to'lovini oshirish Sogang universiteti va Kookmin universiteti kabi universitetlar tomonidan amalga oshirildi, ular o'n yil ichida birinchi marta bakalavriat uchun to'lovlarni 4,97 foizga oshirishga qaror qilishdi.
Bu habardan so’ng Ewha Womans universiteti kampusida 40 ga yaqin talabalar yig'ilib, talabalar bilan maslahatlashmasdan o'qish narxini oshirishni qoralashdi.

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

08 Jan, 11:12


“Birga” loyihasining 3-soni!

Suhbatda Koreys tilini o’rganish va TOPIKdan yuqori ball olish bo’yicha foydali ma’lumotlarni olasiz!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

08 Jan, 01:31


#wayu_news

설날da 6 kun dam olinadigan bo’ldi! 27-yanvar ham qo'shilib, dam olish kunlari 25-30 yanvar kunlari etib belgilandi.

Ya’ni
27-yanvar umumxalq dam olish kuni sifatida belgilanib, 25-26-yanvar dam olish kunlari bilan birga 28-30-yanvarni o‘z ichiga olgan olti kunlik bayram ta’tili bo’ldi.

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

07 Jan, 03:05


Wayu Korea jamoasiga qo’shilishni istaganlar 24 soat ichida 120 nafardan oshgani sababli, qabulni shu yerda to’xtatamiz!

WAYU Korea

07 Jan, 02:15


#kiip
KIIP dasturi uchun darslarga qabullar boshlanmoqda!

Darslarga Ariza qilish darajalarga qarab farq qiladi, agar siz socinet.go.kr saytida ro’yhatdan o’tgan bo’lsangiz saytda sizga mos keladigan guruhlar ko’rinadi.

Darslar Onlayn yoki Oflayn shaklda bo’ladi.

5 단계, 기본 70 soat va 심화 30 soat bo’ladi. 사회통합프로그램 심화 30soatni o’qish uchun avval 사회통합프로그램 기본 70 soatni tugatishingiz kerak.

Darslar uchun joylar tez to’lib qolishi mumkin, shu sabab ham Ariza qilmoqchi bo’lgan joylaringiz va vaqtni aniq qilib, registratsiya kuni kech qolmay kirishga harakat qiling!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

06 Jan, 10:32


Texnik sabablarga ko'ra telefon raqam qismida xatolik ketibdi.
Shu vaqtgacha ro'yxatdan o'tgan ishtirokchilarimiz qaytadan telefon qismiga o'zgartirish kiritishingizni va telefon raqamingizni yozib qoldirishingizni so'raymiz.
Tushinmovchilik uchun uzr so'raymiz.

WAYU Korea

06 Jan, 04:26


Wayu Korea jamoasiga qabul davom etmoqda.

Agar siz 2025-yilni Koreyadagi o’zbekistonliklar orasida eng faol bo’lgan jamoalardan birida o’tkazishni istasangiz, bizga qo’shiling!

- yangi loyihalar,
- volontyorlar,
- ilmli, tajribali insonlarni izlamoqdamiz.

Jamoaga qo’shilishni istasangiz ushbu havolani to’ldiring va biz siz bilan bog’lanamiz: https://forms.gle/JX3Nti1ScdHVxsL88

Qabul jarayoni:

Yuqoridagi havolani to’ldirasiz > biz siz bilan bog’lanib, mahsus guruhga qo’shamiz > keyin guruhga yuborilgan havola orqali qisqa essay va CV yuklanadi > 2 oylik internship va siz oilamizdasiz!

Eslatib o’tamiz, qabul yilda bir marotaba bo’ladi va joriy yilning 11-yanvarida yopiladi!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

03 Jan, 11:31


#Birga
#3_son

"Birga" loyihasining uchinchi soni 5-yanvar, Koreya vaqti bilan soat 20:00da Wayu_Korea telegram sahifasida bo'lib o'tadi.

📌Koreys tilini o’rganish va TOPIKdan yuqori ball olish mavzusiga bag’ishlanadi.

Spiker: Kabilova Khusnora Halilovna
• Kasbi: Koreys tili o`qituvchisi
• Ish faoliyati: K-DreamMun Academy asoschisi va bosh o`qituvchisi
• Til sertifikati: TOPIK 6 (268ball)
• Maqsadi: Vatandoshlarimizga koreys tilini to`g`ri va tizimli o`rganishga ko`maklashish

Uchrashuvda quyidagi savollarga javob olasiz:

1.
Koreys tilini o`rganishdagi 1-qadam nima?
2. Koreys tilini mustaqil o`rgangan yaxshimi yoki o`qituvchi bilanmi?
3. Yaxshi o`qituvchini tanlash usuli bormi?
4. TOPIKka qanday tayyorlanish kerak?


*Spiker uchrashuvning har bir qatnashchisiga quyidagilarni sovg`a qiladi:
1. Kurslar uchun chegirma kuponi
2. "TOPIK o`qish uchun eng foydali" check-listi

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

03 Jan, 05:13


#tavsiya

Sun’iy Intellekt kurslari!

To'g'ridan to'g'ri Zoom orqali o'tiladigan darslarga qo'shiling va kelajak fani bo'lgan Sun’iy Intellekt orqali loyihalar yarating.

Kurs davomida AI ning quyidagi bo'limlari bo'yicha bilimlar beriladi:

Asosiy AI bo'limlari:


1.Machine learning;
2. Deep learning;
3.Computer Vision;
4. Natural language processing.


Qo'shimcha bilimlar:

1.Python va uning kutubxonalari;
2.Model Deployement;
3.Cloud(bulut) platformalari;


Bog'lanish ma'lumotlari:
Davronbek Malikov, PhD
Gyeongsang National University (GNU), AI Convergence Engineering
Telegram: +821028222901 | @aikorea2023
Email:
[email protected]

E’lon vatandoshimizni qo’llash maqsadida sahifada berildi. E’londan Wayu Korea moddiy va boshqa ko’rinishdagi foyda ko’rmaydi!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

03 Jan, 00:01


Vatanga qaytgan vatandosh
5-son


“O’sha pulni uyimga jo'natsam biror ishimizni bitirib olamiz, deb kontrakt pulini to'lamadim. Nolegal mahalladoshimning maslahati bilan universitetda ishlaydigan o'zbek hodimga qo’ng’iroq qilib, kontrakt to'lolmasligimni va endi o'qishga ham bormasligimni aytdim…”

Batafsil o’qish

Loyiha mualliflari: @gwangju_community

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

02 Jan, 10:20


Wayu Koreada yil juda ajoyib yangilik bilan boshlanmoqda!

O‘zbekiston Yoshlar Umumjahon Assotsiatsiyasining Janubiy Koreyadagi vakolatxonasi (“Wayu Korea”) va K DreamMunAcademy o‘rtasida kelishuv memorandum imzolandi.

Unga ko’ra K-DreamMunAcademy Wayu Korea orqali borgan koreys tilini o’rganmoqchi bo’lgan vatandoshlarimizga chegirma asosida koreys tilini o’rgatadi.

K-DreamMunAcademy — koreys tilini o’rgatishga ixtisoslashgan o’quv markazi bo’lib, ayniqsa, koreys tilida ravon gapirishni va TOPIK imtihoniga to’g’ri tayyorlanishni o’rgatishga urg’u qaratadi.

Chegirma miqdori va darslarga qabul vaqtlari to’g’risida tez kunlarda xabar beramiz!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

02 Jan, 01:35


#foydali
Gangnam Global Village Center 2025-yil 3-fevraldan BEPUL koreys tili darslarini boshlamoqda.

Ariza topshirishning oxirgi muddati 10-yanvar. Lekin joylar to’lsa qabul erta yopiladi.

Darslar daraja va vaqtga qarab haftada 2 marta Offline/Online rejimida o‘tkaziladi va semestr 2025-yil 8-maygacha davom etadi.

Darslar koreyadagilar uchun

Koreys tilini bepul o'rganish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

Ariza qilish uchun: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfkIPoZww_ehPPgmrVUlTmda8bT-ZIkozbgn5UB2WdMlV6BSQ/viewform?pli=1

Instagram | Telegram | Facebook

WAYU Korea

01 Jan, 23:47


2024-yil 29-dekabr kuni Seul shahridagi O‘zbekiston Elchixonasida O’zbekiston Yoshlar umumjahon Assotsiatsiyasining Koreyadagi vakilligining “Yil sarhisobi” uchrashuvi bo’lib o’tdi. Ushbu tadbir Koreyada yashovchi o‘zbeklar jamiyatining 2 yil uchun hisoboti va kelgusi rejalar o’rin oldi. Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston elchisi Alisher Abdusalomovning shaxsan ishtirok etishi, ayniqsa, mazmunli bo‘ldi.

Davomi: http://krnews.kr/news_view.jsp?ncd=444
___________________

지난 2024년 12월 29일, 서울에서 열린 우즈베키스탄 대사관 협회 WAYU의 연말 행사 ‘Yil Sarhisobi’ 가 성대히 마무리되었다. 이번 행사는 한국에 거주하는 우즈베키스탄 커뮤니티를 중심으로, 한 해를 돌아보고 앞으로의 계획을 논의하는 자리로 마련되었으며, 특히 우즈베키스탄 대사 Alisher Abdusalomov가 직접 참여해 더욱 의미를 더했다.

http://krnews.kr/news_view.jsp?ncd=444

WAYU Korea

01 Jan, 04:46


#kiip
KIIP CBT 사전 평가 imtihoni uchun ro’yhatdan o’tish boshlanmoqda!

"Koreys tilini bilaman, imtihon topshirib ko'rib to'plagan ball orqali olingan daraja bilan KIIP dasturini o'qishni boshlamoqchiman. 0-bosqichdan boshlab o'qimoqchi emasman"
deganlar KIIP 사전평가 imtihoniga ariza qilishlari kerak bo'ladi!

Bu Dastur orqali qo’lga kiritiladigan Sertifikat sizga Vizangizni almashtirish vaqtingiz qo’shimcha ball qo’shib beradi. Ba’zi kollejlar bitiruvchi chet-elliklardan TOPIK yoki KIIP sertifikatlarini bitirish uchun yetarli deb hisoblashmoqda.

Ariza qilish: 2025.01.02(목)09:00 ~ 01.07(화) 23:59

Arizalar 선착순 shaklida qabul qilinadi. Shu sabab ham iloji boricha shoshilishingiz kerak!

KIIP 사전평가 o’zi qanday bo’ladi? Qanday testlar tushadi?:
https://youtube.com/playlist?list=PLy_GLkkw59Bab28GsVI0B6oBpUf-GwOgJ&si=xTNJ2kXquf66DzKp

Ro’yhatdan o’tish haqida:
https://youtu.be/j86vxKMi7GU?si=Nm2h-TXQ5ImhEss1

Ro’yhatdan o’tish uchun:
https://www.kiiptest.org/

Instagram | Telegram | Facebook

WAYU Korea

01 Jan, 02:09


2025-yil rejalarini qilishga ulgurdingizmi?!
2024-yil sarhisobini-chi?!

Ushbu hujjatda Wayu Koreaning 2 yil davomida qilgan ishlari hisobotini ko’rishingiz mumkin!

Tanishing, baho bering, yangi g’oyalar tashlang!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

30 Dec, 11:47


#sarhisob
Tadbirni eng shirin qismidan lavha)

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

30 Dec, 11:41


#sarhisob
WAYU Koreyaning yil sarhisobidan lavhalarni bo’lishamiz!

Xabaringiz bor 29-dekabr O’zbekiston elchixonasida WAYU Korea yil sarhisobi uchrashuvi doirasida 2yil davomida qilgan ishlari bilan raqamlarda bo’lishdi.

Tadbirda O’zbekiston Elchixonasi va WAYU Korea tomonidan faollik ko’rsatganlarni taqdirlash, Homiylar “E9 pay” pul o’tkazish ilovasi hodimlaridan turli xil sovg’alar, “BARAKA BOOK” va “TEKPE BOOK”dan esa deyarli barcha qatnashchilar uchun kitoblar sovg’a uchun tarqatildi.
Uchrashuvga kelganlar Elchixona tomonidan mazzali Osh bilan mehmon qilindi!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

22 Nov, 11:21


#kiip
KIIP 사전 평가 imtihoni qanday tartibda o’tkaziladi? Testlar nechta bo’ladi? Suhbat ham bo’ladimi? Qancha ball to’plasam qanday daraja olaman?

Yuqoridagi rasmlar orqali eng ko’p berilayotgan savollarga javob olishingiz mumkin!

Eslatib o’tamiz, 사전 평가 imtihoni sizning koreys tili darajangizni o’lchash uchun o’tkaziladigan imtihon hisoblanadi. KIIP dasturini
0-darajadan boshlashni xohlamaganlar bu imtihon orqali olgan darajalariga qarab guruhlarga qo’shilishlari mumkin bo’ladi.

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

21 Nov, 05:53


#foydali

Koreya madaniyatini kashf etishga nima deysiz?

Qachon: 14 dekabr (shanba) 13:00 dan 17:00 gacha
•Qayerda: Ilwon Eko Park (Ilwon Eco Park (Daecheong Stn. Line 3 Exit 3)
• Manzil: 4-12, Irwon-dong, Gangnam-gu, Seoul,
• Xarita havolasi:
https://naver.me/GzEjIVw6 (NAVER)

Ro’yxatdan o’tish:
https://tr.ee/POPqP08NyN

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

20 Nov, 06:36


#foydali

1. Networking
2. Internship
3. Ishga joylashish
mavzular foydali video

*Bu videoda Koreyada karyera qilmoqchi bo’gan har qanday inson bilishi kerak bo’lgan elementar tushunchalar to’plangan. Bir necha yillik tajribani 1 soat ichida o’zlashtirishingiz mumkin!

Video muallifi: Elyor Nurdinov @Elyorbilan

Link: https://youtu.be/LvVW2rXyzlI?si=5ywvA2URZ1oYiJ_d

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

19 Nov, 02:02


#kiip
Ertadan KIIP CBT 사전/종합평가 imtihonlari uchun ro’yhatdan o’tish boshlanmoqda!

"Koreys tilini bilaman, imtihon topshirib ko'rib to'plagan ball orqali olingan daraja bilan KIIP dasturini o'qishni boshlamoqchiman. 0-bosqichdan boshlab o'qimoqchi emasman"
deganlar KIIP 사전평가 imtihoniga ariza qilishlari kerak bo'ladi!

Bu Dastur orqali qo’lga kiritiladigan Sertifikat sizga Vizangizni almashtirish vaqtingiz qo’shimcha ball qo’shib beradi. Ba’zi kollejlar bitiruvchi chet-elliklardan TOPIK yoki KIIP sertifikatlarini bitirish uchun yetarli deb hisoblashmoqda.

Ariza qilish: 11.20(수) 09:00 ~ 11.26(화) 23:59

Arizalar 선착순 shaklida qabul qilinadi. Shu sabab ham iloji boricha shoshilishingiz kerak!

KIIP 사전평가 o’zi qanday bo’ladi? Qanday testlar tushadi?:
https://youtu.be/yvwBUaz_-tQ?si=wOK_cVqkpfsyNwAD

Ro’yhatdan o’tish uchun:
https://www.kiiptest.org/

Eslatib o’tamiz: KIIP darslari Yanvar oyidan boshlab pullik bo’lishini e’lon qilishgan edi(

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

18 Nov, 23:36


“Hiking sevarlar” ko’p ekan. Qabul bir kechada to’ldi va ro’yxatdan 40 nafar vatandoshimiz o’tishga ulgurdi😊

Tez kunlarda barcha ishtirokchilarga aloqaga chiqiladi!

WAYU Korea

18 Nov, 14:14


#gks
GKS Embassy Trackning 2-bosqich natijalari chiqdi!

G’oliblarni tabriklaymiz!😇

University Track yakuniy natijalar ham tez orada e’lon qilinadi!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

18 Nov, 11:48


Birlashuv” — Wayu_Korea va "Bir ilm" bilan tog’ga chiqishga nima deysiz?!

Maqsad: Janubiy Koreyadagi O'zbekistonlik vatandoshlar o'rtasida networkingni yanada rivojlantirish, o'zaro do'stona munosabatni yaratish, kelgusida birgalikda loyihalar amalga oshirish.

• Sana: 24-noyabr
• Soat: 10:00 dan 16:00 gacha
• Manzil: Yongmasan tog'idan boshlanib, Achasan tog'i yakunigacha
• Uchrashuv manzili: Yongmasan metro bekati
• Ishtirokchilar soni: 20 kishi

Tog’ga chiqish davomida turli o’yinlar o’ynaladi!

Ro’yxatdan o’tish: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfSs--zymv5pyA17RIpMOGDbLoZI-9baRB4Zg06p6IMbRqyRw/viewform?usp=sf_link

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

18 Nov, 01:51


#kiip
KIIP PBT 종합평가 uchun ro’yhatdan o’tish boshlanmoqda. Testlarni Kompyuterda yechish noqulay bo’lganlar uchun imkoniyat!

Ariza qilish: 11.26(화) 09:00 ~ 11.30(토) 23:59

Imtihon: 12.14(토)

Arizalar 선착순 shaklida qabul qilinadi. Shu sabab ham iloji boricha shoshilishingiz kerak!

Ro’yhatdan o’tish uchun:
https://www.kiiptest.org/

Eslatib o’tamiz: KIIP darslari Yanvar oyidan boshlab pullik bo’lishini e’lon qilishgan edi(

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

16 Nov, 12:44


#koreya_kundaliklaridan
26-son

Ko’pchilik maroq bilan o’qiydigan “Koreya_kundaliklaridan” loyihasi yana qaytdi! Kimgadir foydali bo’lishidan umidvormiz!

“Men sizga GKS grantiga kelgan yo’lim haqida gapirib bermoqchiman. O’ylaymanki, GKS yutishni niyat qilganlarga foydali bo’ladi!

Ko’p ko’ramiz ba’zida yutuqlarga juda tez, yoki oson yetib kelamiz. Ba’zi yutuqlar uchun esa vaqt va anchayin mehnat talab qilinadi. Va biz buni nasiba, taqdir deb ataymiz. Xuddi shunday men ham GKSga 4 yil deganda, qiynalib erishganlardan biriman. Lekin, aytishim kerakki, har safar GKSga topshirganimda qandaydir tajribani olganman.

GKS haqida 2021-yil eshitganman va o’shanda birinchi marotaba Ewha ayollar universitetiga “Asian women’s study” yo’nalishiga magistratura bosqichiga topshirganman. Hujjat tayyorlab yurgan vaqtim o’zimizda master o’qirdim va grantni olish juda ham muhim emas edi. Ammo, birinchi bosqichdan muvoffaqiyatli o’tganman. Backgroundim yaxshi bo’lganiga o’zimga ishonch baland bo’lib, suhbatga ham kuchli tayyorlanmagan edim. Ustiga ustak, suhbatga 2 soat qolganda kichik avto halokatga uchrab, boshim chayqalishidan hayolim joyida emas edi. Esimda, interviewda professor bir savolni uch marotaba so’rasa ham nimani so’rayotganini tushinmaganman, hayolim joyida bo’lmagan. O’shanda suhbatga juda kuchli tayyorlanish kerak ekanini tushinganman.

Yiqilgan kurashga to’ymaydi deganidek, 2-yil ham Ewhani tanladim, va aynan shu yo’nalishing PhD bosqichiga hujjat topshirdim. Afsuski, bu safar suhbatga ham o’tmagan edim. Sababi juda oddiy va kulguli, men tanlagan yo’nalishning PhD bosqichi yo’q edi. Buni “birinchi bosqichdan o’tmadingiz” degan xabarni olganimdan so’ng tushinganman, ungacha xatto hayolimdan ham o’tmagan, universitet ham to’g’irlashni so’ramagan. O’shanda tanlagan universitetning yo’nalishi, professorlari haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish kerakligi juda muhim ekanini tushinganman.

Uchinchi yil IELTS sertifikatimning muddati o’tgan va hech qanday til sertifikatlarisiz Koreyadagi Sky universitetlaridan biriga qayta magistratura bosqichiga topshirganman. Chunki, backgroundimga juda ishonar va o’zimni juda munosib nomzod sifatida ko’rar edim. Afsuski, uchinchi martta ham omad menga kulib boqmagan edi. Bunda xatoyim deb, hech qanday til sertifikatlarisiz mavqei baland universitetni tanlaganim deb o’ylayman. Tag’in, bilmadim.

Yaratgan men uchun munosib vaqt deb hozirni tanlagan ekan, va nihoyat, 2024-yil PhD bosqichiga o’zim xohlagan yo’nalishga, xohlagan universitetimga GKS granti bilan o’qishga kirdim. Bunga asosiy sabab deb boshqa ish va o’qishga chalg’imasdan, bor e’tiborni GKS ga qaratib tayyorlanganim deb o’ylayman. Ya’ni o’tgan uch yil davomida yo qayerdadir o’qir edim, yoki asosiy ish joyim bor edi. Shu sababli grantni juda muhim sanamas va tayyorlanmas edim. To’rtinchi yildan shuni xulosa qildimki, grantni yutganlardan tavsiya olish, tanlagan universitet haqida, professorlar haqida yetarli ma’lumotga ega bo’lish va albatta, til sertifikati bo’lishi kerak ekan.

Bularning bari mening tajribam va boshqa GKS yutganlar ularga qo’shilmasligi ham mumkin. Ammo xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, grant asosida o’qish, iqtisodiy muammolardan holi, bor e’tiborni o’qishga qaratish imkonini berar ekan, buni bakalavr va magistr bosqichlarida ham ishlab, ham o’qigan talaba sifatida aytmoqdaman! Grantlar izlab, ularga hujjat topshirishdan qo’rqmang.”

Koreya kundaliklaridan” loyihasi davom etishini xohlasangiz o’z hikoyangiz bilan o’rtoqlashing. Axir bu bilan kimgadir yordam berishingiz mumkin!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

16 Nov, 01:03


#foydali
Ta’til yaqinlashmoqda! Ta’tilda qonuniy ishlash uchun qanday ruxsat olishim kerak?


Qonuniy ishlash uchun siz “체류자격외 활동허가“ olishingiz kerak bo’ladi!

체류자격외 활동허가 olib ham qilish taqiqlangan ishlar bor ularni ham ko’rib chiqing!
Yuqoridagi rasmlarda qanday hollarda siz ishlashga ruxsat ola olmasligingiz, ishlash uchun ruxsat olsangiz necha soat ishlay olishingiz, qanday hujjatlar talab qilinishi, qayerga topshirilishi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan!

Migratsiya ruxsatisiz ishlab qo’lga tushib qolsangiz jarima, deportatsiya yoki qamoq jazosigacha tortilishingiz mumkin.

Barchangizdan ehtiyot bo’lishingizni so’rab qolamiz!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

15 Nov, 07:01


#tarjima

O’zbekistondagi viloyatlardan birining hokimligidan delegatsiyasi tashrifi kutilmoqda va ushbu delegatsiyaga UZB-KOR tarjimon kerak!

Sana: 24~29 noyabr: 6kun
Ish haqqi: 600,000won
Shaharlar: Seul (2kun), Seongnam (1kun), Pusan (2kun)
Murojaat uchun: @norakh58

Endilikda tarjima e’lonlarini qo’yib borishni niyat qilganmiz!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

14 Nov, 13:52


#foydali

Vatandoshlar fondi tomonidan Toshkent shahridagi "Oq uy" jome masjidi imom-xatibi Isroiljon domla Ismoiljon o’g’li bilan "Haqiqiy boylik nima?" mavzusida to'g'ridan to'g'ri jonli suhbat o‘tkaziladi.

Muloqot vaqti: Juma - 15 noyabr, Toshkent vaqti bilan soat 19:00.

Suhbatni tinglash manzili:
https://t.me/vatandoshlar_fond

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

14 Nov, 11:36


Keling, ilmni qo’llaymiz!

Statistika ma'lumotlariga qaraganda hozirda 2 milliondan ortiq O'zbekistonliklar dunyo bo'ylab immigrant maqomida o'qib va ishlab kelmoqdalar. Shundan 90,800 nafari (2024) Janubiy Koreya xissasiga to'g'ri keladi.

So’rovnomada qatnashing: "Siz Janubiy Koreyadagi o'zbek immigrantlarining madaniy moslashuvi va ruhiy salomatligi o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish bo'yicha tadqiqot loyihasida ishtirok etishga taklif qilinmoqdasiz. Ushbu so'rovnomani to'ldirish taxminan 10 daqiqa vaqt oladi. Sizning javoblaringiz to'liq anonim va maxfiy xolda saqlanadi hamda faqatgina tadqiqot maqsadidagina foydalaniladi.

Tadqiqot egasi: Kangwon Milliy Universiteti, doktoranti G'aniyev Axrorjon

Email: [email protected]

Ushbu kichik ilmiy tadqiqod so'rovnomasida qatnashing va sizning nomingizdan masjidimizga ehson qilinadi.
Barchangizga katta rahmat!

Google form: https://forms.gle/d8RmCg8iDGs6WEgu6

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

13 Nov, 12:00


#xushxabar

O’zbekiston Elchixonasi javob bermaydi”, “Ikki soat qo’ng’iroq qildim, hech kim ko’tarmadi”, “Pasportim yo’qoldi, nima qilsam bo’ladi”, “Nikohdan o’tmoqchimiz, qanday hujjatlar kerak”, “O’g’limga guvohnomani olishim kerak, birinchi nima qilay” singari O’zbekiston Elchixonasi faoliyati bilan bog’liq savollar juda ko’p keladi.

Vatandoshlarimizning Elchixonada ko’rsatiladigan konsullik xizmatlariga bog’liq savollarga oson va tez javob topishlari uchun O’zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi Elchixonasining konsullik xizmatlari haqida ma’lumot beradigan telegram tarmog’ida bot ishlab chiqdik.

Ushbu botda siz nafaqat konsullik bo’limi ko’rsatadigan barcha xizmat turlari haqida to’g’ridan-to’g’ri ma’lumot olishingiz, balki arizalar namunalarni yuklab olish, arizaga ilova qilinadigan hujjatlar ro’yxati, fuqarolarni qabul qilish tartibi, konsullik qabuliga elektron navbat olish, to’lanadigan davlat bojlari bilan ham tanishishingiz mumkin!

Shuningdek, ayni paytda botga qo’shimcha xizmat turlarini qo’shish bo’yicha ham ish olib borilmoqda.

Ushbu botni ishlab chiqishda jonbozlik ko’rsatgan insonlar: Diyorbek Pardaev (texnik tuzuvchi) Wayu_Korea volontyorlari (ma’lumot to’ldiruvchi), Elchixona xodimlari barcha ma’lumotlar ishonchli ekanini tasdiqlash singari vazifalarni bajarishdi.

Botdan foydalanish: @UzEmbassy_kr_bot

Bot xizmatidan tashqari qo’shimcha savollaringizni Elchixona konsullik bo’limining [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

13 Nov, 06:31


#wayu_news
Koreyadagi Ayollar universitetlarida o’g’il bolalarning tahsil olishlariga nisbatan noroziliklar kuchaymoqda.

Dongduk Women’s University, Sungshin Women’s University, Duksung Women’s University talabalari bunga nisbatan tezroq chora ko’rishlarini talab qilishmoqda.

Bu norozilikka sabab deb, ayollar universitetlaridan birida o’qituvchining talabaga nisbatan jinsiy tajovuz qilgani deb aytilmoqda.

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

13 Nov, 03:23


Keling, ilmni qo’llaymiz!

Statistika ma'lumotlariga qaraganda hozirda 2 milliondan ortiq O'zbekistonliklar dunyo bo'ylab immigrant maqomida o'qib va ishlab kelmoqdalar. Shundan 90,800 nafari (2024) Janubiy Koreya xissasiga to'g'ri keladi.

So’rovnomada qatnashing: "Siz Janubiy Koreyadagi o'zbek immigrantlarining madaniy moslashuvi va ruhiy salomatligi o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish bo'yicha tadqiqot loyihasida ishtirok etishga taklif qilinmoqdasiz. Ushbu so'rovnomani to'ldirish taxminan 10 daqiqa vaqt oladi. Sizning javoblaringiz to'liq anonim va maxfiy xolda saqlanadi hamda faqatgina tadqiqot maqsadidagina foydalaniladi.

Tadqiqot egasi: Kangwon Milliy Universiteti, doktoranti G'aniyev Axrorjon

Email: [email protected]

Ushbu kichik ilmiy tadqiqod so'rovnomasida qatnashing va sizning nomingizdan masjidimizga ehson qilinadi.
Barchangizga katta rahmat!

Google form: https://forms.gle/d8RmCg8iDGs6WEgu6

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

12 Nov, 01:28


Nemis, Koreys, Yapon, Turk, Arab tillarida ravon so’zlasha olsangiz Sizni yuqori maoshli ishga taklif qilamiz!

Chet el kapitali ishtirokidagi IT Park rezidenti bo'lgan kompaniyalar soni ortishi bilan birga ularning yurtimizdagi chet tillarini biladigan kadrlarga talabi ortmoqda.

Quyidagi tillarda ravon so‘zlasha oladigan iqtidorli kadrlarni izlamoqdamiz:
🔹Nemis tili (800+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Koreys tili (300+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Yapon tili (300+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Turk tili (200+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Arab tili (200+ bo‘sh ish o‘rni)

Agar siz ushbu tillardan birini bilsangiz va ingliz tilini kamida B1 darajasida o‘zlashtirgan bo‘lsangiz, bu yetakchi xalqaro kompaniyalarda karyerangizni boshlash uchun noyob imkoniyatdir. Moslashuvchan ish jadvali, martaba o‘sishi va muvaffaqiyatga yetaklovchi lavozimdan bahramand bo‘ling.

Bu shunchaki ish emas, balki kasbiy imkoniyatlar dunyosiga ochilgan eshikdir! 🌐

Arizangizni topshirishga tayyormisiz? Boshlash uchun havola orqali o‘ting: https://forms.gle/FNcjS6ZPtZgqoDoeA

Jahonning eng yaxshi ish beruvchi kompaniyalarining O’zbekistondagi ofislarida yuqori maoshli, moslashuvchan karyerangiz sari birinchi qadamni qo‘ying!

WAYU Korea

11 Nov, 03:28


GWANGJU UZBEK COMMUNITY 3-SON

🎙Radioboshlovchilar:


MIRZAEVA NARGIZAHON
ISAKOVA NODIRABEGIM

Mehmonlarimiz:

1. GKS talabasi ASADBEK
2. Universitet ish stipendiya talabasi MOHINA

📍Suhbat joyi: 광주 FM 88.9Mhz

⚪️ Efir davomida:
Koreyada O'zbeksitonlik talabalar hayoti va Koreyaga yangi kirib kelgan talabalarimiz bilan Koreya hayoti, qiyinchiliklari va qiyinchiliklarni yengib o'tish haqida suhbat

Siz ham o'z firklaringiz va hayot yo'lingiz haqida biz bilan bo'lishmoqchi bo'lsangiz yoki Koreyadagi O'zbekistonlik hamyurtlarimizga foydali maslahatlaringiz bo'lsa biz sizni ham eshittirishimizda mehmon sifatida kutib qolamiz

Quyidagi link orqali efirni youtubeda tomosha qilishingiz mumkin👇

🔗
https://youtu.be/5FSwP25qC9E

Loyiha mualliflari: @gwangju_community

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

10 Nov, 09:24


Xabaringiz bor, 12-oktyabr kuni O‘zbekiston elchixonasida Koreya Respublikasiga yangi tayinlangan elchi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi!

Navbatdagi uchrashuv dekabr oyida Janubiy Koreyaning o’zbekistonliklar eng ko’p istiqomat qiladigan shaharlardan birida o’tkazilishi reja qilingan.

Elchi bilan uchrashuv Koreyaning qaysi shahrida bo’lishini xohlaysiz?

Shahringizga ovoz bering va eng ko’p ovoz yig’gan shaharda elchi, uning jamoasi va vatandoshlarimiz ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tadi.

Eslatib o’tamiz, ovoz berish jarayoni 20-noyabrgacha davom etadi.

(So’rovnomada eng yirik shaharlar ko’rsatildi)

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

10 Nov, 02:39


#wayu_news
Yakshanba kuni ertalab janubi-sharqdagi Poxan shahridagi Posco zavodida yong'in sodir bo'lgan.

Yong'in Seuldan 270 kilometr janubi-sharqda joylashgan zavodda sodir bo’lgan.

O‘t o‘chirish idoralari 43 ta o‘t o‘chirish mashinasi va 120 ga yaqin o‘t o‘chiruvchini jalb qilishgan.

Zavod ichidagi Posco ishchilaridan biri kuyish jarohati olgan, yana yetti nafari xavfsiz evakuatsiya qilingan. Hozirda rasmiylar yong‘in holatini o‘rganmoqda va yetkazilgan zarar miqdorini baholamoqda.

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

08 Nov, 12:02


#muhim

Do’stlar, xabaringiz bor “WAYU Koreya” Janubiy Koreyada nodavlat-notijorat tashkilot (Non-Governmental Organization) sifatida ro’yxatdan o’tgan. Bizni ro’yxatga olgan Inchon hokimligi tez kunlarda yangilangan a’zolarimiz haqida ma’lumot berishimizni so’rashmoqda. Shu sababli, bizga yordamingiz juda zarur.

Agar siz Wayu_Korea loyihalarida, uchrashuvlarida qatnashgan bo’lsangiz, umuman Wayu_Korea faoliyatiga qiziqsangiz ushbu ro’yxatni to’ldiring. Sizdan 2 daqiqa vaqtingizni ajratishingizni iltimos qilamiz.

Ro’yxatni to’ldirish: https://forms.gle/sYK6EQ2PBeKrCGTZ7

Google formdagi so’ralgan ma’lumotlar xavfsizligini kafolatlaymiz va Inchon hokimligiga a’zolarimiz ro’yxatini taqdim etish maqsadidan tashqari maqsadlarda foydalanilmaydi.

Rahmat hammaga!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

08 Nov, 11:09


#kiip
KIIP PBT 사전평가
imtihonlari uchun ro’yhatdan o’tish boshlanmoqda!

“PBT -> Paper Based Test” imtihon qog’oz shaklida bo’ladi.
“CBT -> Computer Based Test” imtihon kompyuter orqali topshiriladi.

Bu Dastur orqali qo’lga kiritiladigan Sertifikat sizga Vizangizni almashtirish vaqtingiz qo’shimcha ball qo’shib beradi. Ba’zi kollejlar bitiruvchi chet-elliklardan TOPIK yoki KIIP sertifikatlarini bitirish uchun yetarli deb hisoblashmoqda.

Ariza qilish: 2024.11.12(화) 09:00 ~ 2024.11.16(토) 23:59

Imtihon sanasi: 2024.11.30(토)

Arizalar 선착순 shaklida qabul qilinadi. Shu sabab ham iloji boricha shoshilishingiz kerak!

KIIP 사전평가 o’zi qanday bo’ladi? Qanday testlar tushadi?:
https://youtu.be/yvwBUaz_-tQ?si=wOK_cVqkpfsyNwAD

Ro’yhatdan o’tish uchun:
https://www.kiiptest.org/

Eslatib o’tamiz: KIIP darslari Yanvar oyidan boshlab pullik bo’lishini e’lon qilishgan edi(

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

07 Nov, 03:44


#ehson

“Assalom alaykum hurmatli yurtdoshlar! Jeollanamdodagi Dongshin universitetiga yangi kelgan bakalavr talabamiz Allaberganova Diana juma kuni kechki 12 da hushidan ketib tez yordamga tushdi, lekin holati juda jiddiy deb Chonnam National University kasalxonasiga yuborildi. Chonnam kasalxonasida soat 7 gacha tekshirib INSULT bo'lganini aytishdi.

Nevroxirurgiya jarrohlik bo'lganiga 3 soat davomida operatsiya qilindi va 2 kun reanimatsiyada yotdilar.

Diana Koreyaga kelganiga 2 oy bo'lmadi hali va ID kartasini bugun oldi. Talabani Koreyada hech kimi yo‘q yolg'iz o'zi. Hozirgacha operatsiya va shu 4 kunga 7 mln won bo'ldi, shifoxona studentni tushunib yordam beryapti. Lekin kasalxonada yana 1 oy yotib tiklanishi kerak. 24/7 hozir yonida odam bo'lishi kerak. Uydagilariga birdan shuncha pulni topish qiyin. Shu sabab XAYRIYA e‘lon qilyapmiz. Hamma imkon boricha, sharoitidan kelib chiqqan holda xayriya qilsa, yordam bersa yaxshi bo‘lar edi. Og‘ir paytda bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab yordam berishimiz kerak. Hammamiz musofirmiz.

O’z ko’zim bilan ko’rib keldim, ahvoli juda og’ir so’zlarni yaxshi gapira olmayaptilar, juda depressiyaga tushib qolgan 18 yoshlik qizcha. Duolaringizda eslab qo’ying hech bo’lmasa.

Karta raqami:
1107-021-769670 (Kwanju bank)

IBRAGIMOVA KOMILA OLIMJON KIZI
(O'zlarida hali karta bo'lmaganiga, bu kartani yangi ochtirdim bugun, xalqaro offisda ishlaydigan xodimman)

P.S: MRT natijalarini uydagilaridan so'rab yuklayman. Miyadan qon ketgach operatsiya bo'lmasdan oldin 3 sm diametrda bo‘lgan miya operatsiyadan keyin 90% ga kichraydi. Juda xavfli vaziyat bo'ldi va yana 2-3 soatga kechga qolsak bemor hayotdan ko‘z yumishi mumkin edi.

010 8313 1941 - Komila Ibragimova (offisda ishlaydigan o’zbek xodimni no’meri)
010-5685-9808 - Doniyor (bu mani no’merim, qo’shimcha ma’lumot kerak bo’lsa manga bog’lanishilar mumkin)

Wayu_Korea ehson yig’ilishiga mas’ul emas. Ma’lumot facebookdagi sahifalardan olindi!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

06 Nov, 02:20


🚨🚨🚨DIQQAT,    DIQQAT🚨🚨🚨

Shaxmat maydonida kuch sinashishga tayyormisiz?🤔

BUSA jamoasi
sizni aql va strategiya jangiga chorlaydi! Bu turnir — aqlingizni sinab ko‘rish, har bir donada yashiringan kuchni kashf etish va yangi do‘stlar orttirish uchun ajoyib imkoniyat!

📅 Tadbir vaqti va joyi
🗓 Sana: 17-noyabr, 10:00 dan 15:00 gacha 
📍 Manzil: Silla university,
국재관
Xalqaro bino, 424 xona


🎖 Mukofotlar:
🥇 1-o‘rin: 200,000 won 💰 
🥈 2-o‘rin: 150,000 won 💵 
🥉 3-o‘rin: 100,000 won 💸 

Ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar va kitoblar ham taqdim etiladi! 📜📚

Tartib va qoida:
- Tadbir boshlanish vaqtida (10:00) kechikmasdan yetib kelish majburiy. 🕙 

📆 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 15-noyabr, 11:59 gacha. Shoshiling, imkoniyatni boy bermang!

🎉 Homiylarimiz: Silla University, RT Holdings, Baraka book va WAYU jamoasi

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: [Havola joyi]

Aql va strategiya jangiga qo‘shiling va g‘alaba sari birinchi qadamni tashlang! 🌟

WAYU Korea

05 Nov, 00:37


Stipendiya taqdirlash marosimidan videolavhalar!

Aytish esimizdan chiqibdi, keyingi yil ham yana 10 nafar yoshlarimizga grant beriladi. Demak, hozirdan tayyorlanishni boshlang🤩

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

04 Nov, 08:22


O’zbekiston Respublikasi elchixonasi va Wayu Koreaning Wooduk Foundation tomonidan moliyalashtiriladigan stipendiyasi g’oliblari bilan tanishing!

YUSUPOV NURISLOM
NURMUKHAMMADOVICH
• MUKHTOROVA MADINA MARAT KIZI
• ISMOILOVA ZUKHRAKHON
MAKHMUDJON KIZI
• JURAEVA SABINA BURKHON KIZI
• AKRAMJONOVA RUHSHONAKHON IKHVOLIDDIN KIZI
• UBAYDILLOEVA SAYOKHATKHON AKHADILLO KIZI
• AHMADJONOVA MAHLIYO
• JURAEV FAYZULLO RUSTAM UGLI
• KHAKKULOV AZIZBEK RAZAK UGLI
• TOSHTEMIROV DILMUROD DILSHOD UGLI

Wooduk Foundation stipendiyasi sohiblari hozirdan o’qish tugaguniga qadar har yili 3 mln won miqdoridagi pul olishadi.

Barcha g’oliblarni chin dildan tabriklaymiz. O’ylaymizki, munosib o’qib, ilm olasiz.

Shuningdek, ushbu grantga hujjat topshirib, o’ta olmagan do’stlarimizni noumid bo’lmasdan keyingi yil ham o’zlarini sinab ko’rishlarini tilab qolamiz.

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

03 Nov, 11:14


#tavsiya

Yangi texnologiyalarni o'rganmoqchimisiz?

🌟Machine learning: 0 dan boshlab mustaqil loyihalar bajarish

🌟 Deep learning:0 dan boshlab mustaqil loyihalar bajarish

🌟 Natural Language Processing:0 dan boshlab mustaqil loyihalar bajarish

🌟 Computer vision:0 dan boshlab mustaqil loyihalar bajarish

Nimaga aynan bu kurs?

1.  Dars davomiyligi qisqa emasligi va qulay vaqtda ekanligi
2.  Har bir dars uchun vazifalar berib boriladi va darsdan keyin xar bir o'quvchiga alohida feedbacklar beriladi. Vazifalar bajarilishining muhimligi, bir oy davomida 3 ta vazifa topshirmagan o’quvchi kursdan chetlashtiriladi
3.  Boshqa yo'nalishlar uchun ham kerakli bo'lgan Python dasturlash tili o'rgatiladi.
4.  Ingliz tili va matematik bilimlarsiz ham 0 dan mustaqil loyiha bajara olish darajasigacha chiqish

🔗 Batafsil malumot: @aikorea2023
     Tel: +8210 2822 2901
     O'qituvchi: Davronbek Malikov, PhD(AI Convergence Engineering)

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

03 Nov, 08:45


#kiip
KIIP CBT 사전/종합평가 imtihonlari uchun ro’yhatdan o’tish boshlanmoqda!

Bu Dastur orqali qo’lga kiritiladigan Sertifikat sizga Vizangizni almashtirish vaqtingiz qo’shimcha ball qo’shib beradi. Ba’zi kollejlar bitiruvchi chet-elliklardan TOPIK yoki KIIP sertifikatlarini bitirish uchun yetarli deb hisoblashmoqda.

Ariza qilish: 11.06(수) 09:00 ~ 11.12(화) 23:59

Arizalar 선착순 shaklida qabul qilinadi. Shu sabab ham iloji boricha shoshilishingiz kerak!

KIIP 사전평가 o’zi qanday bo’ladi? Qanday testlar tushadi?:
https://youtu.be/yvwBUaz_-tQ?si=wOK_cVqkpfsyNwAD

Ro’yhatdan o’tish uchun:
https://www.kiiptest.org/

Eslatib o’tamiz: KIIP darslari Yanvar oyidan boshlab pullik bo’lishini e’lon qilishgan edi(

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

26 Oct, 02:23


Biz boshladik!

WAYU Korea

25 Oct, 14:38


Samsung kabi top kompaniyalarda ishlashni xohlaysimi?
Student bo'la turib ham zo'r obro'li bo'lgan koreys va xalqaro kompaniyalarda ishlash mumkinligini bilarmidingiz?

Koreyada o'zimizning muvaffaqqiyatli jami 17 yillik tajribamizni to'plagan holda 27-oktabr kuni BEPUL WEBINARimizda sizga kerakli bo’lgan 2ta mavzuni o’rgatamiz:

1. Rezyumeni to'g'ri yozish
2. Koreys top kompaniyalarga ishga topshirish yo’llari

Kimlar uchun foydali bo’ladi:

▫️Bitirish arafasidagi o'zbek studentlar
▫️O'z ish joyini o'zgartirmoqchi bo'lganlar
▫️Koreyaga yaqinda o'qishga keladiganlar

Agar BEPUL webinarda qatnashmoqchi bo'lsangiz mana shu TUGMANI bosing.

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

25 Oct, 02:17


#wayu_news
Koreyada istiqomat qiluvchi xorijliklar soni tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkich – 2,46 million kishiga yetgani haqida e’lon qilindi, bu umumiy aholining qariyb 5 foizini tashkil etadi.

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

24 Oct, 06:53


AI barcha sohada!
Wayu in Tech. Online suhbat. 
Wayu in Tech loyihasidan navbatdagi foydali uchrashuv!
Wayu in Tech jamoasi IT sohasining yirik bir mutaxassisi bilan navbatdagi suhbatni tashkil qilish arafasida. Uchrashuv online formatda, ingliz tilida bo'lib o'tadi.

Spiker: ANTONI D. PEYCHEV | Senior Product Manager

14 yillik tajribaga ega spikerimiz fintech, legaltech, taxtech, healthtech, insurtech, gametech and SaaS sohalarida katta tajribaga ega

Ta’lim: BPP University I University of Kent

Uchrashuv tafsilotlari: Suhbatda spiker AI'dan foydalangan holatda qanday qilib turli sohalarda haridorgir mutaxassis bo'lish mumkinligi haqida gapiradi. Ya'ni suhbat nafaqat IT sohasida faoliyat yuritayotgan yoshlarga, balki o'z sohasida sunʼiy intellektdan foydalanib qadrli kadrga aylanishni istagan barchaga qiziq bo'ladi. 

Sana: 30-oktyabr, kechki soat 8:00da

Ro’yxatdan o’tish: https://forms.gle/Bm96EqF5JLTKJ1yQ8

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

24 Oct, 02:43


Savolning javobini toping?

WAYU Koreya hamda Bir ilm jamoasi hamkorligida tashkil qilinayotgan "Sof o'zbek tili" nomli maxsus uchrashuvga taklif qilamiz.

Ariza yuborish: https://forms.gle/G3CdLYr26Pj46cXP8

Sovrinlar:
1-o'rin 200 000 KRW
2-o'rin 150 000 KRW
3-o'rin 100 000 KRW  
Qolaversa, barcha ishtirokchilarga o'zbek tilidagi adabiyotlar sovg'a qilinadi.  

Arizalarni qabul qilish muddati: 25-oktyabr, 2024 (23:59) ga qadar   
Manzil: O’zbekiston elchixonasi

Qo’shimcha ma’lumotni havola orqali tekshiring!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

23 Oct, 03:37


Do’stlar, agar sizning boshqa davlat fuqarosi bo’lgan, ilmiy konferensiyalarda faol qatnashadigan tanishingiz, professoringiz, o’qituvchingiz bo’lsa, ushbu imkoniyatni ularga taklif qiling!

Joriy yilning 15-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va
diplomatiya universitetida bo‘lib o‘tadigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada
xorijiy olimlar ham ishtirok etishi mumkin.

Barcha ma’lumotlar qo’llanmada berilgan. Agar shunday tanishingiz bo’lsa, ushbu @Dilfuza0211 telegram orqali aloqaga chiqing!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

22 Oct, 10:58


“Shumaxer 2 Student ukamiz o‘tgan hafta Juma kuni kechqurun mashinada Gangnamga aylangani kelib, kechqurun uyga qaytayotganda tezlik yuqori holatda boshqaruvni yo‘qotib, oldilaridagi mashinaga urib qo‘yishadi. Keyin yo‘l chetiga o‘tib, koreys to‘xtab ularga sug‘urtasini chaqirtirishni, o‘zi politsiyaga 신고 ariza qilganini, hozir politsiya kelishini aytgan. Bundan xavotirga tushgan qahramon ukalar, qaysidir tanishiga tel qilgan o‘sha payt, u ham maslahatni eng jirkanchini berganov: "Hozir sanlarda prava yo‘q, politsiya kelsa katta muammo qiladi, mashina ham o‘zingni nomingda emas, yaxshisi hoziroq qochib ket", degan. Yuragi tizzaga tushgan qahramon ukalarim, ship etib survorishgan. Eng qizig‘i, 2tasi ham student viza, noqonuniy emas, ularni hech kim ortiqcha qamab qo‘ymaydi, katta muammo ham bo‘lmaydi aslida. Lekin ular qochib, muammoni yanada kattalashtirishgan.

Politsiya hodimi kelib, mashina oldidagi nomerga qilgan, qo‘rqib nomerni ham o‘chirib qo‘yishgan. Bularni qilgan ishini telda eshitib, kulamande. Shanba kuni kunduzi tel qilishdi, "Jahongir aka, shunaqa bo‘ldi, endi borsak qamab qo‘yadimi, biz ham o‘sha payt sho‘kka tushib, nima qilayotganimizni ham bilmay qoldik to‘g‘risi, maslahat bering", deyishdi.

Vaziyatni to‘liq eshitib, politsiyadan kelgan nomerga o‘zim tel qilib, xodimga tushuntirdim. U menga ularni ishini olgan tergovchini nomerini berdi. Keyin o‘sha tergovchi bilan gaplashib, holatni to‘liq tushuntirdim, "mani yonimda hozir bu bolalar ozgina yoshlik qilib, shunday ish qilibdi, qachon tergovga borsak bo‘ladi?" desam, "ertaga kel", dedi. Ya'ni Yakshanba kuni.

Yakshanba kuni 2ta ukani qulog‘idan tortib, politsiyaga olib bordim, xodim ham bularga qarab, "o‘zlaring oyoqlaring bilan kelibsizlar, imkon beramiz. Biz o‘zimiz ushlab olib kelganimizda unda boshqacharoq ish ko‘rardik", dedi. Xullas tergov boshlandi, ozginadan keyin jabrlanuvchi koreys ham keldi. U koreys bu bolalar 음주운전 (ichib haydagan)ligi uchun qochib ketdi deb o‘ylabdi. Yaxshiyam ichmagan ekan, endi buni o‘sha kuni bular borgan oshxonalardagi CCTVni ko‘ramiz, dedi.

Koreyslar shu bizanikilar pravasi yo‘qligini bilib qolsa bo'ldi, 합의 kelishish pulini juda ko‘p talab qiladi. 10-15 mln atrofida 합의 qilishim mumkin, bo‘lmasa bu bolalarni qochgani, pravasiz, mashina haydagani uchun ham qonuniy chora ko‘rasizlar, deb politsiya xodimidan talab qildi. Pul miqdorini biroz tushurib, bu bolalar studentligini tushuntirib, 25 kun muhlat so‘radim. Koreys mayli dedi.

Lekin shu pravasiz haydash ukalarga judayam qimmatga tushdi, koreysga kelishuv puli 10 mln atrofida va politsiyadan haydovchilik guvohnomasiz haydagani uchun maximum 1 mln dan oshiqroq jarima chiqadi.

Bu million marta takrorlanayotgan holat, qancha ko‘p gapirsak shuncha oz: haydovchilik guvohnomasiz mashina haydamang. O'ziz bilib shu pravasiz mashina haydadizmi, avariya bo‘lgandan keyin qochib ketmang. Bu bolalarga maslahat bergan odam ozgina noto‘g‘ri maslahat berib qo‘ygan. Shuni orqasidan u bollarga hozir katta muammolar chiqishini o‘ylamaganlar.

Koreyada haydovchilik guvohnomasiz haydab qochganda qonunda qanday choralar ko‘riladi?

Koreya qonunchiligida haydovchilik guvohnomasiz avtomobil boshqarish va qochib ketish jiddiy jinoyat hisoblanadi. Agar haydovchi avariya joyidan qochib ketgan bo‘lsa, haydovchiga qo‘shimcha jarima va hibsga olish kabi chora ko‘rilishi mumkin. Bundan tashqari, jabrlanuvchi bilan kelishuv miqdori qochish tufayli oshib ketishi ehtimoli ham yuqori. Shu sababli, bunday vaziyatda qonuniy yo‘llar bilan muammoni hal qilish eng to‘g‘ri qaror bo‘ladi.

Ehtiyot bo‘linglar, musofirlar!”

Manbaa: @ganiev_tarjimon

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

21 Oct, 14:37


WAYU Koreya hamda Bir ilm jamoasi hamkorligida tashkil qilinayotgan "Sof o'zbek tili" nomli maxsus uchrashuvga taklif qilamiz.

Uchrashuv maqsadi: o'zbek tilini rivojlantirishga hissa qo'shish, ishtirokchilarning o'zbek tili borasidagi ilmlarini sinovdan o'tkazish.  
Sana: 26-oktyabr, 2024 (Shanba)   
Soat: 11:00 ~ 15:00
Jamoalar soni: 6 ta
Bir jamoada: 5 nafardan ishtirokchi (jamoasi yo'qlar yakka tartibda ham ro'yxatdan o'tishlari mumkin).
Ariza yuborish: https://forms.gle/G3CdLYr26Pj46cXP8

Sovrinlar:
1-o'rin 200 000 KRW
2-o'rin 150 000 KRW
3-o'rin 100 000 KRW  
Qolaversa, barcha ishtirokchilarga o'zbek tilidagi adabiyotlar sovg'a qilinadi.  

Arizalarni qabul qilish muddati:
25-oktyabr, 2024 (23:59) ga qadar   
Manzil: O’zbekiston elchixonasi

Hamkorlarimiz:
• "Bir Ilm" - kitobxonlik loyihasi
Baraka book - online kitob do'koni
Tekpe book - online kitob do'koni

Qo’shimcha ma’lumotni havola orqali tekshiring!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

21 Oct, 00:23


Hurmatli do'stlar!

21-oktyabr – O'zbek tili davlat tili sifatida qabul qilingan kun! Bu kun biz uchun ona tilimizning qadrini va ahamiyatini yanada chuqurroq anglashga imkon beradi. Tilimiz – bizning madaniyatimiz, an'analarimiz va milliy kimligimizning asosidir. Har bir so'zimizda, har bir iboramizda tariximiz va kelajagimiz mujassam.

Til – xalqning ifodasi,
Uning har bir so'zida
Ona zaminning nafasini,
Tug'ilib o'sgan orzularini
Eshitish mumkin.


Abdulla Oripov

O'zbek tilimizni hurmat qilaylik va uni rivojlantirishda birgalikda harakat qilaylik. Barchangizni O'zbek tili bayrami bilan tabriklaymiz!

Shuningdek, Wayu_Korea ushbu muhim kun munosabati bilan ajoyib uchrashuv tashkil qiladi, yangiliklarni kuzatib boring!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

20 Oct, 03:09


📎“O‘zbekistonlik” filmining beshinchi qismi hayot qiyinchiliklarini yengib o‘tib, muvaffaqiyatga erishgan vatandoshlar hikoyasining mantiqiy davomidir.

Bu galgi epizod qahramonlarining hikoyasi musofirchilikdagi odatiy ish, o’qishda o’zini yo’qotib qo’ygan har bir inson uchun kuchli motivatsiya taqdim etishi shubhasiz.

Tomosha qiling, xulosa chiqaring

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

WAYU Korea

19 Oct, 11:48


Bugun Koreyadagi xalqaro dunyo - IWIK, yil davomida tashkilot bilan hamkorlikda faollik ko’rsatgan yoshlarni taqdirladi.

Jumladan, Wayu Korea oilasi a’zolari Yelena Chuyanova, Abdumalik Nabiev, hamda O’tkirjon To’laganov ham IWIK tomonidan taqdirlandi.

Kelgusida ham IWIK bilan faol hamkorlikni davom ettiramiz. Do’stlarimizni esa e’tirof bilan muborakbod etamiz!

nstagram | Telegram | YouTube | Facebook