"TALIMARJON IES" AJ Official @tallimarjon_ies Channel on Telegram

"TALIMARJON IES" AJ Official

@tallimarjon_ies


"Talimarjon IES" AJning telegramdagi rasmiy kanali.
Bog‘lanish: +998755125710

TALIMARJON IES AJ Official (Uzbek)

Salom, aziz do'stlar! Sizning e'tiboringizga 'Talimarjon IES' AJ rasmiy Telegram kanali tarkibiga nazar tashlashimizdan xursandlik duymoqdamiz. Bu kanal Talimarjon IES jamoasining rasmiy platformasi hisoblanadi va eng so'nggi yangiliklar, maqolalar, va matnlar bilan o'z foydalanuvchilarini rohatlandiradi. 'Talimarjon IES' AJ kanalida ta'lim sohasidagi eng zamonaviy ma'lumotlar va so'nggi yangiliklar paydo bo'ladi. Kanalga obuna bo'lib, siz talim sohasidagi eng so'nggi rivojlanishlardan birinchi bo'lib xabardor bo'lishingiz mumkin. Bu esa sizga talim sohasida o'z malakangizni oshirishda yordam bera oladigan ajoyib bir imkoniyat. Agar siz ham talim sohasidagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishni istasangiz, 'Talimarjon IES' AJ Telegram kanaliga obuna bo'ling va o'z egatingizni yanada rivojlantiring! Marhamat, do'stlar!

"TALIMARJON IES" AJ Official

11 Feb, 04:37


#Reportaj

Tolimarjon IESda bunyod etilayotgan yangi bug‘-gaz qurilmalarining ahamiyati haqida “Renessans” telekanalining “Ovoza” informatsion dasturida
reportaj efirga uzatildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

10 Feb, 11:22


"Talimarjon IES" AJda ishchi-xodimlarga qulay mehnat sharoitlari yaratish, ularning ish faoliyatlarini muntazam nazorat qilib borish ishlari doimiy amalga oshirib kelinayapti.

Mazkur ishlar davomi sifatida bugungi noqulay ob-havo sharoitida stansiyaning tashqi hududlarida mehnat qilayotgan ishchilarga Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan issiq qahvalar ulashildi.

"Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

"TALIMARJON IES" AJ Official

10 Feb, 08:06


Qashqadaryo viloyati — havo harorati -2 daraja sovuq.

Noqulay ob-havo sharoitida “Tolimarjon IES” AJdagi energoqurilmalarning barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida korxonaning 220 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasida nazorat ishlari olib borilmoqda.

Mazkur jarayonda kontraktlardagi haroratning meʼyorda ekanligi ko‘zdan kechirilyapti.

Shuningdek, isitish tizimining ishchi holati ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan tashqari, transformatorlarning ish tartibi nazoratdan o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

24 Jan, 09:09


#rukn

"Kelajak energetiklari"

"Talimarjon IES" AJda mehnat qilayotgan yoshlar faoliyatiga nazar.

"Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

"TALIMARJON IES" AJ Official

24 Jan, 06:10


#24_soatlik_navbatchilik_asosida

Sovuq ob-havo bo‘lishiga qaramay elektr stansiyalarda ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlovchi tungi navbatchilik guruhlari faoliyati
yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu tezkor guruhlar energoobyektlarning bir me’yorda sovuq ta’sirida muzlamasligi va qizish holatlari yo‘qligi bo‘yicha har soatda nazoratdan o‘tkazishadi.

Ushbu ishlar yirik elektr stansiya – Tolimarjon IES misolida bo‘lib, mutaxassislar stansiyaning 220 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmalarida tungi ko‘rik ishlаrini olib bormoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

24 Jan, 04:52


"Talimarjon IES" AJda investitsiya loyihasi doirasida 1065 MVt bo‘lgan ikki dona bug‘-gaz qurilmasi bunyod etilmoqda.

Bu haqda "Mahalla" radiokanalining "Xabarlar" informatsion dasturida batafsil xabar qilindi.

"Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

"TALIMARJON IES" AJ Official

23 Jan, 04:06


#Radio

Tolimarjon IESda bunyod etilayotgan 1065 MVt quvvatli bug‘-gaz qurilmalarining qurilish jarayonlari hamda afzalliklari haqida “O‘zbeksiton 24” radiokanalida qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

22 Jan, 12:48


“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ “BB-” “Barqaror” xalqaro kredit reytingini oʻzgarishsiz saqlab qoldi

Joriy yilning 20-yanvarida “Fitch Rating” xalqaro reyting agentligi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning xalqaro indikativ reytingini “BB-“ “Barqaror” darajada saqlab qoldi va Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingiga teng darajada deb eʼlon qildi.

Batafsil

—————

АО «Тепловые электрические станции» сохранило международный кредитный рейтинг «BB-» «Стабильный» без изменений

20 января текущего года международное рейтинговое агентство «Fitch Rating» подтвердило международный индикативный рейтинг АО «Тепловые электрические станции» на уровне «BB-» с прогнозом «Стабильный», объявив его равным суверенному кредитному рейтингу Республики Узбекистан.

Подробнее

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

22 Jan, 12:48


“Issiqlik elektr stansiyalari” AJda Faxriylar kengashi tashkil etildi

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizimida Faxriylar kengashi o‘z faoliyatini boshladi. Kengash raisi etib ko‘p yillar elektr energetika tarmog‘ida samarali faoliyat yuritgan O‘zbekiston Respublikasi faxriy energetiki Talipov Rahimjon Talipovich saylandi.

Batafsil

———————————

Создан Совет ветеранов АО «Тепловые электрические станции»

В системе АО «Тепловые электрические станции» начал свою деятельность Совет ветеранов. Председателем совета избран Талипов Рахимжон Талипович, Почетный энергетик Республики Узбекистан, много лет плодотворно работавший в электроэнергетической отрасли.

Подробнее

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

21 Jan, 05:42


“Yashil” energiya taraqqiyotning ajralmas qismiga aylanmoqda

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun ishlatiladigan energiyani qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida qoplash maqsadida elektr stansiyalari va markazlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalarining quvvati 16,3 MVt ga
yetkazildi.

Bugunga kelib issiqlik elektr stansiyalari va markazlaridagi mavjud bo‘sh yer maydonlari hamda bino-inshootlariga umumiy hisobda jami quvvati 16,3 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatildi. Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, olib borilgan sa’yi-harakatlar natijasida 2024-yilda “yashil” energiya orqali 20,2 mln. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Buning evaziga 3,9 mln. kubmetr tabiiy gaz iqtisod qilindi.

———————————

«Зеленая» энергия превращается в неотъемлемую часть прогресса

АО «Тепловые электрические станции», в целях обеспечения покрытия используемой на собственные нужды энергии на основе возобновляемых источников энергии, мощность солнечных фотоэлектрических станций на электростанциях и централях
доведена до 16,3 МВт.

На сегодняшний день на свободных земельных участках, а также в зданиях и сооружениях в тепловых электростанциях и централях установлены солнечные фотоэлектрические станции общей мощностью 16,3 МВт. Если обратиться к цифрам, результатом этих усилий стала выработка в 2024 году 20,2 млн. кВт/час электроэнергии. Благодаря этому сэкономлено 3,9 млн. кубометров природного газа.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

20 Jan, 10:56


#Radio

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ 2024-yildagi faoliyati yakunlari haqida
“O‘zbekiston 24” radiokanalida ma’lum qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

20 Jan, 09:29


“Tolimarjon IES” AJ 220 va 500 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmalarida navbatdagi nazorat jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Nazorat paytida qurilmalardagi ulama kontaktlar va yerga ulagich pichoqlarning ishchi holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, transformatorlar hamda boltli ulamalarning me’yoriy haroratda ekanligi tekshirildi.

———————————

В АО «Талимарджанская ТЭС» проведены очередные контрольные процессы на открытых распределительных устройствах 220 и 500 кВ.

В ходе осмотра проверено рабочее состояние заземляющих контактов и ножей на устройствах.

Проверены также трансформаторы и болтовые соединения на предмет соответствия заданной температуры норме.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

20 Jan, 04:34


"Talimarjon IES" AJda xodimlarga qulay mehnat sharoitlari yaratish ishlari muntazam davom etmoqda.

Shu maqsadda, stansiyadagi oshxona binosi qaytadan taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, oshxonada tayyorlanayotgan taomlarning sifati, gigiyena qoidalariga amal qilingan holda ish olib borilayotganligi doim nazorat qilib boriladi.

"Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

"TALIMARJON IES" AJ Official

17 Jan, 15:05


“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ: 2024-yildagi faoliyat sarhisob qilinib, joriy yildagi ustuvor vazifalar belgilab olindi

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va korxonalarining 2024-yildagi faoliyati yakunlari, qo‘lga kiritgan yutuqlari va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari tahlili hamda 2025-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Boshqaruvi raisi B.Jurayev boshqardi. Unda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ markaziy apparati vakillari, tizim korxonalari va filiallari rahbarlari hamda mas’ul xodimlari qatnashdi.

Batafsil

———————————

АО «Тепловые электрические станции»: Рассмотрены итоги за 2024 год и определены приоритетные задачи в текущем году

Состоялось расширенное совещание по рассмотрению итогов деятельности АО «Тепловые электрические станции» и его предприятий за 2024 год, анализу достигнутых успехов и допущенных недостатков, а также реализации предусмотренных приоритетных задач на 2025 год.

Заседание провел председатель правления АО «Тепловые электрические станции» Б.Жураев. В нем приняли участие представители центрального аппарата АО «Тепловые электрические станции», руководители и ответственные работники системных предприятий и филиалов.

Подробнее

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

17 Jan, 10:11


#infografika

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yigʻilishida muhokama qilingan investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar.

Batafsil — yuqoridagi #infografikada

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

17 Jan, 07:10


Issiqlik elektr stansiyalari va markazlarida 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish bo‘yicha qilingan ishlar

———————————

Выполненные работы на тепловых электростанциях и централях по устойчивому проведению осенне-зимнего сезона 2024-2025 годов

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

16 Jan, 12:23


Axborot 24: Bugun 16-yanvar kuni Energetika vazirligida “Men donorman” xayriya aksiyasi o‘tkazildi.

—————

Ахборот 24: Сегодня, 16 января, в Министерстве энергетики состоялась благотворительная акция «Я – донор».

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

16 Jan, 10:08


Birozdan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlanadi.

—————

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по обсуждению результативности проводимой работы и основных задач в сфере привлечения инвестиций и увеличения экспорта.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

16 Jan, 08:19


Bugun, 16-yanvar Energetika vazirligida “Men donorman” xayriya aksiyasi o‘tkazildi

Xususan, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 20 ga yaqin ko‘nggilli jamoasi ham mazkur xayrli ishda o‘zlarining munosib hissasini qo‘shdilar.

Aksiyaning maqsadi og‘ir jarohatlar yoki saraton kasalligi bilan og‘rigan, murakkab operatsiyalardan so‘ng qon quyishga juda muhtoj bo‘lgan bemorlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Bunday tadbirlar “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizim korxonalarida ham ko‘ngilli ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

04 Dec, 13:08


Hurmatli hamkasblar!

Ishchi-xodmlarning iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ishdan bo‘sh vaqtlarida shug‘ullanadigan namunali mashg‘ulotlari bilan keng jamoatchilikni tanishtirib borish maqsadida “Xizmat doirasidan tashqarida” rukni ostida ishchilarning ishdan tashqari mashg‘ulotlarini yoritib borish yo‘lga qo‘yildi.

Siz yoki siz mehnat qilayotgan sex va bo‘limda qo‘l mehnati asosida turli buyumlar yasaydigan yoki boshqa turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rnak qilishga loyiq (bog‘dorchilik, gulchilik, ishlab chiqarish va h.z) faoliyat bilan shug‘ullanadigan xodimlar bo‘lsa, korxona matbuot xizmatiga xabar berishingizni so‘raymiz.

Ushbu xodimlarning faoliyati foto va video shaklda “Talimarjon IES” AJ Official telegram kanalida yoritib boriladi.

“Talimarjon IES” AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

"TALIMARJON IES" AJ Official

04 Dec, 12:23


#eʼlon

“Energiya resurslaridan foydalanishda huquqbuzarliklarning oldini olish hamda sohada samarali nazoratni tashkil etishda innovatsion yondashuvlar” boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi


Batafsil

—————

Объявляется конкурс на инновационные подходы предотвращения правонарушений при использовании энергоресурсов и организации эффективного контроля в сфере

Подробнее

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

04 Dec, 03:40


DIQQAT, E’LON!

“Talimarjon IES” AJda mehnat qilayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqotni tashkil etish maqsadida RAHBAR VA YOSHLAR uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Sana: 05.12.2024

Vaqti:
10:00

Manzil: Stansiya yangi bosh binosidagi anjumanlar zali.

Ushbu uchrashuvga korxonada mehnat qilayotgan barcha yoshlarni taklif etamiz.

"Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

"TALIMARJON IES" AJ Official

03 Dec, 13:12


Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi

3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Nishon tuman hokimligi va “Tolimarjon IES” AJ hamkorligida tuman markazi hamda stansiya joylashgan Nuriston qo‘rg‘onchasida bayram tadbirlari tashkil etildi.

Unda tumandagi mahallalarda istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan fuqarolar ishtirok etdi.

Tadbir davomida nogironligi bor insonlarning chinakam ma’noda sabr-toqatning namunasi ekanligi e’tirof etilib, ular doimo davlatimiz e’tiborida ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, ularga salomatliklarini tiklash uchun dori-darmon vositalari hamda sihatgohlarga yo‘llanmalar topshirildi.

100 dan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirok etgan bayram tadbirida xonandalar tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

03 Dec, 08:38


3-dekabr-"Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni" munosabati bilan Qarshi shahrida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda "Talimarjon IES" AJ mas'ullari ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida imkoniyati cheklangan shaxslarning qo‘l mehnatlaridan iborat yarmarka tashkil etildi.

Shuningdek, vohalik xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

"Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

"TALIMARJON IES" AJ Official

03 Dec, 04:01


DIQQAT, E’LON!

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Talimarjon IES” AJ xodimlari o‘rtasida “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovi o‘tkaziladi.

Sana: 06.12.2024

Vaqti:
10:00

Manzil: “Talimarjon IES” AJ eski binosi 4-qavatidagi o‘quv xonasi.

Eslatma: Tanlov test sinovlari tarzida tashkil etilib, undagi savollar O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi asosida tuziladi.

"Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

"TALIMARJON IES" AJ Official

02 Dec, 09:41


Navbatdagi nazorat tadbirlari o‘tkazildi

“Tolimarjon IES” AJda “Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida energoqurilmalarning barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan nazorat tadbirlari
davom etmoqda.

Ulardan navbatdagisi “O‘zenergosozlash” MChJ mutaxassislari bilan hamkorlikda tashkil etilib, unda stansiyadagi 220 va 500 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmalari, kuch hamda tok transformatorlarining ishchi holati ko‘zdan kechirildi.

———————————

Проведены очередные контрольные мероприятия

В АО «Талимарджанская ТЭС» в рамках «Месяца энергетической безопасности»
продолжаются контрольные мероприятия, направленные на обеспечение стабильной работы энергетических оборудований.

Очередное из них организовано совместно со специалистами ООО «Узэнергосозлаш», в ходе которого проверено рабочее состояние открытых распределительных устройств 220 и 500 кВ, силовых трансформаторов и трансформаторов тока на станции.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

02 Dec, 07:03


#yangi_rukn
#xizmat_doirasidan_tashqarida

"Talimarjon IES" AJda ishdan tashqari vaqtlaridan unumli foydalanib, o‘z qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli sohalarda yaxshi natijalarga erishayotgan xodimlar ham bor.

Ulardan biri korxonaning ishlab chiqarish texnik bo‘limi texnigi Tamara Yakubovadir.

U qo‘l mehnati orqali turli dekorativ buyumlar yasash bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, uyda yasagan turli buyumlardan ish joyiga ham olib kelib, qiziquvchilarga ularning qanday yasalishi bo‘yicha maslahatlarini ham berib boradi.

"Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

"TALIMARJON IES" AJ Official

22 Nov, 07:13


#Energetika_xavfsizligi_oyi

Ishchi-guruhi Tolimarjon IES ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi

Respublika ishchi-guruhi “Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalafot o‘tkazish, energiya samaradorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan
tanishdi.

Dastlab, ishchi-guruh “Tolimarjon IES” AJda hamda shu hududdagi Qarshi magistral kanalida bo‘lib, stansiyaning elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonlari, stansiya quvvatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan yirik quvvatga ega istiqbolli loyihalar, energiya samaradorligini ta’minlash borasidagi ishlar, mavsumga shaylik doirasida energoinshootlarning shayligi va qish mavsumi uchun shakllantirilgan maxsus shtab faoliyati bilan tanishildi.

Elektr stansiya mas’ullari tomonidan stansiyada energiya iqtisodi bo‘yicha ishlar tashkil etilgani, zamonaviy quvvatlar orqali ishlab chiqarishda yoqilg‘i sarfini kamaytirishga erishilayotgani, ayni kunlarda stansiyada investitsiya asosida bunyod etilayotgan umumiy quvvati 1065 MVt bo‘lgan bug‘-gaz qurilmalarining ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

21 Nov, 14:21


“Issiqlik elektr stansiyalari” Aksiyadorlik Jamiyati Boshqaruvi raisi B.I.Jurayevning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha
MUROJAATI

Barchamizga ma’lumki, hozirgi zamon milliy va xalqaro huquqida tobora ko‘p qo‘llanilayotgan salbiy illatlardan biri bu korrupsiyadir. Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Davlatimiz rahbarining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz”, deb bejizga ta’kidlanmagan.

Mamlakatimizda barcha sohalarda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda halollik standartlarini joriy etish bo‘yicha ishlar samarali amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi, PF-77-son “Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq yoqilg‘i-energetika sohasidagi qonunchilik hujjatlarining huquqni qo‘llash amaliyoti bilan uyg‘unligini, ulardagi korrupsiyaviy omillarni muntazam ravishda tahlil qilish asosida ushbu sohani “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizimida ham korrupsiyaning oldini olish choralarini ko‘rish, uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha samarali tizimni shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tashkil etilganligi, ushbu yo‘nalishda samarali tizim yaratilganligi, sohaga oid bir qator ichki me’yoriy hujjatlar: Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Siyosati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash Uslubiyoti, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha Nizom, aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish Reglamenti, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha, kontragentlarni tekshirishga oid va ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo‘yicha Yo‘riqnomalar, Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish Uslubiyoti, korrupsiyaga qarshi kurash tizimining holati to‘g‘risidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish bo‘yicha Nizom hamda korrupsiyaviy xatti-harakatlari va odob-axloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazish bo‘yicha Reglamentlar tegishli buyruqqa muvofiq tasdiqlanganligi kabi qator amaliy ishlarni keltirib o‘tish mumkin.

Shu o‘rinda, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ rahbariyati korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etishda jamoamiz faolligini va har qanday tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizimida mehnat qilayotgan har bir rahbar va xodimni korrupsiyaga qarshi siyosat talablariga qat’iy rioya qilishlariga, korrupsiya bilan bog‘liq noqonuniy harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikka, korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishga hamda o‘z xizmat vazifalarini halol va xolis bajarishga yana bir bor chaqiraman.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Boshqaruvi raisi B.I.Jurayev

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

21 Nov, 06:54


"Talimarjon IES" AJ obyekti binolarida yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo‘linmasi inspektorlari tomonidan "Yong'in xavfsizligi oyligi" doirasida targ‘ibot va nazorat ishlari olib borilayapti.

Mazkur jarayonda, har bir sex va bo‘limlardagi xodimlar bilan alohida suhbatlar tashkil etilib, ish vaqtida yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq amal qilgan holda faoliyat olib borishlari aytib o‘tilmoqda.

"Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

"TALIMARJON IES" AJ Official

21 Nov, 04:31


#Energetika_xavfsizligi_oyi

“Tolimarjon IES” AJ: 2025-yilda 1065 MVt quvvatli zamonaviy bug‘-gaz qurilmalari ishga tushiriladi.

Natijada yiliga qo‘shimcha 8,5 mlrd kVt.soat elektr energiyasi, 600 mln. kubmetr tabiiy gaz iqtisod qilinadi.

Bu haqda “Qashqadaryo” telekanalida
reportaj efirga uzatildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

20 Nov, 12:35


#Energetika_xavfsizligi_oyi

“Energetika xavfsizligi oyligi” davom etmoqda

“Tolimarjon IES” AJda “Energetika xavfsizligi oyi” doirasida belgilab olingan chora-tadbirlar asosida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda targ‘ibot tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.

Batafsil

———————————

#Месяц_энергетической_безопасности

«Месячник энергетической безопасности» продолжается

В АО «Талимарджанская ТЭС» совместно с партнерскими организациями организовываются агитационные мероприятия на основе плана мероприятий, определенных в рамках «Месяца энергетической безопасности».

Подробнее

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

20 Nov, 09:00


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Bosh vazir lavozimiga ko‘rsatilgan Abdulla Aripov nomzodini ko‘rib chiqdilar.

Nomzod Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturini taqdim etdi.

Deputatlar va fraksiyalar rahbarlari so‘zga chiqib, nomzod va dastur yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.

Nomzod va Hukumatning dasturi ko‘rib chiqilgach, Bosh vazir lavozimiga nomzodni ma’qullash masalasi ovoz berishga qo‘yildi.

Yashirin ovoz berish yo‘li bilan deputatlar Abdulla Aripovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga ma’qulladilar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

20 Nov, 09:00


⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

20 Nov, 07:36


Oldin to‘liq davlat tasarrufida bo‘lgan sohalar, ya’ni, energetika, kimyo, aviatsiya, geologiya, metallurgiya, mashinasozlik, ta’lim va tibbiyotda xususiy sektorga va davlat-xususiy sheriklik munosabatlariga keng yo‘l ochilgani ularning rivojida kuchli omil bo‘lmoqda.

Ayniqsa, energetika sohasida tom ma’noda tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi hajmi 1,5 karra o‘sib, 83 milliard kilovatt•soatga yetgani ham buni yaqqol ko‘rsatib turibdi.

So‘nggi uch yilda umumiy quvvati 2,7 million kilovatt•soat bo‘lgan 10 ta yirik quyosh va shamol stansiyalari ishga tushirildi. Muqobil energiya ulushi o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar ko‘paydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

20 Nov, 05:24


Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.

—————

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев примет участие и выступит на заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса по рассмотрению кандидатуры на должность Премьер-министра и обсуждению программы действий Кабинета Министров на ближайшую и долгосрочную перспективу.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

20 Nov, 04:56


YER HAYDASANG, KUZ HAYDA...

"Talimarjon IES" AJda ishlab chiqarish barqarorligini ta'minlash bilan bir qatorda hududlarda obodonlashtirish jarayonlari ham tashkil etilayapti.

Ayni paytda korxonada ishchi-xodimlar tomonidan shaxsiy tashabbus ko‘rsatilib, kuzgi obodonlashtirish ishlari olib borilayapti.

Unda barcha sex va bo‘limlar o‘zlariga tegishli hududlardagi yer maydonlariga ishlov bermoqdalar.

"Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

"TALIMARJON IES" AJ Official

14 Nov, 11:02


“InnoWeek-2024” innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘z ishini boshladi

Joriy yil 14-16-noyabr kunlari Toshkent shahri “Ozekspomarkaz” binosida “InnoWeek-2024” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli kurgazma pavilionida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ham munosib ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma doirasida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan joriy qilingan innovatsion ishlanmalar, jumladan, ishlab chiqarish uchun zarur ehtiyot qismlar maketlarini yasashga mo‘jallangan 3D printer qurilmasi, robot monipulyator, detallar yuzasiga ishlov beruvchi lazer gravirovka kabi qurilmalar namoyish etilmoqda.

Haftalik 16-noyabrga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

14 Nov, 09:32


"Talimarjon IES" AJdagi barcha sex va bo‘limlardagi xonalarda yashil burchaklarni ko‘paytirishga alohida e'tibor qaratilgan.

Bunda xodimlar shaxsiy tashabbus ko‘rsatib, o‘zlariga tegishli bo‘lgan hududlarda xona gullarini parvarishlab kelmoqda.

"Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

"TALIMARJON IES" AJ Official

14 Nov, 07:25


“TOLIMARJON IES” AJDA YANVAR-OKTABR OYLARI ISHLAB CHIQARISH REJASI 100,8 FOIZGA BAJARILDI

“Tolimarjon IES” AJda ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Mazkur chora-tadbirlar samarasi o‘laroq, 2024-yilning 10 oyi davomida 5,57 mlrd. kVt.soat o‘rniga, amalda 5,61 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, reja 100,8 foizga bajarildi.

———————————

В
АО «ТАЛИМАРДЖАНСКАЯ ТЭС» ПРОИЗВОДСТВЕННЫЙ ПЛАН НА ЯНВАРЬ-ОКТЯБРЬ ВЫПОЛНЕН НА 100,8 ПРОЦЕНТОВ

В АО «Талимарджанская ТЭС» реализуется системные работы по обеспечению стабильности производства. В результате этих мер за 10 месяцев 2024 года при плане выработки 5,57 млрд. кВт.час, фактически произведено 5,61 млрд. кВт.час электроэнергии с выполнением плана на 100,8 процентов.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

13 Nov, 13:14


#No_comment

“Tolimarjon IES” AJdagi energoqurilmalarning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida nazorat tadbirlari
davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

13 Nov, 04:43


#Energetika_xavfsizligi_oyi

Tolimarjon IESda energiya tejovchi texnologiyalar asosida yangi bug‘-gaz qurilmalari bunyod etilmoqda.

Bu haqda “ZO’R TV" telekanalining “BU KUN” informatsion dasturida reportaj efirga uzatildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

12 Nov, 12:24


Нишон тумани "Талимаржон ИЭС" АЖ раҳбар ходимлари шахсий ташаббус кўрсатиб, станцияга ёндош ҳудудларнинг кўкаламзорлаштириш ишларига ҳисса қўшдилар

Дам олиш кунларидан унумли фойдаланган ҳолда корхона масъуллари томонидан Нуристон ҳудудидаги ер майдонларига дарахт кўчатлари экилди.

"Яшил макон" лойиҳаси доирасида амалга оширилган мазкур жараёнда барча фаол қатнашди.

Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг:
Nishontumani.uz |Telegram|Instagram|Facebook|You tube

"TALIMARJON IES" AJ Official

10 Nov, 13:54


Касаба уюшмаси кубоги учун "Қувноқлар ва зукколар" кўрик-танлови бўлиб ўтди

11 ноябрь – Ўзбекистон Касаба уюшмалари куни

Батафсил: https://uza.uz/posts/655448

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

"TALIMARJON IES" AJ Official

09 Nov, 12:09


11-noyabr - "O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni" munosabati bilan "IES" AJ Birlashgan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda barcha tizim korxonalaridagi boshlang‘ich kasaba uyushmasi raislari va uyushma xodimlari, sohada uzoq yillar faoliyat olib borib, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriylar hamda "Quvnoqlar va zukkolar" tanlovi ishtirokchilari ishtirok etdi.

Tadbir davomida eng faol boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislari O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, "IES" AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ham munosib rag‘batlantirildi.

BIZGA QO'SHILING VA BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING!!!       

Telegram “IES” Kasaba uyushma 24
https://t.me/ies_kasabauyushma

"TALIMARJON IES" AJ Official

09 Nov, 12:09


#fotoreportaj
#kasaba_uyushmalari_kuni

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan bayram tadbirida kasaba uyushma qo’mitasining eng faol xodimlari e'tirof etildi.

Ularga O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

BIZGA QO'SHILING VA BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING!!!       

Telegram “IES” Kasaba uyushma 24
https://t.me/ies_kasabauyushma

"TALIMARJON IES" AJ Official

09 Nov, 09:40


“Tolimarjon IES” AJda yana 2 ta yangi bug‘-gaz qurilmasi qurilmoqda

Batafsil:
https://uza.uz/posts/654823

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

09 Nov, 08:53


#fotoreportaj
#kasaba_uyushmalari_kuni

11-noyabr - "O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni" munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida "IES" AJ Birlashgan Kasaba uyushmasi qo‘mitasining jamoatchilik vakillari hamda stansiyalardagi mehnat muhofazasi ilg‘orlari tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

BIZGA QO'SHILING VA BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING!!!       

Telegram “IES” Kasaba uyushma 24
https://t.me/ies_kasabauyushma

"TALIMARJON IES" AJ Official

05 Nov, 04:12


"Talimarjon IES" AJ elektr sexi xodimi Olimjon Suyunov muborak 60 yoshni qarshi oldi.

Shu munosabati bilan xodimni jamoasi munosib e'tirof etdi.

So‘z olganlar Olimjon Suyunovning uzoq yillik mehnat faoliyati davomida korxona rivoji uchun munosib hissa qo‘shib kelayotganligink ta'kidlab o‘tdi.

"Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

"TALIMARJON IES" AJ Official

04 Nov, 16:56


Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasi sohasini transformatsiya qilish, hududlardagi elektr tarmoqlari boshqaruviga xususiy operatorlarni jalb qilish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

—————


Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам трансформации электроэнергетического сектора и привлечения частных операторов к управлению электрическими сетями в регионах.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

04 Nov, 11:37


#IESbookclub: Kadrda – Ulug‘oy Amanqulova

Kitob insonni tarbiyalaydi, uni dono qiladi va doimo to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Bu fikrlar menda kecha yoki bugun paydo bo‘lmagan. Yillar davomidagi mutolaa qilgan asarlarimdan olgan xulosalarim asosida shunga amin bo‘lganman, - deydi #IESbookclub loyihasining bu galgi mehmoni – “Tolimarjon IES” AJ Markazlashgan ta’mirlash sexi mashinisti Ulug‘oy Amanqulova.

Batafsil

———————————

#IESbookclub: В Кадре – Улугой Аманкулова

Книга воспитывает человека, делает его мудрым и всегда ведет его по правильному пути. Эти мысли пришли мне в голову не вчера и не сегодня. В этом я убедилась на основании выводов, которые сделала из прочитанных за эти годы работ, - говорит Улугой Аманкулова, машинист централизованной ремонтной мастерской АО «Талимарджанская ТЭС», очередная гостья проекта #IESbookclub.

Подробнее

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

04 Nov, 04:18


"Talimarjon IES" AJda umumiy qiymati 944,87 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan investitsiya loyihasi doirasida 1065 MVtga teng bug‘-gaz qurilmasi bunyod etilmoqda.

Bu haqda "Xalq so‘zi" gazetasida maxsus maqola chop etildi.

"Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

"TALIMARJON IES" AJ Official

01 Nov, 13:39


“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ: “Kasaba uyushmasi kubogi” sport musobaqasi g‘olibi aniqlandi

Xabar berganimizdek, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 11-noyabr - Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!” shiori ostida issiqlik elektr stansiyalarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Kasaba uyushmasi kubogi” musobaqasi tashkil qilindi.

Elektr stansiyalarida mehnat qilayotgan 32 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar ishtirokida tuzilgan jamoalar mini-futbol bo‘yicha respublika turnirida o‘zaro bellashdilar.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda “Tolimarjon IES” AJ jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, sovrinli 2-o‘rin Farg‘ona IEM jamoasiga, sovrinli 3-o‘rin “Angren IES” AJ jamoasiga nasib etdi.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

31 Oct, 20:02


TO‘LDIRISH.

Ushbu musobaqa test shaklida o‘tkazilishi belgilandi.

Xodimlar mavzu bo‘yicha berilgan testlardagi javob variantlarini tanlagan holda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar.

"TALIMARJON IES" AJ Official

31 Oct, 13:13


#XUSHXABAR

11-noyabr - Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan "IES" AJ Birlashgan Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan "Inson qadri uchun, el baxti uchun" shiori ostidagi sport forumi, mini futbol musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Unda "Talimarjon IES" AJ jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Jamoamiz a'zolarini korxona ma'muriyati, Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda ko‘p sonli mehnat jamoasi nomidan muborakbod etamiz.

"Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

"TALIMARJON IES" AJ Official

31 Oct, 06:09


#tanlov
#insho

11-noyabr - Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan "Talimarjon IES" AJ ishchi-xodimlari o‘rtasida "Kasaba uyushmasi mening hayotimda" mavzusidagi insholar tanlovi boshlandi.

Unda xodimlar munosib ishtirok etmoqda.

"Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

"TALIMARJON IES" AJ Official

31 Oct, 03:47


11-noyabr "Kasaba uyushmalari kuni" munosabati bilan o‘tkazilgan shaxmat musobaqasi so‘ngida quyidagi natijalar qayd etildi.

🥇1-o‘rin:
Chori Eshqulov (TJABT sexi)

🥈2-o'rin:
Shamsiddin Yusupov (SIS)

🥉3-o‘rin:
Oybek Rahimov (MTS)

"Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

"TALIMARJON IES" AJ Official

22 Oct, 12:12


"Talimarjon IES" AJda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning Muvofiqlik (komplayens) bo‘limi tomonidan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda korxona va tashkilotlarda manfaatlar to‘qnashuvi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Mazkur jarayonda xodimlar tomonidan mavzu bo‘yicha berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

"Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

"TALIMARJON IES" AJ Official

22 Oct, 08:34


23-oktyabr, chorshanba kuni respublikamizning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi

Ertaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga, barcha yurtdoshlarimizga shaxsiy transport vositalari o’rniga atrof-muhitga kam zarar yetkazadigan jamoat transporti, velosiped kabi transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Hurmatli yurtdoshlar! “Avtomobilsiz kun” loyihasiga befarq bo‘lmang! Shaxsiy avtomobillardan voz kechib, ekologik toza transport vositalaridan foydalaning va o‘zimiz nafas olayotgan havo tozaligiga hissa qo‘shing.

Unutmang, atrof-muhitni asrash barchamizning burchimizdir.

—————

В среду, 23 октября, во всех регионах республики пройдет очередная акция «День без автомобиля»

Завтра всем руководителям и сотрудникам государственных организаций, расположенных в Ташкенте, в административных центрах Республики Каракалпакстан и регионов страны, а также всем нашим соотечественникам рекомендуется отказаться от автомобиля в пользу общественного транспорта, велосипеда и других средств передвижения менее вредных для экологии.

Уважаемые соотечественники! Не оставайтесь равнодушными к общественному проекту «День без автомобиля»! Откажитесь от личного автомобиля в пользу экологически чистого транспорта и внесите свой вклад в уменьшение загрязнения воздуха, которым мы дышим.

Помните, защита окружающей среды — наша общая ответственность.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

22 Oct, 05:28


“Tolimarjon IES” AJda ishlab chiqarish quvvatlari oshirilmoqda

“Tolimarjon IES” AJda umumiy quvvati 1065 MVtga teng ikkita bug‘-gaz qurilmasini bunyod etish ishlaridagi barcha jarayonlar reja asosida davom ettirilmoqda.

Batafsil

———————————

Наращиваются производственные мощности АО «Талимарджанская ТЭС»

Все процессы по строительству двух парогазовых установок общей мощностью 1065 МВт на АО «Талимарджанская ТЭС» продолжаются на основе плана.

Подробнее

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

22 Oct, 05:10


Elektron ovoz berish qanday amalga oshiriladi?

Elektron ovoz berish onlayn ovoz berishdan farq qiladi.

Batafsil videoda tanishing.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"TALIMARJON IES" AJ Official

21 Oct, 12:04


Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrigi.

Qadrli vatandoshlar!

Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni, ona tilimizning barcha ixlosmandlarini bugungi ulug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Batafsil / Батафсил

—————

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана в связи с праздником узбекского языка.

Дорогие соотечественники!

От всей души поздравляю вас и в вашем лице весь наш народ, всех, кто искренне любит наш родной язык, с сегодняшним замечательным днем – Праздником узбекского языка и 35-летием придания ему статуса государственного.

Подробнее

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

21 Oct, 10:06


#onatilim35yoshda

O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan "Talimarjon IES" AJ xodimlari ishtirokida maxsus videorolik tayyorlandi.

"Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling.
https://t.me/tallimarjon_ies

"TALIMARJON IES" AJ Official

21 Oct, 08:47


21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Tolimarjon IES” AJda “Dunyo ayvonida nomdor ona tilim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo va Nishon tuman bo‘limlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda korxona mas’ullari, Respublika “Ma’rifat” targ‘ibotchilari hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, madaniyat xodimlari va stansiya huzuridagi harbiy qism jamoasi ishtirok etdi.

Suhbat davomida boy tarixga ega bo‘lgan ona-tilimizning rivojlanish bosqichlari, uning taraqqiy topishida hissa qo‘shgan ajdodlarimiz haqida so‘z bordi.

Shuningdek, bugun dunyo ayvonida munosib o‘ringa ega bo‘lib borayotgan o‘zbek tilini o‘rganish, uni o‘qitish bo‘yicha boshqa mamlakatlarda ham qilinayotgan ishlar xususida fikrlar bildirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"TALIMARJON IES" AJ Official

21 Oct, 07:34


#onatilim35yoshda

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ jamoasi o‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi

Sana munosabati bilan elektr stansiyalarida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35-yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan turli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Xususan, joylarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar, til sohasining mutaxassislari, yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda barcha elektr stansiyalarida #onatilim35yoshda xeshtegi ostida chellenj o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt