"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali @termiz_mtu Channel on Telegram

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

@termiz_mtu


"Temiryo‘linfratuzilma" AJ "Termiz mintaqaviy temir yo`l uzeli" filialining rasmiy telegram kanali

Murojaat, shikoyat va takliflar uchun:
@termizmtuboshligi

Facebook: https://www.facebook.com/termiz.mtu/

TERMIZ MTU filiali Rasmiy kanali (Uzbek)

TERMIZ MTU filiali Rasmiy kanali rasmiy telegram kanali hisoblanadi. Bu kanal "Temiryo‘linfratuzilma" AJ "Termiz mintaqaviy temir yo`l uzeli" filialining rasmiy kanalidir. Kanalda Termiz mintaqaviy temir yo`llari to'g'risida eng so'nggi yangiliklar, loyihalar va dasturlar haqida ma'lumotlar e'lon qilinadi. Termiz mintaqaviy temir yo`llaridagi yangiliklar va rivojlanishlar haqida to'liqroq ma'lumot olish uchun bu kanalga obuna bo'ling. Agar sizda murojaat, shikoyat yoki takliflar bo'lsa, uni @termizmtuboshligi orqali amalga oshirishingiz mumkin. Siz ham Termiz mintaqaviy temir yo`llari haqida so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish uchun bu kanalga obuna bo'ling! Batafsil ma'lumotlar uchun Facebook sahifamizga murojaat qiling: https://www.facebook.com/termiz.mtu/

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

12 Jan, 03:47


#Tugilgan_kun!!!

G‘alaba stansiyasi boshlig‘i Qurbonov Sherali Tursunovichni tug'ilgan kuni munosabati bilan Termiz MTU rahbariyati va jamoasi nomidan chin dildan samimiy muborakbod etamiz.
Korxonamiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yoʼlida olib borayotgan sermazmun va fidokorona mehnatingizda omad va zafarlar hamisha yor boʼlishligini tilab qolamiz!!!

Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

10 Jan, 13:34


Joriy yilning 10-yanvar kuni harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Baktriya stansiyasi parkida joylashgan 5-sonli R65 1/11 o‘ng strelkali o‘tkazgichni metall qismlarini o‘rniga yangi R65 1/11 o‘ng turdagi strelkali o‘tkazgichni o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu ish jarayoni ko‘zdan kechirish va nazoratga olish maqsadida “Termiz MTU” filiali boshlig‘i F.S.Giyazov va Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorat departamentining Termiz MTU bo‘yicha bosh noziri F.Toshevlar ishtirok etishdi.

Ishlarni tashkil etishda ishchi xodimlarga texnologik jarayon asosida olish borishlari hamda mehnat muhofazasi talablariga qat’iy rioya etishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

04 Jan, 04:12


#Kun_tarixi

2010-yil 4-yanvarda dunyodagi eng baland bino Burch Khalifa ochilgan.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

04 Jan, 03:41


#ob_havo_4_yanvar
📍 Termiz

📱 https://obhavo.uz/termez

Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

04 Jan, 03:40


Assalomu alaykum!   
Shanba tongi muborak boʻlsin, qadrli temiryo’lchilar hamda kanalimiz a’zolari!

☀️Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli bo‘lsin!

Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

02 Jan, 14:17


❗️Ertaga, 3 yanvar — barcha uchun ish kuni

Bugun Yangi yil bayrami munosabati bilan berilgan ketma-ket 6 kunlik dam olish kunlari tugaydi.

3 yanvar — barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi.

❗️Prezident qaroriga ko‘ra, joriy haftadagi shanba kuni (4 yanvar) haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun ish kuni hisoblanadi. Chunki ular ayni shu kun hisobidan bugun (2 yanvar) dam olishdi.

Telegram sahifamiz: 🚉
👉 ✈️ @Termiz_MTU 👈

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

01 Jan, 07:25


Inson qadri uchun     
Temiryo‘ldagi islohatlar

#uzbekiston24

Telegram sahifamiz: 🚉
👉 ✈️ @Termiz_MTU 👈

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

31 Dec, 19:27


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

31 Dec, 19:20


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

31 Dec, 09:43


#Tugilgan_kun!!!

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ “Temir yo‘l vokzallari” MChJ Termiz vokzali boshlig‘i Mardayev Muxiddin Baxriddinovichni tug'ilgan kuni munosabati bilan "Termiz MTU" filiali rahbariyati va jamoasi nomidan chin dildan samimiy muborakbod etamiz.
Korxonamiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yoʼlida olib borayotgan sermazmun va fidokorona mehnatingizda omad va zafarlar hamisha yor boʼlishligini tilab qolamiz!!!

Telegramm kanalimiz: 🚉
👉 ✈️ @Termiz_MTU 👈

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

31 Dec, 05:45


Hurmatli yurtdoshlar! Aziz temiryo‘lchilar!

Sizlarni va Siz orqali barcha yaqinlaringizni kirib kelayotgan Yangi 2025 yil bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. El-yurtimiz farovonligi yoʻlida qilayotgan barcha ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilab, yil davomida yaxshi kayfiyat va omad tilayman!

Mana shu shukuhli damlarda duogo‘y otaxon va onaxonlarimizni, mehribon opa-singillarimizni, barcha soha vakillarini ushbu qutlug‘ ayyom bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, uzoq umr, oilangizga totuvlik, dasturxoningizga qut-baraka tilayman.

Yurtimizda yo‘lovchilarni o‘z manziliga yetkazib - uzog‘ini yaqin qilish, insonlarni yuklarini xavfsiz manziliga yetkazib - og‘irini yengil qilishdek mas'uliyatli va sharafli xizmatlaringizga muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin. Go‘zal va betakror yurtimiz tinch-osoyishta, olijanob, bag‘rikeng xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!

Hurmat bilan:
"Termiz MTU" filiali boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Z.S.Jumaniyazov

Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

31 Dec, 05:38


AZIZ VA QADRLI TEMIRYO‘LChILAR!

Sizlarni va sizlar orqali barcha oila a’zolaringizni kirib kelayotgan
Yangi 2025 yil bilan samimiy tabriklayman. Yakunlanayotgan 2024 yil mamlakatimiz hayoti, shuningdek, temir yo‘l sohasi uchun katta yutuq va o‘zga rishlarga boy yil bo‘ldi.

O‘tgan bir yil davomida qo‘lga kiritilgan barcha ijobiy ko‘rsatkichlarda, bunyodkorlik ishlari va barcha yutuqlarimizda har bir temiryo‘lchining alohida hissasi borligini e’tirof etish bizga mamnuniyat baxsh etadi.

Yangi yil barchangizning xonadoningizga qut-baraka, baxt va omad olib kelsin!
Oilalaringizdan xursandchilik va shodiyona kunlar arimasin! Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi, sohamiz rivoji yo‘lida mehnat qilishda aslo charchamang!

Barchamiz uchun Yangi yilning qadami qutlug‘ kelsin!

Hurmat bilan:
"Termiz MTU" Filiali boshlig‘i F.S.Giyazov

Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

31 Dec, 05:37


Hurmatli hamkasblar, aziz temiryo‘lchilar!  
 
Sizlarni kirib kelayotgan Yangi 2025 yil bilan samimiy qutlayman! Bu kunlarda har birimiz o‘tgan yilni sarhisob qilib, kelajak sari yangi marralarga intilamiz va bu nafaqat yutuqlarning xulosasi, balki oldindagi katta maqsadlarni amalga oshirish uchun kuch yig‘ish vaqtidir.  

2024 yil biz uchun ulkan yangiliklar va muvaffaqiyatlar yili bo‘ldi. Kompaniyamiz nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash, balki zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, infratuzilmani rivojlantirish va transformatsiya jarayonlarini amalga oshirishda katta qadamlar tashladi.  

2024 yilda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarixidagi eng muhim bosqichlardan biri — Transformatsiya jarayoni boshlangani desak adashmagan bo‘lamiz.  

Xolding tarkibida yangi tuzilmalar tashkil etildi.  Bu jarayon kompaniyada shaffoflikni taʼminlash, kuchli va zaif nuqtalarni aniqlash va ularni samarali boshqarish imkonini berdi.  

Transformatsiya va raqamlashtirish ishlari nafaqat biznes jarayonlarimiz samaradorligini oshirmoqda, balki umumiy tizimni global bozor talablariga moslashtirish imkonini ham beryapti. 

2024 yilda biz xalqaro miqyosda ham yirik loyihalarni amalga oshirishni boshladik. Ulardan eng muhimlaridan biri — “Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasiga start berilganidir. 

Bu loyiha uch davlat o‘rtasidagi transport aloqalarini yaxshilash, yuk tashish hajmini keskin oshirish, Markaziy Osiyoning global savdo zanjirlariga integratsiyasini taʼminlash,Mamlakatimiz logistika sohasidagi yetakchi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Prezidentimizning tashabbusi bilan 2024 yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun bizga zamonaviy talablarga javob beradigan infratuzilmani rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va raqobatbardosh logistika tizimini yaratish imkoniyatini berdi. Bu qonun sohamizning qonuniy asoslarini yana-da takomillashtirdi va yangi investitsiyalarni jalb qilishga xizmat qiladi.  

Ushbu yutuqlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va Hukumatimizning tizimli ko‘magi natijasida amalga oshirildi. Davlatimiz rahbari va hukumatimiz bizga yaratgan imkoniyatlar kompaniyamizning barqaror rivojlanishi uchun mustahkam asos bo‘ldi.  

Bizning maqsadimiz — yuk va yo‘lovchi tashish xizmatlarini rivojlantirish hamda O‘zbekistonni mintaqaviy logistika markaziga aylantirishdir… BATAFSIL O'QISH BU YERDA⬅️

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

31 Dec, 02:46


Assalomu alaykum!   
Seshanba tongi muborak boʻlsin, qadrli temiryo’lchilar hamda kanalimiz a’zolari!

☀️Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli bo‘lsin!

Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

29 Dec, 11:41


Yuk tashuvchilar diqqatiga!

O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2025 yil 15 yanvardan mahalliy qatnovda umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarda yuk tashishda tashish tariflarini hisoblashda 10-01 Preyskuranti tarif stavkalarining infratuzilma va lokomotivlarni taqdim etish xizmatlari tariflariga quyidagi koeffitsiyentlar qo‘llanilishi belgilanganligini maʼlum qiladi:

– mahalliy yo‘nalishlarda quyidagi liniyalar ishtirokisiz – 0,774;
– “Toshg‘uzar – Boysun – Qumqo‘rg‘on” liniyasi ishtirokida – 0,814;
– “Angren – Pop” liniyasi ishtirokida – 0,921;
– ikkita liniya, yaʼni “Toshg‘uzar – Boysun– Qumqo‘rg‘on” va “Angren –
Pop” ishtirokidagi yuk tashuvlarida – 0,921 (yagona koeffitsiyent).
___

Вниманию грузоперевозчиков!

АО «Узбекистон темир йуллари» информирует об определении
применения с 15 января 2025 года нижеследующих коэффициентов к
тарифам на услуги предоставления инфраструктуры и локомотивов в
тарифных ставках Прейскуранта 10-01 на внутригосударственные грузовые
железнодорожные перевозки на железнодорожных путях общего
пользования:

– 0,774 – на внутригосударственные перевозки без участия
нижеуказанных линий;
– 0,814 – с участием линии «Ташгузар – Байсун – Кумкурган»;
– 0,921 – с участием линии «Ангрен-Пап»;
– 0,921 (единый коэффициент) – с участием обоих участков «Ташгузар
– Байсун – Кумкурган» и «Ангрен – Пап».

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

27 Dec, 10:51


Президент Шавкат Мирзиёевнинг Хитой – Қирғизистон – Ўзбекистон темир йўли қурилиши бошланишига бағишланган маросим иштирокчиларига мурожаати

Послание Президента Шавката Мирзиёева участникам церемонии, посвященной запуску строительства железной дороги Китай – Кыргызстан – Узбекистан

Address by President Shavkat Mirziyoyev to the participants of the ceremony dedicated to the launch of the China-Kyrgyzstan-Uzbekistan railroad construction project

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

27 Dec, 10:46


#Ta’ziya

"Termiz MTU" filiali Iqtisodiy tahlil va prognozlashtirish bo‘limi yetakchi iqtisodchisi Rashidov Doro Najmiddin o‘g‘lining otalari Rashidov Najmiddin boboning vafoti sababli marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etamiz.

Janozasi: Ertaga soat 9:00 da. Manzil: Uzun tumani.

Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.

Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

27 Dec, 06:30


Joriy yilning 27-dekabr kuni “Termiz MTU” filiali boshlig‘i F.S.Giyazov va Termiz lokomotiv deposi boshlig‘i S.M.Ubaydullayevlar harakat xavfsizligini ta’minlash, poyezdlar uzluksiz harakatini tashkil etishda lokomotivlarni doimiy shay holatini ta’minlash hamda rejaviy ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida sifatli bajarilishini nazorat qilish, korxonada qishgi tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirish maqsadida Termiz lokomotiv deposida nazorat safarida bo‘ldi.

Termiz lokomotiv deposi xo‘jaligini qish mavsumiga tayyorgarligi, isistish tizimini ishlashi, kunduzgi hamda tungi navbatchilikda ishlovchi ishchi xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda xodimlarning mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga amal qilayotganliklarini ko‘zdan kechirilib depo rahbariyatiga tegishli topshiriqlar berildi.

"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

27 Dec, 05:58


Axborot 24 | Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami jo‘natildi.

Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

27 Dec, 03:27


#ob_havo_27_dekabr
📍 Termiz

📱 https://obhavo.uz/termez

Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

27 Dec, 03:26


Assalomu alaykum!   
Juma tongi muborak boʻlsin, qadrli temiryo’lchilar hamda kanalimiz a’zolari!

☀️Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli bo‘lsin!

Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

26 Dec, 13:37


Joriy yilning 25-dekabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, qo‘shni afg‘on xalqini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda zarur bo‘lgan oziq-ovqat, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlardan iborat insonparvarlik yordam yuki “Salomatlik tibbiyot poyezdi" bilan Afg‘onistonga jo‘natildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Ijtimoiy muassasa” tashkilotiga qarashli ushbu poyezdda borgan tajribali shifokorlar Balx viloyati aholisini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishmoqda. 
Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda ko‘rsatilayotgan beg‘araz yordam va ikki davlat o‘rtasida do‘stlik, yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratayotgan davlatimizga chuqur minnatdorlik bildirildi.
Shifokorlar hozirga qadar yuzlab fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, ularning kasalliklariga aniq tashxislar qo‘yishdi hamda ularga dastlabki yordam ko‘rsatdilar. Shifo istab kelganlarga  zarur tibbiy buyumlar, bepul dori darmonlar tarqatdilar.

🌐railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

04 Dec, 10:39


Joriy yilning 4-dekabr “Poyezdlar harakati xavfsizligi” kunida “Termiz MTU” filiali boshlig‘i o‘rinbosari Sh.A.Qodirov va Yuk va tijorat ishlari bo‘limi boshlig‘i B.O.Bozorovlar Qumqo‘rg‘on stansiyasida ishchi xodimlar bilan texnik amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida tizimda ish jarayonida yo‘l qo‘yilgan harakat xavfsizligi buzilish holatlari hamda baxtsiz hodisalar qayta tanishtirilib, bu kabi holatlar takrorlanmasligi yuzasidan tegishli tushuncha va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

04 Dec, 09:32


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining 27.11.2024-yildagi 94-N sonli shoshilinchgnomasi hamda 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan aksilkorrupsiya xaftaligi doirasida Termiz lokomotiv deposi filialida Surxondaryo viloyati transportda XTB huzuridagi TG tergovchisi Sh.J.Nusratullayev, Surxondaryo viloyati transportda XTB TQKG tezkor vakillari B.Xratov, E.Nazarbayev xamda Termiz lokomotiv deposi filiali boshlig‘i S.M.Ubaydullaevlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha depo ishchi xodimlari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda yig‘ilish qatnashchilariga korrupsiyaning xavf-xatarlarini tahlil qilish va aholining keng qatlamlarini xabardor qilib, huquqiy ongini oshirish, ommaviy axborot vositalari orqali tashviqot ishlari olib borilishi, jamiyatda bunday jinoyatlar kelib chiqishining oldini olish bo‘yicha nazorat olib borilishi ta’kidlab o‘tildi.

"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

04 Dec, 09:22


2024 yilning 4-dekabr kuni “Poyezdlar harakati xavfsizligi” kunida “Termiz MTU” filiali bosh muhandisi U.V.Muxitdinov, Texnik va texnologik departamentining Termiz MTU bo‘yicha bosh noziri F.Toshev va Kasaba uyushmasi hududiy qo‘mitasi raisi G‘.B.Daminovlar harakati xavfsizligini ta’minlash, ish sharoitlarini o‘rganish hamda stansiyalarda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirish maqsadida Uchqizil, Naushaxar, Sherabod va Boldir stansiyalariga nazorat safarida bo‘lishdi.

Nazorat safari davomida stansiyalarda ishlar texnologik jarayon asosida olib borilayotganligi, qishgi tayyorgarlik ishlari, ishchi xodimlarning ichki mehnat tartib qoidalariga amal qilayotganligi hamda “Yashil makon” loyihasi asosida joylarda ishlarning qay ahvolda tashkil etilganligi ko‘rib o‘tildi.

"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

01 Dec, 04:43


☝️☝️☝️☝️☝️☝️☝️☝️

Hafta dayjesti: Haftaning eng muhim yangiliklarini taqdim etamiz.

🌐railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

29 Nov, 08:58


💎 "Temiryo‘linfratuzilma" AJ boshqaruv raisi S.A.Norqobilovning 2024-yil 25-noyabr sanasidagi 523-JDS-sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Termiz temir yoʻl masofasi korxonasi va 166-sonli yo‘l mashina stansiyasi xodimlari Boldir - Sherabod temir yo‘l stansiyalari oralig‘ining 4424 km 8-piketidan 4425 km 8-piketigacha temir yo‘lni reabilitatsiya qilish ishlarini amalga oshirmoqda. Ushbu ish jarayoni ko‘zdan kechirish va nazoratga olish maqsadida Uzel boshlig‘i F.S.Giyazov, Texnik va texnologik nazorati departamentining Termiz MTU bo‘yicha bosh noziri F.Toshev va Kasaba uyushmasi hududiy qo'mitasi raisi G‘.B.Daminov va tegishli rahbarlar ishtirok etishdi.

"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

29 Nov, 03:34


#ob_havo_29_noyabr
📍 Termiz

📱 https://obhavo.uz/termez

Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

29 Nov, 03:27


Assalomu alaykum!   
Juma tongi muborak boʻlsin, qadrli temiryo’lchilar hamda kanalimiz a’zolari!

☀️Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli bo‘lsin!

Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

28 Nov, 13:32


"Yashil makon" loyihasi amalda

Bugun “Termiz mintaqaviy temir yo'l uzeli” filiali kasaba uyushmasi hududiy qo‘mitasi raisi G‘.B.Daminov va Darband temir yo‘l masofa korxonasi boshlig‘i K.J.Normamatovlar “Yashil makon” umummilliy loyihasiga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida daraxt ko‘chatlarini ekib, loyihani ushbu hududda ham jadallik bilan davom ettirishga ko‘rsatma berdi. Mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish bilan bir qatorda ushbu loyiha doirasida kuz mavsumida ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash ishlari hamda sug‘orish ishlariga ham alohida e'tibor qaratilishi yuzasidan topshiriqlar belgilab berildi.

"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

23 Nov, 08:38


Президент Шавкат Мирзиёев “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида барпо этилаётган янги боққа кўчат экди.

Президент Шавкат Мирзиёев посадил дерево в новом саду, создаваемом в рамках общенационального проекта "Яшил макон".

#Mirziyoyev #Toshkent #Yashilmakon #atrofmuhit

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

22 Nov, 03:21


#ob_havo_22_noyabr
📍 Termiz

📱 https://obhavo.uz/termez

Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

22 Nov, 03:18


Assalomu alaykum!   
Juma tongi muborak boʻlsin, qadrli temiryo’lchilar hamda kanalimiz a’zolari!

☀️Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli bo‘lsin!

Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

21 Nov, 17:11


#Yashil_makon 🌳🌿🌴

Joriy yilning 21-noyabr kuni "Termiz MTU" filiali boshlig‘i F.S.Giyazov Yashil makon umummilliy loyihasini Termiz MTU tizimida 2024 yilning kuz mavsumida ekilishi rejalashtirilgan ko‘chatlarni tayyorlash va ishlarni jadallashtirish maqsadida Termiz temir yo‘l masofa filiali tasarrufidagi PChL korxonasida bo‘ldi. Mavsumga korxona va stansiyalar uchun tayyorlanayotgan mevali va manzarali ko‘chatlarni qazish va joylarga yetkazish yuzasidan topshiriq hamda ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati

Telegram sahifamiz:
🚉
👉 📱 @Termiz_MTU 👈

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

13 Nov, 15:52


Joriy yilning 13-noyabr kuni Poyezdlar harakati xavfsizligi kunida "Termiz MTU" filiali boshlig‘i F.S.Giyazov va Termiz temir yo‘l masofa korxonasi boshlig‘i O.K.Normamatovlar Hayraton ko‘prigining va uning ustidan o‘tuvchi temir yo‘l izlarining texnik holati ko‘zdan kechirildi.
Qayd etilgan kamchiliklar yuzasidan mas‘ul xodimlarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati.

Rasmiy sahifamiz:
🚉
👉 💎 @Termiz_MTU 👈

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

13 Nov, 11:00


➡️ XAVFSIZ HUDUD PROFILAKTIK TARGʻIBOT TADBIRI ⬅️

Joriy yilning 13-noyabr kuni "Termiz MTU" filialida temir yo‘l izlariga yaqin joylashgan maktablarda, qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmalarida Xavfsiz hudud profilaktik tadbirini tashkil etish maqsadida Termiz temir yo‘l masofa korxonasi mas'ul xodimlari ishtirokida Jarqo‘rg‘on tumanida 6-maktabda va 4506 km 9 Pk da joylashgan temir yo‘l kesishmasida “DIQQAT TEMIR YO‘L” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda maktab o‘quvchilariga hamda haydovchilarga temir yo‘lda baxtsiz hodisalar to‘g‘risida keng tushunchalar berilib, temir yo‘llarni belgilanmagan joylaridan kesib o‘tmaslik, temir yo‘llarda turgan poyezd vagonlari ustiga chiqmaslik va temir yo‘l izlariga begona jismlarni qo‘ymaslik to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi hamda bunday salbiy harakatlar ayanchli oqibatlarga olib kelishi tushuntirib o‘tildi.

#Temir_yol
#XAVFSIZ_HUDUD
#6_maktab

"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

13 Nov, 10:49


Joriy yilning 13-noyabr kuni “Termiz MTU” filiali boshlig‘i o‘rinbosari Sh.A.Qodirov, Yuk va tijorat ishlari bo‘limi boshlig‘i B.O.Bozorov va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi B.M.Axadovlar “Temiryo‘linfratuzilma” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari S.S.Asrorovning 488-JDS sonli farmoyishi bo‘yicha Boldir-Sherabod temir yo‘l oralig‘ida temir yo‘l izlarini reabilitatsiya ishlarida poyezdlarni havfsiz harakatlanishi va mehnat muhofazasi qoidalariga asosan to‘g‘ri tashkillashtirilganligini ko‘rib chiqishdi.

Sherabod stansiyaning 8-yo‘lida inert yuklar uchun yuk tushursh joylarni kengaytirish, Sherabod va Uchqizil stansiyalarida yagona darcha va onlayn KMO platformasi yuritishi hamda kuz-kish mavsumida stansiyalarni tayyorgarligi ko‘rib chiqilib ma’sul xodimlarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

05 Nov, 14:20


Ta’ziya

Surxondaryolik temiryo‘lchilar jamoasi "Termiz MTU" filiali bosh muhandisi Kenjayev Mansurjon Jo‘raqobilovichning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Kenjaev Mansurjon Jo‘raqobilovich ko‘p yillar temir yo‘l tizimida yetuk mutaxassisi sifatida xalq xizmatida bo‘lgan. 2022 yilning oktyabr oyidan "Termiz MTU" filiali bosh muhandisi sifatida tizimda fidokorona mehnat qildi.

Mehnatsevar, samimiy va kamtarin, halol va bilimdon inson, odil rahbar sifatida temiryo‘lchilar jamoasi hurmatini qozongan Mansur Kenjayevning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

Janozasi: 06.11.2024 yil soat 9:00 da.
Manzil: Sho‘rchi tumani, Go‘zallik (Eski 8-mart) mahallasi.
Mo‘ljal: Elbayon stansiyasidan o‘tganda

Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.

Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

05 Nov, 13:11


O‘zbekiston va Turkmaniston temir yo‘l maʼmuriyatlari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga aʼzo davlatlar temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashning 81-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston va Turkmaniston temir yo‘l maʼmuriyatlari o‘rtasidagi munosabatlarni yana-da mustahkamlash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.Narzullayev va Turkmaniston temir yo‘llari agentligi raisi Atamuradov Azat Silapovich o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi ...BATAFSIL O'QISH BU YERDA⬅️

Железнодорожные администрации Узбекистана и Туркменистана провели встречу для обсуждения вопросов сотрудничества
В рамках 81-го заседания Совета по железнодорожному транспорту государств-членов Содружества Независимых Государств с целью дальнейшего укрепления отношений между железнодорожными администрациями Узбекистана и Туркменистана состоялась двусторонняя встреча между председателем правления АО «Узбекистон темир йуллари» З.Нарзуллаевым и председателем Агентства железных дорог Туркменистана Атамурадовым Азатом Силаповичем ...ПОДРОБНЕЕ ЧИТАТЬ ЗДЕСЬ⬅️

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

05 Nov, 13:02


Toshkentda temir yo‘l transporti bo‘yicha kengashning 81-yig‘ilishi bo’lib o’tmoqda
2024-yilning 5-6-noyabr kunlari Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga a’zo davlatlar temir yo’l transporti bo’yicha kengashning 81-yig’ilishi o’tkazilmoqda. Unda O’zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Gruziya, Eron, Latviya, Estoniya temir yo’l ma’muriyatlari vakillari ishtirok etmoqda ...BATAFSIL O'QISH BU YERDA⬅️

В Ташкенте проходит 81-е заседание Совета по железнодорожному транспорту
5-6 ноября 2024 года в Ташкенте проходит 81-е заседание Совета по железнодорожному транспорту государств-участников Содружества. Участие в мероприятии принимают представители железнодорожных администраций Узбекистана, Азербайджана, Армении, Беларуси, Казахстана, Кыргызстана, России, Таджикистана, Туркменистана, Грузии, Ирана, Латвии и Эстонии ...ПОДРОБНЕЕ ЧИТАТЬ ЗДЕСЬ⬅️

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

05 Nov, 10:53


Joriy yilning 5-noyabr kuni “Termiz MTU” filiali boshlig‘i F.S.Giyazov harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Termiz temir yo‘l masofa korxonasi boshlig‘i O.K.Normamatov bilan Termiz-Baktriya uchastkasida yo‘llarning egriliklari va rels ulanmalarini ko‘zdan kechirdi.
Shu bilan birgalik “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2024 yil kuz mavsumida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

05 Nov, 05:32


Hozirda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga aʼzo davlatlar temir yo‘l transporti bo‘yicha kengashning 81-yig‘ilishi boshlanadi
___

Прямо сейчас начинается 81-е заседание Совета по железнодорожному транспорту государств участников содружества

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

05 Nov, 03:30


#Tugilgan_kun. 🟦🟦🟦

"Termiz mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali boshlig'i yordamchisi Toshev Anvar Xonimqulovichni tug'ilgan kuni munosabati bilan Termiz MTU rahbariyati va jamoasi nomidan chin dildan samimiy muborakbod etamiz.
Korxonamiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yoʼlida olib borayotgan sermazmun va fidokorona mehnatingizda omad va zafarlar hamisha yor boʼlshligini tilab qolamiz.

Telegramm kanalimiz: 🚉
👉 💎@Termiz_MTU 👈

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

05 Nov, 03:13


#ob_havo_5_noyabr
📱Termiz

📱https://obhavo.uz/termez

Rasmiy sahifamiz: 🚉
👉 ✈️ @Termiz_MTU 👈

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

05 Nov, 03:07


Assalomu alaykum!   
Seshanba tongi muborak boʻlsin, qadrli temiryo’lchilar hamda kanalimiz a’zolari!

☀️Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli bo‘lsin!

Rasmiy sahifamiz: 🚉
👉 💎 @Termiz_MTU 👈

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

04 Nov, 14:49


“Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ va “NORINCO International Cooperation Ltd.” oʼrtasida uchrashuv boʼlib oʼtdi
Bugun, 2024 yil 4-noyabr kuni “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ boshqaruv raisi Z.Narzullaev va “NORINCO International Cooperation Ltd.” prezidenti Shan Szyun oʼrtasida uchrashuv tashkil etildi …BATAFSIL O'QISH BU YERDA⬅️

АО «Узбекистон темир йуллари» провело встречу с китайской компанией «NORINCO International Cooperation ltd.»
Сегодня, 4 ноября 2024 года состоялась встреча между председателем правления АО «Узбекистон темир йуллари» З.Нарзуллаевым и президентом компании «NORINCO International Cooperation ltd.» Шан Цзюнем …ПОДРОБНЕЕ ЧИТАТЬ ЗДЕСЬ⬅️

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

04 Nov, 14:49


O'zbekiston – Estoniya: Temir yo'l sohasida keyingi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Bugun, 2024-yil 4-noyabr kuni "O'zbekiston temir yo'llari" AJning "Estoniya temir yo'li" AJ bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi, unda keyingi hamkorlik masalalari ko'rib chiqildi …BATAFSIL O'QISH BU YERDA⬅️

Узбекистан – Эстония: Обсуждены вопросы дальнейшего сотрудничества в железнодорожной сфере
Сегодня, 4 ноября 2024 года состоялась встреча АО «Узбекистон темир йуллари» с АО «Эстонская железная дорога», где были рассмотрены вопросы дальнейшего сотрудничества …ПОДРОБНЕЕ ЧИТАТЬ ЗДЕСЬ⬅️

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

04 Nov, 14:49


«Oʼzbekiston temir yoʼllari» TYHTda: Тemir yo'l transportini rivojlantirish bo'yicha hamkorlik
Bugun, 2024-yil 4-noyabr kuni «Oʼzbekiston temir yoʼllari» АJ boshqaruv raisi Z.Narzullaev va Temir yoʼllar hamkorlik tashkiloti (TYHT) raisi Miroslav Аntonovich oʼrtasida uchrashuv boʼlib oʼtdi …BATAFSIL O'QISH BU YERDA⬅️

АО «Узбекистон темир йуллари» в ОСЖД: Партнерство в развитии железнодорожного транспорта
Сегодня, 4 ноября 2024 года состоялась встреча председателя правления АО «Узбекистон темир йуллари» З.Нарзуллаева с председателем Организации содружества железных дорог (ОСЖД) Мирославом Антоновичем …ПОДРОБНЕЕ ЧИТАТЬ ЗДЕСЬ⬅️

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

03 Nov, 04:17


☝️☝️☝️☝️☝️☝️☝️☝️

Hafta dayjesti: Haftaning eng muhim yangiliklarini taqdim etamiz.

🌐railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

02 Nov, 03:39


Assalomu alaykum!   
Shanba tongi muborak boʻlsin, qadrli temiryo’lchilar hamda kanalimiz a’zolari!

☀️Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli bo‘lsin!

Rasmiy sahifamiz: 🚉
👉 ✈️@Termiz_MTU 👈

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

30 Oct, 03:26


#ob_havo_30_oktyabr
📍Termiz

#⃣https://obhavo.uz/termez

Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

30 Oct, 03:25


Assalomu alaykum!   
Chorshanba tongi muborak boʻlsin, qadrli temiryo’lchilar hamda kanalimiz a’zolari!

☀️Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli bo‘lsin!

Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

29 Oct, 12:45


Joriy yilning 29-oktyabr kuni “Termiz lokomotiv deposi” filiali boshlig‘i S.M.Ubaydullayev korxonada raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini ko‘zdan kechirdi va bir qator dasturlarning yangi imkoniyatlarini o‘rgandi. Jumladan, Mashinistning elektron marshurut varog‘i dasturi, ish taqsimlovchi dasturi, depo navbatchisi, hisoblash guruxi operatorlari, tezlik tasmalari taxlilchilari jurnallari holatini ko‘zdan kechirib kerakli ko‘rsatmalar va qo‘shimcha topshiriqlar berdi.

"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

29 Oct, 03:51


#Tugilgan_kun!!! 🟦🟦🟦

Termiz harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadi boshlig‘i Jo‘rayev Nizom Shukrullayevichni tug'ilgan kunlari munosabati bilan Termiz MTU rahbariyati va jamoasi nomidan chin dildan samimiy muborakbod etamiz.
Korxonamiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yoʼlida olib borayotgan sermazmun va fidokorona mehnatingizda omad va zafarlar hamisha yor boʼlishligini tilab qolamiz!!!

Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

29 Oct, 03:27


Assalomu alaykum!   
Seshanba tongi muborak boʻlsin, qadrli temiryo’lchilar hamda kanalimiz a’zolari!

☀️Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli bo‘lsin!

Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

29 Oct, 03:21


#kun_tarixi

🌉 1973 yil 29-oktabrda Bosfor koʻprigi ochilgan

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

28 Oct, 14:02


Joriy yilning 28-oktabr kuni “Termiz MTU” filiali boshlig‘i F.S.Giyazov rahbarligida Termiz lokomotiv deposida Poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash, lokomotivlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, TO-5 rejasini bajarilishi, mashinistlar tomonidan bildirilgan e’tirozlarni bartaraf qilinishi yuzasida depo rahbariyati va mashinistlar ishtirokida yigilish bo‘lib o‘tdi.
Uzel boshlig‘i tomonidan depo rahbariyatiga tegishli topshiriqlar berildi.

"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

28 Oct, 04:03


Assalomu alaykum!   
Dushanba tongi muborak boʻlsin, qadrli temiryo’lchilar hamda kanalimiz a’zolari!

☀️Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli bo‘lsin!

Rasmiy sahifamiz: 🚉
👉 ✈️ @Termiz_MTU👈

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

27 Oct, 04:39


#Tugilgan_kun!!! 🟦🟦🟦

"Termiz MTU" filiali Yoqilg‘i-energetik resurslar bo‘yicha yetakchi muhandisi Boboyev G‘anisher Boymurodovichni tug'ilgan kunlari munosabati bilan Termiz MTU rahbariyati va jamoasi nomidan chin dildan samimiy muborakbod etamiz.
Korxonamiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yoʼlida olib borayotgan sermazmun va fidokorona mehnatingizda omad va zafarlar hamisha yor boʼlishligini tilab qolamiz!!!

Telegramm kanalimiz: 🚉
👉 💎 @Termiz_MTU👈

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

25 Oct, 12:16


Joriy yilning 25-oktyabr kuni “Termiz MTU” filiali boshlig‘i F.S.Giyazov, Termiz MTU KUHQ raisi G‘.B.Daminov va Uzel boshlig‘i o‘rinbosari Sh.A.Qodirovlar harakat xavfsizligini ta’minlash, xo‘jaliklarni kuzgi ko‘rikga tayyorgarlik ishlarini nazorat qilish hamda ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida Qumqo‘rg‘on stansiyasi va Qumqo‘rg‘on TXK-2 sexini ko‘zdan kechirdi.
Qayd etilgan kamchiliklar yuzasidan tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi.

"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

25 Oct, 11:32


"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tarkibidagi jamiyatlar va korxonalarning aksiya ulushlari (paketlari) hamda ko‘chmas mulk obyektlarini sotish to‘g‘risidagi e’lon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-168-son, 2023-yil 24-martdagi "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-102-son, 2023-yil 10-oktyabrdagi PQ-329-son "O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hamda 2024-yil 19-apreldagi PQ-162-son "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorlariga muvofiq, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning aktivlari, shu jumladan uning tarkibiga kiruvchi jamiyatlar va korxonalarning aktivlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tkazgan holda ommaviy savdolar orqali sotish amalga oshiriladi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tarkibidagi jamiyatlar va korxonalar aktivlarini sotib olishga qiziqish bildirgan investorlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga murojaat etishlari mumkin.

Ommaviy savdolar orqali sotuvga qo‘yiladigan aktivlar ro‘yxati ilovada keltirilgan.

Batafsil ma’lumotlarni +998712592059, +998712592037 raqamlariga murojaat qilish orqali yoki https://davaktiv.uz veb-saytidan olishingiz mumkin.
___

Объявление о продаже долей акций (пакетов) и объектов недвижимости обществ и предприятий в составе АО «Узбекистон темир йуллари»

На основании постановлений Президента Республики Узбекистан от 18 марта 2022 года № ПП-168 «О дополнительных мерах по дальнейшему сокращению государственного участия в экономике и ускорению приватизации», от 24 марта 2023 года № ПП-102 «О дополнительных мерах по сокращению государственного участия в экономике», от 10 октября 2023 года № ПП-329 «О мерах по коренному реформированию сферы железнодорожного транспорта Республики Узбекистан», а также от 19 апреля 2024 года № ПП-162 «О дополнительных мерах по сокращению государственного участия в экономике» реализация активов АО «Узбекистон темир йўллари», включая активы обществ и предприятий, входящих в его состав, будет осуществляться посредством публичных торгов с передачей их Агентству по управлению государственными активами Республики Узбекистан.

Инвесторы, заинтересованные в приобретении активов обществ и предприятий АО «Узбекистон темир йўлллари», могут обратиться в Агентство по управлению государственными активами Республики Узбекистан.

Перечень Активов, передаваемых на продажу через публичные торги, представлен в приложении.

Подробнее информацию можно узнать по номерам: +998712592059, +998712592037 или на сайте https://davaktiv.uz.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

25 Oct, 09:15


27-oktabr – Saylovda ishtirok eting!

🇺🇿"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

25 Oct, 08:56


Joriy yilning 25-oktyabr kuni yuk tashuvchilarga sifatli xizmat ko’rsatishni ta’minlash, ular bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish hamda tadbirkorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida "Termiz MTU" filiali boshlig‘i F.S.Giyazov tomonidan Denov stansiyasida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Muloqot jarayonida asosan, tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan temir yo‘l xizmatlari sifatini yanada yaxshilash, bu borada raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish, yuk tashish xizmatini ko‘rsatuvchi vagon operatorlarini erkin tanlash uchun qulayliklar yaratish, xizmatlar ko‘rsatish jarayonining uzluksizligi, xavfsizligi, barqarorligi va ishonchliligini ta’minlash, sohasida yuzaga kelayotgan muammolar muhokama etildi.

Shuningdek, tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Uzel rahbariyati tomonidan batafsil javob olishdi. Muloqotda bildirilgan takliflar esa qonun doirasida hal etilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

25 Oct, 03:45


Assalomu alaykum!   
Juma tongi muborak boʻlsin, qadrli temiryo’lchilar hamda kanalimiz a’zolari!

☀️Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli bo‘lsin!

Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

25 Oct, 03:41


#kun_tarixi

1977-yil 25-oktabrda IL-86 samolyotining ilk sinov parvozi amalga oshirilgan

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Rasmiy sahifalarimiz: 🚉
📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|