TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal (@ttauf) Kanalının Son Gönderileri

TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal Telegram Gönderileri

TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
4,758 Abone
17,188 Fotoğraf
1,630 Video
Son Güncelleme 08.03.2025 23:46

TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal tarafından Telegram'da paylaşılan en son içerikler

TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

04 Nov, 04:52

1,192

#Kino_time
#Talabalar_oyligi:

🏫 Filial 🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan "Talabalar oyligi" doirasida "Kino time" loyihasi amalga oshirildi.
🎥 Mazkur loyihada talabalarga Ben Karson haqida "Oltin qo'llar" nomli film namoyish etildi.

🎬Mazkur film talabalarga o'ziga xos motivatsiya bergan holda kasbiga bo'lgan qiziqishlarini yanada ortishiga xizmat qiladi.

🏫 TTA Urganch filiali matbuot xizmati

🚀
Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

01 Nov, 10:21

1,528

🏫 Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Davolash fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan talabalar uchun “Raqamli asrda xavfsizlik: kiberxavfsizlik va moliyaviy firibgarlikka qarshi kurashish” mavzusida tadbir oʻtkazildi.
🔖 Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.I.Samandarov, Markaziy bank Xorazm viloyat Bosh boshqarmasi xodimlari Abdullayeva Sayyora, Babadjanov Yusupboy, Karimov To'lqinbeklar qatnashishdi.

🏫 TTA Urganch filiali matbuot xizmati
🚀
Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

01 Nov, 10:09

1,465

#Jaholatga_qarshi_ma'rifat_

🏫 Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Davolash fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan 📚“Jaholatga qarshi ma'rifat” mavzusida tadbir oʻtkazildi.
🔖 Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.I.Samandarov, Din ishlari bo'yicha ko'mitaning Urganch shahar bosh mutaxassisi Vaisov Oybek, Urganch shahar Nuroniy jamg'armasi raisi Abdullayev Otanazar, Urganch shahar Ma'naviyat markazi bosh mutaxassisi Xayitboyeva Zuhra va filial professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok qildilar.

🏫 TTA Urganch filiali matbuot xizmati
🚀
Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

26 Oct, 08:29

850

#Ajiniyoz Qo'siboy o'g'lining 200 yilligi_

Milliy qadriyatlar festivali doirasida Jaloladdin Manguberdi bog' majmuasida TTA Urganch filali Davolash fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan o'tkazilgan "Ajiniyoz Qo'siboy o'g'lining 200 yilligiga bag'ishlangan adabiy-ma'rifiy tadbir" dan lavha

🏫 TTA Urganch filiali matbuot xizmati

🚀
Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

26 Oct, 06:36

948

#Bugun:
#Olimpiada:

🏫Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Stomatologiya fakulteti talabalari Toshkent Davlat stomatologiya institutida boʻlib oʻtgan Xalqaro Olimpiadada faol ishtirok etishdi. Barcha talabalar diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

📍 Yutuqlar bardavom boʻlsin! Izlanishdan charchamang!!👏

🏫 TTA Urganch filiali matbuot xizmati

🚀
Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

25 Oct, 09:31

1,172

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi Ma'naviyat.edu. uz saytida yoritildi.

🏫 TTA Urganch filiali matbuot xizmati

🚀
Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

25 Oct, 07:13

1,555

Xabar berganimizdek, mazkur ilmiy-amaliy anjumanda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari S. Salayev ishtirok etdi. Shuningdek, unda xorijiy mehmonlar, tibbiy-reabilitatsiya sohasi mutaxassislari va yosh olimlar qatnashdilar.

Videokonferensiya aloqa shaklida tashkil etilgan anjumanda Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori vazifasini bajaruvchi Sh.Baymuradov so‘zga chiqib, xalqaro darajadagi konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Ma'lumot o'rnida qayd etish joizki, ilmiy-amaliy anjumanning asosiy yo‘nalishlarini “Jahonda reabilitatsiyaning zamonaviy holati”, “Reabilitatsiyada zamonaviy texnologiyalar”, “Ijtimoiy reabilitatsiya”, “Nogironlarni reabilitatsiya va abilitatsiya masalalari” tashkil etadi va yuqori formatdagi ushbu tadbir joriy yilning 25-26 oktabr kunlari davomida o‘tkaziladi. Navbatdagi jarayonlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib boramiz.

🏫 TTA Urganch filiali matbuot xizmati

🚀
Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

25 Oct, 07:13

1,332

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
O‘Z ISHINI BOSHLADI


Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining joriy yilga mo‘ljallangan asosiy tashkiliy tadbirlar rejasiga muvofiq Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda TTA Urganch filiali tomonidan “Reabilitatsiya: zamonaviy yondashuvlar, muammolar, istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi.

Dastavval, mazkur konferensiya ishtirokchilari, jumladan, sohada yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelayotgan xalqaro darajadagi yetakchi mutaxassislar, professorlar, tadqiqotchi-olimlar munosib kutib olindi. Shundan so‘ng anjumanning rasmiy ochilish marosimi o‘z ishini boshladi va uni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori R. Ruzibayev boshqarib bordi.

🏫 TTA Urganch filiali matbuot xizmati

🚀
Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

25 Oct, 04:57

1,578

Joriy yilning 24-oktyabr kuni TTA Urganch filiali talabalari o‘rtasida badiiy asarlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini targʻib qilish orqali yoshlarimizni har tomonlama sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash, ularning kitobdan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Kitob mening doʻstim” respublika koʻrik-tanlovining filial bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda har bir fakultetdan 1 nafar talaba qatnashdi.

Tanlov natijalari quyidagicha:

🥇1-o‘rin – Stomatologiya fakulteti 362-B guruh talabasi Abdumajitov Tolibjon;
🥈2-o‘rin – Pediatriya fakulteti talabasi 123-A Baxtiyorova Hilola;
🥉3-o‘rin – Tibbiy profilaktika, SSB va xorijiy talabalar fakulteti 151-B talabasi Turdialiyev Nodirbek;

🎉🏆 Barcha gʻolib boʻlgan talabalarni tabriklaymiz!
🏫 TTA Urganch filiali matbuot xizmati

🚀
Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube