Uzbekistan’s club @uzbekistansclub Channel on Telegram

Uzbekistan’s club

@uzbekistansclub


Dunyo bo’ylab iste’dodli oʻzbekistonliklarni birlashtiruvchi ekotizim.

www.uzbekistans.club

facebook.com/uzbekistansclub/

instagram.com/uzbekistansclub/

youtube.com/c/Uzbekistansclub

Uzbekistan’s club (Uzbek)

O'zbekiston klubining Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal Dunyo bo'yicha iste'dodli oʻzbekistonliklarni birlashtiruvchi ekotizim hisoblanadi. Kanalda siz O'zbekiston bo'yicha so'nggi yangiliklarni va tadbirlarni topishingiz mumkin. Ushbu kanal sizga O'zbekistonning madaniyati, tarixi va jamiyatida olib borilayotgan taraqqiyot haqida ma'lumotlar taqdim etadi. Agar siz ham O'zbekiston sevgan, uning tarixi va madaniyatiga qiziqgan bo'lsangiz, ushbu kanal siz uchun ideal manzil bo'ladi. Sizning do'stlaringizni ham taklif qiling va birgalikda O'zbekiston haqida ko'proq narsalar o'rganing! Mazkur kanalga facebook va instagram orqali ham quloq sadoq qo'shishingiz mumkin. Uzr, YouTube platformasida ham O'zbekiston klubining videolari mavjud. Sizni O'zbekiston klubining Telegram kanaliga a'zo bo'lishga taklif qilamiz! Sizga qiziq va foydali ma'lumotlar kuzatish imkoniyatini beruvchi bu kanal sizni kutmoqda!

Uzbekistan’s club

31 Jan, 12:03


Hurmatli Aleksey Pivovarov, YouTube’dagi “Редакция” kanalida O‘zbekiston haqida qiziqarli video tayyorlaganingiz uchun tashakkur.
Uzbekistan’s Club jurnalimiz hamda o‘zbekistonlik qahramonlarimiz haqida hikoya qilishdan mamnun bo‘ldik.

Uzbekistan’s club

22 Jan, 15:02


Timur Kapadze futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi!

Uzbekistan's Club jamoasining bir necha loyihalari qahramoni, yaqin hamkorimiz Timur Kapadzega mamlakatning bosh jamoasi ishonib topshirildi! Timur Kapadzeni ushbu mas’uliyatli lavozim bilan chin dildan tabriklaymiz!

O‘zbekiston terma jamoasi azaliy orzusi — jahon chempionati yo‘llanmasi uchun juda yaqin turibdi! Ishonamizki, Timur Kapadze o‘zbekistonliklarning eng katta orzularidan birini ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi!

Omad Timur aka!

Uzbekistan’s club

11 Nov, 12:09


Ko‘p masalalar vaqt hukmiga tashlanganda hal bo‘ladi. Aktyor Adiz Rajabov nimalarni ushbu oliy hakamga topshirgan? Uzbekistan's Club jurnalining dekabrda e'lon qilinadigan 3-sonida shu haqda o‘qiysiz.

📷Instagram |🚀Telegram | 📹YouTube | 🎰LinkedIN | Meta

Uzbekistan’s club

10 Nov, 11:30


Nafosat, iste'dod, ijodkorlik, aql va qalb uyg‘unligi, ish va hayot muvozanati...
Taniqli aktrisa Yulduz Rajabova portretiga chizgilar... Bularning barchasi dekabrda chiqadigan Uzbekistan's Club jurnalining 3-sonida.

📷Instagram |🚀Telegram | 📹YouTube | 🎰LinkedIN | Meta

Uzbekistan’s club

08 Nov, 12:44


Jurnalimizning 3-soni uchun o‘tkazayotgan fotosessiyalarimiz o‘zining qizg‘in avjida! Olovli mavzu, alangali fotoasarlarni dekabr oyida chop etilajak navbatdagi sonimizda kutib qoling.

📷Instagram |🚀Telegram | 📹YouTube | 🎰LinkedIN | Meta

Uzbekistan’s club

04 Nov, 06:27


Shahnoza Soatova:
Asli bugungi o‘zbek ayollari aksar huquqlari uchun jadid ayollardan minnatdor bo‘lishi kerak. Shu sababli ham tarixning chodrasi ortida yashirin qolib ketayotgan ushbu dadil, faol va ilmli momolarimizning nomi kengroq targ‘ib qilinishini istayman.

Batafsil👉 https://uzbekistans.club/uz/top/soatova

Uzbekistan’s club

01 Nov, 07:59


Karina Mavlyanova:
Ayol o‘z umr yo‘ldoshi, qarindoshlari, farzand­lari – hamma uchun yaxshi bo‘lishga shuncha­lik intiladiki, o‘ziga nisbatan sezgirlikni yo‘qotadi. O‘z imkoniyatlarini, ehtiyojlarini tan olishni bas qiladi, shaxsdan funksiyaga aylanadi. O‘zaro munosabatlarda bunday ayol o‘z sevgilisiga manzur bo‘lishga va shu bilan birga harakat qilib, asliyatini yo‘qotadi va vaqt o‘tishi bilan umr yo‘ldoshining unga bo‘lgan qiziqishi so‘nadi.

Batafsil👉 https://uzbekistans.club/uz/top/mavlyanova

Uzbekistan’s club

01 Nov, 05:16


Saodat Tursunova:
Toshkentda Sora nomli restoran ochish ustida ishlayapmiz. Dubayda ham ikkita loyiha bo‘yicha qizg‘in ish ketmoqda: biri Palm Jumeyrada, ikkinchisi esa Bluewaters Island'da. Biri ispancha, ikkinchisi o'zbekona, ammo ikkovi ham muhtasham va go‘zal restoran bo‘ladi. O‘zbekcha restoran uchun hali hech kim qo‘llamagan formatga murojaat qilib, o‘z yondashuvimni namoyish etmoqchiman.

Batafsil👉 https://uzbekistans.club/uz/top/tursunova

Uzbekistan’s club

31 Oct, 10:07


Eng qiziqarli o‘zbekistonliklar Uzbekistan's Club jurnalida mehmon bo‘ldilar: yangi, 3-son uchun suratga olish jarayonlari boshlanib ketdi. Bugun studiyamiz to‘rida mashhur ishbilarmon Zafar Hoshimov. Uning hikoyasini dekabrdagi sonimizda kuting!

📷Instagram |🚀Telegram | 📹YouTube | 🎰LinkedIN | Meta

Uzbekistan’s club

31 Oct, 09:04


Hikmat Abdurahmanov:
Oxirgi 5 yil ichida 100dan ziyod turli OTMlar paydo bo‘ldi. Ularning bir qismi sifatli ta’lim yo‘lini tanladi... Yana bir qismi esa ommalashtirish yo‘lidan bordi, ya’ni ko‘p miqdorda talaba qabul qilib, diplomga, ochiq va qoliplashgan ta’limga talabni qondirishga kirishib ketdi. Ayniqsa, viloyatlarda bu avj oldi.
Ulardagi ta’lim modeli, universitetlar evolyutsiyasi chamasi o‘n yil davomida tabiiy tanlanish, yiriklashuv va bo­zorning professionallashuv jarayonini boshdan kechiradi. Bozorda bu ishga jiddiy va uzoq muddatni ko‘zlab kirganlargina qoladi.

Batafsil👉 https://uzbekistans.club/top/abdurahmonov

Uzbekistan’s club

30 Oct, 09:37


Lola Yuldasheva:
Senzuraga urinishlar mening ijodimga faqat ijobiy ta’sir qilgan. Chunki bosim doim qarama­qarshi kuchni paydo qiladi. Kishida qandaydir bir alamzadalik va ijod qilishga ilhom paydo bo‘ladi.

Batafsil👉 https://uzbekistans.club/uz/top/lola

Uzbekistan’s club

30 Oct, 08:40


Timur Kapadze:
Olimpiadadagi ilk uchrashuv, Ispaniyaga qarshi kechgan match yakunida tabloda terma jamoamiz mag‘lubiyatini ko‘rsatuvchi raqamlar yonib turardi. Lekin biz aynan o‘sha kuni katta bir yutuqni qo‘lga kiritganimizni his qildik... ...Olimpia­daga ilk bor chiqqan terma sifatida bunday musobaqalarda bitta oltin, ikkita kumush medali sohibi bo‘la olgan favorit bir jamoaga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatdik.

Batafsil👉 https://uzbekistans.club/top/kapadze

Uzbekistan’s club

30 Oct, 07:06


Sherzodxon Qudratxo‘ja:
O‘zbek tilida bitta ham so‘zni bilmaydigan tanishlarim bor, ular bayramlarda pushti, sariq rangli adras kiyimlarimizni kiyishardi. Millat sifatidagi bizning mushtarak qadriyatlarimiz faqat taomlarimiz, kiyimlarimiz, kuy va raqslarimiz emas.

Men uchun “o‘zbekistonlik” – bu katta tushuncha. Bu – bizda shakllanib, rivoj topib borayotgan inson kapitali. O‘zbekistonliklar – nafaqat o‘zbeklarni, balki yurtimizga o‘zini mansub deb hisoblovchi bar­cha fuqarolarimiz va chet eldagi vatandoshlarimizni qamragan katta sinf.

Batafsil👉 https://uzbekistans.club/uz/top/qudratxoja

Uzbekistan’s club

29 Oct, 14:10


Men qaytib ketaman deb aytolmadim va natijada og’lim 29 kunlik chaqaloq o’zbekistonda qolib ketdi.

🗣O’zbekistonlik | Episode 5’ni to’liq tomosha qiling!

📷Instagram |🚀Telegram | 📹YouTube | 🎰LinkedIN | Meta

Uzbekistan’s club

28 Oct, 12:14


Amerikaga vizalarimiz chiqdi, samolyotga biletlarni oldik va uchishimizga bir kun qolganida farzandimiz tug’ildi

🗣O’zbekistonlik | Episode 5’ni to’liq tomosha qiling!

📷Instagram |🚀Telegram | 📹YouTube | 🎰LinkedIN | Meta

Uzbekistan’s club

26 Oct, 16:22


Qanday yoshda bo'lishidan qat'iy nazar, farzandlar o'z fikrlarini bildirish, ijod qilish va kelajakdagi kasblari haqida o'ylash uchun erkinlikka ega bo'lishlari kerak.

🗣O’zbekistonlik | Episode 5’ni to’liq tomosha qiling!

📷Instagram |🚀Telegram | 📹YouTube | 🎰LinkedIN | Meta

Uzbekistan’s club

25 Oct, 14:32


Har bir konsertga kiyimlarimni o’zim tikardim, chunki Zulfiya mukofotiga serqirralik ko’rsatilishi kerak edi. Lekin o’sha yili hech kim tanimaydigan, ishtirok etmagan bir qiz oldi.

🗣O’zbekistonlik | Episode 5’ni to’liq tomosha qiling!

📷Instagram |🚀Telegram | 📹YouTube | 🎰LinkedIN | Meta

Uzbekistan’s club

24 Oct, 13:12


Hech qachon ota-onalarimiz bilan oshkora muloqot qilishdan qo'rqmaganmiz. Uyimizda demokratiya bo’lgan, hech narsa yashirilmaydi va ota-onam bizni doimo eshitishadi.

🗣O’zbekistonlik | Episode 5’ni to’liq tomosha qiling!

📷Instagram |🚀Telegram | 📹YouTube | 🎰LinkedIN | Meta

Uzbekistan’s club

24 Oct, 07:30


Uyimizda doimiy yetishmovchilik boʻlgan, chunki hammamiz baravariga oʻqishga kirgandik. Onam doim aytadilar, besh yilda toʻrtta tuqqanman deb.

🗣O’zbekistonlik | Episode 5’ni to’liq tomosha qiling!

📷Instagram |🚀Telegram | 📹YouTube | 🎰LinkedIN | Meta

Uzbekistan’s club

23 Oct, 12:05


Meni shaxs sifatida shakllanishimda ota-onamning roli juda katta bo'lgan. Ular men bilan ko'proq muloqot qilishgan va menga hayotda maqsadlarimga erishishda o'z kuchimga ishonish kerakligini singdirishgan.

🗣O’zbekistonlik | Episode 5’ni to’liq tomosha qiling!

📷Instagram |🚀Telegram | 📹YouTube | 🎰LinkedIN | Meta

Uzbekistan’s club

22 Oct, 14:45


His-tuyg’ularingiz, orzularingiz bo’lmasligi kerak, sizga chizib berilgan chiziqlardan chiqmasligingiz kerak va hattoki sizga qanday ovqat yeyishingizni ham tanlab berishadi. Oilada tinchlik bo’lishi uchun og’zingni yop, gapirma!

🗣O’zbekistonlik | Episode 5’ni to’liq tomosha qiling!

📷Instagram |🚀Telegram | 📹YouTube | 🎰LinkedIN | Meta

Uzbekistan’s club

22 Oct, 12:07


Qizlarni asosan oila uchun tarbiyalaymiz, lekin o'g'il farzandlarimizni ham oilaga tarbiyalash kerak. Qizlar murosaga tayyor bo'lib keladilar va ba'zan bu ularning o’zligini yo'qotishiga olib keladi.

🗣O’zbekistonlik | Episode 5’ni to’liq tomosha qiling!

📷Instagram |🚀Telegram | 📹YouTube | 🎰LinkedIN | Meta

Uzbekistan’s club

21 Oct, 13:32


Oilamni yo'qotadigan chegaraga keldim, qarorlarim qat’iylashdi va shu bilan 10 yillik turmushim tugadi.

🗣O’zbekistonlik | Episode 5’ni to’liq tomosha qiling!

📷Instagram |🚀Telegram | 📹YouTube | 🎰LinkedIN | Meta

Uzbekistan’s club

20 Oct, 13:22


Ko’pchilik institutni tugatsam bo’ldi, birinchi ishimni topsam va o'sha yerda yutuqlarga erishsam, shuni o’zi yetarli deb o’ylaydi.

🗣O’zbekistonlik | Episode 5’ni to’liq tomosha qiling!

📷Instagram |🚀Telegram | 📹YouTube | 🎰LinkedIN | Meta

Uzbekistan’s club

18 Oct, 13:31


Ota-onalar amerikada farzand tarbiyalashning qiyinligidan shikoyat qilishadi. Muammoning ildizi esa ota-onalarning vaqti va e'tibori yetishmasligi, shuningdek, ularning boshqa mas'uliyatlar bilan band bo'lishida.

🗣O’zbekistonlik | Episode 5’ni to’liq tomosha qiling!

📷Instagram |🚀Telegram | 📹YouTube | 🎰LinkedIN | Meta

Uzbekistan’s club

17 Oct, 13:39


Toshkent yoki O'zbekistonning boshqa shaharlarida hozir ko'rinayotgan tirbandlikning yechimi sifatida qatorlarni ko'paytirish, shaharlarimizni avtomobillashtirish emas, balki aksincha shahar markazida mashinalar sonini kamaytirish uchun avtoturargohlar pulli bo’lishi kerak…

🗣O’zbekistonlik | Episode 5’ni to’liq tomosha qiling!

📷Instagram |🚀Telegram | 📹YouTube | 🎰LinkedIN | Meta

Uzbekistan’s club

17 Oct, 06:34


Eng katta dushmaningiz pushaymonlik. Men maqsadlarimga erishish uchun barcha harakatlarni qilaman, lekin ular kutganimdek bo'lmasligi mumkin. Shunga qaramay, men qaytadan o’z yo’limni topib, harakatda davom etaman.

🗣O’zbekistonlik | Episode 5’ni to’liq tomosha qiling!

📷Instagram |🚀Telegram | 📹YouTube | 🎰LinkedIN | Meta

Uzbekistan’s club

16 Oct, 08:54


Har kuni maktabga quyoshga qarab borar edim, chunki u menga kulib turar va yaxshi o'qib kelishim kerak degan his-tuyg'uni berardi.

🗣O’zbekistonlik | Episode 5’ni to’liq tomosha qiling!

📷Instagram |🚀Telegram | 📹YouTube | 🎰LinkedIN | Meta

Uzbekistan’s club

15 Oct, 13:40


Agar odamda o'z maqsadi bo'lsa, u o'zligini yo'qotmaydi. Har bir davrda o'zining ijobiy va salbiy tomonlari bo’ladi va ko’plab chalg'ituvchi omillar mavjud. Agar siz o'zligingizni mustahkam saqlab qolsangiz, maqsadingiz sari chalg'imay yura olasiz.

🗣O’zbekistonlik | Episode 5’ni to’liq tomosha qiling!

📷Instagram |🚀Telegram | 📹YouTube | 🎰LinkedIN | Meta

Uzbekistan’s club

11 Oct, 12:59


Uzbekistan’s club jurnali hamkor Chevrolet brendini Van Gogning “Yulduzli tun” asari ichida tasavvur qilishga imkon beradi.

Uzum market orqali sotib oling:
👉 https://uzum.uz/uzbekistansclub

Uzbekistan’s club

11 Oct, 10:58


Uzbekistan’s club jurnali loyihaning muhim hamkori boʻlgan Ucell kompaniyasi jamoasi bilan mashhur fotoasar — “Osmonoʻpar bino tepasidagi tushlik”ni qayta jonlantirdi

Uzum market orqali sotib oling:
👉 https://uzum.uz/uzbekistansclub

Uzbekistan’s club

11 Oct, 10:18


Ayub Shahobiddinov: Ayol taqdiri va uning ruhiyatini bor bo‘y-basti bilan ochib bergan dunyo kinosi durdonalari barmoq bilan sanarli. Bu bir jihatdan mamlakatlarning madaniy, siyosiy qadriyatlariga borib taqalsa, ikkinchi tarafdan ayol dunyoqarashi, uning qalbi va hayotiy kechinmalarini ochib berish bir muncha murakkab jarayon sanaladi.

Uzum market orqali sotib oling:
👉 https://uzum.uz/uzbekistansclub

Uzbekistan’s club

10 Oct, 10:54


Oksana Chusovitina: Bir qarasang, “bo’ldi, sakrashni yig’ishtir, boshqalarga ham o’rgat”, deyishadi. Medal bilan qaytganingda esa, xuddi o’sha odamlar, “barakalla, biz senga ishonardik”, deyishadi.

Uzum market orqali sotib oling:
👉 https://uzum.uz/uzbekistansclub

Uzbekistan’s club

10 Oct, 09:55


Otabek Bakirov: Davlat qurilishida o’rta sinfga asosiy tayanch sifatida qaralishi - ochiq, erkin va farovon jamiyat yo’lida eng ishonchli, tajribada sinalgan va samarali ishlaydigan modeldir.

Uzum market orqali sotib oling:
👉 https://uzum.uz/uzbekistansclub

Uzbekistan’s club

10 Oct, 09:30


Alina Tsimerman: Nafaqaga chiqqanimda dengiz bo’yida yashab, bog’ yaratgim, gullar ekkim, oqshomlari bog’imda o’tirgancha choy hoplab, chirildoqlar tovushiga quloq tutgim, yulduzlarga mahliyo bo’lgim keladi.

Uzum market orqali sotib oling:
👉 https://uzum.uz/uzbekistansclub

Uzbekistan’s club

10 Oct, 07:03


Saodat Tursunova: Muvaffaqiyatning ikki omili bor: iqtidor bo’lsa, masala mohiyatiga kirish uchun intellekt bo’lsa va inson o’laroq yetuklikka erishgan bo’lsangiz, har qanday yuklamaga dosh bera olasiz.

Uzum market orqali sotib oling:
👉 https://uzum.uz/uzbekistansclub

Uzbekistan’s club

10 Oct, 06:34


Dilfuza Kurolova: Ijtimoiy tarmoqlardagi postlarim rahbarlarimning «sizni deb kaltak bizni boshimizda sinadi» qabilidagi vajlari bilan o’chirilgan holatlar ko’p bo’lgan.

Uzum market orqali sotib oling:
👉 https://uzum.uz/uzbekistansclub

Uzbekistan’s club

10 Oct, 06:00


Sherzodxon Qudratxoʻja: Har bir oʻzbekistonlik kichik boʻlsa ham oʻzgarish qila oladi.

Uzum market orqali sotib oling:
👉 https://uzum.uz/uzbekistansclub

Uzbekistan’s club

09 Oct, 16:08


Karina Mavlyanova: Ayol uchun baxt - bu yakuniy maqsad emas, bu o’zingda yaratish va rivojlantirishni o’rganishing kerak bo’lgan jarayon.

Uzum market orqali sotib oling:
👉 https://uzum.uz/uzbekistansclub

Uzbekistan’s club

09 Oct, 14:38


Javlon Jovliyev: Toshkent ko’chalarida mashina haydashga bardoshim yetmasligi haqida o’ylayman.

Uzum market orqali sotib oling:
👉 https://uzum.uz/uzbekistansclub

Uzbekistan’s club

09 Oct, 13:48


Shahnoza Soatova: Tarixning chodrasi ortida yashirin qolib ketayotgan dadil, faol va ilmli momolarimiz kengroq targ’ib qilinishini istayman.

Uzum market orqali sotib oling:
👉 https://uzum.uz/uzbekistansclub

Uzbekistan’s club

09 Oct, 12:37


Akmal Xolboyev: Otam doimo bizni bir muammoga ko’plab yechimlar bo’lishiga, hech qachon birgina yechim bilan kifoyalanib qolmaslikka o’rgatganlar.

Uzum market orqali sotib oling:
👉 https://uzum.uz/uzbekistansclub

Uzbekistan’s club

09 Oct, 10:40


Hikmat Abdurahmanov:
Bir kompaniya 25 yil ishlasa, universitetlar yuz yillar davomida barhayot yashaydi.

Uzum market orqali sotib oling:
👉 https://uzum.uz/uzbekistansclub

Uzbekistan’s club

09 Oct, 10:08


Lola Yo’ldasheva: Ilk konsertimni qo’shnilarimga qo’yib berganman.

Uzum market orqali sotib oling:
👉 https://uzum.uz/uzbekistansclub

Uzbekistan’s club

07 Oct, 11:00


⚡️Progressiv islohotlar markazi «Uzbekistan’s Club» jurnali bilan hamkorlikda «Top-10 o’zbekistonlik olimlar» ro’yxatini tuzdi. Ushbu ro’yxat nafaqat mamlakatimizda, balki xorijiy davlatlarda yashab, ilmiy izlanish olib borayotgan vatandoshlarni qamrab oladi.

Top 10 o’zbekistonlik olimlar:
1. Utkir Rozikov (O’zbekiston)
2. Ravshan Sobirov (O’zbekiston)
3. Anvar Zohidov (AQSH)
4. Alisher Qodirov (Avstraliya)
5. Botir Qobilov (AQSH)
6. Aziza Shonazarova (AQSH)
7. Raufxon Salaxo’jayev (O’zbekiston)
8. Dilfuza Egamberdiyeva
(O’zbekiston)
9. Temur Yunusov (Buyuk Britaniya)
10. Utkur Mirsaidov (Singapur)

📷Instagram |🚀Telegram | 📹YouTube | 🎰LinkedIN | Meta