🇺🇿Maktab o'quvchilari uchun grant
Kimlar uchun
: 2007-yil 1-fevraldan, 2009-yil, 31-dekabrgacha tug'ilgan o'g'il bolalar.
TOPIK 1-daraja yoki bundan baland darajasi egasining grantni qo'lga kiritish imkoniyatlari ko'proq.
Grant qoplaydigan harajatlar: O'qishga kirish puli, o'qish puli( 3 yilga), turar joy (yotoqxona) va ovqat harajatlari. Ta'tilda O'zbekistonga kelib ketish harajatlari ham qoplanadi.
O'qish muddati: 2025-yil 1-martdan - 2028-yil 29-fevralgacha (3 yil)
Grantga hujjat topshirish muddati: 18-noyabrgacha (Toshkentdagi Koreys tili markazi 2-qavat 210-xona)
Kerakli hujjatlar:
1) Shahar xalq ta'limi boshqarmasidan tavsiyanoma;
2) Maktab, kollej yoki litesy direktori (nomzod o'qidigan joy) dan tavsiyanoma;
3) 9-sinfni bitirganligi haqida hujjat;
4) 6, 7, 8-sinf tabel baholari
5) Tibbiy ma'lumotnoma (086 forma)
6) Agar mavjud bo'lsa TOPIK I yoki bundan yuqori imtixonni topshirgani haqida sertifikat (majburiy emas)
7) Koreyada o'qish haqida ariza
8) Shaxsiy ma'lumotlarni taqdim etishga rozilik hujjati
9) Xorijga chiqish pasporti nusxasi
10) 3x4 rasm 1 dona
1-dan 5-gacha bo'lgan hujjatlarni Koreys tiliga tarjima qilib, notariusdan tasdiqlatish kerak.
7 va 8-hujjatni tashkec.uz saytidan saqlab olib, to'ldirish kerak
📁Nomzodlarni tanlash yo'li:
20-noyabr 10:00 - 11:00 da imtixon va 11:10 - 12:00 da suhbat bo'ladi.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
🌐[email protected] 📞Telefon: +71 2918182
Manba va to'liq ma'lumot uchun
👇 https://tashkec.uz/ru/news/center-events/21004
🧑🎓Maktab o'quvchisi uchun juda yaxshi imkoniyat lekin, faqat toshkenlilar uchun, faqat bollar uchun degan joyi galatimasmi ?
🇰🇷𝗞𝗼𝗿𝗲𝘆𝗮𝗴𝗮 𝗼𝗶𝗱 𝗲𝗻𝗴 𝘀𝗼ʻ𝗻𝗴𝗶 𝘁𝗲𝘇𝗸𝗼𝗿 𝘅𝗮𝗯𝗮𝗿𝗹𝗮𝗿 𝗸𝗮𝗻𝗮𝗹𝗶
👇@JANUBIY_KOREYA_YANGILIKLARI