TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal (@ttauf) Kanalının Son Gönderileri

TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal Telegram Gönderileri

TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
4,758 Abone
17,188 Fotoğraf
1,630 Video
Son Güncelleme 08.03.2025 23:46

TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal tarafından Telegram'da paylaşılan en son içerikler

TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

20 Nov, 10:45

1,284

Ma’lumki, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan "O‘z o‘qigan maktabimga kitob sovg‘a qilaman" aksiyasi o‘tkazilib kelinmoqda.

Sizlarga mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, TTA Urganch filialida ham “Ma’rifat ulashib” loyihasi hamda Besh tashabbus doirasida “Maktabimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi start oldi.

Barcha filial professor-o‘qituvchilari hamda talabalarini mazkur aksiyada faol qatnashishga chorlaymiz.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

13 Nov, 11:50

981

Bugun: 13.11.2024

TTA Urganch filiali Qoʻshma ta’lim dasturi fakultetida “Atrof muhit muhofazasi oyligi” doirasida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Fakultet tyutori N.I.Xoʻjamuratova tashabbusi bilan oʻtkazilgan davra suhbatida hozirgi kundagi global muammolar qatoridagi atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrab-avaylash haqida ma'lumotlar berildi. Talaba-yoshlarning qanday qilib ekologiyani asrash mumkinligi haqidagi taklif va tashabbuslari tinglandi hamda talabalarga “Ona tabiatni asrash har birimizning burchimiz” ekanligi ta'kidlandi.

🏫
TTA Urganch filiali matbuot xizmati

🚀
Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

13 Nov, 11:13

1,086

TTA Urganch filialida "Talabalarni korrupsiyaga qarshi halollik vaksinasi bilan emlash" soatlari o‘tkazilishi davom etmoqda. Navbatdagi mashg‘ulot 12-noyabr kuni Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi talabalari bilan o‘tkazildi.
Tadbirda  “Korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Manfaatlar toʻqnashuvi” to'g'risida Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlarida keltirilgan “Korrupsiya”, “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik”, “Manfaatlar toʻqnashuvi”, “Shaxsiy manfaatdorlik”, “Yaqin qarindoshlar” kabi atamalarning mazmun-mohiyati, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar ularning vazirlik va oliy taʼlim muassasalarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar berildi. Shuningdek, talabalarga “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”ning vazifalari va malaka oshirish tartibi haqida ham keng tushuncha berildi.
🏫 TTA Urganch filiali matbuot xizmati

🚀
Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

13 Nov, 10:55

941

2024-yilning 13-noyabr kuni TTA Urganch filialida Davolash fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan Diniy bagʻrikenglik haftaligi doirasida “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari I.S.Yusupov, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, dotsent Z.Q.Abidova, Davolash fakulteti tyutori Gʻ.O.Artikovlarning mavzuga doir ma’ruzalari tinglandi.

🏫 TTA Urganch filiali matbuot xizmati

🚀
Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

13 Nov, 04:31

1,159

Joriy yilning 12-noyabr kuni Xotin-qizlar masalalari bo'yicha Qo'shma ta'lim dasturi fakulteti dekan maslahatchisi N.I.Xo‘jamuratova tashabbusi bilan talaba-qizlar uchun "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Tadbirda Xotin-qizlar masalalari bo'yicha filial direktorining maslahatchisi F.E.Atajonova va Filial profilaktika inspektori katta leytenant Sh.O’ktamova ishtirok etib, mavzu doirasida ma'ruza qildilar hamda talaba-qizlar oʻzlarini qanday himoya qilish haqidagi savollariga javob oldilar.

🏫 TTA Urganch filiali matbuot xizmati

🚀
Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

12 Nov, 12:13

1,389

2024-yil 12-noyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Pediatriya fakulteti talabalari bilan “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida “Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Pediatriya fakulteti tyutori X.A.Isaqova so'zga chiqib, mavzuga doir muhim ma’lumotlar haqida so’z yuritdi.
Shuningdek, tadbir davomida talabalarni ogohlikka chaqirib, ogohlik - davr talabi ekanligi alohida ta'kidlandi.

🏫 TTA Urganch filiali matbuot xizmati

🚀
Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

12 Nov, 11:59

1,584

Bugun: 12.11.2024

TTA Urganch filiali Qoʻshma ta’lim dasturi fakultetida “JAHOLATGA QARSHU MA’RIFAT” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Qo‘shma ta‘lim dasturi fakulteti tuyotori N.I.Xo‘jamuratova tashabbusi bilan Jaholatga qarshi ma'rifat mavzusida Davolash ishi yoʻnalishi talabalari bilan davra suhbati boʻlib o'tdi.
Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.I.Samandarov, Qoʻshma ta’lim dasturi fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan o'rinbosari A.R.Qurbanovlar ishtirok etib, mavzuga doir muhim ma’lumotlar haqida so’z yuritdilar.
Shuningdek, tadbir davomida ogohlik davr talabi ekanligiga alohida urg’u berildi.

🏫 TTA Urganch filiali matbuot xizmati

🚀
Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

05 Nov, 04:32

755

#besh_tashabbus_olimpiadasi
#stol_tennis

🏓"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida Stol tennis bo'yicha hududiy bosqich musobaqasi o'tkazildi

Urganch Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida Stol tennis bo'yicha hududiy bosqich musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda oliy ta'lim muassasalari talabalari bellashishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

O'g'il bolalar o'rtasida
🥇Urganch davlat universiteti;
🥈
TTA Urganch filiali;
🥉
Urganch davlat pedagogika instituti.

🏆G‘olib va sovrindorlar Xorazm viloyati sport boshqarmasi tomonidan ajratilgan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

🏫 TTA Urganch filiali matbuot xizmati

🚀
Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

04 Nov, 07:59

1,354

#Eng_yaxshi_videorolik_tanlovi_

TTA Urganch filiali talabalari o‘rtasida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida “Eng yaxshi videorolik” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda barcha fakultetlardan talabalar qatnashdi.

Tanlov natijalari quyidagicha:

🥇1-o‘rin – Stomatologiya fakulteti 492-B guruh talabasi Meliqo’ziyev Sanjarbek;
🥈2-o‘rin – Tibbiy profilaktika, SSB va xorijiy talabalar fakulteti 251-B guruh talabasi Isroilov Toʻlqinjon Zuxriddin oʻgʻli
🥉3-o‘rin – Pediatriya fakulteti 125-B guruhi talabasi Yoʻldashev Temur;

🎉🏆 Barcha gʻolib boʻlgan talabalarni tabriklaymiz!

🏫 TTA Urganch filiali matbuot xizmati

🚀
Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

04 Nov, 07:56

1,363

#Eng_yaxshi_maqola_tanlovi_

TTA Urganch filiali talabalari o‘rtasida “Men diniy ekstremizm va terrorizmni qanday tushunaman?”, “O‘zbekistonlik ekanligimdan faxrlanaman” mavzularida “Eng yaxshi maqola” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda barcha fakultetlardan talabalar qatnashdi.

Tanlov natijalari quyidagicha:

🥇1-o‘rin – Stomatologiya fakulteti 266-A guruh talabasi Xayitboyev Feruzbek;
🥈2-o‘rin – Stomatologiya fakulteti 161-A guruhi talabasi Ikromova Madinabonu;
🥉3-o‘rin – Qoʻshma ta’lim dasturi fakulteti 181-B guruhi talabasi Davletova Mohinur;

🎉🏆 Barcha gʻolib boʻlgan talabalarni tabriklaymiz!

🏫 TTA Urganch filiali matbuot xizmati

🚀
Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube