Исломий шерлар🫀 @diniy_sherlar Channel on Telegram

Исломий шерлар🫀

@diniy_sherlar


Qur'onni o’qing, ko'zingizni yuming, tinchlaning.

hammasi uzoq vaqtdan beri oldindan belgilab qo'yilgan. hammasi o'tib ketadi.
bu dunyoda hamma narsa vaqtinchalik.
bundan ham chiroyli narsa bormi
Allohning so'zlari?🫀

Admin: @Jasm1naxon

Исломий шерлар (Uzbek)

Bu, 'diniy_sherlar' Telegram kanali - Allohning kitobi, Qur'on, haqiqat, va ma'naviyat haqida she'r va qiziqarli yozuvlarni o'z ichiga olgan kanal. Kanalda Qur'onni o'qiying, o'zingizni zamonaviy meselelarga qarshi ko'paytiring va tinchlaning. Dunyo harakati vaqtinchalikdir, lekin Allohning so'zlariga tushuning. Kanalda siz shunday chiroyli she'r va fikrlar topishingiz mumkin. Kanalda hamma narsa etarli va eslatma bilan beriladi. Admin: @Jasm1naxon

Исломий шерлар🫀

19 Nov, 05:46


Siz qargʻaysiz taqdiringizni,
Ham aytasiz unga tashakkur:
— Biz yoʻq qildik bir-birimizni...
Biz yoʻq qildik...Xudoga shukur!...

Siz yurakni qilmaysiz tejam,
Olgin! — borni tortiq qilasiz.
Soʻngra xafa boʻlasiz mendan —
“Qaytmayman” deb yigʻlab ketasiz.

Izlab yana kelasiz bir kech,
Jilmayasiz: — Baxtlimanmi, boq!...
Kulgingizga yarashmagay hech,
Xitobingiz oʻrtagan titroq.

Hijrondan soʻng savollar teran,
Hijrondan soʻng javob — daf'atan...
Men hammadan pinhon saqlagan
Sheʼrlarimni sizga aytaman.

Ayblamaymiz bir-birimizni,
Tilda soʻzlar tugʻiladi — hur.
...Qargʻamaysiz taqdiringizni
Va aytmaysiz unga tashakkur.

Usmon Azim

Исломий шерлар🫀

15 Nov, 16:35


Onamni aldadim soppa-sog'man deb,
Otamni aldadim: "Pulim bor doim".
Ukamni aldadim: "Borarman, nasib"...
Men seni nima deb alday, Xudoyim?!

G'unchani gul dedim, - kuldi, quvondi,
Bulbul deb aytganim chumchuqmi, bilmam.
Bunda baxt bor dedim, erkam ishondi...
Robbim, endi meni yolg'onchi qilma!

Исломий шерлар🫀

10 Nov, 12:11


Бир йигит бир кизга совчи юборди. Кизнинг отаси йигит билан гаплашиши лозимлигини айтди. Учрашишганида ундан иш жойи, маскани ва маоши канчалигини сурамади. У йигитдан битта савол суради:
-Бомдодга соат неччида азон айтиляпти?
Йигит жавоб бера олмади. Кизнинг отаси айтди:
-Бизнинг турмушга берадиган кизимиз йук!

Исломий шерлар🫀

09 Nov, 13:45


Shahar. Uy. Ishxona. Egizak kunlar,
Nuqul vaqt o'ynatar boshimda  qamchi.
Umidim Sizifning toshidek qular,
Tag'in chorlayverar dunyo –aldamchi.

Yashayman–ongimda bodraydi savol,
Isyonim yoyilar ko'zimdan sizib.
To'satdan umrimda ro'y berib bahor,
To'satdan borliging qolgandek sezib.

G’irrom o’yinlarni tark etolsaydim,
O’zimni asrashga jur’atim yetsa.
Borim ehson qilib, so’ramay qaytim,
Ketish kerak paytda mardona ketsam.

Ammo,  bir vatansan nochor va abgor,
Yoding qumsayurman olamlar kezib.
Bir kuni umringda ro’y berar bahor,
Bir kuni borligim qolasan sezib.

Xudo rahmat qilsin meni o’shanda…

@diniy_sherlar

Исломий шерлар🫀

09 Nov, 10:57


Zino yomgʻiri

Gunoh bulut misol koʻkni
Qopladiyu yopdi butkul
Zarrin nurlar oʻrni endi
Zimistonni qildi qabul

Faxsh atalmish shamol birda
Koʻtarildi asta sekin
Savob bogʻi gulzorlari
Xarob boʻldi birin ketin

Faxsh shamoli borgan sari
Kuchaydiyu boʻron boʻldi
Sukutdagi xirs makoni
Endi shovqin suron boʻldi

Tomchi tomchi zino endi
Osmonlardan yogʻdi sharros
Kimlar shalabbo yomgʻirdan
Kimga esa tushdi biroz

Unut boʻldi yuraklardan
Iymon degan ajib visol
Koʻcha kezar kapalaklar
Gul izlagan boʻlib misol

Pana topmagandek goʻyo
Hamma oʻzin suvga urdi
Faqat moʻmin tiydi oʻzni
Faqat moʻmin chetda turdi

Sardor soʻzing emas igʻvo
Hatto zarra emas gʻiybat
Zino koʻkda yoqqan chogʻda
Oʻzni tiymoq oʻzi ne’mat

✍️Kavsar(Sardor Samandar oʻgʻli)

Исломий шерлар🫀

06 Nov, 13:03


Мен оддий одамман!
Оёғим ерда,
Чангу-ғуборларни ютиб тўйганман.
Қадамлар остида қолмасин дея,
Кўнглимни осмонга элтиб қўйганман!

Мен оддий одамман!
Истаган киши,
Қадримни  тепкилаб ўтмоққа қодир.
Юрагим тош каби улоқтирсалар,
Ҳеч қандай кўргилик бўлмайди содир!

Мен оддий одамман!
Тупроқдан чиққан,
Ва яна тупроққа қайтмоғим тайин.
Ва сизни маҳлиё қилган бу дунё,
Ишонинг, ишонманг, менга бир тийин!

Мен оддий одамман!
Сиздан фарқим шу,
Ҳаммадан, ҳамиша меҳр кутганман.
Аммо келаверган зулмларидан,
Минг битта еримдан синиб кетганман.

Мен оддий одамман, оддий йўловчи,
Карвонин ортида итлар галаси.
Фақатки ичимда, қаеримдадир,
Доим эшитилар шернинг наъраси.

Сиз ҳам ўтаяпсиз гуср-гусрлаб,
Кўнглимнинг устидан босиб қадамни.
Қайдан ҳам кўзингиз илғасин, айтинг,
Ёнингизда юрган оддий одамни.

Малика Тавфиқ

Исломий шерлар🫀

29 Oct, 16:39


БУГУНИМИЗ

Кунлар қизиқ, бўлинар учга:
Кеча, бугун ҳамда эртага.
Бошқа бирон кунни, ишонинг,
Қўшолмаймиз асло ўртага.

Бир пайтлар ҳамма “кеча”лар
Бўлган “бугун”, бўлгай “эртага”.
Яна қанча келар “эрта”лар -
Қараб қолаверар ортига.

Табиатнинг ёвуз қонуни –
Тонг алмашар албат кечага.
Худди шундек не-не “эрта”лар
Айланади “бугун”, “кеча”га.

Дўстим, бунда ажабланиш не,
Ҳайрат нечук, ўйланмоқ нечун?
Ахир, бизнинг ҳайратимизга
Қараб турмас бирон битта кун.

Файзли ўтсин, нурафшон ўтсин,
Десак агар бу кунларимиз,
“Эрта”мизни тўғрилаб борсак,
Чиройлашар “бугун”ларимиз.

Чиройлашса “бугун”ларимиз,
“Кеча”миздан кўнглимиз тўлар.
“Бугун”идан кўнгли бут инсон
“Эрта”сига умидвор бўлар.

Инсон умри шу билан қизиқ,
Шу тугилган тугуни билан.
“Кеча” кетди, “эрта” келади,
Инсон яшар бугуни билан.

Ўнгламоқ шарт бугунимизни,
Бизга фақат дўст бугунимиз.
“Кеча” - ўтган, “эрта” келмасдан
“Бугун” бўлар сўнгги кунимиз...

Xayrulla Hamidov

@diniy_sherlar

Исломий шерлар🫀

28 Oct, 08:30


Сиз йўқсиз мен учун

Сиз йўқсиз мен учун
Ўлгансиз тамом.
Йўқолинг, кўзимга
Кўринманг сира.
Сизга айтиш учун
Сўзларим йўқдир
Сизга боқсам кўзларим
Тортяпти хира.

Сиз билан йўлимиз
Бир эмас ҳечам.
Кесишмасин ҳатто
Сўқмоқларимиз.
Мен сой бўлсам агар
Сиз дарё бўлинг,
Ёнма-ён оқмасин
Ирмоқларимиз.

Сиздан жирканаман
Аблаҳсиз рости.
Ҳар гал кўрганимда
Тупургим келар.
Сиз бунча ёмонсиз
Излаб разолат,
Кин уруғин сочиб
Истайсиз нелар?

Жаннатлардан умид
Қилганман мен ҳам.
Пешонамда не бор
Билади Ўзи.

Бир гапни
Сўзласам ишонасизми,
Инсон эмасдексиз,
Бариси сохта.
Сизга нафратларим
Шундай баландки,
Қўшни бўлгим келмас
Ҳатто дўзахда!

Муҳаммад Темур Аъзам

Исломий шерлар🫀

12 Oct, 07:43


Хамма хокисор деб билар озини,
Хамма бир-бирига суйлайди рŷйо.
Хамма ôз фикрича айтар сузини,
На сиз фариштасиз, на биз авлиё…

Исломий шерлар🫀

29 Sep, 05:16


Тасодифлар йўқ бу дунёда,
Учрашмадик иккимиз бекор.
Аллоҳимнинг режаларида
Биз англамас буюк ҳикмат бор!

Сен қайдаю, мен қайда эдик.?
Гўё қуёш, гўё, ой айро
Агар Аллоҳ хоҳламаганида,
Бўлармидим қаршингда пайдо.?

Дуч келмайди дарёга дарё,
Қушлар сира кетмас тўқнашиб.
Борлигингни билгандек гўё,
Келармидим довонлар ошиб.?

Чарчагандинг йўлларим кутиб,
Муҳаббатнинг кўзлари ожиз.
Мана энди бир лаҳза ўтиб,
Гўё эски танишлардекмиз..!

Сен қисматга ишонасанми.?
Кўрганмисан мени қайдадир..
Билсанг буни мўъжиза эмас.,
Тақдир дерлар, азизим, тақдир..!

@diniy_sherlar 🌙

Исломий шерлар🫀

19 Sep, 07:24


To'yimda qo'yilmas aroq vinolar,
Kelmay qo'yaversin aroqxo'r bollar,
Raqqosalar ila raqs tushmas chollar,
To'yim bo'lar faqat shariatga xos.

Olmayman kelinning tarafidan sep,
Xotinim bo'yanmas qilmas aslo zeb,
Menga milliylikdan gapirmang xadeb,
To'yim bo'lar faqat shariatga xos.

Aralshib ketsa erkagu ayol,
Fitnalar boshlanar, buzular hayol,
Ko'p yomon ishlarga ochiladi yo'l
To'yim bo'lar faqat shariatga xos.

Otasi ishonib qizin bersa bas,
Ulardan boshqa xech narsa kerakmas,
Erkak kuyov bo'lay, xalqqa ermakmas ,
To'yim bo'lar faqat shariatga xos.

Zamonaviy to'yga oshufta hamma,
Men esa qilmasman yorim reklama,
Eshitib qo'ysinlar xolayu amma,
To'yim bo'lar faqat shariatga xos.

○ Boburiy

@diniy_sherlar | 🕊🌷🌙

Исломий шерлар🫀

19 Sep, 06:38


🤍🫂

@diniy_sherlar - Da’vatu ilal Jannati | دعوة إلى الجنة 🌷🌙 🤍

Исломий шерлар🫀

15 Sep, 02:55


Эркаклар бор - аёлнинг
киприклари намланишида
хатто ёмгир томчиларига
хам рухсат бермайди.

Эркаклар бор - аёлнинг куз
ёшларидан денгизлар
яралади, виждони килт
Этмайди .
@diniy_sherlar ❤️🫂

Исломий шерлар🫀

15 Sep, 02:28


Насибсизлик нима ?

Уйинг кабани ёнида бӯлади, лекин исминг Абу Жаҳл бӯлади...!

Исломий шерлар🫀

13 Sep, 08:10


Taqvo qilmagan bu ko‘zlar.
Qiyomatda bilmam ne so‘zlar.
Amali noqis bu bezbet yuzlar.
Tinmay Jannatga  kirishni so‘zlar…

Жума муборак хаммага❤️

Исломий шерлар🫀

07 Sep, 07:02


Ona bor, dunyoda yashash
boshqacha,
Onaning tafti-yu,
mehri boshqacha.
Kirsahamki
hatto to'qson yoshgacha,
Onasiz
hayotda yashash boshqacha.
Yashaydi onamiz bizlarni o'ylab,
Tunu kun hudodan baxtimiz
so'rab.
Onasiz qolganlar
to'ymaydi yig'lab,
Onasiz hayotda
yashash boshqacha.
Odamda
martaba obro' bo'lsa ham,
Qo'lida
millionlab puli bo'lsa ham,
Yonida
otasi hayot bo'lsa ham,
Onasiz
hayotda yashash boshqacha.
Onalar doimo hurmatda bo'lsin,
Farzandi baxtini albatta ko'rsin.
Yetimlik dardini azobi qursin,
Onasiz hayotda yashash
boshqacha.
Yetimlik dardini yetim
biladi,
Uning bu dunyosi bir kam
bo'ladi.
O'zidan o'zi
biladi,
Onasiz hayotda yashash
boshqacha.
Onangiz umriga umr
tilayman,
Bir umr tugalmas baxtni
tilayman.
Onasi yo'qlardan uzr
so'rayaman,
Onasiz hayotda
yashash boshqacha.
Onam bor
hudoga shukr qilaman,
Ularga
ming bora tazim qilaman.
Bu
she'rni onamga atab yozaman,
Onasiz hayotda yashash
boshqacha.

@diniy_sherlar 🫀🫂❗️

Исломий шерлар🫀

06 Sep, 03:22


Dunyoda Alloh yoʻlida jon berish
kabi yana bir buyuk ish bor.
Bu Alloh yoʻlida yashashdir!

Buguningiz muborak boʻlsin!

Исломий шерлар🫀

03 Sep, 22:32


Kuyov bolam, o'z bolam,
Mani qorako'z bolam,
Dilimda bir so'z, bolam,
Qizim yomon -  siz yaxshi.  
Erka bolam, arslonim,
Oyim turgan osmonim, Qo'lingizdadur jonim,
Qizim yomon - siz yaxshi.  
Yigit bormi sizday mard?
Yuragi toza begard,
Ikki dunyo ko'rmang dard,
Qizim yomon - siz yaxshi.  
Biz temir, siz tillosiz,
Biz omi, siz mullosiz,
Biz nodon, siz donosiz,
Qizim yomon - siz yaxshi.   Qizimning o'zi ahmoq,
Yurardi sizni maqtab,
Bir kepti-da arazlab,
Qizim yomon - siz yaxshi.  
Tiriklik deb yursangiz,
Uy-joyim deb tursangiz,
Nima qipti ursangiz?
Qizim yomon - siz yaxshi.  
Ro'zg'or xurjun bo'ladi,
Goh kamib, goh to'ladi,
Xotin degan ko'nadi,
Qizim yomon - siz yaxshi.  
Bolam, sizda ixtiyor,
Bo'lmaylik ozor-bezor,
O'rtada bolalar bor,
Qizim yomon - siz yaxshi.  
Ko'p yashang, yuzga yeting,
Qiz tushgurni afv eting,
Aldab-suldab opketing,
Qizim yomon - siz yaxshi.   Ko'chada yotsangiz ham,
Mast bo'lib qotsangiz ham, Choynakni otsangiz ham,
Qizim yomon - siz yaxshi.   Bo'lsangiz ham mayda gap, Yursangiz ham o'ng-u chap,
Man hamisha siz taraf,
Qizim yomon - siz yaxshi.   Sog'ligida sizniki,
O'g'liniki-qizniki,
Kasal bo'lsa, bizniki,
Qizim yomon - siz yaxshi.   Taqsirimsiz, xo'jamsiz, Qimmatbaho o'ljamsiz,
O'zim ochgan jo'jamsiz,
Qizim yomon - siz yaxhsi.   Marhaboxon, uqqanim,
Go'ngga g'uncha suqqanim, Gunohim qiz tuqqanim,
Qizim yomon - siz yaxshi.

@diniy_sherlar 🫀🫂

Исломий шерлар🫀

01 Sep, 02:57


Dunyoni hayosizlik balosidan,
Erkak Hayosi qutqaradi.
Ochiq kiyingan namoyishkorona ishva qiladigan Zulayhoga harom deya boqmagan Yusuflar qutqaradi.

Исломий шерлар🫀

30 Aug, 05:28


Juma muborak🌙