آخرین محتوای به اشتراک گذاشته شده توسط TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal در تلگرام
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
08 Mar, 12:41
904
Mehr, muruvvat hamda saxovat eng muqaddas tuyg‘ulardir. Shu bois bugun bayram munosabati bilan TTA Urganch filiali Qo'shma ta'lim dasturi, Davolash hamda Stomotologiya fakultetlarining Xotin-qizlar masalasi bo‘yicha dekan maslahatchilari N.Xo'jamuratova, I.Tongiberganova va G.Eshchanova hamda Davolash fakulteti 2-bosqich talabasi G’.Jumaniyazovlar Urganch shahrida joylashgan Muruvvat uyiga tashrif buyurishib, u yerda istiqomat qilayotgan qariyalar holidan xabar olishdi va 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan muborakbod etishdi.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari: 🌐Veb-sayt|🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
08 Mar, 11:07
1,049
Joriy yilning 7-mart kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori R.Y.Ruzibayev o’z navbatchilik vaqtida TTJda yashayotgan talabalar holidan xabar oldi va talabalarning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdi.
Direktor talabalar bilan suhbat jarayonida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda muammolarni hal etilishi yuzasidan TTJ mas’ul xodimi R.M.Atadjanovga kerakli ko‘rsatmalarni berib o‘tdi.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari: 🌐Veb-sayt|🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
07 Mar, 10:57
1,445
🔰7.03.2025
TTA Urganch filiali Stomatologiya fakultetining talaba-yoshlariga “Ma’rifatli ayol – jamiyat tarbiyachisi” mavzusida “Ma’rifat darsi” mashg‘ulotlari malalakali yetuk tajribaga ega, malakali va bilimli professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borildi.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari: 🌐Veb-sayt|🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
07 Mar, 10:48
1,398
TTA Urganch filialida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Pediatriya fakulteti tyutori N.M.Xayitboyeva tomonidan "Balli qizlar" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda qizlar o‘z iste’dodi va mahoratiniTanishtiruv,Birinchi tibbiy yordam ko'rsatish, Erkin mavzu – raqs, qo‘shiq aytish, sahna ko‘rinishi yoki boshqa ijodiy chiqishlari hamda milliy taom – chuchvara tugish orqali namoyon etishdi.
Tanlov ishtirokchilari o‘z mahoratlarini ko‘rsatib, hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari: 🌐Veb-sayt|🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
06 Mar, 12:05
955
♻️ Bugun, 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni hamda filialda an’anaga aylangan “Milliy qadriyat va kiyimlar” kuni tadbirlari doirasida O‘zbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi tashabbusi bilan "O‘zbek milliy o‘yinlari" musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada xalqimiz orasida unutilib borilayotgan milliy xalq o‘yinlari jonlantirildi. Jumladan, erkaklar orasida “Arqon tortish”, “Qo‘l qayirish”, ayollar orasida “Ipdan sakrash”, “Besh tosh”, “Uzoqqa sakrash” kabi o‘yinlar bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada filial professor- o'qituvchilari va xodimlari faol ishtirok etishdi. Natijalarga ko'ra: Erkaklar o'rtasida: 🥇- o'rin "Davolash fakulteti". 🥈- o'rin "Tyutorlar" jamoasi. 🥉- o'rin "Ishchi xodimlar" jamoasi.
Ayollar o'rtasida: 🥇- o'rin "Ishchi hodimlar jamoasi". 🥈- o'rin "Pediatriya fakulteti". 🥉- o'rin "Stomatologiya fakulteti" jamoalari sovrinlarni qo'lga kiritdilar.
👏 Ushbu musobaqada g'olib bo'lgan barchani yutuq bilan qutlaymiz! 🎉
🔹ttauf_pressa
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
06 Mar, 04:36
1,416
TTA Urganch filialida ma’rifat soatlari doimiy tashkil qilinib kelmoqda. Jumladan, 5-mart kuni Stomatologiya fakulteti tyutorlari R.Botirov va A.Abdalniyazovalar tashkilotchiligida 1-bosqich Stomatologiya yo‘nalishi talaba-yoshlari bilan filial Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi J.A.Eshniyazov tomonidan “Ma’rifatli ayol – jamiyat tarbiyachisi” mavzusida tashkil qilindi.
Unda ayollarning tarixda tutgan o‘rni va jasoratlari haqida so‘z bordi. Shuningdek, ayolning jamiyat hayotidagi o‘rni, uning oilaviy va ijtimoiy tarbiyada tutgan muhim roli haqida fikr yuritildi. Tarixda o‘zining jasorati, donoligi va ilmi bilan nom qoldirgan ayollar – To‘maris, Saroy Mulk xonim, Zebo Gʻaniyeva, Zulfiya, Nodirabegim kabi shaxslar faoliyati haqida fikr almashildi.
⚜️Ma’rifatli ayol – nur taratuvchi va kelajak avlodni tarbiyalovchi ustun!
TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari: 🌐Veb-sayt|🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
05 Mar, 09:45
2,161
2025-yil 5-mart kuni TTA Urganch filiali Stomatologiya fakulteti tyutorlari R.Botirov va A.Abdalniyazovalar tashkilotchiligida 1-bosqich Stomatologiya yo‘nalishi talaba-yoshlari bilan filial profilaktika inspektorlari katta leytenant Sh.O.O‘ktamova, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich kursantlari M.Marimboyev va F.Davletovlar tomonidan “Jaholatga qarshi ma’rifat” rukni doirasida “Diniy ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishning dolzarb jihatlari” mavzusida profilaktik tadbir tashkil qilindi.
Tadbirda diniy ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash, talabalarning turli xildagi diniy materiallarni tarqatish, saqlash holatlarini oldini olish bo’yicha tavsiyalar berildi.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari: 🌐Veb-sayt|🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
28 Feb, 10:22
1,391
Bugun, 28-fevral kuni Davolash fakulteti tyutorlari B.Xudayberganov va I.Tangrieva talabalar ishtirokida huquqbuzarlikni oldini olish, kiberxavfsizlik, diniy ekstremizmga qarshi kurashishga qaratilgan profilaktik tadbir o'tkazdilar.
Tadbirda filial profilaktika inspektori Sh.O'ktamova mazvu yuzasidan ma'ruza o'qidi va profilaktik videorolik namoyish qilindi.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari: 🌐Veb-sayt|🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
28 Feb, 09:40
1,310
Xorazm viloyatida birinchi kinooperator, o‘zbek kinosi darg‘asi Xudoybergan Devonov nomidagi kinoteatrda 2025-yil 1-martdan "GAROV" filmi namoyish qilinadi
Barcha xohlovchilarni ushbu kinofilm namoyishiga taklif etamiz!
TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari: 🌐Veb-sayt|🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
28 Feb, 09:24
1,200
TTA Urganch filialida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig'i M.I.Samandarov hamda Davolash fakulteti tyutori M.R.Atayev tomonidan shoira Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi munosabati bilan “Bahor keldi seni so‘roqlab” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Tadbirda Zulfiyaxonimning yuksak insoniy fazilatlari bugun ham yoshlar uchun ibrat bo‘lib xizmat qilishi, uning sermahsul ijodi, go‘zal she’riyatini barcha adabiyot ixlosmandlari sevib o‘qishlari va shoiraning adabiy merosi nihoyatda boy ekanligi, o‘nlab kitoblari o‘zbek adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin olganligi, shuningdek, ko‘plab taniqli xorij ijodkorlari asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girganligi xususida so‘z yuritildi.