Bunday nodir anjumanlar bizning ilm-fan va san’at sohasidagi salohiyatimizni yanada yuksaltirib, yangi O‘zbekistonning madaniy va ma’naviy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda.
Tadbir so'ngida "Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni"ga bag'ishlab institutning talaba qizlari o'rtasida e'lon qilingan "Shamsiro'y Xasanova hayoti va ijodi to'g'risida yozilgan Ilmiy-ommabop maqolalar hamda erkin mavzuda chizilgan ijodiy asarlar tanlovidan g'olib bo'lgan 6 nafar talaba qizlar sertifikat va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.