📚 Taomlanishga oid asoslangan tibbiy-ilmiy ma'lumotlar berib boriladi. 🎓 Muallif: @doctorferuz ⚖️ TMI: @tanamassaindeksi_bot 📥 Reklama: @taomlanish_ads
Le dernier contenu partagé par Taomlanish ilmi sur Telegram
Taomlanish ilmi
09 Mar, 15:29
4,059
Ramazon trekeridan foydalanyapsizmi?
Uzoq yillik tajribamdan kelib chiqib tayyorlaganman. Ishlaydi, foydalaning!
Foydalanayotganlar bildiring🔥
@doctorferuz
Taomlanish ilmi
28 Feb, 13:47
11,504
39. Qon bosimini tushirishda tabiiy usullar:
— Tuz iste’molini kamaytirish qon bosimini pasaytirishga yordam beradi.
— Kaliyga boy oziq-ovqatlar — banan, apelsin, kartoshka kabi mahsulotlar kaliy manbai bo’lib, ular qon bosimini tartibga solishda yordam beradi.
— Stressni boshqarish — meditatsiya, nafas olish mashqlari stressni kamaytirib, qon bosimini pasaytirishi mumkin.
— Jismoniy faollik — hech boʻaganda kunda 20 daqiqa yurish yurak salomatligini qo’llab-quvvatlaydi.
Amerika yurak assotsiatsiyasi (AHA) tavsiyasi asosida tayyorlandi.
@taomlanish_ilmi
Taomlanish ilmi
22 Feb, 14:32
14,239
RAMAZONGA TAYYORMISIZ?
— Kuchli chanqoqdan — Bosh og'rig'idan — Qabziyatdan — Qon bosimini tushishidan — Qon quyuqlashishidan — Ko'p yeb qo'yishdan qiynaladi.
Bularga yechim berish maqsadida RAMAZON TREKERI ishlab chiqqanman. Buni sizga sovgʻa qilaman.
Trekerni olish uchun pastdagi havolaga bosing👇 https://bit.ly/TREKER https://bit.ly/TREKER
@doctorferuz
Taomlanish ilmi
20 Feb, 14:14
4,754
O‘tgan yili "Har yilgi Ramazonda qanday muammolarga duch kelar edingiz?" savoli ostida tadqiqot o‘tkazgan edik.
Eng ko‘p kelgan javoblar shular bo‘lgan:
1. Kun davomida bosh og‘rig‘i 2. Holsizlik va kuchli toliqish 3. Stress 4. Kuchli chanqash 5. Kuchli ochlik 6. Ramazonda semirib ketish 7. Qabziyat 8. Qon bosimini tushib ketishi 9. Jig‘ildon qaynashi 10. Ko‘p yeb qo‘yish bilan bog‘liq muammolar 11. Foydali nima tayyorlasam ekan deb o‘ylardim
Sizda ham shundaymi? 🔥 bildiring, gap bor)
@doctorferuz
Taomlanish ilmi
08 Feb, 18:01
15,207
Tezkor xabar!
@doctorferuz
Taomlanish ilmi
30 Jan, 14:55
25,546
Vanihoyat kofe haqidagi videoni youtube kanalimga joyladim. Hazil-hazil bilan 18 ta tadqiqot xulosasini kiritibman.
Xullas, videoni kofe ichiiib, mazza qilib ko'ring!
Ko'rish uchun👇 https://youtu.be/5u_F2iJtzIU
@doctorferuz
Taomlanish ilmi
06 Jan, 09:15
39,836
38. Immunitetni pasaytiradi:
1. Kayfiyatsizlik, doimiy stress 2. Uyquni sifatsizligi va davomiyligini kamligi 3. Yetarlicha suyuqlik ichmaslik 4. Quyosh nurlarida toblanmaslik 5. Harakatsizlik (gipodinamiya) 6. Yetarlicha oqsil yemaslik 7. Gipo- yoki avitaminozlar
Ho'sh, nima qilish kerak? Barakalla, shularni aksini qilish kerak!
1. Fe'lingizni keng qiling, bo'lar-bo'lmasga e'tibor bermang, turli yangilik va xabar kanallarni ko'rmang, kuzatmang. O'zingiz bilan holi qolib turing, ozgina tabiatga chiqib piyoda yuring.
2. Uyquni optimal davomiyligi 6-9 soat. Sifatini oshirish uchun esa xonani ko'zga yorug'lik tushmaydigan, qorong'u qilib uxlash kerak.
3. Kunda kamida 6-7 stakan toza suv iching. Bu yuqori nafas yo'llarini yuqori namligini saqlab, o'sha a'zolardagi mahalliy immunitetni doimiy faol bo'lishini ta'minlaydi.
4. Kunda yarim-bir soat tashqarida, quyosh nurlari tushib turadigan joylarda sayr qilish yoki shunchaki o'tirish, turish mumkin.
5. Faol hayot kechiradiganlar nofaol kishilarga nisbatan 80% gacha yuqumli kasalliklar bilan kasallanmaydi. Kasallansa ham yengil o'tadi. Faol deganda faqat zalga borish tushunish kerak emas, uy ichida ham harakatlarni ko'paytirsa bo'ladi.
6. Oqsilga boy mahsulotlarni ratsionda ko'paytiring. Bular immun tanachalarni shakllanishi uchun eng asosiy qurilish materiali hisoblanadi.
7. Kunda bir mahal bo'lsada meva yoki salatlar yeb turish kerak. Shunda vitamin yetishmasligida muammo bo'lmaydi.
@taomlanish_ilmi
Taomlanish ilmi
04 Jan, 09:11
30,844
37. Ayollik gormonlarini tartibga solishda yordam beradigan, fitoestrogenlarga boy bo'lgan eng yaxshi mahsulot bu — loviya.
Haftada kamida ikki marta iste'mol qiling, tez orada sezasiz foydasini. Har qanday ko'rinishda pishirish mumkin va bunda foydaliligi kamaymaydi.
@taomlanish_ilmi
Taomlanish ilmi
23 Dec, 09:22
32,973
36. SOVUQ havoda qanday taomlanish kerak?
— Doim issiq ovqatlar isteʼmol qilishga harakat qiling. — Oqsilga boy taomlar tanani qizdiradi. Sababi oqsilni issiqlik samaradorligi (TEF) boshqa nutriyentlarga nisbatan yuqori. Oqsilli mahsulotlar: Dukkaklilar, pishloq, tvorog, baliq, go'sht mahsulotlari (ayniqsa qo'y go'shti - issiqlik) — Sabzavotlardan: sholgʻom, qizil sabzini koʻproq iste’mol qiling. — Quruq mevalar, ayniqsa mayiz, turshak, yongʻoqlar nonushtaga yeyilsa yaxshi.
@taomlanish_ilmi
Taomlanish ilmi
12 Dec, 04:56
37,098
35. BOʻY OʻSTIRISH uchun retsept:
— Kamqonlik (anemiya) bolalarda boʻy oʻsishini ortda qolishiga sabab boʻlishi mumkin. Anemiya muolajasi👈 — Homiladorlikni rejalashtirishda onadagi kamqonlikni muolaja qilish kerak. Anemiya onadan tugʻilgan bolani boʻy oʻsishda ortda qolishi isbotlangan. — Vitaminlardan “D”, “A” va B guruhi kerak. “D” manbai: quyosh, “A” manbai: sariq (qizgʻish) rangli mahsulotlar (sabzi, oshqovoq), “B” manbai: meva, koʻkatlar. — Tepaga sakraganda qoʻli yetar-yetmas jism ilib qoʻyib, shunga har kuni 15-20 daqiqa sakrab, unga yetishga harakat qilish. Yetishni boshlaganda yana biroz koʻtarib qoʻyish.