Uzkodeks @uzkodeks Channel on Telegram

Uzkodeks

@uzkodeks


🛑Yuridik yo'nalishga topshiruvchilar
🛑 Huquq faniga qiziquvchilar
🛑 Huquqshunoslik fani ustozlar uchun



Test tuzuvchi: Qoraqo'ziyev Qobiljon
Oliy pedagogik va yuridik ma'lumotga ega

Taklif va etirozlar uchun +998911700737
@Uzkodeks1991

Uzkodeks (Uzbek)

Uzkodeks kanalini tanishing! 🛑nnUzkodeks kanali - bu yuridik yo'nalishga topshiruvchilar, huquq faniga qiziquvchilar va huquqshunoslik fani ustozlar uchun mo'ljallangan odamlik kanal. Kanalda huquq sohasining eng muhim mavzulari, yangiliklar va ma'lumotlar paydo bo'ladi

Uzkodeks kanalini boshqaruvchisi Qoraqo'ziyev Qobiljon oliy pedagogik va yuridik ma'lumotlarga ega ekspertdir. Sizga huquq sohasida yetarlicha bilim berishga va yangiliklar bilan tanishingizga yordam berish uchun kanalda har kuni foydali va ma'noli ma'lumotlar taqdim etiladi.

Agar sizga huquq fani bo'yicha yangiliklar, maslahatlar yoki savollaringiz bo'lsa, Uzkodeks kanali sizning muvaffaqiyatingizga yordam berish uchun doimiy ravishda hizmat qiladi. Taklif va etirozlar uchun +998911700737 raqamiga murojaat qiling

Uzkodeks kanalida doimiy obuna bo'lib, huquq sohasida eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling!

Uzkodeks

05 Jan, 07:53


A) 1-a,2-b
B) 1-c,2-a
C) 1-b,2-d
D)1-a,2-d

A -👍
B-🔥
C-👏
D-😁


@Uzkodeks

Uzkodeks

04 Jan, 11:48


Yuqoridagi e-venn diogrammasini moslashtiring?

a. shaxsning qonunchilikka muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulki tushuniladi
b. ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulki tushuniladi
c. shaxs mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega bo‘ladi
d. uning miqdori va qiymati cheklanmaydi.
e. davlat mulki hisoblangan
f. bu shakildagi mulk daxlsizdir.
l. respublika mulki hisoblanadi
h. ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulki tushuniladi
m. munitsipal mulk tushuniladi
A) I-a,c,l II-b,e,f,h,m III-d
B) I-a,c,d II b,e,l,h,m III-f
C) I-b,e,l,h,m II-a,c,d III-f
D) I-b,e,f II-a,c,l,h,m III-d

A -👍
B-🔥
C-👏
D-😁


@Uzkodeks

Uzkodeks

25 Dec, 01:00


🎲Yangi 10-sinf Davlat va huquq asoslari fanidan test Yangi test kitobimizdan na'muna 1-2 mavzular
@Uzkodeks Qoraqo'ziyev Qobiljon testi
🖊 35 ta savol · 45 soniya

Uzkodeks

21 Dec, 14:54


Assalomu alaykum hurmatli ustozlar va abituriyentlar.
Sizga ma'lumki 2025-yilgi Oliy ta'lim muasasalariga kirish uchun huquqshunoslik fanidan test savollari yangi 10-sinf Davlat va huquq asoslari(2023-yilgi nashr ) darsligidan ham tuzilishi belgilangan.Shu munosabat bilan yangi 10-sinf darsligidan mavzulashtirilgan va alohida mehr bilan tayyorlangan test kitobimni taqdim qilmoqchiman.

Ushbu testda har bir mavzu bo'yicha tuzilgan bo'lib uning ichida jadvalli,diagrammali,raqamli,mulohazali testlar mavjud,bundan tashqari sizga yangicha yo'nalishdagi testlar beriladi va sizdagi darslik bo'yicha kamchiliklar ochib beriladi.

Ishonchim komil testlar aniq sizlarga yoqadi.

Test kitobi 148 betdan iborat

40 ta variant (javoblari bilan)

Murojat uchun:
+998911700737

Telegram:
@Uzkodeks1991

Narxi: 30 000 so'm
"dostavka" kelishiladi

👉👉👉👉@Uzkodeks

Uzkodeks

20 Dec, 15:17


🌐 Энди lex.uz да ҳуқуқий саволларга сунъий интелект жавоб беради.

🌐 AI will answer to legal questions in
lex.uz platform

🌐 Теперь искусственный интеллект будет отвечать на правовые вопросы в
lex.uz.

👉👉👉👉
@Uzkodeks

Uzkodeks

18 Dec, 04:53


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qo‘mitalari va Vazirlar Mahkamasi qo‘mitalari o‘rtasidagi farqlar ularning maqomi, vazifalari va faoliyat yo‘nalishlariga bog‘liq. Ularning sosiy farqlari quydagilar:

1. Huquqiy maqomi va vakolatlari

Oliy Majlis qo‘mitalari
O‘zbekiston Respublikasi parlamentining (Oliy Majlis) quyi yoki yuqori palatasiga tegishli bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyat tizimida faoliyat yuritadi. Ularning vazifasi qonun loyihalarini ko‘rib chiqish, huquqiy masalalarni muhokama qilish va qonunlar ijrosini nazorat qilishdan iborat.
Asosiy hujjat: Konstitutsiya va Oliy Majlis reglamenti.

Vazirlar Mahkamasi qo‘mitalari
Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi ijro etuvchi organlarning bir qismi bo‘lib, ijro hokimiyati funksiyalarini amalga oshiradi. Ular iqtisodiyot, ijtimoiy soha va boshqaruvga oid aniq amaliy masalalarni hal qiladi.
Asosiy hujjat: “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonun va me’yoriy hujjatlar.


2. Faoliyat yo‘nalishlari

Oliy Majlis qo‘mitalari
Qonunchilikka oid takliflarni ko‘rib chiqish, davlat siyosatini shakllantirish va qonunlarni ijro etish ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Vazirlar Mahkamasi qo‘mitalari
Amaliy masalalarni hal etish, iqtisodiy va ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va ularni bajarilishini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.


3. Tarkib va tuzilma

Oliy Majlis qo‘mitalari
Deputatlar yoki senatorlardan iborat bo‘ladi. Har bir qo‘mita muayyan yo‘nalish (masalan, qonunchilik, moliya, xalqaro munosabatlar) bo‘yicha ish olib boradi.

Vazirlar Mahkamasi qo‘mitalari
Vazirliklar va idoralar vakillaridan iborat bo‘lib, ijro hokimiyatining professional xodimlari faoliyat yuritadi.


4. Hisobot berish tartibi

Oliy Majlis qo‘mitalari
Parlamentga, ya’ni xalq vakillariga hisobot beradi.

Vazirlar Mahkamasi qo‘mitalari
Vazirlar Mahkamasiga va ijro hokimiyati tizimiga hisobot beradi.

👉👉👉👉
@Uzkodeks

Uzkodeks

15 Dec, 02:11


Obyektiv va subyektiv huquq haqida

Obyektiv huquq va subyektiv huquq bir-biri bilan bog‘liq bo‘lsa-da, ular mohiyat jihatidan farq qiladi. Quyida ularning farqlarini tushuntirib, misollar keltirib o‘tamiz:

1. Ta'rifdagi farq

Obyektiv huquq – bu barcha uchun umumiy bo‘lgan qonunlar va huquqiy normalar yig‘indisi.
Misol: O‘zbekistonda transport vositalarini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi majburiyligi haqidagi qonun.

Subyektiv huquq – bu muayyan shaxsga yoki guruhga qonun asosida berilgan aniq huquq.
Misol: Jasurning haydovchilik guvohnomasi orqali avtomobil boshqarish huquqi.


2. Amal qilish sohasi

Obyektiv huquq jamiyatning barcha a’zolari uchun amal qiladi.
Misol: Konstitutsiya fuqarolarga o‘z fikrini bildirish erkinligini kafolatlaydi.

Subyektiv huquq shaxsga tegishli bo‘lib, u huquqini o‘zi amalga oshiradi yoki rad etishi mumkin.
Misol: Jasur o‘z fikrini bildirish huquqidan foydalanishi yoki jim turishni tanlashi mumkin.


3. Qo‘llanish shakli

Obyektiv huquq umumiy qoida sifatida ishlab chiqiladi.
Misol: Nikoh yoshini belgilash (O‘zbekistonda erkaklar uchun 18, ayollar uchun 17 yosh).

Subyektiv huquq muayyan shaxs yoki guruh tomonidan amalga oshiriladi.
Misol: Dilshod va Mohiraning qonuniy nikohdan o‘tish huquqi.

4. Himoya qilinishi

Obyektiv huquq davlat tomonidan himoya qilinadi va ijro etilishi majburiy.
Misol: Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish barcha haydovchilar uchun majburiy.

Subyektiv huquq shaxs o‘z huquqini davlat yordamida himoya qilishni talab qilishi mumkin.
Misol: Haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun nohaq jarimaga tortilsa, sud orqali o‘z huquqini himoya qilishi.


5. Majburiyat bilan bog‘liqligi

Obyektiv huquq barcha uchun majburiyatlar ham belgilaydi.
Misol: Har bir fuqaro soliqlarni qonuniy tartibda to‘lashi shart.

Subyektiv huquq shaxsning ixtiyoriga bog‘liq.
Misol: Fuqaro o‘z mulkini sotishi yoki ijaraga berishi huquqi bor, lekin bu majburiyat emas.

👉👉👉👉
@Uzkodeks

Uzkodeks

11 Dec, 04:51


📕 Hugo Grotius (Huig de Groot, 1583–1645) xalqaro huquqning otasi deb hisoblanadigan niderlandiyalik huquqshunos, faylasuf va diplomatdir. U xalqaro huquq va davlatlar o'rtasidagi munosabatlar bo'yicha zamonaviy ilmiy asoslarga ega bo'lgan birinchi nazariyalarni yaratgan shaxs sifatida tanilgan.

📕Tug‘ilishi va ta’limi: Hugo Grotius 1583-yil 10-aprelda Niderlandiyaning Delft shahrida tug‘ilgan.

📕 Asarlari:

"De Jure Belli ac Pacis" (Urush va tinchlik huquqi haqida): Bu asar xalqaro huquq nazariyasining asosiy manbasi hisoblanadi. Unda u urushning qonuniyligi, adolatli urush (just war) va tinchlikning asosi bo‘yicha qoidalarni ishlab chiqqan.

"Mare Liberum" (Erkin dengiz): Bu kitob dengizla r erkinligi prinsipini asoslab bergan ya’ni dengizlar barcha davlatlarga ochiq bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.

📕 Siyosiy faoliyati: Grotius siyosat bilan faol shug‘ullangan va Niderlandiya hukumati uchun ishlagan.U diniy nizolar sababli qamoqqa olinib, keyinchalik Fransiyaga qochib ketgan.

👉👉👉👉@Uzkodeks
👉👉👉👉@Mykodeks

Uzkodeks

09 Dec, 02:59


9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

2003-yil 9 dekabr kuni Meksikada BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolangan va ushbu kun Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida e’lon qilingan. Shu tariqa 2004-yildan buyon 9 dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanmoqda.

Endi disertiga latifa:

- Ho'jayin pora olib keldim kiraymi?
- Bu nima deganing ahmoq,axir bugun koruppsiyaga qarshi kurash kuniku !
- Unda nima nima qilay ketaveraymi?
-Yo'q ertaga kel....

👉👉👉👉
@Uzkodeks
👉👉👉👉
@Mykodeks

Uzkodeks

08 Dec, 08:12


No comment....

👉👉👉👉@Uzkodeks

Uzkodeks

07 Dec, 09:31


📒 Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat organlari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.

📒 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 3-qismidagi bu normada biroz tushunarsiz so'z bor.

📒 Keling bu so'z qanday ma'noni bildirishini bilib olamiz. “Muvoziy” so‘zi bugungi kunda tilimizda eskirgan – arxaik so‘z bo‘lib, uning ma’nosini tushunish ba’zi kishilar uchun biroz tushunarsiz bo‘lishi mumkin. Shu sababli ham, izohli lug‘atda qayd etilganidek, “muvoziy” so‘zini “parallel” deb tushunish maqsadga muvofiqdir. Demak, Bosh qomusimizning mazkur moddasida hokimiyatning yangi va (funksional jihatdan takroriy yoki muqobil tarzda) parallel tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanishi aniq qilib belgilangan.

👉👉👉👉
@Uzkodeks
👉👉👉👉
@Mykodeks

Uzkodeks

05 Dec, 07:39


Bilasizmi shu savolni kecha apelliyatsiyada 5 soat tortishdim.Test muallifi bilan bog'landim va undan juda ajoyib javob eshitdim.Men 10 sinf yangi darsligidan tuzdim savolni deydi.Lekin kodeks bo'yicha nega ikki yoki bir necha shaxs degan joyini tashlab ketdiz desam darslik bo'yicha test tuzganman tamom dedi.Nahotki amaldagi qonunchilik bir tiyin.Prezident tomonidan imzolangan qonunlar bir oddiy darslikdan keyingi o'rinda tursa.Qonunlar o'rnini darsliklar bajarsa.
Yuqoridagi testni shartnoma deb olishning eng muhim sharti ikki yoki bir necha shaxslar degan joyi kerak emasmi.Agar bu joyi bo'lmasa bitimga tortib ketadiku.Hech bo'lmaganda savol xato tuzilgan bo'lishi kerakmi?

Siz ham o'quvchizga ikki yoki bir necha shaxs o'rtasida degan joyi bo'lmasa u shartnoma bo'lmaydi deb o'rgatasizmi yoki men xato o'rgatayabmanmi?

Uzkodeks

05 Dec, 05:59


Ha, bitimda ham fuqarolik huquq va majburiyatlari vujudga keladi. Bitim fuqarolik huquqiy munosabatlarini vujudga keltiradigan, o'zgartiradigan yoki tugatadigan har qanday harakatdir. Bu harakat natijasida tomonlar o'rtasida huquq va majburiyatlar yuzaga keladi. Masalan, sotish bitimi sotib oluvchida mulkni egalik qilish huquqini, sotuvchida esa narxni olish majburiyatini vujudga keltiradi

Uzkodeks

05 Dec, 05:57


Bitimda ham fuqarolik huquq va burchlari vujudga keladimi?

Uzkodeks

05 Dec, 05:56


Shartnoma ham bitimning bir turi hisoblanadi, lekin barcha bitimlar shartnoma emas. Bitim - bu fuqarolik huquqiy munosabatlarini vujudga keltiradigan, o'zgartiradigan yoki tugatadigan har qanday kelishuvdir. Shartnoma esa bitimning eng keng tarqalgan va muhim turi bo'lib, unda ikki yoki undan ortiq shaxs o'zaro huquq va majburiyatlarni belgilaydi. Pakt va deklaratsiya esa boshqa huquqiy atamalar bo'lib, ular bitim bilan bir xil ma'noni anglatmaydi.

Uzkodeks

05 Dec, 03:34


Fuqarolik huquq va burchlarining vujudga kelishi, o‘zgartirilishi va bekor bo‘lishi haqidagi
kelishuv nima deyiladi?
A) shartnoma
B) bitim
C) pakt
D) deklaratsiya

Shartnoma 👍
Bitim 🔥

Uzkodeks

04 Dec, 08:25


11-sinf Huquqshunoslik javobi

35- b ekan
👉👉👉👉
@Uzkodeks

Uzkodeks

16 Nov, 23:32


Bir soha boʻyicha bir tizimga solingan huquqiy qoidalar yigʻindisiga misol to’g’ri keltirilgan javobni aniqlang?

A) “O’zbekiston Respublikasi fuqarolik to’g’risida”gi Qonun
B) Inson huququlari Umumjahon Deklaratsiyasi
C) O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi
D) “Jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish to’g’risda”gi farmon


A- 👍
B-😁
C-🥲
D-🤯


10-sinf yangi dasrlik

👉👉👉👉
@Uzkodeks

Uzkodeks

11 Nov, 05:47


Jinoyat huquqida "egri qasd" va "to'g'ri qasd" tushunchalari jinoyatning og'irligini va javobgarlik darajasini aniqlashda muhim rol o'ynaydi. 

To'g'ri qasd

* Ta'rif: To'g'ri qasd - bu jinoyatni sodir etishda maqsadga muvofiqlik va uni amalga oshirishni istash holati. Jinoyatchi o'z harakatlarining oqibatlarini bilgan holda va ularni xohlab, ularni sodir etadi.
* Misol: Bir kishi boshqasini o'ldirishni rejalashtirib, uni pichoq bilan sanchib o'ldiradi. Bu holatda u o'limni xohlab, uni sodir etgan va o'zining qasddan jinoyatchi ekanligini ko'rsatadi.

Egri qasd

* Ta'rif: Egri qasd - bu jinoyatchi o'z harakatlarining oqibatlarini bilgan holda va ularni xohlamasdan, lekin ularni amalga oshirishi mumkinligini bilgan holda jinoyatni sodir etish holati. Jinoyatchi o'z maqsadidan o'zining xohlamasligi va keraksiz oqibatlarga olib kelganligi sababli o'ziga xos "xato" qiladi.
* Misol: Bir kishi uyga o'g'ri kirishni xohlab, deraza oynasini sindiradi. Oyna sindirilishi natijasida uyda yolg'iz bo'lgan kishi qo'rqib ketib, yurak xurujidan vafot etadi. Ushbu holatda o'g'ri uyga kirishni xohlagan, lekin o'limni xohlamagan. O'limni xohlamaganligi sababli u to'g'ri qasddan emas, balki egri qasddan jinoyat sodir etgan deb hisoblanadi.

Farqlari:

* Maqsad: To'g'ri qasddan jinoyat sodir etgan kishi o'zining oqibatlarini aniq xohlaydi, egri qasddan jinoyat sodir etgan kishi esa xohlamaydi, lekin ularning sodir bo'lish ehtimoli borligini biladi.
* Xohish: To'g'ri qasddan jinoyat sodir etgan kishi o'zining oqibatlarini xohlaydi, egri qasddan jinoyat sodir etgan kishi esa xohlamaydi.
* Bilish: To'g'ri qasddan jinoyat sodir etgan kishi o'zining oqibatlarini bilgan holda va ularni xohlab, ularni sodir etadi, egri qasddan jinoyat sodir etgan kishi esa o'zining oqibatlarini bilgan holda, lekin ularni xohlamasdan, ularni sodir etadi.

Qisqacha:

* To'g'ri qasd - maqsadga muvofiqlik va oqibatlarni xohlash.
* Egri qasd - maqsadga muvofiqlik, ammo oqibatlarni xohlamaslik.

Jinoyat huquqida egri qasd, to'g'ri qasddan engilroq hisoblanadi va shu sababli jazoni yo'qotish yoki yengilroq jazo tayinlanishi mumkin


👉👉👉👉@Uzkodeks
👉👉👉👉
@Mykodeks

Uzkodeks

09 Nov, 14:39


🟢 Ratifikatsiya - bu davlat tomonidan xalqaro shartnoma yoki bitimni qonuniy kuchga kirishini tasdiqlash jarayoni. Boshqacha aytganda, davlat shartnoma shartlarini o'ziga majburiy deb hisoblashini rasman e'lon qiladi. Ratifikatsiya odatda parlament tomonidan amalga oshiriladi.

🔵 Denonsatsiya - bu davlat tomonidan xalqaro shartnoma yoki bitimni bekor qilish jarayoni. Boshqacha aytganda, davlat shartnoma shartlarini o'ziga majburiy deb hisoblashini to'xtatadi. Denonsatsiya odatda parlament tomonidan amalga oshiriladi va shartnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

🟣 Nulifikatsiya - bu xalqaro shartnoma yoki bitimni bekor qilish jarayoni. Boshqacha aytganda, shartnoma qonuniy kuchga kirishini to'xtatadi. Nulifikatsiya odatda davlatlararo kelishuv orqali yoki xalqaro sud tomonidan amalga oshiriladi.

⚫️ Implementatsiya - bu xalqaro shartnoma yoki bitimdagi shartlarni amalga oshirish jarayoni. Boshqacha aytganda, davlat shartnoma shartlarini o'z qonunlariga muvofiqlashtiradi va ularni amalda qo'llaydi. Implementatsiya odatda hukumat tomonidan amalga oshiriladi.

Farqlari:

🔳 Ratifikatsiya - shartnoma qonuniy kuchga kirishi uchun davlat tomonidan tasdiqlash;
🔳 Denonsatsiya - shartnomani bekor qilish;
🔳 Nulifikatsiya - shartnomani qonuniy kuchini yo'qotish,amalda qo'llamaslik
🔳 Implementatsiya - shartnomaning amalda qo'llanilishi.

Misol:

🔻 Bir davlat boshqa davlat bilan savdo shartnomasini tuzdi. Ushbu shartnomani ratifikatsiya qilish uchun parlament tomonidan tasdiqlash kerak.
🔻 Keyinchalik, agar bu davlat shartnomani bekor qilishni istasa, u uni denonsatsiya qilishi mumkin.
🔻 Agar shartnoma qonunga zid bo'lsa, u nulifikatsiya qilinishi mumkin.
🔻 Ratifikatsiyadan so'ng, davlat shartnomaning shartlarini implementatsiya qilishi kerak.

👉👉👉👉
@Uzkodeks
👉👉👉👉
@Mykodeks

Uzkodeks

08 Nov, 02:17


Mualliflik huquqini buzganlik uchun qanday jinoiy jazo choralari belgilanmagan?
1. muayyan huquqdan mahrum qilish
2. majburiy jamoat ishlari
3. axloq tuzatish
4. ozodlikni cheklash
5. ozodlikdan mahrum qilish
A) 1,2 B) 3,4
C) 4,5 D) 1,5

A- 👍
B-😁
C-🥲
D-🤯

❗️Jinoyat kodeksi 149-modda

10-sinf yangi dasrlik 24-mavzu

👉👉👉👉
@Uzkodeks

Uzkodeks

07 Nov, 17:01


Tovar (ish, xizmat)lar uchun haq to‘lash shakli va tartibi qanday belgilanadi?{10-sinf yangi darslik}

A) sotuvchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasidagi kelishuv asosida
B) ijrochi bilan sotuvchi o‘rtasidagi kelishuv asosida
C) ishlab chiqaruvchi bilan sotuvchi o‘rtasidagi kelishuv asosida
D) iste’molchi bilan sotuvchi o‘rtasidagi kelishuv asosida

A- 👍
B-😁
C-🥲
D-🤯

@Uzkodeks

Uzkodeks

02 Nov, 00:19


Qanday oila koʻp bolali oila hisoblanadi?

A) agar toʻrt nafar va undan ortiq bolalardan bir nafari yoki undan koʻprogʻi ta’limning sirtqi shaklida (oʻrta maxsus va professional, oliy ta’lim) ta’lim tashkilotlarida oʻqiyotgan hamda yigirma bir yoshga toʻlmagan boʻlsa

B) agar toʻrt nafar va undan ortiq bolalardan ikki nafari yoki undan koʻprogʻi ta’limning kunduzgi shaklida (oʻrta maxsus va professional, oliy ta’lim) ta’lim tashkilotlarida oʻqiyotgan hamda yigirma ikki yoshga toʻlmagan boʻlsa

C) agar toʻrt nafar va undan ortiq bolalardan bir nafari yoki undan koʻprogʻi ta’limning masofaviy shaklida (oʻrta maxsus va professional, oliy ta’lim) ta’lim tashkilotlarida oʻqiyotgan hamda yigirma ikki yoshga toʻlgan boʻlsa

D) agar toʻrt nafar va undan ortiq bolalardan bir nafari yoki undan koʻprogʻi ta’limning kunduzgi shaklida (oʻrta maxsus va professional, oliy ta’lim) ta’lim tashkilotlarida oʻqiyotgan hamda yigirma ikki yoshga toʻlmagan boʻlsa



A- 👍
B-😁
C-🥲
D-🤯

@Uzkodeks

Uzkodeks

22 Oct, 08:36


👉👉👉👉@Uzkodeks
👉👉👉👉@Mykodeks

Uzkodeks

22 Oct, 07:02


22.10.2024 yil Huquqshunoslik fanidan tuman olimpiadasi testlari

©️ tarixdantomchi

👉👉👉👉
@Uzkodeks
👉👉👉👉
@Mykodeks

Uzkodeks

22 Oct, 01:10


Bugun Huquqshunoslik fanidan olimpiadaning tuman bosqichi bo'lib o'tadi.Barcha ishtirokchilarga omad tilayman.Siz bunda g'olib bo'lmasangiz ham oliy maqsad ya'ni yurist bo'lishingizga to'sqinlik qila olmaydi.Bu narsaga jiddiy qaramang.Yuqoridagi fileda respublika miqyosida olimpiada bo'lib o'tadigon manzillar berilgan.

👉👉👉👉
@Uzkodeks
👉👉👉👉
@Mykodeks

Uzkodeks

17 Oct, 13:21


8-sinf 2018-yil
9-sinf 2018-yil
10-sinf yangi darslik
11-sinf 2018-yil

👉👉👉👉
@Uzkodeks
👉👉👉👉
@Mykodeks

Uzkodeks

17 Oct, 13:20


2025–2026 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga qabul qilishda qo‘llanadigan test topshiriqlari shakllantiriladigan o‘quv dasturlari Bilimni baholash agentligining uzbmb.uz rasmiy saytida e'lon qilindi.

🇺🇿 Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan.


👉👉👉👉@Uzkodeks
👉👉👉👉@Mykodeks

Uzkodeks

16 Oct, 15:17


Juda ko'pchilikda tushunishda muammo bo'luvchi mavzu haqida.
Gorizantal boshqaruv va Vertikal boshqaruv haqida qisqacha...

➡️⬅️Gorizontal boshqaruv:

Bu turdagi boshqaruvda boshqaruv vazifalari bir nechta kishiga taqsimlanadi va hamma birgalikda qaror qabul qiladi.


⬆️⬆️ Vertikal boshqaruv:

Vertikal boshqaruvda tashkilot ierarxik tartibda, yuqori darajadagi rahbarlar pastki darajadagi xodimlarga buyruq beradi. Boshqaruv vazifalari aniq belgilangan, yuqori darajadagi rahbarlar qaror qabul qiladi va pastki darajadagi xodimlar bajaradilar.


Farqi:

◾️ Hokimiyat taqsimoti: Gorizontal boshqaruvda hokimiyat teng taqsimlanadi, vertikal boshqaruvda esa hokimiyat ierarxik tartibda taqsimlanadi.
◼️ Qaror qabul qilish: Gorizontal boshqaruvda qarorlarni hamma birgalikda qabul qiladi, vertikal boshqaruvda esa qarorlarni yuqori darajadagi rahbarlar qabul qiladi.
◼️Moslashuvchanlik: Gorizontal boshqaruvda moslashuvchanlik yuqori, chunki qarorlar tezroq qabul qilinadi. Vertikal boshqaruvda esa moslashuvchanlik pastroq, chunki qarorlarni qabul qilish jarayoni uzoqroq.

Sizningcha qaysi biri yaxshiroq ?
Gorizantal 👍
Vertikal 👏

👉👉👉👉
@Uzkodeks
👉👉👉👉
@Mykodeks

Uzkodeks

15 Oct, 23:58


🌐 O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari
xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qonunida
nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa,
O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qo‘llaniladi.

Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati
institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadilar.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 15-modda

🟥 Gipoteza:

🔺 O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi.
🔺 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to'g'ridan-to'g'ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.

🟦 Dispozitsiya:

🔹 O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalari bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir.
🔹 Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qo'llaniladi.
🔹 Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadilar.

⚠️ Gipoteza qoidaning shartini, ya'ni qoida amal qilishi uchun bajarilishi kerak bo'lgan holatlarni ifodalaydi. Dispozitsiya esa qoidaning oqibatini, ya'ni gipoteza bajarilganda qanday natija yuzaga kelishini ifodalaydi.

⚠️ Ushbu matnda gipoteza qoida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligini tan olishini bildiradi. Dispozitsiya esa ushbu ustunlikdan kelib chiqadigan oqibatlarni, ya'ni xalqaro shartnomalar, davlat organlari va fuqarolarning faoliyatini tartibga solishni ko'rsatadi.

👉👉👉👉
@Uzkodeks
👉👉👉👉
@Mykodeks

Uzkodeks

13 Oct, 03:35


🌐 Davlat o‘z faoliyatini inson farovonligini va jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 14-modda

🔆 Gipoteza: "Davlat o‘z faoliyatini inson farovonligini va jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida amalga oshiradi."
🔆 Dispozitsiya: "qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari asosida."

❗️Gipoteza - bu qonun yoki boshqa hujjatning asosiy maqsadini belgilovchi qismdir. Bu yerda davlatning asosiy maqsadi - inson farovonligini va jamiyatning barqaror rivojlanishini ta'minlash ekanligi aytilgan.

❗️Dispozitsiya - gipotezada belgilangan maqsadga erishish uchun davlat qanday yo'l tutishi kerakligini ko'rsatadigan qismdir. Bu yerda davlat faoliyatini "qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari asosida" amalga oshirishi kerakligi aytilgan.

⚠️ Umuman olganda, bu modda davlatning faoliyati inson farovonligi va jamiyatning barqaror rivojlanishiga qaratilishi kerakligini va bu maqsadga erishish uchun qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari asosida amalga oshirilishini ko'rsatadi.

👉👉👉👉
@Uzkodeks
👉👉👉👉
@Mykodeks

Uzkodeks

07 Oct, 15:19


⚡️​Asosiy fan olimpiadasining TUMAN bosqichi quyidagi belgilangan sanalarda tegishli fanlardan o'tkazilishi rejalashtirilmoqda:

22-oktabr kuni Tarix, Geografiya, Qozoq tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan;
23-oktabr kuni Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Davlat va huquq asoslari fanlaridan;
24-oktabr kuni Kimyo, Rus tili va adabiyoti, Tojik tili fanlaridan;
25-oktabr kuni Biologiya, Fizika, Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan;
26-oktabr kuni Matematika, Ona tili va adabiyoti, O‘zbek tili fanlaridan.

📌Asosiy fan olimpiadasining VILOYAT bosqichi 1-GURUH FANLARIdan 4-9-noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

1-guruh fanlari (Matematika, Fizika, Kimyo Biologiya, Informatika va axborot texnologiyalari)

📌Xalqaro olimpiadalarga saralashning 1-bosqichi Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 9-noyabr kuni, Matematika Fizika, Kimyo, Biologiya fanlaridan 10-noyabr kunlari tashkil etiladi;

📌Asosiy fan olimpiadasining VILOYAT bosqichi 2-GURUH FANLARIdan 3-5-dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

2-guruh fanlari (Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili (davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Tarix, Davlat va huquq asoslari, Geografiya )


©Fan olimpiadalari

👉👉👉👉@Uzkodeks
👉👉👉👉@Mykodeks

Uzkodeks

07 Oct, 11:46


🌐 O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 13-modda


🔵 Gipoteza:

🔹 O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi ...

Bu qism norma qanday mavzu haqida gap ketayotganini aniqlaydi. Ya'ni, O'zbekistondagi demokratiyaning asoslari haqida gap ketmoqda.

🟠 Dispozitsiya:

🔶... ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

Bu qism esa demokratiyaning qanday printsiplarga asoslanganligini aniq ko'rsatadi. Ya'ni, O'zbekistondagi demokratiya inson va uning huquqlarini oliy qadriyat deb hisoblovchi umuminsoniy printsiplarga asoslanganligini ta'kidlaydi.

⚠️ Xulosa: 13-moddaning gipotezasi O'zbekistondagi demokratiyaning asoslari haqida gap ketayotganini ko'rsatsa, dispozitsiyasi esa bu demokratiyaning inson va uning huquqlarini oliy qadriyat deb hisoblovchi umuminsoniy printsiplarga asoslanganligini ta'kidlaydi.

👉👉👉👉
@Uzkodeks
👉👉👉👉
@Mykodeks

Uzkodeks

05 Oct, 08:32


O'zbekiston Respublikasi qo'shilgan xalqaro shartnomalar:

🌎 Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi: 10-dekabr 1948-yil

🚼 Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya: 20-noyabr 1989-yil

🏛 Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt: 16-dekabr 1966-yil

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt: 16-dekabr 1966-yil

🏗 Texnik va kasb ta'limi bo'yicha konvensiya: 14-noyabr 1950-yil

🧠 Rivojlanish huquqi to'g'risidagi deklaratsiya: 24-oktabr 1986-yil

🕌 Xalqaro madaniy hamkorlik tamoyillari to'g'risidagi deklaratsiya: 4-noyabr 1964-yil

Ishga qabul qilishning minimal yoshi to'g'risidagi konvensiya: 26-iyun 1973-yil

👉👉👉👉
@Uzkodeks
👉👉👉👉
@Mykodeks

Uzkodeks

03 Oct, 15:29


🌐 O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilmaxilligi asosida rivojlanadi.
Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 12-moddasi.

🔵 Gipoteza:

🔹 O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilmaxilligi asosida rivojlanadi.
🔹 Bu qism norma qanday mavzu haqida gap ketayotganini aniqlaydi.
Ya'ni, O'zbekistondagi ijtimoiy hayotning rivojlanishini tushuntirish uchun asos bo'lib xizmat qilad

🟠 Dispozitsiya:

🔸 Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas.
🔸 Bu qism esa ijtimoiy hayotning rivojlanishini tushuntiruvchi asosiy g'oyani bildiradi. Ya'ni, O'zbekistonda hech qanday mafkura davlat mafkurasi sifatida o'rnatilmasligi kerakligini ko'rsatadi.

⚠️ Xullas 12-moddaning gipotezasi O'zbekistondagi ijtimoiy hayotning rivojlanishini tushuntirish uchun asos bo'lib xizmat qilsa, dispozitsiyasi esa O'zbekistonda hech qanday mafkura davlat mafkurasi sifatida o'rnatilmasligi kerakligini ta'kidlaydi.

👉👉👉👉
@Uzkodeks
👉👉👉👉
@Mykodeks

Uzkodeks

02 Oct, 14:52


🌐 O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasi

🟩 Gipoteza:

🟩 O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi ...
Bu qism norma qanday mavzu haqida gap ketayotganini aniqlaydi. Ya'ni, O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining tizimi haqida gap ketayotgani aytiladi.

🟦 Dispozitsiya:

🟦— hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.
Bu qism esa davlat hokimiyatining qanday tizimga asoslanganligini aniq ko'rsatadi. Ya'ni, O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linishi printsipiga asoslanganligi ta'kidlanadi.

⚠️ Xulosa:11-moddaning gipotezasi O'zbekiston Respublikasidagi davlat hokimiyatining tizimi haqida gap ketayotganini ko'rsatsa, dispozitsiyasi esa bu tizimning hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linishi printsipiga asoslanganligini ta'kidlaydi.

👉👉👉👉
@Uzkodeks
👉👉👉👉
@Mykodeks