Последние посты Taomlanish ilmi (@taomlanish_ilmi) в Telegram

Посты канала Taomlanish ilmi

Taomlanish ilmi
📚 Taomlanishga oid asoslangan tibbiy-ilmiy ma'lumotlar berib boriladi.
🎓 Muallif: @doctorferuz
⚖️ TMI: @tanamassaindeksi_bot
📥 Reklama: @taomlanish_ads
23,422 подписчиков
1,739 фото
54 видео
Последнее обновление 11.03.2025 18:51

Похожие каналы

Hubbuna
20,661 подписчиков
Doctor Ziyod 🩺
11,375 подписчиков
Azimjon's Fikrlog
11,352 подписчиков

Последний контент, опубликованный в Taomlanish ilmi на Telegram

Taomlanish ilmi

19 Nov, 05:01

48,485

34. Mavsumiy GRIPP kasalligi yoki shamollash muolajasi.
Retsept:

— Organizmda bu vaqtda intoksikastiya (zaharlanish) boʻladi. Bularni tezroq chiqarib yuborish uchun tez-tez suyuqlik (suv, choy, kompot va hokazo) iching. Qolaversa suyuqlik isitmani ham tushiradi.
— Na’matakdan (shipovnik) damlama qilib, kunda 0,5-1 litr iching. Bu kuchli antioksidantlarga, vitamin “C” ga boy. Bemor uchun bular juda muhim.
— Karam, qizil lavlagi, sholgʻomdan iborat shoʻrva yoki salat qilib iste’mol qiling. Bular immunitetni kuchaytiradigan sulforafan moddasiga juda boy.
— Tana harorati 39° darajadan oshib ketmasa isitma tushiradigan preparatlar ichmang! Bu harorat infeksiyaga qarshi ishga tushgan organizmni himoya reaksiyasi hisoblanadi. Mustaqil kurashuvchanligini soʻndirmang.

@taomlanish_ilmi
Taomlanish ilmi

17 Nov, 06:36

37,579

33. ANEMIYA (temir taqchil kamqonlik) muolajasi.
Retsept:

— Yegan taomingizni tarkibidagi temir (Fe) elementi ichaklarda yaxshi soʻrilishi uchun vitamin “C” ga boy: limon, apelsin, mandarin, qizil bulgʻorni ovqat bilan yeyishingiz kerak.
— Tadqiqotdan ma’lumki, kofe temirni soʻrilishiga 40% gacha, choy esa hatto 98% gacha qarshilik qiladi. Shuning uchun kofe va choyni ovqatdan kamida 1 soat oldin yoki 2 soatdan keyin iching.

@taomlanish_ilmi
Taomlanish ilmi

03 Nov, 09:23

38,284

32. OSTEOPOROZ (suyak yemirilishi)
Retsept:

— Kalsiy va D vitaminiga boy mahsulotlar — sut, pishloq, tvorog, qatiq, koʻkatlar, tuxumni muntazam iste’mol qiling.
— Mineral suvlar ichishga harakat qiling.

@taomlanish_ilmi
Taomlanish ilmi

29 Oct, 05:10

43,655

31. BUYRAK-TOSH kasalligini oldini olish uchun har kuni yetarlicha suyuqlik (suv, choy) ichish kerak. Kamida (350 ml’lik) 5 stakan.

Buyraklarda suyuqlik almashinuvi yaxshilansa (tezlashsa) tosh hosil boʻlmaydi.

@taomlanish_ilmi
Taomlanish ilmi

26 Oct, 06:36

49,509

30. INSULTNI oldini olish uchun
Retsept:

— Kofe ichish (Manba)
— kunda kamida 5-6 stakan suv ichish. Bu qonni suyultiradi, miyada qon aylanishi yaxshilaydi.
— Kunda 20-30 daqiqa jismoniy faollik kerak. Hech boʻlmasa shuncha vaqt piyoda yuring. Bu ham bosh miyada qon aylanishini yaxshilaydi, qon tomirlarini elastikligini oshiradi.

@taomlanish_ilmi
Taomlanish ilmi

26 Oct, 06:32

40,705

29. JIGARNI SURUNKALI kasalliklarini 50% gacha oldini olish uchun kunda 3-4 chashka (125 ml’lik) kofe iching.
Manba

@taomlanish_ilmi
Taomlanish ilmi

21 Oct, 09:26

37,742

Bugun 21-oktyabr, oʻzimizning til — Oʻzbek tili bayrami kuni.

OʻZBEK TILI

Koʻksim ichra bir sharor oʻzbek tili,
Etgay olamni bahor oʻzbek tili.

Sochgay ochunga goʻzal chechaklarin,
Yogʻsa ham boshida qor, oʻzbek tili.

Bitta turkiy til daraxtin shoxlari – 
Turk, qozoq, qirgʻiz, totor, oʻzbek tili.

Soʻz bitiktoshlarda or-nomus boʻlib,
Toshni ham soʻylatdi zor oʻzbek tili.

Qoldi Yofasdan aziz yodgor boʻlib,
Parchalanmas bir diyor –  oʻzbek tili!

Tutma pinhon: olam ichra boʻldi goh,
Doʻstga zor, dushmanga xor oʻzbek tili.

Necha imlo oʻzani oʻzgardi-yu,
Oqdi mangulikka yor oʻzbek tili.

Doʻst bu tilni bemalol oʻrgangusi,
Yovni etgay toru mor oʻzbek tili.

Yassaviy, Bobur, Alisher, Mashrabing
Topdi sen deb eʼtibor, oʻzbek tili!

Qaysi tilkim, boʻlsa Haqning zikrida,
Ul lisonga Tangri yor, oʻzbek tili!

Yashna, ey dil, bu jahon chiltorida,
Hech uzilmas bitta tor –  oʻzbek tili!

Toki olam barqarordir, to abad,
Olam ichra barqaror oʻzbek tili!
@M_Kenjabek she’ri.

@doctorferuz
Taomlanish ilmi

13 Oct, 10:14

39,728

28. XOTIRANI MUSTAHKAMLASH uchun retsept:

— Yongʻoqlar (har qanday turi) yeyish kerak. Bosh miyani asosini yogʻlar tashkil qiladi, yongʻoqlarda esa aynan shu turdagi foydali yogʻlar bor.
— Kunda 1-2 ta meva yeyish kerak. Tarkibidagi vitaminlar neyronlarni stabil ishlashi uchun muhim.
— Qattiq non yeb turish kerak (agar tishlar butun boʻlsa, yeya olsangiz). Jagʻni qisqa-qisqa, keskin va qattiq harakatlari bosh miyada qon aylanishini yaxshilaydi.
— Miya “mushaklari”ga mashq qilish kerak — oʻqish, masalalar yechish, krossvord va sudokularni ishlash, she’r va tez aytishlarni yodlash bilan boʻladi.

@taomlanish_ilmi
Taomlanish ilmi

01 Oct, 04:53

33,328

Barcha ustozlarimni menga oʻrgatgan har bir harfi uchun minnatdorman! Sizlar sabab dunyo oʻz oʻrnida, yorugʻ va rang-barang… Sizlarni yaxshi koʻraman! Dard koʻrmang!

@doctorferuz
Taomlanish ilmi

30 Sep, 06:08

38,521

27. PROSTATA ADENOMASI muolajasi.
Retsept:

— Pomidor kunda kamida 1 dona yeyish (sokini chiqarib ichish ham yaxshi). Tarkibidagi likopin moddasi davolaydi.
— Zigʻir urugʻini yanchib (maydalab, un holatiga keltirib) kunda 1-2 osh qoshiqdan, kunni xohlagan vaqtida yeyish kerak.

@taomlanish_ilmi