O‘zbek 은혜 bilan @uzbek_eunhye Channel on Telegram

O‘zbek 은혜 bilan

@uzbek_eunhye


Tarjimon/pedagog O‘zbek 은혜~

어디서든 어떻게든 행복할 것!
은구야~ 행복하자~ ♡

Koreyada o’qish, GKS mentorligi, kasb/fakultet tanlash konsultatsiyasi, Koreyada gid va tarjimonlik xizmatlari uchun @TopiKoreanBot ga yozing.

TOPIK uchun: @I_can_get_TOPIK6

O‘zbek 은혜 bilan (Uzbek)

Salom! Sizni Telegram kanalimizga xush kelibsiz - O‘zbek 은혜 bilan! Bu kanalimizda tarjimon/pedagog O‘zbek 은혜 sizlarga ko'p mavzularda yordam beradi. Kimdir u? U Koreyada o'qish, GKS mentorligi, kasb/fakultet tanlash konsultatsiyasi, Koreyada gid va tarjimonlik xizmatlari bilan shug'ullanadi. Agar siz TOPIK sertifikatini olishni xohlaysiz, @I_can_get_TOPIK6 kanalimizga murojaat qiling. O‘zbek 은혜 bilan kanalida sizga Koreya haqida ko'p narsalarni o'rganish imkoniyati mavjud. Aynan shu bilan birga, siz hayotingizni eng zo'r qilib, hushnud bo'lishingiz mumkin. Kanalimizga obuna bo'ling va ko'p yangiliklardan xabardor bo'ling! O‘zbek 은혜 bilan - sizni xush qiladigan kanal!

O‘zbek 은혜 bilan

03 Dec, 20:09


Nima degandim ☺️

O‘zbek 은혜 bilan

03 Dec, 18:33


Ko’chaga “tomosha ko’rgani” chiqib olganlar darhol uyingizga qayting!
Koreyadagi olomon harbiylardan ham xavfli bo’ladi!

O‘zbek 은혜 bilan

03 Dec, 16:38


O'rtoqlar~
Vahima qilmang, xotirjamlikni saqlang~
Hammasi joyida bo'ladi~

O‘zbek 은혜 bilan

03 Dec, 16:37


Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Hurmatli vatandoshlar!


Xabaringiz bor 3 dekabr kuni Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilindi.
Bugungi kunda mamlakatda yuzaga kelayotgan ichki siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, barchangizdan Janubiy Koreyada turli xil mitinglar va namoyishlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka, o‘zingizning shaxsiy xavfsizligingiz va sog‘ligingizni ehtiyot qilishga chaqirib qolamiz.
Zarurat bo‘lgan holatda quyidagi telefon raqamga murojaat qilishingiz so‘raladi:
+82 10 3213 4505
+82 10 2909 4334

O‘zbekiston Respublikasining
Koreya Respublikasidagi Elchixonasi

O‘zbek 은혜 bilan

01 Dec, 09:33


#NoComment

Dugonam bilan gaplashib o’tirgandik. Bir mahal gapirayotib telefoniga ko’zi tushib qoldi:

- Dadam telefon qilibdilar! Hech qilmasdilar…

Shu payt tinchlik bo’lsin, deb o’yladim (dugonam ham shu holatda edi menimcha).

Darhol qaytarib telefon qildi:
- Dada? Yaxshimisiz? Telefon qilibsiz?
- Yaxshiman qizim, sog’inib qilgandim…

Shu payt dugonamga qo’shilib men ham yig’lavoray dedim. 🥺

Adajonimni sog’indim 😭

@Uzbek_Eunhye

O‘zbek 은혜 bilan

29 Nov, 18:02


Bu dastur esingizdami?))

Bugun shu dasturning yopilish marosimi bo’ldi va men eng a’lo o’rin bilan taqdirlandim 🥹

Shuningdek, maxsus mukofotni ham qo’lga kiritdim 🥹

Tafsilotlar keyinroq, shunchaki tezroq bu haqida bo’lishgim keldi ☺️🧡

O‘zbek 은혜 bilan

28 Nov, 02:49


Sayohatda 부여 va 공주 shaharlariga boriladi~ o’tgan safar 부여ni ko’rsatgandim bu safar 공주dan storislar qo’ydim~

Ko’ring~ Qo’llab-quvvatlash esdan chiqmasin~

https://www.instagram.com/stories/uzbek_eunhye/3510614571805883633?utm_source=ig_story_item_share&igsh=MW5kem5icG5mdjhmMQ==

O‘zbek 은혜 bilan

19 Nov, 07:55


Bittasini qo’ydim 🤪

https://vt.tiktok.com/ZSjmyHrma/

TikTok ishlatadiganlar kirib izohlar yozib tashlangchi bir 😂

O‘zbek 은혜 bilan

19 Nov, 06:03


TikTok sahifa ochishga ochib nima qo’yishni bilmayotgan edim)) Bugun xayolimga yaxshi fikr kep qoldi 🤭
Doim shunaqa videolar qo’yishni xohlardim lekin instagram sahifamdagi estetikani buzgim kelmasdi.
TikTok esa yangi unga bo’laveradi. 😁

Nima deb o’ylaysiz, qanday video qo’ymoqchiman?))

O‘zbek 은혜 bilan

19 Nov, 05:23


Seuldan salomlar~

은구야~ I’ll love you better ☺️🧡

@Uzbek_Eunhye

O‘zbek 은혜 bilan

17 Nov, 16:52


Aytgancha, "Talabalar kuni" bilan! 🧡

O‘zbek 은혜 bilan

17 Nov, 16:42


O'rganishga hech qachon kech emas~

O'tgan yili yuqori maktab bitiruv imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib universitet talabasi bo'lgan 82 yoshli buvijon esingizdami?

Bu yil ham an'ana davom etadi~

Demak, bu safargi qahramonimiz 83 yoshli Lim Te Su bo'lib u 522 760 nafar o'quvchi orasida eng yoshi ulug' test topshiruvchi hisoblanadi~

Buvijon Ilsung qizlar maktabi o'quvchisi bo'lgan va Hongik universitetining Qizlar maktabida imtihon topshirdi~

Aytishlaricha, Lim Te Su bolaligida o'qituvchi bo'lishni xohlagan lekin bundan 70 yil oldin otasi dardga yo'liqqani sabab maktabni tashlashga majbur bo'lgan. Keyinchalik oila qurib 4 farzandni dunyoga keltirgan, ularni oilali qilib 3 nevarasini katta qilishga yordam bergachgina o'qishga qaytgan.

Umid qilamanki, navbatdagi buvijonda ham hammasi o'xshaydi~

Postni 30ga kirib kirmay bizga endi kech deydiganlarga yuborib qo'ying~

@Uzbek_Eunhye

O‘zbek 은혜 bilan

17 Nov, 02:43


Buyeo & Gongju Tour dan lavhalar 😍 Juda chiroyli joylarga boriladi~~

Ro’yxatdan o’tish:
https://frip.co.kr/products/181033

@Uzbek_Eunhye

O‘zbek 은혜 bilan

17 Nov, 02:38


Sayohatga ro’yxatdan o’tish esingizdan chiqmadimi?)) 21-sanaga oz qoldi~~

O‘zbek 은혜 bilan

16 Nov, 08:59


Awwww 🥹

Mening shunaqa sweet 은구larim bor)) 🥰

P.S: Qo’lda yozilgan xatlarni judayam yaxshi ko’raman 😍

@Uzbek_Eunhye~

O‘zbek 은혜 bilan

14 Nov, 15:33


Sayohat bilan tanishing~

Manzil - Gongju va Buyeo!

Kun davomida shahar shovqinidan uzoqda, tinch va go’zal maskanda tarixiy hikoyalar tinglab xordiq chiqaring~~

Sayohat Seulda boshlanib Seulda tugaydi~

Afzallik jihati: To’liq o’zbek sayohatchilari guruhi, o’zbekzabon gid tarjimon (ya’ni men 😁) bilan birga!

Sana: Har shanba sayohat mavjud. (21-noyabr va 30-noyabr kuni men tarjimonlik qilaman)

Narxi: 150 000 von
Chegirmada 60 000 von

Nimalar kiradi:
- Seuldan manzilga borish/kelish transport haqi
- gid xizmati (koreys)
- kirish pullari
- kemaga chiqish puli
- tushlik, kechki taom 😍

Linkni qoldiraman~
https://frip.co.kr/products/181033
Agar registratsiya qilishda qiynalsangiz amaliy yordam berishim mumkin~

Savollaringiz bo’lsa izohda yozing, javob beraman~

O‘zbek 은혜 bilan

14 Nov, 15:17


Kecha koreys 대표님 bilan meeting ga borib keldim)) Sayohat haqida gaplashib oldik~
Kutyapsizmi?)))

O‘zbek 은혜 bilan

12 Nov, 18:21


Live stream finished (52 minutes)

O‘zbek 은혜 bilan

12 Nov, 17:30


Savollaringiz bo’lsa yozib qoldiring~~

O‘zbek 은혜 bilan

12 Nov, 17:28


Live stream started

O‘zbek 은혜 bilan

11 Nov, 12:45


4-suhbatdoshimiz aniq bo’lgandilar~ Iltimos, pochtaga yozsangiz)

Keyingi intervyularda suhbatlashishni istovchi nomzodlar ham yozishlari mumkin~

O‘zbek 은혜 bilan

11 Nov, 09:26


#Intervyu ning yangi sonini kutayotganlar bormi?))

O‘zbek 은혜 bilan

10 Nov, 08:27


Instagramda ajoyib ko’rgazmadan postlar qo’ydim~

https://www.instagram.com/reel/DCJnBcGCpAZ/?igsh=MWFkNHltOXhwYm81Mw==

Aytgancha, ko’rgazma kelasi yili bahorgacha bo’lar ekan 😍 yo’lingiz tushsa siz ham kirib o’ting~

@Uzbek_Eunhye

O‘zbek 은혜 bilan

10 Nov, 07:27


@Uzbek_Eunhye
@I_can_get_TOPIK6

O‘zbek 은혜 bilan

09 Nov, 14:39


GKSchilar, suhbat imtihoni uchun postlarni tekshirishni unutmang~

@Uzbek_Eunhye
@I_can_get_TOPIK6

O‘zbek 은혜 bilan

08 Nov, 16:44


Yagona aniq narsa birinchi sayohat 21-noyabrda ~ Bir kunlik sayohat Seuldan boshlanib Seulda tugaydi (ya’ni avtobus sizni qayta Seulga olib kelib qo’yadi)
Har ehtimolga qarshi 21-noyabrga boshqa ish rejalashtirmay turing 😉 (Ishlovchilar uchun 30-sanada (shanba) ham sayohat bor~)

O‘zbek 은혜 bilan

08 Nov, 15:43


Va nihoyat bir yaxshi niyatim amalga oshish arafasida!!!! 😍

Bilasiz, Koreyada juda ko'p sayohat qilaman. Hozirgacha Koreyaning eng mashxur joylaridan tortib hatto ba'zi koreyslar bilmaydigan kichik shahar-qishloqchalargacha kezib chiqqanman desam mubolag'a bo'lmas (ko'p 은구larim Koreyada bormagan joyingiz ham qoldimi o'zi, deb hazillashishadi ham ☺️).

O'sha sayohatlarda chiroyli surat va videolar olishga harakat qilaman va instagramdagi sahifam orqali 은구larim bilan bo'lishib boraman~ Ularga juda iliq fikrlar yozishadi, minnatdorchilik bildirishadi va men ham borgandek bo'ldim, deyishadi. ☺️ Men esa virtual bo'lsa-da o'zim ko'rgan go'zallik bilan bo'lishganimdan juda xursand bo'laman va sayohatdan keyingi charchoqlarim ham chiqib ketadi~

Shu bilan birga men Koreyadaman, sizga o'xshab sayohat qilgim keladi lekin borolmayman deb ham yozishadi. Sabablar turlicha: "til bilmaganim uchun sayohatlarni qayerdan topishni, qanday registratsiya qilishni bilmayman", "sherigim yo'q yolg'iz borolmayman", "sayohatlarga ko'p pul ketadi", "sayohatda ovqatlar halol emas" va hokazo.

Shunday izohlarni o'qiganimda 은구larim uchun nimadir qilgim kelardi ㅠㅠ Ular ham ish-o'qishlaridan biroz chalg'ib madaniy xordiq chiqarishlari, do'stlar orttirishlari, yangi taassurotlar olishlarini juda xohlardim.

Shu maqsadda turli loyihalarni o'ylab turli joylarga murojaat qildim. Biroq foyda bo'lmadi. Sayohat firmalari faqat o'zbek sayohatchilari uchun sayohat tashkillashtirishga rozi bo'lavermasdi. Men esa aynan o'zbek guruhlari uchun o'zbekcha tarjimon-gid bilan sayohat uyushtirishni orzu qilardim.

Yaqinda bir firmadan blogimda reklama uchun taklif oldim. Evaziga esa o'zbek guruhlari uchun tur tashkil qilishlarini so'radim va ular men o'zim gid-tarjimonlik qilishim sharti bilan rozi bo'lishdi. 🥹 Men guruh bo'lgani uchun chegirma ham qilib berasizlar, dedim va bu haqida kelasi hafta meeting da gaplashib oladigan bo'ldik. 🥳

Sayohat tafsilotlari bilan chegirmalarni aniq qilib olgach yana bo'lishaman. Xursandligimdan bu haqida vaqtliroq aytib bergim keldi. 🙈

Xoooo'sh, kim men bilan sayohatga borishni istaydi?)))

*Sayohat pulli, tekinmi degan savollar bermang, iltimos ☺️

@Uzbek_Eunhye

O‘zbek 은혜 bilan

08 Nov, 06:55


Koreyadagilar-uuuu 😍
Sizlarga ajoyib yangiligim bor !!!!

Kechroq aytaman, biiir ichingiz qizisin~

O‘zbek 은혜 bilan

08 Nov, 03:35


Bepul dars bersang ham yoqmaydi bularga)) Reaksiyani ham ayaydi))

O‘zbek 은혜 bilan

30 Oct, 16:37


🥹🧡

O‘zbek 은혜 bilan

29 Oct, 16:53


Endi layk bosing deyishga TikTok ham qo’shildi 😂

O‘zbek 은혜 bilan

29 Oct, 16:35


Ishqilib oxiri TikTok ochishga majbur qilishdi. 😂 Menimcha, u yerga faqat video yuklash yoki layv qilishga kirsam kerak)

TikTok ishlatadiganlar, a’zo bo’lamiz~

👉 https://www.tiktok.com/@uzbek_eunhye?_t=8qx8cjzYSGO

P.S: TikTokni umuman tushunmayman bugun yukladim 😂 Unga qanaqa kontent qo’yishga ham hali g’oya yo’q ~ Sizda takliflar bo’lsa o’sha yerdagi birinchi video tagiga yozib ketarsiz)

O‘zbek 은혜 bilan

29 Oct, 13:20


Kuz~

O‘zbek 은혜 bilan

29 Oct, 07:40


#NoComment

Misrlik qiz bilan suhbatdan

- Girl, your English is so good, you know?
- Yeah, because I am not Korean~
- No way!

🤣🤣🤣🤣🤣🤣🤣🤣🤣🤣

@Uzbek_Eunhye

O‘zbek 은혜 bilan

27 Oct, 15:10


Mana sizlarga “matvatsa”ning zo’ri~

Men shu paytgacha sizlarga bir necha marta qaytargan gap bo’lsa ham aynan koreysni og’zidan eshitishingiz uchun yuboryapman)

Mendan boshqa hammaning gapiga quloq solasizlar-ku 😅 Foydali bo’lar~

@uzbek_Eunhye

O‘zbek 은혜 bilan

24 Oct, 18:34


Instagramda yangi video~

Bilaman, videoni ancha kech qo’ydim. 😅 Chunki montajga ko’p vaqt ketdi.

Lekin shunga yarasha istaganimdek chiqdi. 😍

Qisqasi 2 soat ichida hanbok kiyib saroyga borib tapir-tupur kontent olgach uni 3 soat montaj qilgandan keyingi natijani shu linkdan ko’rishingiz mumkin~

https://www.instagram.com/reel/DBhDSwIizz-/?igsh=cjAxeGo1bzhnbzhh

Ko’rib 🧡 bosib kelsangiz bu yerda ham o’sha voqea haqida post yozaman~ Kommentlar ham esdan chiqmasin 🥹

O‘zbek 은혜 bilan

24 Oct, 14:52


Channel photo updated

O‘zbek 은혜 bilan

21 Oct, 03:17


Bola biroz o’ylanib turgach juda yoqimtoy lekin anchagina qimmat turadigan brilogdan ikkita tanladi. Keyin ularni sotuvchiga uzatdi:

- Shular.

Sotuvchi insofli ekan, bolaning qo’lida pul o’zi esa yolg’izligidan foydalangisi kelmadi, shekilli, sekingina dedi:

- Buning ikkitasi qo’shilib juda qimmat bo’lib ketadi, balki bittasini tanlarsan?

Bola darrovgina bosh irg’adi va bittasini oldi. Shunda men boya onasi nimaga uning o’zini qoldirib chiqib ketganini yanayam yaxshiroq tushundim. U rostan ham atrofdagilar gapiga kiradigan, “yaxshi”“qulay” bola edi. Onasi shuning uchun ham tanlovni o’zi amalga oshirishini xohlagan, menimcha~

Shularni o’ylarkanman, tashqaridan ota-onaning ovozi keldi:

- Tanladingmi? Qani? Ooo yoqimtoy narsa olibsan, yaxshi!

Bu bola vazifani o’zi uddalagani uchun “rag’bat” edi~

P.S: Ota-ona 은구lar, sizlar ham tarbiyada shu narsaga e’tibor bering~ Bola rivojlanish davomida shunday kichik-kichik “vazifa”lar olishi, ularni bajarishda “xavfsizlik”ni his qilishi (ya’ni har qanaqa vaziyatda orqasida siz turganligingizni bilishi), bajarib bo’lgach kichik bo’lsa ham “rag’bat” (maqtov, ruhlantirish) eshitishi kerak~

@Uzbek_Eunhye

O‘zbek 은혜 bilan

20 Oct, 18:09


Do’konda

Ona-bola do’konda narsa tanlashyapti. Bir mahal onasi shartta burilib do’kondan chiqishga chog’landi:

- O’zinga yoqqan kerakli narsani tanlab sotib ol.

Tashqarida dadasi ham turgan ekan onasi chiqishi bilan so’radi:

- Nega o’zini tashlab chiqding?
- Men bo’lsam tanlay olmaydi!

Dadasi biroz qarab turdi-da do’konga kirdi, o’g’lining qo’liga yana pul berib dedi:

- Shoshmasdan yaxshilab o’ylab xohlaganingni tanla, ho’pmi?

Shu joyida to’g’risi qarsak chalib yuboray dedim. Chunki ota-ona bola tarbiyasiga oid o’ta muhim nazariyani amalda ko’rsatishgandi. Ya’ni onasi bola ma’lum bir vaziyatda mustaqil harakatlana olish, tanlovni erkin amalga oshirishni o’rganishiga imkon yaratib bolaga “turtki” va “vazifa” bergan bo’lsa dadasi bu ishni yaxshi uddalashi uchun unga “dalda” va “xavfsizlik” bergan edi.

Nima deb o’ylaysiz, bola narsa tanlab pulini to’lay oldimi?

@Uzbek_Eunhye #dõkonda

O‘zbek 은혜 bilan

18 Oct, 18:27


Qizg’anchiq bo’lmang))
Faol bo’lib tursangiz bu yerga ham post yozaman)))

O‘zbek 은혜 bilan

18 Oct, 18:06


2024 Seoul Light Hangang Bitseom Festival (빛섬축제)dan video~ Yurakcha qoldirib layk bosib ketsangiz xursand bo’laman~

👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://www.instagram.com/reel/DBRjqCEiXnt/?igsh=czdqa3Jod3U1cWNx

O‘zbek 은혜 bilan

17 Oct, 13:33


O’tgan yil 17-oktabrdagi rasm ekan~ Bu joy qayerligini eski 은구larim yaxshi bilishadi~

@Uzbek_Eunhye

O‘zbek 은혜 bilan

17 Oct, 12:19


Oxirgi yangiliklardan ~

Biz tomonlarda daraxtlar sarg’ayishni boshlabdi ~

To’g’risini aytsam, shahrimiz va akademiya tabiatini yaxshi ko’raman. Chunki tog’lar yaqin, havosi toza, yozda yashillik kuzda esa qizil/sariq ranglardan ko’zingiz qamashadi~ Bahordagi gullarni aytmaysizmi 🥰

Seulda bunday joyni topish uchun ma’lum bir xiyobonga borish kerak. Biz esa aynan shunaqa xiyobon ichida yashaymiz desa ham bo’ladi~

@uzbek_eunhye

O‘zbek 은혜 bilan

17 Oct, 09:53


Qisqasi Instagramda ultra aktiv bo'lib hamma narsaga ulgurib yana o'z vaqtida kontent qo'yadiganlarga qoyil qolmay iloj yo'q.

Qanday qilib shunchasiga ulgurisharkin? Man oflayn hayotimda yaxshi yashayman deb onlayn qolib ketyapti. 😅

O‘zbek 은혜 bilan

14 Oct, 06:09


Instagramda ARMY 은구larim uchun Jiminning tug'ilgan kunidagi iventlardan lavhalar qoldirdim~ Kecha boshqa ishim ham borligi uchun ancha kech bordim, lekin 은구yim bilan ham ko'rishib kunni yaxshi tamomladik~

https://www.instagram.com/stories/uzbek_eunhye/3478074801439507632?utm_source=ig_story_item_share&igsh=MTk5bXEwYXlzYTFpOA==

O'chib ketmasdan ko'rib qoling~

O‘zbek 은혜 bilan

13 Oct, 15:23


Live stream finished (1 hour)

O‘zbek 은혜 bilan

13 Oct, 14:22


Live stream started

O‘zbek 은혜 bilan

13 Oct, 14:21


Live!

O‘zbek 은혜 bilan

12 Oct, 08:04


Yaqinda bir obunachi bu koreys tili kanaliku deb qoldilar. Yo’q bu koreys tili kanali emas. Shunday o’ylaganlar bo’lsa oldindan aytib qo’yyapman) Bu yerda til o’rgatarkan deb kutmang)

O‘zbek 은혜 bilan

12 Oct, 07:49


To'g'ri tanlov? Bu bor narsami o'zi?

Men hayotimdagi muhim tanlovlarni doim o'zim, birovning ortiqcha aralashuvisiz amalga oshirganman. Balki shuning uchunmi shu paytgacha tanlovim natijasiga ham o'zim mas'ul bo'lib kelganman. Tanlovimdan afsuslangan paytim deyarli bo'lmagan, chunki tanlashgacha bo'lgan payt davomida uzoq va har tomonlama o'ylab keyin qaror qabul qilardim.

Lekin bir safar birga ishlagan koreys professorga bir masalada tanlovim to’g’riligiga ishonchim komil emas, deganim esimda. Shunda professor eng to’g’ri tanlov - bu sen qilgan tanlov, degandilar. O’sha paytda bu gapga unchalik tushunmagandim. Keyinchalik tushunishimcha professor “endi qolgan variantlar ahamiyatsiz, allaqachon qilib bo’lgan tanlovingga diqqat qarat” demoqchi bo’lgan ekanlar.

Yuqoridagi videoda ham qahramon dunyoda to’g’ri yoki noto’g’ri tanlovlar bo’lmasligini tanlab bo’lgach o’sha tanlov to’g’ri bo’lib chiqishi uchun o’zingiz harakat qilishingiz kerakligini aytadi. Astoydil harakat qilganingizda ham o’xshamasa, demak, boshqa tanlovni amalga oshirish payti kelgan bo’ladi.

Biz esa odatda tanlov qilishga juda qo’rqamiz, chunki bizga bolalikdan to’g’ri tanlov qilish kerakligini va bu tanlov butun umrga ketishini uqtirishadi. Masalan, o’qish joyi/kasb tanlashda, qiziqishlar hobbi yoki ish tanlashda va hattoki turmush o’rtoq tanlashda ham. Hamma tanlovga urg’u beradi lekin undan keyin qilinishi kerak bo’lgan harakat haqida hech kim gapirmaydi. Shuning uchun to’g’ri tanlov qilib ham natijaga erishilmagan holatlar juda ko’p bo’ladi.

Nazarimda biz qilishimiz kerak bo’lgan ish har tomonlama o’ylab bizga mos keladigan tanlovni tezroq amalga oshirish. Bu qaysi biri eng to’g’riligini o’ylab vaqt ketkazishdan yaxshiroq. Shunda u tanlov eng to’g’risi bo’lib chiqmagan taqdirda ham sizda boshqa tanlov qilishga vaqtdan imkon bo’ladi.

Shu bilan birga tanlovni o’zingiz amalga oshirishingiz ham juda muhim. Shunda mas’uliyatni o’z bo’yningizga olasiz, osongina taslim bo’lmaysiz, tanlovingiz to’g’ri ekanligini isbotlab qo’yish uchun ham har qanday qiyinchilikka chidaysiz. Hattoki natija bo’lmagan taqdirda ham o’zingiz uchun kerakli dars va tajriba olasiz.

Esimda, Koreyada o’qish qiyin, kamiga uy sog’inchi, qiynalyapman deganimda oyijonim nimayam derdim o’zing istab ketgansan, degandilar. O’shanda ko’zim moshdek ochilib ikkinchi bu gapni gapirmaslikka qaror qilgandim.

Shunday ekan siz ham diqqatni tanlovning to’g’ri yoki noto’g’riligiga emas undan keyin qilinadigan harakatning muhimligiga qarating~ Chunki mos harakat bilan har qanday tanlov to’g’ri bo’lib chiqadi. Juda bo’lmaganda muhim tajriba olasiz~

Tanlovlarni amalga oshirishda o’zingizga ishonch, qat’iyat va mas’uliyat tilab qolaman~

@Uzbek_Eunhye

O‘zbek 은혜 bilan

10 Oct, 10:23


#Goodpartner #굿파트너

Men odatda romantik komediya (ayniqsa delulu hikoyalar, mas. ultra boy kelishgan yigit kambag'al dovdir qizni yaxshi ko'rib qolishi) janridan ko'ra jiddiyroq va aniq mavzuni yoritib ma'lum bir xabarni yetkazadigan seriallarni afzal ko'raman.

Yaqinda xuddi shunday serialni ko'rib tugatdim. Unda bosh qahramonlardan biri juda ajoyib xulosa qildi. Menimcha, uning gapi juda to'g'ri, shuning uchun sizlarga ham ilindim~

P.S: Siz ham serial ko'rganda shunchaki vaqt o'tkazmasdan biror narsa o'rganishga harakat qiling~ Shunda bir o'q bilan ikki quyonni urgan (일석이조) bo'lasiz~

Video manbasi videoda yozilgan

@Uzbek_Eunhye

O‘zbek 은혜 bilan

08 Oct, 19:29


O’tgan kuni bozor bo’ylab ketayotib beihtiyor koreys sotuvchi va chet ellik xaridor suhbatini eshitib qoldim (menimcha, xaridor farzandiga kiyim tanlayotgan edi).
Sotuvchi xola xaridor koreyschani biladigandek so’radi:

- 아이가 몇 살이에요?
(Bolaning yoshi nechada?)

Xaridor koreyscha uyoqda tursin inglizchada ham qiynalarkan chog’i biroz shoshib qoldi:

- one zero! ( bir nol )

Shu joyida men xaridorga qoyil qoldim. Chunki “o’n” so’zi xayoliga kelmagach “bir” va “nol“ so’zlari bilan bo’lsa ham fikrini yetkaza olgani bu vaziyatga ajoyib yechim bo’lgandi.

Qissadan hissa.

Chet tilida gapirishdan aslo qo’rqmang. Xato qilib qo’ysamchi, deb tashvishlanishga ham hojat yo’q. Muhimi grammatika yoki qoidalar emas suhbatdoshingiz sizni tushunishi~ Qolgani esa suhbatlar davomida rivojlanadi, tuzatiladi.


@uzbek_eunhye #말하기

O‘zbek 은혜 bilan

07 Oct, 16:30


Bir chet ellik dugonam instagramida shu videoni ko’rib qoldim va buni men ham aytib qo’yishim lozim deb o’yladim.

Tarjimasi:
Agar siz chet ellik va guruh bo’lib ketayotgan bo’lsangiz bunday qilmang! Yo’lni to’sib qo’yasiz!

Yurganda orqadan yuring yoki yo’l bering. Ayniqsa metro bekatlari yaqinida odamlar shoshilayotgan bo’ladi.

Toksik bo’lmoqchi emasman, lekin oldindagilar sizlarga ham o’zbekchada gapirgandek tuyulyaptimi? 🫠

@Uzbek_Eunhye

O‘zbek 은혜 bilan

06 Oct, 13:21


Live stream finished (35 minutes)

O‘zbek 은혜 bilan

06 Oct, 12:46


Kutilmaganda layv)) boshladik))