Sun'iy intellekt | ChatGPT @suniyintellekt_ai Channel on Telegram

Sun'iy intellekt | ChatGPT

@suniyintellekt_ai


Sun'iy intellektga oid yangiliklar va foydali sun'iy intellekt linklar.

Rus tilida: @AIneyrosetuz

Sun'iy intellekt | ChatGPT (Uzbek)

Sun'iy Intellekt telegram kanalida sun'iy intellekt haqida yangiliklar va foydali linklar bilan tanishishingiz mumkin. Kanal Rus tilida ham mavjud: @AIneyrosetuz. Sun'iy intellekt - bu yangi, yaratuvchi va fascinatsiyali yonalish, bu aloqada yangi ma'lumotlar olishingizga yordam beradigan uslubni o'rganishingizga imkon beradi. Bu kanalga a'zo bo'ling va sun'iy intellekt sohasidagi so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling!

Sun'iy intellekt | ChatGPT

22 Dec, 05:50


Tasvirlarni sifatini oshirish uchun neyron tarmoq, bu nafaqat tasvir sifatini yaxshilaydi, balki sifatni yo'qotmasdan 32 marta kattalashtirishga imkon beradi.

Sinab ko'ring: magnific.ai

👉@SuniyIntellekt_AI👈

Sun'iy intellekt | ChatGPT

28 Jul, 11:24


Deutsche Telekom kompaniyasining "Elladan xabar" reklamasi

Reklama raqamli asrda shaxsiy ma'lumotlarni ehtiyotkorlik bilan ulashish muhimligini ta'kidlab, foydalanuvchilarga shaxsiy ma'lumotlar onlayn tarzda baham ko'rilgandan so'ng, u hamma uchun ochiq bo'lib qolishi va noto'g'ri foydalanishga olib kelishi mumkinligini eslatadi. Reklamani yaratishda deepfake texnologiyasidan foydalanilgan

Siz ham ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma'lumotlaringizni ulashishdan oldin yaxshilab o'ylab ko'ring

👉@SuniyIntellekt_AI👈

Sun'iy intellekt | ChatGPT

12 Jun, 09:11


5-iyun kuni 7 yillik tadqiqotlardan so'ng Apple 3499 dollarlik Vision Pro garniturasini namoyish etdi!

🌐 Garnituraning old tomoni shishadan, korpusining qolgan qismi alyuminiydan yasalgan. Yangi qurilma 12 ta kamera (4 ta kamera foydalanuvchi ko'zlarini kuzatishga sozlangan), 5 ta sensor va 6 ta mikrofon bilan jihozlangan.

📲 Apple Vision Pro tashqi quvvatlantirishsiz 2 soat mobaynida ishlaydi. Garniturani Bluetooth orqali boshqa qurilmalarga ulash imkoni mavjud, jumladan, magic keyboard, magic trackpad, magic mouse va boshqalarga. Shuningdek, Mac kompyuteridagi tasvirni Vision Pro ko'rsatayotgan reallikka ko'chirish mumkin.

👉@SuniyIntellekt_AI👈

Sun'iy intellekt | ChatGPT

06 Jun, 08:01


RealityGPT: dunyodagi birinchi taqiladigan AI qurilma!

Qurilma orqali siz:

- Real hayotda AI agentlaridan foydalanish
- Internetdan real vaqt rejimida ma'lumot olish
- Har qanday tilda gapirish
- Hech qachon hech narsani unutmaslik
- Hazilkash va aqlli odam bo'lish!

imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin

Nima deb o'ylaysiz qurilma insonlar hayotini qanchalik o'zgartirishi mumkin?


👉@SuniyIntellekt_AI👈

Sun'iy intellekt | ChatGPT

30 May, 17:37


Barchaga tanilgan Stability sun'iy intellekti funksionaliga yangiliklar kiritildi!

Endi foydalanuvchilar nafaqat matn, balki rasm va videoni ham animatsiyaga aylantirishlari mumkin. Yuqoridagi videoda 3 xil variant asosida qilingan animatsiyalar ko'rsatilgan:

— Matn
— Matn+rasm
— Namuna videosi+matn

💬 Sun'iy intellektdan foydalanish uchun qo'llanma.


👉@SuniyIntellekt_AI👈

Sun'iy intellekt | ChatGPT

29 May, 05:04


NVIDIA jamoasi sifatli 3D modellarni uzoq vaqt render qilmasdan real vaqt rejimida yaratish imkonini beruvchi "Real-Time Neyral Appearance Models" sun’iy intellekt vositasini taqdim etdi

Ularning ta'kidlashicha, ushbu texnologiya filmlar va video o'yinlar uchun 3D grafikalarni yaratishni sezilarli darajada tezlashtiradi va ancha arzonroq bo'ladi.

👉@SuniyIntellekt_AI👈

Sun'iy intellekt | ChatGPT

25 May, 13:03


Eyfel minorasi, Misr piramidalari, Kalizey va boshqa tarixiy monumentlar shariklar kabi shishirilgan bo‘lib qolishini tasavvur qilib ko‘ring.

Tasavvur qildingizmi?

Endi tasavvuringizdagilarni MidJourney yaratgan rasmlar bilan taqqoslab ko‘ring.


👉@SuniyIntellekt_AI👈

Sun'iy intellekt | ChatGPT

25 May, 08:43


Windows 11 AI yordamchisiga ega ilk operatsion tizimga aylanadi!

Microsoft "Build 2023" konferensiyasida Windows 11 operatsion tizimiga o'rnatiladigan Copilot sun'iy intellektini namoyish etdi. AI turli xil xatolarni to’g’irlashga yordam berishi va kompyuter boshqaruvini yanada qulayroq qilishi mumkin.

Iyun oyida tizimni ommaviy sinab ko'rish ishlari boshlanib, Windows 11 bo’lgan barcha foydalanuvchilarga beta-versiya yuboriladi. Siz ham ushbu sinovda ishtirok etishingiz mumkin.


👉@SuniyIntellekt_AI👈

Sun'iy intellekt | ChatGPT

24 May, 07:37


Sun'iy intellekt asosida ishlaydigan brauzer instrumentlari!

AIPRM for ChatGPT – barcha turdagi mutaxassislar uchun shablonlarni o'z ichiga olgan ChatGPT.

GPT for Sheets and Docs – jadval va matnlar bilan ishlash uchun ChatGPT.

Teamsmart – kod yozish va baglarni aniqlash uchun sun'iy intellekt.

ChatGPT Sidebar –sinxron tarjima, so'rovlarni topish, grammatikani tekshirish va boshqalar uchun universal yordamchi instrument.

Compose AI – xatlarga avtomatik tarzda javob beradigan sun'iy intellekt.

Merlin – ChatGPT YouTube videolariga tavsif yozishi yoki ma'lumot qidirishi mumkin.

👉@SuniyIntellekt_AI👈

Sun'iy intellekt | ChatGPT

22 May, 13:07


Dronlarga dam bersak ham bo'ladi😁

Luma sun'iy intellekti orqali drondan suratga olingan video effektini yaratish mumkin.

Buning uchun kerakli rakurslarda video olib, uni tizimga joylashtirish kifoya. To'liq qo'llanma bilan videoda tanishing.

👉@SuniyIntellekt_AI👈

Sun'iy intellekt | ChatGPT

22 May, 06:18


100 sahifali hujjatni o'qib chiqib, unga mos hisobot yozishdan ko'ra zerikarli va murakkab ish bo'lmasa kerak.

Sun'iy intellekt yordamida ushbu vazifani tez va oson bajarishning yo'lini o'rgatsak-chi? 👌

Humata.ai - bir necha daqiqalarda katta hajmdagi fayllarni analiz qilib, ushbu hujjat bo'yicha berilgan barcha savollarga javob berishga qodir. Tizimda ro'yxatdan o'tgandan so'ng (60 betgacha) bepul foydalanish mumkin.

Hozirda tizim rus va ingliz tillarida ishlaydi.


👉@SuniyIntellekt_AI👈

Sun'iy intellekt | ChatGPT

20 May, 09:02


Google qidiruv tizimiga ko'plab o'zgarishlar kiritildi!

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra kompaniya qidiruv tizimini qayta ishlab chiqib, uni global miqyosda o'zgartirishga erishdi.

Ammo hozircha biz ushbu o'zgarishlardan foydalana olmaymiz! 🤨
Tizim faqatgina AQSh foydalanuvchilari uchun ingliz tilida ishlamoqda.

Umid qilamizki, tez orada biz ham yangi Google'ni qidiruv so'rovlarimiz uchun qo'llay olamiz.


👉@SuniyIntellekt_AI👈

Sun'iy intellekt | ChatGPT

19 May, 04:38


Sunʼiy intellekt bizni reklamadan himoya qilishga qodir! 🛍

Bugungi kunda reklamani deyarli barcha qadamda uchratish mumkin: ko‘chalardagi banner hamda monitorlarda, TV roliklarda, ijtimoiy tarmoq, saytlar va mobil ilovalardagi kontentda. Afsuski, inson istaydimi yoki istamaydi brend bosimiga tushib qoladi.

Biroq, zamon o‘zgarib bormoqda! Inson turmush tarzidagi ko‘plab yumushlarni sunʼiy intellekt zimmasiga topshirishni boshladi. Bu esa o‘z yo‘lida insonga reklamadan uzoq bo'lgan ratsional qaror qabul qilishga imkon beradi. 👌

Deylik, yoz mavsumi uchun qulay, oq rangli, hamyonbop narxdagi krossovka xarid qilmoqchisiz. Sunʼiy intellektdan siz uchun variantlar topishni so‘raysiz. U 1000 dan ortiq saytlarni izlash va izohlarni analiz qilish orqali sizga haqiqiy optimal krossovkalarni taklif etadi. Ushbu tarzdagi xarid mobaynida qimmat brendlar mijozga taʼsir o‘tkaza olmaydi. Isteʼmolchi sifatli mahsulotni xarid qiladi va brend uchun qo‘shimcha pul to‘lamaydi.

Siz nima deb o'ylaysiz?

👉@SuniyIntellekt_AI👈

Sun'iy intellekt | ChatGPT

18 May, 05:49


🛸 GPT-4 yordamida bir nechata click orqali taqdimotlar yarating.

Gamma AI integratsiyalashgan sun'iy intellektga ega bo'lib, to'liq avtomatik asosda istalgan murakkablikdagi taqdimotlarni yaratish imkonini beradi.

Sinab ko'rish: Gamma

👉@SuniyIntellekt_AI👈

Sun'iy intellekt | ChatGPT

16 May, 13:03


Kichik yordamchingiz bilan sayohatga otlanishingiz mumkin!

🏖 Tripnotes.ai xorijiy davlatlardagi sayohatingizda shaxsiy gidingizga aylanadi.

Tizim dunyoning turli burchaklaridagi mashhur sayyohlik joylari, tarixiy obidalar, kafe va mehmonxonalarni tavsiya qiladi va marshrutingizni rejalashtirib beradi. Shuningdek, unga "5 ta eng romantik kafe", "butun shaharni aylanib chiqish", "3 kunlik sayohat" kabi maxsus so'rovlarni ham kiritishingiz mumkin.

👉@SuniyIntellekt_AI👈