Oliy unvonga loyiq ko‘rilgan muallima haqida lirik drama
Joriy yilning 21-fevral kuni soat 11.00da viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston Qahramoni, fidoyi va faxriy pedagog Muhabbat Sharapova hayot yo‘li va mehnat faoliyatiga bag‘ishlangan "Muhabbat" lirik dramasi premerasi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu spektakl premerasiga barcha professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlarni oila a’zolari bilan birgalikda taklif etamiz.
Spektakl senariysini dramaturg Shodiya Xudoynazarova yozgan, sahnalashtiruvchi rejissyor - Farhod Boynazarov. Rollarni viloyat teatrining taniqli aktyor va aktrisalari ijro etishgan.
Ushbu kunni oilangiz bilan maroqli va mazmunli o‘tkazing, zero “Teatr ibratxonadir”.
Ma’lumot o‘rnida: Muhabbat Sharapova 1991 yili "O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi" nishoni, 1996 yili "Mehnat shuhrati" ordeni, 2007 yili "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi", 2016 yili eng oliy e’tirof - "O‘zbekiston Qahramoni" unvoni bilan taqdirlangan.
👉@TUITKF_UZ