MANAGEMENT FACULTY @tsue_management_faculty Channel on Telegram

MANAGEMENT FACULTY

@tsue_management_faculty


Bu kanal kunduzgi ta’lim
1. Jahon iqtisodiyoti va XIM
2. Menejment
3. Logistika
4. Biznesni boshqarish (tarmoq va sohalar)
5. Korporativ boshqaruv
6. Iqtisodiy xavfsizlik
yo’nalishlari uchun
dekanga murojaat https://t.me/Dilshod_MF

MANAGEMENT FACULTY (Uzbek)

MANAGEMENT FACULTY kanali sizni yangiliklar bilan ta’minlaydigan eng yuqori sifatli ta’lim platformasi. Bu kanalda 1. Jahon iqtisodiyoti va XIM, 2. Menejment, 3. Logistika, 4. Biznesni boshqarish (tarmoq va sohalar), 5. Korporativ boshqaruv, 6. Iqtisodiy xavfsizlik yo’nalishlari bo’yicha eng so’nggi ma’lumotlar va malakani topishingiz mumkin. Kanalga https://t.me/Dilshod_MF havolasi orqali murojaat qilishingiz mumkin. Sizga yaxshi ta’limlar va professional rivojlanish uchun bu kanal aynan kerak!

MANAGEMENT FACULTY

21 Nov, 15:29


TDIU “Miks” terma jamoasi QVZ yarim final bosqichida !

⚡️Yarim finalda terma jamoamizni qo’llab-quvvatlash uchun chiptalarni xarid qilishingiz mumkin.

🗓 O’yin 24-noyabr yakshanba kuni 18:00da Turkiston san’at saroyida bo’lib o’tadi.

🎟 Chiptalarni asosiy bino, rektorat 7/4 xonadan yoki @tdiu_yi_admin’ga bog‘langan holda olishingiz mumkin.

‼️ Chiptalar soni cheklangan.

🇺🇿 TDIU Yoshlar ittifoqi

Rasmiy sahifalarimiz
💬Telegram |📷Instagram |🖤YouTube |📒Facebook

MANAGEMENT FACULTY

20 Nov, 17:24


💙💙💙 🧡🧡🧡

Bolalarga birgalikda quvonch ulashamiz!

🗣️ Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining "Tomchi" volontyorlar harakati tomonidan 23-noyabr, shanba kuni Toshkent shahar Yashnabod tumanidagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (aqli zaif) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 103-sonli maktab-internatida navbatdagi xayriya aksiyasi tashkillashtiriladi.

⭐️ Ushbu tadbir davomida volontyor talabalar o‘quvchilar bilan birgalikda rasmlar chizishadi, turli ko‘ngilochar harakatli o‘yinlar hamda konsert tashkil etiladi. Tadbir so‘ngida bolalarga sovg‘alar ham ulashiladi. Siz ham bu harakatimizda o‘z hissangizni qo‘shsangiz, xursand bo‘lar edik.

➡️ Bizni qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan insonlar uchun karta raqami: 9860190102923272 (Alpomisheva Parizod)

Murojaat uchun: @sabirovnaparizod

Rasmiy sahifalarimiz
💬Telegram 📷Instagram

MANAGEMENT FACULTY

19 Nov, 16:32


🟦🟦🟦 🟦🟦

Ilmiy ishlar va loyihalar bo’yicha “Students Cup-2024” respublika tanlovini qarshi oling !

✔️Tanlov "Yoshlar va turizm: yangi istiqbollar va imkoniyatlar" mavzusida yosh iste'dodlarni aniqlash va qo’llab-quvvatlash, mamlakatning turizm salohiyatni jahon miqyosida targ'ib qilishga innovatsion yechimlar ishlab chiqadigan yoshlarni rag'batlantirish maqsadida tashkil etilgan.

⚡️G'oliblar quyidagi tartibda moddiy rag’batlantiriladi:

1-o'rin uchun - 5 million so'm pul mukofoti;
2-o'rin uchun - 3 million so'm pul mukofoti;
3-o'rin uchun - 2 million so'm pul mukofoti.


🔗Ro’yxatdan o’tish uchun:

o’zbek tilida:
https://forms.gle/stU5DAoXSpY5bGGB8

rus tilida:
https://forms.gle/ukgW6XVk5FahaF2D9

Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
@tdiu_official

MANAGEMENT FACULTY

19 Nov, 14:30


🟦🟦🟦🟦🟦

🔥Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 20-noyabr kuni soat 15:00da Xumo arenani yonida “Salomatlik uchun 5000 qadam” shiori ostida yurish boʻyicha marafon boʻlib oʻtadi.

✔️Ushbu marafonda universitetning barcha jamoasi — prorektorlar, xodimlar, professor-oʻqituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va yoshlar ittifoqining faol talaba-yoshlari ishtirok etishi mumkin!

📢Hammani kutamiz! Marafonda aktiv bo’ling!

🇺🇿 TDIU Yoshlar ittifoqi

Rasmiy sahifalarimiz
💬Telegram |📷Instagram |🖤YouTube |📒Facebook

MANAGEMENT FACULTY

19 Nov, 05:57


2024-yilning 18-noyabr kuni "Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar" kafedrasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti o‘rtasida iqtisodiyot sohasi salohiyatidan universitetda yangi avlod kadrlarini maqsadli tayyorlashda foydalanish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy ta’lim dasturlari yaratish, shuningdek boshqaruv, inson resurslarini boshqarish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro memorandum imzolandi. Mazkur memorandumning asosiy maqsadi assambleyaning hududida zamonaviy "Coworking" markazini tashkil etish bo‘lib, bundan tashqari tadbirkorlikni rag‘batlantirish, innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va ta’lim tizimini mustahkamlash uchun qulay muhit yaratishni nazarda tutadi. "Coworking" markazi O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi hududida, zamonaviy ofislar va texnik resurslar bilan ta’minlangan maskanda tashkil etiladi.

MANAGEMENT FACULTY

18 Nov, 18:17


#Davlat_bayrogʻi #33_yilligi #Bayrogʻim_faxrim

Shonli tarix, hurlik timsoli, ezgulik va tinchlik ramzi – Vatanimiz bayrog‘i qabul qilinganligiga 33 yil to‘ldi


TDIU Axborot xizmati

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial

MANAGEMENT FACULTY

18 Nov, 17:44


🎵 Bu qishning eng yorqin musiqiy shousi – HUMO FEST 2.0!

1-dekabr kuni soat 19:00 da Humo Arena sahnasida xit qo‘shiqlar va zavqli shoular muhlislari uchun maxsus tadbir bo‘lib o‘tadi.

Konsert dasturiga:
✔️ Millymallymoe
✔️ Say Mo
✔️ Shoxrux
✔️ Ruxsora Emm
✔️ Shaxriyor
✔️ DJ Doppi Twins
✔️ Tair M
✔️ Toir Axmed
✔️ Asl Wayne
✔️ THE 5AYZ
✔️ Yunka
✔️ DJ Umar
✔️ Yamadzhi
✔️ Sabina Gulyamova
✔️ Radmiruzb
…va yana ko‘plab sevimli qo‘shiqchilaringiz kelishi rejalashtirilgan!

🎟 Chiptalarni qayerdan olish mumkin?
— Chipta kassalaridan yoki iTicket.uz saytidan TDIU15 promokodi orqali 15% chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin.

• Tashkilotchilar bu safar yanada kuchli xitlar, yuqori sifatli yoritish tizimi va tomoshabop shou va’da qilishmoqda. Buni o‘tkazib yubormaslik kerak! Albatta, unutilmas kechaga guvoh bo‘ling!

🇺🇿 TDIU Yoshlar ittifoqi

Rasmiy sahifalarimiz
💬Telegram |📷Instagram |🖤YouTube |📒Facebook

MANAGEMENT FACULTY

18 Nov, 08:23


#Bayrog‘im_faxrim

🇺🇿18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kun!

Bayrogʻimiz, gʻurur va faxrimiz timsolidir. Vatanimizning beqiyos ramzidir!

📌 Menejment fakultetining rasmiy sahifalari

💬Telegram 📹Instagram

MANAGEMENT FACULTY

18 Nov, 08:19


📣Iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda munosib taqdirlashga e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadida “Rektor stipendiyasi” tanlovini o'tkazilishini e'lon qilamiz.

⚡️Tanlov 2 bosqichda bo'lib o'tadi:

🔴1-bosqich: Me'zonda ko'rsatilgan xujjatlarni "Iqtidorli talabalar" bo'limiga topshirish
🔴2-bosqich: Test sinovi (O'zbekiston tarixi, Ingliz tili, Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan)

⚠️Me'zonlar⚠️

🌀Hujjatlar 2024-yil 29-noyabr kuniga qadar "Iqtidorli talabalar" bo'limida qabul qilinadi. Kechikkan va talabga javob bermaydigan hujjatlar qabul qilinmaydi.

🌐Bizni kuzatishda davom eting.
Instagram | Telegram

MANAGEMENT FACULTY

18 Nov, 06:58


#Bayrogʻim_faxrim

🇺🇿 18-noyabr - Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kun!

🎉Bayrogʻimiz qabul qilinganining 33-yilligi munosabati bilan Menejment fakulteti nomidan tabriklaymiz!

📌 Menejment fakultetining rasmiy sahifalari

✈️Telegram 📷Instagram

MANAGEMENT FACULTY

15 Nov, 19:13


#OAV

Axborot 24 | Yoshlarda tolerant dunyoqarashni shakillantirish - Yangi Oʻzbekiston rivojining muhim omili

🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial

MANAGEMENT FACULTY

15 Nov, 08:20


📌 TDIU rektorining 376-sonli buyrug‘iga asosan hamkorlik kelishuvi asosida universitetimizda Tojikiston davlat moliya-iqtisod universitetining qator professor-o‘qituvchilari tashrif buyurishdi.
⚡️ Tashrif davomida Tojikiston davlat moliya-iqtisod universitetining vakillari “Innovatsion menejment” kafedrasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, Menejment mutaxassisligi o‘quv rejasi tarkibi, chop etilgan adabiyotlar, ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash kabi masalalarda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
✔️ Shuningdek, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi qoshida tashkil etilgan kafedra filiali faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, fan, ta’lim va ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsion aloqalar, talabalar amaliyotini tashkil etish, tarmoqning yetakchi mutaxassislarini o‘quv jarayoni va DAK ishiga taklif etilishi bo‘yicha fikr almashdilar.
🤝 Suhbat yakunida o‘quv – uslubiy, ilmiy – uslubiy ishlar borasida hamkorlik olib borilishi  kelishib olindi.