Neueste Beiträge von TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal (@ttauf) auf Telegram

TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal Telegram-Beiträge

TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
4,738 Abonnenten
17,062 Fotos
1,715 Videos
Zuletzt aktualisiert 07.03.2025 00:37

Ähnliche Kanäle

Shark Science
12,290 Abonnenten

Der neueste Inhalt, der von TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal auf Telegram geteilt wurde.

TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

06 Mar, 12:05

955

♻️ Bugun, 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni hamda filialda an’anaga aylangan “Milliy qadriyat va kiyimlar” kuni tadbirlari doirasida O‘zbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi tashabbusi bilan "O‘zbek milliy o‘yinlari" musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada xalqimiz orasida unutilib borilayotgan milliy xalq o‘yinlari jonlantirildi. Jumladan, erkaklar orasida “Arqon tortish”, “Qo‘l qayirish”, ayollar orasida “Ipdan sakrash”, “Besh tosh”, “Uzoqqa sakrash” kabi o‘yinlar bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada filial professor- o'qituvchilari va xodimlari faol ishtirok etishdi.

Natijalarga ko'ra:

Erkaklar o'rtasida:
🥇- o'rin "Davolash fakulteti".
🥈- o'rin "Tyutorlar" jamoasi.
🥉- o'rin "Ishchi xodimlar" jamoasi.

Ayollar o'rtasida:
🥇- o'rin "Ishchi hodimlar jamoasi".
🥈- o'rin "Pediatriya fakulteti".
🥉- o'rin "Stomatologiya fakulteti" jamoalari sovrinlarni qo'lga kiritdilar.

👏 Ushbu musobaqada g'olib bo'lgan barchani yutuq bilan qutlaymiz! 🎉

🔹ttauf_pressa
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

06 Mar, 04:36

1,416

TTA Urganch filialida ma’rifat soatlari doimiy tashkil qilinib kelmoqda. Jumladan, 5-mart kuni Stomatologiya fakulteti tyutorlari R.Botirov va A.Abdalniyazovalar tashkilotchiligida 1-bosqich Stomatologiya yo‘nalishi talaba-yoshlari bilan filial Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi J.A.Eshniyazov tomonidan “Ma’rifatli ayol – jamiyat tarbiyachisi” mavzusida tashkil qilindi.

Unda ayollarning tarixda tutgan o‘rni va jasoratlari haqida so‘z bordi. Shuningdek, ayolning jamiyat hayotidagi o‘rni, uning oilaviy va ijtimoiy tarbiyada tutgan muhim roli haqida fikr yuritildi.
Tarixda o‘zining jasorati, donoligi va ilmi bilan nom qoldirgan ayollar – To‘maris, Saroy Mulk xonim, Zebo Gʻaniyeva, Zulfiya, Nodirabegim kabi shaxslar faoliyati haqida fikr almashildi.

⚜️ Ma’rifatli ayol – nur taratuvchi va kelajak avlodni tarbiyalovchi ustun!

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

05 Mar, 09:45

2,161

2025-yil 5-mart kuni TTA Urganch filiali Stomatologiya fakulteti tyutorlari R.Botirov va A.Abdalniyazovalar tashkilotchiligida 1-bosqich Stomatologiya yo‘nalishi talaba-yoshlari bilan filial profilaktika inspektorlari katta leytenant Sh.O.O‘ktamova, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich kursantlari M.Marimboyev va F.Davletovlar tomonidan “Jaholatga qarshi ma’rifat” rukni doirasida “Diniy ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishning dolzarb jihatlari” mavzusida profilaktik tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda diniy ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash, talabalarning turli xildagi diniy materiallarni tarqatish, saqlash holatlarini oldini olish bo’yicha tavsiyalar berildi.


TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

28 Feb, 10:22

1,391

Bugun, 28-fevral kuni Davolash fakulteti tyutorlari B.Xudayberganov va I.Tangrieva talabalar ishtirokida huquqbuzarlikni oldini olish, kiberxavfsizlik, diniy ekstremizmga qarshi kurashishga qaratilgan profilaktik tadbir o'tkazdilar.

Tadbirda filial profilaktika inspektori Sh.O'ktamova mazvu yuzasidan ma'ruza o'qidi va profilaktik videorolik namoyish qilindi.


TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

28 Feb, 09:40

1,310

Xorazm viloyatida birinchi kinooperator, o‘zbek kinosi darg‘asi Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatrda 2025-yil 1-martdan "GAROV" filmi namoyish qilinadi

Barcha xohlovchilarni ushbu kinofilm namoyishiga taklif etamiz!

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

28 Feb, 09:24

1,200

TTA Urganch filialida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig'i M.I.Samandarov hamda Davolash fakulteti tyutori M.R.Atayev tomonidan shoira Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi munosabati bilan “Bahor keldi seni so‘roqlab” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Tadbirda Zulfiyaxonimning yuksak insoniy fazilatlari bugun ham yoshlar uchun ibrat bo‘lib xizmat qilishi, uning sermahsul ijodi, go‘zal she’riyatini barcha adabiyot ixlosmandlari sevib o‘qishlari va shoiraning adabiy merosi nihoyatda boy ekanligi, o‘nlab kitoblari o‘zbek adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin olganligi, shuningdek, ko‘plab taniqli xorij ijodkorlari asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girganligi xususida so‘z yuritildi.


🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

28 Feb, 09:00

928

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

28 Feb, 05:45

1,543

Milliy qadriyatlar - millat ma'naviyatining ko‘zgusi

Bugun, TTA Urganch filialida Pediatriya fakulteti tomonidan “Milliy qadriyatlar oyligi” doirasida “Milliy qadriyatlar - millat ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusida ko‘tarinki ruhda tadbir tashkil etildi.

Ushbu tadbir yoshlar tarbiyasida o‘zbek milliy qadriyatlarining o‘rnini oshirish va mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, milliy urf-odatlarimiz, qadimiy an’ana va marosimlarimizni keng targ‘ib etishga xizmat qildi.

Tadbir doirasida talabalar tomonidan milliy liboslar namoyish etilib, sahna chiqishlari, kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Xalqimizning boy madaniy va ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari, azaliy urf-odatlari, shuningdek, ajdodlarimizning ozodlik va mustaqillik yo‘lidagi jasorati haqida ma’lumotlar berildi.

Mazkur tadbir yoshlar orasida milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada oshirishga xizmat qilib, o‘zbek ma’naviyatining boyligiga yana bir bor urg‘u berdi.


🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

28 Feb, 05:31

1,141

🕌 Xiva shahrida yangi ulkan “Arda Khiva” turizm kompleksi barpo etildi. Mazkur maskan tarixiy va zamonaviy elementlarni uygʻunlashtirgan yirik turizm markazi boʻlib, shaharda turizmni yangi bosqichga koʻtarishga yoʻnaltirilgan.

💎 Oʻzining noyob arxitekturasi bilan ajralib turuvchi "Arda Xiva", "kichik Venetsiya" sifatida gondolalarda sayr qilish imkoniyatini ham taqdim etadi, bu esa shaharni yanada sirli va romantik qiladi.

🌐 Bu yerdagi qadimiy hunarmandchilik markazlari, Kalta minorasi nusxasi, va o‘rta asr uslubidagi inshootlarning barchasi o‘zgacha bir atmosfera yaratadi.


TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

28 Feb, 05:05

1,256

Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube