TDTUOF | Rasmiy kanali @tdtuofuz Channel on Telegram

TDTUOF | Rasmiy kanali

@tdtuofuz


Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali rasmiy telegram kanali
Taklif va Murojaatlar uchun:
@Muqaddas_Ergasheva
Filial direktoriga: @tdtuof_direktorga_murojaat_bot
@smarteduuzbot

TDTUOF | Rasmiy kanali (Uzbek)

Assalomu alaykum! Siz Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali rasmiy telegram kanalida xush kelibsiz! Bu kanal TDTU Olmaliq filialisining rasmiy telegram kanalidir, bu erda filial bilan bog'liq eng so'nggi yangiliklar, hodisalar, va tadbirlar haqida ma'lumotlar paydo etiladi. Kanalda sizga filial direktoriga va ishlar boshqarmasi boshlig'iga murojaat qilish imkoniyati beriladi. Siz takliflaringiz, savollaringiz yoki mulohazalaringiz bo'yicha @Muqaddas_Ergasheva ga yoki filial direktoriga @tdtuof_direktorga_murojaat_bot g'oyibingizni yuborishingiz mumkin. Ish boshqarmasi boshlig'i bilan bog'lanish uchun esa @tdtuof_ishlar_boshqarmasi_bot g'oyibingizni yuborishingiz mumkin. Kanalda har kuni yangilashlar va ma'lumotlar sizni kutmoqda. Sizni TDTU Olmaliq filiali telegram kanaliga obuna bo'lishni unutmang! @smarteduuzbot

TDTUOF | Rasmiy kanali

19 Feb, 12:18


#Milliylik

"Milliy liboslarimiz - ma’naviyatimiz ko‘zgusi".

📌TDTU Olmaliq filiali talabalari - qizlarimiz atlas ko‘ylak kiyib yursa....

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

19 Feb, 12:08


#OAVda
#uza_uz

⚡️TDTU Olmaliq filialining xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi O‘zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy veb sayti
uza.uz sahifalarida

Batafsil;👇
https://uza.uz/uz/posts/toshkent-viloyati-xabarlari-qisqa-satrlarda_689616

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

19 Feb, 10:48


“Ziyo forum” ilm-fan va ta`lim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi tomonidan joriy yilning 10-12 mart kunlari oliy ta`lim muassasalari talabalari o‘rtasida kibersport arenasida CS:2 yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi.

Mazkur musobaqada ishtirok etishni xohlagan talabalar ma`naviy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosariga murojaat qilishlari mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

13 Feb, 10:11


#Ajdodlarga_ehtirom
#chellenj

⚡️Energetika va mashinasozlik fakulteti talabalari  tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab tayyorlangan videolavha.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

13 Feb, 10:09


#Ajdodlarga_ehtirom
#chellenj

⚡️Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti talabalari  tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab tayyorlangan videolavha.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

13 Feb, 06:31


#tyutorlar_faoliyatidan
#zakovat

⚡️Energetika va mashinasozlik fakultetiда "G‘am kimga deyinki, g‘amg‘usorim yo‘qdur" nomli chellenj hamda "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

📌Ushbu tadbir buyuk sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan tashkil etilib, unda "Boburiylar", "Temurbek izdoshlari" va "To‘maris" jamoalari ishtirok etdilar.

📌Musobaqa davomida ishtirokchilar Bobur hayoti, ijodi va tarixiy merosi bo‘yicha bilimlarini mustahkamlab, intellektual mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Yakunda "Boburiylar" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

13 Feb, 06:09


#TTJ

Filial Хotin-qizlar maslahat kengashi raisi X.Xasanova, Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlim boshligʻi N.Asaboyeva va Konchilik ishi fakulteti tyutorlari bilan hamkorlikda ijara xonadonlari oʻrganildi. Ijara xonadonida yashovchi talabalarning yzshash sharoitlari oʻrganildi.

Shunungdek, ularga talabalat turar joyida haqida ma`lumotlar, TTJga o‘tish bo`yicha tegishli tavsiyalar berildi. Ijara xonadonida yashayotgan ayrim talabalar talabalar turar joyiga joylashtirildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

09 Feb, 04:20


#kun_tarixi

1441-yil 9-fevral – g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov aytganlaridek: "Agar bu zotni avliyo desak, u - avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak - mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak - shoirlarning sultonidir
".

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

08 Feb, 05:25


#Ajdodlarga_ehtirom
#chellenj

⚡️Energetika va mashinasozlik fakulteti 17-24 МТ guruhi talabalarining Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlab tayyorlagan chellenji.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

07 Feb, 11:41


#Ajdodlarga_ehtirom
#chellenj

⚡️Energetika va mashinasozlik fakulteti 15-24 EM guruhi talabalarining Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlab tayyorlagan chellenji.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

07 Feb, 11:14


#Ajdodlarga_ehtirom
#chellenj


Energetika va mashinasozlik fakulteti mexanika muhandisligi yoʻnalishi 7-A 24 guruhining faol talabalari ishtirokidagi chellenj

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

07 Feb, 10:50


#milliy_qadriyat

💥Energetika va mashinasozlik fakultetida o‘tkazilgan "Milliy qаdriyatlar-millat ma‘naviyatining ko‘zgusi” mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirdan lavhalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

29 Jan, 15:07


#Ish
#Vakant

2025-yil 28-yanvardan va 3-fevralga qadar “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yo‘nalishlar uchun onlayn rezyumelar qabul qilinadi:

➡️Kran mashinisti
➡️I toifali muhandis dasturchi (Avtomatlashtirish bo’yicha)
➡️I toifali avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari muhandisi
➡️Energiya tizimlarini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi boʻyicha 1 toifali muhandis
➡️Asosiy elektrouskunalarning rele himoyasi va avtomatikasini sozlash bo’yicha 1-toifali muhandis
➡️Ta'mirlovchi-chilangar
➡️Yirik maydalash sexi boshligʻi oʻrinbosari
➡️Yanchish va flotatsiyalash sexi boshligʻi oʻrinbosari
➡️Sex energetigi
➡️Smena energetigi
➡️Tarmoq va nimstansiyalar energetigi
➡️Asosiy texnologik sexlarning elektruskunalarini sozlash guruhi energetigi
➡️Elektr jihozlarini ta’mirlash va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha elektromontyor
➡️Elektromexanik
➡️Elektrgazpayvandchi
➡️Yoqilgʻi moylash materiallari hisobini yuritish boʻyicha katta texnik
➡️Mexanik
➡️Ishlab chiqarish uchastkasi ustasi

@TDTUOFUZ

TDTUOF | Rasmiy kanali

29 Jan, 11:39


#OAV

“Ulug` yo’l” gazetasining joriy yil 28-yanvar sonida TDTU Olmaliq filiali Kengashi kotibi filologiya fanlari doktori A.Pirimqulovning navoiyshunoslikdagi ba`zi bir illatlar haqidagi “Menga so‘z bering” sarlavhali tanqidiy-tahliliy maqolasi chop etildi.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

22 Jan, 05:05


#OAVda

⚡️“Guliston” jurnalining 6 - sonida I.Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali kengash kotibi, filologiya fanlari doktori Abdurahmon Pirimqulovning “Bir harf muammosi” sarlavhali maqolasi chop etildi
.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

14 Jan, 12:44


#sport
#direktor_kubogi

‼️Bugun Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalari fakultetida talaba-yigitlar uchun Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan armrestling, arqon tortish (jamoaviy) va Workout musobaqalari o'tkazildi.

Arqon tortish musobaqalarida
🥇-o'rin — Energetika va mashinasozlik fakultetiga va
🥈-o'rin — Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalari fakultetiga nasib etdi.

Armrestling bo'yicha
🥇-o'ringa — O.Xalimov (1A-23 Met);
🥈-o'ringa — B.Ergashev (13-24 EEE);
🥉-o'ringa — Sh.Mardonov (13-24 EEE) sazovor bo'ldi.

Workout bahslarida esa

🥇-o'rin — O.Xalimovga (1A-23 Met);
🥈-o'rin — I.Mamadiyevga (13-24 EEE);
🥉-o'rin — M.Xamdamovga (1A-24 Met) nasib qild
i.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

10 Jan, 16:53


#TTJda

⚡️Elektr texnikasi va elektr mexanikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Energetika va mashinasozlik fakultetidagi 1-sonli TTJdagi talabalarga "Simurelay Simulink" dasturi bo‘yicha amaliy tushuntirish ishlari o‘tkazildi.

📌Uchrashuv davomida dasturiy ta’minotning asosiy funksiyalari, simulyatsiya jarayonlari va ularning real muammolarni hal etishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

📌"Simurelay simulink" dasturi bo‘yicha berilgan bilimlar kelajakda talabalar uchun fan-texnika va ishlab chiqarish sohasida samarali yondashuvlarni qo‘llashda muhim ahamiyat kasb etadi
.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

10 Jan, 14:02


#xotin_qizlar_kengashi_faoliyatidan

Energetika va mashinasozlik fakulteti xotin-qizlar kengashi tomonidan qishki taʼtilni tamomlab, dars mashg‘ulotlariga qaytgan, 1-sonli TTJda istiqomat qilayotgan qizlar holidan xabar olinib, ular bilan suhbatlashildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

07 Jan, 06:01


#TTJ

TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi fakulteti hududida joylashgan Talabalar turar joyi hamda Ohangaron shahrida joylashgan 1-sonli Talabalar turar joylarida talabalarning qishki ta'tildan qaytishi munosabati bilan ularni qabul qilishga tayyorgarlik holati o‘rganildi. TTJ binolarining isitish va yoritish tizimlari, tozalik holati ko'rib chiqildi.


Talabalar turar joyi talabalarni qabul qilish uchun tayyor holatda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

24 Dec, 06:15


#OAV_biz_haqimizda

🇺🇿Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi mutasaddi vakillari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining fakultetlari BT faoliyati va ish sharoitlarini oʻrgandilar hamda talabalarga badiiy kitoblar sovgʻa qildilar.

🔴Tafsilotlar "Nurafshon" telekanali lavhasida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

24 Dec, 03:39


#OAVda
#maʼrifat_ulashib

⚡️Maʼrifat karvoni TDTU Olmaliq filialida

⚡️ TDTU Olmaliq filialida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar Nurilla Choriyev, Alisher Mirzo, Sardor Hamroyev bilan bo‘lib o‘tgan ijodiy uchrashuv 
#OKMK_TVda

Batafsil:👇
https://youtu.be/Q27X2_nF2EY

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

23 Dec, 11:27


#TTJ

🔷TDTU Olmaliq filiali Energetika va mashinasozlik fakulteti Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi katta o'qituvchisi Sh.Xojibekova va Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi assistent G.Toshtemirova tomonidan Talabalar turar joyidagi yo'nalish talaba qizlari o'rtasida sportning shashka va shaxmat turlari bo'yicha o‘yinlar o'tkazilib, g'oliblar aniqlandi.Talaba qizlar o'rtasida o'tkazilgan musobaqa ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishga ham yordam beradi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

03 Dec, 12:12


#9_dekabr_Xalqaro_korrupsiyaga_qarshi_kurashish_kuni

⚡️Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida 13-noyabrdan 13-dekabrgacha "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida hamda "9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Batafsil:👇
https://tdtuof.uz/tdtu-olmaliq-filialida-ochiq-eshiklar-kuni/

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

02 Dec, 15:29


#yashil_makon_doirasida

Yashil makonda zaminning xush ovozi!

📌Qishning izg‘irinli kunida issiqxonadagi iliqlik va go‘zallik. TDTU Olmaliq filialida tashkil etilgan yashillik va jonli burchak sizga bahoriy kayfiyat ulashadi.

⚡️Qushlar simfoniyasi kuzning ohanglari ila qish sonatasiga aylanib, ko‘ngillarda ajib ilig‘lik uyg‘otadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

21 Nov, 11:59


#Yong‘in_xavfsizligi_oyligi

⚡️Joriy yilning 15-noyabrdan 15-dekabrgacha respublikamizda o‘tkazilayotgan "Yong‘in xavfsizligi oyligi"da faol ishtirok eting! Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling!


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

21 Nov, 11:35


#yil_talabasi
#tanlov

Oliy ta’lim muassasalari talabari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan “Yil talabasi” tanlovi TDTU Olmaliq filialida ham tashkil etilib, har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘olib talabalar aniqlandi.


⏺️"Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi":

1-o‘rin - Diyorbek Sulxonov
2-o‘rin -Temur Sodiqov
3-o‘rin - Sevinch Darxonova

⏺️"Yilning eng faol targ'ibotchi talabasi":

1-o‘rin - Asadbek Abdazim
2-o‘rin - Dilshod Obidjonov
3-o‘rin - Diyorbek Isroilov

⏺️"Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi"

1-o‘rin - Diyorbek Tursunsaidov
2-o‘rin - Ominaxon Xusniddinova
3-o‘rin - Jamshid Chinniboyev

⏺️"Yilning eng faol sportchi talabasi"
1-o‘rin - Zarina Uktamova
2-o‘rin - Jasurbek Ochilov
3-o‘rin - Olmos Abdurahmonov

⏺️"Yilning eng faol iqtidorli talabasi":
1-o‘rin - Zilola Anorboyeva
⏺️ "Yilning eng faol ijodkor talabasi":
1-o‘rin - Bunyod Mahmudov
2-o‘rin - Rajabbek Po‘latov
3-o‘rin- Diyorbek Hazratqulov
⏺️"Yilning eng faol tadbirkor talabasi":
1-o‘rin - Mahliyo Po‘latova
2-o‘rin - Dilnavoz To‘ychiyeva

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

21 Nov, 10:12


#davra_suhbati

📌TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya va Kimyoviy texnologiyalar fakulteti rahbariyati hamda Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi professor-o'qituvchilari 1-bosqich talabalari bilan odob-axloq masalalari, ilm-fan, ilmiy rahbarni qanday tanlash, ilmiy maqola va tezis yozish tartibi hamda boshqa masalalar bo'yicha davra suhbati o'tkazishdi. Suhbat davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

21 Nov, 08:00


#profilaktika_kuni
#qalqon

⚡️Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarida payshanba kuni xavfsizlik profilaktikasi kuni deb belgilangan. TDTU Olmaliq filialining jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotgan “Qalqon” talabalar guruhi a’zolari uchta fakultetda ham o‘rganish ishlarini olib bormoqdalar.

⚡️Albatta, bu kabi o‘rganish ishlari talaba yoshlarni ogohlikka, turli xil salbiy holatlarning oldini olishga da’vat etadi. Ogoh bo‘ling, yoshlar, hayotingiz o‘z qo‘lingizda!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

21 Nov, 07:00


#bilasizmi

⚡️Xotin-qizlarga o‘qishga kirish imkonini beradigan 2 ta tavsiyanoma beriladi.

📋 1-turdagi tavsiyanoma — ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratiladigan 2000 ta o‘rin uchun tavsiyanoma;

📋 2-turdagi tavsiyanoma — 5 yillik stajga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun 500 talik kontrakt o‘rin uchun tavsiyanoma.

🙎‍♀️ 5 yillik stajliklar ayni paytda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tuman/shahar bo‘limlariga tavsiyanoma uchun ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Ariza uchun oxirgi muddat — 1-iyun.

Sharti: o‘rta ma’lumotli bo‘lish; kamida 5 yillik stajga ega bo‘lish; birorta OTMda o‘qimayotgan bo‘lish.

🤵‍♀️ 2000 talik o‘rin uchun hali arizalar har yili 30-maydan 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

Bu kategoriyaga mos keluvchilar:
✔️Kam ta’minlangan oila farzandi;
✔️Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila farzandi;
✔️Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
✔️14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;
✔️Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlar;
✔️Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

08 Nov, 10:32


#besh_tashabbus

⚡️Talabalarni sog’lom turmush tarziga rioya qilishini ta’minlash va ularning darsdan bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalari fakultetida besh tashabbus doirasida sportning voleybol turi bo’yicha fakultetning 1-3-kurs talaba-qizlari orasida musobaqa tashkil etildi.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

08 Nov, 05:57


#jadidlar_va_yoshlar
#adiblar_xiyoboni

⚡️TDTU Olmaliq filiali jamoasi Adiblar xiyobonida. “Jadidlar va yoshlar harakati” tadbiridan videolavhalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

08 Nov, 05:53


#jadidlar_va_yoshlar
#adiblar_xiyoboni

⚡️TDTU Olmaliq filiali jamoasi va talabalari Adiblar xiyobonida. “Jadidlar va yoshlar harakati” tadbiridan fotolavhalar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

31 Oct, 11:39


#tyutor_faoliyatidan
#ekskursiya

Energetika va mashinasozlik fakulteti 1-bosqich 9b-24 TMJ guruh talabalari Olmaliq shahrida joylashgan "O‘lkashunoslik" muzey eksponatlari bilan tanishdilar.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

31 Oct, 11:11


#Qalqon_reyd

📌TDTU Olmaliq filialida”Qalqon” jamoatchilik guruhi o'z faoliyatini davom ettirmoqda. Xabaringiz bor, haftaning har payshanba kuni OTM larda "Talabalar xavfsizligi kuni" joriy etilgan.

📌Oliygohimizda ham bu dastur keng miqyosda tashkil etilmoqda. Bu jarayonda barcha fakultetlarda erta tongdan fakultet "Qalqon" guruhi a'zolari va fakultet koordinatorlari faol ishtirok etishmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz

TDTUOF | Rasmiy kanali

25 Oct, 11:31


#davra_suhbati

🔹Bugun Energetika va mashinasozlik fakultetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etilib, unda talabalarda ekstremizm, radikalizm va boshqa shu kabi buzg‘unchilik ruhidagi yot g‘oyalardan ogoh bo‘lish zarurligi tushuntirildi.

🔹Davra suhbati o‘tkazilishidan maqsad - talabalarning buzg‘unchi mafkuralarga qarshi immuniteti muayyan darajada mustahkamlanishiga erishish nazarda tutilgan.

https://t.me/TDTUOFUZ

TDTUOF | Rasmiy kanali

25 Oct, 09:48


#kengash

TDTU Olmaliq filialining bo‘lib o‘tgan navbatdagi Kengashi kun tartibidagi birinchi masala - joriy yil 27 oktyabrda o‘tkaziladigan Parlament va mahalliy Kengashlari saylovida ishtirok etayotgan partiyalarning dasturlari haqida, TDTU OF jamoasining saylovda faol ishtirok etishini ta’minlash xususida B.Djamiev so‘zga chiqdi.

Xorijiy hamkor OTMlar bilan olib borliayotgan o‘quv-ilmiy ishlar, xorijiy davlatlarda malaka oshirish va stajirovka, filial huzuridagi akademik litsey faoliyati samaradorligi haqidagi masalalar ham ko‘rib chiqildi. Shuningdek, OAKga dotsentlik ilmiy unvonini olishga da’vogarlarni tavsiya etish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Kengash raisi A.U.Samadov tomonidan Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchisi A.Fatxiddinovga Oliy attestatsiya komissiyasining dotsent attestati topshirildi.

Kengash kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlarni qabul qildi.

https://t.me/TDTUOFUZ

3,495

subscribers

14,608

photos

1,672

videos