Talabalar | Rasmiy kanali @talabalar Channel on Telegram

Talabalar | Rasmiy kanali

@talabalar


• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!

• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

• Reklama: t.me/tijoriy/116

Talabalar | Rasmiy kanali (Uzbek)

Talabalar telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda ta'lim bilan bog'liq eng so'nggi yangiliklar, foydali malumotlar va talabalikning haqiqiy onlarini his qilish imkoniyati mavjud. Biz talabalarga yordam berish, ularning bilim va mehnatlarini qadrlash va ularning o'zlarini rivojlantirishga yordam berishga intilamiz. Kanalimizda o'z fikrlaringizni, tajribalaringizni, va savollarini ulashishingiz mumkin. Sizning maqolangizni, yangiliklaringizni va takliflaringizni kutib qolamiz! Agar siz ham talabalikning o'zi bilan bog'liq yangiliklardan xabardor bo'lishni istasangiz, to'g'ri manzilga qadam qo'ying! Bizning kanalimizda sizni kutib qolamiz! Reklama uchun: t.me/tijoriy/116

Talabalar | Rasmiy kanali

13 Feb, 13:38


📌 Abituriyentlarga maksimal ball
beruvchi chet tili sertifikatlari ro‘yxati


➡️Abituriyentlar uchun bakalavriat bosqichiga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati bilan tanishing.

Ushbu qarorga muvofiq, abituriyentning 🔤2️⃣ darajadagi chet tili sertifikati bo‘lsa, unda u chet tili fanidan maksimal ball oladi va shu fandan imtihon topshirib o‘tirmaydi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

12 Feb, 03:02


📌Har bir inson ko'rishi kerak
bo'lgan daxshatli video


Loqaydlik, bir-birini himoya qilmaslik, birlashmaslik, o'z huquqlarini poymol etilishiga yo'l qo'yib berish qanday oqibatlarga ilib kelishi talabalar misolida juda yaxshi tushuntirib berilibdi. Afsuski bungungi jamiyatimiz hamma shunday.

Barcha talabalarga yetkazib qo'ying!

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

10 Feb, 07:20


📌 Akademik ta’til olish tartibi haqida

00:25 Qanday holatlarda akademik ta’til olsam bo‘ladi?

01:13 Grantda o‘qiyman. Akademik ta’til davrida ham menga stipendiya beriladimi?

01:36 Akademik ta’til olish uchun universitetga qanday hujjatlar taqdim qilish kerak bo‘ladi?

03:00 Qizim surunkali kasalligi sababli darslarga 3 haftadan beri qatnasha olmayapti, shu sababli men qizimning o‘rniga akademik ta’til olish uchun ariza yozsam bo‘ladimi?

03:55 Akademik ta’til olish haqidagi murojaat qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?

04:30 Men 3-kursligimda sog‘ligimdagi muammolar sababli 1-yilga akademik ta’til olgandim. Hozirda mening yo‘nalishim tugatilgan ekan, men o‘qishimni yana shu yo‘nalishda davom ettira olamanmi ?

05:57 Akademik ta’tildan qaytganimdan keyin universitetga qanday hujjatlar taqdim qilishim kerak?

06:35 Akademik ta’til olsam, bir yilim “kuyadi”mi?

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

10 Feb, 07:03


Uzum va Alyona Vladimirskayaning yangi ta’lim loyihasi

Uzum ekotizimi karyera bo‘yicha ekspert Alyona Vladimirskaya bilan birgalikda Uzum Ustoz ta’lim loyihasini ishga tushirmoqda. Bu yosh mutaxassislar va oliy o‘quv yurtlarining yuqori kurs talabalari uchun uch oylik karyera boshlash dasturidir. Ishtirokchilar mahsulotlarni boshqarish, biznesni rivojlantirish, sotish va toifaviy menejment bo‘yicha ta’lim olishadi.

💡 Sizni nimalar kutmoqda
— Uzum menejerlaridan ma’ruzalar.
— Ekspertlar bilan birgalikda haqiqiy biznes-keyslar ustida ishlash.
— O‘zbekistonning birinchi IT-yakkashoxi jamoasining bir qismi bo‘lish imkoniyati.

📅 Qachon
Arizalar 10-fevraldan 22-fevralgacha qabul qilinadi.
Oflayn darslar 2-martdan boshlanadi va har hafta yakshanba kuni oflayn formatda o‘tkaziladi.

📝 Qanday qilib a’zo bo‘lish mumkin
Saytda ariza qoldiring, biz siz bilan bog‘lanib, uchrashuvga taklif qilamiz.

🚀 Uzum Ustoz'ga qo‘shiling va O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotining kelajagini qurayotgan jamoaning bir qismiga aylaning!

📍 Dastur haqida batafsil ma’lumot va ariza topshirish: sahifa

Talabalar | Rasmiy kanali

08 Feb, 14:25


UXLAMA, ABITURIYENT!

Hoy abituriyent uxlama,
Yengilmagin g'aflatga.
Yaqin qoldi imtihon,
Qolib ketma kulfatga.

Ota-onang sen uchun,
Ishlamoqda tinmayin.
Uxlolmaydi tunlari,
Dam neligin bilmayin.

O'ylayapsan o'zingcha,
"Yiqilsam ne bo'lardi,
Baxtimga dadam borku
Kontraktim to'lardi".

Agar budjetga o'tsang
Otang hafa bo'larmu?
Yoki mushtipar onang
Baxtsiz bo'lib qolarmu?

Yigitlar hayolingiz,
Olmoqda qizlar balki.
Qalamqoshlar, zebolar
Hoy-havasku shunchaki!

Hoy, uzunsoch ishonma,
Alpqomatning so'ziga.
O'qishga o'tib ketsa,
Ko'rinmaysan ko'ziga.

Yaxshisi har biringiz,
O'ylangiz imtixonni.
Keyin topib olarsiz,
Alpqomat-u, jononni!!!

To'g'ri vaqtimiz ham,
Oz qoldi o'zi juda.
Shularni ham o'ylab SIZ,
Vaqt o'tkazmang bexuda.

Bilmingizga ishoning,
To'ldiring kamingizni.
Axir birov (sizni) o'ylamas,
Bilmaydi g'amingizni.

Mehnat qilgan albatta,
Yetadi murodiga.
Rahmatlar keltiradi,
Avlod-u ajdodiga.

Hali ko'o'o'p yozardimu,
Dars tayyorlash kerakda.
Shoirlik bir kasallik,
Bo'sh vaqtda ermakda.

Xullas har biringizga,
OMAD tilab qolaman.
Inshaalloh sizlarni,
Poytaxtda kutvolaman!

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

08 Feb, 13:03


Merhaba

🤫 Turk tilidan ONLAYN darslarga start berdik Turk tilini TURK ustozdan o'rganishga nima deysiz ?.
👩‍💻 Ustoz: FEYZANUR KÜÇÜK TURKİYALİK
📚 Turk tili va Adabiyoti o'qituvchisi
🌍Chet-elliklarga Turk tili dars o'tish mutaxassisi.
👩‍🎓Yüksek lisans mezunu

🪂 5-yildan buyon Chet-elliklarga 🇹🇷 TURK tilidan dars berib keladi.
📌 Hozirgi kunda : YEVROPA 🇪🇺 AFRİKA 🇸🇳 va OSİYO 🇺🇿🇰🇷 qit'alarida
oʻquvchilari bor.
🏆Juda koʻplab oʻquvchilari: B2 C1 sertifikat olgan
🧏‍♀ Dars TURK tilida olib boriladi. Darslarni muammosiz tushunasiz, xatto Araplarga Turk tilida dars berayotgan ustoz.
🙋 Darslarga yaxshi qatnashsangiz 0 dan B2 sertifikatga 3 4 oy ichida erishasiz İnshalloh

🤺 İMTİHONGA va
C1 sertifikatga tayyorlov
Turli darajadagi A1 A2 B1 B2 C1 SAVİA darslar mavjud
Til o'rganmaslikga endi bahona yoʻq.

👉 Turk tilini xatolarsiz o'rganing

💲 Narx barcha uchun qulay.

Murojaat uchun: @Sardorbek19961304

Kanalga qoʻshiling
Kanal linki : https://t.me/+TyJJTKNxdoRiYzAy

Talabalar | Rasmiy kanali

08 Feb, 11:08


Oltin va kumush medallar kimlarga beriladi?

🥇 Oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

🥈 Kumush medal uchun esa yillik baholar a’lo bo‘lishi yetarli.

Oltin va kumush medallarni belgilangan talablar asosida berilishiga maktab direktori javobgar.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

08 Feb, 09:55


📌Talabalarga firibgarlar tomonidan “kontraktdan qarzdorligingiz bor” mazmunidagi feyk xabarlar yuborilmoqda

Davlat universiteti talabalariga firibgarlar tomonidan turli telegram raqamlar orqali “Kontraktdan qarzdorligingiz bor”, mazmunidagi feyk “ilovalar” yuborilmoqda.

Avvalroq, xususiy universitet talabalariga ham firibgarlar tomonidan turli telegram va SMS orqali “Kontraktdan qarzdorligingiz bor, karta raqamga o’tkazing!”, “Semestringizni yopishimiz kerak” mazmunidagi feyk xabarlar yuborilgan edi.

🔖Ma’lumot o’rnida, hech bir oliygohda kontrakt uchun pul kartaga o‘tkazilmaydi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

07 Feb, 06:01


❗️Talabalar kontraktining 35 foizi to‘lab beriladi!

📝 Quyidagi talabalar uchun kontraktning 35% qismini O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoplab beradi:
▫️O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘taganlarS
▫️Harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar
▫️To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar.

📆 Arizalar 15 fevralga qadar universitet yoshlar yetakchisi tomonidan qabul qilinadi!

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

07 Feb, 03:28


Buxoro viloyatida sayyor qabul

📋 Bilimni baholash agentligi tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

📆 Navbatdagi sayyor qabul Bilimni baholash agentligi direktori Majid Karimov tomonidan Buxoro viloyatida o‘tkaziladi.

Sayyor qabul:

📍7-fevral kuni soat 11:30 da – Bilimni baholash agentligining Buxoro viloyatidagi bo‘limi binosi(Buxoro tumani "Bog‘idasht" MFY. Mo‘ljal: Buxoro shahri 7-kichik tuman 43-maktab orqa tomoni)da bo‘lib o‘tadi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

06 Feb, 03:17


📌 Magistratura va doktorantura uchun talab etiluvchi sertifikatlar ro'yxati (yo'nalishlar kesimida)

Qaysi yo'nalishga C1 shart?
Qaysi yo'nalishga B2 kerak?
Qaysilariga B1 ham bo'ladi?

2024-2025 o‘quv yili Magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tili sertifikatlari yo‘nalishlar kesimida taqdim etilmoqda.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

05 Feb, 04:24


📌 Talabalar stipendiyasi bo‘yicha ayrim tushuntirishlar

Yangi o‘quv yili boshlangani munosabati bilan barcha talabalar, ayniqsa, 1-kursga kirganlar stipendiya bo‘yicha quyidagi qoidalarni bilib qo‘yishsa zarar qilmaydi:

1️⃣ Davlat grantida o‘qiydiganlar uchun:

👉 umumiy qoidaga ko‘ra, davlat grantida o‘qiydiganlarning barchasi bazaviy 517 ming 880 so‘m stipendiya oladi;

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba semestr yakunida barcha fanlardan “aʼlo” (5) baho (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) olsa, unda unga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holda, yaʼni hozirda 621 ming 456 so‘m miqdorida stipendiya tayinlanadi;

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba 30% va undan ortiq fanlardan “qoniqarli” (3) baho (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) olsa keyingi semestr davomida stipendiya to‘lanmaydi.

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba barcha fanlarni to‘liq 5 bahoga yopmagan yoki 30%dan ko‘prog‘ida 3 baho olmagan bo‘lsa, unda unga bazaviy stipendiya — 517 ming 880 so‘m tayinlanadi.

2️⃣ To‘lov-kontrakt asosida o‘qiydiganlar bo‘yicha:

👉 agar talaba stipendiyali kontrakt to‘lagan bo‘lsa, unda har oy o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qatʼi nazar bazaviy 517 ming 880 so‘m stipendiya oladi, agar stipendiyasiz to‘lagan bo‘lsa, unda olmaydi;

👉 agar to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan talaba semestrda barcha fanlarni “5” bahoga yopsa, unda quyidagicha stipendiya oladi:

kontraktni stipendiyali to‘laganlar — 621 ming 456 so‘m (517 880 + 103 576);

kontraktni stipendiyasiz to‘laganlar — 103 ming 576 so‘m (517 800 so‘mdan 20%).

❗️Demak, hattoki stipendiyasiz kontraktda o‘qiyotgan talabalar ham barcha fanlardan “5” baho olsa, unda ularga OTMning Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan 103 ming 576 so‘m stipendiya tayinlanadi. Stipendiyali kontraktda o‘qiyotganlarniki esa 20%ga ko‘p, yaʼni 621 ming 456 so‘m tayinlanadi;

👉 to‘lov-kontraktni stipendiyali to‘lagan talabalar sessiyani 3 yoki 4 bahoga yopishidan qatʼi nazar, ularga kafolatlangan har oylik 517 ming 880 so‘m stipendiya beriladi.

3️⃣ Alohida toifadagi talabalarning stipendiya olishi:

avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan o‘zlashtirayotgan (fanlardan qarzi bo'lmagan) talabalarga (grant yoki kontrakt) stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 so‘m (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar to‘liq davlat taʼminotida bo‘lgan o‘zlashtirayotgan (fanlardan qarzi bo'lmagan) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 so‘m (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

Barcha javoblar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi 59-son qarori asosida tayyorlangan.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

04 Feb, 03:35


📌 Milliy sertifikat kimga qanday imtiyoz beradi?

Javob quyidagicha:

1️⃣) Agar o'qituvchi milliy sertifikat imtihonida 80% yoki undan yuqori natijani qo'lga kiritsa, oylik maoshiga 20% ustama qo'shib beriladi!

2️⃣) Agar abituriyent 86% va undan yuqori natijani qo'lga kiritsa, tegishli  fanidan kirish imtihonlarida maksimal ball beriladi. Ya'ni ona tili va adabiyot 1-blok fani bo'lsa 93 ball, 2-blok fani bo'lsa 63 ball. Shuningdek majburiy 10 talik testdan ham maksimal ball (11 ball) beriladi.

Agar 60% dan 85% gacha natijani qo'lga kiritsa, foizga nisbatan proporsional ball beriladi. Ya'ni 80 foizlik natijani qo'lga kiritsa, unga 93 ballning 80%i (74,4 ball) beriladi!

3️⃣) Agar ona tilidan majburiy fan sifatida (10 talik testga) tayyorlanayotgan abituriyent milliy sertifikat imtihonidan 60 foizdan yuqori natijani qo'lga kiritsa, unga majburiy ona tilidan maksimal ball (11 ball) beriladi. Ya'ni milliy sertifikat majburiy fan uchun ham o'tadi!

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

02 Feb, 03:30


📌 Kontrakt uchun to'lov soliqqa tortilmaydi

Ta'lim uchun to‘lov qilinganida soliq imtiyozidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:

➡️o'zingiz uchun;
➡️farzandlaringiz uchun;
➡️26 yoshgacha bo'lgan turmush o'rtog'ingiz uchun.

To'lovni to'g'ridan-to'g'ri ish joyingizdagi ish haqidan o'quv yurtiga o'tkazishingiz mumkin, bunda ushbu daromadga soliq hisoblanmaydi.

Mustaqil ravishda elektron, naqd yoki naqdsiz ko‘rinishda to'langanda yil yakuni bo'yicha soliq organlariga deklaratsiya topshirib, avval to'langan soliq summasini qaytarib olish mumkin.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

01 Feb, 03:52


⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2025-yil 12-yanvardan 22-yanvarga qadar bo‘lib o‘tgan turk tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 30-yanvardan 3-fevralga qadar my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

31 Jan, 03:18


📌 Talabalar 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin

Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.

Ushbu tartib davlat va nodavlat OTM talabalari uchun birdek amal qiladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

30 Jan, 06:02


⚡️ 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tilidan ko‘zi ojizlar uchun maxsus imtihonlar

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus test sinovlari yanvar, mart va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari uchun ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Eslatma:

‼️ Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) shaxslarga mo‘ljallangan chet tili imtihonlari uchun faqat mazkur toifaga kiruvchi talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🖥 Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bir bosqichda kompyuterda o‘tkaziladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

30 Jan, 05:00


🇩🇪GERMANIYADA talabalar uchun WORK&TRAVEL mavsumiy ish sayohat dasturi!🤩
⠀⠀⠀⠀
📆Qabul ohirgi sanasi: 5-fevral
⠀⠀⠀⠀
Talablar:
- Ingliz yoki Nemis tilini muloqat darajasida bilishi (sertifikat shartmas)
- 18 yoshdan 35 yoshgacha
- Bitiruvchi kurs bo'lmasligi kerak
⠀⠀⠀⠀
💰Umumiy harajatlar: 1600$ (bosqichma bosqich to'lanadi)
Narxga quyidagilar kiradi:
📄 JOB OFFER (taklif xati)
📜 Sug'urta
💵 Elchixona viza to'lovi
✈️ Aviachipta
👌 Firma xizmati (kvartira topib berish, viza hujjatlarida ko'maklashish va b.q)

Ish o‘rinlari:
Zavodlar;
Ishlab chiqarish korxonalari;
Do'kon va ovqatlanish tarmoqlari;
Upakovka ishlari;
Omborxonalar va omborxona logistikasi;
DHL pochta markazlari;
Gastronomiya

Dastur qatnashchilarini nimalar kutmoqda?
Daromad: 13-16 € / soat. Tungi smenalar uchun qo'shimcha 25%;
Oylik: 2300-2800€ gacha;
Yashash joyi ta'minlanadi;
Yevropa bo'ylab sayohat qilish imkoniyati;
Chet tillari amaliyoti;
Xorijiy ish tajribasi;
Visa history;

JOYLAR CHEGARALANGAN - SHOSHILING!
⠀⠀⠀
Batafsil ma'lumot uchun:
📞+998(97) 717 74 47
@well_traveluz
@orif_aa

📍Manzil: Toshkent shahar, Parkent ko'chasi 209-uy (mo'ljal: korzinka)
⠀⠀⠀⠀
Telegram       Instagram

Talabalar | Rasmiy kanali

30 Jan, 03:20


O‘zbekistonda eng ko‘p maosh oladigan kasblar qaysilar?

2024-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda o‘rtacha nominal ish haqi 5,3 mln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 17,4% ga o‘sgan.

Maoshlar bo‘yicha eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida kuzatildi – bu yerda o‘rtacha oylik ish haqi 9 mln so‘mga yetib, 21,4% ga oshdi.

Eng yuqori maosh to‘lanadigan sohalar:

🔺 Moliya sohasi – 15,2 mln so‘m
🔺 Aloqa sohasi – 13,1 mln so‘m
🔺 Transport sohasi – 8,1 mln so‘m

O‘rtacha darajadagi maoshlar:


🔸 Sanoat – 6,4 mln so‘m
🔸 Savdo – 6,2 mln so‘m
🔸 Qurilish – 5,9 mln so‘m

Eng kam maosh oladigan sohalar:

🔻 Sog‘liqni saqlash – 3,4 mln so‘m
🔻 Ta’lim sohasi – 3,6 mln so‘m

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

26 Jan, 03:14


“Rektorlarni saylashga tayyormasmiz” – Abduvali Xoliqov

Oliy ta’lim muammolariga bag‘ishlangan suhbatda vazirlik xodimi rektorlarni tayinlashdan voz kechish juda oson ekanini, ammo bunga hali hech kim tayyor emasligini bildirdi. U ta’lim sohasidagi mavjud holatdan kelib chiqib, hozirgi tartib to‘g‘ri ekanligini qayd etdi.

P/S: To'g'ri, saylash uchun avval saylov tizimi haqiqiy bo'lishi kerak. Saylovlar haqiqiy bo'lmas ekan, hali saylashdan ma'no ham yo'q...

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

25 Jan, 08:09


⚡️Diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan OTMlar ro‘yxati

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil uchun tasdiqlangan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxat 2025-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi.

Ma’lumot uchun, TOP-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

24 Jan, 03:38


📌 Har bir ota-ona farzandining yorug‘ kelajagi, ilm yo‘lida muvaffaqiyatga erishishi uchun hech narsadan qaytmaydi. Ba’zan mehr va sabrni, ba’zan esa qattiqqo‘llik va matonatni tanlaydi. Bu fidoyilikning ortida faqat bitta maqsad bor: farzandining ertasi bugundan yorug‘ bo‘lishi!

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

23 Jan, 08:29


"Qishki perevod" natijalari qachon e'lon qilinadi?

"Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida nizom"ning ilovasiga ko'ra, bahorgi semestr bo'yicha (xalq tilida qishki perevod) arizalar natijasi fuqaroga 25-yanvardan 15-fevralgacha muddat oralig'ida ma'lum qilinadi.

Demak "qishki perevod" natijasi e'lon qilinishining so'nggi kuni 15-fevral hisoblanadi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

23 Jan, 08:29


Magistraturaga kirishdagi amaliyot endi adolatsizlik tamoyiliga aylanib bormoqda

Maʼlumki, hozirda magistraturaga o'qishga kirish uchun bakalavriat diplomi bali va til sertifikatidagi ball inobatga olinadi hamda hech qanday test sinovlari amalga oshirilamaydi

💵Buni joriy etishdan maqsad magistraturga o'qishga kirishda OTMlardagi mavjud korrupsion holatlarning oldini olish edi va bunga erishildi, ammo tanganing ikkinchi tomoni yuzaga chiqa boshladi.

📈 Oddiy misol: Rektor Kanyazov davrida (2013-2019) Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlaganlarning diplom balli maksimal 85 dan oshmaydi. Ammo hozirda yuridik yoʻnalishda magistrga kirishda yetarli ball to'plash uchun diplom balingiz kamida 95-100 ball talab qilinmoqda.

Bu esa turli xil yillardagi baholash mezonlari, rektorlarning siyosiy qarashlari hamda ta'limdagi o'zgarishlar sabab o'qishga kirishdagi notenglikni yuzaga keltirmoqda. Natijada haqiqatdan bilimi yetarli biroq diplom bali 90 atrofida bo'lmaganlar o'qishga kira olmay qolib ketyapti.

So'nggi yillardagi statistikani qaraydigan bo'lsak, aynan test tizimi yo'qolganidan so'ngi yillarda berilgan diplom ballar ancha yuqorilab ketgan. Bu esa shunchaki tasodif emasligini tushunish qiyin emas. Bundan tashqari, magistraturani turdosh yoʻnalishlarni bitirganlar bosib ketdi, bu esa test tizimisiz miyyasida mutaxassislikdan alif ham bo'lmagan talabgorlarning diplom bali bilan o'qishga kirib ketishlariga sabab bo'lmoqda.

✔️ Shu sababli, magistraturaga kirishda mutaxassislik boʻyicha diplom ballarini hisoblashni bekor qilib, test sinovlarini joriy etish kerak. Korrupsion holatlarning oldini olish uchun bu mas'uliyatni OTMlarga emas Bilim va baholarni baholash agentligiga topshirish kerak. Shunda odamlarda korrupsiyaga nistaban e'tirozlar u qadar ko'p bo'lmaydi degan fikrdaman.

Xoʻsh, Siz qanday fikrdasiz?

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

22 Jan, 13:27


📌 Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?

JAVOB:
Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:

▪️yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi
– ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
–chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
–mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
–hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.

▫️ umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi
– umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
–vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

22 Jan, 03:10


#sessiya

📌 Xabaringiz bor 2024/2025-o'quv yilidan boshlab grant faqat 1 yilga beriladigan bo'lgan, ya'niy bir yil davomida o'zlashtirgan baholarga qarab yo grantda ayrilib qolish mumkin yoki kontraktdagilar grantga o'tib olishi mumkin.

Bu esa sessiyadagi baholash jarayonlarini adolatli tashkil etishni taqozo etdi. Shu o'quv yilidan boshlab hozirgi 1-kurs talabalariga sessiya ancha og'ir keldi(bilimsizlar uchun ayniqsa). Uzun quloq gaplarga ko'ra o'qishga kirishda ham buncha nazorat kuchli bo'lmagan edi deyishmoqda, yuqori kurslar xayronmish.

Ularda apellyatsiyaga berish tartibiyam imtihon olish tartibiyam boshqacha))

Ushbu videoda birinchi kurslar chig'iriqlardan qanday o'tayotganini ko'rib olishingiz mumkin.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

22 Jan, 03:05


🔥Eng ko'p tavsiya qilingan va sotilgan kitoblardan biri keldi!

➡️Qo‘lingizdagi ushbu kitob ayni paytdagi tadbirkor tomonidan yozilgan.

Ushbu kitob orqali siz amaldagi tadbirkorning bilim va tajribalariga ega bo‘lasiz. Albatta, faoliyat davomida biznesni barbod qilishga oid omillar yetarlicha topiladi. Ushbu kitob sizlarni ana shu xatolar bilan birma-bir tanishtiradi. Chunki tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan inson ana shu xatolarga duch kelishi aniq.

💰Narxi: 89 000 so‘m

BUYURTMA BERISH
➡️ https://alijahon.uz/oqim/81578
➡️ https://alijahon.uz/oqim/81578

🚛 O‘ZBEKISTON BO‘YLAB YeTKAZIB BERISH XIZMATI MAVJUD.To‘lovni mahsulotni qo‘lingizga olganda qilasiz.

Talabalar | Rasmiy kanali

21 Jan, 16:04


📌 Nogironligi bor shaxslarga magistraturaga kirishda sertifikat talab qilinmaydi

Nogironligi boʻlgan shaxslarga magistraturaga kirishda imtiyoz mavjud. Biroq bu barcha toifadagi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun emas.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.10.2022-yildagi PQ-407-son qarori 4-bandiga koʻra, davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga oʻqishga qabul qilishda koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish boʻyicha milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmaydi.

Aynan shu qoidaga koʻra imtiyoz koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslarga taqdim etiladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

21 Jan, 09:46


❗️Kambag‘al oilalar a'zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlari vaucher tizimi asosida qoplab beriladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

2025-yil 1-fevraldan kasblarga oʻqitish maqsadida ajratiladigan stipendiyalar nogironligi boʻlgan shaxslarga, shuningdek, muddati 3 oydan koʻp davom etadigan oʻquv kurslariga qabul qilingan Kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning ishsiz aʼzolariga toʻlanadi.

2025-yil 1-maygacha ishsiz aholini, shu jumladan, ustuvor ravishda kambagʻal oilalar aʼzolarini kasb-hunarga oʻqitish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha vaucher tizimi joriy qilinadi.

🗓 Mazkur tizim 2025-yil 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan oʻtkaziladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

21 Jan, 08:10


UXLAMA, ABITURIYENT!

Hoy abituriyent uxlama,
Yengilmagin g'aflatga.
Yaqin qoldi imtihon,
Qolib ketma kulfatga.

Ota-onang sen uchun,
Ishlamoqda tinmayin.
Uxlolmaydi tunlari,
Dam neligin bilmayin.

O'ylayapsan o'zingcha,
"Yiqilsam ne bo'lardi,
Baxtimga dadam borku
Kontraktim to'lardi".

Agar budjetga o'tsang
Otang hafa bo'larmu?
Yoki mushtipar onang
Baxtsiz bo'lib qolarmu?

Yigitlar hayolingiz,
Olmoqda qizlar balki.
Qalamqoshlar, zebolar
Hoy-havasku shunchaki!

Hoy, uzunsoch ishonma,
Alpqomatning so'ziga.
O'qishga o'tib ketsa,
Ko'rinmaysan ko'ziga.

Yaxshisi har biringiz,
O'ylangiz imtixonni.
Keyin topib olarsiz,
Alpqomat-u, jononni!!!

To'g'ri vaqtimiz ham,
Oz qoldi o'zi juda.
Shularni ham o'ylab SIZ,
Vaqt o'tkazmang bexuda.

Bilmingizga ishoning,
To'ldiring kamingizni.
Axir birov (sizni) o'ylamas,
Bilmaydi g'amingizni.

Mehnat qilgan albatta,
Yetadi murodiga.
Rahmatlar keltiradi,
Avlod-u ajdodiga.

Hali ko'o'o'p yozardimu,
Dars tayyorlash kerakda.
Shoirlik bir kasallik,
Bo'sh vaqtda ermakda.

Xullas har biringizga,
OMAD tilab qolaman.
Inshaalloh sizlarni,
Poytaxtda kutvolaman!

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

20 Jan, 05:06


😊😊😊😊😊😊

#Lifehacker

⚙️ Karra jadvalni shunaqa oson usulda yodlash mumkinligini bilasizmi?!

Agat o'qituvchi bo'lsangiz o'quvchilaringizga 8 va 9 karrani sodda tarzda o'rgating. Matematika yanada qiziqroq bo'lsin!

© Manba

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

20 Jan, 05:04


Abituriyentmisiz? Qaysi o'qishga kirmoqchisiz?

Havola orqali o'tib kichik so'rovda qatnashing va 1 000 000 so'mlik xarid uchun sertifikat yutib olish imkoniyatiga ega bo'ling

👉👉👉 So'rovdan o'tish! 👈👈👈

Sizning javoblaringiz biz uchun juda muhim!

Talabalar | Rasmiy kanali

20 Jan, 04:02


📖 Braziliya qamoqxonalarida o'qilgan har bir kitob jazo muddatini 4 kunga qisqartiradi.

Kitob o'qish hatto mahbuslarga ham yordam beradi, siz esa hali ham mutolaaga vaqt ajratmayapsizmi?

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

19 Jan, 03:02


Til sertifikati yo’q abituriyentlar bundan buyon 1-fani chet tili bo’lgan yo’nalishlarga topshira olmaydi

Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi yana bir bor eslatmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.

2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati yuqoridagi rasmda berilgan.

❗️E’tibor bering: 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.

Bu nima degani?

Masalan, 1-fan “ingliz tili” deb yozilgan bo’lsa, aynan ingliz tilidan sertifikat kerak bo’ladi. Nemis yoki turk tilidan sertifikati borlar bu yo’nalishga topshira olmaydi.

Lekin 1-fan “chet tili” deb ko’rsatilgan bo’lsa, unda qaysi tildan sertifikati borliginining qizig’i yo’q. Istalgan tildan olingan tasdiqlangan sertifikat o’taveradi.

ℹ️ Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda:
https://lex.uz/docs/-6943986#-6946283

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

17 Jan, 03:39


❗️“Tashabbusli byudjet” jarayoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi 

Bu bo‘yicha Oliy Majlis Senati Kengashining qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra:

endilikda moliyaviy mustaqil bo‘lgan OTMlarning ushbu jarayonlarda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi;

mablag‘lardan samarali foydalanish hamda ijtimoiy muammolarga ko‘proq e'tibor qaratish maqsadida tashkilotlar tomonidan bаrсhа turdagi avtomobillar, jamoat xavfsizligini ta'minlashga oid jihozlar (rаdаr, jamoat joylaridagi kuzatuv kаmеrаlаri, “svetofor”) rahbar xodimlar uchun mebel jihozlarini xarid qilish taqiqlanadi;

💰 Shuningdek, har yili tuman va shahar byudjetidan 10 tadan kam bo‘lmagan, ko‘pi bilan 30 ta loyiha uchun yetarli mablag‘ ajratilishi belgilandi.

Bunda, 10 tadan ortiq loyiha uchun mablag‘lar tuman yoki shahar aholisining tegishli hududdagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.

❗️Ma’lumot uchun: hozirgi kunda loyihalarning eng yuqori chegaraviy qiymati 1,5 mlrd so‘mni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, tuman va shahar byudjetidan ajratiladigan mablag‘larning eng kam miqdori 15 mlrd so‘m, eng yuqori miqdori esa 45 mlrd so‘m etib belgilandi. 

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

16 Jan, 04:27


Stipendiyalar to‘lovi qay holatda?

Oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy tizimlarni to‘liq raqamlashtirish ishlari olib borilayotgani sababli talabalarning yanvar oyidagi stipendiya to‘lovlari kechikayotgani haqida xabar bergan edik.

Oliy ta’lim vazirligidan olgan ma’lumotlarimizga ko‘ra:

hozirgacha 105 ta oliygohdan 37 tasida yanvar oyi stipendiya to‘lovlari to‘liq amalga oshirilgan;

☑️ 50 ta oliygohda hisoblash jarayonlari tugatilib, to‘lovlar bo‘yicha so‘rovnomalar g‘aznachilik organlariga yuborilgan va ertaga bank kuni ochilishi bilan to‘lovlar amalga oshirilishi ta’minlanadi;

🔄 qolgan 18 ta oliygohda stipendiyalarni hisoblash ishlari davom ettirilmoqda va texnik xato-kamchiliklar dasturchilar tomonidan to‘g‘rilanib, ushbu to‘lovlar ham ertaga amalga oshiriladi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

09 Jan, 03:44


📌 Kontraktni to’liq to’lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?

Yo’q bunga haqqi yo’q, yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to’lamaslik asos bo’la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to’lamagan bo’lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.

Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay nb qo’yib qo’yish, va boshqa g’ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emas.

Kontrakt to'lash muddatlari:

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

08 Jan, 09:50


‼️Yangilangan fanlar majmuasi tasdiqlandi
#abituriyent

2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

Fanlar majmuasida 218 ta yo'nalish ro'yxati tasdiqlangan.

❗️Eslatma: 2025/2026-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda, yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi.

Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

07 Jan, 16:18


🔈 Eski yilda ochilgan guruhlar sotib olaman guruhni odami bolishi shart emas 💯

2023 = 15 ming soʻm aprelgacha

2022 = 35 ming soʻm

2021 = 40 ming soʻm

2020 = 50 ming soʻm

2019 = 55 ming soʻm


⭐️ADMIN:@Atxam_adminn

Agar sizda guruh boʻsa yozing

Talabalar | Rasmiy kanali

07 Jan, 03:32


🚆O‘zbekistonda 1-fevraldan ayrim poyezd chiptalari narxi oshadi

Narxlar quyidagicha oshirilmoqda:

yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlarining VIP, biznes-klass toifadagi chipta narxlari — 25% ga;
ekonom-klass chipta narxlari — 20% ga;
tezyurar yo’lovchi poyezdlar "Sharq", "Nasaf" va "O‘zbekiston" poyezdlarining chipta narxlari — 30% ga.

💰"Afrosiyob" elektropoyezdlarni chipta narxlari quyidagicha:

🔹Toshkent — Buxoro

VIP – 994 000 so‘m
Biznes – 751 000 so‘m
Ekonom – 484 000 so'm

🔹Toshkent — Qarshi

VIP – 854 000 so‘m
Biznes – 634 000 so‘m
Ekonom – 406 000 so'm

🔹Toshkent — Samarqand

VIP – 619 000 so‘m
Biznes – 450 000 so‘m
Ekonom – 294 000 so'm.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

06 Jan, 03:23


📌 Talaba ham oʻqib, ham ishlasa boʻladimi?

Ha, talaba mehnat shartnomasi asosida haq toʻlanadigan ishlarda ishlashi mumkin.

Buning uchun qonunlarda cheklov yoʻq.

Oliy taʼlim toʻgʻrisida nizomning 50-bandiga koʻra kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba darsdan boʻsh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) ham oliy taʼlim muassasasida, ham boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi boʻyicha ishlashga ruxsat etiladi.  

Amaldagi Mehnat kodeksining 248-moddasiga koʻra taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan xodimlarga ishni taʼlim bilan birga qoʻshib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart.

Talabalar nechinchi bosqichdan boshlab maktabda dars berishga haqli va necha soatgacha?

Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

05 Jan, 04:07


📌 Aytishlaricha, HEMIS dasturi o'rniga muqobil boshqa sayt ko'rib chiqilmoqda.

U HEMIS o'rniga yangi o'quv yilidan joriy qilinib, tizimdagi menyular biroz ortishi hamda hemis kabi xususiy oliygohlar uchun ham majburiy bo'lishi aytilmoqda.

Yangi tizimda talabalar uchun baholash va o'qitish fuksiyalarida o'zgarishlar kutilmayapti. Asosiy kutilmalar saytdagi o'zgarishlar hamda har bir talabalar uchun oliygohlarga pullik obuna joriy etilishida demoqda vaziyatdan xabardor manbalar.

Xabar rasman tasdiqlanmagan

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

03 Jan, 03:33


😅 Men va kelajakdagi men:)

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

02 Jan, 04:32


Талабалар учун байрам совғаси экан 😄

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

31 Dec, 03:37


🎁🔴КЕЛАЁТГАН ЯНГИ  ЙИЛ
          МУБОРАК  БЎЛСИН!!
🔴🎁

Яқинлашиб келаётган 2025- йилда хонадонингизга омад ва бахт, Оилавий қувонч ва хотиржамлик сизни тарк этмасин!


Ҳамиша Аллоҳнинг назарида бўлинг. Дастурхонингизга файзу барака берсин! Юртимиз тинч, осмонимиз мусаффо бўлсин! Умрингиз узун, қалбингиз ҳамиша бутун, чехрангиз порлоқ бўлсин!


🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

30 Dec, 01:49


🔥 Qanday qilib rejali tarzda maqsadga erishish mumkin?

🗄 Oldingizga qo‘ygan maqsadingiz real va erishish imkoni bor bo‘lsin;

📝 Kunlik topshiriqlarni mayda bo‘laklarga taqsimlab oling;

🗄 Kuchsizlanib qolmaslik uchun doimiy tanaffuslar qiling;

🗄 Har bir kichikroq muvaffaqiyatni ham nishonlang;

🗄 Sizga birga shug‘ullanishda yaxshi sherik va mentor bo‘lsa, bu ham yaxshi variant;

🎉 O‘zingizni mukofotlab turing.

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

29 Dec, 06:56


​​💥 TALABASHUNOSLIK 💥

🤑 Talaba —bir so'mi yo'q millioner.
🤫 Talabalik bileti — nomi ulug', suprasi quruq.
🤯 Sessiya — yarim yillik uyqudan uyg'onish.
😍 Stipendiya — xayot mazmuni.
🥵 Seminar — 80 daqiqa o'limga tik boqish.
🥱 Maruza — kecha chala qolgan uyquning davomi.
Domla — sessiyada qo'lga tushmas qasoskor.
🥴 Darslar — ezmashunoslik asoslari.
🤠 Tanka — najot kemasi.
😝 Dekanatga chaqirilgan talaba — oy borib, omon qayt.
😜 Parta — yangliklar doskasi.
😋 Oshxona — talabalar orzusi.
😫 Oshqozon — tatilga chiqqan xodim.
😬 Zachotka — domla uchun qasos olishning yagona imkoniyati.
😴 Kutubxona — uyqu xonasi.

😅 Talaba do'stlarimizga yuboramiz !

🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

28 Dec, 13:05


#tabassum_vaqti

Agrar universitet domlasi talabadan imtihon olyapti:
— Hurmatli talaba, tasavvur qiling, siz fermer xoʻjalik rahbarisiz. Bu yil ham kartoshka hosili nolga tushib qoldi. Sababi nimada deb bilasiz?
— Ob-havo noqulay kelgan boʻlishi mumkin.
— Yangiroq, ishonarliroq sabab topa olasizmi?
— Albatta.
— Ayting.
— Kartoshka ekish esimizdan chiqqan boʻlishi mumkin.

Aytishlaricha, aynan shu talaba haliham baho ololmabdi😅🤦🏻‍♂

🎓
@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

28 Dec, 13:01


Yangi yil❤️ uchun ajoyib yangilik 🎄🇺🇿

Eski yillarda ochilgan guruhlar bo'lsa olaman🔵
Bekor va hechkimga kerak bo'lmagan guruhlarni menga sotib mo'may pul ishlab olishingiz mumkin 🪙

➡️ 2019 - (55.000 uzs)
➡️ 2020 - (50.000 uzs)
➡️ 2021 - (40.000 uzs)
➡️ 2022 - (35.000 uzs)
➡️ 2023 - (15.000 uzs)


🧬 Tushunmasangiz 🤷‍♂️ va guruhlaringiz qachon ochilganini ko'rishni bilmasangiz 😬 o'zimga yozishingiz mumkin 👍 va men hammasini o'rgataman 🤔😊

Murojaat uchun: @notience yoki (@chipchiroy - qizlar uchun) ⬅️🌟

Talabalar | Rasmiy kanali

27 Dec, 03:19


Hamma ham orzu qila oladi. Lekin, hamma ham uni maqsadga aylantira olmaydi...

Maqsad uchun harakat qilish kerak!

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

26 Dec, 03:40


⚡️ 10 ta hayot hikmati!

1️⃣ Baxtli insonlar boshqalarni ham baxtli ko'rishni istashadi!

2️⃣ Hech qachon omadsizlikdan bosh egmang, chunki  baxtqushi ham egik boshlarga qo'nmaydi!

3️⃣ Haqiqiy baxt - bu eng avvalo salomatlik va ota-onaning mehridir...!

4️⃣ Sizni ranjitgan insonlarni kechiring, ammo o'zingizga qayta yaqinlashtirmang!

5️⃣ Alloh insonlar yelkasiga, ular ko'tara olmaydigan yukni tashlamaydi!

6️⃣ Barchamizga haqiqat yoqadi, ammo haqiqatni aytgan odam yoqmaydi!

7️⃣ Nochor ahvolda yashash har doim ham kambag'allik belgisi emas, dangasalik belgisi hamdir!

8️⃣ Boylik - pulning ko'pligi emas, nafsning to'qligidir!

9️⃣ Rostgo'y inson - hammaga dushman!

🔟 Natija niyatingizga bog'liq ekanligini unutmang!

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

25 Dec, 03:19


⚡️ 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

10 Dec, 10:12


✈️ Qishki ta'til yaqin Talabalar uchun aviachiptalarga chegirma e’lon qilindi

Yaxshi yangilik! Aviakompaniya o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun 23-dekabrdan 7-yanvarga qadar barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari uchun 50% gacha chegirma taqdim etadi.  

Chegirmali chiptalarni davlat muassasasida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida Toshkentdagi Uzbekistan Airways Sales filialida, uning agentlaridan O‘zbekiston hududida va booking.uzairways.com saytida xarid qilish mumkin.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

30 Nov, 19:15


❄️ Qishni ilk kuni barchaga xayrli bo'lsin)
Oraliq va yakuniylarni kamida 4 ballga yopish nasib qilsin barcha talabalarga. Amiyn:)

⬆️ Talabalar guruhiga tashlab qoʻying )

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

17 Nov, 06:05


👨🏻‍🎓 Kirib kelgan 17-noyabr xalqaro talabalar kuniga atalgan maxsus she'r.

O‘qishga ham kirib olding, 
Qaddingni tut talaba, 
Talabalik oltin davring, 
Davringni sur talaba. 

Garchi vatan farzandisan, 
Fakultetda arzandasan. 
Shunday ekan qadringni ham, 
Sal bilib yur talaba. 

Talabasan noming ulug‘, 
Bo‘lsa hamki cho‘ntak quruq, 
Dilda g‘urur, dilda surur, 
Handon erur talaba.

Dada, oyi assalom deb, 
Hamyon bo‘m-bo‘sh pul tamom deb, 
Bazan ota-onanga ham, 
Xat yozib tur talaba. 

Yetmay qolsa stipendiya, 
G‘amga botmay ishlat miyya, 
Mardikorlik bozoriga , 
Yo‘lingni bur talaba.
 
Bo‘lmoq kerak gapga usta, 
Bir gap aytsa startsa. 
O‘z bilganingdan qolmasang ham, 
Xo‘p-xo‘p deb tur talaba. 

Tog‘lar boshi qorsiz bo‘lmas, 
Talaba degan semiz bo‘lmas. 
Chunki hech vaqt qorni to‘ymas 
Rost gap shudir talaba. 

Jonga tegsa leksiyalar, 
Boshlanganda sessiyalar, 
Ahvolinga maymun yig‘lar, 
Sho‘ring qurur talaba. 

Zachyo‘t dardi bir balodir, 
Imtixon ham bir balo. 
Senga qolsa ikkovi ham, 
Asli bir go`r talaba. 


😉 Talaba kursdoshlaringizga yuborib qo‘ying.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

17 Nov, 02:42


🎁 "Xalqaro talabalar kuni"ga talaba uchun eng yaxshi sovgʻa bu...

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

17 Nov, 02:42


🎁 Studentlar Bayram Muborak ENDI 😄

🎓 Barcha talabalarni 17-noyabr Butunjahon talabalar kuni munosabati bilan tabriklayman. Kontraktingiz kamayib, stipendiyangiz koʻpaysin!

🥳 Yaxshi kunda qilingan niyyat amalga oshadi deganlar, siz ham yaxshi niyat qilavering.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

22 Oct, 06:48


Ahvolimiz.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

09 Oct, 06:56


Dekan o'rinbosariga salom bermagan talaba tushuntirish xati yozib, uzr so'radi.

Hurmatli talabalar, dekanatdagilarga salom berib yuringlar. 😄

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

29 Sep, 02:57


Ta'lim krediti bilan bog'liq masalalar bo'yicha banklarning ishonch telefon raqami

● Xalq banki – 1106;
● O‘zmilliybank - 1344;
● TBC Bank – 1150;
● Asakabank – 1152;
● O‘zSQB – 1180;
● Infinbank – 1214;
● Agrobank – 1216;
● Turonbank – 1220;
● Ipoteka-bank – 1233;
● Tenge Bank – 1245;
● Qishloqqurilishbank – 1254;
● Hamkorbank — 1256;
● Davrbank – 1284;
● MKbank – 1285;
● Trastbank – 1287;
● Anorbank – 1290;
● Ziraat Bank – 1293;
● Ipak yo‘li banki – 1296;

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

27 Sep, 07:23


Qanday talabaga ijara puli to'lab berilmaydi?

◾️ Amaldagi tartibga ko'ra, “talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan” deganda yotoqxonada turishga ehtiyoji bor, ammo joylar soni cheklanganligi bois ijarada turishi taqozo qilgan talabalar tushuniladi.

Lekin o‘z ixtiyoriga ko‘ra ijarada turuvchilarga kompensatsiya to‘lovlari belgilanmaydi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

22 Sep, 15:36


⚡️ Super-kontrakt uchun qachon chegirma beriladi?

◾️ Oliy ta'lim vazirligi xabariga ko'ra, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

21 Sep, 03:37


🔝Leksiyalardan foydali ma'lumotlarni olishning eng yaxshi 5 usuli

1️⃣ Ma'ruzada qatnashing va diqqatni o'qituvchiga qarating. Diqqat bilan tinglang, telefoningiz yoki boshqa narsalarga chalg'itmang.

2️⃣ O'qituvchi foydalanadigan asosiy tushuncha va kalit so'zlarga diqqat qiling, ularni yozib oling. Bu mavzuni yaxshiroq tushunishga va muhim ma'lumotlarni eslab qolishga yordam beradi.

3️⃣ Ma'ruzada qatnashing, biror narsa aniq bo'lmasa, savollar bering. Bu ma'lumotni aniqlashtirishga va mavzuni ko'proq tushunishga yordam beradi.

4️⃣ O'z bilim va tushunchangizni chuqurlashtirish uchun o'qituvchi taqdim etishi mumkin bo'lgan qo'shimcha materiallardan, masalan, taqdimotlar yoki maqolalardan foydalaning.

5️⃣ Ma'ruzadan keyin olingan bilimlarni mustahkamlash va muhim fikrlarni eslab qolish uchun materialni takrorlashni unutmang.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

10 Sep, 09:05


⚡️Talabalar uchun taʼlim kreditiga onlayn ariza yuborish boshlandi!

🖥 Buning uchun talim-krediti.mf.uz portaliga OneID orqali kiring va ariza yuboring!

«ONE ID» tizimidan roʻyxatdan oʻtish uchun ushbu videoyoʻriqnomani koʻrishni tavsiya qilamiz.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

09 Sep, 10:57


😁 Talaba obunachimizdan: Umrim davomida tutgan sumkalarim deb nomlangan rasm.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

04 Sep, 05:35


⚡️15-sentabrga qadar rektor yoki direktor nomiga ariza yozmasangiz kontrakt pullaringizni davlat qoplab bermaydi!

Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

🔰 Buning uchun talabgor to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentabrgacha ariza bilan murojaat etadi.

Tatbiq etilmaydi:
15-sentabrdan kechiktirib topshirilgan arizalarga;
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga;
qo‘shma taʼlim uchun.

📝 Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.

🗓 To‘lov-kontrakt summasini qoplab berish to‘g‘risida joriy o‘quv yilining 15-oktabriga qadar tegishli OTM rektori (filial direktori) buyrug‘i qabul qilinadi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

29 Aug, 05:51


📌 RASMAN: Super-kontrakt miqdori tasdiqlandi

Kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig  birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

27 Aug, 07:20


⚡️ Bu yil talaba bo'lgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodi ayollar — BMBA

👨🏻‍🎓 Joriy yilda test sinovi natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 186 871 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

🙋🏻‍♂️ 96 516 nafari (51,6 %)erkaklar;
🙋🏻‍♀️ 90 355 nafari (48,4 %)ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

🎓 Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarda ayollarning ulushi erkaklarga nisbatan ko‘proq ekanligini ko‘rish mumkin. Jumladan:

👉 erkaklar — 18 572 nafar (45,1%);
👉 ayollar — 22 581 nafar (54,9%).

🟢 2024—2025-o‘quv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha yoshi 19 yoshni (erkak va ayollarda bir xil) tashkil etdi.

📌 Talaba bo‘lgan ayollarning eng yoshi 15 yosh bo‘lsa, eng yoshi kattasi 69 yosh, erkaklarda esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 15 va 60 yoshni tashkil etadi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

24 Aug, 06:25


⚡️Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9-sentyabr, dushanba kunidan boshlanadi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 321-sonli buyrug‘ida belgilandi.

Akademik litseylarda esa yangi o‘quv yili 4-sentyabr, chorshanba kunidan boshlanadi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

23 Aug, 14:33


Abituriyentlar nechanchi o‘rinda turganini ko‘rishi mumkin bo‘ldi

mandat.uzbmb.uz saytida kengaytirilgan qidiruv funksiyasi ochildi va unda OTM, tegishli yo‘nalish, ta’lim shakli va tilini tanlagan holda yakuniy mandatda abituriyentlarning joylashgan joyini ko‘rish mumkin bo‘ldi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

22 Aug, 04:38


O‘qishga kirish qiyinmi? Joriy yilda 60 ball bilan 1500 ga yaqin yo‘nalishga kontraktga kirsa bo‘lar edi
#abituriyent

O‘qishga kirish qiyin yoki osonligini ko‘rsatuvchi eng yaxshi ko‘rsatkich, bu o‘tish ballarini tahlil qilishdir. Menga doim qiziq bo‘lgan, masalan, 100 ball olgan abituriyent qayerlarga o‘qishga kira oladi? Nechta joyga bali yetgan bo‘lardi?

Yuqoridagi jadvalda davlat granti uchun 4 ming 256 ta, to‘lov-kontrakt uchun esa kunduzgi ta’limda 3 ming 215 ta, sirtqida 1 ming 458 ta, kechkida 285 ta va masofaviyda 80 ta yo‘nalishlardagi 2024-yilgi o‘tish ballarining tahlili aks etgan.

Davlat granti bo‘yicha

Davlat granti misolida ko‘radigan bo‘lsak, 100 ball olgan abituriyentlar 1 ming 532 ta yo‘nalishga grantga kira olgan. Bu umumiy yo‘nalishlarning 36% ini tashkil qiladi.

Joriy yilda 70 ball bilan 570 ta (13,4%) yo‘nalishga davlat grantiga kirish mumkin bo‘ldi.

150 ball olganlar esa 70 foiz grantga kirdi, degani bo‘lgan. Faqat to‘g‘ri yo‘nalish tanlay olgan bo‘lsa bo‘ldi.

To‘lov-kontrakt bo‘yicha

Kontraktda esa kirish ballari aaaancha past. Masalan, atigi 80 ball bilan kunduzgi ta’limning 56 foiz yo‘nalishiga, sirtqida 72%, kechkida 60%, masofaviyda esa 96% yo‘nalishga kontraktga o‘qishga kirsa bo‘ladi. Bor-yo‘g‘i 80 ball to‘plasa yetadi.

Yoki 60 ball bilan barcha ta’lim shakllarini qo‘shganda 1 ming 466 ta yo‘nalishga kontraktga kirish mumkin edi.

100 ball to‘plasangiz-ku, kontraktga kirish ehtimolingiz juda yuqori bo‘lgan. Masalan, kunduzgida 2 ming 286 ta (71%), sirtqida 1 ming 274 ta (87%) yo‘nalishga o‘tish ballari 100 dan past bo‘lgan.

Albatta, bu umumlashtirilgan natijalar. Ayrim talabgir yo‘nalishlarda kirish ballari yuqori bo‘lganini bilaman. Lekin unaqalar soni juda kam bo‘lgan.

Umumiy holat shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qishga kirish juda oson, faqat to‘g‘ri yo‘nalish tanlay olishga ham ko‘p narsa bog‘liq. Boshqacha aytganda, yoki orzu qilingan o‘ta nufuzli yo‘nalishga kirish uchun yetarli darajada o‘qish kerak, yoki to‘plangan ballga yarasha yo‘nalish tanlash kerak.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

21 Aug, 13:48


#Qabul2024
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi

🏢 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2024-yil 19–20-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida test sinovlari o‘tkazildi.

🚦Test sinovlarida 40 897 nafar talabgor ishtirok etdi. 2 902 nafar talabgor qatnashmagan bo‘lsa, 83 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

🎙 20-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari bugun my.uzbmb.uz saytida e'lon qilinadi.

📱Talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin bo‘ladi.

Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.

@Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi

Talabalar | Rasmiy kanali

21 Aug, 13:47


😎 O'qishga tayyormisiz? texnomart esa tayyor!

Barcha talaba va o'quvchilar diqqatiga: sizga aksiyalarni BOOMMBASI bor!
- Smartfon xaridi uchun yana bir smartfon sovg'a;
- Noutbuklar va ko'plab texnika xaridi uchun "texnomart ryukzaki" sovg'a!

*Shoshiling, mahsulotlar soni cheklangan!

Ko'proq aksiyalar @texnomart kanalida
______

😎 Готовы к учебе? А texnomart готов!

Для всех студентов и учеников: у нас для вас БОМБЕЗНАЯ акция!
- За покупку смартфона еще один смартфон в подарок;
- За покупку ноутбуков и многих других техник в подарок "Рюкзак texnomart!"

*Спешите, количество товаров ограничено!

Больше акций на канале @texnomart