Utopia @utopia_faqat Channel on Telegram

Utopia

@utopia_faqat


O’lishni o’rgangan kuning yashashni ham o’rganasan 💫

! @abdumannon_off - utopian :)

Utopia (Uzbek)

Utopia - bu Telegram kanal, yashashni va o'rganishni xohlagan odamlar uchun mo'ljay. Kanalda siz abdumannon_offing qo'shimchasi bilan birgalikda o'rganishingiz mumkin. Abdumannon_off - utopian o'rganuvchi sifatida tanilgan, uning bilan birga, siz o'zingizga kerak bo'lgan bilimlarni o'rganishingiz mumkin. Utopia - bu siz uchun eng yaxshi sayt bo'lib, sizning yashayotgan kuningizni o'zaro almashish va yangiliklardan xabardor bo'lish uchun mo'ljay. Siz ham Utopia kanaliga a'zo bo'ling va hayotda o'zingizga kerak bo'lgan bilimlarni o'rganing!

Utopia

19 Feb, 10:18


Yashasang-chi, o'tmishdan arib!
Yo'l ochiq-ku, nega jilmaysan?
Baxt kelmaydi, seni axtarib,
Boriladi baxtga - bilmaysan.

Utopia

17 Feb, 03:08


Viktor Gyugo sevgi haqida shunday deydi:
"Sevgi - bu ikki tanada bir ruhning mavjudligi. Bu ikki kishini yagona farishtaga aylantiruvchi omildir”.
Sen xafa bo'lganingda, men hech kulmadim,
Sen kulsang, men ham xursand boʻlaman
Sen og'rinsang, men ko'proq og'riqni his qilaman!
Men senman, sen mensan, biz ikki tanadagi bir jonmiz.

Utopia

16 Feb, 16:37


Siz axloqingiz ila qalblarda(n) qolursiz!

Utopia

16 Feb, 15:24


Sen meni tugamagan, ammo
davom ham etmayotgan sevgimsan..💔

Utopia

16 Feb, 14:19


Nima qilsangiz ham pushaymon bo'lasiz,
Yo qilganlaringizdan,
Yo qilmaganlaringizdan.

Utopia

16 Feb, 13:18


Senden baskasini sevecek kalbim yok..))

Utopia

15 Feb, 11:18


❤️‍🩹

Utopia

14 Feb, 04:09


— Har kuni ertalab budilnik men bilan kurashadi va magʼlub boʻladi.

Utopia

13 Feb, 14:19


Agar sen faqat chiroyli narsalarni ko'rishga qodir bo'lsang, bu sening qalbing go'zalligidan dalolatdir.
Chunki dunyo har kimsa o'zining aksini ko'radigan oynaga qiyosdir...

Utopia

13 Feb, 13:18


— Millionta idish yuv - unutishadi
Bitta qozonni unut - bir umr eslatishadi...

Utopia

13 Feb, 11:16


Agar biror narsani yaxshi ko'rsangiz, uni qo'yib yuboring..
U sizniki bo'lsa qaytib keladi. Agar qaytmasa, u hech qachon sizniki bo'lmagan..

Utopia

13 Feb, 10:17


— Qizlar uchun dunyodagi eng qiyin masala kechga nima ovqat qilishni oʻylash....

Utopia

13 Feb, 06:11


Jahl otiga mingan ayol bilan soʻz talashish, boʻron koʻtarilgan paytda gazeta oʻqishga oʻxshaydi...

Utopia

12 Feb, 08:13


Baxtlilar bugun bilan yashaydilar.
Baxtsizlar esa goh o’tmishda, goh kelajakda…

Utopia

12 Feb, 05:11


Hammaning haroba bo'lgan qalbini to'suvchi bir pardasi bor..
Kimningdur tabassumi yana kimningdur sukuti..

Utopia

12 Feb, 04:09


Lug'atingda qancha so'z bo'lsa ham, ba'zan butun holatingni tushuntirish uchun ham sukutni afzal ko'rasan...

Utopia

12 Feb, 03:08


Og'riqlar bir xil, yagona farq vaqtda, kimdirlar oldin, kimdirlar esa keyin ayni shu og'riqlarda yashashadi…

Utopia

12 Feb, 02:07


Bilasizmi qay darajada barchasiga ko'nikib qolganimni..؟
Yuqotganlarimga qayg'urib, yig'lash o'rniga hayrlisi emas ekan deydigan darajada..)

Utopia

10 Feb, 12:19


meni unutma, senga sevishni men o'rgatdim.

Utopia

09 Feb, 16:24


yig'lash uchun ko'zdan yosh chiqishi shart emas ekan, gohi)

Utopia

09 Feb, 15:23


Agar kimgadir tuxmat qilish orqali qalbini yaralagan bo'lsang..
Shuni unutma sen ham o'sha azobni tortmaguningcha o'lmaysan..

Utopia

09 Feb, 14:19


Ko’p bora amin bo’lgan narsam, agar Alloh o’zini tanitmaganida men allaqachon bu hayotga taslim bo’lgan bo’lardim.

Utopia

07 Feb, 11:16


Men Xudbinman, istaklarim ham.
Menikilar - menga bo'lishsin.
Meni demas, menikimaslar
Mendan nari o'ynab-kulishsin.
Men xudbinman, men sevgan inson:
Mensiz nafas ololmay qolsin.
Yo'qligimdan qulasa osmon
Borligimdan quvonchga to'lsin.
Nigohiga sig'masin o'zga,
Mehrin menga bersin bus-butun.
Shiringina jonidan kechsin
Bittagina qarashim uchun.
Yuzlarimni tilasin oydan,
So'zlarimsiz tatimasin bol.
Mensiz bir kun yashay oldimi?
Ana eshik, ketsin, bemalol.

Utopia

07 Feb, 08:13


— Hey bolakay, to‘xta isming nima? Bosh harfini ayt o‘zim taxmin qilib ko‘raman.
— "Y"
— Yodgor
— Yo‘q
— Yahyobek
— Yo‘q
— Unda kim?
— Yustam.

Utopia

07 Feb, 07:13


Ayollarning "Bolalarimni erimdan ko'ra ko'proq yaxshi ko'raman!" degan gaplariga ishonmang!
Ular bolalarini dugonasinikiga tashlab ketishi mumkin, lekin erini emas!

Utopia

07 Feb, 06:12


Haqiqatni odamlarga qanday tushuntirishga harakat qilsangiz ham, ular baribir o’zlari ishonishni xohlagan narsalariga ishonishadi...

Utopia

07 Feb, 05:11


Yurtimizda o‘tkazilayotgan islohotlar va Yurtboshimiz imzolayotgan farmonlar natijasi o‘laroq, mutasaddilarning xalq manfaatlari uchun kurashishlari va yoshlarning bandligiga ko‘maklashishlari o‘z samarasini bergan holda, yuksak faxr va iftixor ila shuni ayta olamanki, bugun avtobusda o‘tirib keldim.

Utopia

06 Feb, 15:24


Har kimni va hamma narsani bilishga harakat qilavermang..
Shunday insonlar va shunday narsalar borki, ularni bilmaslikning o‘zi rohat..)

Utopia

05 Feb, 13:18


Hech qachon qo'llarimni qo'yib yuborma, hatto kaftlar bir birini kuydursa ham...

Utopia

05 Feb, 12:18


Kim bilan aloqani uzgan bo’lsak, o’zingiz shunga loyiq edingiz…
Biz o’zgarmadik, sizni yaxshiroq tanidik.

Utopia

05 Feb, 11:19


Seni qalban tushunadigan inson bilan soatlab suhbatlashsang ham, sira gaplaring tugamaydi…

Utopia

05 Feb, 04:09


bugun tushimda ko'ribman seni...
o'zimga kelishim bilan aytib beraman xopmi? :)

Utopia

04 Feb, 14:19


Hayotda hech qachon hech kimni ayblamang. Yaxshi odamlar sizga baxt beradi, eng yomon odamlar esa saboq beradi.
Va eng yaxshi odamlar sizga xotiralar beradi!

Utopia

04 Feb, 07:13


Harakat faqat bir taraflama bo'lmasligi kerak, qayerda ko'rgansiz bir qanoti bilan uchadigan qushni?)

Utopia

04 Feb, 06:11


Bir-birini tushunish bir xil tilda soʻzlashish emas...
Bir-birini tushunish bir xil tuygʻuni his etishdir..)

Utopia

03 Feb, 09:14


Ona uyga kelsa, o‘g‘lining kundaligi burchakda tik turgan ekan. Hayron bo‘lib so‘rabdi:
— O‘g‘lim, nega kundaliging u yerda turibdi?
O‘g‘li:
— Bugun u “2” baho oldi. Shunga jazolayapman, - dermish.

Utopia

03 Feb, 04:09


Almashib turish fasllarga yarashadi, ko'ngillarga emas…

Utopia

03 Feb, 03:08


Qalbingizga qarshi kurashish, dushmaningiz bilan kurashishdan qiyinroqdir...

Utopia

01 Feb, 18:23


Odamlarga har doim ham maslahat kerak emas
Ba'zida yordam beruvchi qo'l
Tinglovchi quloq va tushunuvchi qalb kerak...

Utopia

01 Feb, 16:25


Seni rostdan yaxshi ko'radigan kishi seni tark etishiga yuzta sabab bo'lsa, ham, aslo seni tark etmaydi. Usha chog'da seni yoningda qolish uchun bitta bo'lsa ham sabab topadi…

Utopia

01 Feb, 03:08


Dunyo seni tuygʻularingga tupurgan unga sening natijalaring muhim.
Bizni institut ikkovigayam tupurgan unga faqat sening davomating va kontrakting muhim.

Utopia

31 Jan, 12:18


Bola qizning orqasidan yugurmoqda:
- Hoy qiz, hoy qiz...
- Ha tinchlikmi?
- Kechirasiz, mobodo avtobusda sizning zontigingiz qolib ketmadimi?
- Voy, ha unitibmanku...
- Unda yugiring avtobusning orqasidan, hali uzoqga ketgani yo'q..

Utopia

29 Jan, 16:21


u kabi hech kim sevilmadi
.
.
.
.
sevilmaydi ham)

Utopia

29 Jan, 10:18


ayolning eng go'zal husni, sevgan insoniga ochgan qalbidir...

Utopia

29 Jan, 09:14


sevish uchun shartli ravishda yonida bo'lishingga hojat yo'q. unga yonida ekaningni his ettirsang yetarli...

Utopia

27 Jan, 17:26


Agar ayol kishi diniy bilimga ega bo’lmasa, erini bezor qiladi..
Farzandlarini tarbiyasini buzadi ummatni halok qiladi.

Utopia

27 Jan, 16:24


Farosat bo’lmasa ham qiyin. Yo’q sen xavotir olma, senga qiyin emas.)
Atrofingdagilarga qiyin.

Utopia

27 Jan, 15:24


Men qadirlashni juda yaxshi bilaman..
Shunchaki senda qadirlashga arzigulik hech narsa yo'q..

Utopia

26 Jan, 17:23


Haqiqatni odamlarga qanday tushuntirishga harakat qilsangiz ham, ular baribir o’zlari ishonishni xohlagan narsalariga ishonishadi...

Utopia

26 Jan, 16:24


Men yolgʻizman..
shuning uchun hammadan kuchliroq koʻrinishga harakat qilaman…

Utopia

26 Jan, 15:24


Bizdan ketgan insonlarni, bizni hayotimizdan ketgan insonlarni g'oyibona duo qilaveramiz..
Sababi qalbimizga Alloh kirgizgan ularni, biz chiqara olmaymiz..(

Utopia

26 Jan, 14:19


Insonlardan uzoq bo'lishligimiz, ularni yomon ko'rishimizni anglatmaydi.
Uzlat charchagan qalblar uchun vatandir...

Utopia

26 Jan, 13:18


Yangi odamlar bilan eski yo‘ldan yurguncha, eski odamlar bilan yangi yo‘ldan yurish afzalroq…

Utopia

25 Jan, 14:19


birov bilan oson bo'lgandan ko'ra,
sen bilan qiyn bo'lganini afzal ko'raman.

Utopia

24 Jan, 13:19


uni boshqasi bilan baxtli ekanini tomosha qilishga majburlaydi hayot seni...

balki shunday bo'lishi kerakdir. balki dard senga nimadir taqdim etar. sen esa u qoldirgan baxt bilan qanoatlanishni o'rganasan. chunki, qo'lingdan boshqa hech narsa kelmaydi. sezmaysan, ammo olaming o'zgaradi. o'zgartirgan ichki olamingdagi orzularingni qora qutidan chiqar endi. o'zingni yaralashni bas qil. bu safar uni sog'inganingni emas, kuchliroq bo'lganingni aytib hayqir hammaga!

Utopia

24 Jan, 12:19


sen go'dakni aldayapman deb o'ylayapsanmi? hech bir shubhasiz, har "unutib bo'ldim" jumlasining ortida, kelaqol endi, qattiq sog'indim" jumlasi yashiringan bo'ladi.

Utopia

24 Jan, 11:18


ketganlar va qolganlar...

ba'zilar ketadi, ularning ortida qolganlar esa ko'nikishga majbur bo'ladi. buni hayot deydilar, ketgan ortida hech narsa qoldirmaydi. seni o'tirib, bir necha soatlab yig'lashingga sabab bo'lgan narsalar biroz muddatdan so'ng tragikomediya¹ holiga kelishi mumkin.
ko'nikasiz, iforiga o'rganib, yoningizdan o'tgan har bir insonning iforini uning iforiga o'xshatasiz, mana shunday paytlar ham bo'lib turadi ba'zan. masalan, ovozni olaylik, boshqasini ovozida ham uni izlaysiz. birgalikda tinglagan qo'shiqlaringiz tomosha qilgan filmlaringiz, birgalikda qadam tashlagan har joyingiz... balki ismini eshitish ham yurak urishingga ta'sir qiladi. vatq o'tgani sari ko'nikasan. unitishing haqida gap bo'lishi mumkin emas. ammo kamida dardingni tinchlantirasan. bitayotgan yaralaringni jonigga azob bermay qo'yadi. atforingdagilarda unutganingdrk taasurotlar qoldirasan.
sen kimni aldamoqchisan o'zi?
unutish shu qadar osinmi?
ayniqsa, iforidan bahra olgancha o'pib, iforini borlig'ingga sindirgan bo'lsang...

¹ tragikomediya - o'zida tragediya va komediyaga xos xususiyatlarni mujassamlashtirgan dramatik janr.

Utopia

23 Jan, 17:32


Ba'zan dardlashmoqchi bo'lgan insoning seni tushunmasa-da, uni yonida o'zingni hotirjam his qilasan...

Utopia

23 Jan, 13:18


Har qanday e’tibordan qochib yana va yana senga qaytaman. Va doim sen bilan hotirjam bo'laman…

Utopia

23 Jan, 12:17


– Dunyoda faqat Pavel Durovning onasi shunday desa kerak: "Oʻgʻlim, boshqa ishlarni qoʻyib, Telegramga diqqatingni qarat!"

Utopia

23 Jan, 11:18


Vaqt kutganlar uchun sekin, qo‘rqqanlar uchun tez o‘tsa, qayg‘uga botganlar uchun juda uzoq tuyiladi. U shod-xurramlar uchun juda qisqadek ko‘rinsa, oshiq qalblar uchun esa mangudek go‘yo…

Utopia

23 Jan, 10:18


tan oling:

qancha yomonlik qilsa ham, yaxshi ko'raveradigan odamlaringiz bor...

Utopia

23 Jan, 09:14


bahorni sogʻindim.

Utopia

22 Jan, 09:14


Janjallashyapmanmi?
Demak men uchun ahamiyatlisan.
Jim bo'lib qolsam havotirlan...
Chunki men arzimas deb hisoblagan insonlarimdan, hatto so'zlarimni ham qizg'onaman.

Utopia

20 Jan, 17:32


Yaxshi bo'lganimiz uchun bizni yaxshi ko'rishadi deb o'ylaymiz, aslida esa ular yaxshi bo'lganliklari uchun bizni yaxshi ko'rishlarini anglamaymiz…

Utopia

20 Jan, 16:25


G'alati aa..
Yillar o'tib, umr bo'yi sening borligingdan habari bo'lmagan bir insonga..
Butun hayotingni hikoya qilib berishni istaysan...

Utopia

20 Jan, 15:24


Kelib ketguvchi insonlarga ahamiyat bermang, hayotda hech kim yoningizda abadiy qolmaydi..

Utopia

20 Jan, 14:19


Bir insonni taniyman deb oʻylaysiz, ammo, u shunday ish qiladiki, hech qachon tanimaganingizni anglaysiz..

Utopia

19 Jan, 05:11


Bugun xonamda yotiiib, o'ylab qoldim. Shuncha yashab, vatanga, jamiyatga, hech bo'lmasa yaqinlarimga foydasi tegadigan birorta ish qilmabman. O'zimdan o'zim jahlim chiqdi. Ertadan boshlab butunlay o'zgarishga ahd qildim. Keyin qarasam telefonimni zaryadi to'libdi, hayol surishni to'xtatdim...

Utopia

18 Jan, 11:18


Qaysidir amaki "Kimni oʻgʻlisan?" deb soʻraganda, dadamni ismini aytib oxiriga "aka"ni qoʻshaymi-
qoʻshmaymi deb doim ikkilanib qolaman...

Utopia

18 Jan, 10:18


Ishq - yarim sabrdir!
Bir yarani sevmoqdir va u yaradan zavq olmoqdir...

Utopia

18 Jan, 08:13


Iltimos, mehribonroq bo'ling.

Bugun kimdir siz sababli ovqat yemay qo'yishiga, siz sababli suhbatlarga qo'shilmay mahzun o'tirishiga, siz sababli yaqinlariga achchiq gapirib qo'yishiga - sabab bo'lmang! 

Ishoning, ular buni abadiy eslab qolishadi.

Utopia

18 Jan, 05:11


Oyimning aytishicha, Los Angeles shahri yonib ketganiga sabab mening koʻp telefon koʻrayotganim ekan

Utopia

18 Jan, 04:09


Sen uchun yozilgan narsa adashib boshqaga ketib qomidi..
Boshqalarga yozilgan narsa adashib senga keb qomidi..

Shunday ekan hotirjam bo'l..!

Utopia

18 Jan, 03:08


Sevganingiz bormi? deb so'rashsa, xayoliga doim bir inson keladigan ammo yo'q deya javob beradigan insonlar orasida biz ham bormiz...

Utopia

15 Jan, 17:22


Doim bo‘lajak "u"yimdan talab qiladigan narsalarim, injiqliklarimni ko‘tarishi kabi talablarni qo‘yishim, meni to‘liq taьminlashi xaqidagi fikrlarimni bir chetga muallaq surib,
....birinchi navbatda o‘zim uni oldidagi vazifarimni, majburiyatlarimni to‘liq bajara olamanmi o‘zi? Uni baxtni qila olamanmi shu xolimda degan savollarni qo‘yib o‘z ustimda ishlashim joiz bo‘ladi deb o‘ydab qoldim...

Binobarin, bir kishi aytgandi, "doim meni baxtli qilishsin deb emas men xam kimnidir baxtli qilay deb xarakat qilish kerak"

Utopia

15 Jan, 16:23


hayotingdan ketgan hech kim uchun siqilma, hech kim jon kuydurishinga arzimaydi , shunchaki hammasini Allohga topshirib qo‘yish kerak. hammasini vaqt ko‘rsatadi kim harakatlaringga arzishini va kim hatto kiprik qoqishingayam arzimasligini.

mrn shunchaki hamma e'tiborni o‘zimga qaratyapman, yangi kitoblar sotib oldim, ovqatlanish ratsionimni tuzib oldim, kunimni rejalashtirdim, yangi tillar o‘rgandim, shunchaki butun boshli kunimni, qandaydir kimnidir meni hayotimda yo'qligi va hayotimdan ketganligini o‘ylab siqilib o‘tirishga ketgazganim yo'q , shunchaki hammasiga tupurib qo‘yib, o‘zimni rivojlantirishga, dunyo qarashim, fikrlash doiramni o‘stirishga , kelajakda yaxshi yashashga qaratdim , hammasi shu… hayotimda kimnidir yo'qligi bilan hayotim to‘xtab qolmaydi , ketgan bo‘lsa o‘rnini boshqalarga bo‘shatib berdi, undanda yaxshirog‘iga...📝

Utopia

15 Jan, 14:19


ba’zan siz odamlarni hatto sezmasdan qo‘yib yuborasiz. har kuni ular haqida o‘ylashni to‘xtatasiz. siz ularning xabarlarini kutishni to‘xtatasiz. endi ularga hayotingizda juda ko‘p joy egallashlariga ruxsat bermaysiz. siz kelgan joyingizdan davom etasiz ular haqida qayg‘urmasdan kuningizni o‘tkazasiz. siz ulardan uzr so‘rab qaytishlarini kutishni to‘xtatasiz. ular endi hayotingizning bir qismi emasligini qabul qilasiz. siz ularni qo‘yib yuborasiz, shunchalik oddiy va so‘ngida ularsiz sizga ancha yaxshi ekanligini tushunib yetasiz. 🦋

Utopia

15 Jan, 13:18


u juda injiq edi , u meni asabiylashtirish uchun xamma narsa qilardi , u bilan xarakterimiz bir biriga to‘g‘ri kelmasdi lekin men unga muxtoj edim , u bilan o‘zimni yaxshi xis qilardim , shu sabab xam uni shunchaki tashlab ketolmasdim , balki xaqiqiy sevgi xam shu bo‘lsa kerak… eng og‘ir damlarda xam birga bo‘lish , eng tushunarsiz vaziyatlarda xam bir birini tashlab ketmaslik. 🩶

Utopia

15 Jan, 12:18


meni butun qalbi bilan, har tomonlama meni qo‘llab-quvvatlaydigan odamni xohlayman. agar men unga o‘zimni yomon his qilayotganimni yoki og‘ir kun o‘tkazganimni va juda charchaganimni aytsam, u meni quchoqlaydi va  ko‘nglimni ko‘taradi . menga o‘zimni butun qalbim bilan bag‘ishlay oladigan va muammolarim haqida bemalol gapira oladigan odam kerak , men bu odamga hamma narsada yordam berishni va qo‘llab-quvvatlashni xohlayman. sevmoq va evaziga sevilmoq. 💕

Utopia

15 Jan, 05:11


sevaman diyishga uyalasanmi ?
unda issiqroq kiyin de , seni ehtiyot qilaman de , seni ko‘rgim kelyapti de , ovozingni sog‘indim de , bugun boshqachasan de , ko‘zlarimga boq , meni quchoqlab menga keraksan de , menga muxim inson ekanligimni xis qildir ,chunki seni so‘zing men uchun davo...

Utopia

14 Jan, 03:08


Har birimizning qalbimizda bir ustoz borki, agar biz uning gapiga quloq tutsak, u bizga har qanday begonadan ko'ra yaxshiroq yo'l ko'rsatadi

Utopia

13 Jan, 16:24


…men his-tuyg'ularimni qanday qilib to'g'ri ifodalash, ichimdagi hamma narsani etkazishi mumkin bo'lgan so'zlarni qanday tanlash haqida uzoq vaqt o'yladim. garchi bu maktubni yozish men uchun oson bo‘lmasa-da, bu ikkimiz uchun ham yaxshi ekanini bilaman.

siz mening hayotimdagi eng qimmatli insonimsiz. sizning tabassumingiz, ko'zlaringiz, so'zlaringiz men uchun doimo iliqlik va quvonch manbai bo'lib kelgan. siz menga juda ko'p baxtli onlarni berdingiz, men ularni qalbimda asrab qolaman.

ammo ba'zida sevgi u erda bo'lishdan ko'ra ko'proq narsani anglatadi. bu, shuningdek, boshqa odam uchun yaxshiroq bo'lishini tushunganingizda, qo'yib yuborish qobiliyatidir. siz mendan kelib chiqishi mumkin bo'lgan hech qanday shubhalar, tashvishlar yoki og'riqlarsiz baxtli, chinakam baxtli bo'lishga loyiqsiz.

biz endi birga bo'lmaymiz, deb o'ylash meni ranjitadi, lekin men sizni oldinda yorug' yo'l borligiga ishonaman. hayotingiz quvonch, uyg'unlik va yuragingizni tezlashtiradigan daqiqalarga to'la bo'lsin.

o'rtamizda sodir bo'lgan hamma narsa uchun rahmat. har bir lahza uchun, har bir tabassum uchun, hayotimning bir qismi bo'lgani uchun. siz har doim mening qalbimda alohida o'rin egallaysiz.

o’zingizga g'amxo'rlik qiling, baxtli bo'ling va bilingki, men sizga har doim faqat eng yaxshi narsalarni tilayman, hatto uzoqdan ham.

sevgi va minnatdorchilik bilan…

Utopia

13 Jan, 14:19


O‘g‘li matematika fanidan "2" baho olib kelibdi.⠀
Ota:⠀
— Nega "2" olding?⠀
O‘g‘il:⠀
— Ustozim 2+3 nechi bo‘ladi dedilar. Men 5 dedim.⠀
Ota:⠀
— Xo‘sh?⠀
O‘g‘il:⠀
— 3+2 nechi deb yana so‘radilar.⠀
Ota:⠀
— Tentak. Ahmoq. Esing joyidami? Ikkalasi ham bir xil-ku!⠀
O‘g‘il:⠀
— Men ham unga huddi shu
so‘zlarni aytdim-da :(

Utopia

13 Jan, 10:18


vaholangki, ikkimizga yetadigan darajada sevgandim. yetmadi, shundaymi? hattoki bu yetmadi senga.
men ikki kishining o’rniga sevsam ham, sen bu bilan qanoatlana olmading.
nima qilsang qil, sendan keta olmadim. bundan ko'p foydalanding. eng zaif nuqtam - senga bo'lgan hislarimdan.
sodir bo'lgan shuncha hodisalarga qaramay, sevishda davom etib, ahmoqlik qilgan menman. ammo endi ikki kishining o'rniga sevmayman. ishon, juda qiynalyapman. qaqinda bu ham o’z nihoyasiga yetadi, tashvishlanma.
sendan nafratlana olamanmi, bilmayman. yoki sendan kuchli nafratlanaman, yoki vijdonim bu sevgini nafratga aylantirishimga yo’l qo’ymaydi.
mening bu qadar ranjiganimni ko’rgan har bir inson:
"unut!", - deydi. vaholangki, men hatto bu bilan umid qila oldim. sen esa, senga bag'ishlagan sevgim ila qanoatlanishni uddalay olmading.
gar masala senga taqalsa, bir yo’lini topar, bahona uydirib, sevaverardim. sen bu qalbga fevral oyida bahor olib kirgan inson eding. men endi sukut saqlayapman. Ichimda baqira-baqira.
voz kechganimdan emas, sevganimdan...
seni ilk safargi kabi his etishni sog'indim.
sog'indim.
sakkizta harf, minglarcha his...

Utopia

13 Jan, 08:13


uyga qaytish uchun bekatda kutayotganingda, avtobusgacha kuzatish bahonasi kelib, oqshom payti minus daraja sovuqda seni yolg’iz tashlab qo’ymagan bo’lsam, o’z qo’llarimni his etsam ham sening qo’llaringni olib, paltomning cho’ntagida isitishga harakat qilgan bo’lsam…
sen menga allaqachon tayyor bo’lishing kerak edi, zero men bularni meni sevmaydigan ayol uchun qilyapman. ya’ni, sen uchun.

sen tomondan sevilmagan inson kamchiliklaringni ko’rib, seni takomillashittirishga urinyapti. sen ham zahmat cheksang-da, sevishga urinib ko’r, imkonsiz emas, axir.

Utopia

13 Jan, 07:12


seni sevaman. “ishq qorin to’yarmidi”, - deysiz, ammo hayot oshqozondan iborat emas-ku…

bu so’zlarni aytayotgan bo’lsam, seni haqiqatdan sevganim uchundir. menga qanchalik: “tayyor emasman” - desang ham, seni sevishimni his etishing lozim. men seni his etganim kabi.
sendan ko’p narsa kutmayman, faqat sevgimga loyiq inson o’laroq qol, taniganimdek qol, sevganimdek qol… doim meniki bo’l.
bir qancha vaqt o’tgach: “shuncha payt shu insonni sevdimmi?” - deyishga majbur qilma meni. armonni ham sendan ko’rmay. armonlarimning to’plami ko’p. kirma u yerga, u yer juda tirband. keyin seni topa olmay qolaman….

Utopia

08 Jan, 04:09


It is my birthday. 🥳🫰🏻

Utopia

07 Jan, 10:14


bugun doimgidek yana bir kun o‘tmoqda. odatdagidek kun. lekin, go‘yo hammasi odatdagidek kun kabi, kundan kunga yomonlashyotgandek. hammasi juda yomon bo‘lib ketayotgandek. sababi aynan nima bilmayman. lekin, munosabatlar. hislar. sevgi. hammasi yaxshi tarafga borish o‘rniga yomon tarafga og‘ayotgandek. xuddiki o‘z faoliyatini tugatishni istagan futbolchidek, xuddi qarib pensiyaga chiqayotgan muallim kabi.
erkalashga zor bo'lib ketayotgandek. juda mujmallik. men uni sog'ingandekman. ya'ni eski uni. menga mushuk kabi multillab qarab turgan ojiza ko'zlarini sog'ingandekman.

men uni sog'indim, eski uni sog'indim...✉️

Utopia

07 Jan, 08:13


Qiz bola boʻlib tugʻilish, yashash, ba’zan koʻnikish, ba’zan moslashib, keyin qachon chidab yashashga oʻrganib qolganingizni bilmay qolib hayron qolib yashash — bilaman oson emas. Lekin, qalbingizni ehtiyot qiling. Oʻzingizdan boshqa hech kim va hech narsa qalbingizni nurga toʻldirolmaydi. Kimdir nurga toʻldirayotgan boʻlsa siz oʻzingiz shu odamga yoʻl berganingiz uchun, siz Xudoga borgan boʻlsangiz Xudoni qalbingiz xohlab sogʻinganingiz uchun, qalbingizni unga ochishni xohlaganingiz uchun. Qalbingizni ehtiyot qiling. Siz oʻzingiz javobgarsiz. ✉️

Utopia

06 Jan, 14:19


Har safar ichki ko'zguyimga boqar ekanman, tashqi ko'zguyim qanchalik yolg'onchiligini shunchalik ko'p tushunib yetaman...

Utopia

06 Jan, 03:08


Kimdir seni yo'l oxirida kutib tursa bu sabr, kimdir sen bilan birga hammasini yengib o'tsa bu sevgi...
Farqini angla!

Utopia

05 Jan, 14:19


Agar Alloh sizdan yo'qotishni kutmagan narsangizni olib qo'ysa, u holda siz kutmagan narsangizni beradi...)

Utopia

05 Jan, 11:16


Xarob kulbada jufti xaloli bilan shodon yashayotgan ayol, xashamatli qasrda yigʻlab yashayotgan ayoldan baxtlidir..

Utopia

05 Jan, 08:13


har doim ham "men sizni sevaman" deyilmaydi.

ba'zan:
o'zingizni ehtiyot qiling.
ovqatlandingizmi?
uyga kelganingizda menga qo'ng'iroq qiling.
qalinroq kiyinib yuring.

shunday va shunga o'xshash so'zlar inson uchun "yangi balans" beradi. 💓

Utopia

04 Jan, 11:18


sevsangiz, hech qanday manfatlarsiz seving. nafsingiz bilan emas, qalbingiz bilan seving. uni boricha qabul qilib, kamchiliklari, xatolari bilan, halol va pok seving. shunday sevingki, sevilgan inson sevgingizdan ozor ko'rmasin. aksincha, siz tufayli, sizning sevgingiz tufayli o'sha inson o'zini sevsin, hayotni sevsin. baxt nimaligini his qilsin. vaqtinchalik ko'ngil xushlik, vaqtinchalik rohat uchun sevmang. o'z nafsingiz, moddiy yoki ma'naviy manfatingiz yo'lida sevgidan foydalanmang. jirkanch ishlaringiz uchun sevgi degan muqaddas tuyg'uni bulg'amang...🎀

Utopia

04 Jan, 10:17


sendan ketgan inson uchun kuyunma.
senga oxshaganini topolmagach, u baribir, bir kun seni izlab keladi. hatto uzur soraydi. senga maslahatim, sendan yuz o'girgan insonni kuzatishni bas qil. agar u chindan sevganda, qadirlaganda, seni yolg'iz, yig'lab yig'lab qolishinga yo'l qoymagan bolar edi. sen, senga qayg'urgan, har qanday janjaldan keyin ham. sen menga keraksan deya oladiganini tanla. shunda sen haqiyqiy bahtga erishasan...🌷

Utopia

03 Jan, 15:26


Hozir gaplashib yurgan qizimdan qanday qilib qutulishni oʻylab yurgandim. Keyin uning saxri borligini bilib qoldim. Endi unga har kuni shokolad olib beryapman, bir kilodan..

Utopia

03 Jan, 03:08


Meni shunchaki sevma
— Mehr ber
— Erkala
— Rashk qil
— Aybim bo'lsa kechir
— Meni borimcha qabul qil
— Sen menga kerak deb ayt ... )

Utopia

02 Jan, 18:23


Sevaman - kabi eshitiluvchi so'zlar:

-havotirlanma, yoningdaman;
-istasang sotib olamiz;
-sen betakrorsan;
-sendan havotirlandim;
-seni Sog'indim;
-bugun yanada chiroylisan;
-seni kutish yoqimli;
-sening borliging baxt...

Utopia

02 Jan, 14:19


Yagona Xudo bir bandasiga umrni omonat qilib bergan. Ana shu yagonagina umrini kimdir senga bagʻishlagan. Sen kimgadir bagʻishlagansan. Buni qalban va ruhan hurmat qilgan holda, albatta koʻz qorasidek ehtiyot qilish kerak. Uningsiz Xudo bergan umrni qanday koʻrasan?! Mas’uliyatning shirin va oʻz oʻrnida qiyinligi shuki, oʻsha umrni goʻzal qilish yoki rangsiz qilish aynan har birimizning qoʻlimizda. Ehtiyot qilaylik.

Utopia

02 Jan, 11:16


- meni qachongacha sevasiz?
- 224
- kunmi? juda ozmi?


224 - today, tomorrow, forever!

Utopia

01 Jan, 15:21


Va ba'zan qochib ketking keladi, insonlardan insonlarga...

Utopia

01 Jan, 14:19


- Dadajon bitta quchoqlay?
- Pulim qolmadi. Hozir onang quchoqlab ketdi..

Utopia

01 Jan, 13:18


Judayam zerikib ketgan boʻlsangiz begona nomerga telefon qilib, "Shef, aytgan odamingizni oʻldirdik, qayerga koʻmaylik" deb aytib koʻring.

Utopia

01 Jan, 12:19


Hamma kelib ketadi lekin ularga hech ham o'xshamas U.

Utopia

31 Dec, 19:12


Balkim... bundan keyingi yil aynan shu kunda

Utopia

31 Dec, 14:19


2024-yilda menga hadiya sen bo’lding. :)

Utopia

31 Dec, 13:18


o’zimga bir kichik va’da beraman. agar u 31.12.2024 “23:59:59” gacha menga yozmasa yoki qo’ng’iroq qilmasa uni shu yilda qoldiraman.

Utopia

30 Dec, 14:19


Baxtli bo‘lishga haqqim bor. Shunchaki, kelajakda butun umr kimgadir havas qilib yashashni xohlamayman. Instagramda kimlarnidir baxtli kunlarini ko‘rib, umrim ularga layk bosish bilan o‘tib ketishini istamayman. Meni o‘z baxtim bo‘ladi. Hayolimga kelganda xursand bo‘ladigan va hech qachon afsus qilmaydigan. Storieslarim u bergan gullar bilan to‘la bo‘ladi. U bilan shunchaki baxtli bo‘lamiz...

Utopia

30 Dec, 06:11


sen bilan fonus uchirishni xohlardim. 🥹

Utopia

29 Dec, 11:16


Endi bilamanki, odam ulug' ishlarga qodir ekan. Lekin shu bilan birga ulug' tuyg'ularga ham qodir bo'lmasa men uni yo'q hisoblayman…

Utopia

29 Dec, 07:12


Ammo meni yo‘qotdingiz. Men endi o‘zim istasam ham topilmayman. Kechagi nurli nigohim, intilishim endi yo‘q. Nega faqat o‘zgarganligimdan noliysiz? Tirik jonning majburiyati ham aslida shu emasmi? Bir yil ortdagi suratimizdan qancha o‘zgarib ketdik, qarang ortga... Nega endi faqat mening o‘zgarganligim muhokamangiz mavzusi? Shu o‘zgarishga majburdirman balki? Balki shu o‘zgarishlarning sababidan so‘rash kerakdir... O‘zingizdan mening o‘zgarganimga nima sabab bo‘lgani haqida so‘radingizmi? O‘zgarishimni siz o‘zingizdan so‘rang! Men esa baribir o‘zimni o‘zgarmagan deb hisoblayman...

Utopia

29 Dec, 04:09


Har qanday e’tibordan qochib yana va yana senga qaytaman. Va doim sen bilan hotirjam bo'laman…

Utopia

28 Dec, 20:01


sevgi tanishish emas, 24/7 gaplashish ham emas, birga yotish sevgi emas, sms yozish sevgi emas.
sevgi - bu kimdir sizning xunuk joyingizni, qo'pol harakteringizni ko'rib, haligacha yoningizda qolishi, kimdir siz uchun qiyin bo'lgan ishlarni bajarish uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi. ko'zlaringizdan hamma narsani o'qiy olishi, sizni kulishingiz uchun hamma narsa qilishi.
Agar u sizda faqat  yomonlikni ko'rsa ham, sizdagi bitta yaxshilik bilan yoningizda qolishi. Sizni nafaqat birga bo'lganingizda, balki yoningizda bo'lmaganida ham o'ylashidir. Mana shu sevgi...

Utopia

28 Dec, 18:23


Baʼzan shunday kunlarim bo'ladi, hech qanday sababsiz o'zimni ahmoqdek his qilaman va kimdir mendan nima bo'lganini so'rasa, nima deyishni bilmay qolaman, keyin esa tomog'imda yig'lamoqchi bo'lgandek tuyg'u paydo bo'ladi va yig'lolmayman...

Utopia

28 Dec, 17:22


Urinmang…
Kerak bo'lganda o'zi qaytadi. Inson xotirasi nozik foto plyonkaga o'xshagan narsa, biz doim undan keraksiz xotiralarni o'chirishga intilamiz..

Utopia

28 Dec, 16:21


Boshni-ku bir amallab yostiqqa qo'yib olarmiz. Qalbni qo'ygani joy topilmayabdi...

Utopia

27 Dec, 16:21


O'zimni insonlarga tushuntirishga harakat qilmayotganimga ham ko'p vaqtlar bo'ldi…
Ha siz haqsiz, deya yo’limda davom etadigan darajaga kelib qolganman…

Utopia

27 Dec, 08:13


Bir kun keladi:

Har Juma senga gul va kitob ko’tarib uyga qaytaman)

Utopia

27 Dec, 07:12


shu yilning so’nggi jumasidaman. seni duo qilaman)
yil bo’yi har jumada seni duo qilib chiqdim. 🤍

Utopia

26 Dec, 18:23


🗣 - sevgidan nafratga bir qadam bor.

- yo'q, sevgidan nafratga qadar ko'p uyqusiz tunlar, tushunarsiz tushunmovchiliklar, ko'p bor uni yo'qotishni xohlamasligingizni aytish. tunda buzilgan uyqular, tushlar va ko'z yoshlar. sevgidan nafratga qadar ko'p aytilmagan va eshitilmagan so'zlar bor...

Utopia

26 Dec, 13:18


Va so'ngida barini vaqt ixtiyoriga tashlab qo'ygan insonni emas, men uchun harakat qilgan insonni tanlayman...

Utopia

26 Dec, 11:16


Insonlar bilan juda ham ko'p suxbatlashish tarafdori emasman. Istaklarim kamayib borgani sayin, yolg'izlik yanada jozibali ko'rinyabdi...

Utopia

25 Dec, 16:21


-Sevish bilan yaxshi ko'rib qolish orasidagi farqni bilasanmi Vinni ?
-Yoq Puchuqvoy, o'zing tushuntir.
-Agar bir gulni yoqtirsang, uni uzib olasan. Ammo uni sevsang, har kun kelib sug'orasan...

Utopia

25 Dec, 15:21


Ammo meni yo'qotdingiz. Men endi o'zim istasam ham topilmayman. Kechagi nurli nigohim, intilishim endi yo'q. Nega faqat o'zgarganligimdan noliysiz? Tirik jonning majburiyati ham aslida shu emasmi? Bir yil ortdagi suratimizdan qancha o'zgarib ketdik, qarang ortga... Nega endi faqat mening o'zgarganligim muhokamangiz mavzusi? Shu o'zgarishga majburdirman balki? Balki shu o'zgarishlarning sababidan so'rash kerakdir... O'zingizdan mening o'zgarganimga nima sabab bo'lgani haqida so'radingizmi? O'zgarishimni siz o'zingizdan so'rang! Men esa baribir o'zimni o'zgarmagan deb hisoblayman...

Utopia

25 Dec, 15:21


Baxtli bo'lishga haqqim bor. Shunchaki, kelajakda butun umr kimgadir havas qilib yashashni xohlamayman. Instagramda kimlarnidir baxtli kunlarini ko'rib, umrim ularga layk bosish bilan o'tib ketishini istamayman. Meni o'z baxtim bo'ladi. Hayolimga kelganda xursand bo'ladigan va hech qachon afsus qilmaydigan. Storieslarim u bergan gullar bilan to'la bo'ladi. U bilan shunchaki baxtli bo'lamiz...

Utopia

25 Dec, 14:19


Unutdim deysiz u ammo shunaqa vaqtlar boʻladiki, xohlasangiz ham xohlamasangiz ham bexosdan yodingizga tushadi va gʻamlar dengiziga choʻkib ketasiz. Koʻzlari, tabassumini koʻrish xumori tutadi, oʻzingiz bilmagan holda telefonning sekretni joylarida yashiringan suratiga qaraysiz, har bir suratni sinchiklab kattalashtirib, kichiklashtirib qaraysiz, va kulib aytasiz naqadar chiroyli manzara aslida u joyga kirish siz uchun juda qiyin va qoʻrqinchli, ammo oʻsha vaqtda boshqa ilojingiz ham qolmaydi, chunki oʻsha vaqt sogʻinchga bardosh berolmagan vaqtingiz boʻladi. Ammo bardosh berasiz shunga majbursiz va sekin bu gʻamni yengillatish yoʻlini qidirasiz va oldin u bilan yurgan, birga kezgan joylarga aylangiz keladi. Aylanasiz shirin xotiralarni eslaysiz, ozroq taskin topasiz sogʻinch ozroq bosilgandek boʻladi goʻyoki, ammo unaqa emas shunchaki shirin xotiralar sizni mast qilgudek boʻladi, shu sabab ozroq muddatga sogʻinchni unutasiz, qarabsizki butun shu hayotiz davomidagi eng yaxshi sogʻinchni bostirish usuli shu boʻlib qoladi...

Utopia

25 Dec, 13:18


Boshqa gapim yo'q deganlarni, ortimizdan juda ko'p gapirganlarini ko'rdik…

Utopia

25 Dec, 09:14


Qasam-ki, o’zim ulardan bo’lmasam ham ularni yaxshi ko’raman, ular bilan birga bo’lish meni baxtli qiladi…

Utopia

24 Dec, 15:20


oʻzingizni issiq tuting. oyogʻingiz va boshingizni issiq tuting. kasal boʻlmang.

Utopia

23 Dec, 20:01


24.12.24

“sen bugungi manashu sanadan ham chiroylisan”

Utopia

23 Dec, 16:21


Sevgi bu hamma sendan ketganda ham, yolg'iz uning senga kelishi, bu sevgi. Ketyapman deganingda xayr emas, qayerga degan insonning so'zidir sevgi. Senga ishonmaslik uchun yuzlab  sabablar turganda, ishonsa bo'ladigan bitta sabab bilan hali ham yoningda turgan insonning ishonchidir sevgi. Qaytmasligingni bilsa ham oynadan termulgancha kelishingni kutayotgan insonning sadoqatidir sevgi. O'zining og'riqlarini unutib senga yaxshimisan degan insonning mehridir sevgi. Odamlar bilan gavjum bo'lgan shaharda ham sensiz o'zini yolg'iz his qilgan insonning sog'inchidir sevgi. Barchasini o'z ko'zi bilan ko'rgan bo'lsa ham, sening nimadir deyishingni kutgan insonning umididir sevgi...

Utopia

23 Dec, 13:18


Xayotingni qaysidir qismida yordamga muxtojlik sezasan, seni kimdir qo’llab quvvatlashini xohlaysan, yoki oilang, yoki do’stlaring, yoki sevgan insoning, lekin baxtga qarshi senga xech kim yordam qo’lini cho’zmaydi, xamma o’zini muammolari bilan band, seni tashlab ketmayman, qo’llab quvvatlayman degan yaqinlaring ham bu payt atrofingda yo’q va shu payt tushunib yetasan, quruq so’zlar va va’dalar xech narsani xal qilmaydi, xayotingni qorong’u yo’llarini yolg’iz o’zing bosib o’tishing kerak...

Utopia

23 Dec, 09:14


Biz baxt qidirib charchadik, baxt yonimizda yurib bizni o'ziga qaratolmay charchadi...

Utopia

23 Dec, 05:11


Ayolni tushunish biroz qiyin..

Sizni hafa qilsa ham yig'laydi..
Siz hafa qilsangiz ham yig'laydi...

Utopia

22 Dec, 18:23


М🩵

Utopia

03 Dec, 06:11


❤️

Utopia

03 Dec, 04:09


umuman olganda, hech narsaga hayron qolmay qo'ydim, oldinlari sodda va beg'ubor edim, ko'p narsalarga ishonardim, ko'p narsalarni va odamlarni yaxshi deb o'ylardim, biroz ulgayib aqlim kirib, atrofimdagi hamma mug'ombir va ichidan pishganligini ko'rdim, hamma o'z manfaati uchun hech narsadan tab tortmasligini ko'rdim, bu dunyoda eng to'g'ri yo'l,  o'zing va 3-4 ta yaqinlaring uchun yashash ekan, qisqasi oldingi '' beg'ubor bolacha"dan asar ham qolmapti...

Utopia

03 Dec, 03:08


Insonning hayoti Allohdan xoli boʻlsa, nihoyasi umidsizlik boʻlgan va oʻzni-oʻzi oʻldirishdan iborat muvaffaqiyatsiz loyihaga aylanadi…

Utopia

02 Dec, 13:18


Har kimni va hamma narsani bilishga harakat qilavermang..
Shunday insonlar va shunday narsalar borki, ularni bilmaslikning o‘zi rohat..)

Utopia

02 Dec, 06:11


Biz bir-birimizga kim ekanligimizni yoki kim bo'lishimiz kerakligini bilmayman. Lekin, bugun menda dahshatli kun bo'ldi va men sen bilan gaplashishga muhtojman.

Utopia

02 Dec, 05:10


Shunchaki ketgim bor.
Bilmadim qayerga?
Bilmadim nega?
Bilmadim kim bilan?
Lekin shunday joy bo'lsin-u qalbim tinchlansin.
Hech narsani, hech kimni o'ylamay. Meni hozirgi hamma - hammasidan chalg'ita olsin
.

Utopia

01 Dec, 17:22


Yechim deb o'ylaganim, muammo bo'lib chiqsa ham ajablanmay qo'ydim...

Agar biror narsaga nisbatan qarashlaring butunlay o'zgarib ketsa, dushanbaning gapi seshanbaga to'g'ri kelmay qolsa qadrli do'st o'zingdan o'pkalama! '— Men irodasizman, fikr va qarashlarimga sobit turolmadim!', – dema. Turishing mumkin edi, agar hamma Sendek halol bo'lganida.

Ishon! Hech narsa Sen o'ylaganchalik yoki tasavvur etganingchalik emas!

Fikrlaring o'zgarib, butunlay 180° boshqa tarafga burilishga to'g'ri kelgan bo'lsa, demak, bunga yetarlicha sabab bo'lgan. Bu narsalarga yolg'iz o'zingni aybdor sanama. Birdan qo'rqib ketib, o'zingga nisbatan nafrat tuyg'usini shakllantirib qo'yma. Men ishonch bilan ayta olamanki, keraklicha harakat qilib ko'rgansan. Eng kamida esa urunib ko'rgansan. Shu sabab, yagona gunohkor Sen emassan.

Agar tushkunlikka tushib qolgan bo'lsang, Sen uchun bitta yupanch bo'lishi mumkin bo'lgan haqiqat ayta olaman: ey qadrli do'st tasavvur etganing (muhitmi u, kasbimi, yashash tarzimi, erishgan narsangmi) sarob bo'lib chiqqan, yoki aldov bo'lib chiqqan yagona inson Sen emassan. Faqat Sendagina sodir bo'lmagan. Hech yo'q shu narsani o'zingga kuch deb qara.

Aslida, Susanbil yo'q ekanligini tushungan bo'lsang, yakkashox to'qima ekanligini bilgan bo'lsang, humo qushi uydirma ekanligini bilgan bo'lsang (va yana bir-biridan yolg'on narsalar sanalishi mumkin edi hozirgi hayot uchun, ammo bittalab jiddiylashtirgim kelmadi. Shunchaki, bolalikdagi ertaklarni sanab qo'ya qolishni lozim topdim), vahimaga tushib qolma. Biz o'ylaganimizdan ko'ra 'birozgina' boshqacha ekan asl haqiqatlar. Mana bunisi haqiqiy haqiqat.

Yaxshisi, biror kattaroq maqsad yaratish kerak. Mana shunaqa bema'za haqiqatlarni o'ylashga vaqt topa olmay qoladigan darajada. '— Buni o'ylasam, ishim qolib ketishi mumkin', – deb fikrlardan chekinadigan...

Mayli, nima bo'lishidan qat'iy nazar hech kimga ayta olmay ich-ichingdan kurashib borayotgan o'yinlaringda Senga omad yor bo'lsin! Maqsadlar uchun harakatdan to'xtab qolmaslikni tilab. Sizlarning Utopian ;)

Utopia

30 Nov, 15:20


Birinchi martada tushunmasa qayta takrorlamayman, aslida nima bo'layotganini ko'zlarimga qarab anglashi kerak edi, qalbi bilan sezadigan insonlarni istayman hayotimda, qulog'i bilan emas.)

Utopia

30 Nov, 13:18


Ayoli vafot etgan bir erkakni janozada aytgan ushbu so‘zi meni juda ta’sirlantirdi:
Jannatni guli jannatga qaytdi. Ifori esa yodimda qoldi...

Utopia

30 Nov, 12:17


Hali orzularinga yetishmaganing qo’rqinchili emas, yetishadigan orzularing baxtli qilmasa qo’rqinchili.

Utopia

29 Nov, 16:21


turmush qurdik - uy ko’tardim besh xonalik, mashina sotib oldim, birga farzandlar dunyoga keltirdik, ularni chiroyli tarbiyaladik, hammasi yaxshi edi - baxtli hayot kechirayotgandik.

lekin, u qiz birdaniga avtobusdan tushib qoldi.

@utopia_faqat :)

Utopia

29 Nov, 14:19


Qachonlardir bilib turib yoki tasodifan koʻnglimni olgan, meni hursand qilgan kishilardan bir umr qarzdorman…

Utopia

29 Nov, 07:13


jumadaman. seni duo qilaman) ❤️

Utopia

28 Nov, 18:23


😄

Utopia

28 Nov, 17:22


yaxshimisan?

- doimo sening ahvolingni so’rab men satr yozishni boshlayman. so’ngi kunlarda menda juda bir noqulayliklar bo’lmoqda. ishlarimda orqaga ketishlar. kayfiyatning kun davomida yomonligi. har xil o’y hayollar, o’qishlarimda esa shunchaki samarasiz qora yozuvlar. bunga aynan bir sabab ayta olmayman. mujmallik meni o’z domiga tortib ketyabdi. nega bunday bo’lyapti? o’zim ham hayronman. rostan hayronman.
lekin, bir narsani ayta olaman. o’zimda bor bo’lgan bir kichik narsa. seni juda sog’inganimgami, yoki sen biman oramizdagi munosibat tobora yomonlashganigami, yoki sendan juda uzoqlab ketganimgami. bilmadim. bilmadim. bilmadim.
men doim shu so’zni ayta olaman xolos. meni o’yu hayollarim. kun davomida qilayotgan har bir ishimda go’yo sen yetishmayotgandel. to’g’ri men bilan birga emassan. hali sen bilan turmush ham qurmadik. lekin, shunda ham menga nimadir juda kamlik qilayotgandek. nimadir emas, aynan sen menga yetishmayotganingni butun vujudim
ila his qilyapman sezyapman.

juda uzoq yozishni istadim lekin hech qo’lim bormayapti. yoza olamaypman. senga bir narsani ayta olaman xolos. menga qo’ng’iroq qil. senga atab satrlar yozib yurmasdan barcha ichimdagilarni senga to’kib sochay.

Utopia

28 Nov, 04:09


Sen bilan bo’lgan suhbatlar, sen bilan bo’lgan tabbasumlar yoqimli va qadrli…

Utopia

27 Nov, 17:22


“Ko‘ngilni toza tuting, chunki baxtning manbai – sof qalbdir.”🤍

Utopia

27 Nov, 16:21


Agar bir qalbda nima borligini bilishni hohlasang, soʻzlariga eʼtibor qil..
Chunki til, sohibi hohlasa hohlamasa qalbida nima borligini oshkor qiladi..

Utopia

27 Nov, 04:09


bir kishini qamoqqa olishgandi. uning ayoli har doim mazali taom tayyorlab joʻnatardi.
ovqatlanishga oʻtirishganda birodarlari:
- mashaalloh, bu mazali taomni kim tayyorladi?, deb soʻrashdi.
- meni onam!, deb javob berdi.
Ttshundingizmi? nega bunday javob qilganini? chunki u ayolini qattiq rashk qilardi. u ayoli haqida birodarlari zarracha tasavvurga ega boʻlmasliklarini, uni maqtashlarini xohlamadi...)

Utopia

23 Nov, 17:22


- ishq neligini anglataymi senga :
sen yillarki, o'zingda ko'rmagan go'zalliklarni, uning senga har boqishida kashf etmoqligidir — ishq...

Utopia

23 Nov, 15:20


Bu dunyo siz uni sevishiz uchun hamma narsa qiladi va bu sodir bo'lgach, u qalbingizni buza boshlaydi...

Utopia

23 Nov, 13:18


Ba'zan dardlashmoqchi bo'lgan insoning seni tushunmasa-da, uni yonida o'zingni hotirjam his qilasan...

Utopia

23 Nov, 06:11


yolg'izlik yolg'iz qolish emas,
asl yolg'izlik insonlar ichra yolg'iz qolishdir...
dunyosi turli bo'lgan insonlar ichra yolg'iz qolishdir...

ajoyib-a?!
har kun minglab insonlar bilan yolg'izlikni his qilgan holda tabassum ila muloqot qilishlik...)

Utopia

23 Nov, 05:10


ba'zan hech narsadan hech narsa kayfiyating yo'q bo'lib qolarkan...
inson ko'p yig'lasa yaxshimi yokida yig'lamasdan doimo tabassum qilib yurganimi, bilolmay qoldim...

yaxshi hamki, yozish bor.
yozish insonga malhamdir...
baribir kimdur "yaxshimisan?" deb savol berganda, albatta, "yaxshi rahmat" deb qo'ya qolamiz..

shunchakida...

Utopia

21 Nov, 17:22


kuz tugayapti… ogʻriq, bosim va erksizlikdan boshqa yana qandaydir kichik boʻlsa ham baxtlarni his qilishga ulguryapsizlarmi?

agar shu savolni kimdir menga bersa masalan, lom-lim deyolmayman. bir tutam javobim, aytarlik soʻzim, pichoqqa ilinadigan bir gapim yoʻq.

agar aslim soʻrasangiz unga ham javobim yoʻq. shaklim soʻrasangiz uni ham koʻrsatib bilmayman.

borliqda paydo boʻlib, shakllanishga harakat qilgan va shunday ajib narsalarni reja qilib tuzilgan bu olam utopia oʻz nomi bilan «utopia» boʻlib qolib ketmasa edi deb qoʻrqaman… miyamda qancha savollar oyoqqa turmasin, is'yon qilishga izn bermaydigan magʻrurliklardan tashkil topganimga achinaman. ammo, boshqalar achinishini istamaydigan darajada qobiqqa oʻralib ixotalanganman.

kuz tugamoqda, azizim… kuz tugayapti. sen boʻlsang sovuqni allaqachon his etib boʻlgansan hali qish eshik qoqib kelmasidan a?! albatta. sen kuzdasan. boshingda bosh kiyim bilan uxlashga yotasan, bosh kiyim bilan uygʻonasan. qizib ketasan birdan, kechasi uygʻonasan hayotda nimadandir ortda qolib yutqizgan odamdek tez nafas olasan. miyangning qaysidir qismida olov ketadi, kuyib ketadi, yonib ketadi. nechi yoshdaman? ismim nima? men qayerdaman? men kimman?, – deysan anglolmay oʻzing. gavdangni koʻtarasan krovatingdan va atrofga nazar solasan: yomgʻir, yomgʻir, yomgʻir soʻng tundlik.

«men xazonman,
rangpar, koʻrimsiz
shivirini hech kim sezmagan.
men xazonman,
daraxtda oʻsib —
bogʻ oralab bir bor kezmagan».

opam, singlim jon jigarim, akam, ukam dildosh qalbim soʻzim bil kuz tugayapti. tugayapti. oʻsha kuz sen tanigan «kuz», sening shaxsiy «kuzing». sening xazonlaring, barglari seniki! shivirlari seniki boʻlgan… ham issiqligini ham sovuqligini senga atagan «sening kuzing» tugayapti. tutib qolishga imkoning yetmas, vaqt sening izmingda emas. ammo yomgʻirlarin senga atagan, koʻlmaklari bor seni kutgan, oqar suvlari yigʻilib-yigʻilib sen uchun toʻlgan. kunlari bor sen uchun atalgan. bezat oʻzing.

«men kuz qizi
bahorga oʻgay».

kuzda toʻrt fasl bor: oʻzidan boʻlak yana hammasi. kuzni kashf etish mumkin, isitish, muzlatish, gullar bilan bezatish mumkin yana xazonin toʻkish ham mumkin.

mayli, siz muzlamang. isining. olov yoqing. lekin muzlamang. aftidan sizlarni haddan tashqari koʻp sogʻinibman…

<< - isming nima?
- ..mening ismim Kuz >>

Utopia

20 Nov, 16:21


yaqin kunlardan keyin ona o’z bolasini uyida unitib qoldiradi. bola esa yovuzlarni ta’zirini beradi…

Utopia

19 Nov, 07:12


O’sha go’zal orzularni sizni o’ylab qurgan edik.
Vaqt o’tgach anglab yetdikki, aslida siz bilan orzu emas hatto vaqt ham o’tkazib bo’lmas ekan.

Utopia

19 Nov, 05:10


ketishingni shunchaki kuzatdim. to'xtatishim mumkun edi ammo harakat ham qilib ko'rmadim aslida men o'shanda tushungandim seni hech narsaga arzimasligingni…

Utopia

18 Nov, 16:21


shunaqa…)

Utopia

18 Nov, 10:15


Bir kun kelib qachonlardir yoningizdan ketishlarini aslo istamagan insonlaringiz, sizni tark etishlariga e'tibor bermay qo'yasiz…

Utopia

18 Nov, 05:10


hech kim mukammal emas shuning uchun qalamlarda o'chirg'chi bor....🫀

Utopia

18 Nov, 04:09


Uxlayotgan shunday qalblar bor-ki,
ular seni yo'qotganda uyg'onadi.
Yana shunday uyg'oq qalblar bor-ki, seni yo'qotishdan qo'rqib uxlamaydi...

Utopia

17 Nov, 15:20


sevgi — bu ikki inson bir-birini tinglab, tushunishi mumkin bo'lgan joyda mavjud. bu faqat so'zlar bilan emas, ko'ngil bilan his qilishda, jimlikda tushunishda va hamdardlikda namoyon boladi. chin sevgi faqat "men'' va ''sen'' degan tushunchalarni birlashtirganda, ''biz'' bo'lishida yashaydi. hayotning har bir daqiqasida yonma-yon turib, bir-birini qo'llab-quvvatlaganlar orasida chin muhabbatni topish mumkin. kechirim va sabr, bir-biriga berilgan va'dalarni bajarishga bolgan intilishdir. u yo'lda uchragan to'siqlardan qo'rqmaydi, aksincha, ularni birga yengib o'tishga kuch beradi. shirin lahzalardan tashqari, ba'zan achchiq sinovlarni ham birga boshdan kechirishdir. bunda insonlar bir-birining kamchiliklarini qabul qilib, ular bilan birga yashashni tanlaydi. har safar qayta-qayta bir-biriga qarash va har gal ko'zlarda yangidan yangilangan mehrni ko'rishdir. bu qalblarning yondashuvi, bir-biriga bo'lgan ishonch va har safar uchrashganda birinchi marta ko'rishdek tuyg'ularni his qilishdir.

sevgi o'zgaradi, lekin faqat chuqurroq va mustahkamroq bo'ladi.

Utopia

17 Nov, 14:19


eng yaxshi odamlar hayotingizda kutilmaganda paydo bo'ladi.
lahzalar ham…

Utopia

17 Nov, 11:16


Bir odamning xulqini bilmoqchi bo‘lsang o‘zidan yuqoridagilarga emas, o‘zidan pastdagilarga qilayotgan muomalasiga qaragin..

Utopia

17 Nov, 09:14


bugun men «bebaho» so‘zining mohiyatini angladim.

bu: «hamma narsani sotib olish mumkin, sotilmaydigan narsalardan tashqari» degan ma’noni anglatadi.

yer yuzida esa bebaho narsalar bor.

1. xususan, bebaho odamlar bor ekan. bularni sotib olishning iloji yo‘q va siz qancha taklif qilishingizni ahamiyati yo‘q. gap narxda emas, tamoyillar va sharaf masalasidir.

2. va bu erda odamning narxi odamni o‘z sha’ni, nomi va obro‘sini sotishga yoki qilishni istamagan yoki buni qilishdan boshqa iloji yo‘q narsani qilishga majburlash uchun narxi qancha bo‘lishi bilan ifodalanadi.

3. misol uchun, agar siz o‘zingiz yoqtirgan ishda ishlasangiz, ish haqi sizning «qiymatingiz» ko‘rsatkichi emas. ammo, pora ko‘rsatkich. agar siz pora olgan bo‘lsangiz, demak, sizning nomingiz ham, shaxsingiz ham shuncha turadi. 1 dollar ko‘proq foyda olish uchun odamni aldaganmi? demak umumiy qiymat bir dollarga teng.

4. endi o‘ylab ko‘ring, siz bebahomisiz? umid qilaman javobingiz «ha»

Utopia

17 Nov, 07:12


Sen bo‘lar bo‘lmas gaplarni vaysab, birovlarning nafratiga uchrama. Yaxshisi, jim o‘tirishni ixtiyor qilganing maqul…

Utopia

15 Nov, 13:18


Hech qachon hech kimni o’zgartirishga urunma,
Avval boshidan o’zinga o’xshash ruhni izlayver..

Utopia

15 Nov, 07:33


jumadaman, seni duo qilaman. duolarim orasida doimgidek sen borsan. ❤️🤲🏻

Utopia

15 Nov, 07:12


One day) ❤️

Utopia

14 Nov, 17:22


ko’ngil sindirgan inson uyqusiz qolishi kerak edi. ko’ngli singan emas..

Utopia

14 Nov, 10:15


#sohta

kim nima haqida ko'p gapirayotgan bo'lsa, o'sha narsa u odamda yo'qdir. kim do'stlikdan bong urayotgan bo'lsa, u do'st emasdir...

Utopia

14 Nov, 08:13


qani endi siz o'ylagandek yo'q bo'lib ketganimda...

Utopia

14 Nov, 02:07


"qaysi gunohim uchun deymiz" huddi gunohimiz yo’q dey...

Utopia

13 Nov, 16:21


ba’zida ishq bir-biridan “nechinchi sahifaga kelding?” deb soʻrashlikdir)🫀

Utopia

13 Nov, 15:20


boshqasini topish muammo emas..
muammo shundaki menga boshqalar kerak emas…

Utopia

13 Nov, 14:19


O’tmishdagi kunlaring qaytishi xohlaysank-u, bugun ham ertaga o’tmishdagi kun bo’ladi. Lekin sen baribir bugunni qadrlamaysan.
Bir kamlik shundadir balki..

Utopia

13 Nov, 04:09


one day with you InshaAllah

Utopia

12 Nov, 13:18


Rashki baland kishi nomahramdan ko’zini tiyishda qiynalmaydi…

Utopia

12 Nov, 11:16


hayot avtobus bekatiga o'xshaydi. har kim o'z bekatida qolaveradi. hayot bo'lsa o'z maromida davom etaveradi. so'ngida, o'z bekatingda yolg'iz holda topasan o'zingni…

Utopia

12 Nov, 10:15


sevgi nimaligini aytib beraymi?

boshladik. tasavvur qiling, bugun oʻzgacha kun. tejab, tejab sovgʻa - u orzu qilgan chiroyli soatni sotib olasiz bugun. pul yetadi endi. ish vaqtingiz 5 da tugaydi. doʻkon ham yopiladi u paytga. do’stingizni bir kun oʻrniga tungi smenada qolish sharti bilan koʻndirdingiz. soat 3 da ishdan chiqdingiz. doʻkonga kelasiz. odam koʻp. navbatga turdingiz. kutasiz. yarim soat. qarasangiz pulingiz uyda qolib ketgan. obbo. chiqasiz. uyga borib kelguncha doʻkon berkiladi-ku. bu ish ertaga qolishi sira mumkin emas. bugun oʻzgacha kun axir. sevgilingiz xafa boʻlsachi?

magazin oldidagi kioskachiga yalina boshlaysiz - qarz berib turing, olib kelib beraman bir soatda. nihoyat koʻndirdingiz. yetarli pulni oldingiz.
nagazinga qaytasiz. boya oʻrnim bor edi deb, baqiroq ayollar bilan urishib, soatni sotib oldingiz. tashqarida esa sizni kioskachi kutib turibdi:
- qani, pulni ber, deyapti.
soatni uni qo’liga berib uyga yugurasiz. taksida. pulni olib orqaga qaytasiz. ne koʻz bilan koʻrsangizki, kioskachi ovqatlangani ketib qolibdi. kuta boshlaysiz. yomgʻir yogʻa boshladi. shalabbosiz. telefonda zaryad tugagan.
nihoyat kioskachi keldi, soatni oldiz. qaytish avtobuslari tugab boʻlgandi. taksiga yetarli pul yoʻq. yomgʻirda yaqin metrogacha yura boshlaysiz.
xorgʻin. charchagan. shalabbo. ammo xursand. baxtli. shuncha voqea ham sizning kayfiyatingizni tushira olmadi. holatingizdan jilmayasiz. axir siz hozir uni koʻrasiz. u xursand boʻladi, qolgani bir pul.

u podyezd tagida kutib turgan boʻladi. uyga chiqishga sabringiz chidamay qorongʻuda oʻsha sovgʻani berasiz va aytasiz:
„ayasi, bugun toʻyimizga 10-yil toʻldi. tabriklayman...“

Utopia

12 Nov, 08:13


yetkazib berish xizmati yaxshi ishlayapti deb eshitdim. tez va xavfsiz ekan. qo'ng'iroq qilib seni yetkazib berishlarini so'rasammikin?)

Utopia

12 Nov, 07:12


oxir oqibat barchamiz hikoyalarga aylanamiz)

Utopia

12 Nov, 04:09


seni tushungandek ko’rsatishadi…

ichingda saqla, anglay olmasliklarini bilasan. anglagandek munosabatda bo’lishlarini g’oyat yaxshi bilasan. qo’yaver, hammmasi senda qolsin. ichingda saqlash kabi sodda yo’l bor ekan, anglamaydigan insonga buni anglatishga nega urinasan? zotan charchagansan. ba’zan seni so’zsiz tushunadigan insonga ehtiyoj sezasan, shunday emasmi?
men ham.
devorlar, “aytaqol”, - degan insonlardan. samimiyroq ko’rinmaydimi?
men ko’p boshdan o’tkazdim. soatlab yig’lagan onlarimga faqatgina devorlar guvoh bo’ldi. chunki, qanchalik tushuntirsang ham, o’zini seni anglagandek ko’rsatishdan nariga o’ta olmaydilar. sen o’zing bilan qol. ichingda saqla. qo’yaver, yig’ilsin. o’zgartirishga qanchalik urinma, hech narsa o’z maromiga qaytmaydi, buni ham bilamiz…

Utopia

11 Nov, 14:19


Hech kimga sirlarimni aytmaganim uchun ham hali biror marta orqamdan pichoq urishmadi…

Utopia

11 Nov, 06:11


Alloh!

Utopia

11 Nov, 04:09


Men o'lsam ikki metr bo'lmasa ham qalbingizdagi kichik bir nuqtachalik joyga ko'ming…

Utopia

10 Nov, 18:23


qizlar nega shunaqasizlar? 💔 (2)

Utopia

10 Nov, 10:15


Uchrashuvimizning uchinchi kunida ayolimga uylanishni taklif qildim va butun umr bexuda o'tkazgan ikki kunimga achinib yashadim...

Utopia

10 Nov, 08:13


shu paytgacha ko'nglim qolmagan va eng yomon kunimda ham yonimda bo'lgan yagona Inson.

Utopia

09 Nov, 14:19


Agar ibodatga vaqt ajratolmayotgan bo‘lsangiz bilinki, nafsingiz sizni laycha qilib olibdi…

Utopia

09 Nov, 09:14


qizlar nega shunaqasizlar? 💔

Utopia

09 Nov, 04:09


senga atab noma bitgim bor, ammo...
qulog‘ingga erkalab aytish bo‘lakcha...

Utopia

08 Nov, 13:18


sizlarga maslahat: agar sevgan insoningiz yoningizda bo‘lmasa cho‘ntaksiz kiyim kiyishni tafsiya bermayman. qo‘lingiz sovqotishi mumkin :)

Utopia

08 Nov, 10:15


Farosat bo’lmasa ham qiyin. Yo’q sen xavotir olma, senga qiyin emas.)
Atrofingdagilarga qiyin…

Utopia

08 Nov, 09:14


Faqat yaxshi kunlarni va'da qiling demayman,
Sinovli kunlar kelganda ham yonimda bo'ling, shu holos...

Utopia

08 Nov, 07:12


jumadaman, doimgidek duolarimda sen borsan. ❤️

Utopia

08 Nov, 05:10


Oq-qora tushimning rangli tasviri
Qalbimning eng go’zal musiqasisan…

Utopia

08 Nov, 04:09


Hayotingizga kirib kelgan insonga shu savolni bering. Menga yolg'izlikdan-da yaxshi bo'lib kelasanmi? Yoki, yolg'izlikni qanchalar go'zalligini eslatish uchunmi..?

Utopia

06 Nov, 10:15


Odamlarga har doim ham maslahat kerak emas.
Ba'zida yordam beruvchi qo'l
Tinglovchi quloq va tushunuvchi qalb kerak...

Utopia

06 Nov, 09:14


Bir odamning xulqini bilmoqchi bo‘lsang o‘zidan yuqoridagilarga emas, o‘zidan pastdagilarga qilayotgan muomalasiga qaragin..

Utopia

06 Nov, 05:10


Ba'zi so'zlar darmon kabi kiradi qalbga, ayrim so'zlar zaxar bo'lib kirgani kabi..

Utopia

06 Nov, 04:09


Urinmang…
Kerak bo'lganda o'zi qaytadi. Inson xotirasi nozik foto plyonkaga o'xshagan narsa, biz doim undan keraksiz xotiralarni o'chirishga intilamiz..

Utopia

04 Nov, 14:19


bir kun kelib shunday oila bo'lishimizni xohlayman.

Utopia

03 Nov, 14:19


bemor bo'lsang sog'liq tilab qoladiganlar juda ko'p. dardingga darmon bo'lguvchi bir dona xolos)

Utopia

03 Nov, 13:18


agar kimdur sizga o'z muammolarini aytsa uni kuchsiz demang, u faqat sizga ishonadi.

Utopia

03 Nov, 12:17


chiroyli gaplardan koʻnglim qolgan, menga baxtni his qildir)

Utopia

02 Nov, 18:23


tatil xam tugadi. uni koʻrish uchun qayta qayta derazadan qarardim. u yana oʻsha vaqtdagidek gʻoyib boʻldi. nega bunchalik tez gʻoyib boʻlgani meni qiziqtirdi. maktabga chiqdim. matematika darsi, shu ongcha bu darsni xushlamaganman, misollar, masalalar men uchun emas edi. men uchun sanʼat muximroq rol oʻynardi. koʻpincha darslarda rasm chizib oʻtirar edim, oʻsha ishimni yana davom etirishni boshladim. ammo nimani chizish mumkinligini uzoq oʻyladim. dugonam xam bugun darsga kelmagan edi, xech boʻlmasa uni safsatalarini eshitish matematikadan darsida oʻtirgandan yaxshiroq edi.
vaqt o’tdi yana. negadir derazadan qarash odatimni tashladim. uning kelmasligiga ishonch xosil qilganim uchunmi, bilmadim.
maktabdan qaytganimdan soʻng, tushlik qilish uchun stolga oʻtirdim. birdan eshik taqilladi. bu meni xayron qoldirdi. shu vaqtgacha biror marotaba eshik taqillaganini eshitmagan edim. yangi boʻlganimiz uchun xali qoʻshnilar bilan yaxshi kelishib ketmagan edik. eshik oldiga bordim. balki dugonam boʻlsa kerak deb oʻyladim. ammo... yo’q.. qarshimda oʻsha yigit turgan edi. ichimdag boshqacha tuygʻular oʻtishni boshladi, etim xam jimirladi. uni koʻrib tilim xam aylanmay qoldi. salomni xam duduqlardan qolishmagan holatda berdim. u ham alik oldi. biroz jim turganimizdan keyin, unga uyga kirishni taklif ettim. u rad etti va nega kelganini tushuntirishni boshladi. oʻsha kuni , yani tugʻilgan kunidan bir kun oldin men bergan sovgʻam xali ham uni oʻylantirayotganini, u meni hech qayerda koʻrmaganligini, ammo qanday mahorat bilan uni rasmini chizganligimga qoyil qolganini gapirib berdi. xursand boʻldim. soʻng u shu yaqin oradagi maktabga oʻqituvchi sifatida kelmoqchiligini aytdi, lekin ishi oʻxshamayotgani, oʻqish joyidan qatnashga majbur boʻlayotganini ham aytib o’tdi.
u:
- oʻtgan gal, oxirgi marta koʻrishganimizda rahmat aytishni ham unutibman. uzrimni qabul qilasiz deb oʻylayman. va qoʻlidagi bir dasta atirgullarni menga uzatdi. nima deyishni bilmay qoldim. yana titroq tutishni boshladi..

atirgullar qizg’ish rangda edi. men yoqtirgan biror gul yoq edi, endi oʻsha ondan boʻshlab men sevadigan gullar atirgullarga aylandi. ularni hayajon bilan qoʻllaridan oldim. unga zimdan qaraganimda juda istarali korindi. ichimdan issiqlik ajralishni boshlagandek, yuzim qizarishni boshladi. soʻng xayrlashib, zinadan pastga tushib ketdi. men esa eshik oldida turib qoldim. uni ortidan yana bir bor qarab qoldim. eshikni yopmoqchi boʻlgan vaqt, zinalarda oyoq kiyim tovushlarini eshittim. u deb oʻylagan edim. ammo boshqa bir yigit edi. soʻngra eshikni yopdim. xonamga kirib ichimga sigʻmay ketayotgan edim. gullar oʻziga juda qattiq bogʻlab qoʻygan edi. uni emas, balki uning oliyjanobligiga ham oshiq boʻlib qolgan edim. derazadan qaradim. u ketib boʻlgan ekan.
gullarni suvga soldim. kuni boʻyi ularga termulib oʻtirdim. onam ham ishdan kelganini sezmay qolgan edim. sevinganimdan onam yoniga borib oʻtirdim. onam nega buncha xursand ekanligimni soʻradi. shunchaki deb javob berdim. onam ham jilmayishni boshladi va:
- nima boʻlgan bilmadimu, anchadan buyon bunday baxtli holatda seni koʻrmagan ekanman. ishlarim bilan band boʻlib, senga vaqt xam ajratishni unutdim...
birdan yuzim oʻzgardi. shu ongacha onamni menga e’tibor bera olmaganligi uchun doim jahlim chiqardi, ularga doim gʻazab bilan javob qaytarar edim. ammo bu safar onamni his qildim. onam toliqqan. charchagini uchunmi bilmadim, onam koʻzlari yumilay deyayotgandek edi. onam ham anchadan buyon tushlik qilmayotganimizni, birga stol atrofida oʻtirmayotganligimizni sezgani uchun birga taom tayorlashimiz taklifini berdi. soʻng birga kechki tushlikni tayorlashni boshladik…..

Utopia

02 Nov, 17:22


yonidagi oʻrindiqqa oʻtirdim va salom berdim. u koʻzlarini ochdi. menga xayron boʻlib tikilib qoldi. alik olib, nima maqsadim borligini soʻradi. unga rasmni koʻrsattim. u rasmni koʻrib bir menga qarar, bir rasmga qarardi. u yana xayron xolatta meni rasmimku bu axir dedi. birdan yuziga tabassum yugurdi. soʻng unda xam men kabi savollar tugʻilishni boshladi. men kimman? oldin xam uchrashganmizmi? shu kabi savollar. javob berishni istamay, unga qoʻlidagi rasm unga mendan sovgʻa ekanligini ayttim. u birdan jilmaydi va:
- bu sovgʻa menga yoqdi. eng qiziqarlisi tugʻilgan kunim uchun olgan eng ajoyib sovgʻa shu boʻlsa kerak.
tushunmay qoldim va negaligini soʻradim. oʻshanda u ertasi kuniga uning tugʻilgan kuni ekanligini aytti va bu sovgʻam u uchun unutilmas sovgʻa boʻlib qolishini xayojon bilan aytib berdi...

uni jilmayishini koʻrib meni xam yuzimga tabassum yugirdi. ammo u ketti.. men kutgan on uzoqqa choʻzilmadi. avtobus keldi va u shosha pisha avtobusga oʻtirdi. xattoki xayrlashishni xam istamadi. men esa bekatta qoldim. oʻrnimdan turgim kelmadi. kerak boʻlsa bir umr uni shu bekatta kutishga rozi edim. bilmadim, unga nisbatan boshqacha tuygʻular uygʻona boshladi. xech kim uchun xayotim davomida xar ishga tayor insondek xis qilmagan edim. bu safar u bilan suxbatlashish istagi uygʻondi. ertaga yana shu bekatga chiqaman. sevgi balkim shudir... u uchun barchasi uchun tayor boʻlish, uni suxbatiga shoshilish..
uyga qaytib kirdim. yon daftarim olib bir necha xayollar va fikrlarni yozib chiqdim. xayolimdan oʻsha xayojonli jilmayishini ketmayapti. uni xam tasvirlab chizishni boshladim. sevgi shunday ekanki, shoir boʻlmagan odamni shoir, yozuvchi boʻlmagan insonni yozuvchi, rassom boʻlmagan insonni esa qoʻliga qalam va boʻyoq ushlatishgacha boruvchi tuygʻu ekan...

Utopia

02 Nov, 16:21


uyga yetib keldim. uyda koʻpincha yolgʻiz qolganim uchunmi, oila tushunchasini unutgan edim. biz xech xam bir stol atrofida oʻtirmas edik. dadam xam, onam xam doim band. bazan kechki tushlikni xam qilishni unutamiz.
bu xolatga oʻrganib xam qolgan edim. xonamga kirdim. nima qilishni bilmadim. sumkamdan daftarlarni oldim, ichidan meni yon daftarim xam chiqib keldi. anchadan beri boʻsh yotgan edi. shu vaqt nimalarnidir yozishga ilxomlandim. barcha xayollarimni bitdim. va keyin uni suratini chizishga xarakat qila boshladim: tim qora qalin qoshlar, oʻsha rangdagi soch, sovuqdan qizargan bugʻdoyrang yuzlar, egnida qora palto barchasini bir suratta ifodalashni istadim.

shu bilan kunlar oʻtishni boshladi, men esa xar kun derazadan qarardim, ammo befoyda boʻlib chiqar edi. u anchadan buyon koʻrinmadi. rasm xam tugallangan edi. uni koʻrsamu, rasmni unga tutqazsam. ammo qanday tutqazaman? u meni notogʻri tushunsachi? yana xayollarga va savollarga koʻmildim. darslar xam miyamga kirmadi. nazoratlarni xam amallab topshirdim, oʻsha vaqt yolgʻon gapirgan boʻlsam xam.
qishki taʼtil boshlandi. yaqinda yangi yil, barcha xursand, ammo men emas.. barcha oila davrasida bu bayramni nishoshlashsa, ota onam ishxonasi tomonidan uyushtirilgan bazmlarda nishonlar edi, menga esa bu kunni xattoki qizigʻi xam yoq edi.
mana yangi yil xam kirib keldi. deraza yaqiniga keldim. va yana uni koʻrdim. u yana bizning bekatta avtobus kutayotgan edi. oʻsha zaxotiyoq yon daftarimdan uni rasmini yirtib oldim, va kiyinib , koʻchaga chiqdim. zinalar shu darajada koʻpayib borayotgandek tuyuilishni boshladiki, xuddi xozir men ulgurmayman va uni qaytib koʻrmayman..ammo ulgurdim. bekat yoniga yaqinlashdim. shuncha ondan beri nima deyish xaqida oʻylab yurgan edim. uning yonidagi oʻrindiq boʻsh edi. unga qaradim. bekat shiftiga qaragan xolatta uning koʻzlari yumiq oʻtirgan edi. bezovta qilishni istamadim ammo bu ondan foydalanib qolishim kerak edi.

Utopia

02 Nov, 15:21


dars boshlandi. oʻqituvchi nimalarnidir doska oldida chuntirishdan toʻxtamayapti. men esa derazadan koʻzim uza olmayapman.birdan dugonam meni turtishni boshladi. qaradim. nega xayol surib oʻtirganim xaqida savol berishni boshladi. nima deyishni bilmadim toʻgʻrisi. shunchaki qish fasli bu safar oʻzgacha ekanligini ayttib oʻttim. birdan jilmayishni boshladi. undan nega bunday qilayotganini soʻraganimda, qulogʻimga sevgi qissalarini quyishni boshladi. xaqiqattan xam, sevgi oʻzi nima? nega insonlar seviladi? nega sevgi insonlar xayotida muxim? va shuningdek, nega inson xayol sursa sevib qolgan xisoblanadimi? sevilib koʻrmagan inson, bu savollarga javob topishi qiyinligi aniq. dugonam gapiraverardi, men esa uni eshitgandek tikilib oʻtiraverdim.

darslar tugadi va maktab darvozasidan chiqdik. dugonam bilan xayrlashmoqchi boʻlgan vaqt, oʻsha yigit avtobus oynasidan qarab ketayotgan edi. joyimda qotib qoldim. avtobus orqasidan qarab qoldim. dugonam ovozidan keyin oʻsha zaxotiyoq xayolim boʻlindi. nega avtobusga bunchalik tikilib qolganimni soʻradi. indamadim. xayrlashish kerakligini ayttim. bu gaplarimdan dugonam gʻalati xis qildi va qoʻlimdan ushlab, yana savollar bera boshladi. men nima deya xam olardim. uyga shoshilishim kerakdigini, yaqinda nazoratlar boshlanishi sababli, ularga tayorlanishim kerakligini ayttim. u menga xayron qarab qoldi. men shu ongacha nazoratlarga tayorlanmay borishimni nafaqat dugonam, balki butun sinf bilar edi. dugonam xam xech narsani tushuna olmay xayrlashdi. maktab yonidagi bekatta avtobusni kuta boshladim….

Utopia

02 Nov, 14:19


sen uchun edi asli bari…

qish. erta tong. uyqu aralash koʻzlarimni ochdim. oʻrnimdan turgim kelmadi. asta-turib derazadan qaradim. ochiq osmon, quyoshning nurlari tokchalarga tushib turibti.. baland binodan atrofni kuzatish yanada qiziquvchanligim orttirdi. oʻsha on... kuzatgan vaqtim, bir yigit avtobus orqasidan yugurar edi , ammo qancha yugurmasin, baribir yeta olmadi. toʻxtadi. juda qattiq yugurdi shekilli, xansirashi xam toʻxtamadi. nafas rostlash uchun bekat ichiga kirib , oʻrindiqqa oʻtirdi. men esa uni kuzatishda davom etardim. oshxonadan ovoz keldi, nonushtaga meni chaqirashayotgan edi. u yigitga bir qaradimu, derazani oldidan uzoqlashdim va yuzimni yuvish uchun xammomga bordim. keyin esa nonushtaga oʻtirdim. doimgidek, yana oʻzim yolgʻiz nonushta qilyapman. barcha ishga ketgan, meni xayolimda esa oʻsha yigit. xuddiki xayollarim xam nonushta kabi xazm boʻlayotgandek tuyila boshladi. qoshiqni tashladim. xonamga yugurdim, derazadan qaradim. u yigit yoq edi. xayollarimni davom etirrishni xam xoxlamadim. nega aynan u meni bunchalar qiziqishimni orttiryapti? kim u? umuman bilmayman. telefonimga xabar keldi. xabar onamdan ekan va darsga kech qolmasdan borishim xaqida ogoxlantirib yozgan ekan. soʻng nonushta xam tatimaganidek, noiloj kiyinishni boshladim. uydan chiqdim. oʻsha bekatta men xam avtobusni kuta boshladim. yana u... yana u xayollarimda gavdalana boshladi. shu xayollarga choʻmgancha, avtobus xam yetib keldi…

Utopia

02 Nov, 13:18


bilaman Ona ming yomon bo’lsam
ham ortimdan duo qilasiz. ❤️

Utopia

02 Nov, 05:10


- agar mendan eng baxtli kunim xaqida sorashsa. men sen bilan tanishgan kunimni eslayman..!

Utopia

01 Nov, 07:12


jumadaman. seni duo qilaman) ❤️

Utopia

01 Nov, 06:11


Har kimni va hamma narsani bilishga harakat qilavermang..
Shunday insonlar va shunday narsalar borki, ularni bilmaslikning o‘zi rohat..

Utopia

01 Nov, 05:10


Odam bir xil xatoni ikki marta takrorlay olmaydi. Ikkinchi martasida endi xato emas…
Bu tanlov !

Utopia

01 Nov, 04:09


Unutmang, inson dunyolarga hokim bo‘lar lekin, u har doim kichkinagina qalbga asir bo‘ladi…

Utopia

31 Oct, 05:10


qarzdorsan…

sen uchun o’z yaproqlaridan voz kechishga tayyor bo’lgan moychechak bor ekan, o’zingni nega boshqa chechaklardan izlaysan?
ayollar moychechakka o’xshaydi. sevilishga imkoni bo’lsa ham yaproqlari yulinadi. yo’q bo’lsa ham… sevishni bilmagan insonlarga ba’zan moychechakning poyasi qoladi. eng yomoni esa, poya uning qo’lida shundayligicha qolish ehtimoli bo’la turib sevishdir. shunga qaramay, sevishdan voz kechmagan erkak o’sha moychechakni boshining tojiga aylatirishni ham uddalaydi.
afsuski, ba’zi ayollarning ba’zi erkaklarning go’zal qalbga ega ekanidan xabarlari yo’q. o’tmishda yer bilan bir bo’lgan ishonchi bu ayolning qulog’iga “zirak” bo’lib taqilgan va bu “zirak” endi uning olib yuradigan sumkasi hamda suradigan bo’yog’i bilan uyg’un. qarshisiga uni chin dildan seva oladigan inson chiqsa ham, u “zirak”ni qulog’idan yechishni istamaydi)

Utopia

31 Oct, 04:09


Alloh menga shukur qilishim uchun ko’p narsa berdi, Shularning ichida eng yaxshisi sensan…

Utopia

30 Oct, 16:21


eng yomon kuningda sen bilanman..

biz doim bir-birimizga eng yomon kuningda sen bilanman o'ksinma hammasi yaxshi bo'ladi seni doim qo'llab quvvatlayman. har qanday vaziyatda ham sen bilanman degan jumlalarga laqqa tushamiz.
bir kun keldi. siz juda yomon ahvoldasiz. dard cheksaypsiz, juda ham alam ta'mini totyapsiz. lekin, aynan o'sha vaziyatda sizni qo'llayman, sen bilanman deganlar siz bilan birga bo'lmaydi. aksincha sizni o'sha tubsizlik tomon tashlab ketgan inson aynan o'sha bo'ladi. bilasiz-a? buni.
doimo senga yelkadosh bo'laman. bo'la olaman deganlar negadur aynan o'sha holatda sizni jimlikcha tark etishadi. yo'qolib qolishadi. yana oradan biroz vaqt o'tdi. siz yana o'z holingizga qaytdingiz hammasi yaxshilandi va qayerdandur sizga yelkadoshman degan inson, qaysidur teshikdan sizga keladi. shu zahoti qiynalmadingmi, o'sha kuni menda shunaqa vaziyat bo'lib qoldi. meni kechir deya sizga yana davomli "lag'monlarni" ilishga tayyor turadi.

siz u insonni sevasiz, u inson hayotingizni bir qismi bo'lganiga ancha muddat bo'ldi. va siz u insonni kechirasiz. endi sizga savol beraman. bu narsa qanchongacha davom etadi? qachongacha? qachongacha o'sha eshikni yana, yana va yana ocheverasiz? uyat bor,i?
mayli, o'zingiz bilasiz.

yuqoridagi satrlar bilan hamma inson ham shunday deyishdan yiroqman. shunchaki, barchasini o'zingiz uchun bilib oling. o'zingiz uchun.

dunyoda yaxshilar ko'p shu bilan birga shuncha yomonlar ham...

Utopia

30 Oct, 14:19


hamma mendan ketsa ham sen mendan ketma…

Utopia

25 Oct, 16:21


siz bo’lmasangiz ham yashay oladi…

tunda shu narsaga juda ko’p e’tibor berib qoldim. “sen-siz” ham yashay oladi….
bu tushuncha shu darajada oddiyki. hech qanday ikkilanishsiz ayta olaman. bir insonni chindildan sevasiz. u bilan deyarli 2 yil davomida to’xtovsiz sevdingiz. har kuningizni u bilan bo’lishdingiz. ulashdingiz. siz o’ylaysizki. bo’ldi u siz bo’lmasangiz ham yashay oladi) yo’q-yo’q. aksincha. shu kungacha siz borligingizni his qilmagan inson qanday yashay olmasligi mumkin?

sevgan insoningiz 20 yosh deylik. u bilan 18 yoshidan beri sevgi og’ushidasiz. endi 18 yil siz borligingizni bilmagan inson. qanday qilib bu dunyoda yashay olmaydi? qanday?

qo’pol bo’lsa ham. qalbga ozor bersa ham bir narsani aytaman. bu dunyo o’tkinchi. hech kim abadiy qolmaydi. hattoki onangiz, otangiz vafot etgandan keyin ham hayot davom etadi. siz yashaysiz. tasavvur qilyapsizmi? sizni 9 oy qornida ko’targan, tug’ulishingizga sababchi bo’lgan ota va onangiz vafotidan keyin siz bu dunyoda yashaysiz. endi siz jondan ortiq ko’rib sevaman degan insonsiz qanday yashay olmaydi? qanday?

bu so’zlarim aynan kim uchundur emas. kim uchundur bog’liq emas. shunchaki, oddiy satrlar xolos…

Utopia

25 Oct, 13:18


o‘lim vaqtida!

umrimga nihoya shu bo‘lsa naxot,
naxotki shu bo‘lsa mening taqdirim.
qo‘rqaman shu holda etmoqqa vafot.
gunohga to‘ladir umr zanjirim!
yaxshi amallarga bo‘lgandi imkon,
u onda tanlovim  o‘zimda bo‘ldi.
qarshimda gul turib ushladim tikon,
tavba qilmoqlikka endi kech bo‘ldi.
yashagan umrimni sarhisob qilib,
yig‘ladim, achindim o‘zimga o‘zim.
qaniydi yoshlikda yomon yiqilib.
gunohsiz holimda yumilsa ko‘zim.

Utopia

24 Oct, 15:20


hamma narsa ko'ringani kabi bo'lganda edi, xovuchingiz ichidagi dengiz suvini rangi moviy bo'lar edi...

Utopia

24 Oct, 06:11


Insonning haqiqiy siyrati o’zidan zayiflarga qilgan munosabati vaqtida ko’rinadi…

Utopia

24 Oct, 05:10


bizda ham shunaqa ikkimiz dengizni oldida tushgan rasmimiz bo'lsin)

Utopia

24 Oct, 04:09


bilasanmi? seni qalbimni tubiga yashirib qoyganman, qop qorong‘u xonasiga va eng go‘zal joyi o‘sha, nega qorong‘u joyiga deysanmi? chunki seni qizg‘onaman. yaxshiyamki sen rashk qilishga hojat qoldirmaysan va men buni qadrlayman
o‘sha qorong‘u va go‘zal xonada abadiy qol maylimi ?

Utopia

22 Oct, 08:13


yo’ldaman. ketyapman. o’zim baxtli deb biladigan, his qiladigan inson bilan birga. biroz uzoqroq manzil tomon ketyapman.
men uchun hammasidan muhumi bu suhbat.

Utopia

22 Oct, 05:10


ayolni fikrini xurmat qishilik erkakni g‘ururini sindirib qo‘ymaydi, aksincha omonatga sadoqatni bildiradi…)

Utopia

22 Oct, 04:09


xullas, shu kunlarda oʻzgacha yoqimli ob-havo uchun tabiatga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.

Utopia

21 Oct, 17:22


iphone 16 sovg’a qilishingni xohlayman) 😚

Utopia

21 Oct, 12:17


o'qi gulim, sen faqat o'qi. ertaga o'zingdan-da ilmli bo‘lgan ummatni tarbiyalashing kerak.

qo'lingdan ko‘p narsa keladi, charchadim dema, eplay olmayman dema. sen barini uddalaysan. seni bu yo'lda qo‘llaguvchi Robbing bor, shuni unutma.

Utopia

21 Oct, 11:16


har kun ko'chamni boshiga kelib ketadigan darajada sev meni...

Utopia

21 Oct, 10:15


Ertalab suvdek muzlab, abetda marojnadak eriyapman.)

Utopia

21 Oct, 08:56


barchaga salom. Amerikaga ketishni istaydiganlar bormi? unda siz Green Card to'ldirishingiz kerak!

Utopianga ishonasizmi? hech qanday aldovsiz online tarzda Green Card to'ldirib beraman.

xizmatga yarasha haq olamiz.
@abdumannon_off - murojaat qilasiz.

kafolat beraman siz yashab turgan hududda to'ldirib beradiganlardan arzon narxda to'ldirib beraman. o'tgan yili men to'ldirib bergan naxt 4 kishi Green Card sohibi bo'lgan.

@abdumannon_off

Utopia

21 Oct, 05:10


aslida ayb o'zimizda, bir shamchalik yorug‘ligi bo‘lmagan insonlarni quyosh o‘rniga qo‘ydik...

Utopia

20 Oct, 12:17


uning ko’zlariga uzoqdan termulib turish ham yoqimli…

Utopia

20 Oct, 11:16


ba’zan vos kechishni ham uddalash kerak, hech bir ayriliq bizni ajalga xukum etolmaydi. biz kelganlar bilan tug’ilmadik, ketganlaring ham ortidan o’lmaymiz…

Utopia

19 Oct, 03:08


Jannatim Onam. 🧕🏻🫀

hamisha baxtimga sog’u salomat bo’ling. Allohim umringizni uzoq qilsin. sochlaringizga oq tushurgan biz farzandlaringizdan rozi bo’ling. birga haj umra safarlariga borish nasib qilsin. yelkamda ko’tarib Ka’bani 7 marotaba tavof qildirish nasib etsin.
tavallud ayyomingiz muborak Onajonim. 😘

Utopia

18 Oct, 08:13


Bir kun keladi:

Har Juma senga gul va kitob ko’tarib uyga qaytaman)

Utopia

18 Oct, 07:12


ushbu kundalikni sen uchun tutganman. sen uchun yozaman. har bir satrni, go’yo seni eslab yozaman. mayli men yomondurman. men soxtadurman. mening senga bo’lgan munosabatlarim, aytgan gaplarim yomon ma’noda bo’lgandur. lekin, menday inson boshqa uchrata olasanmi?
to’g’ri mendan zo’rini mendan yaxshisini uchratasan. uchrata olasan bilaman buni. lekin, vaqti kelib uni men bilan taqqoslashni boshlaysan.

Utopia

17 Oct, 17:22


xar safar oyni rasmga oganimda bir xil chiqadide dog‘lari. nega shunaqa ekan a?

aytgancha buni sen uchun oldim❤️

Utopia

17 Oct, 08:13


hech kim sababsiz masofa saqlamaydi.
senga devor qurgan bo’lsam g’ishtni sen bergansan)

Utopia

17 Oct, 07:12


yoshlikda onam ipni ignadan oʻtkazib berishni soʻrasalar ipni oʻtkazib faxrlanardik, xuddiki super qahramondek. a hozir esa ipni oʻtkazib ber desalar ichimda nimadir sinadi..

Utopia

17 Oct, 05:10


Bir kun biz ham Madina ❤️ ko’chalarini birga sayr qilamiz…

Onajon🧕

Utopia

17 Oct, 04:09


Shuni bilingki dushmaningiz sizga xiyonat qilmaydi sababi u faqat dushmanlik qilishi mumkin, xiyonatni faqat do’st va yaqinlaringiz qiladi holos…

Utopia

16 Oct, 17:22


Bilaman, kimdir meni so'nggiga qadar kutadi. Iltimos, o'sha Sen bo'l.