O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education) @onatili_dilshodbek Channel on Telegram

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

@onatili_dilshodbek


Assalomu alaykum, kanalimizga xush kelibsiz!
🏠0 dan boshlab mukammal darajaga biz bilan erishing.
Bu kanaldan topishingiz mumkin😎😎
🔝Milliy sertifikat testlari
🔝DTM testlar
🔝Esse yozish ko'nikmalar o'rgatiladi
🔝Esse tekshirish

Manzil: Qarshi shahri

Super ona tili va adabiyot (Uzbek)

Super ona tili va adabiyot kanali sizga ona tilini o'rganishda yordam beradi. Kanal orqali siz 0 dan boshlab mukammal darajaga biz bilan erishingiz mumkin. Bu kanalda milliy sertifikat testlari, DTM testlar, majburiy testlar, esse yozish ko'nikmalari o'rgatiladi va esse tekshirish masalalari muhokama qilinadi. Agar siz ham ona tilini go'zal va sodda o'rganishni istasangiz, bu kanal siz uchun. Kanalda reklama uchun murojaatga @YandashevDilshod nomeri bo'yicha murojaat qilishingiz mumkin.

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

10 Jan, 14:14


Quyidagi gaplarda ajratib ko'rsatilgan so'zlardagi -y qo'shimchalarining vazifasini izohlang:

1. Bugun darsga bormayman.
2. Bugun darsga bormay.
3. Bugun darsga bormay ko'cha aylandim.
4. Quyoshda yuraverib rangi qorayibdi.

Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.
Keyin biz videoizohini beramiz.

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

08 Jan, 16:55


📣 ONA TILI VA ADABIYOT MILLIY SERTIFIKAT MOCK TESTI 📣

🗓 SANASI: 12-YANVAR (YAKSHANBA)
VAQTI: 12⁰⁰-15⁰⁰
💵  TO'LOV: 15.000 SO'M


FAQAT HAQIQIY MATERIALLARDAN FOYDALANILADI ❗️📖

USHBU MS TESTI QARSHI SHAHRIDAGI BIRINCHI RASH MODELIDA BAHOLANADIGAN TEST HISOBLANADI

📩 RO'YXATDAN O'TISH UCHUN:
@Onatili_MD

BIZ BILAN MUAFFAQIYATGA ERISHING!!!

📍MANZIL: ASLIDDIN O'QUV MARKAZI, ASAKABANK ORQA TOMONI
@onatili_dilshodbek

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

07 Jan, 19:30


‼️Yangilangan fanlar majmuasi tasdiqlandi
#abituriyent

2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

Fanlar majmuasida 218 ta yo'nalish ro'yxati tasdiqlangan.

❗️Eslatma: 2025/2026-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda, yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi.

Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

06 Jan, 07:56


Абдулла Орипов

МЕН АНГЛАБ ЕТГАН ФАЛСАФА

Бозорга ўхшайди асли бу дунё,
Бозорга ўхшайди бунда ҳам маъни.
Иккиси ичра ҳам кўрмадим асло,
Молим ёмон деган бирор кимсани.

✍🏻1973

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

04 Jan, 11:58


🌿 ​​ҚАРО ҚОШИНГ

Қаро қошинг, қалам қошинг,
Қийиқ қайрилма қошинг, қиз.
Қилур қатлимга қасд қайраб –
Қилич қотил қарошинг, қиз.

Қафасда қалб қушин қийнаб,
Қанот қоқмоққа қўймайсан.
Қараб қўйгил қиё,
Қалбимни қиздирсин қуёшинг, қиз.

Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов, 1957 йил

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

04 Jan, 11:35


Majburiy matematika uchun qatnashadiganlar izohga + qoldiring

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

04 Jan, 08:17


#abituriyent_2025
#fanlar_majmuasi

⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

📚 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi.

📌
Mazkur fanlar majmuasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan.


👉 Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

04 Jan, 06:46


⚡️ 6-yanvardan o'quv markazimizda darslar odatdagi tartibda davom etadi!

O'quv markazimizda tatilning so'nggi kuni 5-yanvar bo`lib, 6-yanvar (dushanba) kunidan boshlab darslar doimiy jadval asosida davom ettiriladi.

📞 +998971353637
📞 +998973160228
📍 Asakabank orqa tomoni, "Asliddin" o'quv markazi.

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

03 Jan, 13:04


🧐 Qiziqarli fakt:
O‘zbek tilida so‘zlarning g‘ayrioddiy “sirli” kombinatsiyasi bor! Masalan:
🏠 Tom va 💧 Tomchi!

Qiziq tomoni shundaki, tomdan har doim tomchi tushadi! 😲
Tilimizdagi bunday ichki uyg‘unlik uni yanada boy va o‘ziga xos qiladi. 🌟

📚 Tilimizning bunday ajoyib sirlarini biz bilan birga o‘rganing!

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

03 Jan, 12:06


MILLIY SERTIFIKAT

🎓 Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat kursi 🎓
🗓 Yangi yilning birinchi kursi ochildi!

Juft kunlari: 16:00-18:00

Sizda:
Ona tili va adabiyot bilimlarini rivojlantirish imkoniyati!
Milliy sertifikat olishga tayyorgarlik!
Samarali va interaktiv darslar olish imkoniyati bor.

O`z kelajagingizni ishonchli va sinalgan jamoa bilan quring!

📞 +998973160228
📞 +998971353637
📍 Asakabank orqa tomoni,  "Asliddin" o'quv markazi.
Lokatsiya: https://maps.app.goo.gl/ja1J2sDKA1YNMyUEA

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

03 Jan, 11:34


Бугун Ҳазрат Навоий вафот этган кун: самимий дуоларимиздан руҳлари шод, охиратлари обод бўлсин.

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

03 Jan, 02:51


OLOMONGA

Mashrab osilganda qayoqda eding?
Choʻlpon otilganda qayoqda eding?

Surishtirganmiding Qodiriyni yo
Qalqon boʻlganmiding kelganda balo?

Hukmlar oʻqilur sening nomingdan,
Tarixlar toʻqilur sening nomingdan.

Nimasan? Qandayin sehrli kuchsan?
Nechun tomoshaga bunchalar oʻchsan?

Qarshingda hasratli oʻyga tolaman,
Qachon xalq boʻlasan, ey sen, olomon?!

(Abdulla ORIPOV)

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

02 Jan, 14:09


Mavjud ertalabki katta guruhimiz ham bor

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

02 Jan, 13:51


⚡️ "Asliddin education"da 2025-o'quv yili uchun qabul boshlandi!

11-sinfni bitirayotgan va undan kichik sinf o'quvchilari hamda ona tili fan o'qituvchilari uchun  oquv markazimizda Ona tili va adabiyot fanidan "Milliy sertifikat"  kurslari boshlanmoqda, ushbu kurs bitiruvchilari  aprel oyi oxirida o'tkaziladigan milliy sertifikat imtihoniga tayyor bo'lishadi.

Boshlanish sanasi: 7-yanvar Soat: 16:00-18:00

O`qituvchi:  M. Dilshod
Murojaat:   97 135 36 37

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

02 Jan, 12:30


⚡️ Majburiy blok ona tili tezkor yangi guruh uchun qabulga start berildi!

🤔 Majburiy blok ona tilidan kafolatlangan
11 ballni qo'lga kiritishni xohlaysizmi?

🤩 Unda bu siz uchun ajoyib imkoniyat!
“Asliddin education”da ona tili majburiy blok uchun yangi guruhiga qabul boshlandi!

Ochilish sanasi:   
8-yanvar, toq kunlari (10:00-12:00)
9-yanvar, juft kunlari (12:00-14:00)

Hoziroq ro'yxatdan o'ting!

Guruhga ro'yxatdan o'tish uchun:

☎️ 97-135-36-37

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

01 Jan, 16:25


#Rasman

Ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama berish to'g'risida ko'rsatma berilgan

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 2025-yil 1-yanvardan boshlab ona tili va tarix fani o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50 foiz ustama to'lash to'g'risida 2024-yil 19-dekabr kuni hududiy MMTBlarga ko'rsatma xati yuborgan.

Telegram I Facebook I YouTube

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

31 Dec, 19:02


Янги йилда барча ҳайрли ишларингизда сизга омад ёр бўлсин. Қалбингиздан қувонч, дастурхонингиздан қут -барака ва оилангиздан шоду ҳуррамлик асло аримасин. Янги йил қутлуғ бўлсин!

#ТЕЗКОР
2025 йил - Мамлакатимизда атроф муҳитни асраш ва яшил иқтисодиёт йили деб ном берилди.

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

31 Dec, 10:15


Meni ba'zi orzular yondirmoqda 🔥

Sizning ham yondiradigan, uyqu bermaydigan orzularingiz bormi?

Agar ha menda ham shunaqa holat desangiz unda sizni tabriklayman siz rivojlanish boʻsagʻasida turibsiz ❤️

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

31 Dec, 04:27


Asliddin education hammani Yangi yil bayrami bilan muborakbod etadi!

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

26 Dec, 15:14


📖 Multi-level imtihoni uchun tayyorlanayotganlar uchun toʻliq bepul chatlar, feedbacklar speaking boyicha, speking skillini oshirmoqchilar uchun maxsus.

➡️ Boshqalarga ham ulashib qo'ying!

🧑‍💻Join:https://t.me/itsamazing_000

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

25 Dec, 13:32


MATEMATIKA BO`YICHA YAXSHI KANAL

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

25 Dec, 13:31


https://t.me/Milliy_Sertifikat_Onlayn

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

25 Dec, 13:29


XIRGOYI

Hammamiz quyoshda kuygan jizzamiz,
qachon tiz cho‘kuvdik, hamon izzamiz,
sirqirab og‘riydi shishgan tizzamiz,
o‘rindan ozgina tursak maylimu?

O‘tganlar bari bek, qolgan javdirar,
gardinda ko‘rinmas g‘ullar shaldirar,
mehnatdan yorilgan qo‘llar qaltirar,
o‘z bekim yerida yursak maylimu?

Nasimlar gullamish ozod tog‘larda,
ozodlik mujdasi so‘lu sog‘larda,
bobolar qiynalib tikkan bog‘larda
ag‘anab bir xayol sursak maylimu?

Necha ming alloma, jo‘mardlar o‘lgan,
tafakkur sasigan,
ruhlari so‘lgan,
urug‘lar aynigan tap-taqir cho‘lda
o‘z bekim davlatin qursak maylimu?

Yuz ellik yildirki mana shu holat,
hanuz davom etar makkor tijorat,
bilmadim, qayerdan ushbu jaholat,
nega siz bo‘lmaysiz sira xijolat?
Nega men so‘rayman sizdan ijozat?!

Shavkat Rahmon

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

22 Dec, 17:23


🔱 Dekabr imtihoni haqida mulohazalar.

21-22-dekabr kunlari bo`lib o`tgan Milliy sertifikat imtihonlari haqida ko`pchilik turli fikrlar bildirmoqda. Ayrimlar savollarning, masalan, mumtoz matnlarning nisbatan murakkabligini ta`kidlamoqda.
Biroq, bizningcha, so`nggi imtihon ancha yuqori saviyada tashkil etildi. Jumladan, bir necha kun oldin tarqalgan "X variantlar" soxta ekanligi-yu, uni sotib olganlar aldangani ma`lum bo`ldi. Demak, agentlikda maxfiylik borasida hammasi joyida hamda xavotirga o`rin yo`q. Ikkinchidan, savollarning qiyinlik darajasi oldingilaridan tushsa, tushganki, ko`tarilmagan. Ayrim savollarning takror tushayotgani ham agentlik oldinroq e`lon qilganidek, Rash-modelining ishlash prinsipi bilan bog`liq ekanligi yanada oydinlashdi.

Yana bir muhim insayd shuki, qaysidir ma`noda dekabr imtihoni savollari nisbatan noyabrnikidan salgina murakkabroq bo`lgan bo`lsa, bu, albatta, yaxshilikka. Chunki bahorgi imtihonda buning teskarisi bo`lishi, savollar nisbatan yanada osonlashishi mumkin, negaki Rash-modelining ishlash tizimiga muvofiq tizim ma`lum savollar qiyinlashib, ko`pchilik undan pastroq natija ko`rsatsa, o`sha savollarning darajasini me`yorlashtirish statistikasini beradi.

Bahorgi imtihonga esa hali yana deyarli 4 oy bor. Mukammal tayyorlanishingiz uchun bu yetarli muddat...

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

19 Dec, 15:19


Murojaat!

Hurmatli BBA mutasaddi xodimlari!


Milliy sertifikat imtihonlari bilim va malakalarni haqqoniy baholaydi deb hisoblar edik. Shu vaqtgacha oʻtkazilgan milliy sertifikat imtihonlarining oʻtkazilish jarayonidagi shaffoflik, test savollarining saviyasidan mamnun edik. Biroq noyabr imtihonida tushgan baʼzi savollarning oldinroq ʼʼqoʻltiqqa solinganiʼʼ butun xalqda ishonchsizlik va norozilik kayfiyatini uygʻotdi. Eng achinarlisi, BBA ning bu boʻyicha rasmiy bayonatida ham ushbu vaziyatga aniq munosabat bildirilmadi.

Dekabr va undan keyingi imtihonlarda yuqoridagi kabi holat takrorlanmasligini, oldin tushgan yoki xalq ichida ʼʼX variantʼʼ shaklida tarqalgan fayllardan savollar shakllantirilmasligini qatʼiy talab qilamiz! Sababi davlat tashkiloti shaffoflik va adolatni taʼminlashga masʼuldir! Maxfiylikdagi ehtiyotsizlik bartaraf etilishi uchun jiddiy choralar koʻriladi degan umiddamiz.

Agar shu holat yana takrorlansa, bu yosh avlodning ta'lim tizimimizga bo'lgan ishonchini yo'qotishga sabab bo'ladi. O'quvchining maqsadi bilim olish emas, "X" yodlash bo'lib qoladi, chunki tayyor javoblar turganda kim ham qiynalib ta'lim olishni xohlardi?!

Zero, xalq manfaati barcha narsadan ustun boʻlishi lozim! Agarda tarqalgan materiallardan, avvalgi imtihon testlaridan savollar tushsa, bu xalqqa nisbatan adolatsizlik boʻladi va bu holat BBA ning mavjud obroʻsiga ham putur yetkazmay qolmaydi.

©️ Ona tili ustozlar kengashi

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

17 Dec, 04:12


📚Xurramov Olmos Uralovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

🔻OʻzAning telegram kanallariga aʼzo boʻling

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

16 Dec, 17:16


«ASLIDDIN EDUCATION» NODAVLAT TAʼLIM MUASSASASI JAMOASI
TOMONIDAN TAQDIM ETILAYOTGAN NAMUNAVIY ESSE

Vaziyat matni: Bugungi kunda butun dunyoda ijtimoiy tarmoqlarning misli koʻrilmagan darajada taraqqiy etishi va insoniyat hayotiga juda chuqur oʻrnashishi jarayoni roʻy bermoqda. Bizning jamiyatda koʻpchilik ijtimoiy tarmoqlar rivojiga ijobiy munosabatda boʻlsa, ayrimlar ijtimoiy tarmoqlarning taraqqiyoti hayotimizga salbiy ta’sir qilayotganini bot-bot takrorlaydi.

Esse mavzusi bo`yicha qabul vaqti 21:00 gacha

Lichkamga rasm shaklida @Onatili_MD

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

16 Dec, 17:02


Bu kanalda matematikadan
1. Har yakshanba kechqurun online test
2. Milliy sertifikat darajasidagi quiz savollar
3. 2 haftada bir marta full mock
4. Siz uchun foydali fayllar va video yechimlar tashlab boriladi


👉@milliy_sertifikat_onlayn

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

16 Dec, 16:27


Agar sen hozir yaxshi o`qisang, kun kelib, hasad qilishlari mumkin, havas qilishlari mumkin, lekin hech qachon ustingdan kulisholmaydi!!!

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

15 Dec, 18:31


Aprelda bo'ladigan imtihonda hech qanday o'zgarish bo'lmaydi .

Topshiriqlar bizga avvaldan ma'lum bo'lgan 45 talik ko'rinishda tushadi . 44 ta test ( ochiq , yopiq ) va 1 ta yozma savodxonlik topshirig'i .

Badiiy asarlar ham o'zgarmaydi . Shuning uchun hozirdan o'qishni boshlayvering .

" Og'zaki qo'shiladi " , " Tinglab tushunish qo'shiladi " degan gaplar asossiz .

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

15 Dec, 16:56


Bugungi global davrda sunʼiy intellekt odamlarning hayotini yengillashtiradigan eng samarali texnologiyalardan biri bo‘lib qoldi. Baʼzilar uni insoniyat uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochuvchi vosita sifatida baholashsa, boshqalar uni kelajakdagi jiddiy xavflar manbai deb hisoblaydi. Bu qarashlar qanchalik to‘g‘ri?

Mazkur masala yuzasidan birinchi fikr tarafdorlarining fikricha, u insoniyat hayotiga katta yutuqlar olib keldi. Masalan, bugungi kunda sunʼiy intellekt yordamida ko‘plab sohalarda inqilobiy o‘zgarishlar amalga oshmoqda. Tibbiyotda, sunʼiy intellekt kasalliklarni aniqlash va tahlil qilish jarayonlarini tezlashtirib, millionlab insonlarning hayotini saqlab qolishga yordam bermoqda. Taʼlimda, u o‘quv jarayonini shaxsiylashtirish va onlayn darslarni yanada samarali qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishdagi avtomatlashtirish inson mehnatini yengillashtiradi va vaqtni tejashga yordam beradi. Mark Zuckerbergning "Sunʼiy intellekt tibbiyotdan taʼlimgacha bo‘lgan sohalarga ijobiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin" degan fikri ushbu nuqtai nazarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ushbu munozara boʻyicha ikkinchi tomonning qarashlari esa farqli. Sunʼiy intellektning zararli jihatlari haqida qayg‘uradiganlar kelajakda bu texnologiya bir qancha xavflar tug‘dirishi mumkinligini taʼkidlashadi. Birinchidan, sunʼiy intellekt baʼzi kasblarni yo‘q qilish xavfini oshiradi. Ikkinchidan, shaxsiy maʼlumotlarning xavfsizligi masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda: texnologiyalar noto‘g‘ri qo‘llanilsa, shaxsiy hayotga tahdid tug‘dirishi mumkin. Uchinchidan, insonlar ortiqcha texnologiyaga suyanib, shaxsiy fikrlash qobiliyatini yo‘qotishi xavfi bor. ChatGPT kabi vositalardan haddan tashqari foydalanish natijasida kelajakda odamlar robotlarga bog‘liq bo‘lib qolishi mumkin. Bill Gatesning "Sunʼiy intellekt noto‘g‘ri boshqarilsa, u insoniyat uchun tahdidga aylanishi mumkin" degan fikri bu xavotirlarni yanada asosli qiladi.

Shu oʻrinda ayni munozara yuzasidan fikrlar oʻziga yarasha asoslarga ega ekanligini taʼkidlagan holda, bu masalada ayrim shaxsiy fikrlarimizni ham bildirib oʻtmoqchimiz. Ushbu ikki omilni tahlil qilar ekanmiz, bizningcha, sunʼiy intellekt insoniyat tarixidagi eng yirik yutuqlardan biridir. U hayotimizni ancha yengillashtirdi va samaradorlikni oshirdi. Biroq, uning xavflari ham eʼtiborsiz qoldirilmasligi kerak. Shuning uchun sunʼiy intellektdan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lish va uni aniq boshqarish juda muhim. Bu texnologiya imkoniyatlarni kengaytirish bilan birga, masʼuliyatni ham talab qiladi.

Xulosa sifatida shuni taʼkidlamoqchimanki,sunʼiy intellektning foydalari va xavflari bir-biriga bog‘liq. Biz undan foydalanishning meʼyorini bilib, uni boshqarishni o‘rganishimiz kerak. Faqat shundagina bu texnologiya insoniyat uchun xavf emas, yutuq bo‘lib xizmat qiladi.



Gulsanam Botiraliyeva

P.S. Yaxshi esse ko`rib chiqish kerak. Imloviy xatoliklari bor, xato qilish insonga xos.

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

15 Dec, 16:33


Darsning onlayn tahlillari shaxsiy accountlarimizda davom etyapti.
Texnik nosozlik uchun uzr so`raymiz!

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

15 Dec, 16:28


Live stream finished (28 minutes)

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

15 Dec, 16:28


Esse tashlaganlar nuqta belgisini qoldiring!

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

15 Dec, 16:05


ekran?

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

15 Dec, 16:05


ovoz?

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

15 Dec, 16:01


5 daqiqa va boshlanadi

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

24 Nov, 16:53


MAXSUS E`LON!

☄️ TELEGRAM IJTIMOIY TARMOG`IDA ILK MARTA RASH MODELIDA TESTLAR OLIB BORILADI VA TAHLILI QILINADI!

TESTGA TAYYORMISIZ?

🔔 Hurmatli kanalimiz aʼzolari, quyidagi kanal orqali siz bepul tarzda o`rganishingiz mumkin: 👇

🏠0 dan boshlab mukammal darajaga biz bilan erishing.
Bu kanaldan topishingiz mumkin😎😎
🔝Milliy sertifikat testlari RASH modelida baholanish

🔝DTM testlar
🔝Esse yozish ko'nikmalar o'rgatiladi
🔝Esse tekshirish
🔝G`azal tahlili
🔝 Ilmiy va badiiy matnlarda ishlash


Manzilimiz: @onatili_dilshodbek

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

24 Nov, 16:52


👇

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

23 Nov, 12:28


Ozgina yumor

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

23 Nov, 02:48


Savol: Respublikamiz oʻquvchi va oʻqituvchilarini darsliklar va qoʻllanmalar bilan ta’minlashni koʻngildagidek yoʻlga qoʻyaylik.
Ushbu gapdagi soʻz birikmalari haqida notoʻgʻri ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu gapda tobe qismi sodda yasama soʻz boʻlgan fe’lli soʻz birikmalari qatnashgan.
B) Ushbu gapda hokim qismi toʻldiruvchi boʻlgan aniqlovchili soʻz birikmasi ishtirok etgan.
C) Ushbu gapdagi barcha soʻz birikmalari kelishik va koʻmakchilar yordamida birikkan.
D) Ushbu gapda hokim qismi yasama soʻz boʻlgan otli soʻz birikmalari mavjud.

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

22 Nov, 20:29


Asliddin oʻquv markaziga sayohat qilamiz

🚀 Asliddin o'quv markazi 10 yillik tajribaga ega bo'lib hozirgi kunga kelib 4 ta filiali mavjud. Bizda asosan abituriyentlarni tayyorlov kurslari mavjud.

🙌 Shu vaqtga qadar Asliddin o'quv markazi 10 mingdan oshiq muvaffaqiyatli o'quvchilarni chiqardi.

Hozirgi kunda markazda 30 nafar tajribali ustozlar dars berib kelishmoqda.

Keling, bilim oling va maqsadlaringizga erishing!

Kurslarimizga yozilish uchun:
97 316 02 28 @asliddinedu_admin

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | YouTube

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

22 Nov, 20:14


⚡️ Milliy sertifikat imtihonida testni birinchi yechish kerakmi yoki esseni birinchi yozish kerakmi?

Ko'pchilikni shu savol qiynaydi.
Sizga muhim tavsiyamiz: doimo birinchi testni yeching, testni to'liq yechib bo'lgandan so'ng va hatto bo'yab bo'lgandan so'ng esseni boshlang, chunki inson hotirjam bo'lgandagina fikrini jamlay oladi va tiniq fikrlaydi. Esse yozayotganda keyin testni yechish tashvishi turishi bu juda yomon signaldir!

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

22 Nov, 12:21


📢📢📢 MATEMATIKA FANIDAN YANGI GURUPPA OCHILMOQDA

📢📢📢 Dars kuni: 3- dekabrdan

👉tel: +998972799699
👉oʻqituvchi: Asliddin Inatov

🤫 Dars vaqtlari

Juft kunlari (seshanba; payshanba;shanba)

🤫 Dars vaqtlari

10:00-12:00 gacha noldan guruppa ochilmoqda

👉 darsimiz kimlar uchun (5-6-7-8-sinflar uchun)

ASLIDDIN OʻQUV MARKAZI
🏢 Manzil: Qarshi shahri, Paxtazor mahalla.
🏦 Moʻljal: Asaka Bank orqa tarafida.
📡 Lokatsiya: https://maps.app.goo.gl/ja1J2sDKA1YNMyUEA

https://t.me/AsliddinEdu

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

22 Nov, 12:21


Matematika fanidan yangi guruh ochilmoqda
📣📣📣📣📣📣📣
📆 Birinchi dars: 26-noyabr(seshanba)

seshanba, payshanba, shanba

soat: 14:00

🚹 Repitetor: @muzrobnabiyev
📞 +998936977747

ASLIDDIN OʻQUV MARKAZI
🏢 Manzil: Qarshi shahri, Paxtazor mahalla.
🏦 Moʻljal: Asaka Bank orqa tarafida.
📡 Lokatsiya: https://maps.app.goo.gl/ja1J2sDKA1YNMyUEA

https://t.me/AsliddinEdu

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

21 Nov, 09:35


Qo‘shib yozish
38. Xona, nota, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi: qabulxona, tabriknoma, taklifnoma, bedapoya, ommabop, xushxabar, hamsuhbat, orombaxsh, kamquvvat, bug‘doyrang, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi.
39. -(a)r (inkor shakli — -mas) qo‘shimchasi bilan tugaydigan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi: o‘rinbosar, otboqar, cho‘lquvar, ishyoqmas, qushqo‘nmas kabi.
40. Takror taqlid so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shish bilan yasalgan ot va fe’llar qo‘shib yoziladi: pirpirak (pir-pir+ak), bizbizak (biz-biz+ak), hayhayla (hay-hay+la), gijgijla (gij-gij+la) kabi.
41. Narsani (predmetni) boshqa biror narsaga nisbatlash (qiyoslash), o‘xshatish yo‘li bilan bildiruvchi qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi: karnaygul, qo‘ziqorin, otquloq, oybolta, devqomat, sheryurak, bodomqovoq, qirg‘iyko‘z kabi.
42. Narsani uning rangi, mazasi, o‘zidagi biror narsasi va shu kabi belgilari asosida bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi.
43. Narsaning biror maqsad, ish uchun mo‘ljallanganligini bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, oshrayhon, molqo‘ra, nosqovoq, ko‘zoynak kabi.
44. Narsani joyga nisbat berish asosida bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi.
45. Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: kiryuvdi, kelintushdi, qoryog‘di, Urto‘qmoq, Ochildasturxon kabi.
46. Qaratuvchili birikmaning bir so‘zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: mingboshi, so‘zboshi, olmaqoqi kabi.
47. Ikkinchi qismi turdosh ot bilan yoki obod so‘zi bilan ifodalangan joy nomlari qo‘shib yoziladi: Yangiyo‘l, To‘rtko‘l, Mirzacho‘l, Sirdaryo, Kosonsoy, Yangiobod, Xalqobod kabi. Lekin ikkinchi qismi atoqli ot bo‘lgan joy nomlari ajratib yoziladi: O‘rta Osiyo, Ko‘hna Urganch, O‘rta Chirchiq kabi.
48. Rus tilidan aynan o‘zlashtirilgan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan hosil qilingan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: kinoteatr, radiostansiya, fotoapparat, elektrotexnika; teleko‘rsatuv, yarimavtomat, bayramoldi, suvosti kabi.
49. Qisqartmalarning barcha turlari va ularga qo‘shiladigan qo‘shimchalar qo‘shib yoziladi: SamDU, ToshDUning kabi. Lekin yonma-yon kelgan ikki qisqartma ajratib yoziladi: O‘zXDP MK (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi) kabi.

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

19 Nov, 19:13


Izoh:
Ushbu faylda ism-familiya bilan emas, balki ota-onasing oxirgi to`rtta (XXX 3637) raqami bilan shakllantirildi.

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

19 Nov, 16:04


Assalomu alaykum! Yaqin soatlar ichida "Leksikologiya" testining javobi e`lon qilinadi.

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

14 Nov, 17:20


Ota-onamiz - biz uchun hamma narsa!

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

14 Nov, 15:44


Onam - oq Ka`bam...

Allasiga alishmasman dunyoni,
Ming bitta duodan afzal har so`zi.
Devona qilurman dardman daryoni,
Bir tomchi yosh ila namlansa ko`zi.

Terib qo`ysang, barcha shoir deganning,
She`rlarini baland tog`ning toqiga.
O`n mingta Majnun ham nima bo`libdi,
Arzimas sochining bitta oqiga!

Shirk emas kechirsin Xudoyim o`zi,
Men faqat onamni tavof qilaman.
Boshidan o`girib ichgan suvimni.
Yuz mingta Zam-zamdan afzal bilaman.

Bilsam, o`zi tirik ma`bud-ku onam,
Aslida, mehridan bunyod bo`libman.
Nurdayin pok, oppoq Ka`ba-ku onam,
Men esa oq Ka`ba izlab yuribman.

Rosti gap dunyoni o`t olib ketar,
Onamni sog`inib yig`lasam agar.
Mendayin shoirlar bir tiyinga qimmat,
Onasining duosin olmasa agar.

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

13 Nov, 16:10


Bilsam, o`zi tirik ma`bud-ku onam,
Aslida, mehridan bunyod bo`libman.
Nurdayin pok, oppoq Ka`ba-ku onam,
Men esa oq Ka`ba izlab yuribman!

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

12 Nov, 15:24


Bu qit`a tarjimasi - 7-sinf o`quvchisiniki, yoshini hisobga olsak (ba`zi qo`shtirnoq ichidagi abituriyentlarga qaraganda) juda chiroyli tarjima.

Xatolari yo`q emas, nima bo`lganda ham ishtiyoq borligidan xursandman!!!

P/S. Aslida, biz qidiryotgan motivatsiya shu emasmikan-a?

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

12 Nov, 15:19


❗️Esse yozishda yol qoyiladigan xatolar:

Fikrlarni tizmlashtirmasdan yozish;
Ichki nutqni grammatik shakllantirmasdan yozishga kirishish;
Fikrlarni abzaslarga bolib olmasdan yozish va mazmuniy takrorlarga yol qo`yish;
Kichik tezislarni shakllantirmasdan yozish.

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

12 Nov, 03:11


⚡️ Milliy sertifikat imtihonida biz yo'l qo'yadigan eng katta xatolardan biri - bu vaqt taqsimotidir.
Vaqtni taqsimlashni o'rganmas ekansiz, bilim soyada qolib ketaveradi.

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

10 Nov, 16:37


Ba`zida Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов aytgan jumlalar yodimga tushadi.

☀️ Аслида, ҳаётда бирорта мақсад билан яшашнинг ўзи - Бахт.
Мақсадсиз яшаш шундай кўргиликки, у ҳеч кимнинг бошига тушмасин.
Кишида мақсад бўлса, унга эришиш йўлида курашиш, машаққат чекиш, таъна дашномлар эшитиб, кулиб-ёниб юриш ҳам бахт.

Qilinmagan ishlarimiz hali juda ko`p, shunday ekan hozir bajaring!

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

10 Nov, 16:24


esse darsi

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

10 Nov, 15:52


#nazariy_bilim

Talmeh (arabcha – ishora qilish, biror narsa tomonga yengil nazar tashlash) – mumtoz sheʼriyatda keng qoʻllangan badiiy sanʼatlardan biri. Bunda shoir mashhur bir qissa, voqea yoki asarga ishora qilish orqali oʻz fikrini muxtasar hikoya qiladi. Shunga koʻra talmeh sheʼrda oz soʻz bilan koʻp maʼnoni ifodalash sanʼati deyiladi.

Yoqub bikin ko'p yig'idin qolmadi sensiz
Nuri basarim xoh inon, xoh inonma.

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

09 Nov, 16:14


Nima desilar? Shu kitobdagi parchalarni tabdilini ko`ramizmi online ravishda?

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

09 Nov, 16:09


⚡️Milliy sertifikat imtihonida qit`a va ruboiylarda yopiq testlarning shakllanishi ko`zda tutilgan manbalarning biri.

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

04 Nov, 15:01


#chalg`imaymiz

✔️ -lash qoʻshimchasi bilan yasalgan sodda yasama feʼllar birgalik nisbatdagidek tuyuladi, ammo aniq nisbatda sanaladi.
Masalan: Bolalar otasiga yordamlashdi.
✔️ -lan qoʻshimchasi bilan yasalgan sodda yasama feʼllar esa oʻzlik nisbatdagidek tuyuladi, ammo aniq nisbatda sanaladi.
Masalan: Ahmadjon ertalab yugurishga odatlangan.
✔️ -illa qoʻshimchasi bilan yasalgan sodda yasama feʼllar ham oʻzlik nisbatdagidek tuyuladi, ammo aniq nisbatda sanaladi.
Masalan: Soat xuddi ermak qilgandek chiqillaydi.

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

03 Nov, 14:20


Bugun tushgan: (1-smena)
1.ziravor, zaharxanda(zaharhanda), zirhli (zirxli), muvozanat,
2.darbadar, roʻbaroʻ,
3.Oʻchmoq 2,3 takror savol
4.falokat,voqea,fojia sinonim emas.
5.hamqishloqdoshlarim
6.Oddiy soʻzi oʻrniga nomiga , shunchaki soʻzini qoʻyish
oddiygina kulib qoʻydi
7.Oʻyna (feʼl) toʻla ( sifat) yasovchi qoʻshimchalar omonim
8.Buyruq maylidagi feʼl
2-shaxsdagi feʼl
Sof feʼl
9.Sifatlar haqidagi savol
10.Xato fikr:
Kesimlar bir xil turkum bilan ifodalangan
11.belgilaydigan omil,
12. Tire
1 va 4
13.Muqayyad qofiya
14.fan-texnika rivojlanmaganligi uchun Rossiyaning ortda qolishi
15.Noyib toʻra haqidagi toʻgʻri fikrni aniqlang
16."Oltin zanglamas" da yoʻq maʼlumot : 80- yillar haqida maʼlumot yoʻq
17."Garov" Huquqshunos kitob oʻqish orqali boylikka erishdi xato fikr
18.Toʻgʻri fikr
Yirik toshbaqalar ochlikka chidamli bo’lishadi.
19.Galapogoos orolidagi toshbaqalar suvda yashashga moslashgan.
20.Iguanalarning yemishi suvo’tlari hisoblanadi
21.Toshbaqa go’shtidan konserva tayyorlanadi xato fikr
Gʻanisher Ikromovich bilan
22.Uslubiy xato 2
https://t.me/milliysertifikatonatil
Gʻanisher Ikromovich bilan
23.Asar asosiy gʻoyasi
Nohaqlikka nisbatan adolat
https://t.me/milliysertifikatonatil
24. Bosh qahramon haqida
Oʻz eʼtiqodiga sodiq qolish
https://t.me/milliysertifikatonatil
25.Damin bolani tashvish boʻlmasin deb olib ketmaydi
Gʻanisher Ikromovich bilan
https://t.me/milliysertifikatonatil
26. Xato fikr adolatsizlikka befarq qarash qoralangan.
27.Ona obrazi haqida fikr:
Bolaga toʻgʻri tarbiya bergan
28.Kishi el orasida martabasi bilan emas, chiroyli atvori bilan qadr topadi
29. Xayo yomgʻirga qiyoslagan
30.4-bayt nooʻrin kulgi odobsizlik belgilaridandir.
https://t.me/milliysertifikatonatil
31.Xayoli inson oltinga qiyoslangan
32. 5-baytda tashxis
https://t.me/milliysertifikatonatil
33 . Kirish gap
https://t.me/milliysertifikatonatil
34. Ajratilgan boʻlak
35. Shaxsi nomaʼlum
36.chuqur
https://t.me/milliysertifikatonatil
37. " - , - . - " .
38.-shunos
39.aniqlovchi ajratilgan
https://t.me/milliysertifikatonatil
40. a) tarbiyalashda
b) ahamiyatga ega
https://t.me/milliysertifikatonatil
41.esa, qiyoslash-zidlash
42. a) olov
b) husni taʼlil
43. d mutlaq
44.a)tuyuq
b)tajnis yoki omonim soʻzlarni qoʻllash

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

03 Nov, 14:20


Milliy sertifikat G'anisher Ikromovich & Barchinoy Jabborova, [03/11/2024 15:33]
2-smena:
1.zirh, qovurgʻa,
Mustafoyev Gʻanisher
Ikromovich bilan
https://t.me/milliysertifikatonatil
2.tim qora, jimjit
3.oʻch soʻzi haqida xato fikr:
faqat 2
Mustafoyev Gʻanisher Ikromovich bilan
4.Sinonim:
sabr, chidam, bardosh
(antonimi qasos xato fikr)
Shakldosh oʻch sifat yaʼni tashna maʼnosida
https://t.me/milliysertifikatonatil
5.atoqli soʻzi bori toʻgʻri
qoʻshimcha
Mustafoyev Gʻanisher Ikromovich
https://t.me/milliysertifikatonatil
6.Kel soʻzi modal maʼnoda
7.Soʻz yasovchilar omonim
oʻyna / toʻla
https://t.me/milliysertifikatonatil
8.Feʼl testi:
Feʼllarning tuzilishiga koʻra 2 turi
Mustafoyev Gʻanisher Ikromovich bilan
9.Ostiga chizilgan soʻzlar bir xil sintaktik vazifada( Qani, Oʻzi, Nima kiritma)
Mustafoyev Gʻanisher Ikromovich bilan
10.Egalar bir turkum bilan ifodalangan
https://t.me/milliysertifikatonatil
11.Ostiga chizilgan soʻz feʼlni tobelantirgan xato fikr
Mustafoyev Gʻanisher Ikromovich bilan
12.Tire:
2,3
Mustafoyev Gʻanisher Ikromovich bilan
13.Muqayyad qofiya
https://t.me/milliysertifikatonatil
14.Noib toʻra haqidagi toʻgʻri fikr
Mustafoyev Gʻanisher Ikromovich bilan
15."Garov"da huquqshunos mol-davlatdan hayot ustunligini anglab yetadi.
Mustafoyev Gʻanisher Ikromovich bilan
16."Kecha va kunduz"
Rossiya fan-texnikada ortda qolayotgani
Mustafoyev Gʻanisher Ikromovich bilan
17."Sarviqomat dilbarim" xato maʼlumot
Xadicha haqidagi fikr xato
Mustafoyev Gʻanisher Ikromovich bilan
18.Iqlim oʻzgarishi ob-havoga nisbatan uzoqroq sodir...
Mustafoyev Gʻanisher Ikromovich bilan
19.Iqlimning ma’lum me’yorda saqlanib turishiga azon qatlamining ahamiyati kata
Mustafoyev Gʻanisher Ikromovich bilan
20.Inson bunyodkorligi iqlim o’zgarishiga qisman ta’sir ko’rsatadi.
Mustafoyev Gʻanisher Ikromovich bilan
21.Xato fikr:
Hovuz va favvoralar ob-havo o’zgarishiga qisman ta’sir o’tkazadi.
Mustafoyev Gʻanisher Ikromovich bilan
22.Uslubiy xatoli- 3.
23.Oriyat uchun boʻladigan kurash
Mustafoyev Gʻanisher Ikromovich bilan
24.Kurashda tenglik va hollik
25.Yosh avlodni or uchun
Mustafoyev Gʻanisher Ikromovich bilan
26.Xalq sharafiga munosib inson
27.xato fikr
Milliy kurash eng adolatli sport turi 28.Oshiq va oftob zidlangan
29.7 bayt haqida toʻgʻri maʼlumot:
Falak yor boshida aylanishi
30.Oxirat
31.Qaysi tashbeh mavjud:
Hajr zimistonga qiyoslangan
32.?
33.Ikki bosh boʻlakli
34.Shaxsi nomaʼlum
35.Egasi maʼlum gap
36.tez
37. : " , , " .
38.ni oʻrniga ning
39.hol
40.a) tanilgan
b) oliyjanobligi, bagʻrikengligi
41. a)boʻlsa, esa, ammo
b)zidlik
42.Chun yuzin sevdi kòngul zulf-u zanaxdonin tilar,
Ore yusufni sevganlar band-u zindon tilar
a)yorni sochi òxshatilgan: band
b)iyagidagi chuqurcha( luĝati berilgan edi ya'ni zanaxdon) òxshatilgan : zindon
43.m mutlaq
44. a)Qit'a berib janrini sòragandi
b)kiprik

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

03 Nov, 14:13


Assalomu alaykum!
Qani, yozilar-chi! Imtihon qanaqa bo`ldi?

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

02 Nov, 18:02


Mana shu tarzda tushadi!

Tushishining kafilligini olmaganman.

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

02 Nov, 18:01


hozir tashlayman

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

02 Nov, 17:58


Hurmatli talabgorlar, 50 talik qit`aga qarab qo`yinglar!

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

02 Nov, 16:54


O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education) pinned «Dekabr uchun onlayn guruh ochamizmi?»

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

02 Nov, 16:54


Dekabr uchun onlayn guruh ochamizmi?

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

02 Nov, 16:54


Bugun tushgan savollar:
1) Imlo
akkaunt, kislorod, kompozitor, klaviatura, anomal, diagramma, biografiya
2)dam-badam, darbadar,roʻbaroʻ,multimedia,
sarf qil
3)Oʻchmoq feʼli haqidagi xato hukmlarni aniqlang:
-shakldoshi feʼl xato fikr
-antonimi miltillamoq xato
-maʼnodoshi soʻnmoq toʻgʻri
4)
yuzaki,tor, kalta
chakana, koʻtara, ulgurji
5)sermulozamatli uslubiy xato
6)xayol soʻzi tasavvur maʼnosida kelgan soʻz:
Xayolida tasvirlab koʻrdi....
7) Qoʻshimchalar haqidagi notoʻgʻri maʼlumotni aniqlang:
-otdan yasalgan sifat gʻamli
-barcha feʼllar sifatdan yasalgan xato fikr (ilgariladi)
8)sof feʼl va oʻtimli
9)Ot haqida toʻgʻri fikr
Shaxs va faoliyat-jarayon oti
(Ayrim kanallarda xato talqin qilinmoqda)
Koʻrgazma faoliyat-jarayon
Gap: Muzey va koʻrgazmalarda...
10.Kesimlar bir xil turkum bilan ifodalangan xato fikr ya'ni
11.Tabiat jilolanadi, daryolar va togʻlar,
12.Ega va ot kesim (1,4)
13."Garov" fikr:
Inson tirik ekan, oʻzligini anglashga , kamol topishga imkoni boʻladi.
14."Asrorbobo" xato fikr:
Ikkinchi jahon urushining sabablari berilgan( xato fikr)
15."Garov " xato fikr:
Mutolaa orqali ....
16.Bayt haqidagi toʻgʻri maʼlumot:
n raviy vazifasida kelgan
17.Ikki zulf
2 hinduga qiyoslangan
18.Qunduz yarim metrdan uzunroq
19.Xato fikr:
Goʻshti uchun ovlanadi
20.Qunduzlar yirik baliqlarni quruqlikka olib chiqib yeydi.
21.Qunduzchalarga ma’lum muddat ona qunduz qaraydi.
22.Uslubiy xatolik 3qism
23.Adabiyotni bilmaslik jaholat
24.Koʻchib kelgan inson yolgʻonini mehmon qayerdan biladi?
Oʻz kitobini koʻrsatish orqali
25.Mehmon Naimaning kitobini koʻrsatishdan maqsadi?
Kimligini bildirmoqchi edi
26.Komissar haqida:
Adabiyotni bilmasligi
27. Qahramon xarakterini ochishda:
Nutqi orqali
28.Matla haqida
Ishq iztiroblari bois lola gulining sariq tusga kirgani tashxis orqali ifodalangan.
29.3-bayt haqida
Gulzordagi gullarning tebranishi tashxis sanʼati asosida
30.Maqta haqida
Yor labi sabab oshiq koʻz yoshi qizil tus olgan
31.Dunyoning pufakchadek omonat ekanligi
32.Tashbeh mavjud emas
33.Vatan. Atov gap
34.Uyushiq boʻlak
35.Shaxsi nomaʼlum
36.Sovuq
37. " " : " , ".
38. -ser
39.a)yashaganlar
b)vodiylar
40.Kiritma
41.Lekin, zidlik
42.Tasbe, tasdir
43.n muqayyad
44.a)til tiyish
b)behuda qichqirish


Ko`p qatori tashlab qo`yaylik!


Manba: G`anisher ustoz kanali

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

02 Nov, 16:46


Hurmatli talabgorlar, hammaga omad!

Ertaga ota-onamizning yuzini yorug` qilish hammamizga nasib qilsin!

Telefonni o`chir hammang😁

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

02 Nov, 16:44


Live stream finished (44 minutes)

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

02 Nov, 16:29


Savol uchun!

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

02 Nov, 16:12


Assalomu alaykum

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

02 Nov, 16:11


Oʻzi frontda xizmat qila olmasa-da front ortida xizmat qilgan inson obrazi qaysi asarda uchraydi?
👇

https://t.me/onatili_dilshodbek

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

02 Nov, 16:07


Bugun tushgan savol

So'zlarning mazmun va grammatik jihatdan bog‘lanishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

Rassom tomonidan osuda o'rmonlar, azim daryolar va yuksak tog'lar go'zal tasvirlanadi, sur'atlarda tabiat bor jozibasi bilan jilolanadi.

Azim daryolar, tabiat jilolanadi

https://t.me/onatili_dilshodbek

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

02 Nov, 16:01


5 daqiqada boshlaymiz hamma qo'shilib olsin!

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

02 Nov, 16:00


Live stream started

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

02 Nov, 15:55


Bugungi imtihonda tushgan g'azal

Emas bog‘ ichra sarig‘ lola zanbaq bilki, har sori
Yangi dog‘ o‘rtab ul gul ishqidin sarg‘ardi ruxsori.
Bu humrat birla ermas otashin gul, oq gul erdikim,
Yuzung barqidin o‘t tushti angakim, bo‘ldi gulnoriy.
Qading ollida bo‘lg‘an jilvagar oq savsan anglakim,
Ko‘k etti barcha a’zosin sabo kojining ozori. Shajar yafrog‘lari o‘qdek qadingning hajrida bordur
Boshog‘larkim, chaman ashki namidin bo‘ldi zangoriy.
Dema kunduz, qarong‘u tun edi, chun pardadin chiqting,
Jahonni qildi kunduzdek yuzung mehrining anvori.
Desamkim, haqdurur mavjudu ashyo har nedur nobud,
Hubobu mavji bahr uzra erur aning namudori.
Navoiyning aqiq ashki ol erdiki, tutmish rang,
Suhayli orazing go‘yoki qilmish lam’a izhori.
https://t.me/onatili_dilshodbek

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

02 Nov, 15:45


Bugungi imtihonda tushgan qit'a

Navoiy tiling asrag‘il zinhor,
Desangkim, yemay dahr ishidin fusus
Nazar qilki, o'q og'zi tilsiz uchun
Qilur tojvarlar bila dastbo's
Necha tojvardur kesarlar boshin
Chu hangomsiz nag'ma tortar xurus.

A) qit’ada insonlar nimaga chaqarilgan?
Tilni tiyish

B) Xo‘rozni nega jazolashadi?
Qichqirgani uchun
https://t.me/onatili_dilshodbek

O`zbek tili va adabiyoti (Asliddin education)

02 Nov, 15:35


Ma'lum sabablarga ko'ra darsimiz 21:00ga ko'chirildi.
https://t.me/onatili_dilshodbek

Super ona tili va adabiyot

13 Oct, 10:59


E'LON
Kanal sotiladi!!!
Murojaat uchun👇👇👇
@Mrfilologteacher

Super ona tili va adabiyot

09 Oct, 15:56


Esse yozishda iqtibos, hikmatli so'zlar va maqollar keltira olmayapsizmi?
🔥Esseni dalillash, ya'ni misol keltirishda muammolar bormi?
⚡️Mavzuga mos buyuk shaxslarning fikrlarini topa olmayapsizmi?
📊Tasviriy ifodalarda, umuman, foydalanmaysizmi?
📌Qochirimli gaplar sizga begonami?
✏️Yaxshi tezish yozish sizda muammomi?
🔥Agar javobingiz "Ha" bo'lsa, ushbu to'plam aynan siz uchun.

Super ona tili va adabiyot

23 Sep, 18:21


https://t.me/onatili_dilshodbek

Super ona tili va adabiyot

23 Sep, 14:32


Kanalga ulanish👇
https://t.me/onatili_dilshodbek

Super ona tili va adabiyot

23 Sep, 05:16


🎧 Audio asar: "Qoplon"
(S.Ahmad)


Kanalga obuna bo‘lish:👇👇
https://t.me/onatili_dilshodbek

Super ona tili va adabiyot

18 Sep, 04:47


Kirish soʻzlar

Ifodalanayotgan fikrga soʻzlovchining munosabatini bildiradi. Masalan:

1⃣ Ishonch — albatta, shaksiz, shubhasiz
2⃣ Gumon — ehtimol, balki, chamasi, shekilli
3⃣ Tasdiq — darhaqiqat, haqiqatdan
4⃣ Fikrni xulosalash — xullas, demak, umuman
5⃣ Fikr tartibi — avvalo, avvalambor
6⃣ Fikrning dalillanishi — masalan, jumladan
7⃣ Achinish — attang, afsus, essiz
8⃣ Quvonch — Xayriyat

Super ona tili va adabiyot

16 Sep, 08:03


✏️Urg'u_olmaydigan_shakllar

⬇️1. Bir bo’g’inli so’zlar urg’u olmaydi.
⏺️2. Felning bolishsiz shakllari urgu olmaydi.
3. Fel zamonlari urgu olmaydi.
⏺️4. Boglamalar urgu olmaydi. Fe’lning mayl qo’shimchalari ham urg’u olmaydi.
⏺️5. Shaxs-son qoshimchalari urgu olmaydi.
⏺️6. Fe’lning mayl qo’shimchalari ham urg’u olmaydi.
⏺️7. Har, hech, bir, alla- birliklari bilan hosil qilingan soz shakllarida urgu aynan shu birliklarning
oziga tushadi. har kim, hech nima, bir kishi, allanima.
⏺️8. -cha, -day, -dek ravish yasovchi qoshimchalari urgu olmaydi: ruscha
⏺️9. Qoshimcha-yuklamalar urgu olmaydi.
⏺️10. Sonlardagi ma’no turlarini yasovchi qoshimchalar urgu olmaydi: -ov, -ala, -ovlon, -nchi, -inchi, -ta, -tacha,   -tadan, -talab, -lab, -larcha.
⏺️11. Sof ko’makchilar urg’u olmaydi. Bunda urg’uko’makchidan oldingi so’zning oxirgi bo’giniga tushadi.
⏺️12. -dir gumon olmosh yasovchi qo’shimcha urg’u olmaydi.
⏺️13. Familyalardagi -ov, -yev, -ova, -yeva kabi qo’shimchalar urg’u olmaydi.
⏺️14. -la fe’l yasovchi qo’shimchasi hech qachon urg’u olmaydi.

Super ona tili va adabiyot

06 Sep, 02:39


Juma ayyomi muborak, Azizlar!!!

Super ona tili va adabiyot

19 Aug, 09:21


Esse kursimizga chegirma e'lon qilamiz🤯

Narx: 50ming

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/onatili_dilshodbek

Super ona tili va adabiyot

18 Aug, 17:36


Ona tili va adabiyot fanidan "Milliy sertifikat" (online) kursiga qabul boshlandi

Milliy sertifikat darsiga
Ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari,
Boshlang'ich sinf o'qituvchilari,
Ona tili grammatikasini tugatgan abituriyentlar qabul qilinadi.

Milliy sertifikatning barcha bo'limlari "0" dan boshlab o'tib beriladi. Hafta yakunida diagnostik test olinadi.

Darsni olib boradi.
Umid Hamroyev - ona tili grammatikasi, adabiyot nazariyasi, g'azal va qit'a tahlili, ilmiy va badiiy matn tahlili esse yozish,

Narxi: 200000

Qabul:1-sentabrgacha
Murojaat uchun tel:
+99891-406-18-85 +99891-649-35-24

Super ona tili va adabiyot

17 Aug, 00:56


Mandat chiqdiiii

1,011

subscribers

282

photos

44

videos