📌LOQAYD ONA
❤️Onaning fikri-hayoli uy, taom va internet bo‘lsa, farzand qanday qilib solih bo‘lsin?
❌Ona soatlab ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirib, bolasining tarbiyasi uchun bir soat ham ajratmasa, farzand qanday qilib mo‘min bo‘lsin?
⤵️Ona o‘z farzandiga yarim bet ham Qurʼon yodlatish salohiyatiga ega bo‘lmasa, farzand qanday qilib qori(-ya) bo‘lsin?
⤵️Ona ertayu-kech yangi libos va tilla-buyum dardida bo‘lsa, farzand qanday qilib faqih bo‘lsin?
⤵️Ona o‘z jufti halolining rizqiga noshukur bo‘lsa, farzand qanday qilib sabrli bo‘lsin?
⤵️Ona farzandiga sahobalar va ularning hayosi, taqvosi haqida aytib bermasa, farzand qanday qilib taqvoli bo‘lsin?
⤵️Ona o‘z farzandiga otani qanday hurmat qilishni o‘rgatmasa, farzand qanday qilib mujohid bo‘lsin?
Yana bezlarcha “Farzandim tarbiyasini telefon buzdi” deyishlari qandoq bo‘ldi?
☀️Tarixning mashhur mujohid, imom-u faqihlarining barini yetuk insoniy tarbiya ko‘rishida ularning onalari asosiy rol o‘ynagan edi.
🩷Onalar farzandlarini keyinchalik ulg‘ayganida ko‘p pul topadigan qilib emas, insonlarga manfaati tegadigan qilib tarbiya qilishar edi.
1. Imom Molikning onasi
Aliya bint Shoriq ibn Abdurahmon Asadiy farzandini yoshligidan ustozlar tarbiyasiga bergandi. Kichkina Molikka eng pokiza liboslar kiydirib, uni olimlarning huzuriga olib borardi.
U farzandini nafaqat tashqi ko‘rinishini, balki tarbiyasi ustida ham qattiq harakat qilardi. Kelajakda Imom Molik Madinaning eng katta olimi, mazxab asoschisi bo‘lib yetishdi.
2. Imom Shofeʼining onasi
Uning otasi u chaqaloqligida vafot etadi. Uning tarbiyasi bilan to‘liq onasi shug‘ullanadi.
Bolasi o‘qigan va olgan ilmini onasi uyda sarhisob qilar va undan nimalarni o‘rganganini so‘rab, xatolarini to‘g‘irlab, uyda unga qo‘shimcha taʼlim berardi.
Kelajakda Imom Shofeʼiy buyuk faqih va katta olim bo‘lib yetishdi.
3. Imom Buxoriyning onasi
Buxoriyning otasi vafot etgach, otasidan qolgan barcha mol-mulkni onasi farzandining taʼlim-tarbiyasi uchun sarfladi.
U bolasini yoshligidanoq o‘zi qo‘lidan yetaklab masjidlarga olib borar, ulamolarning darslariga yetaklardi.
Kunduzi uning tarbiyasi bilan, kechasi esa u uchun duo qilish bilan mashg‘ul bo‘lardi.
Buxoriyning ko‘zlari ojiz bo‘lganida onasining iltijosi sabab Alloh shifo bergani olamga mashhur voqea.
Natijada Buxoriy ummat uchun Qurʼondan keyingi eng sahih kitob – “Sahihul Buxoriy”ni qoldirdi.
⚠️Agar ayollar farzand tarbiyasiga sovuqqon bo‘lsalar, ularni ummatga xizmat qiladigan qilib emas, mol-davlat topishga o‘ch qilib tarbiyalar ekan - ularning ham, ummatning ham xorligi yakun topmaydi!
Zero,
"Toki ular o‘zlarini isloh qilmagunlaricha, Alloh ham ularning holatini isloh qilmas!"
© Koʻchirildi