Elyorbek_Alimov_official @elyorbek_alimov_official Channel on Telegram

Elyorbek_Alimov_official

@elyorbek_alimov_official


Ushbu kanalda TTA Urganch filiali Pediatriya fakultetida kechayotgan yangiliklar, talabalarning erishgan yutuqlari hamda filialda o'tkazilayotgan turli yo'nalishdagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar borasidagi axborotlardan xabardor bo'lib borasiz.

Elyorbek_Alimov_official (Uzbek)

Elyorbek Alimov rasmiy kanali. Ushbu kanalda TTA Urganch filiali Pediatriya fakultetida kechayotgan yangiliklar, talabalarning erishgan yutuqlari hamda filialda o'tkazilayotgan turli yo'nalishdagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar borasidagi axborotlardan xabardor bo'lib borasiz. Bu kanalda TTA Urganch filiali Pediatriya fakultetidagi so'nggi yangiliklarni va talabalarning katta yutuqlarini o'rganish imkoniyati mavjud. Agar siz filialda o'tkazilayotgan turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar va qiziqarli axborotlar bilan xabar olmoqchi bo'lsangiz, Elyorbek Alimov kanaliga obuna bo'ling va birinchi bo'lib yangiliklardan xabardor bo'ling!

Elyorbek_Alimov_official

29 Jan, 15:47


Aktiv boʻlaylik🥇

Elyorbek_Alimov_official

29 Jan, 15:46


📌 Xorazm viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalarining 2024-yilning eng na’munali rektori kim?

Soʻrovnoma 4-Fevral soat 23:59 gacha davom etadi.

1️⃣ G'olib OTM rektoriga statuetka, Diplom hamda qimmatbaho sovg'alar 🎁 bilan tantanali ravishda taqdirlanadilar.

Eslatma: Ushbu so'rovnomada xolis fikr bildirishingizni iltimos qilib qolamiz.

🔊🔊Ovoz berish!

Obuna bo’ling👉 @OTM_Minbari

Elyorbek_Alimov_official

29 Jan, 12:54


t.me/med_lor
ANATOMIYAGA QIZIQUVCHILAR UCHUN AJOYIB KANAL

Assalomu alaykum. Humatli ilmi toliblar tibbiyotning fundamenti xisoblangan ANATOMIYANI biz bilan oson o'rganing.
Kanalimizda ajoyib konspektlar va ANATOMIYA fanidan materiallar bor.
Aziz do'stlar sizlarni kanalda kutaman
❗️❗️❗️kanalga o'tish uchun lenkini ustiga bosing

Elyorbek_Alimov_official

29 Jan, 12:27


1. Gipokalemiya

Qon plazmasidagi kaliy miqdorining normal darajadan pasayishi.
Normal kaliy darajasi: 3.5–5.0 mmol/L. Gipokalemiyada bu ko‘rsatkich 3.5 mmol/L dan past bo‘ladi.

Sabablari:

Ovqatlanish: Kaliy kam bo‘lgan dietalar.

Yo‘qotishlar:

Ko‘p qusish yoki diareya.

Diuretiklar (siydik haydovchi dorilar) iste'moli.

Gormonal o‘zgarishlar (masalan, aldosteronning ko‘payishi).


Boshqa sabablari:

Buyrak kasalliklari.

Dori vositalari (masalan, insulin).



Belgilari:

Mushaklarning zaifligi, kramplar.

Yurak ritmining buzilishi (aritmiya).

Charchoq, apatiya.

Qon bosimining pasayishi.


Davolash:

Kaliy bilan boyitilgan oziq-ovqat (banan, apelsin, kartoshka) iste'moli.

Og‘ir holatlarda venaga kaliy eritmasi yuboriladi.



---

2. Giperkalemiya

Qon plazmasidagi kaliy miqdorining normal darajadan oshishi. Giperkalemiyada bu ko‘rsatkich 5.0 mmol/L dan yuqori bo‘ladi.



Boshqa kasalliklar:

Buyrak yetishmovchiligi (kaliyni chiqarib tashlashning buzilishi).

Adrenal bezlar yetishmovchiligi (masalan, Addison kasalligi).


Dori vositalari:

Kaliy saqlovchi diuretiklar.

ACE-ingibitorlar.


Yurak va to‘qimalar shikastlanishi:

Gemoliz (eritrotsitlar yemirilishi).

Travmalar.

@Elyorbek_Alimov_official📌

Elyorbek_Alimov_official

29 Jan, 04:54


🔰DEPRESSIYA

Diagnostik kriteriya:
Kamida 2 hafta davom etadigan qayta-qayta epizodlar quyidagi 9 diagnostik simptomdan ≥ 5 tasining mavjudligi bilan xarakterlanadi, jumladan tushkun kayfiyat yoki anhedoniya (bolalarda esa asabiylashuv).
*mnemonika :
SIG: E CAPS:
ƒSleep disturbances (Uyquning buzilishi)
ƒInterest in pleasurable activities →anhedonia (Yo'qotilgan qiziqish yoki zavq olishning pasayishi)
ƒGuilt or feelings of worthlessness (Aybdorlik hissi yoki o'zini qadrsiz his qilish)
Energy (Energiya yetishmasligi)
Concentration (Konsentratsiyaning pasayishi)
ƒAppetite/weight changes (Ishtaha yoki vazn o'zgarishi)
ƒPsychomotor retardation or agitation (Psixomotor sekinlashuv yoki qo'zg'alish)
ƒSuicidal ideation (O'z joniga qasd qilish fikrlari)

*Bipolyar buzilishni istisno qilish uchun avvalgi manik yoki gipomanik epizodlarni tekshiring.

Davolash:
Kognitiv xulq-atvor terapiyasi va SSRI (selektive serotonin reuptake ingibitorlari) birinchi qator davolash chorasi hisoblanadi;
Alternativalar: SNRIs (serotonin-norepinephrine reuptake ingibitorlari), mirtazapin, bupropion, elektrokonvulsiv terapiya, ketaminni o'z ichiga oladi.

Katta yo'qotishlarga (masalan, yaqin insonning o'limi, tabiiy ofat, nogironlik) javob sifatida bu simptomlar depressiv epizodga o'xshashi mumkin. Agar yuqoridagi mezonlar bo'yicha (>2 hafta davomida yuqoridagi 9 tadan 5 tasining mavjudligi) bemorda simptomlar bo'lsa depressiya tashxisi qo'yiladi.

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

29 Jan, 04:30


#kun_hikmati

Ko‘zni yumgil, ko‘zga aylansin ko‘ngil.
Jaloliddin Rumiy


@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

28 Jan, 16:51


Men sessiyada 1 ta fandan yakuniy nazoratdan o‘ta olmay fandan 5 kredit qarzdor bo‘lib qoldim. Endi fanni qayta o‘zlashtirishim uchun 5 kreditga qancha pul to‘layman?

Talaba akademik qarzdor boʻlgan bitta fanni qayta oʻzlashtirishi uchun uning tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻladigan toʻlovning miqdori (QTM) bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining (BTKM) bir oʻquv yili uchun belgilangan jami kreditlar miqdoriga (JKM) boʻlinganda hosil boʻladigan boʻlinmani tegishli fanga ajratilgan kredit miqdoriga (FKM) koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.

Masalan: Aytaylik 1 yil uchun 60 kredit ajratilgan shundan bu semestr (1,3,5,7) uchun ajratilgan umumiy fanlar kredit miqdori 30 kredit. Endi kunduzgi ta'lim shakli talabalari uchun belgilangan bazaviy kontrakt 6.412.000 so‘m bo‘lsa, ushbu summani yarmi 3.206.000 soʻmi ya'ni yarim yillik kontrakt summasini ushbu semestr jami fanlar uchun ajratilgan 30 kreditga bo‘linadi.

6 412 000 : 2 = 3 206 000 soʻm

3 206 000 : 30 (kredit)= 106 866.6 so‘m
106.866 × 5 (kredit)= 534 333 so‘m

📌 Siz 5 kreditga 534 333 so‘m qo‘shimcha pul to‘laysiz.

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

28 Jan, 11:40


#Taqdirlash_marosimi

🗣Barchangizni taqdirlash marosimiga taklif qilamiz!

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan “Islohotlar bilimdoni”, “Yilning eng faol talabasi”, “Yilning eng faol o‘quvchisi”, “Kitob mening do‘stim”, “Eng yaxshi dasturchi”, “Mening konstitutsiyam”, “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” va “Eng yaxshi videoroliklar” respublika tanlovlari g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi 31-yanvar kuni soat 10:30 da Zakovat arenada bo‘lib o‘tadi.

📍Taqdirlash marosimi manzili

⏺️Taqdirlash marosimiga barcha talaba-yoshlarni taklif qilamiz. Marosim davomida konsert dasturi ham tashkil etiladi.

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

28 Jan, 08:13


#Bugun
🏢TTA Urganch filiali  Pediatriya fakulteti tyutori  M.Y.Abdrimova  1-kurs talabalari bilan XII-XIII  asr tasаvvufining eng yorqin va eng ulug' namoyondalaridan  biri bo'lgan ulug' mutafakkir olim Najmiddin Kubro tavalludining 880-yilligi munosabati bilan  talabalarning mutafakkir  hayoti va ijodi haqida bilim va ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida "Ajdodlarga munosib avlod boʼlaylik"  mavzusida davra suhbati o'tkazdi.

👇👇👇
@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

28 Jan, 07:29


Pediatriya fakulteti tyutori B.Q.Qurbanov tashabbuskorligida kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida fakultet talabalari bilan "Shukronalik-eng ulug' fazilatdir" mavzusida Xitoy yozuvchisi Yu Xuaning "Yashamoq" asari bo'yicha davra suhbati o'tkazildi.

Asar 1993-yilda xitoylik yozuvchi Yu Xua tomonidan yozilgan ta’sirli roman. Asar Xu Fugui ismli boy yer egasining o‘g‘li hayotini tasvirlaydi va uni Xitoy inqilobi sabab bo‘lgan jamiyatdagi ulkan o‘zgarishlar fonida tasvirlaydi. Roman siyosiy inqiloblar va tarixiy voqealar oddiy insonlarning hayotini qanday shakllantirishini va o‘zgartirishini ochib beradi.

Hikoya bir xalq og‘zaki ijodi va afsonalarini to‘plash uchun qishloqlarni kezayotgan hikoyachining tasviri bilan boshlanadi. Yu Xua ushbu romanida insoniy empatiya va tafakkurni uyg‘otuvchi adabiy uslublarni qo‘llagan va uni zamonaviy Xitoy adabiyotining muhim asarlaridan biriga aylantirgan.


@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

27 Jan, 07:40


#Кун_иқтибоси

Инсонга ҳукмронликни беринг, унинг кимлигини биласиз.

✍️ Наполеон Бонапарт


@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

26 Jan, 15:23


#Dars_jadvali:

27-yanvar kuni dars mashg'ulotlarini boshlaydigan 1-kurs Biotibbiyot, 2-kurs OHI, 4-kurs Farmatsiya va 5-kurs SES, MBBS guruhlari uchun dars jadvali.

🎯Do'stlaringizga ulashib qo'ying!

👇👇👇
💠@elyorbek_alimov_official💠

Elyorbek_Alimov_official

26 Jan, 06:51


🎥 Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali: Sifatli ta'lim va zamonaviy imkoniyatlar!

🩺 Bu yerda kelajak shifokorlari shakllanadi, innovatsion laboratoriyalar va yuqori malakali o‘qituvchilar yordamida!

📚 Bizning filial talabalari tibbiyot sohasida yuksak marralarni zabt etish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni egallamoqda.

💡 Siz ham ushbu dargohning bir qismi bo‘lishni xohlaysizmi?

🌐 Bizning rasmiy veb-saytimizga tashrif buyuring: (https://www.urgfiltma.uz)

👉 Fikr va savollaringizni izohlarda qoldiring!
📤 Do‘stlaringiz bilan ulashing!
👇👇👇
💠@elyorbek_alimov_official💠

Elyorbek_Alimov_official

25 Jan, 14:19


#FIKR_MULOHAZALAR

Termiz davlat universiteti rektori Toshqulov Abduqodir Hamidovichning teran hamda qimmatli fikr-mulohazalarini sizga ulashmoqdaman.

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

25 Jan, 13:00


#Vazir_Xorazmda

Prezident topshiriqlari ijrosi yuzasidan Xorazmdagi oliygohlarda Respublika ishchi guruh faoliyat yuritmoqda

Xabaringiz bor, 22-yanvar kuni Prezidentimiz oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishib, 2025-yilda tizimda amalga oshiriladigan ishlarni belgilab bergan edilar. Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan ayni kunlarda vazirlikning ishchi guruhi Xorazm viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarida oʻrganish ishlarini olib bormoqda.

25-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, Ishchi guruh rahbari Qo‘ng‘irotboy Sharipov Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida hududdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda ishchi guruh a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yigʻilishda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan topshiriqlarni hududdagi har bir oliygohning dekanatlari hamda kafedralarigacha yetib borishiga alohida eʼtibor qaratildi.

🗣 Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/4770


👇👇👇
💠@elyorbek_alimov_official💠

Elyorbek_Alimov_official

23 Jan, 11:10


"Qishki perevod" natijalari qachon e'lon qilinadi?

"Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida nizom"ning ilovasiga ko'ra, bahorgi semestr bo'yicha (xalq tilida qishki perevod) arizalar natijasi fuqaroga 25-yanvardan 15-fevralgacha muddat oralig'ida ma'lum qilinadi.

Demak "qishki perevod" natijasi e'lon qilinishining so'nggi kuni 15-fevral hisoblanadi.

@ELYORBEK_ALIMOV_OFFICIAL

Elyorbek_Alimov_official

23 Jan, 09:50


🏛SAYYOR QABUL: MUROJAATLARGA IJOBIY YECHIM TOPISH MEXANIZMI

Bugun, 23-yanvar kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Xorazm viloyatidagi yoshlarning muammolarini o’rganish, ularga yechim topish, yoshlarning taklif va tashabbuslarini tinglash va qoʻllab-quvvatlash maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas'ul xodimlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i, Xorazm viloyati davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etib, viloyatdagi oliy ta′lim muassasalari talabalari, abituriyentlar va ularning ota-onalarining soha bo‘yicha mavjud muammolarini muhokama qilish va yechimini aniqlash uchun har birlari bilan alohida muloqot olib borishdi.

Jarayonlarda TTAUF yoshlar masalalari va ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha direktorning birinchi o'rinbosari I.S.Yusupov ham ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot qildi. Muloqot davomida yoshlardan kelib tushgan savol va muammolar tinglanib, ular bo‘yicha amaliy yechimlar taklif etildi. Shuningdek, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar belgilandi. Murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Mazkur tadbir yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

👇👇👇
💠@Elyorbek_alimov_official💠

Elyorbek_Alimov_official

23 Jan, 07:23


Президент Шавкат Мирзиёев олий таълим ва илм-фан соҳасидаги устувор вазифаларга оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о приоритетных задачах в области высшего образования и науки.

#Mirziyoyev #taqdimot #oliytalim #ilmfan

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Elyorbek_Alimov_official

23 Jan, 07:17


#Sayyor_qabul

🗣Ayni paytda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Xorazm viloyatidagi yoshlarning muammolarini o’rganish va ularga yechim topish, yoshlarning taklif va tashbbuslarini tinglash hamda qo'llab-quvvatlash maqsadida sayyor qabul o'z ishini boshlandi.

🔘Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas'ul xodimlari, Xorazm viloyati hokimligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i, Xorazm viloyati davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari rektorlari yoshlar bilan muloqot olib bormoqda.

©️@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

22 Jan, 10:04


🧠Miyaning qon bilan taminlanishi

⭕️Miya daqiqasiga umumiy qon oqimining 15%ni o‘zlashtiradi. Bu taxminan daqiqasiga 750mlni tashkil qiladi

"Inson-- oʼzi bir moʼjiza " deyilgani bejiz emas🤩

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

22 Jan, 07:31


Assalomu aleykum! Qadrli guruxim a'zolari!

Usmonov Ahrorjon akamiz 1997 yilda Samarqand viloyati ishtixon tumanida tug'ilgan.
U 2011-yil 24-iyunda kanalda chomilib umurtqasidan shikastlanib, natijada yurolmay qolgan.
Kop joylarda davolangan!
Lekin natija judayam oz mana 13  yildan buyon u yurolmaydi.
Siz o'zingizni shu holda tasavvur qiling.
Xozir uning yurishiga Turkiya davlatlaridagi 70-80 % ishonchli operatsiyasiga 30.000 $ kerak ekan, Akamiz bizning komagimizga muxtoj.
Akamiz oyoqqa turishida o'z hissamizni qo'shaylik.
30 ming,  50 ming 100.000 ming som pul otkazsak ham bu g'alabaga bir qadam yaqinlashdik deganidir.
Bu pul bilan siz boy bo'lib qolmisiz. Ammo shu  bn katta savobli ishga qo'l urishingiz mumkin.
BIRLASHSAK KATTA KUCHMIZ!

Kimdur aytgandi.
Bu dunyoda olgan narsang emas,
Bergan narsang seniki!
Chunki Mukofotini  ALLOH beradi.
UZCARD
8600060918880759 Usmonov Ahror
Humo
9860346604987799 Primova Munisa
Agrobankviza 6262570071200341
Ahror akani telefon raqami +998943569709
Kartaga ulangan

Elyorbek_Alimov_official

22 Jan, 07:16


🫁O‘PKA GIPERTENZIYASI

Ta'rif:
O‘pka qon aylanish sistemasida yuqori bosim (o‘rtacha arterial bosim > 25 mm Hg; normal ~10 mm Hg).
Patologiya:
O‘pka magistral arteriyasining aterosklerozi.
O‘pka arteriyalaridagi silliq mushaklarning gipertrofiyasi.
Intimal fibroz.
Asoratlar:
O‘ng qorincha gipertrofiyasi va oxir-oqibat cor pulmonalega olib keladi.
Belgilari:
Jismoniy harakatda nafas qisishi (ekzersion dispnoe).
O‘ng tomondagi yurak yetishmovchiligi alomatlari.
Tasnifi:
Etiologiyasiga qarab birlamchi va ikkilamchi turlarga bo‘linadi.

🔹Birlamchi O‘pka Gipertenziyasi
Demografiya:
Ko‘pincha yosh ayollarda kuzatiladi.
Etiologiya:
Ko‘pincha noma'lum.
Oilaviy shakllar ko‘pincha BMPR2 mutatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lib, bu tomir silliq mushaklarining ko‘payishiga olib keladi.

🔹Ikkilamchi O‘pka Gipertenziyasi
Sabablari:
Gipoksemiya (masalan, interstitsial o‘pka kasalliklari).
O‘pka qon aylanish sistemasida hajmning oshishi (masalan, tug‘ma yurak kasalliklari).
Qayta-qayta o‘pka emboliyasi.

@Elyorbek_Alimov_official💠
🏛TTA URGANCH FILLIALI

Elyorbek_Alimov_official

21 Jan, 18:35


-81

Elyorbek_Alimov_official

21 Jan, 17:36


Болаларда учрайдиган касаликларни диф диагностика килиш учун керак булади

@Elyorbek_Alimov_official✔️
🏦TTA URGANCH FILLIALI ⚡️

Elyorbek_Alimov_official

10 Jan, 10:53


#Bilasizmi?

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati

👉 Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich - Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri

👉 Daliyev Shohrux Hojiakbarovich - Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

👉 Mahkamov Otabek Muxtorovich - Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari

👉 Buzrukxonov Sarvarxon Munavarxonovich - Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

10 Jan, 06:09


#Organizmingizda nima yetishmaydi?

🍫Shokolad xohlaysizmi?
Magniy yetishmaydi!
👨‍⚕Tavsiya qilinadi: yong'oqlar, pista, mevalar, dukkaklar

🍞Non xohlaysizmi?
Azot yetishmaydi!
👨‍⚕Tavsiya qilinadi: oqsilga boy mahsulotlar (baliq, go'sht, yong'oqlar)

🍬Shirinlik xohlaysizmi
Glyukoza yetishmaydi!
👨‍⚕Tavsiya qilinadi: asal, sabzavotlar, rezavorlar va mevalar

🍜Yog'li ovqatlar xohlaysizmi
Calsiy yetishmaydi!
👨‍⚕Tavsiya qilinadi: brokkoli, kunjut, pishloq, dukkaklar

🧈Pishloq xohlaysizmi
Calsiy va fosfor yerishmaydi!
👨‍⚕Tavsiya qilinadi: brokkoli, sut, tvorog

🍣Dudlangan mahsulotlar xohlaysizmi

Xolesterin yetishmaydi
👨‍⚕Tavsiya qilinadi: avokado, qizil baliq, yong'oqlar, zaytun

🩺 Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

@Elyorbek_Alimov_official✈️
👤

Elyorbek_Alimov_official

10 Jan, 02:28


#kun_hikmati🫥

O’zida yo‘q narsalar uchun g‘am chekmaydigan, boridan quvonadiganlar aqlli kishilardir.
Demokrit

@Elyorbek_Alimov_official✈️

Elyorbek_Alimov_official

09 Jan, 09:42


Oliy sud tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati tasdiqlandi


@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

09 Jan, 09:31


Do'stlar bir e'lonim Bor ...

Kanalga adminlar kerak 5 ta admin olaman va qaysi admin eng faol bo'lib kanalni rivojlantirisha yordam bersa sovg'am Bor ... 🤩🤩🤩

Vazifasi: Kanalga hamma uchun foydali ma'lumotlar, qiziqarli o'yinlar...
Shu barchaga ilm ulashishi kerak ma'lumotlari aniqligi dunyo habarlari barcha barchasidan qo'shimcha malumotlarni menga yozsangiz tushuntiraman

Adminlikka nomzodlar Familiya, ism va sharifingizga qoʻshib, fakultet hamda guruhingiz haqidagi ma'lumotlarni @ElyorbekAlimov manziliga toʻliq yoʻzing.

💠@elyorbek_alimov_official💠

Elyorbek_Alimov_official

08 Jan, 11:47


ALIMOV ELYORBEK NARXANOVICH

YOSHLAR MASALALARI HAMDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR BO‘YICHA DEKAN O‘RINBOSARI
Batafsil @elyorbek_alimov_official telegram kanalida

Elyorbek_Alimov_official

08 Jan, 11:47


IBRAGIMOV SARDORBEK JUMANAZAROVICH

PEDIATRIYA FAKULTETI O'QUV ISHLARI BO'YICHA DEKAN O'RINBOSARI

Obuna bóling
@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

08 Jan, 11:43


SAPAYEVA SHAROFAT AMINOVNA

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI URGANCH FILIALI PEDIATRIYA FAKULTETI DEKANI

TIBBIYOT FANLARI NOMZODI, DOTSENT

Obuna bóling
@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

08 Jan, 11:43


KARIMOV RASULBEK HASANOVICH
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI URGANCH FILIALI  ILMIY ISHLAR VA INNOVATSIYALAR BO'YICHA DIREKTOR O'RINBOSARI
                                                                
TIBBIYOT FANLARI BÓYICHA FALSAFA DOKTORI, PhD

Obuna bóling
@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

08 Jan, 11:42


BATIROV DAVRONBEK YUSUPOVICH
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI URGANCH FILIALI XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI BO'YICHA DIREKTOR O'RINBOSARI

TIBBIYOT FANLARI NOMZODI, DOTSENT

Obuna bóling
@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

08 Jan, 11:41


YUSUPOV IZZAT SULTANOVICH
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI URGANCH FILIALI YOSHLAR MASALALARI VA MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR BO'YICHA DIREKTORNING BIRINCHI O'RINBOSARI

TARIX FANLARI BO'YICHA FALSAFA DOKTORI, PhD, DOTSENT

Obuna bóling
@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

08 Jan, 11:40


OLLABERGANOV MARDON ISMOILOVICH
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI URGANCH FILIALI ÓQUV ISHLARI BO'YICHA DIREKTOR O'RINBOSARI

TIBBIYOT FANLARI BO'YICHA FALSAFA DOKTORI, PhD

Obuna bóling
@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

08 Jan, 11:39


RUZIBAEV RASHID YUSUPOVICH
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI URGANCH FILIALI DIREKTORI

TIBBIYOT FANLARI DOKTORI, PROFESSOR

Obuna bóling
@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

08 Jan, 03:36


Доставка текин бўлса...😄

Хаммага яхшы кайфият😁

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

07 Jan, 14:22


#Amaliyot:

Qishki malakaviy amaliyot jadvali

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

07 Jan, 14:02


#foydali🟡

🧤 Tibbiy qoʻlqoplarni qanday yechish kerak?


@Elyorbek_Alimov_official💠

Elyorbek_Alimov_official

07 Jan, 08:25


#music_time🎧
🎧🎼
@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

07 Jan, 02:21


#kun_hikmati

Aqlli bo‘lishning o‘zi yetarli emas. Eng asosiysi aqlni amalda qo‘llay bilishdadir.🔻
- Rene Dekard

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

06 Jan, 05:30


Oliy ta'lim muassasalarida nimalarga e'tibor ko'proq bo'lsa talabalar uchun manfaatli bo'ladi ?

Fikringizni izohlarda qoldring


https://t.me/elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

06 Jan, 04:42


#Rasman

Talabalarga 8-yanvardan darslar boshlanadi

— Qishki ta’til 7-yanvar kuni tugaydi. 2025-yilning 8-yanvaridan boshlab barcha oliy va professional ta’lim muassasalarida darslar davom etadi.

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

05 Jan, 20:58


#Farmakologiya

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

📘 Asosiy dori vositalari ro‘yxati
🔸 Standart bo‘yicha (huquqiy himoya)

☑️ 800dan ortiq dorilar
☑️ qaysi kasallikda qo‘llash
☑️ qanday shaklda yuborish
☑️ qancha miqdorda yuborish

Xullas ajoyib qo‘llanma ekan. Tibbiyot yoʻnalishida oʻqiyotgan talabalarga yuborib qoʻying.

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

05 Jan, 17:18


Ta'til qanday oʻtayapti endi? Bekorchilikmi yoki biror ishlar bilan bandmisizlar?😍

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

05 Jan, 08:48


Oʻqishni sogʻinganlar bormi?

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

05 Jan, 08:45


#Кун_ҳикмати

📌 Яхшилар масъулият билан иш қилишлари учун қонунларга муҳтож бўлмайдилар. Ёмонлар қонунларга чап бериш учун йўл топадилар.

✍️ Афлотун

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

05 Jan, 08:06


#music_time🎧
Muhammadziyo-Jamalak🎼🎧

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

05 Jan, 07:58


#tibbiy_maʼlumot

Kandidoz (qo'ziqorin) - Candida jinsining mikroskopik xamirturushga o'xshash qo'ziqorinlari (birinchi navbatda Candida albicans) qo'zg'atadigan qo'ziqorin infektsiyasining bir turi. Bu turning barcha vakillari opportunistik deb tasniflanadi3. Nozologiya unutilgan (e'tiborsiz) kasalliklar guruhiga kiradi.

Candida jinsining mikroorganizmlari ko'pchilik sog'lom odamlarning og'iz, vagina va yo'g'on ichakning normal mikroflorasining bir qismidir. Kasallik nafaqat Candida jinsining zamburug'larining mavjudligi, balki ularning ko'p miqdorda ko'payishi va / yoki qo'ziqorinning ko'proq patogen shtammlarining kirib kelishi natijasida yuzaga keladi. Ko'pincha kandidoz umumiy va mahalliy immunitetning pasayishi bilan yuzaga keladi.



😎@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

04 Jan, 19:12


Ta'tilni tugatib, oʻz uyidan oʻqishga qaytayotganlar bormi?

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

04 Jan, 19:07


#OAV #sarhisob #rejalar

Oliy taʼlim tizimida oʻtgan yili qanday oʻzgarishlar roʻy berdi va yangi yilda qanday ishlar amalga oshiriladi?

“Mening yurtim” telekanali muxbirining savollariga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov javob berdi.

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

04 Jan, 15:20


#Maʼlumot

DORI SHAKLLARINING TASNIFI


1. Suyuq dori shakllari
2. Yumshoq dori shakllari
3. Qattiq dori shakllari

Suyuq dori shakllariga quyidagilar kiradi:

— Eritma – Solutio
— Damlama – Infusum
— Qaynatma – Decoctum
— Tindirma – Tinctura
— Aralashma – Mixtura
— Ineksiyalar uchun ishlatiladigan dori shakllari – Formae medicamentorum pro injectionibus
— Suyuq ekstrakt – Extractum fluidum
— Quyuq ekstrakt – Extractum spissum
— Quruq ekstrakt – Extractum siccum
— Emulsiya – Emulsum
— Shilimshiq - Mucilago
— Suspenziya – Suspensio

ERITMALAR

bosh kelishik birlik sonda - Solutio

qaratqich kelishik ko'plik sonda – Solutionis

qisqartmasi - Sol.


@Elyorbek_Alimov_official😎

Elyorbek_Alimov_official

04 Jan, 10:34


Siz “Tilda, fikrda, ishda birlik” degan ezgu g‘oya bilan maydonga chiqqan jadid alloma, olim va mutafakkir bobolarimiz ibrat yo‘llari va asarlarini qiziqish bilan mutolaa qilasizmi?

Unda quyidagi tanlov Siz uchun!

TTA Urganch filiali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 11-noyabrdagi 428-sonli buyrugʻi ijrosini ta’minlash maqsadida talaba-yoshlar o‘rtasida “JADIDLAR JASORATI – MILLATIMIZ FAXRI” hamda “JADIDLAR: MILIIY O‘ZLIK, ISTIQLOL VA DAVLATCHILIK G‘OYALARI” mavzularida INSHOLAR tanlovini e‘lon qiladi!

Natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan nomzod keyingi bosqichda ishtirok etadi.

Tanlov 2025-yilning 10-yanvar kuni soat 14.00 da filial Ma’naviyat xonasida bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.I.Samandarovga murojaat qiling!


😎@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

03 Jan, 17:38


🔹Hayot judayam tez o'tib ketmoqda...
Siz esa "ERTAGA" deysizmi?

Nima ishingiz bo'lsa ham ertaga emas, bugun va hoziroq boshlang!

Quruq gap - so'zni hamma ham gapira oladi. Siz ularga kimligingizni gap-so'zlar bilan emas, o'z natijalaringiz bilan ko'rsating.

Hayotingizda ikki toifa odamlar mavjud. Ularni bir-birlaridan ajrata biling...

🔺 Bir toifadagilari, bekorchi vaqtini sizga sarf qiladilar...
🔺 Boshqa bir toifadagilari esa sizn uchun qimmatli vaqtini ajratadilar.

👾MAQSAD

@Elyorbek_Alimov_official😎

👤 @Oftalmolog_Is7omjon😎

Elyorbek_Alimov_official

03 Jan, 09:59


Yo‘talga qarshi siroplar .

#Gerbion 100 ml:
🔹O‘tlardan tayyorlangan quruq va balg‘amli yotal uchun.

#Sinekod 100 ml:
🔹Quruq yotal uchun samarali vosita.

#Ambrobene100 ml:
🔹Balg‘amli yotal uchun Germaniyaning samarali vositasi.

#Lazolvan 100ml:
🔹O‘tkir va surunkali nafas kasalliklarida yopishqoq balg‘am uchun.

#Askoril 100 ml:
🔹Balg‘am ajratuvchi va bronxlarni kengaytirib nafas olishni yengillashtiradi.

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

03 Jan, 04:50


#musiqa_time🎧
Zor aylama 🎼🎧

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

03 Jan, 04:00


Овқатни ҳазм қиладиган энг яхши маҳсулотлар😎

– Табиий йогурт
– Олма
– Нок
– Лимон
– Фенхель чойи
– Кефир/қатиқ
– Лавлаги
– Карам
– Пиёз
– Занжабил (имбирь)
– Кўкатлар
– Газланган минерал сув


😎@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

03 Jan, 03:22


#kun_hikmati

Yiqilganni turg‘izmoq uchungina egil. ❤️‍🔥
( Epikur )

😎@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

02 Jan, 08:14


2024-yilda oʻz oldingizga qoʻygan maqsad va rejalaringiz amalga oshmagan yoki tugallanmagan boʻlsa, aslo siqilmang.

Bandaning vazifasi maqsad qoʻyish va harakat qilish. Natijasi esa Allohning irodasiga bogʻliq.

Yangi yil - bu yillar almashinuvi, vaqt oʻlchov birligi xolos. Maqsad va rejalaringizni amalga oshgani ham, amalga oshmagani ham yaxshilikka...

Yil yakunlandi, lekin hayot tugagani yoʻq!!!🙂


@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

02 Jan, 07:14


Oliygohimizni qoʻllab-quvvatlab, ovoz beringlar. Oldindan hammaga katta rahmat

Elyorbek_Alimov_official

02 Jan, 07:13


2024 йилнинг энг намунали тиббиёт олий таълим муассасасига овоз беринг!


Сўровномада иштирок этиш учун қуйидаги 👉 ҳавола устига босинг.

🌐@ssvuz | 🌐@ssvmatbuotkotibi |🌐 Facebook | 🌐Instagram

Elyorbek_Alimov_official

02 Jan, 03:32


#Кун_ҳикмати

📌 Сиёсатчи — овозини халқ овози билан аралаштириб юборадиган одам.

✍️ Жон Говард

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

02 Jan, 00:45


#perevod

📌 Qishki perevod faqat offlayn ariza topshirish orqali amalga oshiriladi.

Biz yozda o'qishni ko'chirish uchun onlayn ariza berib o'rganganmiz, lekin qishda o'qishni ko'chirish uchun arizalar ishchi guruhga olib borib topshiriladi(buni ham onlayn qilishsa yaxshi bo'lar edi)

Belgilangan tartibga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra davlat oliy taʼlim muassasalariaro o‘qishni koʻchirish haqidagi arizalarni qabul qilish uchun 13 ta oliy taʼlim muassasasida hududiy ishchi guruhlar tashkil etildi (rasm).

Ishchi guruhlar 2025-yilning 20-yanvar kuniga qadar har kuni soat 9:00dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat koʻrsatadi.

Hududiy ishchi guruhlarga arizachi quyidagi hujjatlarni (oflayn) taqdim etadi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruh tomonidan beriladi va talaba uni joyida to‘ldiradi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
pasport nusxasi;
uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Ma’lumot uchun, 2 ta uzrli sabab quyidagilar:
➡️talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;
➡️davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

01 Jan, 18:36


Kaliy haqida ma’lumot.👍


@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

01 Jan, 12:52


#Тавсия
Одам: — Кўз чарчаб қоляпти, балиқ-малиқ еб, кўзни равшанлаштирайлик!

Балиқ: — Ў номард, телефонга камроқ қара. Акула есанг ҳам фойдаси йўқ, кун бўйи телефонингга тикилиб ётсанг 🤦‍♂️

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

01 Jan, 10:45


⚡️1-yanvardan qonunchilikda nimalar o'zgaradi?

Ayrim ta'lim tashkilotlari kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi;

Bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi;

Tazyiq va zo'ravonlik sodir etishga moyil bo'lgan shaxslarning reyestri yuritiladi;

Aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi;

“subsidiya.mf.uz” platformasida  tadbirkorlarga beriladigan qo'llab-quvvatlashlarning reyestri yuritiladi;

Jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etiladi;

Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlari oshiriladi;

Nogironligi bo'lgan shaxslarga qulay va to'siqlarsiz muhit yaratiladi;

Fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni o'tkazishda majburiy tarzda surdotarjimon ishtiroki ta'minlanadi;

Umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig'i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi;

Ayrim yer uchastkalari bo'yicha soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi;

Kambag'al oilalar farzandlari davlat bog'chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg'armasi hisobidan bog'chalar rahbar va pedagoglari rag'batlantiriladi;

Bog'chalarda inklyuziv ta'lim guruhlari ochiladi;

“Ishga marhamat” monomarkazlarida ish beruvchilar talabiga asosan tezkor kurslar tashkil qilinadi;

Yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan yoshlarga uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun ijtimoiy yordam ko'rsatiladi.

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

01 Jan, 07:55


2024 йилда дунё аҳолиси 82 миллион кишига ўсди

2024 йилда дунё аҳолиси ўтган йилга нисбатан қарийб 82 миллион кишига ўсди. 2025 йилнинг 1 январига қадар сайёрамизда 8,156 миллиард киши истиқомат қилиши тахмин қилинган.

Батафсил:   http://ishonch.uz/news/3207

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

01 Jan, 07:54


🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yil — “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e'lon qildi!

Shuningdek, barcha yillar nomi bilan quyida tanishish mumkin:

1991-yil — Alisher Navoiy yili
1992-yil — Hamshiralar yili
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili
1995-yil — Ibn Sino yili
1996-yil — Amir Temur yili
1997-yil — Inson manfaatlari yili
1998-yil — Oila yili
1999-yil — Ayollar yili
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Onalar va bolalar yili
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili
2003-yil — Obod mahalla yili
2004-yil — Mehr-muruvvat yili
2005-yil — Sihat-salomatlik yili
2006-yil — Homiylar va shifokorlar yili
2007-yil — Ijtimoiy himoya yili
2008-yil — Yoshlar yili
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2010-yil — Barkamol avlod yili
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
2012-yil — Mustahkam oila yili
2013-yil — Obod turmush yili
2014-yil — Sog‘lom bola yili
2015-yil — Keksalarni e’zozlash yili
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili
2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili
2020-yil — Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili
2021-yil — Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
2023-yil — Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili
2024-yil — Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili
2025-yil — Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

31 Dec, 21:34


Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги (тўлиқ матн)

Батафсил: http://ishonch.uz/news/3206

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

31 Dec, 21:30


😆Xo’sh, oliviya salat va mandarindan boshqa yana nimalar yedilar?

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

31 Dec, 21:14


2025-yil — yil “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi.

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

31 Dec, 12:00


studentlarga Yangi yil tabrigi:

Aziz kursdoshlar va tibbiyot yo‘lida birga intilayotgan do‘stlar!!!

Yangi yil hammamizga cheksiz kuch💪🧠, sabr va kechqurun qahvadan keyin ham yodda qoladigan bilim olib kelsin! Har bir darsda o‘rganganlarimiz amaliyotda bizni qutqaradigan oltin qoida bo‘lib xizmat qilsin.👨🏼‍⚕

Yangi yilda devorga osilgan plakatlar, konspektlar va kitoblar faqat “muvaffaqiyat eshigi”ni ochishga yordam bersin! Testlarimiz “yaqqol o‘nlik”ka chiqsin, stajirovkalarimiz esa ilhomlantiruvchi tajribalarga boy bo‘lsin!🪢

Medda o‘qiydiganlarning baxtli va muvaffaqiyatli yili bo‘lsin!💫
Yangi yil muborak, kelajakdagi shifokorlar!💫
Elyorbek Alimov va barcha adminlar nomidan😐
@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

26 Dec, 10:48


2024/2025-O'quv yilida talabalarni rag'batlantirish mezoni hamda tartibi

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

26 Dec, 09:10


#BILASIZMI?

Endilikda SIZ maktab hamda mahallalarda tashkil qilingan tadbir, tanlov hamda bellashuvlarda faol qatnashib, sertifikat yoki diplom bilan taqdirlansangiz, 6 oy mobaynida bazaviy stipendiyaning 10 foiz miqdorida moddiy rag'batlantirish olasiz!

Qishki ta'tilda uyingizga borganingizdan unumli foydalanib, o'z maktab hamda mahallangizda tanlov hamda bellashuvlarda faol qatnashib kelinglar, qadrli talabalar!

Faol talabalarga yuborib qo'yamiz👇
@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

26 Dec, 05:28


#bilasizmi?

Ijtimoiy tarmoqlardagi diniy materiallar: video, audio, matn va boshqa turdagi kontentlarga “layk” bosganlik yoki boshqalarga “ulashganlik” uchun javobgarlik bor

Tekshirilmagan audio-, foto- va videomateriallarni internetdan yuklab olishga ehtiyot boʻling! ⛔️Ijtimoiy tarmoqlardagi tekshirilmagan diniy mazmundagi materiallarga “layk” bosish yoki “ulashish”dan saqlaning!

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

24 Dec, 19:12


Yangi yil tabrigi

Assalomu alaykum, aziz talabalar!

Yangi yil barchamiz uchun yangi orzular, reja va maqsadlar davri. 2024-yilni yaxshi xotiralar bilan kuzatib, 2025-yilni katta umid va ilhom bilan kutib olaylik.

Ertadan boshlab dam olish kunlarini boshlaymiz. Bu kunlarni oilangiz, doʻstlaringiz va yaqinlaringiz bilan maroqli oʻtkazishni unutmang. Oʻzingizni rivojlantirish, sogʻligʻingizga eʼtibor qaratish va qiziqarli mashgʻulotlarga vaqt ajratish uchun ajoyib fursat.

Yangi yil sizga omad, baxt va katta zafarlar olib kelsin! Maqsadlaringizga erishishda bardavom boʻling va har doim oldinga intiling!

Yangi yil muborak bo'lsin! 🎉


@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

24 Dec, 16:23


Yoshlar daftariga kirish uchun kimga murojaat qilish kerak?

“Yoshlar daftari”ga kirish uchun quyidagi manzillarga murojaat qilish mumkin:
yashash manzili bo'yicha sektor rahbariga;
www.yoshlardaftari.uz platformasi orqali elektron shaklda;
1093 qisqa raqamlari orqali operator bilan bog'langan holda;
yoshlardaftari telegram bot orqali ( @yoshlardaftari_bot );
Mahallalardagi yoshlar yetakchisiga.

📑 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022 yildagi 312-son qarori.



@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

24 Dec, 03:42


#yaxshi_kayfiyat

Talabalar doktorga borganda😂


@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

23 Dec, 09:09


Qasqadaryo va Surxandaryoga ketadigan talabalar uchun Avtobus keldi. Talabalarni ro'yxatga olish davom qilmoqda.

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

23 Dec, 08:08


Oq xalat sindromi - bu tibbiy muassasada yoki shifokor ishtirokida o'lchanganida yuzaga keladigan qon bosimi va yurak tezligining o'z-o'zidan o'sishi. Bu holat arterial gipertenziya sifatida tavsiflanadi. Bemor butunlay sog'lom bo'lishi mumkin, ammo tonometrdagi raqamlar buning aksini ko'rsatadi, o'z-o'zini o'lchash bilan ko'rsatkichlar normaldir.

♻️Bu holat emotsional stress va vegetativ asab tizimining disfunktsiyasidan kelib chiqqan qiziqarli tibbiy hodisa bo'lib, bu qon tomirlarining spazmiga olib keladi.

🌐Shifokor bilan o'zaro munosabatlar holati, ba'zi tibbiy asboblar va jihozlarga bo'lgan reaktsiya bemorda turli darajadagi intensivlikdagi tashvishlarni keltirib chiqaradi: nozik hissiy stressdan qattiq tashvishgacha.

Oq xalatli gipertenziya ko'pincha quyidagilar bilan birga keladi:

😞-->to'satdan zaiflik;
😶🌫🥵-->terining oqarishi yoki qizarishi;
😮‍💨-->nafas qisilishi;
🫨-->tashvish, issiqlik va titroq hissi;
🫀-->yurak urish tezligining oshishi;
😰-->terlashning kuchayishi;
🤮-->Ko'pgina bemorlar ko'ngil aynishi; 😵-->quruq og'iz, to'satdan zaiflik va ko'krak qafasidagi noqulaylikdan shikoyat qiladilar.

Sindromning o'zi xavfli emas, lekin doimiy arterial gipertenziyaga olib kelishi mumkin bo'lgan yashirin xavf omillari mavjudligini ko'rsatadi.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, bemorlarning 15% oq xalat sindromiga moyil.

Insonning bunday hodisaga moyilligini qanday bilasiz?

- Qon bosimi faqat tibbiy muassasada ko'tariladi, tanish muhitda ko'rsatkichlar normaldir.🫥

- Bemorning tashqi ko'rinishi va xatti-harakatlarida o'zgarishlar kuzatiladi.😡

Sindrom uchun xavf omillari:

👺Qattiq tashvish.
😾Surunkali stress
👾Irsiy moyillik.
Yomon odatlar va jismoniy faoliyatning etishmasligi

Oq xalat sindromini tashxislash uchun turli mutaxassislarning ishtiroki zarur: kardiolog, terapevt, psixoterapevt. Tadqiqotning asosiy maqsadi buzilishning hissiy komponentini aniqlash, sindromni gipertenziyadan ajratish, xavf omillari va ichki organlarning shikastlanishini aniqlashdir. Oq xalat gipertenziyasi har tomonlama davolanadi.

💯 Oq xalat sindromi ko'pincha oddiy qo'rquvga asoslanganligi sababli, his-tuyg'ularingizni boshqarishni o'rganishingiz, o'zingizni nazorat qilish usullarini o'rganishingiz va sog'lom turmush tarzini olib borishingiz kerak.

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

23 Dec, 07:02


Diqqat: Surxondaryo va Qashqadaryolik talabalar diqqatiga!

Bugun Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga talabalarning jo'nab ketishlari uchun turistik avtobus qo'yildi.

Termiz va Qarshi shaharlariga olib borib qo'yishadi.

Avtobus soat 14:00 da Filial asosiy binosi va filial akademik litsey oraligiga keladi va 15;00 da jo'nab ketadi. Kechga qolmasdan kelinglar. (Kondisioner, klimat, kontrol, televizor 3 shafyor) Dekanat. telefon 975116635

@elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

23 Dec, 06:39


📌
Uzrli sabablarga koʻra oʻqishni koʻchirish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish boʻyicha hududiy Ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Arizalar 20 dekabridan 20 yanvarga qadar (oʻsha kuni ham) qabul qilinadi.

Qishki “perevod”ga barcha ham hujjat topshirolmaydi. Faqat 2 ta uzrli sababi borlarga ruxsat.

Quyidagilar uzrli sabablar hisoblanadi:

1️⃣ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi OTMga oʻqishini koʻchirish uchun;

2️⃣ davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

📒 Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);
pasport nusxasi;
yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Oʻqishni qayta tiklash boʻyicha (koʻchirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil boʻlganligidan qatʼi nazar bevosita oʻzi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.

Xorijdagi OTMdan Oʻzbekistondagi davlat OTMga oʻqishni koʻchirish uchun arizalar hozir qabul qilinmaydi. Xorijdagilar faqat yozda onlayn ariza topshiradi hamda testga kirishadi.


@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

23 Dec, 06:38


O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilish boshlandi


@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

23 Dec, 04:27


#Kun_hikmati

"Togʻni oʻzgartirishni istasang, avvalo oʻzingni oʻzgartir."

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

23 Dec, 04:02


📌 RASMAN: Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 31-dekabrga qadar uzaytirildi

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, 2024/2025 oʻquv yilida oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat va magistraturasida toʻlov-kontrakt, jumladan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar, oʻqishini koʻchirgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy oʻrta, oʻrta-maxsus va professional taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun ajratilgan qoʻshimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun bazaviy va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2024-yilning 31-dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi.


@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

22 Dec, 06:56


#Кун_ҳикмати

Ўз ўрнини вақтида тарк этишни билиш ҳақиқий етукликдир. Фақат ожизларгина қолиш учун тер тўкадилар...

✍️ Виктор Гюго


@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

22 Dec, 05:55


#musiqa_time
🎼🎧

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

21 Dec, 14:28


#ilmiy_yumor

Макс Планк физика бўйича Нобел мукофотини қўлга киритгандан сўнг, сафарга чиққан ва ҳамма жойда бир хил маъруза қилган. Унинг залда ўтирган ҳайдовчиси ҳам маъруза матнини ёдлаб олган ва кейин унга бир ҳазил қилишни таклиф қилган: у Планк ўрнига маъзура ўқишни, унга эса ҳайдовчи кийимини кийиб залда ўтиришни таклиф қилган. Бу фикр Планкни кулдирган ва у рози бўлган.

Кейинги сафар ҳайдовчи квант механикаси бўйича маъруза қилаётган пайтда, битта физика профессори унга савол беради. Ҳайдовчи уни тинглайди ва шундай деб жавоб беради: "Бундай илғор шаҳарда менга шундай оддий савол беришади, деб ўйламаган эдим. Рухсатингиз билан ҳайдовчимдан ушбу саволга жавоб беришини сўрайман".

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

21 Dec, 13:24


📌 Talaba almashinuvi yoki akademik mobillik haqida

Akademik mobillik – talaba yoki o'qituvchilarning mamlakatidagi yoki xorijdagi OTMlarda kelishuv asosida ma'lum muddat o'qish yoki dars berishini anglatadi.

🎓 Mobil talabalar, asosan, 2 guruhga bo‘linadi:

👉erkin harakatlanuvchilar – bunday turdagi talabalar o'z xohish va tashabbuslari bilan ta'lim olish uchun boshqa hududlarga borishadi;

👉dastur doirasidagi talabalar – bunda OTMning o'zi yoki uning biror fakulteti boshqa OTM bilan kelishgan holda talabalar uchun o'zaro almashinuv dasturlarini amalga oshiradi. Dasturlar milliy va xalqaro darajada ham bo'lishi mumkin.

🔅 Talabalar ma'lum muddat boshqa bir OTMda o'qishi uchun eng katta imkoniyat – talaba almashinuv dasturlari hisoblanadi.

✔️ Bunda talaba o'zi o'qiyotgan OTM bilan hamkor bo'lgan xorij yoki boshqa viloyatdagi OTMlaridan birida ma'lum muddat o'qib qaytishi mumkin.

Almashinuv dasturlari qisqa – 1 haftadan 3 oygacha, uzoq – 6 oydan bir yilgacha bo'lishi mumkin.

📃 Talabalarni o'zaro almashtirish dasturi – bu turli ta'lim muassalari o'rtasida talabalarni o'zaro ma'lum muddatga almashtirish bo'yicha tuziladigan kelishuvdur. Bu kabi dasturlar oliygoh talabalarini 1 yoki 2 o'quv semestri davomida xorijda o'qish imkonini beradi. Talabalar almashinuvi oliygohlar orasida tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

Bu orqali talaba boshqa viloyat yoki xorijiy OTMda bilim almashish imkoniyatiga ega bo'ladi.

😎 @Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

21 Dec, 12:33


ALLANAZAROV ALLANAZAR XUDOSHUKUROVICH
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI URGANCH FILIALI DAVOLASH FAKULTETI DEKANI

TIBBIYOT FANLARI BO'YICHA FALSAFA DOKTORI, PhD

Obuna bóling
@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

21 Dec, 12:33


ABDULLAYEVA UMIDAXON SAPARBAYEVNA DAVOLASH FAKULTETI O'QUV ISHLARI BO'YICHA DEKAN O'RINBOSARI

Obuna bóling
@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

21 Dec, 12:33


IBRAGIMOVA VENERA AZADOVNA DAVOLASH FAKULTETI O'QUV ISHLARI BO'YICHA DEKAN O'RINBOSARI

Obuna bóling
@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

04 Dec, 06:24


📌 Talabga hayfsan berilsa yoki intizomiy jazolar tayinlansa, buni hemis tizimining yangi versiyasidan ko'rish mumkin.

Yangi versiyasida "Talaba harakati" menyusiga "Intizomiy chora" funksionali qo'shildi. Bundan tashqari talabalarning barcha buyruq ma'lumotlarini taqdim qiluvchi "Talaba rezyume" funksionali ham qo'shildi.

Buni hemisingizga kirib "Buyruqlar" bo'limidan topishingiz mumkin.




@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

04 Dec, 05:59


#куннасихати

Ҳаким ўғлига насиҳат қилди:
Эй, ўғлим! Ҳаётингда учта нарсага одатлангин:

1.Энг афзал таомни ейишга.
2.Энг афзал тўшакда ухлашга.
3.Энг афзал уйда яшашга.
Ўғил сўради: ахир биз фақир бўлсак, мен буни қандай қиламан?

Ҳаким жавоб берди:
Қачон қорнинг очсагина овқатлансанг, демак сен энг афзал таомни епсан.
Кўп меҳнат қилиб чарчаб ухласанг, демак сен энг афзал тўшакда ухлабсан.
Одамларга яхши муомала қилиб, уларнинг қалбидан жой олсанг, демак сен энг афзал уйда яшапсан..

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

04 Dec, 04:30


#kun_hikmati

Har bir narsa xususida bahslashmoqlik va biron narsa xususida aniq fikr bildirmaslik — eng a’lo falsafa.
Sitseron

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

03 Dec, 09:56


#Халқаро_кун

3 декабрь – Халқаро ногиронлар куни

🫶🏻Адолатли жамиятда барча тенг хуқуқли!

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

03 Dec, 09:25


#kayfiyat

🗣️ Institutda qayerdan shuncha tanish orttirgansan.?

me: atrabotkadan😂

Qalban birgamiz 🙋‍♂️😅

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

03 Dec, 04:40


#kun_hikmati

📌 Ilm agar oz bo‘lsa ham hech etma xor,
Oz ilmning ham buyuk qimmati bor!
©️ Farididdin Attor

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

02 Dec, 09:59


#Ijaraga_tashrif

Bugun, Urganch shahridagi Pediatriya fakulteti talabalari yashaydigan ijara manzillariga tshrif buyurib, ularning yashash sharoitlari o'rganildi.

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

02 Dec, 05:06


👨‍🏫 Bir kuni Albert Eynshteyn doskada masala yechdi:

9 x 1 = 09 9 x 6 = 54
9 x 2 = 18 9 x 7 = 63
9 x 3 = 27 9 x 8 = 72
9 x 4 = 36 9 x 9 = 81
9 x 5 = 45 9 x 10 = 91

Toʻsatdan zalda tartibsizlik paydo boʻldi, chunki Albert Eynshteyn bitta masalani notoʻgʻri yechgan edi, 9 x 10=91. Barcha oʻquvchilari uni masxara qilishdi.

🟥Eynshteyn hamma jim boʻlishini kutdi va shunday dedi: Toʻqqizta savolni toʻgʻri tahlil qilgan boʻlsam ham, hech kim meni tabriklamadi, lekin men bitta savolni notoʻgʻri yechganim uchun hamma ustimdan kuldi. Demak, agar inson juda muvaffaqiyatli boʻlsa ham, odamlar koʻziga uning eng kichik xatosi koʻrinadi va koʻpchilik bundan «zavqlanadi».

☝️Hayotda hech qachon xato qilmaydigan yagona odam – hech narsa qilmaydigan odamdir.

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

02 Dec, 04:56


ikki kun dam olinadi.

Qonunchilikka koʻra, joriy yil 8-dekabr — Konstitutsiya kuni yakshanba — dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2024-yil 9-dekabr — dushanba kuniga koʻchiriladi.

Shunday qilib, oʻzbekistonliklar yakshanba va dushanba kunlari — ikki kun dam oladi.




@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

02 Dec, 04:38


#kun_hikmati


Istaklarini yenga olganlar bukilmas insonlardir. O’zini mag‘lub eta olganlar jasur va mardonadirlar.
Arastu (Aristotel)

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

01 Dec, 15:41


O‘zbekistonliklar Konstitutsiya kuni munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam oladi

▪️7-dekabr, shanba — besh kunlik haftada ishlaydiganlar uchun dam olish kuni,
▪️8-dekabr, yakshanba — Konstitutsiya kuni,
▪️9-dekabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni bo‘ladi.

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

01 Dec, 08:10


#musiqa_time🎧

Elyorbek_Alimov_official

01 Dec, 05:41


Aqlli bo‘lishning o‘zi yetarli emas. Eng asosiysi aqlni amalda qo‘llay bilishdadir.
Rene Dekard

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

01 Dec, 05:08


❗️1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni

Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni 1988-yildan beri har yili 1-dekabrda OITV infeksiyasi tarqalishi natijasida yuzaga kelgan OITS pandemiyasidan xabardorlikni oshirish va kasallikdan vafot etganlarning xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro kundir.

Bu kunni belgilash g‘oyasi birinchi marta 1987-yil avgust oyida Jeneva (Shveysariya)dagi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining OITS bo‘yicha global dasturining ikki jamoatchi axborot xodimi Jeyms Bunn va Tomas Netter tomonidan o‘ylab topilgan.

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

01 Dec, 04:56


Қиш фасли муборак! 🌧❄️☃️

Бугундан қиш келди, барчамизга хайрли ва барокатли бўлсин🤲🏻


@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

30 Nov, 18:05


📌 Talaba farzandli bo‘lsa, OTMdan suyunchi puli oladimi?

Qisqa javob: yo‘q, bu noto‘g‘ri xabar. Suyunchi puli olish uchun hech qayerga murojaat qilish shartmas, avtomat ravishda ota-onadan biring plastik kartasiga tushadi.

Batafsil javob: Telegramda shu xabar rosa aylandi. Bu noto‘g‘ri xabar bo‘lgani uchun, izoh berib o‘tmoqchiman.

Qonunchilikka ko‘ra, istalgan oilada farzand tug‘ilganda bir martalik nafaqa puli beriladi. Bu xalq tilida “suyunchi puli” deyiladi.

Ushbu “suyunchi puli” ota-ona nima ish qilishidan qatʼi nazar barcha fuqarolarga beriladi, xoh davlat ishida, xoh xususiy sektorda ishlasin, xoh ishsiz bo‘lsin, xoh talaba bo‘lsin, farqi yo‘q. Hamma oladi.

Bir necha yillar oldin ushbu “suyunchi puli”ni ishlayotganlar ish joyidan, o‘qiyotganlar o‘qish joyidan, ishsizlar esa Pensiya jamg‘armasidan olar edi.

Ammo bu tizim o‘zgarib ketganiga 4 yil bo‘ldi.

Bugungi kunda bola tug‘ilganda “suyunchi puli” olish uchun hech qayoqqa murojaat qilish shart emas. Kimgadir ariza berish ham, qayoqqadir borib uchrashish ham shart emas. Barchasi avtomatlashgan.

Bola tug‘ilganda avtomatlashgan tizimning o‘zi JShShIR raqam beradi, tug‘ilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun ariza yuboradi, bog‘chaga navbatga qo‘yadi, poliklinikaga ro‘yxatga kiritadi. Xuddi shunday “suyunchi puli” ham ota-onadan birining plastik kartasiga avtomat tushadi. Yana qaytaraman, buning uchun hech qayoqqa borish yoki ariza berish shart emas.

Shu tizimni yaratishda bosh-qosh bo‘lganlarga katta rahmat, baraka topishsin.

❗️Xulosa: bola tug‘ilganda rektor nomiga ariza bersak, pul olarkanmiz, degan xabarlar eski. Hozir bunaqa tizim yo‘q.



@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

30 Nov, 07:42


#taklifnoma #medstar

Assalomu alaykum
Medstar jamoasi sizlarni 5-dekabr kuni bo'lib oʻtadigan QVZ ning fakultetlararo bellashuvga lutfan taklif etadi.

Barchangizni kutib qolamiz.

Elyorbek_Alimov_official

30 Nov, 07:03


Ayrim talabalar hayotidan😂

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

30 Nov, 05:09


#Kun_Hikmati


Kuchli va olijanob odamlarning kayfiyati xotirjamlik onlarida ham, kulfatga ro‘para bo‘lganda ham o‘zgarmaydi.
Rene Dekard

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

29 Nov, 18:38


📌 Oliy ta’lim va unday keyingi ta’limdagi darajalar quyidagicha nomlanadi:

⁃ bakalavr va magistr – bu akademik daraja;

⁃ PhD (falsafa doktori) va DSc (fan doktori) - bu ilmiy daraja;

⁃ dotsent, professor va akademik esa ilmiy unvonlar hisoblanadi.

Bakalavrda – yo‘nalish, magistraturada – mutaxassislik, doktoranturada esa ixtisoslik o‘qitiladi.

Ayrim holatlarda mana shu jihatlarni koʻpchilik adashtiradi yoki bilmaydi.



@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

29 Nov, 05:38


Бахтли одам — соғлом одам, муҳими,
бугунги ҳаётдан завқ олиб яшанг

Бахт ва унга қандай эришиш мумкинлиги ҳақидаги мунозаралар асрлар давомида давом этиб келмоқда. Замонавий психологлар бахт ҳаётдан қониқиш ва ижобий ҳис-туйғуларни бирлаштиради, деб тахмин қилишди. Албатта, бу жуда субъектив тушунча. Ҳар бир инсон ўзини бахтли ҳис қилиш учун алоҳида нарсага муҳтож.
Ҳар биримиз ўзимизча бахтлимиз. Баъзилар ...


Батафсил: http://ishonch.uz/news/2996

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

29 Nov, 05:06


#kun_hikmati

📌 Ta’lim inson taraqqiyotining asosiy toshidir!
©️  Kofi Annan



@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

29 Nov, 05:02


📌 Hemisda darsga kechikib kelgan va sababsiz dars qoldirgan talabaga “nb” qo‘yiladi

Talaba betob bo‘lsa, qoldirgan darsi uchun tibbiy punktdan 0,96 forma shaklida ma’lumotnoma taqdim etishi lozim. Darsga kech qolgan talaba esa tushuntirish xati orqali tizim mutaxassisiga “nb”sini tuzattiradi.

Tizimdan yetarlicha ball to‘play olmagan talaba yakuniy nazorat imtihonlariga kiritilmaydi. Hemis tizimi 100 ballik sistemaga moslashtirilgan bo‘lib, har bir fandan talaba yiqqan ballarni semestr oxirida hisoblab beradi. Har bir bajarilgan mustaqil ish mavzusiga 20 balldan beriladi. Yakuniy nazorat imtihoniga kirishi uchun talaba 24 balldan 40 ballgacha to‘plashi zarur, qolgan 60 ballni yakuniy nazorat imtihonidan to‘playdi.

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

29 Nov, 03:36


#kayfiyat

Nima bo‘lganini tushungandirsiz🙂😁

Kuningiz xayrli o‘tsin!



@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

28 Nov, 05:00


#kun_hikmati


Hech bir yovuzlik hurmatga sazovor bo‘lolmaydi. Yovuzlik — bizda qudrat, yuksalish, ezgulik tuyg‘ulari uyg‘onishiga bir to‘siq, xolos.

- Zezon

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

27 Nov, 06:00


📌 DARSGA KELMAGAN “AKADEMIK QARZDOR TALABA”NING KURSDAN QOLDIRILISHI (kredit-modul tizimi boʻyicha)

〽️1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan.
〽️1 kredit 30 soatga teng.
〽️1 ta fanning 6 krediti 180 soatga teng (6 • 30 = 180).
〽️180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.

❗️Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini (yaʼni 18 soatni) qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.

😎 @Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

27 Nov, 05:15


#birozkulgu

Universtetda o'qib yurgan vaqtlarimda kvartiramizga kechasi o‘g‘ri tushibdi. Biz ertalab turib qarasak, hamma joy alg‘ov-dalg‘ov, tartibsiz. Bu holdan hayron bo'lib o'tirsak oyna yonida yotgan bir parcha qog‘ozga ko‘zimiz tushdi. Unda shunday deb yozilgan ekan:

"Hayotimning yarim soatini o‘g‘irladinglar..."

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

23 Nov, 05:32


2025-yil 1-yanvardan Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi ishga tushiriladi



Virtual akademiyada quyidagi kontingent uchun o‘qish tashkil etiladi:

-aholi, tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari;

-ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari va talabalari;

-davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatchilari;

-davlat ishtirokidagi korxonalarning xodimlari.



2024-yil oxiriga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi.





@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

23 Nov, 05:17


📌 Qishki "perevod"da kimlar o'qishini ko'chirishiga ruxsat beriladi? — Qishki "perevod" haqida siz bilmagan ma'lumotlar

Qishda xorijdan o'qishni ko'chirsa bo'ladimi? Qanday uzrli sabablar bo'lishi kerak? Ichki perevodga ruxsat bormi?

Batafsil 👉 https://yqqedu.uz/148

😎@Elyorbek_Alimov_Official

Elyorbek_Alimov_official

23 Nov, 02:57


Nodonlar safida saodatmandlar, donolar orasida baxtsizlar bo‘lmaydi.
Sitseron


@Elyorbek_Alimov_Official

Elyorbek_Alimov_official

22 Nov, 14:09


Darsda o’qituvchiga halal berilsa qanday javobgarlik bor?



Agar oʻqituvchi yoki boshqa shaxs darsga halal bersa, shu jumladan, oʻquvchilarni baholashga aralashsa ular uchun maʼmuriy javobgarlik bor.





Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 197-5-moddasiga muvofiq, taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga taʼlim oluvchilar bilimini toʻgʻri va xolis baholashiga taʼsir koʻrsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish:





– fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravaridan 10 baravarigacha;





– mansabdor shaxslarga esa — 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

@Elyorbek_Alimov_Official

Elyorbek_Alimov_official

22 Nov, 12:27


#Reyting

O‘zbekiston ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha mamlakatlar reytingida 98-o‘rinni egalladi

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

22 Nov, 05:50


Aqlli bo‘lishning o‘zi yetarli emas. Eng asosiysi aqlni amalda qo‘llay bilishdadir.
- Rene Dekard

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

21 Nov, 15:13


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.



Yig‘ilganlar ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.



@elyor_Alimov_offial

Elyorbek_Alimov_official

21 Nov, 11:13


#Qonunchilik

Dars vaqtida oʻquvchining oʻqituvchiga qilgan hurmatsizligi uchun qanday chora koʻriladi?
Dars vaqtida oʻquvchining oʻqituvchiga qilgan hurmatsizligi uchun qanday chora koʻriladi?


Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasiga koʻra, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

21 Nov, 04:39


#kun_hikmati

📌 Farosat — sezgidan keladigan ishoraning asl ma’nosiga tezda yetishmoqqa aytiladi.
©️ Abu Ali ibn Sino


@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

20 Nov, 10:33


📌 Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.

Yigʻilganlar ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladilar.

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

20 Nov, 06:10


#kun_hikmati

📌 Taqlidni bas qil, o‘zingni izla!
©️ Muhammad Iqbol




@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

19 Nov, 05:03


#qiziq

📊Yozuvlarni emas, ranglarni ayting

Siz bir martada eplay olasizmi?

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

18 Nov, 05:52


📣E'LON!

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmonining 1-ilova 82-bandida xalqaro imtihon tizimlarida chet tillari va boshqa yo'nalishlar bo'yicha yuqori ball olgan yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab berish vazifasi belgilangan.


Shu munosabat bilan, 2024-yil 1-yanvardan 31-martgacha bo'lgan muddatda xalqaro imtihon tizimlarining sertifikatlarini olgan va joriy yilning 1-aprelidan 31-dekabrigacha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish uchun ro'yxatdan o'tgan professor-o'qituvchi va magistrant hamda talabalar filial iqtidorli talabar ilmiy faoliyatini tashkil qilish sektori mudiri Maqsuda Yuldashbayevna (@maxYu19) murojaat qilishlaringiz so'raladi.

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

18 Nov, 05:16


Aziz yurtdoshlar,

Bugun yana bir muhim sana — 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun yurtimiz miqyosida keng nishonlanmoqda.

Albatta, bayroq qadim-qadimdan xalqlarning mustaqilligi va ozodligi, tinchlik va barqarorlik timsoli boʻlib kelgan. Shu maʼnoda vatanimiz bayrogʻining oʻrni va qadri har birimiz uchun muqaddas va ulugʻdir.

Men ishonamanki, bugungi yosh avlod vakillari mamlakatimiz bayrogʻining yurtimiz suvereniteti va jahondagi mustaqil davlatlar orasidagi munosib oʻrnini belgilashdagi ahamiyatini yurakdan his qilishadi va faxrlanishadi.

Barchamizga bugungi milliy iftixor bayrami muborak boʻlsin.

Mustaqil Oʻzbekistonning davlat bayrogʻi doimo baland hilpirayversin.

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

18 Nov, 05:10


#kun_hikmati

📌 Inson dunyoni qanchalik bilsa, o‘zligini ham shunchalik anglaydi!
©️ Iogan Gyote



@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

18 Nov, 04:48


🇺🇿 Bugun vatanimiz bayrogʻi qabul qilingan kun!!!

1991 yil 18 noyabr — Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilingan kun.

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana bilan tabriklaymiz! Oʻzbekistondagi tinchlik va osoyishtalik bardavom boʻlsin, bayrogʻimiz baland-balandlarda hilpirayversin! 🤲

Kanalga obuna bo’ling⤵️
@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

18 Nov, 04:48


Bayroqqa hurmat — yurtga muhabbatdan dalolat!

🇺🇿O'zbekiston Respublikasining davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o'zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g'urur, faxr va iftixor bag'ishlaydi.

💐Yoshlar ishlari agentligi jamoasi aziz yurtdoshlarimizni 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy tabriklaydi!

Kanalga obuna bo’ling⤵️
@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

16 Nov, 22:42


#tabriknoma

📌 Assalomu alaykum ona-yurtimiz kelajagi bo'lgan qadrli talaba-yoshlar.
Bugun 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" bilan jamoamiz nomidan barcha talabalarni qutlaymiz! . 🥳

🇺🇿Shu yurt bizniki, kelajak bizniki. Xalqimizga va jamiyatimizga foydasi tegadigan yetuk kadr bo'lishingizga nasib aylasin!
Talabalik - bu oltin davrimiz! 👨‍🎓👩‍🎓

Obuna bóling⤵️
@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

16 Nov, 11:08


#Bayrogim_faxrim_gururimsan!

Davolash fakultetidan xabarlar

Bugun, Xorazm viloyati kutubxonasida Davolash fakulteti tyutorlari Sapayev Qudrat Aminovich, Otayev Maqsud Ro'zmetovichlar tomonidan "Bayrog'im-faxrim, g'ururimsan!" shiori ostida 1-bosqich talabalari sihtirokida davra suhbati tashkil qilindi.

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

16 Nov, 11:08


#Bayrogim_faxrim_gururimsan!

Davolash fakultetidan xabarlar

Bugun Davolash fakultetida “18-noyabr – O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Unda fakultet tyutorlari Sapayev Qudrat Aminovich, Otayev Maqsud Ro'zmetovichlar talabalar bilan suhbat olib borib, davlat bayrogʻining tarixiy ahamiyati, bayroq har bir xalqning, millatning gʻurur va iftixori ekanligini ta’kidlashdi.

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

16 Nov, 09:22


#Qutlov! #Tabriknoma!

Bugun TTA Urganch filiali Ichki kasalliklar, reabilitalogiya va xalq tabobati kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori, qadrli ustozimiz Abdullayev Ravshanbek Bobojonovichning tavallud ayyomlari bilan muborakbod etamiz.

Bizning baxtimizga mudom ila sog'-omon bo'ling. barcha istaklaringiz amalga oshishida Yaratganning o'zi madakoringiz bo'lsin. Yurtimiz kelajagi hamda taraqqiyoti yo'lida aslo charchamang!

👉 @elyorbek_alimov_official kanalida ✍️

Elyorbek_Alimov_official

16 Nov, 09:17


♻️15.11.2024
#mohir_pazanda

Fakultetimiz talaba qizlari “Mohir pazanda” qizlar koʻrik tanlovida bellashdilar. Tanlovning birinchi shartiga ko’ra qizlar o’zlarini she’riy tarzda tanishtirishdi. Ayniqsa qizlarning oshxona ilmidagi chaqqonliklari salatlar tayyorlash davomida sinovdan o’tkazildi. Bir-biridan qiziq bunday shartlar davomida ishtirokchilar o’zgacha faollikda g’oliblik uchun bellashishdi. Albatta hakamlarga g’oliblarni aniqlash oson kechmadi. Natijalarga ko’ra:

1🥇o'rin 310-B guruh talabasi Madaminova Muxlisa

2🥈o'rin 110-B guruh talabasi Xudoyberganova Indira

3🥉o'rin 210-A guruh talabasi Marimboyeva Laylo qoʻlga kiritishdi.

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

04 Nov, 04:24


#yaxshi_kayfiyat

Yotoqxonada uchrab turadigan holat. Sizning ham aniq shunday do‘stingiz bor
.

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

02 Nov, 18:59


📌 Talaba qanday holatlarda akademik taʼtil olishi mumkin?

JAVOB:
harbiy xizmatni oʻtash uchun;
salomatligini tiklash uchun;
homiladorlik va tugʻish uchun;
bolalarni parvarish qilish uchun;
oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun akademik taʼtil beriladi.
〰️〰️〰️

SAVOL:
Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati qay tartibda ko‘rib chiqiladi?

JAVOB:
Akademik ta’til olish uchun talaba tomonidan OTM rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilinadi.

Arizaga akademik ta’til olish uchun sabab bo‘lgan holatni asoslovchi hujjat (talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qog‘ozi yoki talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi yoxud oilasining betob a’zosi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi) ilova qilinadi.

Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilib, ta’til berish OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Unda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatiladi.

Talabaga akademik taʼtil berilishi uni oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.

Talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.

Akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari oʻzlashtirilgan fanlarni qayta oʻzlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.

Kanalga obuna bo’ling⤵️
@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

02 Nov, 18:56


Oliy ta’lim va unday keyingi ta’limdagi darajalar quyidagicha nomlanadi:
bakalavr va magistr – bu akademik daraja;

PhD (falsafa doktori) va DSc (fan doktori) - bu ilmiy daraja;

dotsent, professor va akademik esa ilmiy unvonlar hisoblanadi.

Bakalavrda – yo‘nalish, magistraturada – mutaxassislik, doktoranturada esa ixtisoslik o‘qitiladi.

Ayrim holatlarda mana shu jihatlarni koʻpchilik adashtiradi yoki bilmaydi.

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

02 Nov, 05:13


#Кун_иқтибоси

Бир нарсага ҳеч тушунмайман: китоб ўқийдиганларда пул йўқ. Пули кўплар китоб ўқимайди...

✍️ Ўткир ҲОШИМОВ

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

01 Nov, 03:55


#kun_hikmati

📌 Quruq gapning o‘zi hech qachon dalil bo‘lolmaydi.
©️ Abu Ali ibn Sino



@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

31 Oct, 19:04


#Quvonchli_xabar:
#Noyabrga ham oz qoldi

⚡️11-noyabr —OTMlarda ham, maktablarda ham dars bo'lmaydi.

11-Noyabr Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni umumxalq bayrami, barcha uchun bayram sifatida dam olish kuni boʻladi.

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

31 Oct, 11:32


#Кун_иқтибоси

Агар қийналаётган бўлсанг, демак тоққа чиқиб боряпсан. Мабодо, ҳаммаси осон кечаётган бўлса, унда пастга қулаяпсан.

✍️ Генри Форд

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

31 Oct, 11:25


#xulosa_sizdan

⚡️Ojiz.

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

31 Oct, 09:53


📌 Filialimiz xodimlari Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon tibbiyot universitetning 4-klinikasida bir haftalik xalqaro malaka oshirish kursida bo‘ldilar.

Filialimiz xodimlari mazkur klinikada tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi, xususan, zamonaviy va Xitoy an’anaviy xalq tabobatidan foydalanishning samarali usullari bilan yaqindan tanishdilar.

Shinjon tibbiyot universitet o‘quv xonalari, kutubxona, sport zallar va talabalar turar joylari hamda xalqaro talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.

Bundan tashqari, xodimlar hududdagi xalq kasalxonasida bo‘lib, an’anaviy Xitoy tibbiyoti va uning boy merosi, innovatsiyasi va rivojlanishiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ishtirok etdilar.


@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

31 Oct, 06:47


#Qutlov

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Ichki kasalliklar, reabilitologiya va xalq tabobati kafedrasi professori, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi Abdullayev Ravshanbek Babajonovichni Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashiga 24-" Yangi O’zbekiston" saylov okrugidan deputat bo’lib saylanganligi bilan tabriklaymiz!

Sihat-salomatlik, ish faoliyatlarida muvaffaqiyatlar yor bo’lishini tilaymiz!

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

30 Oct, 11:26


Kuch bu-Bilim
Bilim bu-TARAQQIYOT!

Sizga:
🦠Biologiya 🧪Kimyo
🇷🇺Rus tili 🇬🇧Ingliz tili

💡o’quv kurslarimini taklif etamiz…

  📞 +99890-430-11-22
+99894-787-11-22

👍 @TARAQQIYOT_FD TM 🎲

Elyorbek_Alimov_official

26 Oct, 11:02


Абу Али ибн Синодан сўрадилар:

— Дунёда давоси бўлмаган бирон дард борми?
— Яхшининг ёмонга муҳтож бўлиши — давосиз дарддир.

@elyorbek_akimov_official

Elyorbek_Alimov_official

26 Oct, 10:16


#Xalqaro_Anjuman🔺

🏫 Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida 25-26 oktabr kunlari
«Reabilitatsiya: zamonaviy yondashuvlar, muammolar, istiqbollar»
mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

🫥Mazkur anjumanning shukuhini video orqali bilishingiz mumkin.

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

26 Oct, 09:54


Toshkent tibbiyot akademiyasi O'zbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi mudiri, dotsent Olimova Dano Shakirovnaning O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGIning “Oliy ta'lim a'lochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlanishi 1-oktabr - Ustoz va murabbiylar kuniga munosib sovg'a sifatida e'tirof qilindi.

Ushbu mukofotni  2024-yil 25-oktabr sanasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori R.Y.Ruzibayev topshirdi.

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

25 Oct, 05:02


#kayfiyat

Ukoldan judayam qo‘rqadigan yigit🙂

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

25 Oct, 05:02


#kun_hikmati

📌 Gʻalabaga yetguncha, yutqazganlaringizdan xulosa chiqaring!
©️ Bill Geyts

@Elyorbek_Alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

24 Oct, 10:33


DIQQAT TANLOV!!!
Talaba-yoshlar orasida ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, diniy bag'rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash maqsadida quyidagi tanlovlar e’lon qilinadi:
1. “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida “Eng yaxshi plakat” tanlovi. Muddat: 2024-yil 28-oktabr
2. “Men diniy ekstremizm va terrorizmni qanday tushunaman?”, “O‘zbekistonlik ekanligimdan faxrlanaman” mavzularida “Eng yaxshi maqola” tanlovi. Muddat: 2024-yil 29-oktabr
3. “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida “Eng yaxshi videorolik” tanlovi. Muddat: 2024-yil 30-oktabr
4. “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida “Eng yaxshi infografika” tanlovi. Muddat: 2024-yil 31-oktabr tanlovi

Barcha ijodiy ishlar Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda g‘oliblar aniqlanadi. Talablarga javob bermaydigan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi, mualliflik huquqi buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi hamda plagiat holati aniqlanganda ish tanlovdan chetlatiladi.
G'oliblar quydagicha pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi!
1-o'rin - stipendiyaning 1 barobari
2-o'rin - 0,75 barobari
3-o'rin - 0,5 barobari miqdorida.

Barcha ijodiy ishlarni +99891-432-92-72 tel. raqamiga telegramm orqali jo‘nating;
Barcha qo‘shimcha ma’lumotlar +99891-432-92-72 tel. raqami orqali yoki 2-qavatdagi 211-xonaga Samandarov Muhammad Ibadullayevichga murojaat qiling!

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

23 Oct, 14:55


Talaba akademik ta’til quyidagi tartibda beriladi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yildagi qarori (344-son) bilan Akademik ta’til berish toʻgʻrisida nizom tasdiqlangan. Nizomga ko‘ra, talabalar oʻz ixtiyori bilan qaysi ta’lim shaklida tahsil olishidan qat’i nazar akademik ta’til olish huquqiga ega.

Akademik ta’til olish uchun talaba OTM rektori (direktori)ga ariza bilan murojaat qiladi.

✔️ Akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:
harbiy xizmatni o‘tash uchun;
salomatligini tiklash uchun;
homiladorlik uchun;
bolalarni parvarish qilish uchun;
oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun.

❗️Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatda beriladi. Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.

Arizaga akademik ta’til olish uchun sabab bo‘lgan holatni asoslovchi hujjat (talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qog‘ozi yoki talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi yoxud oilasining betob a’zosi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi) ilova qilinadi.

Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilib, ta’til berish OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Unda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatiladi.

Talabaga akademik taʼtil berilishi uni oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.

Shuningdek, talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.

Akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari oʻzlashtirilgan fanlarni qayta oʻzlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

23 Oct, 14:53


📌 Kredit - modul tizimida o'lchov birliklari qanday?

1⃣ KREDIT - 3⃣0⃣ soatni tashkil etadi.

🗓 Talaba 1 semestr davomida jami 30 kredit, 1 o'quv yili davomida jami 60 kredit to'plashi zarur!

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

23 Oct, 11:35


#oʻzbek_tili #ona_tilim #14_ishtirokchi

🇺🇿 "Qadring baland boʻlsin, ona tilim!" mavzudagi insholar tanlovi ishtirokchisi inshosi
✍️ Raximberganov Sanjarbek

📝 Davolash fakulteti Davolash ishi yoʻnalishi 602-"C" guruhi talabasi

⚜️ @elyorbek_alimov_official ⚜️

Elyorbek_Alimov_official

23 Oct, 06:01


#Ajiniyoz_tavalludining_200_yilligi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Pediatriya fakulteti tomonidan Qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo'siboy o'g'lining 200 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan badiiy tadbir yuzasidan filial Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktorning birinchi o'rinbosari Yusupov Izzat Sultanovich o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

💠@elyorbek_alimov_official💠

Elyorbek_Alimov_official

23 Oct, 05:56


#Til_millat_faxri

2024-yilning 21-oktyabr sanasida Filial fakultetlari, Axborot resurs markazi hamda O‘zbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan "Til - millat faxri!" shiori ostida aksiya tashkil qilindi.

Unda filial rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

22 Oct, 14:26


#oʻzbek_tili #ona_tilim #rasmlar_tanlovi

🇺🇿 "Ona tili - millat ruhi" mavzudagi rasmlar tanlovi ishtirokchisi ijodiy ishi

✏️ Marimboyeva Munisa

📝 Davolash fakulteti Davolash ishi yoʻnalishi 117-"A" guruhi talabasi

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

22 Oct, 14:26


#oʻzbek_tili #ona_tilim #rasmlar_tanlovi

🇺🇿 "Ona tili - millat ruhi" mavzudagi rasmlar tanlovi ishtirokchisi ijodiy ishi
✏️ Yusupova Lolaxon

📝 Davolash fakulteti Davolash ishi yoʻnalishi 104-"B" guruhi talabasi

@elyorbek_alimov_official

Elyorbek_Alimov_official

22 Oct, 06:06


#Кун_иқтибоси

Илм деб ўқимоқ ва ёзмоқни яхши билмоқ, ҳар бир керакли нарсаларни ўрганмоққа айтилади. Илм — дунёнинг иззати, охиратнинг шарофати. Илм инсон учун ғоят олий ва муқаддас бир фазилатдир.

✍️ Абдулла Авлоний

💠@elyorbek_alimov_official💠

Elyorbek_Alimov_official

21 Oct, 13:29


#Ajiniyoz_tavalludining_200_yilligi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Pediatriya fakulteti tashabbuskorligida fakultet talabalari ishtirokida Qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo'siboy o'g'lining 200 yilligi munosabati bilan badiiy tadbir tashkil etildi.

Fakultet tyutori Manzura Abrimova tomonida tayyorlangan mazkur tadbirda Ajiniyoz Qo'siboy o'g'lining hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar berish bilan birga, shoir qalamiga mansub sherlardan namunalar o'qishdi, kuyga solingan qo'shiqlarini kuylashdi.
Tadbirda Qoraqalpoq milliy kuy-qo'shiqlari, ayniqsa, fakultet 130-"B"- guruh talabasi Mahamaddinova Dilnoza tomonidan ijro etilgan "Nar idirgen" Qoraqalpoq milliy kuyi tadbirga o'zgacha shukuh baxsh etdi.

🙋🏻‍♂️Adadiy tadbirga yig'ilgan talabalar Ajiniyoz Qo'siboy o'g'lining hayot yo‘li, shoir faoliyati to‘g‘risida bir qator ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

@elyorbek_alimov_official