O‘zlikni bir on ham unutmang, do‘stlar,
Bor bo‘ling, ko‘p yashang, xo‘p yashang, do‘stlar.
Go‘rning zulmatlari kifoya bizga,
Yorug‘ bu jahonda yorishing, do‘stlar.
Qabrning torligi yetar insonga,
Qisqa bu hayotda keng bo‘ling, do‘stlar.
O‘lim ayirar tez birbiringizdan,
Hozir ajralishga shoshilmang, do‘stlar.
Haqiqat ochilar, oxirat yaqin,
Dunyoda yolg‘onga til burmang, do‘stlar.
O‘zgani qoralab, oqlamang o‘zni,
Siz ham bir o‘zgasiz, unutmang, do‘stlar.
Siz ham bir o‘zgasiz, unutmang, do‘stlar…
Husaynxon Yahyo Abdulmajid
@tginfo_uz