SHEʼRLAR | Sherlar @sherlar_shoirlar_va_shoiralar Channel on Telegram

SHEʼRLAR | Sherlar

@sherlar_shoirlar_va_shoiralar


💥Premyeralar👇

💫Yangi she'rlar

♻️Eng Sara sherlar

♻️YouTube: https://www.youtube.com/@yangi_sherlar


Guruh: @ijodkorlar_shoirlar_va_shoiralar

♻️Grupamizdagi shoirlarning sifatli sherlari kanalga qo'yib boriladi


Reklama ADMIN @Xolbek

SHEʼRLAR | Sherlar (Uzbek)

🌟 SHEʼRLAR | Sherlar kanalimizga xush kelibsiz! Bu kanalda eng so'nggi va sara sherlar, yangi she'rlar va premyeralar uchun eng yaxshi joy. Agar siz sherlar ustida ishlashuvchi bo'lsangiz yoki faqatgina she'rlarni sevuvchi bo'lsangiz, bu kanal siz uchun mo'ljallangan! Kanalda ijodkorlar, shoirlar va shoiralar guruhining eng yaxshi va sifatli she'rlari joylashgan. Agar siz ham o'zingizning yaratilgan she'rlaringizni do'stlaringiz bilan baham ko'rishni istasangiz, bu kanal sizga yordam beradi. Kanalda ommabop YouTubega havola ham joylashgan. Siz ham bizning ijodkorlar_shoirlar_va_shoiralar guruhiga qo'shilib, eng yangi va eng zamonaviy she'rlar bilan tanishib, ularga qo'llab-quvvatlanishingiz mumkin. Sherlar sevganlar, birgalikda yangi she'rlar matnini o'qiylik va do'stlarimizga ulashikmaslik uchun birga faol harakat qilib, xursand bo'ling! 🌟

SHEʼRLAR | Sherlar

09 Feb, 08:12


Sevsang dunyolarni unutib sevgin
Mendan o'zgalari buzmasin fikring
Sevsang sog'inchlarda olovdek yongin
Mendan yiroqlarda tutmagin jisming

Sevsang ollox uchun yurkdan sevgin
Har tunda taxajjud hamroxim bo'lgin
Sevsang dunyolarni unutib sevgin
Men uchun jannatda hurlardan kechgin

Sen meni sevolsang shundayin sevgin
Abadiy tillarda yashasin yonib
Sevsang shundayin sev bo'lmasa sevma
To'kilgan dilimning ozori bo'lib

✍️Raximberdiyeva Shodiya

SHEʼRLAR | Sherlar

09 Feb, 07:50


Bevafo yor...

Koʻzlarim zor yoʻlingizda qolib ketdi
Ketyapsiz-da holimizni etib abgor.
Sizni oʻsha boyvachchalar olib ketdi
Bugun sizga baxt tilayman bevafo yor

Bilmas edim ne oʻylar bor oʻyingizda,
Kuydirdingiz men oshiqni koʻyingizda,
Yor-yor aytib beray oʻzim toʻyingizda,
Bugun sizga baxt tilayman bevafo yor.

Muhabbatdan boylik ustun zamon ekan,
Sevmaganga koʻngil berish yomon ekan,
Bir bor sevib kuygan yurak tamom ekan,
Bugun sizga baxt tilayman, bevafo yor.

Oppoq libos yarashibdi egningizga,
Biz munosib boʻlolmadik sevgingizga,
Boring mayli, endi oʻsha tengingizga,
Bugun sizga baxt tilayman, bevafo yor.

Oʻzingizcha siz osmonda oy boʻldingiz,
Kiprigi oʻq, qoshi kamon-yoy boʻldingiz,
Boyga tegib mana endi boy boʻldingiz,
Bugun sizga baxt tilayman, bevafo yor.

Kambagʻal deb nazarga ham ilmadingiz,
Chin sevgimni qadrini hech bilmadingiz,
Siz Xurshidga sira vafo qilmadingiz,
Bugun sizga baxt tilayman, bevafo yor.

Xurshid Qodirov

SHEʼRLAR | Sherlar

07 Feb, 07:34


Биласанми менга ёқишинг,
Сенга атаб битганим ашъор
Биласанми сенинг боқишинг
Туни бўйи қилади бедор

Интилади сен томонга дил
Ҳайқиради рухим севдим деб
Аммо ожиз сўз демоққа тил
Жим тураман ич этимни еб

Аксинг кўрдим ойнинг юзида
Ўпгим келди шу он ой юзин
Афсус келдинг умр кузида
Ўн саккизга кирган гулюзим...

Муталлиб

SHEʼRLAR | Sherlar

02 Feb, 19:12


Qishlogʻimni sogʻindim

Yoshligimni oʻzi bilan olib ketgan,
Qoʻmsayapman endi koʻngil ardogʻimni.
Mendan juda olislarda qolib ketgan,
Qishlogʻimni sogʻindim men, qishlogʻimni.

Dunyolarni kezdim izlab hoy-u havas,
Tashvishidan charchaganim yolgʻon emas,
Havosidan toʻyib - toʻyib olay nafas,
Qishlogʻimni sogʻindim men, qishlogʻimni.

Koʻchalari chang boʻlsa ham chopsam edi,
Shaharda yoʻq baxtni izlab topsam edi,
Bir lahzaga ortga qaytib qolsam edi,
Qishlogʻimni sogʻindim men, qishlogʻimni.

Buloqdagi zilol suvdan totgim kelar,
Qizgʻaldoqzor bagʻrida jim yotgim kelar,
Gʻamlarimni dildan yulib otgim kelar,
Qishlogʻimni sogʻindim men, qishlogʻimni.

Ilk sevgimga guvoh oʻsha majnuntollar,
Yodga tushsa yuragimda olov porlar,
Koʻnglimdagin aytay sizga, qadrdonlar,
Qishlogʻimni sogʻindim men, qishlogʻimni.

Hozir balki osmonlarga yetar qoʻlim,
Bogʻlariday bogʻ koʻrmadim soʻlim-so'lim,
Qaniydi shu tomonlarga eltsa yoʻlim,
Qishlogʻimni sogʻindim men, qishlogʻimni.

Davomi bor...

Xurshid Qodirov

SHEʼRLAR | Sherlar

02 Feb, 09:32


Topilmasim


Quyosh nurin uzoq ko‘rmay so‘lgan gulim,
Eslasam gar titroqlarga tushar dilim.
Hayotimda eng yomonlik mudhish kunim,
Jannatlarda kuting bizni onajonim.

Farzdanlarni o‘z baxtiga kuzatdingiz,
Asl mehr xazinasin ulashdingiz.
Chin onalik muhabbatin ko‘rsatdingiz,
Hurlar bilan bo‘ling doim onajonim.

Farishtaday yuzingizni ko‘rgim kelar,
Yaxshi ko‘rib suyushimni aytgim kelar
Siz bor uchun bolalikka qaytgim kelar,
Nurlar ichra yoting har dam onajonim.

Bizdan oldin ketdingiz bizni tashlab,
Qaytib bo‘lmas chin dunyoning yo‘lin boshlab.
Huvillatib hovlimizni dilni g‘ashlab,
Jim ketdingiz ishonganday neni o‘ylab.

Qalbi go‘zal bahorima jonajonim,
Ko‘rmoq uchun berar edim bor jahonim.
Go‘yo zulmat ichidadir bu dunyoyim,
Yo‘qolganu topilmagan ko‘zmunchog‘im.

Tushlarimga kiringda hech ko‘rib turay,
Sog‘inch dardin shu bahona ichga yutay,
Diydor uchun tun bo‘lishin zor zor kutay.
Endi aslo topilmasim dil gavharim.


Marhabo Safar

https://t.me/sherlar_shoirlar_va_shoiralar

SHEʼRLAR | Sherlar

29 Jan, 14:16


OQQUSH BO‘LIB UCHIB KETSAM.

Baland tog'dan otsam o'zimni.
Erkalasa shamol yuzimni.
Bitta ochib yumib ko'zimni.
Oqqush bo‘lib uchib ketsam. 

Malol bo‘lmas shunda senga xam.
Yoki ketar mangu dildan g'am.
Yorug' kunlar bordir menga xam.
Oqqush bo‘lib uchib ketsam.

Pok sevgimni qildingku uvol.
Ayriliq bu biz uchun visol.
Sog'inarsan meni extimol.
Oqqush bo‘lib uchib ketsam.

Bu ko'z yoshu daryolaridan.
Gap so'z buxton g'avg'olaridan.
Bu yolg'onchi dunyolaridan.
Oqqush bo‘lib uchib ketsam.

Bir ushalmas orzuyim borki.
Ushalmaydi armon bor toki.
Bu dunyoga siqarsan yoki.
Oqqush bo‘lib uchib ketsam.

Kimdir kular kimdir yig'laydi.
Kimdir kurib nazar ilmaydi.
Kimdir bilar kimdir bilmaydi.
Oqqush bo‘lib uchib ketsam.

Kuyib bo‘ldim dunyoda yona.
O'zim ovunch o'zim g'amxona.
Men qaytaman yig'lamang ona.
Oqqush bo‘lib uchib ketsam.

(Rustam.)

SHEʼRLAR | Sherlar

28 Jan, 13:42


Sen bilan o'tgandir maktab yillarim
Eslaysanmi? o'shal ajab damlarni
Birga kelar edik uyimizga ham
Eslaysanmi? o'shal yo'llarimizni

Esingdami? qilgan sho'xliklarimiz
Darslarga kimay qochganlarimiz
Pechkani  tutib yoqganlarimiz
Ustozlar quloq solmaganlarimiz

Sogindim  o'shal yo'llarmiz
Anxor yoqlab yurganlarimiz
Orliq ko'chalarni kezganlarimiz
Loy ko'chalarda qaytganlarimiz

Endi qaytib kelmasmi?  lahzlarimiz
Ertaklarga ishongan bolagimiz
Nahot qilmaymizmi? sho'xliklarimiz
Birga qilmaymizmi? orzularimiz

Qara uyg'aytiribdi  yillar bizlarni
Ulgayganimiz semay ham qolibmiz
Bugun bir uyning bo'lib bekasi
Ona bo'laganimiz semay qolibmiz

:Muhammadaliyeva Maftuna Mahammadrasul qizi

Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin

SHEʼRLAR | Sherlar

28 Jan, 13:40


Sher yozishga mavzu qolmadi,
Qidirdim-u, topmadim hech ham,
Urundim-u, odam bo’lmadim,
Yo taqdirga beraymikan tan.

She’r yozishga mavzu qolmadi,
Biror kishi bergaymi yordam.
Azroil ham jonni olmadi,
O’tiribman ne qilay bilmam.

She’r yozishga mavzu qolmadi,
Hammayoqda sevgi,ayriliq.
U qiz menga nazar solmadi,
Qaramaydi endi qayrilib.

She’r yozishga mavzu qolmadi,
Mavzu bering ko’chirib olay.
Yozay desam siyoh qolmadi
She’r yozmayman, sharmanda bo’lmay.

SHEʼRLAR | Sherlar

28 Jan, 05:25


Hohishinga
   Muhlislar talabiga binoan bu she'r
Yana qaytadan joylandi

O'laman deb  zor emasman boqishinga
Shaydomasman kulib kiprik qoqishinga
Qo'yib berdim yurakka o't yoqishinga
Sevolsang sev qara yana hohishinga

Endi meni qiziqtirmas aytar so'zing
Qo'l siltayman  soxtagina olqishinga
Ko'rib bo'ldim niqobda ham asl yuzing
Sevolsang sev qara yana hohishinga

Sensiz yashab bo'lmaydi deb o'ylar edim
Javobim shu qilgan xato ayb ishinga
Ko'zlari ko'r omi ahmoq telbamidim
Sevolsang sev qara yana hohinshga

Avvalgidek bo'lmaydi xech tuyg'ularim
Yo'ling kutib yashamayman qaytishinga
Sen sizam ko'p yetarlicha qayg'ularim
Sevolsang sev qara yana hohishinga

Chiroyinga ko'p ishonib qolgan bulsang
Zor emasman sevaman deb aytishinga
Senga aytar so'zim shudir agar ko'nsang
Sevolsang sev qara yana hohishinga

Meni mendek sevolmading endi qara
Qaytar dunyo ekanda bu qilmishinga
Qolib ketgan sen tufayli bitmas yara
Sevolsang sev qara yana hohishinga

Sevib meni ado bo'ldi degandirsan
Ahmoqlar bor ishonadi mish –mishinga
Sarvar Mirzo yalinmaydi bilgandirsan
Sevolsang sev qara yana hohishinga

Sarvar Mirzo
❌️Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin

SHEʼRLAR | Sherlar

28 Jan, 02:29


Qishdan chiqa olmadik butun
Bahor bizni qatl qilolmas
Kuz yaprog'lar to'kilib bu kun
Yurak endi uni deyolmas.

To tonggacha ushlangan qo'llar
Begona choy uzatadi
Bizsiz o'tmas bu ajib yo'llar
Endi bizni jim kuzatadi.

Balki endi u tabassumni
Faqat tushda ko'ra olarmiz
Bu dunyoda bo'lmadik birga
U dunyoda birga bo'larmiz


#Azimkuloooov

SHEʼRLAR | Sherlar

26 Jan, 10:01


Ичим дартга тўлиб кетган😔

Айтолмайсан кўнгил сиринг,
Ҳамма ёмон бўлиб кетган.
Тингласангиз! гапиртиринг,
Ичим дартга тўлиб кетган.

Дилда ўчган шамларим бор,
Қўлим етмас камларим бор,
Шунчалар кўп ғамларим бор,
Ичим дартга тўлиб кетган.

Айбни ўзга олганимдан,
Фақат ёлғиз қолганимдан,
Неки? қалбга солганимдан,
Ичим дартга тўлиб кетган.

Ишқни кўзин ўйганим рост,
Ҳа! ишонмай қўйганим рост,
Ҳаммасидан тўйганим рост,
Ичим дартга тўлиб кетган.

Дўстим сотди ҳолим сўриб,
Ёрим кетди бағрим юлиб,
Кимдан бўлса озор кўриб,
Ичим дартга тўлиб кетган.

Ҳамма зўр деб юраверсин,
Ҳар не ҳаёл сураверсин,
Ташқим кулиб тураверсин,
Ичим дартга тўлиб кетган.

Сарвар Мирзо етмас ҳаво,
Тор кўринар ер-у само,
Яшаяпман шундай аммо,
Ичим дартга тўлиб кетган.

МуаллифСарвар Мирзо
Муаллиф рухсатисиз фойдаланилмасин

SHEʼRLAR | Sherlar

26 Jan, 04:43


Соғинчдан юрагим
бўлса минг пора,
Кўзимдан ғамларнинг
ёғса ёмғири,
Сўнги дам қошимга
келсайдинг зора,
Қўлларингда ўтса
умрим охири.

Йўлларингга боқиб
термулсам толсам,
Енголмасам жоним
бу оғир дардни
Айтчи бир бор йўқлаб
келишинг учун,
Қийноқларда қолиб
ўлишим шартми.

Дайди еллар сўзим
етказса зора,
Келиб қулоғимга
шивирлаб секин,
қўлингда тугасин
умрим майлига,
Сени жуда жуда
соғиндим дегиин.

Майли саҳроларда
кезай пиёда,
Майли қаҳратонлар
музлатсин таним.
Мен учун биттасан
ёруғ дунёда,
Келар бўлсанг, бўлсин
юз йил кутганим.

Муаллиф Малика Мардонзода.

SHEʼRLAR | Sherlar

24 Jan, 05:29


Alvido

Endi boshqa koʻrishmaymiz,
Gul yuzligim alvido,
Sen ketyabsan oʻzga uyga,
Kelin boʻlib alvido,

Yarashibdi oq libosing,
Baxtliy boʻlgin alvido,
Meni emas oʻzga yorni,
Tanlab ketting alvido,

Bu taqdirning ishlariga,
Hayron qoldim alvido,
Yoki sening xazilingmi,
Bilmay qoldim alvido,

Majnun tollar yoʻllarimni,
Toʻsar boʻldi alvido,
Koʻrgani ham borolmayman,
Soʻngi bora alvido,

Hafa boʻlma kelmadi deb,
Kumush qorim alvido,
Bir jom toʻla ogʻu ichdi,
Otabeking alvido,

OTABEK sheʼri
24.01.2025

SHEʼRLAR | Sherlar

24 Jan, 03:41


NA BUNCHA QIYNAYSAN SEVAR EKAN DEB

Osmondagi oyning boʻlsangda qizi
Yerga tush osmonga beravermay zeb
Inson emasmisan ayt kimsan oʻzi
Na buncha qiynaysan sevar ekan deb

Senga atalgan bu Dilshodning soʻzi
Koʻnglingda sevgiga joy bormi oʻzi
Eshit boyvachchaning erkatoy qizi
Na buncha qiynaysan sevar ekan deb

Oshigʻim sochimdan koʻp dedingmi yo
Yoki koʻr qildimi koʻzlaring dunyo
Sevgim isʼhor qilsam boqmaysan qiyo
Na buncha qiynaysan sevar ekan deb

Balki past koʻrdingmi oʻzingni mendan
Nega olib qochding yuzingni mendan
Menku kutmagandim ishongin sendan
Na buncha qiynaysan sevar ekan deb

Boʻlsang boʻlibsanda bir boyning qizi
Yoki tillo saroy zoʻr joyning qizi
Boʻlsang boʻlmaysanmi yo oyning qizi
Na buncha qiynaysan sevar ekan deb

Ketsam izlarimni izlab qolasan
Bir kuni topolmay boʻzlab qolasan
Sevsang meni qiynab nima qilasan
Na buncha qiynaysan sevar ekan deb

Menchi koʻngling kimda bir soʻrab koʻrmay
Oshiq boʻlibmanda sevibman bilmay
Dilshodning soʻzlarin nazarga ilmay
Na buncha qiynaysan sevar ekan deb

✍️ Dilshod Samatov......23.01.2025....20:00

@sherlar_shoirlar_va_shoiralar

SHEʼRLAR | Sherlar

24 Jan, 03:41


MEN YURAKSIZ QOLDIM...

Men undayin emas edim.
Yashamoqdan toldim Ona...
Olib ketdi yuragimni.
Men yuraksiz qoldim Ona...!!!

Sen yaxshisan dedilar boshlab.
Oshlarimni yedilar... oshlab.
Ketdi ko‘zimni xammasi yoshlab.
Men yuraksiz qoldim Ona...!!!
Men keraksiz qoldim Ona...

Ishi tushsa izlab topishdi.
Oyog‘imga biram yopishdi.
So‘ng qo‘limni asta chopishdi.
Men yuraksiz qoldim Ona...!
Men bilaksiz qoldim Ona...

Dunyo shunday besamar o‘yin.
Mashaqqatli, bunchalar qiyin...
Bir tiyin ekan, xammasi bir tiyin.
Men yuraksiz qoldim Ona...!!!
Men tilaksiz qoldim Ona...

Soxtalarni ko‘pligiga boq.
Oqlar qora bo‘ldi. Qora esa oq.
Rustam bulardan chiqargin saboq.
Men yuraksiz qoldim Ona...!!!
Men kuraksiz qoldim Ona...

Ruy-rost ekan aytgan so‘zing xam.
Aldar ekan ikki ko‘zing xam.
Yolg‘izlatib ketding o‘zing xam.
Men yuraksiz qoldim Ona...!!!
Men tirgaksiz qoldim Ona...

Rustam.              

Lelingrad.                         23.01.2025-y.

SHEʼRLAR | Sherlar

23 Jan, 12:57


Online rasmiylashtirib beramz

SHEʼRLAR | Sherlar

23 Jan, 12:57


Beeline 🎅

🍁Simkarta Aksiya👍

Simkarta 10 ming so'm

Tarif tolangan☄️
30 gb internet⚡️
Gaplashish cheksiz🌐


Tekinga olish uchun

@Yangiyer_xozmag kanaliga azo boling va tekinga simkarta oling⚠️

Simkarta olish uchun pasport yoki prava ga beriladi📊

Murojat uchun @Xolbek

Birinchi 5 kishiga 3 ta simkarta bonus qilib beriladi faqat bitta pasportga🔼

Tel: 500777766

SHEʼRLAR | Sherlar

18 Jan, 08:48


Tundalik

Koʻnglimni siyohga botirib oqshom,
Oq qogʻoz yuziga qoʻyib yubordim.
Qogʻozdan qon sizib qonga toʻldi jom,
Men esam Hayyomni soʻroqlab bordim.

Tun ham qoyim boʻlib jonim qasdida,
Xoʻp uzoq choʻzildi tongni berkitib.
Tirikdek koʻrindim balki, aslida,
Qoʻyganman umrimning bahridan oʻtib.

Men-ku ulgʻaymadim, gʻamlar ulgʻaydi,
Qovushtirolmadim ikki kaftimni.
Kulsam, kulgichimni yoshlar bulgʻaydi,
Quzgʻunlar choʻqilar qaro baxtimni.

Noshukurlik boʻlsa, Allohim, kechir,
Bandalik haddimdan oshdim ehtimol.
Shuncha vaqt yoʻqotib boʻlgani zohir,
Soʻqir uchun yoqqan shamlarim uvol.

Oromsiz oʻtkazdim butun oqshomni,
Boʻgʻzimda faryod-u ohlar boʻgʻildi.
Narxi arzongarov emas ilhomni —
Dard doya boʻldi-yu shu sheʼr tugʻildi.

Suhrob Ismat OCHILOV
2025.18.01 NAVOIY

SHEʼRLAR | Sherlar

18 Jan, 04:46


Мушоирадан

"Таслимман"

Хушим олди пари пайкар ишқида бемор таслимман.
Васлига чин гарибу бўлмакка хушдор таслимман.

Магар чархи фалак қилса мани зафарон киби,
Ул пари янчмак учун юлқаса минг бор таслимман.

Мен  ошиқга бир лахзаю нигохин қўйса қадаб,
Бир умр номини оқлаб битмакка ашъор таслимман.

Эй Муталлиб хурлиқодин но умид бўлма ва лек,
То кай унинг васлин тилаб бўлмакка бедор таслимман.

Чин муҳаббат бодасидин сийлади Холиқу хақ,
Энди манга бу оламда барчаси бекор таслимман.


Муталлиб

SHEʼRLAR | Sherlar

15 Jan, 15:54


Qalbimning yaralari ortadi nuqul,                                                    Go'yoki shubhalar rostdan bo'ladir.                                           Unutmoq istadimi meni usha gul,                                                  Qalbing ichida qalb  sarsonadir.                                       Muhabbat aldadimi yoki qora ko'z,                                                        Tushunmay qoldimda bu dunyolarga.                                                   Sevgimdan men chindan o'girmayman yuz,                                                         Sendan bilgin hech o'girmayman yuz.                                                        Qalbimning  yuragi yig'laydi chidaydi,                                                                 Bir kuni bilaman ketar yorilib.                                                     Ishq deya darbadar-u bo'ldimda daydi,                                                                  Sevgingga chindanda ketdim qorilib!                                                                        Sen nechun qiynaysanda men ozor yutay,                                                    Dardingni ochig'in aytmading boqib.                                                        Sevmasang mayli,unda yolg'iz men utay,                                                 SHe'rlarim daryoda ketsa ham oqib!             Shohruh she'ri❤️🇺🇿

SHEʼRLAR | Sherlar

15 Jan, 13:06


Бойга Илинди👊

Васлинг учун елиб ғам есам,
Ожизлигим нетай билинди.
Қизингизни оламан десам,
Отанг сени бойга илинди.

Айтар сўзи тешар ўқмикан?
Унга берса кунгли тўқмикан?
Камбағалда юрак йўқмикан?
Отанг сени бойга илинди.

Дардларимга шерик мунгли най,
Юрак тўхтаб қолмоқликка шай,
Розилигинг сўраб ўтирмай,
Отанг сени бойга илинди,

Кўр қилдими бойлигу зари?
Севги муҳим эди илгари,
Нарх белгилаб буюм сингари,
Отанг сени бойга илинди.

Кўнмас тўнин тескари кия,
Жим тингладим тилимни тия,
Вадалашиб қўйганман дея,
Отанг сени бойга илинди,

Ўтирибман бағримни тилиб,
Севгим ишқнинг дорига илиб,
Қўлим калта эканин билиб,
Отанг сени бойга илинди.

Алам ортиб борар кун сайин,
Куйиб адо бўлмоғим тайин,
Мен ғарибга қизин бермайин,
Отанг сени бойга илинди.

Бой ёнида эканда жойинг,
Қўлингдаги бол асал чойинг,
Не қилса ҳам Сарвар Мирзойинг,
Отанг сени бойга илинди.

МуаллифСарвар Мирзо
❌️Муаллиф рухсатисиз фойдаланилмасин

SHEʼRLAR | Sherlar

13 Jan, 19:34


ОЛИБ КОЧАЙ.
Куйиб берсанг олиб кочсам.
Етолмаса бизга хеч ким.
Пойинга минг гуллар сочиб.
Лабингдан бол келар ичким.

Куйиб берсанг олиб кочсам.
Майли кейин жоним олсалар.
Бизга ухшаб куйиб юрганлар.
Севгимизга койил колсалар.

Куйиб берсанг олиб кочсам.
Сахроларга Мажнундай булиб.
Яшар эдик иккимиз шодон.
Ок гулларга баг'римиз тулиб.

Куйиб берсанг олиб кочсам.
Мендайинлар камми дуне"да.
Булди сенга нима фарки бор.
Отдаманми е"ки пие"да.

Куйиб берсанг олиб кочсам.
Хижронларинг куйса мени тинч.
Бир биримизга туймасдик сира.
Бизга армон буларди сог'инч

Куйиб берсанг олиб кочсам.
Кунглим сокин осмонига.
Чидардим мен такдирни шу.
Кора буг'дой -ю нонига

Ишк,и масту --маст килди гул.
На бир май бу на бир кук чай.
Илтифот эт эй Рустаминга
Куйиб берсанг олиб кочай.


Рустам.

https://t.me/sherlar_shoirlar_va_shoiralar

SHEʼRLAR | Sherlar

13 Jan, 19:29


Kanal adminidan 😁👍
Kamchiligi bor
Aytib yuborasizlar

Nolima hayot o'zi shunaqa
Sen hohlagan hayotdan bolma umidvor
Sen hayotingga yetgan zahoting
Kamlik qilar u ham senga bo'lar tor

Inson nafsini jilovlay olmas
Hayvon to'ysa to'yar inson to'ymaydi
Taom qorin dardini qoldirar bir pas
Inson nafsini qondirolmaydi

Bugun erishganing ertangga yetmas
Bugungi kop kechagidan, ertasiga kam
Yayov edim, yurdim mashinada ham
Samalyot yetmaydi ko'nglim doim kam

Bir oy birxil birdek o'tyapdi
Bir oy ishladim bir chaqani deb
Bir kun men ham olarman balkim
Hozircha yuribman qotgan nonni  yeb

Shukur kunim o'tyapdi sog'lomman tetik
Yetkazganiga shukur nima ham derdik

Muallif: @Xolbek Shodiboyev

https://t.me/sherlar_shoirlar_va_shoiralar

SHEʼRLAR | Sherlar

09 Jan, 19:07


https://temu.com/u/IUztcQXr8i1pW

SHEʼRLAR | Sherlar

08 Jan, 12:47


BO'RILARGA DUST TUTINAMAN.

Da'vo qilayin aytinglar kimdan.?
Ig'vom qilmang ex... O'tinaman.
Menga qolsa endi bugundan.
Bo'rilarga dust tutunaman.

Uzul kesil xal qilar shatta.
Bulmagan u xech qachon "latta".
O'zidan xam yuragi katta.
Bo'rilarga dust tutinaman.

Tashlab quymas og'a-inini.
Xoritmagan xali dinini.
She'rday quriqlaydi inini.
Bo'rilarga dust tutinaman.


Dusting bulsa bo'riday bulsa.
Ushlagan joyini quyirmay yulsa.
Sharafda o'ladi agarda o'lsa.
Bo'rilarga dust tutinaman.

Sotqini yuq ular ichida.
Ishongani bilak kuchida.
Kiri bulmaydi kungil ichida.
Bo'rilarga dust tutinaman.

Ey nomard yulimdan qoch.
Dustga talab kunglim och.
Bugun sira yuq iloj.
Bo'rilarga dust tutinaman.


Rustam

SHEʼRLAR | Sherlar

06 Jan, 10:54


🎅Beeline simkarta qib beramz online

🟨E SIM

E SIM BU SIMKARTASIZ TELEFONINGIZGA ULANADI😊👍🤩

Telegram uchun ham simkarta qib beramiz😍

Albatta passport bilan

💗Murojat uchun: @Xolbek

Tariflar va internet paketlar haqida lichda aytiladi

35 mingga 50 gb internet😍😍😍 va vip gaplashish🤩

SHEʼRLAR | Sherlar

05 Jan, 15:12


Suyganingda suyunmagan dunyodir bu
Kuyganingda kuyunmagan dunyodir bu
Bu dunyoni azoblari koʻpmi gulim
Sen oʻzingni avaylagin hoʻpmi gulim

Shamol keldi oftob nurn sochmasidan
Sevgim soʻndi koʻngil sirn ochmasidan
Bu sirlarim hamon meni koʻmdi gulim
Sen oʻzingni avaylagin hoʻpmi gulim

Ikkimizning sevgimizga koʻzlar tegdi
Koʻzlar emas shirin shirin soʻzlar tegdi
Bu soʻzlarda muhhabatim yoʻqmi gulim
Sen oʻzingni avaylagin hoʻpmi gulim!!

        DILSHOD.MADAMINOV

SHEʼRLAR | Sherlar

02 Jan, 18:38


« Bahtimsiz Ona »

Nima toptim o'zi do'stga ishonib,
Kettiku u ahir ishonchim olib,
Yashayman faqat sizga suyanib,
Bu yolg'on dunyoda rostimsiz ona,
Siz mening eng oliy bahtimsiz ona,
 
Faqat siz bo'ldingiz meni ishonchim,
Yonimda har doim bo'lib suyanchim,
Siz sabab yuzimda bordir quvonchim,
Ishonchim oqlagan faqat siz ona
Siz mening eng oliy bahtimsiz ona,

Gohida ranjitdim bilmay ko'nglingiz,
Shunda ham erkalab meni suydingiz,
Faqat siz meni borimcha sevdingiz,
Eh siz bunchalar ham yahshisiz ona,
Siz mening enga oliy bahtimsiz ona,

Siz borki onajon uyimda fayz bor,
Boringizga shukur aytaman yuz bor,
Baxtimga yahshiyam onajon siz bor
Hayotim mazmuni bu siz siz ona,
Siz mening eng oliy bahtimsiz ona,

Har doim qaraysiz mening ko'nglimga,
Faqat siz etasiz mening qadrimga,
ILohim sog' bo'ling mening baxtimga,
Yahshi ham yonimda siz borsiz ona,
Siz mening eng oliy bahtimsiz ona,

{ 01, 01, 2025, Yangi Yilga Yangi Sher }

Muallif; #Бахромовна

SHEʼRLAR | Sherlar

31 Dec, 03:25


❄️❄️❄️ЯНГИ ЙИЛ.❄️❄️❄️


Остонаси омадларга эшик
бўлган ,
Кўҳна дунё чархларига бешик
бўлган.
Мавжудодлар давом учун бир
ишқ бўлган,
Даҳридунга ҳаёт бўлган янги
йилим!

❄️🌲❄️

Узоқ йиллик одатларинг
этсин давом,
Ер юзидан қайғу, ғамни тугат
тамом!
Миллионлаб яшаётган барча
авом,
Ҳаётига бахт олиб кел янги йилим!

❄️🌲❄️

Қанча уруш талофатга қурбон
дунё,
Яхшилигу эзгуликка сарбон
дунё.
Қадр-қиймат ичра нархи арзон
дунё,
Узра қадр, қиймат бўлгин янги
йилим!

❄️🌲❄️

Ҳамдлар билан ўтаётган онлар
учун,
Умид билан яшаётган жонлар
учун,
Орзуларин рўёбидан тонглар
учқун,
Ёғду бўлиб кириб келгин янги
йилим!

❄️🌲❄️

Омон бўлсин яқинлар-у, дўсту
ёрлар,
Сизга Аллоҳ назар солсин, бахти борлар,
Дуо бўлгин соғлик, омад, ишқни
чорлар,
Рўёб бўлиб кириб келгин янги
йилим!

❄️🌲❄️

Орзу бўлиб кириб келгин янги
йилим!
Ёгду бўлиб кириб келгин янги
йилим!
Ер юзига тинчлик,омад,
қут-барака,
Файзу бахтни олиб келгин янги
йилим!

Раъно Саматова.
🌲❄️🌲 29.12 .2024. 🎄❄️🌲

SHEʼRLAR | Sherlar

22 Dec, 18:22


Роббим берганда омад
Копайса пул даромад
Жонингиз хам омонат
Кимлигинггиз унутманг.

Даврингиз хам отади
Тандан соглик кетади
Роббим яхши билади
Кимлигингиз унутманг

Хашаматлар вактинча
Мехмонмизку вактинча
Гийбат килманг хар канча
Кимлигингиз унутманг.

Рохати хам синовда
Юрсангиз хам уловда
Озор берманг бировга
Кимлигингиз унутманг.

Кибр деган хор килар
Аллохни кахри келар
Иймон сизни бой килар
Кимлигингиз унутманг.

SHEʼRLAR | Sherlar

13 Dec, 15:46


Мушоирадан

"Билмайсиз"

Билмайсиз,канчалар мушток,лигимни,
Ишк,ингизда мудом сайрок,лигимни,
Оламга жар солиб келар куйлагим,
Билмайсиз мехрга чанк,ок,лигимни.

Кухи к,оф тарафга нигохим к,адаб,
Митти юлдузимни ягона атаб,
Тунлар ку'зимдаги уйк,уни хайдаб,
Билмайсиз , сизни деб уйгок,лигимни.

О, бу ишк, учк,уни лов йонар танда,
К,андок, чидай олсин ,гунохкор банда,
Хар нафас, хар лахза хар келган дамда,
Билмайсиз, абр-у хам чак,мок,лигимни.

Келсангизда менинг к,ошимга кунлар,
Биламан улфатдир бахти бутунлар,
Менинг дилим аро к,анча тугунлар,
Билмайсиз, жавобсиз су'рок,лигимни.
Билмайсиз, хайолан у'рток,лигимни


Муталлиб

SHEʼRLAR | Sherlar

08 Dec, 06:44


🌸❤️🌺🩷🌸

Talab va takliflarga binoan bu mavzuga qayta qayta murojaat qilaveramiz toki bu mazu hech qachon eskirmaydi.

МЕН СЕВГАНМАН СЕВГИ
ТЎЛА КЎЗЛАРИНГНИ.


Бир кун байроқ ўрнатаман менга ишон,
Сабр деган тоғларингни тоқларига.
Мени кўриб йиқиласан кўксим узра,
Жаннат монанд Фирдавсийни
боғларига.


Ўзингни ҳам тутолмайсан шунда ишон,
Бир калима сўз келмайди тилларингга.
Сен ҳаётни хис қиласан фақат шу он,
Лабларимни қўйганимда
қўлларингга.


Ачинмайсан, шунча соғинч қийноқларга,
Шукр дейсан, менга кўнгил берганингчун.
Ҳали шошма, бахтлиман деб айтмоқларга,
Афсус дейсан, ерларингда
юрганингчун.


Чунки, илк бор хис қиласан Жаннатларни.
Ифоримдан ва ишқимдан
тонолмайсан.
Икки дунё унутиб ҳур
малакларни,
Менсиз ҳатто нафасни
ҳам ололмайсан.


Кибр қилма,сенга
соғинч бераман деб,
Менга айтма ўшал
арзон сўзларингни.
Мени асра ,ҳам авайла
севаман деб,
Мен севганман севги
тўла кўзларингни.!!!!



РАЪНО САМАТОВА 6.12.2024

SHEʼRLAR | Sherlar

09 Nov, 09:45


Мушоирадан

"нега сени севдим"

- Нега сени севдим?!  Билмайман ҳануз,
Лабингни олига ошиқманми ё,
Умрим  кузагида келдинку гул юз,
Қалбимни умидга буркадинг гўё.

Нақадар жилвакор табассуминг бор,
Менинг юзим сўлғин — кузаки япроқ.
Тафтингни ҳис қилиб кувонаман ёр,
Кўнглингни сўрагим келмайди бироқ.

Нечун сени севдим?... 
Қизиқ..
Сенга ҳам.
Саволлар ёмғири ёғилар ҳар тун,
Бугун барчасига бир жавоб берсам,
Юрагим сен билан бўлди буст бутун!

Муталлиб

SHEʼRLAR | Sherlar

08 Nov, 03:36


Муллиф Малика Мардон.

Керилма молу давлатга
Керилма сохта савлатга
Ким созовор қай неъматга
Фақат Aллох билгувчидир.

Қоқилсалар кулма ногоҳ,
Ўз айбингдан бўлгин огоҳ,
Кимда савоб кимда гуноҳ,
Фақат Aллох билгувчидир.

Хеш айланса бегонангга,
Душманларинг ҳамхонангга,
Нелар битмуш пешононгга,
Фақат Аллоҳ билгучидур.

Шошил дўстларга ёрдамга,
Одам ғанимат, одамга,
қачон ишинг тушар, қай дамга,
Фақат Аллоҳ билгувчидир.

Нафсни банди айла қафас,
Туганмас ҳеч орзу ҳавас,
Қачон қайда сўнгги нафас,
Фақат Аллоҳ билгувчидир.


Малика Мардонзода шеъри.

SHEʼRLAR | Sherlar

26 Oct, 07:37


Zino yomgʻiri

Gunoh bulut misol koʻkni
Qopladiyu yopdi butkul
Zarrin nurlar oʻrni endi
Zimistonni qildi qabul

Faxsh atalmish shamol birda
Koʻtarildi asta sekin
Savob bogʻi gulzorlari
Xarob boʻldi birin ketin

Faxsh shamoli borgan sari
Kuchaydiyu boʻron boʻldi
Sukutdagi xirs makoni
Endi shovqin suron boʻldi

Tomchi tomchi zino endi
Osmonlardan yogʻdi sharros
Kimlar shalabbo yomgʻirdan
Kimga esa tushdi biroz

Unut boʻldi yuraklardan
Iymon degan ajib visol
Koʻcha kezar kapalaklar
Gul izlagan boʻlib misol

Pana topmagandek goʻyo
Hamma oʻzin suvga urdi
Faqat moʻmin tiydi oʻzni
Faqat moʻmin chetda turdi

Sardor soʻzing emas igʻvo
Hatto zarra emas gʻiybat
Zino koʻkda yoqqan chogʻda
Oʻzni tiymoq oʻzi ne’mat

✍️Kavsar(Sardor Samandar oʻgʻli)

SHEʼRLAR | Sherlar

24 Oct, 15:08


Onajonim yigʻlamayman degan
edim
Bugun dunyo tashvishlari yigʻlatdilar.
Haqiqatni bir oʻzimdan soʻramasdan.
Alyorlarning mish-mishlarga yigʻlatdilar.

Doʻstim deya qalbimdan joy bergan edim.
Javobiga oʻksik qalbim tigʻlatdilar.
Jafo emas doʻstdan vafo kutgan edim
Koʻzim oʻyib dilim abgor yigʻlatdilar.

Kambagʻalni sevishga ham haqqi yoʻqmi.
Gʻaribsan deb ostonadan boʻzlatdilar.
Boyvachchaning bolasiga farqi yoʻqmi.
Muhabbatim yakson qilib yigʻlatdilar.

Yigʻlatdilar , yigʻlatdilar,yigʻlatdilar.
Yigʻlamayman degan edim yigʻlatdilar

Qoʻlim kalta boʻlsa hamki koʻksim osmon
Osmonimdan uloqtirib haydatdilar.
Yiqisam gar yer koʻtaridi yana turdim
Shoir emas Majnunsan deb yigʻlatdilar.

Jigarlarim jigarimga xanjar urdi
Ayol makri qondoshlarim chalgʻitdilar.
Dushmanidan kutgan edim akamdanmas.
Boylik qursin mehrga zor yigʻlatdilar.

Onajonim yigʻlamayman degan edim
Bugun dunyo tashvishlari yigʻlatdilar.

Abdumalik shoir soʻzi

SHEʼRLAR | Sherlar

23 Oct, 08:25


Yoʻl oxirga yetdik nihoyat,
Unamading yayov yurishni.
Goh quvondim sevgidan gʻoyat,
Goh rashk qildim baʼzan urishdim.

Qoldi faqat bir taʼrifli soʻz,
Duch kelmaylik endi koʻzma-ko'z.

Indamadim, men ketdim deding,
Menda hisdan qolmagan zarra.
Tiz cho'kmayman bilib qoʻy ammo,
Unutishim endi muqarrar.

Ahd deysanmi pichirlab bod-bod,
Topganim shu sevgindan saboq.

Shum xabarlar tarqaldi tezroq,
Nima ahir?
Ayb menda soqit.
Koʻp mehrni berdimmi deyman,
Qiyin boʻldi sen ketgach oxir.
Eslolmading?!
Ahdni,
Vaʼdani.
Menga ishqdan dars berding boqiy,
Shiftga koʻzni qadagancha jim,
Sigorimni tutatib yotdim.

Yana nima,
Sinama bod - bod,
Menda qoldi suratlar biroz
Unutmoqlik qiyin u ammo,
Eslash ogʻir kechmoqlik uvol.

Javohir Qobilov

SHEʼRLAR | Sherlar

23 Oct, 08:22


To'yingizni o'zim o'ynab qizdiraman😔
Premyera🔥🔥🔥

Kelmaydi deb tazim qilib turavering,
Aniq borib ko'z yoshingiz sizdiraman.
Ko'rsangiz bas! so'ng yuzingiz buravering,
To'yingizni o'zim o'ynab qizdiraman.

Cho'ntagimga solib bitta qalam bilan,
Yo'lga tushay ruhi qochgan tanam bilan,
Bir ammallab kulib yig'lab alam bilan,
To'yingizni o'zim o'ynab qizdiraman.

Istasangiz hofiz bo'lay o'lan aytib,
Ahir boshqa uchrashmaymiz keyin qaytib,
Ichganda ham to'yxonani topib daydib,
To'yingizni o'zim o'ynab qizdiraman.

Osmondagi oyim derdim boyga kimsiz?
Bollar tomib maqtang qani nega jimsiz?
Yaxshi yomon necha yillik sevgilimsiz,
To'yingizni o'zim o'ynab qizdiraman.

So'ngi bora yuring lola termaysizmi?
Ming martamas bir marta qosh kermaysizmi?
Taklifnoma berasiz yo bermaysizmi?
To'yingizni o'zim o'ynab qizdiraman.

Baxtli bo'ling boshlamayman nizoni ham,
Zeriksangiz aldang kazo-kazoni ham,
Sherik topdim olib Sarvar Mirzoni ham,
To'yingizni birga o'ynab qizdiraman.

MuallifSarvar Mirzo
12.05.2024. 00:54
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin

SHEʼRLAR | Sherlar

22 Oct, 12:44


Қизингга

Фидолар бўлсам гар сўзингга
Мунчоқдек қоп қора кўзингга
Ёр бўлиш насиб этмаса гар
Исмимни қўйгин қизингга.

Тугамаса бахтли кунларимиз
Оловда куйсада дилларимиз,
Туташмаса тақдир йўлларимиз
Исмимни қўйгин қизингга.

Хайрон бўлмагин хеч сўзимга,
Кўзлари ўхшасин кўзимга,
Чақирсанг эслатиб бир зумга
Исмимни қўйгин қизингга.

Ёриме кўнглимни султони,
Уйингда Малика тимсоли
Бўлмаса ёр бўлиш имкони
Исмимни қўйгин қизингга.

Малика Мардонзода
16 ёшда ёзилган илк ижод намуналаримдан.
📝 📚 📩

SHEʼRLAR | Sherlar

22 Oct, 12:44


Келажакда.............


Авайлаб эркалаб суяман.
Ва сени хотирлаб куяман.
Ёдимда яшашинг учун хам.
Қизимга исмингни қўяман.

Хақнинг шу кўнглимга солгани.
Ўзимга аёндир қолгани.
Тинмасдан тилимга олгани.
Қизимга исмингни қўяман.

Сочингдек сочини ўради.
Отасин холини сўради.
Севгимни эслатиб туради.
Қизимга исмингни қўяман.

Бевафо тобтадинг оримни.
Тинглагил энг сўнги зоримни.
Кўнглига қарамай ёримни.
Қизимга исмингни қўяман.

Чиройи ўҳшасин аммо лек.
Фели тор бўлмасин фелингдек.
Кўрдингми телба йўқ менингдек.
Қизимга исмингни қўяман.

Хажрингда кўксимни ўяман.
Гоҳида жонимдан тўяман.
Не қилай унутгим келмайди.
Қизимга исмингни қўяман.

Қизинггга шеърига жавоб
(Бекзод АЪЗАМ).

SHEʼRLAR | Sherlar

22 Oct, 02:51


Саноат коллежида ишлаган вақтларим Бекзод деган ёш шер ёзадиган болани билардим. Оддий ва камгап кам суқум бола эди. Мен бугун шу йигитни вафот этганини эшитдим. Очиғи жудаям ачиндим. Инсон зоти бу дунёга абадий ёки мангуга келмаган. Бекзоднинг ўлимидан жудаям карахтман. У ёш шоир ва ижодкор эди. 😢!

Сабрим тугар етмайди дошим,
Давоси йўқ айланар бошим.
Сўнаяпти умр қуёшим...
Мен ўттизга кирмасам керак !

Юрак тўлиб тошди дард ғамга,
Нағмам ўтмас қисмат ҳакамга.
Тақдирим ўхшайди акамга,
Мен ўттизга кирмасам керак !

Азоб оғриқ жонимга жабр,
Вужудимни чорлайди қабр.
Тузалмайман энди барибир,
Мен ўттизга кирмасам керак !

Бекзод Аъзам

Бекзоджонни охирати обод бўлсин. Оиласи ва яқинларига ҳамдардлик билдирамиз.

SHEʼRLAR | Sherlar

20 Oct, 04:55


Malika Mardonzodaning "QIZINGGA" sarlavhali she'riga
Bekzod A'zamning "QIZIMGA ISMIMNI QO‘YAMAN" she'rini
🎤🎤 ABDILAZIZ XISOROVICH o‘qidi.

SHEʼRLAR | Sherlar

17 Oct, 07:18


BekSinger🎵
Oxirgi xat🖊
RAP🎤
Text SevaraNiiazova📜🖋

Yuragimdan U Ketdi💔
Endi Yurak To'lmaydi🥲
Yordam Bergin Allohim🙏
Bunday Yashab Bo'lmaydi😔

O'tiraman To'rt Devorda🥺
Dardimni Bilmas Hichkim😣
ichmagandim Umrimda😑
Bugun Kelyabdi ichgim🍺

SHEʼRLAR | Sherlar

06 Oct, 15:26


Kasal tanam ruxim ila ojiz Bo'lsa
Xayolimda Sog' odamdek yashayabman.
yaqinlarim dardim tinglab bezor bo'lsa.
netay o'lim kunlarimni kutayapman.

Fe'l atvorim avliyodan farq qilmaydi.
kibrli dib G'iybat qilsa chidayabman.
onamdayin xech kim menga kuyinmaydi.
lekin o'lim Kunlarimni kutayabman.

Sen albatta tuzalasan deyishganda.
Yolg'on Xabar xidlarini sezayabman.
Xonam tutun chakayabman qilmay kanda.
Kelar o'lim kunlarimni kutayabman.

Tanam muzlab Dardni ichga yutayabman.
Kasalman deb O'z yaramni tirnayabman.
Injiqmanmi yoki jinni bilmayabman
Kelar o'lim kunlarimni kutayabman.

Bir kun kelar Azroil jon olgani.
Misli sirot kuprigidan o'tayabman
topolmadim siqilgandan joy borgani
Kelar o'lim kunlarimni kutayabman.

Hatto bir suz ortiqchadir menga xozir.
Alamimdan kecha kunduz o'layabman.
Endi xatto dorilar ham qilmay tasir
Kelar o'lim kunlarimni kutayabman.

Bir kun o'lsam kimlar meni yod oladi.
Kimlar kulib Kimlar yiglab dod soladi.
Ismim ular esida umrbot qoladi.
Kelar o'lim kunlarimni kutayabman.

Soatlar ham yurmay qolar dard kelganda.
endi rosti keraksizman sezayabman.
Qutilasiz men dunyodan Kuz yumganda.
O'shal O'lim kunlarimni kutayabman.

Azimshox_Iriskulov. "Kutayabman"

SHEʼRLAR | Sherlar

27 Sep, 07:06


ХХХ
Мен ёққа келгувчи сўқмоқлар ўйдим,
Менинг томонларда оқшомлар ойдин,
Осмонга ўсмоқда нур излаб бўйим,
Келолмас аламлар, тоғларни уйдим,
Тоғ олчасин силаб эсар шамоллар.

Сурмалардан қора оққан томчилар,
Буралади дарё, отин қамчилаб,
Куралмаган томлар, эшик очилган,
Бошимдан нур ёғар, гавҳар сочилиб,
Оғочлар юртида йўқдир ёмонлар.

Билмадим не асли юракнинг майли,
Тонгларнинг ортидан тонг келар ҳали,
Жавонга тахладим бир-бир оламлар,
Осмоннинг нариги томони уйим,
Ўкинчлар юртида тинчман, омонман.

Соғинчлар юртида ҳарир туманлар,
Учади хазонлар хилпиб сомонранг,
Кўчади тўзонлар дилга осмонранг,
Излаб келдим, истаб сенинг томонлар,
Куралмаган боши оппоқ тоғларнинг.
31 май 2024
Шахрибону Назилова

Шоира
Шахрибону Назилова

SHEʼRLAR | Sherlar

26 Sep, 23:36


Haqiqiy sogʻinch.....

Jondan majol chiqdi bir onda
Yolvoraman qayting onajon
Sizsiz kimim qoldi jahonda
Ayting ayting ayting onajon

Huvillagan atrof toʻrt tomon
Sogʻinch jonim tinmay tigʻlaydi
Koʻzim tinib qolgani zamon
Koʻksimda qon yurak yigʻlaydi

Koʻzlarizni nuri ketganda
Malhamingiz boʻla olmadim
Fursat tugab zavol yetganda
Yoningizda oʻzim qolmadim

Boʻgʻzimga dard toʻlarkan shu dam
Armonlarim koʻnglin xushlayman
Tobutizga termulib onam
Dod solaman, koʻksim mushtlayman

Qabrizga bosh qoʻyay farishtam
Baxmal bolish yanchdi boshimni
Taqdir ekan dunyo ham bir kam
Tuproqqa qoʻydim sirdoshimni

Men ham dardim kuyladim biroz
Jannatlarda boʻling onajon
Faqat soʻngi soʻngi iltimos
Tushlarimga kiring onajon

Kavsar( Sardor Samandar oʻgʻli)

SHEʼRLAR | Sherlar

25 Sep, 10:13


Nega yana uchratdim seni
Yomgʻirlardek toʻyib yigʻladim
Ne baloga uchratding meni
Omon qolamanmi bilmadim

Yuragingga gʻam alam toʻlsa
Yuraging chok chokidan soʻkma
Agar menga nimadir boʻlsa
Yigʻlamagin koʻzyoshing toʻkma


✍️ Dilshod Samatov

SHEʼRLAR | Sherlar

24 Sep, 14:26


Òz dilbandin kòmdi ota tuproģinga.
Jon bòlsaydim qaro kòzu yanoģinga.
Bemor ummat yaramadi bir koringa.
Qiyomatda birga aytar arzimiz bor.
Falastinim sendan birjon qarzimiz bor.

Muslimalar gòdaklarning bordur huni.
Aqso yeģlar kòkda oyni kòrgan tuni.
Xisob nasib oxir òshal maxshar kuni.
Qiyomatda birga aytar arzimiz bor.
Falastinim sendan birjon qarzimiz bor.

Kechir bizni kechirolsang eding ey voh.
Yov baģringa nayza urdi be or gumroh
Seni harkun eslamaslik qanday gunoh.
Qiyomatda yeģlab aytar arzimiz bor.
Falastinim sendan birjon qarzimiz bor.

Eshigi yòq ostonada yeģlar qizlar.
Norasida yoshu qari qaro kòzlar.
Pichirlaydi aybdordek unsiz sòzlar.
Qiyomatda yeģlab aytar arzimiz bor.
Falastinim sendan birjon qarzimiz bor.

Musaev Islom

SHEʼRLAR | Sherlar

22 Sep, 06:56


Yig'lama Singlim

Ko'zlaringdan oqsa yosh
Akangda yo'qdir bardosh
Berolmayman bunga dosh
Yig'lamagin jon singlim

Shodlik bo'lsin so'zingda
G'am ko'rmayin yuzingda
Bori yo'g'im o'zingda
Yig'lamagin jon singlim

Ko'ngilda qolmas huzur
Aybim bo'lsa tut mazur
Bari bariga uzur
Yig'lamagin jon singlim

Farishtadek tumorim
Yo'qotasan g'uborim
Hafa qildi ozorim
Yig'lamagin jon singlim

Qolib ketsa dilxira
Uhlolmaymanku sira
Yalintirding sengina
Yig'lamagin jon singlim

Sarvar Mirzo ancha g'or
Yahshi yomon hamma zo'r
Qadring bilmas ko'zim ko'r
Yig'lamagin jon singlim

MuallifSarvar Mirzo

SHEʼRLAR | Sherlar

20 Sep, 19:41


Отамни қаритма
Ёшлари ӯтиб қолди сезяпману лек
Тим қора маржон кӯзин ҳеч ҳам хиратма
Ажинлари купайган юзида мен деб
Илтимос Художон, Отамни қаритма
Эй Роббим сендан бир ӯтинчим бордир
Нурафшон чеҳрасидан кулгу аритма
Омад Кулиб менҳам бой булгунимча
Энг катта бойлигим, отамни қаритма
Жон Худо танидан олма соғлигин
Паҳлавоним қувватин ҳеч ҳам тугатма
Сендан киен ишонган инсоним у дир
Илтимос Художон, Отамни қаритма
Ғамларин оширма мана менга бер
Мендан йироқ этмагин хеч ҳам наритма
Дуо қилдим отамга ӯзинг қувват бер
Илтимос Художон, Отамни қаритма
Сурамайман седан бойлигу тахти
Кексалик кушкига отамни жӯнатма
Онамнинг суянган полвони улар
Онам учун илтимос, отамни қаритма
Сочу соқолин оқга безадим ӯзим
Дард бирлам қолганларин оқга безатма
Энди очилмоқда бу нодон кӯзим
Илтимос Художон отамни қаритма
Muallif: Uktam Aliy

SHEʼRLAR | Sherlar

20 Sep, 19:11


https://t.me/Yaytsogram_bot?start=invite5561329
🥚ЯЙЦОГРАМ - первая телеграм игра, которая платит TON. Разбей яйцо и получи свой приз!

SHEʼRLAR | Sherlar

20 Sep, 13:45


Reza
#Influenced by the #Arhiv film

In the autumn, the youth is not enough
This head frowned
A soup that does not eat stones in tongues
You displeased your mother
Congratulations, you did not know the sky

Daily mourning Pain in tongues
Don't let it get wet when you arrive
I am the first mother from work
You didn't say you didn't say at all
You displeased your mother

Let there be no hatred in the heart
Your mother, you said carelessly
Tugar cannot tolerate food
You didn't know a thing
You displeased your mother

If he is silent, he will not turn on the light
The wretched laggard trembles
It's white and white
You don't know your worth
You displeased your mother

Knead one loaf of bread
Look at the heart and look at it
Don't get tired and work hard
You did not find a mountain of confidence
You displeased your mother

SARVAR MIRZO, your lions are limmo
Time trembles in the sky
Don't do it Nido Know an example
You didn't get a good son either
Don't worry about my mother

Sarvar Mirza

SHEʼRLAR | Sherlar

19 Sep, 18:36


Kulsa gar osmonlar porlaydi.
Nurlarga burkaydi xayolni.
Chorlasa jannatga chorlaydi.
Azizlar, asrangiz ayolni.

Xayqirsa tog'lardan qular tosh
Poyida mardlar ham egar bosh
Nomard deb ko'zidan tomsa yosh
Azizlar, asrangiz ayolni

U bilan obod uy joyingiz
Bexato o'q uzar yoyingiz
Sovub ham qolmayin choyingiz
Azizlar, asrangiz ayolni

Pok mehr berganga bo'lar yor
Qalbida ishqi bor, vafo bor
Unga keng dunyoni qilmay tor
Azizlar, asrangiz ayolni

Suyansa bermangiz ozorlar
Mehrini qilgan ko'p bozorlar
Yig'lamay bir kuni mozorlar
Azizlar, asrangiz ayolni

Xor qilmang, ketsa deb bevafo
Kechmaydi, ko'rmasa ming jafo
Bir kuni bo'lmayin bedavo
Azizlar, asrangiz ayolni.

Suyganga qilmangiz xiyonat
Bandaga ko'rk erur shafoat
Allohim atagan omonat
Azizlar, asrangiz ayolni

Xatosin yuziga solmayin
Ranjisa izidan qolmayin
Mehribon bo'lishdan tolmayin
Azizlar, asrangiz ayolni

Bo'lmasa sochingiz qor bo'lar
Koshona, qasr ham tor bo'lar
Xor qilsang, o'zgaga yor bo'lar
Azizlar, asrangiz ayolni

Reaksiyalar kutib qolaman

SHEʼRLAR | Sherlar

18 Sep, 19:07


t.me/Tomarket_ai_bot/app?startapp=0001UhiU
p