O‘zbekistonda markaziy texnologiyalar transferi ofisini (TTO) tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi
19-noyabr kuni AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Jonatan Xenik boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabboyev, Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi bosh direktori Farhod Jumayev va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni kengaytirish, jumladan intellektual mulk obyektlarini himoyalash, AQSh Savdo vazirligining Savdo huquqini rivojlantirish dasturi (CLDP) asosida O‘zbekistonda markaziy texnologiyalar transferi ofisini (TTO) tashkil etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27991