Últimas publicaciones de Taomlanish ilmi (@taomlanish_ilmi) en Telegram

Publicaciones de Telegram de Taomlanish ilmi

Taomlanish ilmi
📚 Taomlanishga oid asoslangan tibbiy-ilmiy ma'lumotlar berib boriladi.
🎓 Muallif: @doctorferuz
⚖️ TMI: @tanamassaindeksi_bot
📥 Reklama: @taomlanish_ads
23,422 Suscriptores
1,739 Fotos
54 Videos
Última Actualización 11.03.2025 18:51

Canales Similares

Соғлом ҳаёт
37,199 Suscriptores
Shaha Dolimov
19,697 Suscriptores
Doctor Ziyod 🩺
11,375 Suscriptores

El contenido más reciente compartido por Taomlanish ilmi en Telegram

Taomlanish ilmi

05 Sep, 03:39

24,310

17. Goʻshtni KOʻKATLAR bilan birga yeyishga sabab

Har qanday goʻsht, hatto tabiiysi ham kolorektal saraton (yoʻgʻon ichak va toʻgʻri ichak oʻsma kasalligi) rivojlanishiga sabab boʻlishi mumkin. Xalqaro Saraton tadqiqotlari agentligi (XSTA) bundan ogohlantiradi!

Bunga asosiy sabab goʻshtga qizil rang beruvchi pigment — gem moddasidir. Gemni zararli ta’siridan himoya qiluvchi modda — yashil rangli xlorofill pigmentidir. U yashil rangga ega oʻsimliklarda koʻp miqdorda boʻladi.

«Qizilni yashil yengishi» taʼsiri Gollandiya olimlari tomonidan 9 yil davomida 120 ming kishini kuzatgan tadqiqoti bilan tasdiqlangan. Demak, goʻsht va goʻshtli taomlar bilan doim yashil rangli koʻkatlar isteʼmol qilish kerak.

@taomlanish_ilmi
Taomlanish ilmi

04 Sep, 07:38

19,639

16. JIGAR salomatligi uchun

Oshqovoqni turli koʻrinishlarda: somsa, manti, shirguruchga solib, oʻzini duxovkada pishirib, turli salatlarga qoʻshib isteʼmol qilsa boʻladi. Hattoki uni bir yoshgacha boʻlgan bolalarga pishirib, ezib berish mumkin.

Oshqovoq tarkibida kuchli antioksidant — flavanoidlar judayam koʻp. Bu moddalar jigar hujayralarini turli toksinlardan himoya qiladi va tiklaydi.

@taomlanish_ilmi
Taomlanish ilmi

02 Sep, 03:39

20,486

15. SHAMOLLAGANDA eng yaxshi ichimliklardan biri — na’matak damlamasi hisoblanadi. Bu ham immunitetni mustahkamlaydi.

Tayyorlanishi: 4-5 osh qoshiq quruq mevasini (ikkiga boʻlib) 1 litr suvga solinadi va bir qaynab chiqqandan keyin oʻchirilib, damlab qoʻyiladi. Tabga koʻra asal qoʻshish mumkin.

@taomlanish_ilmi
Taomlanish ilmi

01 Sep, 07:50

19,348

14. Behi yeyish yurak xastaligini ketkazadi. (Taomlanishda nabaviy tavsiyalardan)

@taomlanish_ilmi
Taomlanish ilmi

31 Aug, 03:15

20,994

13. UZOQ VAQT OʻTIRISH — chanoq sohasida va oyoqlarda qon aylanishini buzilishiga olib keladi.

Bu esa kichik chanoq sohasi va oyoqlarda varikoz rivojlanishiga, shu soha a’zolarida (jinsiy a’zolar, yoʻgʻon ichakni oxirigi 2 ta qismi) qon aylanishini buzilishiga sabab boʻladi.

Doim oʻtirib ishlaydiganlar har soatda bir marta oʻrnidan turib, biroz aylanib kelish tavsiya qilinadi.

@taomlanish_ilmi