Latest Posts from Trekking Uzbekistan (@trekking_uz) on Telegram

Trekking Uzbekistan Telegram Posts

Trekking Uzbekistan
📍From Tashkent.
• Exped, excursion, ecotour, camping, hiking.
• Yer yuzida siz ko‘rishni istagan tabiat go’zalliklarini O‘zbekistondan ko’rsatamiz!

facebook.com/trekuz
instagram.com/trekking.uz

📩 Telegram (@trekkingUZB)
3,673 Subscribers
1,764 Photos
82 Videos
Last Updated 12.03.2025 18:09

Similar Channels

Локации uzb
87,993 Subscribers
JR TwitGram 🥂
6,487 Subscribers
Mirzo Zominiy
5,608 Subscribers

The latest content shared by Trekking Uzbekistan on Telegram

Trekking Uzbekistan

27 Feb, 16:18

2,191

O’tgan xaftada quyosh tushish burchagi sababli Lashkarak vodiysining bir tomonida qish boshqa bir tomonida esa bahor hukm surmoqda edi. Muzlagan sharsharalar tog’ning ayni bahor nafasi kirib kelgan yonbag’rida joylashgan, ular katta ehtimol bilan erib ketish arafasida turibdi, ammo yaqin kunlardagi noqulay ob-havo sharoiti sabab ular bir muddat saqlanib qoladi. Bu o’tgan xafta shanba kuni ushbu hududga amalga oshirilgan trekkingdan fotolavhalar.

Kelayotgan yakshanba 2-mart kuni Chotqolning muzlagan sharsharalari Paltau va Chuquroqsuv tomon trekking mavjud. Ro’yxatdan o’tishingiz mumkin!

⚠️ Trekking Uzbekistan
Trekking Uzbekistan

06 Feb, 06:02

1,611

Surenota tomon ertaknamo va qiyin marshrutdan amalga oshirilgan trekdan fotolavhalar. Ayni hozirgi mavsumda ushbu cho’qqiga ko’tarilish yozgi Katta Chimyon (3309 metr) cho’qqisiga ko’tarilishdan ancha qiyinroq, chunki qor qalinligi cho’qqiga 3 km yetmasdan deyarli 70 sm atrofida va bu balandlikka ko’tarilgan sari ortib boradi. Bu yil tog’larda qor massasi o’tgan yilnikiga qaraganda ancha ko’proq, deyarli 2-3 barobar.

Kelayotgan dam olish 9-fevral kuni O’zbekiston Kashmiri Go’shtsoy o’rmonlari tomon trekking mavjud. Ro’yxatdan o’tishingiz mumkin!

⚠️ Trekking Uzbekistan
Trekking Uzbekistan

31 Jan, 06:08

1,925

Albarsoy - Quramaning juda kam insonlarga ma’lum bo’lgan ulkan archazorlar maydoni. U yerda qor qatlami vodiyning eng past nuqtalarida ham hattoki 40-50 sm atrofida, bu esa yurish davomida o’ziga xos qiyinlik va ajoyib his beradi. Bu o’tgan dam olish kunida ushbu hududga tashrif buyirgan guruhdan fotolavhalar.

Kelayotgan dam olish 2-fevral kuni ulkan panoramalar maydoni va ajoyib manzil Surenota cho’qqisi tomon trekking mavjud. Ro’yxatdan o’tishingiz mumkin!

⚠️ Trekking Uzbekistan
Trekking Uzbekistan

20 Jan, 09:02

1,645

Ko’kbet cho’qqisidan kechagi kun uchun fantastik kadrlar. U yerda kun davomida ob-havoning keskin o’zgarishlarini ko’rish mumkin edi. Qor qatlami esa cho’qqi etagida 3-4 sm’dan cho’qqi yaqinida 1 metrgacha yetadi, qalin qorda yurish qiyin ammo bu kishiga o’zgacha zavq beradi.

Kelayotgan dam olish 25-26-yanvar kunlari Shoxqo’rg’on cho’qqisi va Albarsoy vodiysi tomon trekking mavjud. Ro’yxatdan o’tishingiz mumkin!

⚠️ Trekking Uzbekistan
Trekking Uzbekistan

15 Jan, 06:15

1,943

Lashkarakning archazorlari oralab O’rikbel tizmasi tomon. Bu o’tgan trekda ushbu manzil tomon yurishdan fotolavhalar. Manzildan turib Quramaning eng baland nuqtalari ko’z oldingizda yaqqol namoyon bo’ladi, shuningdek Tojikiston sarhadlari ham, ayni vaqt u yerda qorning qalinligi ayrim joylarda naqd yarim metrgacha yetadi.

Kelayotgan dam olish 19-yanvar ulkan panoramalar maydoni va ajoyib manzil Ko’kbet cho’qqisi tomon trekking mavjud. Ro’yxatdan o’tishingiz mumkin!

⚠️ Trekking Uzbekistan
Trekking Uzbekistan

30 Dec, 08:19

1,765

Katta Chimyon va Ovchilar cho’qqisi g’ayrioddiy burchakdan ko’rinadigan, shuningdek Qirg’iziston sarhadlarining ulkan tog’larini kuzatish mumkin bo’lgan ajoyib manzil tomon. Bu kuni kecha Patandozbosh cho’qqisi tomon amalga oshirilgan trekdan fotolavhalar. U yerda shamol natijasida hosil bo’lgan ulkan qor uyumlarini ko’rish mumkin edi, shu sababli qor qatlami cho’qqi yaqinida, ayrim joylarda 40-50 sm’gacha yetdi.

Aziz do’stlar! 2024-yil ham yakun topmoqda, biz esa shu yil uchun oxirgi yurishimizni amalga oshirdik, sizlar bilan endi 2025-yilda, yangi yo’nalishlar va o’zgacha tizim bilan ko’rishamiz, bizni har tomonlama qo’llab-quvvatlagan barchaga rahmat!

⚠️ Trekking Uzbekistan
Trekking Uzbekistan

23 Dec, 06:32

2,285

🔺Boysitenning qishki o’rmonlari tomon. Ob-havo kutilmalari yaxshi va ko’rinish darajasi yuqori bo’lganli sababli hududdan turib Quramaning eng baland nuqtasi Tojikiston hududida joylashgan Boboiyob cho’qqisini yaqqol ko’rish mumkin bo’ldi, u dengiz sathidan 3769 metr balandlikda joylashgan. Hudud ko’pchikka ma’lum bo’lmaganligi sababli tashrif buyiruvchilar deyarli yo’q va tabiat o’zining asl holatini saqlanib qolgan.

Yilning oxirgi treki 29-dekabr kuni Obiqashqa va Katta Chimyonning ulkan panoramalari ostida joylashgan Patandozbosh cho’qqisi tomon bo’lib o’tadi. Ro’yxatdan o’tishingiz mumkin! 🔴

⚠️ Trekking Uzbekistan
Trekking Uzbekistan

16 Dec, 10:43

1,931

🔵Kuni kecha O’zbekiston olis shimoldagi Arktika’ga aylandi. Mamlakatdagi markaziy viloyatlarda kuni bilan qor yog’inlari kuzatildi, bu tog’li hududlarda shamol bilan kuchli qor bo’ronlarini keltirib chiqardi. Roppa-rosa bundan 1 yil oldin huddi shu hududga quyoshli kunda uyishtirilgan trekimizni “O’zbekiston Arktikasi” deb nomlagan edik, chunki tog’ning geografik joylashuvi va atrofda undan baland cho’qqilar bo’lmaganligi sababli hududning yuqori balandliklari doimiy kuchli shamollarni qabul qiladi, hattoki bu quyoshli kunlarda ham.

22-dekabr kuni Kanadaning ulkan arachzorlar o’rmoniga xos Boysiten o’rmonlari tomon trek mavjud. Ro’yxatdan o’tishingiz mumkin! 🔴

⚠️ Trekking Uzbekistan
Trekking Uzbekistan

02 Dec, 09:05

1,277

Bu kuni kecha Achchiqko’l-Zarshox yo’nalishida kuzatilgan atmosfera. Qish injiqliklarining go’zal ko’rinishi. Sayyohlar yurish davomida quyosh chiqishidan tortib qor bo’ronlarigacha duch kelishdi. Hududdagi qor bosib qolgan archazorlar esa ertaknamo Laplandiyani eslatib yuborar edi.

Kelayotgan dam olish 8-dekabr kuni qalin qorlar ostidagi ertaknamo manzil Mozorjon cho’qqisi tomon trek mavjud. Ro’yxatdan o’tishingiz mumkin!

⚠️ Trekking Uzbekistan
Trekking Uzbekistan

23 Nov, 09:14

1,981

Bir vaqtning o’zida 3 xil fasl yaqqol namoyon hudud. Bu o’tgan xaftada Arzanak trekida Nevichdan Krasnogorsk tomon tog’lar osha yurishda kuzatilgan edi. Balandlikka ko’tarilgan sari bahor, kuz va qish ko’rinish berdi. Manzil tomon yurish davomida Chotqol davlat biosfera qo’riqxonasining bufer zonasidan ham o’tildi, ushbu hududdan ruxsatnoma mavjud bo’lmasa yurish tavsiya qilinmaydi.

Kelayotgan dam olish 24-noyabr kuni Albarsoy vodiysiga, Quramaning ulkan archazorlar maydoni tomon trek mavjud. Ro’yxatdan o’tishingiz mumkin!

⚠️ Trekking Uzbekistan