Texno global @texnoglobal Channel on Telegram

Texno global

@texnoglobal


Axborot texnologiyalari
Foydali ma'lumotlar
Biznes va raqamlar

Texno global (Uzbek)

Texno global kanali sizga eng so'nggi axborot texnologiyalari bilan tanishtiradi. Bu kanal orqali siz ko'p foydali ma'lumotlar olishingiz mumkin, biznes sohasida yangiliklar, statistika va raqamlar haqida bilib olasiz. Texno global kanali texnologiya sohasida yangiliklardan xabardor bo'lib, o'z biznesingizni rivojlantirishda yordam beradi. Agar siz axborot texnologiyalarini kuzatib borishni yaxshi ko'rsatadigan bir joy qidirsangiz, Texno global kanali siz uchun eng yaxshi variant bo'ladi. Texno global kanaliga a'zo bo'ling va biznesingizni rivojlantirishda eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling!

Texno global

20 Nov, 11:04


Метан заправкаларда газ бор-йўқлиги ҳақида маълумот берувчи илова ишга туширилди

“Avto24” – ёқилғи қуйиш, газ тўлдириш ва электр қувватлаш шохобчалари ҳақида маълумот берувчи илова тест синовида ишга туширилди

Айни пайтда истеъмолчилар мазкур иловани Android ва iOS операцион тизими қурилмалари орқали бепул юклаб олишлари мумкин.

Texno global

17 Nov, 09:10


#vpn #taqiq

🇵🇰 Pokiston hukumati VPN (Virtual Private Network) xizmatlarini taqiqlashi bir nechta sabablarga bog'liq bo'lishi mumkin:

🌐 Axborot nazorati: Hukumati internetda tarqatilayotgan axborotni nazorat qilish va muayyan ma'lumotlarga kirishni cheklashni xohlaydi. Bu, o'z navbatida, siyosiy yoki ijtimoiy tanqidlarni kamaytirishga yordam beradi.

🛡 Xavfsizlik masalalari: Ba'zi hollarda, hokimiyatlar internet orqali terrorchilik faoliyatini oldini olish va boshqa xavf-xatarlarni kamaytirish maqsadida VPN xizmatlarini taqiqlashga harakat qiladi.

🛂 Mahalliy qonunlarga rioya qilish: Hukumati mahalliy qonunlarga muvofiq bo'lmagan yoki noqonuniy deb hisoblangan kontentni bloklash niyatida bo'lishi mumkin.

💰 Iqtisodiy sabablar: Ba'zida, hukumatlar o'z mamlakatidagi internet xizmatlari provayderlariga foyda berish uchun xorijiy VPN xizmatlarini cheklashga qaror qilishlari mumkin.

👥 Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash: Hukumati ijtimoiy tartibsizlikka olib kelishi mumkin bo'lgan g'oyalarni targ'ib qiluvchi kontentni cheklash maqsadida VPNlardan foydalanishni taqiqlashi mumkin.

Shu bilan birga, bunday cheklovlar ko'plab fuqarolar tomonidan norozilik hisobotlariga olib kelishi va internet erkinligini cheklashi mumkin.

@texnoglobal

Texno global

17 Nov, 08:57


#vpn

🔐 Pokiston Islom mafkurasi kengashi blokirovkani chetlab o'tish uchun VPN texnologiyasidan foydalanish islomiy me'yorlarni buzishini aytdi.

@texnoglobal

Texno global

05 Nov, 08:42


Kelajakda "Terminator" filmidagi kabi robotlar va suniy intellekt odamlarga qarshi urush ochishi mumkinmi?

@texnoglobal

Texno global

28 Oct, 05:17


ChatGptning "qishloq sharoitida kompyuterxona ochish" haqida xulosasi. Haqiqatga ancha yaqin.

@texnoglobal

Texno global

02 Oct, 10:10


Kiberxavfsizlik tizimi haqida

Telegram asoschisi Pavel Durov yozishicha, kompaniya 2018-yildan buyon jinoyatchilarning IP manzillari va telefon raqamlarini tegishli davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlariga berish amaliyotini yo‘lga qo‘ygan. Durovning Fransiyada hibsga olinishi bilan bog‘liq voqeadan keyin, bu masalaga yanada jiddiy qarash boshlangan.

Masalan, 🇧🇷Braziliyada 2024-yilning 1-choragida (yanvar-mart) 75 ta, 2-choragida 63 ta va 3-choragida 65 ta huquqiy so‘rov bo‘yicha ma’lumotlar oshkor qilingan. 🇮🇳Hindistonda esa huquq organlarining 1-chorakda 2 ming 461 ta, 2-chorakda 2 ming 151 ta va 3-chorakda 2 ming 380 ta qonuniy talablari qondirilgan.

Yevropada ham 3-chorakda qonuniy so‘rovlar soni oshgan.

Telegram taqdim etgan statistikaga qaralsa, 🇺🇿O‘zbekiston tomoni Telegramga 2024-yil davomida bironta asosli rasmiy so‘rov yubormagan, yoki yuborgan bo‘lsa ham, birontasi qanoatlantirilmagan. Bu degani O‘zbekistonda Telegram bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘lmayapti deganimi? Yo‘q, albatta, tiqilib yotibdi.

Narkotik moddalar sotuvi deysizmi, odam savdosiyu pornografik mahsulotlar deysizmi, firibgarlik holatlari deysizmi, juda ko‘p. Shunchaki aksariyat hollarda ushbu jinoyatlarga oid Telegramdagi kanallar, guruhlar, profillar ortidagi insonlar ochilmasdan qolib ketaveradi. Chunki bu bilan jiddiy shug‘ullanadigan, to‘g‘ri rasmiylashtirilgan qonuniy so‘rovlarni Telegramga yuboradigan tashkilot kerak. Boshqacha aytganda, kiberxavfsizlik xizmatlari jinoyatchilardan ham aqlliroq va zamonaviyroq bo‘lishi shart va zarur.

Albatta, xakerlik yoki bosqinchilik usuli bilan kimningdir Telegramiga buzib kirish shart emas, agar rostdan jinoyat alomatlari bo‘lsa, unda rasmiy yo‘llar orqali ham jinoyatchilarning ma’lumotlarini qonuniy olish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Texno global

23 Sep, 14:35


Telegram qoidalarini buzgan foydalanuvchilarning IP-manzillari va telefon raqaqmlari «asoslangan yuridik so‘rovlarga javoban» hokimiyatlarga beriladi — Pavel Durov

Telegram asoschisining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya butun dunyodagi foydalanuvchilar uchun xizmatlar ko‘rsatish shartlari va konfidensiallik siyosatiga tegishli o‘zgartirishlarni kiritgan.

👉 @kunonline

Texno global

03 Aug, 20:41


Kim Chen Indan eng qimmat Lexus reklamasi.

Prezident oddiygina mashinasini Shimoliy Koreyaning suv bosgan hududlari orqali muvaffaqiyatli haydab o‘tdi.

@texnoglobal

Texno global

03 Aug, 17:40


Toshkentda xonadanda tashkil etilgan onlayn qimorxona aniqlandi. Sal kam 1 million dollar daromad topibdi

Qimorxonada 12 nafar xorijlik va 18 nafar Oʼzbekiston fuqarosi ish olib borayotgani maʼlum boʼldi.

Ular bir necha oy ichida 900 ming dollar daromad topgan.

@texnoglobal

Texno global

02 Aug, 15:24


Хитой қуш шаклидаги разведкачи дронни яратди.

Little Falcon Хитойнинг шимоли-ғарбий провинцияси маркази Сиан шаҳрида синовдан ўтказилди

Texno global

02 Aug, 05:53


"АФСУНГАРЛИК!"

Oфисда компьютер бузилиб қолди. Устани чақиришди. Уста келиб, компьютерни тузатиб кетди.

Бу қандай бўлганини офисдаги ходим ҳикоя қилиб беряпти:
— Уста келди, компьютерга диққат билан тикилиб турди, нимадир деб шивирлади, ўтирадиган курсимни 10 марта айлантириб, компьютеримни озгина сурди. Яна нимадир деб пичирлади ва кетди. Мана, ишлаяпти. Ҳақиқий сеҳргар экан...

Энди воқеани устанинг ўзидан эшитамиз:
— Компьютерни тузатиб бериш учун чақиришди. Ўша компьютерни ишлатадиган ходим эса, жойида тек ўтиролмайдиган, доимо курсисини айлантириб ўтирадиган йигит экан.
Компьютер сими стулнинг оёғига ўралашиб қолибди. Мен йигитга эшиттирмасдан уни роса сўкдим, симни курси оёғидан бўшатиб, компьютерни нарироққа суриб қўйдим. Чиқиб кетган симни уладим ва яна бир марта сўкиниб, у ердан чиқиб кетдим...

"Mushtum" kanalidan chopildi

@texnoglobal

Texno global

01 Aug, 21:21


Xitoylik ishqibozlar 5D poyga o'yinini qurishdi.

Nitro kuchayishi, burilishlar - bularning barchasi kuchli seziladi

@texnoglobal