UzASBO NEWS RK @uzasbonewsrk Channel on Telegram

UzASBO NEWS RK

@uzasbonewsrk


UzASBO NEWS RK (English)

Welcome to UzASBO NEWS RK, your go-to source for all the latest news and updates from Uzbekistan's Association of School Business Officials (ASBO). This Telegram channel is dedicated to providing timely and accurate information on the activities, events, and initiatives of ASBO in the Republic of Kazakhstan (RK). Whether you are a member of ASBO, an educator, a parent, or simply interested in the education sector, UzASBO NEWS RK has something for everyone.

Who is it? UzASBO NEWS RK is a channel created by ASBO to keep its members and the public informed about the organization's work in Kazakhstan. ASBO is a professional association that represents school business officials who are responsible for the financial and operational management of schools. It plays a crucial role in ensuring that schools are efficient, effective, and well-managed.

What is it? UzASBO NEWS RK is a reliable source of news and updates about ASBO's activities in Kazakhstan. From conferences and workshops to policy changes and educational trends, this channel covers a wide range of topics related to school business officials and the education sector in general. By subscribing to UzASBO NEWS RK, you will stay informed about the latest developments in education and have a better understanding of the challenges and opportunities facing school business officials in Kazakhstan.

Don't miss out on the opportunity to stay informed and engaged with ASBO's work in Kazakhstan. Join UzASBO NEWS RK today and be part of a vibrant community of education professionals and stakeholders. Stay tuned for upcoming events, resources, and important announcements from ASBO. We look forward to keeping you informed and connected through UzASBO NEWS RK!

UzASBO NEWS RK

14 Jan, 04:07


Sogʻliqni saqlash tizimidagi muassasalarda shtatlar jadvaliga 4 va 5-ilovalarni kiritish

Sogʻliqni saqlash tizimidagi muassasalar shu videoda keltirilgan tartibda UzASBO-2 dasturida 2025-yil uchun shtatlar jadvaliga 4 va 5-ilovalarni kiritib turishlari kerak boʻladi. 4-ilovani qilib boʻlgandan keyin har bir xodimning ish haqi belgilanishini (Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Xodimning ish haqini belgilash hujjatiga kirib) tekshirib koʻrish kerak, oʻzgartirish kerak boʻlsa, biryoʻla to'g'rilab ketish kerak. Videoda keltirilgan tartiblarni Iqtisodchilar, buxgalterlar va xodimlar bilan ishlash boʻlinmasi yoki uning vazifasi yuklatilgan xodimlar (kadrlar) birgalikda vakolatlari doirasida bajarishlari kerak.

Keyingi qadamlarga oʻtmay turish kerak, dastur tayyor boʻlishi bilan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasidan moliyalashtirishga oʻtgan muassasalarga yangi SHG'Hlar ochilishi bilan tegishli koʻrsatma olishgandan keyin shtatlar jadvallarini shakllantirishlari mumkin.

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

14 Jan, 04:07


Sog'liqni saqlash tizimidagi muassasalarda shtatlar jadvaliga 4 va 5-ilovalarni kiritish tartibi bo'yicha avvalgi ma'lumotning davomi

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

14 Jan, 04:07


3-qism

Sog'liqni saqlash tizimidagi tashkilotlarda

1. Shtatlar jadvalini shakllantirish va ro'yxatdan o'tkazish

2. Xarajatlar smetasini shakllantirish va ro'yxatdan o'tkazish


@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

10 Jan, 06:03


"Тармоқ, штатлар ва контингентга доир режанинг бажарилиши тўғрисида ҳисобот (ШҒҲ кесимида)" — ҳисоботини ташкилотни ўзи ДМБАТ дастуридан қайтара олиши имкони қўшилди.

UzASBO NEWS RK

09 Jan, 15:57


Sogʻliqni saqlash tizimidagi muassasalarda shtatlar jadvaliga 4 va 5-ilovalarni kiritish

Sogʻliqni saqlash tizimidagi muassasalar shu videoda keltirilgan tartibda UzASBO-2 dasturida 2025-yil uchun shtatlar jadvaliga 4 va 5-ilovalarni kiritib turishlari kerak boʻladi. 4-ilovani qilib boʻlgandan keyin har bir xodimning ish haqi belgilanishini (Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Xodimning ish haqini belgilash hujjatiga kirib) tekshirib koʻrish kerak, oʻzgartirish kerak boʻlsa, biryoʻla to'g'rilab ketish kerak. Videoda keltirilgan tartiblarni Iqtisodchilar, buxgalterlar va xodimlar bilan ishlash boʻlinmasi yoki uning vazifasi yuklatilgan xodimlar (kadrlar) birgalikda vakolatlari doirasida bajarishlari kerak.

Keyingi qadamlarga oʻtmay turish kerak, dastur tayyor boʻlishi bilan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasidan moliyalashtirishga oʻtgan muassasalarga yangi SHG'Hlar ochilishi bilan tegishli koʻrsatma olishgandan keyin shtatlar jadvallarini shakllantirishlari mumkin.

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

04 Jan, 05:31


Штатлар жадвали ва харажатлар сметаси яратиш тартиби

1. Штатлар жадвали (4-илова) ҳужжати яратилади ва тасдиқланди ҳолатига ўтказиб қўйилади
2. Ходимлар ишга қабул қилинади ёки кўчирилади (Агар структурадаги қайсидур лавозимлар бўйича ўзгариш қилинган бўлса)
3. Ходимларга иш ҳақи бириктирилади (Агар структурадаги қайсидур лавозимлар бўйича ўзгариш қилинган бўлса)
4. Штатлар жадвали (5-илова) ҳужжати яратилади ва тасдиқланди ҳолатига ўтказиб қўйилади
5. Штатлар жадвали яратилади ва молия органларида руйҳатдан ўтказилади
6. Харажатлар сметаси яратилади ва молия органларидан руйҳатдан ўтказилади

UzASBO NEWS RK

03 Jan, 09:51


Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 30 декабрдаги «Ўзбекистон Республикасининг «2023 йил учун Ўзбекистон Республикасининг Давлат бюджети тўғрисида»ги Конуни ижросини таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида»ги ПҚ-471-сон қарорининг 9-банди аввал қуйидагича эди:
9. 2023 йил 1 январдан 2026 йил 1 январга қадар давлат мактабгача таълим ташкилотларида бола таъминоти учун ота- оналар тўлови миқдорларига нисбатан туманларнинг тоифасидан келиб чиқиб, қуйидаги камайтирувчи коэффициентлар қўлланилсин:
5-тоифадаги туманларда - 50 фоиз;
4-тоифадаги туманларда - 50 фоиз;
3-тоифадаги туманларда (шаҳар аҳоли пунктларидан ташқари) - 30 фоиз.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2024 йил 30 сентябрдаги ПФ-152-сонли Фармони билан мазкур банд қуйидаги таҳрирда баён этилди:
9. 2025 йил 1 январдан 2026 йил 1 январга қадар давлат мактабгача таълим ташкилотларида бола таъминоти учун ота- оналар тўлови миқдорларига нисбатан туманларнинг тоифасидан келиб чиқиб, қуйидаги камайтирувчи коэффициентлар қўлланилсин:
5-тоифадаги туманларда - 25 фоиз;
4-тоифадаги туманларда - 25 фоиз;
3-тоифадаги туманларда (шаҳар аҳоли пунктларидан ташқари) - 15 фоиз.
Шу ҳолат дастурдаям тўғрилаб қўйилди.

UzASBO NEWS RK

03 Jan, 07:22


Ҳужжат-Иш ҳақи ҳисоби-ШҒҲни ўзгартириш ҳужжати қўшилди. Бу қисмнинг ишлаши худди эски дастурдаги каби сўровномани янги ҳисобрақамга юборишга хизмат қилади, қолган барча ходимларнинг янги ҳисобрақамга ўтиб кетиши кабилари ишламайди.

Ҳужжат тасдиқланса ҳужжат санаси ой охири бўлиб қолади Бу ҳужжат бўлса, тўлов ҳужжати тузишдаям аввалги ойдаги иш ҳақи типидаги сўровномалар кўринадиган қилинди.

UzASBO NEWS RK

24 Dec, 12:13


Umumiy o'rta ta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida shtatlar jadvaliga 4 va 5-ilova hujjatlarini to'ldirish tartibi

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

24 Dec, 06:26


Umumiy o'rta ta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi ma'lum lavozimlarda xodimning ish haqini belgilash hujjatida hujjatda ko'rsatilgan toifa va xodimning toifasi o'zaro mos kelishi tekshiriladigan qilindi. Agar ular farq qilsa, "tegishli malaka toifasi topilmadi yoki hujjatda tanlangan malaka toifasiga mos emas", degan xatolik chiqadi va hujjatni tasdiqlab bo'lmaydi. Xodimning toifasini Ma'lumotlar-Tashkilot ma'lumotnomasi-Xodimlar qismida Malaka toifasi (ta'lim sifati) joyida sinxronlash tugmani bosib tortib olinadi.

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

20 Dec, 05:29


Tashkilotda rahbar o'zgarganda qayta ro'yxatdan o'tish tartibi

Bu bo'yicha avval matn shaklida ham tushuntirish berilgandi.

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

19 Dec, 11:37


Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт ва молия вазирлигининг 19.11.2024-йилдаги 25/4-3754-сон топшириғи ижроси юзасидан “UzASBO-2” ДМ бўйича ҳудудларда ўқув машғулотларини ўтказиш ГРАФИК РЕЖАСИ тасдиқланган.

Мазкур график режаси буйича Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт ва молия вазирлигидан тегишли мутахассислар ташрифи кутиляпти!

Шу муносабат билан 20-21-декабр кунлари бўлиб ўтадиган семинарга барча бюджет ташкилотлари ва бюджетдан маблағ олувчиларнинг раҳбарлари, кадрлар буйича мутахассислари ва бухгалтерия хизмати ходимлари қатнашиши талаб этилади. (Мактабгача ва мактаб таълими бўлимларининг эса фақат юқори турувчи ташкилотининг юқорида кўрсатилган ходимлари)

Семинар ўтказилиш вақти ва манзили қуйидаги маълумотда берилган.

UzASBO NEWS RK

19 Dec, 07:56


Avval amalga oshirilgan kassa xarajatlarini to'liq yoki qisman tiklash bo'yicha g'azna memorial orderlari hozirgacha g'aznachilik organlarida qo'lda o'tkazib kelinayotgandi. Bunga ortiqcha to'langan xizmat safari summasini xodimning ish haqidan ushlagan holda tiklash, xatolik tufayli boshqa hisobraqamga o'tkazilgan yoki ortiqcha to'langan turli xil to'lovlarni tiklash kabilarni misol qilish mumkin. Endilikda mazkur holatlarda ham g'azna memorial orderlarini elektron yuborish imkoniyati qo'shildi.

Buning uchun to'lov hujjatlarida Hujjat turi (g'aznachilik uchun) joyida Kassa xarajatini tiklash turi tanlansa, G'azna ID katakchasi chiqadi. Bu yerga kassa qilingan to'lov hujjatining G'azna mijoz-SHG'H ko'chirmalarining ma'lumoti qismidagi IDsi kiritiladi, agar kassani boshqa tashkilot amalga oshirgan bo'lsa, tegishli tashkilot buxgalteriyasidan mazkur ID so'rab olinadi. So'ngra to'lov hujjati elektron yuboriladi. Agar G'azna ID xato kiritilsa yoki kiritilgan IDdagi va g'azna memorial orderidagi oluvchi SHG'Hi mos kelmasa, quyidagi xatolik chiqadi: Hujjat turi (gʻaznachilik uchun) joyida Kassa xarajatini tiklash tanlangan. Bunda kassasi tiklanayotgan toʻlov hujjatining Gʻazna mijoz-SHGʻH koʻchirmalarining maʼlumoti qismidagi IDsi koʻrsatilishi kerak. Gʻazna memorial orderida tanlangan oluvchining SHGʻHi (1000...) va koʻchirma IDsi tegishli SHGʻH (4001...) bir xil boʻlishi kerak.

Dasturga shartnoma ma'lumotlarini kiritishda Majburiyat turi va Majburiyatga asos joylarida tegishli bandlar tanlanadi, yuridik majburiyatda esa bu bandlar kiritilmasdi. Endi yuridik majburiyatni kiritishda ham Majburiyatga asos joyi to'ldiriladigan bo'ldi va bunda yuridik majburiyat tuzilishiga mos keluvchi band tanlanadi.

Umumiy o'rta ta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi ma'lum lavozimlarda xodimning ish haqini belgilash hujjatida hujjatda ko'rsatilgan toifa va xodimning toifasi o'zaro mos kelishi tekshiriladigan qilindi. Agar ular farq qilsa, "tegishli malaka toifasi topilmadi yoki hujjatda tanlangan malaka toifasiga mos emas", degan xatolik chiqadi va hujjatni tasdiqlab bo'lmaydi. Xodimning toifasini Ma'lumotlar-Tashkilot ma'lumotnomasi-Xodimlar qismida Malaka toifasi (ta'lim sifati) joyida sinxronlash tugmani bosib tortib olinadi.

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

17 Dec, 07:01


Пул маблағлари тушуми ҳужжатига худди чекдаги каби тўлов топшириқномани танлайдиган қилинди.Бу худди эски дастурдаги каби ишлайди:
- тўлов ҳужжатида 131 танланган тўлов ҳужжатлари кўринади;
- тўлов топшириқнома ИДси қўйилган пул маблағлари тушуми ҳужжати тасдиқланса тегишли тўлов топшириқнома ҳам шу сана билан айланмага боради, бекор қилинса айланмадаям бекор бўлади;
- ҳисобот анализи ҳужжатидаги 8-устунда ҳам инобатга олинади;
- бир тўлов топшириқнома ИДси пул маблағлари тушуми ва чекдан биттасида кўрсатилиши керак;
- худди чекдаги каби ҳужжат ва тўлов топшириқнома суммаси мослиги текширилади.

UzASBO NEWS RK

17 Dec, 07:00


Мактабгача таълим ташкилотлари ва мактабларда шу лавозимлар бўйича тоифаларни текширадиган қилинди. Бунда ходимнинг маълумотидаги Малака тоифаси (Таълим сифати) қисмида синхронлаш тугма босилади. Агар Ходимнинг иш ҳақини белгилаш ҳужжатидаги ва ходим маълумотидаги тоифа мос келмаса, ҳужжатни тасдиқлашда хатолик беради.

UzASBO NEWS RK

12 Dec, 08:15


Асосий восита ва ТМЗларнинг беғараз (марказлашган ҳолда) олинди ва қонунчиликда назарда тутилган бошқа ҳоллар тури орқали кирим қилишда танланган контрагент бюджет ташкилоти бўлса, чиқим ҳужжатини танлаш чеклови 01.01.2025 й. дан ишлайдиган қилинди.

UzASBO NEWS RK

11 Dec, 08:15


Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinganda dasturning Hujjatlar-Kadrlar hisobi-Xodimni ishdan bo'shatish haqidagi ogohlantirish hujjatini kiritish tartibi

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

11 Dec, 06:19


БАБМларда ата-аналар толемине 70% лык имтияз киритилетугын жери косылды, тексерип коресенизлер болады!

60% лык имтиязды дастур аныклау имканияты жок екен, буны колдан тууырлайсызлар

UzASBO NEWS RK

05 Dec, 08:10


109100 (120) - Миллий валютадаги нақд пул маблағлари ва 109200 (121) - Хорижий валютадаги нақд пул маблағлари субсчётлари бўйича операцияларда харажат кодини танлайдиган қилинди. Шу вақтгача бўлган ҳужжатларни тўғрилаш учун ушбу субсчётлар билан боғлиқ барча касса кирим ва чиқим ордерларини бекор қилиб, ҳужжатнинг ичидаги қаторларни ўчириб, қайта қўшиб чиқиш керак. Барча ташкилотларга баланс ҳисоботи қайтариб берилади. Мос равишда агар айланмада ушбу субсчётларда харажат коди танланмаган бўлса, Балансни тасдиқлаш ва Ҳисобот анализини тўлдиришда қуйидагича огоҳлантириш чиқади:

109100 (120) - Миллий валютадаги нақд пул маблағлари ва 109200 (121) - Хорижий валютадаги нақд пул маблағлари субсчётларида харажат коди танлаш қўшилганлиги сабабли ҳисобот топширилаётган даврдаги барча ҳужжатларни бекор қилиб қайта тасдиқлашингиз сўралади. Қайси ҳужжатлар айланмага харажат коди танланмаган ҳолда борганини аниқлаш учун Ҳисоботлар-Ҳисоботлар-Субсчёт картаси қисмига кириш ва мазкур субсчётлар бўйича айланмаларни текшириш керак.


Ҳисобот анализидаги 9 - Нақд пул маблаги қолдиги (120) устунида ҳам суммалар автомат чиқадиган бўлди.

UzASBO NEWS RK

28 Nov, 10:14


Tabel hujjati bilan ishlash tartibiga kiritilgan o'zgarishlar

https://teletype.in/@uzasboyangiliklari/Tabel-hujjati-statusiga-kiritilgan-ozgarishlar

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

27 Nov, 17:03


Tabel hujjati bilan ishlash tartibiga kiritilgan o'zgarishlar

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

20 Nov, 05:16


https://telegra.ph/Lot-qoldigi-malumoti-olish-boyicha-yangilik-11-20-2

UzASBO NEWS RK

15 Nov, 14:46


Kadrlar bo'yicha mas'ul xodimga login ochish va tabel hujjatida ishlash tartibi

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

07 Nov, 04:09


Kadrlar bo'yicha mas'ul xodimga login ochish va tabel hujjatida ishlash tartibi

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

06 Nov, 12:11


Byudjet tashkilotlari o'rtasida moddiy qimmatliklarning o'zaro beg'araz (markazlashgan) va qonunchilikda nazarda turilgan boshqa hollarda berilishi va buning UzASBO DMda amalga oshirish tartibiga bir qancha o'zgartirishlar kiritildi. Shu haqda quyidagi havolada to'liq ma'lumot berilgan:
https://teletype.in/@uzasboyangiliklari/AV-va-TMZlarning-byudjet-tashkilotlarida-aylanishi


Shuningdek, dasturning yuqori o'ng burchagida boshqa tashkilotlar tarafidan berilgan moddiy qiymatliklar hali kirim qilinmagan bo'lsa, bildirishnoma qismi bu haqda ogohlantirib turadigan qilindi. Unga kirilsa, qaysi turdagi moddiy qiymatlik kirim qilinishi kerakligi va soni ko'rinib turadi va ustiga bosilsa dasturning hisobotlar menyusiga yangi qo'shilgan Beg'araz/markazlashgan holda olingan/berilgan moddiy qiymatlik va TMZlar qismiga o'tib ketadi. Bu yerda qaysi tashkilot qaysi sanada qancha summalik moddiy qiymatlik chiqim qilgani bo'yicha to'liq ma'lumot ko'rinib turadi.

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

29 Oct, 10:26


Xodimning ish haqini belgilash hujjatini to'ldirishda e'tibor beriladigan holatlar

https://telegra.ph/Xodimning-ish-haqini-belgilashda-etibor-beriladigan-holatlar-10-29

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

23 Oct, 05:45


Oliy ta'lim muassasalarida indeksatsiya hujjatini kiritish tartibi

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

22 Oct, 04:05


Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida indeksatsiya hujjatini kiritish tartibi

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

21 Oct, 10:58


Tibbiyot tashkilotlarida indeksatsiya kiritish tartibi

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

21 Oct, 10:36


Umumiy o'rta ta'lim maktablarida indeksatsiya hujjatini kiritish va uni tahlil qilish tartibi

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

14 Oct, 10:30


Ўзбекистон Республикаси Президентининг 12.08.2024 йилдаги ПФ-108-сон фармони билан 2024 йил 1 октябрдан бошлаб бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи миқдори 10 ва 15 фоизга оширилди. Мазкур амалиётни амалга ошириш учун дастурнинг Ҳужжатлар-Иш ҳақи ҳисоби-Индексация қисмига кирилади ва худди эски дастурда бўлгани каби ҳужжат тўлдириб, тасдиқлаб қўйилади.

Базавий ставка асосида ойлик оладиган ходимлар мавжуд баъзи ташкилотлар тегишли бўлган структура кодларида тегишли ўзгартиришлар амалга ошириляпти, шу сабабли уларда мазкур ҳужжатни тўлдиришда Сизнинг структура кодингиз учун индексация учун рухсат берилмаган хатолиги чиқиши мумкин. Тегишли структурада ўзгаришлар якунланиши билан уларда ҳам навбати билан индексацияни тўлдириш имкони очилади.

Авансни чиқариш учун индексация ҳужжати киритиш талаб этилмайди, шунингдек, аванс чиқаргандан сўнг ҳам индексация ҳужжатини яратишга ҳеч қандай чеклов қўйилмаган. Авансни индексация ҳужжати тузмасдан берган ташкилот ходимларига ойлик иш ҳақи кўтарилган миқдорда тўланиши ҳисобига ойликда кўпроқ сумма қўлига тегади.

UzASBO NEWS RK

11 Oct, 07:44


Live stream finished (16 seconds)

UzASBO NEWS RK

11 Oct, 07:43


Live stream started

UzASBO NEWS RK

11 Oct, 04:34


Saylov komissiyasi tarkibi a'zolariga kompensatsiya to'lash tartibi

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

03 Oct, 04:44


Hujjatlar-Kadrlar hisobi-Tabel (ta'lim muassasalari uchun) qismida qo'yilgan cheklovlar

3-cheklovning maqsadi: Tarifikatsiya tuzishda pedagogik soatlar ham hisobga olinadi. Lekin soatbay haq to'lashda faqat o'quv yuklamasi uchun haq to'lanadi. Shu sababli agar tabelda soatbay soatlar kiritilgan bo'lsa, uning pedagogik soati mumkin bo'lgan soatlardan chegirib tashlanadi. Misol uchun, yuqori sinfda soatlar setkasida matematika fani uchun 100 soat dars ajratilgan. Uning pedagogik soati 80 soat bo'ladi va jami 180 bo'ladi. 2-cheklov bo'yicha tabelda 180*4.3=774 soatgacha qo'yilgan soatlar bo'lsa, tabelni tasdiqlashda xatolik chiqmaydi.
Agar shu holatda tabelga 30 soat soatbay miqdor kiritilgan bo'lsa, unda uning pedagogik soati 30*0.8=24 soat bo'ladi va 774-24=750 soat bo'ladi va 3-cheklov bo'yicha tabelda 750 soatgacha ko'rsatish mumkin bo'ladi.

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

30 Sep, 04:16


Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Ped. xodimlarga ish haqi biriktirish hujjatini kiritishda qilingan o'zgarishlar

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

25 Sep, 11:20


Баркамол авлод болалар марказида ҳам ота-оналар тўлови суммаси автоматик чиқадиган қилинди. Шу сабабли қўлда киритиш имконияти олиб ташланди. Фақат шу вақтгача бўлган ҳужжатларни кўриш ва бекор қилиш имконияти турибди. Баъзи боғчалар ҳам болалар бўйича ҳисоб-китобни тўлиқ юритмай, барча суммани бир болага киритиб юрган ҳолатлар мавжуд экан. Шу сабабли ҳам Ота-оналар тўлови ҳисоби қисми ишлатилмайди энди. Сумма 5 ва 6 кунлик қатнов кунларига киритилди, Қорақалпоғистон Республикаси, Хоразм вилояти ва Навоий вилоятининг 5 та туманида 50 фоиз чегирмаям киритилди. Агар яна кимдадир имтиёз қўлланилиши керак бўлган туманлар бўлса қўшиб берилади.

UzASBO NEWS RK

20 Sep, 12:48


Debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risida ma'lumot hisobotini tuzishda e'tibor qaratiladigan jihatlar

https://telegra.ph/Debitorlik-va-kreditorlik-qarzlar-togrisida-malumot-hisobotini-tuzishda-etibor-qaratiladigan-jihatlar-09-20

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

17 Sep, 05:01


UzASBO-2'da moliyaviy hisobotlar tuzishda qilingan o'zgarishlar

https://telegra.ph/UzASBO-2da-moliyaviy-hisobotlar-07-31

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

14 Sep, 15:25


Tibbiyot tashkilotlari uchun Ma'lumotlar-Kadrlar hisobi ma'lumotlari-Shtat lavozimlarini o'zgartirish hujjati qilingandi. Shuningdek, Ma'lumotlar-Kadrlar hisobi ma'lumotlari-Shtatlar jadvaliga o'zgartirish kiritish (15-ilova) hujjati ham mavjud. Bu ikkala hujjat ham o'ziga belgilangan vazifa uchun emas, kop'roq bir lavozim bo'yicha ma'lum toifada ishlayotgan xodim o'rniga boshqa toifadagi xodim ishga qabul qilinishi kerak bo'lganda foydalanilyapti.

Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.12.2005 yildagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risida nizomda lavozimlar bo'yicha toifasiga qarab nechanchi razryad boyicha oylik hisoblanishi belgilab qo'yilgan. Yoki Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga 1-ILOVAda Xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari keltirilgan bo'lib, summalar toifalar bo'yicha ko'rsatilgan. Bu kabi lavozimlar oliy ta'lim va boshqa tizimlarda ham uchraydi.

Endilikda toifasi o'zgargani yoki bir toifadagi xodim o'rniga boshqa toifadagi xodim ishga qabul qilinayotgani uchun yuqoridagi hujjatlarni tuzish shart emas. Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Xodimning ish haqini belgilash hujjatidagi Toifasi, ma'lumot darajasi joyida tegishlisi tanlansa, tashkilot strukturasidan kelib chiqib oklad summasi avtomatik shakllanadi. Shu vaqtgacha tashkilot strukturasi, shtatlar jadvali va boshqa lavozim tanlanadigan joylarda lavozim nomiga tegishli toifa nomini ham qo'shgan holda alohida kiritilayotgandi. Mazkur holat ham to'g'rilanib, tashkilot strukturasida ham, tashkilotlardagi shu paytgacha bo'lgan barcha hujjatlardagi lavozimlar ham toifa nomlari chiqarib tashlangan holda yangilab qo'yildi. Boshqaruv menyusidagi Shtatlar jadvali bo'yicha tashkilot turi shakllanishi (Tashkilot foydalanuvchilari) qismiga kirib, tegishli hujjatning lavozim bo'limida buni tekshirib ko'rish mumkin. Mazkur qism bo'yicha bu yerda to'liq ma'lumot berilgandi.

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

10 Sep, 07:52


UzASBO-2 da chet el valyutasidagi operatsiyalar hisobi

https://telegra.ph/UzASBO-DMda-chet-el-valyutasidagi-operatsiyalar-hisobi-08-26

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

29 Aug, 07:39


Shaxsiy ushlanmalar bo'yicha to'lovlarni amalga oshirish jarayoniga kiritilgan o'zgarishlar

https://telegra.ph/Shaxsiy-ushlanmalarni-sorovnoma-va-tolov-hujjatida-korsatish-tartibi-08-29

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

16 Aug, 08:08


Асосий восита кирими ва Асосий восита қолдиғи ҳужжатлари эндиликда айланма қолиб кетмайдиган қилинди. Шу вақтгача айланмага борган ва ҳужжат холати тасдиқланмаган турганлари тасдиқлаб қўйилди, уларни бекор қилиб қайта тасдиқлаб юбориш керак.
Аввал ҳужжатни тасдиқлашда ҳар бир қатор айланмага ёзиш билан бир вақтда текшириларди ва натижада биронта қаторда хато бўлса, гоҳида бошқа қаторлар айланмага ёзилиб, қолган жойи ёзилмай қоларди ва кейинги сафар ҳужжатни тасдиқлашда айланмада бор деб айтарди. Энди ҳужжатнинг ичидаги барча қатор биринчи текшириб чиқилади ва кейин айланмага ёзиладиган қилинди.

UzASBO NEWS RK

15 Aug, 04:30


Boshqaruv menyusiga Shtatlar jadvali bo‘yicha tashkilot turi shakllanishi (foydalanuvchilar uchun) qismi qo'shildi. Bu yerdan quyidagi holatlarda xatolik nimadan yuzaga kelayotganini xulosa qilish mumkin:

- Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Xodimning ish haqini belgilash hujjatini to'ldirishda to'lov turlari chiqmasligi;

- Hujjatlar-Kadrlar hisobi-Bir martalik to‘lovlar berish to‘g‘risida buyruq yoki Doimiy to`lov turlari (xodimlar kesimida) qismida hamma to'lov turlari chiqmasligi;

- Shtatlar jadvalini to'ldirishda tashkilot strukturasi to'g'ri shakllantirilmagani yoki shtatlar jadvalidagi qatorlar summasi boshqacha hisoblab chiqarilayotgani.

https://telegra.ph/Shtatlar-jadvali-boyicha-tashkilot-turi-shakllanishi-08-13

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

07 Aug, 10:17


Davlat maqsadli jamg'armalari va boshqa byudjetdan tashqari jamg'armalar, davlat muassasalari va unitar korxonalar mablag'lariga tegishli SHG'Hlarda kassa xarajati subchyoti o'zgarganligi va mazkur holatni dasturda to'g'ri amalga oshirish tartibi

https://telegra.ph/Jamgarma-va-DUKlarga-tegishli-SHGHlarda-kassa-xarajati-subchyoti-ozgardi-08-07

@uzasboyangiliklari

UzASBO NEWS RK

01 Aug, 10:18


Debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risida ma'lumot (SHG'H kesimida) hisobotini avtomatlashtirish uchun qilingan ishlar

https://telegra.ph/Debitorlik-va-kreditorlik-qarzlar-togrisida-malumot-hisobotini-avtomatlashtirish-07-26

@uzasboyangiliklari