Trekking Uzbekistan @trekking_uz Channel on Telegram

Trekking Uzbekistan

@trekking_uz


• Exped, excursion, ecotour, camping, hiking.
• Yer yuzida siz ko‘rishni istagan tabiat go’zalliklarini O‘zbekistondan ko’rsatamiz!

instagram.com/trekking.uz

📩 Telegram (@trekkingUZB)

Trekking Uzbekistan (Uzbek)

O'zbekistondagi Ezguliklar Yo'lida! Sizga tanish bo'lish imkoniyatini taqdim etamiz - "Trekking Uzbekistan" telegram kanali. Bu kanal orqali siz Ekoturlar, ekskursiyalar, ekspeditsiyalar, piyoda sayohatlar, sirli hududlarga tashriflar, camping va hiking haqida yengil ma'lumotlar olish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Bu sayohatlar orqali O'zbekistonning tabiatini va madaniyatini yaqinroq tanishishingiz mumkin bo'ladi

Agar siz ham O'zbekistonning go'zal manzaralarini ko'rish, dengiz tomonlarini zail qilish, yuragi tovar va sarguzashtlar bilan to'ldirilgan sayohatlar qilishni istasangiz, shu kanal siz uchun

"Trekking Uzbekistan" kanaliga instagram orqali ham murojaat qilishingiz mumkin: instagram.com/trekking.uz

Undan tashqari, Telegram orqali murojaat qilish imkoniyati ham mavjud: (@trekkingUZB). Sizga O'zbekistondagi eng ajoyib joylarni ko'rish, yengil sayohatlar qilish va yuragi tovarlardan foydalanish imkonini taqdim etamiz. Siz ham "Trekking Uzbekistan" kanaliga qo'shiling va qiziqarli sayohatlar haqida yangiliklardan xabardor bo'ling!

Trekking Uzbekistan

20 Jan, 09:02


Ko’kbet cho’qqisidan kechagi kun uchun fantastik kadrlar. U yerda kun davomida ob-havoning keskin o’zgarishlarini ko’rish mumkin edi. Qor qatlami esa cho’qqi etagida 3-4 sm’dan cho’qqi yaqinida 1 metrgacha yetadi, qalin qorda yurish qiyin ammo bu kishiga o’zgacha zavq beradi.

Kelayotgan dam olish 25-26-yanvar kunlari Shoxqo’rg’on cho’qqisi va Albarsoy vodiysi tomon trekking mavjud. Ro’yxatdan o’tishingiz mumkin!

⚠️ Trekking Uzbekistan

Trekking Uzbekistan

15 Jan, 06:15


Lashkarakning archazorlari oralab O’rikbel tizmasi tomon. Bu o’tgan trekda ushbu manzil tomon yurishdan fotolavhalar. Manzildan turib Quramaning eng baland nuqtalari ko’z oldingizda yaqqol namoyon bo’ladi, shuningdek Tojikiston sarhadlari ham, ayni vaqt u yerda qorning qalinligi ayrim joylarda naqd yarim metrgacha yetadi.

Kelayotgan dam olish 19-yanvar ulkan panoramalar maydoni va ajoyib manzil Ko’kbet cho’qqisi tomon trekking mavjud. Ro’yxatdan o’tishingiz mumkin!

⚠️ Trekking Uzbekistan

Trekking Uzbekistan

30 Dec, 08:19


Katta Chimyon va Ovchilar cho’qqisi g’ayrioddiy burchakdan ko’rinadigan, shuningdek Qirg’iziston sarhadlarining ulkan tog’larini kuzatish mumkin bo’lgan ajoyib manzil tomon. Bu kuni kecha Patandozbosh cho’qqisi tomon amalga oshirilgan trekdan fotolavhalar. U yerda shamol natijasida hosil bo’lgan ulkan qor uyumlarini ko’rish mumkin edi, shu sababli qor qatlami cho’qqi yaqinida, ayrim joylarda 40-50 sm’gacha yetdi.

Aziz do’stlar! 2024-yil ham yakun topmoqda, biz esa shu yil uchun oxirgi yurishimizni amalga oshirdik, sizlar bilan endi 2025-yilda, yangi yo’nalishlar va o’zgacha tizim bilan ko’rishamiz, bizni har tomonlama qo’llab-quvvatlagan barchaga rahmat!

⚠️ Trekking Uzbekistan

Trekking Uzbekistan

23 Dec, 06:32


🔺Boysitenning qishki o’rmonlari tomon. Ob-havo kutilmalari yaxshi va ko’rinish darajasi yuqori bo’lganli sababli hududdan turib Quramaning eng baland nuqtasi Tojikiston hududida joylashgan Boboiyob cho’qqisini yaqqol ko’rish mumkin bo’ldi, u dengiz sathidan 3769 metr balandlikda joylashgan. Hudud ko’pchikka ma’lum bo’lmaganligi sababli tashrif buyiruvchilar deyarli yo’q va tabiat o’zining asl holatini saqlanib qolgan.

Yilning oxirgi treki 29-dekabr kuni Obiqashqa va Katta Chimyonning ulkan panoramalari ostida joylashgan Patandozbosh cho’qqisi tomon bo’lib o’tadi. Ro’yxatdan o’tishingiz mumkin! 🔴

⚠️ Trekking Uzbekistan

Trekking Uzbekistan

16 Dec, 10:43


🔵Kuni kecha O’zbekiston olis shimoldagi Arktika’ga aylandi. Mamlakatdagi markaziy viloyatlarda kuni bilan qor yog’inlari kuzatildi, bu tog’li hududlarda shamol bilan kuchli qor bo’ronlarini keltirib chiqardi. Roppa-rosa bundan 1 yil oldin huddi shu hududga quyoshli kunda uyishtirilgan trekimizni “O’zbekiston Arktikasi” deb nomlagan edik, chunki tog’ning geografik joylashuvi va atrofda undan baland cho’qqilar bo’lmaganligi sababli hududning yuqori balandliklari doimiy kuchli shamollarni qabul qiladi, hattoki bu quyoshli kunlarda ham.

22-dekabr kuni Kanadaning ulkan arachzorlar o’rmoniga xos Boysiten o’rmonlari tomon trek mavjud. Ro’yxatdan o’tishingiz mumkin! 🔴

⚠️ Trekking Uzbekistan

Trekking Uzbekistan

02 Dec, 09:05


Bu kuni kecha Achchiqko’l-Zarshox yo’nalishida kuzatilgan atmosfera. Qish injiqliklarining go’zal ko’rinishi. Sayyohlar yurish davomida quyosh chiqishidan tortib qor bo’ronlarigacha duch kelishdi. Hududdagi qor bosib qolgan archazorlar esa ertaknamo Laplandiyani eslatib yuborar edi.

Kelayotgan dam olish 8-dekabr kuni qalin qorlar ostidagi ertaknamo manzil Mozorjon cho’qqisi tomon trek mavjud. Ro’yxatdan o’tishingiz mumkin!

⚠️ Trekking Uzbekistan

Trekking Uzbekistan

23 Nov, 09:14


Bir vaqtning o’zida 3 xil fasl yaqqol namoyon hudud. Bu o’tgan xaftada Arzanak trekida Nevichdan Krasnogorsk tomon tog’lar osha yurishda kuzatilgan edi. Balandlikka ko’tarilgan sari bahor, kuz va qish ko’rinish berdi. Manzil tomon yurish davomida Chotqol davlat biosfera qo’riqxonasining bufer zonasidan ham o’tildi, ushbu hududdan ruxsatnoma mavjud bo’lmasa yurish tavsiya qilinmaydi.

Kelayotgan dam olish 24-noyabr kuni Albarsoy vodiysiga, Quramaning ulkan archazorlar maydoni tomon trek mavjud. Ro’yxatdan o’tishingiz mumkin!

⚠️ Trekking Uzbekistan

Trekking Uzbekistan

16 Nov, 08:24


Kuz faslida bahor nafasi, bu qisqa muddat ichida kuzatiladigan holatdir. O’tgan haftada Saritepa tomon trek amalga oshirgan guruhdan fotolavhalar. Ayni damda ushbu hududlar qor ostida, Toshkent viloyatining dengiz sathidan 1400 metrdan balandda joylashgan deyarli barcha hududlarida qor qatlami mavjud. Bunday keyin amalga oshiriladigan barcha yurishlar qorli muhitda amalga oshiriladi, qishki mavsum ochiq…

Kelayotgan dam olish 17-noyabr kuni Arzanak cho’qqisiga, Nevichdan Krasnogorskka tomon tog’lar osha trek mavjud. Ro’yxatdan o’tishingiz mumkin!

🏔Trekking Uzbekistan

Trekking Uzbekistan

01 Nov, 15:26


Antarktidaga birinchi borgan o‘zbek kim?

O‘zbek blogerlaridan Abdurahmon Fozilov Antarktidaga yo‘lga chiqibdi. Respekt. Tabriklayman! Shu munosabat bilan o‘zbek blogosferasida faxr va iftixor ila “Abdurahmon Antarktidaga borib, O‘zbekiston bayrog‘ini o‘rnatgan birinchi o‘zbek” bo‘ladi, degan ma’lumotlar aylanmoqda. Haqiqatan ham shundaymi?

Unday emas. O‘zbeklar orasida Antarktida qit’asiga birinchi marta qadam bosib, O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘ini o‘rnatgan kishi xalqaro sport jurnalisti San’at Sharipovdir. U 2014 yilning fevral oyida Antarktidaga borgan.

Ayollar orasida ilk bor Antarktida qit’asiga borib, bayroq qadagan o‘zbek Shahnoza Nizamovadir. U 2020 yil fevral oyida Antarktidaga borgan.

Manba: Davronbek Tojialiyev

⛰️ Trekking Uzbekistan

Trekking Uzbekistan

01 Nov, 07:08


O’tgan xaftadagi trekda Ko’kbet va Mayg’ashqon cho’qqilari tomon ko’tarilgan guruhdan fotolavhalar. Ushbu trek davomida siz Afrika savannalariga o’xshash tabiatdan tortib aralash o’rmonlargacha va archazorlardan iborat qalin o’rmongacha duch kelishingiz mumkin. Cho’qqi tepasiga ko’tarilgandan so’ng esa sizni ulkan panoramalar qarshi oladi.

Kelayotgan dam olish 3-noyabr kuni O’rta Qumbel-Beldirsoy-Petrogliftlar tomon trek mavjud. Ro’yxatdan o’tishingiz mumkin!

📩 @trekkingUZB

Trekking Uzbekistan

24 Oct, 07:17


Bu yil dastlabki qor mavsumida 3004 metr balandlikka ko’tarilgan birinchi jamoa. O’tgan dam olish kunida Katta Chimyon cho’qqisi tomon amalga oshirilgan mavsum uchun oxirgi trekdan fotolavhalar. Dengiz sathidan 2400 metr balandlikdan boshlab cho’qqini qor qoplab olgan. Guruh deyarli 600 metr ko’tarilishni qorli hududdan amalga oshirdi. Cho’qqiga 300 metr qolganda esa tros orqali qoyadan ko’tarilish kerak edi, ammo qor ko’p yoqqan (ayrim joylarda 90 sm) va troslar va qoya qor ostida qolib ketgan, bunday vaziyatda u yerdan ko’tarilsih xavfli. Shunday qilib bu yil Katta Chimyon cho’qqisiga ko’tarilish mavsumi tugadi, keyingi treklarni 2025-yil may oyidan kutib oling…

Ushbu xafta 27-oktyabr kuni Ko’kbet va Mayg’ashqon cho’qqilari tomon trek amalga oshiriladi. Tur haqida batafsil tanishib, ro’yxatdan o’tishingiz mumkin!

©️ Trekking Uzbekistan

Trekking Uzbekistan

21 Oct, 14:59


Tog’dagi mintaqa nomlari geografik qonunyat bo’yicha yozildi, lekin qonunyatdagi raqamlar hozirgi O’zbekiston tog’lariga uncha to’g’ri kelmaydi, shu sababli kitobdagi raqamlar bilan hozirgi tog’lardagi raqamlar bir-biriga mos emas!

Misol uchun qonunyat bo’yicha O’zbekiston tog’larida archazorlar mintaqasi dengiz sathidan 2700-2800 metr balandlikda tarqalgan bo’lishi kerak edi, ammo bu hududda archazorlar 1600-1800 metr balandlikda tarqalgan. 1900 metrdan boshlab esa baland tog’ mintaqasi boshlanib ketgan.

Tog’lardagi shunday mintaqalanishni o’z ko’zingiz bilan ko’rishni xohlasangiz 27-oktyabr kuni Ko’kbet va Mayg’ashqon cho’qqilariga trek mavjud⚡️

Tur haqida batafsil…

⛰️ Trekking Uzbekistan

Trekking Uzbekistan

18 Oct, 07:36


O’tgan treklarda Ko’kbet va Mayg’ashqon cho’qqilari tomon ko’tarilgan guruhdan fotolavhalar. Ushbu trek davomida siz Afrika savannalariga o’xshash tabiatdan tortib aralash o’rmonlargacha va archazorlardan iborat qalin o’rmonlardan ham o’tishingiz mumkin. Cho’qqi tepasiga ko’tarilgandan so’ng esa juda katta panoramalarga duch kelasiz. Keyingi xaftdan boshlab ushbu cho’qqilarga qor yog’ishi va yerda to’planishi kutilmoqda…

Ushbu cho’qqilar tomon keyingi trek 27-oktyabr san’asida amalga oshiriladi. Tur haqida batafsil tanishib, ro’yxatdan o’tishingiz mumkin!

⛰️ Trekking Uzbekistan