Sen va Choy (@sen_va_choy) Kanalının Son Gönderileri

Sen va Choy Telegram Gönderileri

Sen va Choy
Xohlaganida xohlaganini yozadigan choyxo'r yigit.
5,644 Abone
483 Fotoğraf
53 Video
Son Güncelleme 10.03.2025 19:33

Sen va Choy tarafından Telegram'da paylaşılan en son içerikler

Sen va Choy

06 Mar, 17:34

4,769

Judayam toliqdim-sezmadingmi hech?
Xazonlab bormoqda qaro ko'zlarim.
Bu beishq, seningsiz arzon tunlarda,
She'rsizlikda bo'zladim...

Buncha no'noq bo'ldim ilmsizlikda,
Ishqing kitobidan totmadim bir Bayt...
Sen ketma... Ko'z yoshim tomgan yo'llardan,
Mening vidolarim haqqi- o'zing qayt!

Mehrigul Karimova
Sen va Choy

06 Mar, 16:25

4,508

Dunyoda men sevmagan narsaning o'zi qolmadi. O'lgudek mehrimni berib qiz suydim. Men sevgan qizlarning ismini yozib chiqsam qog'oz qalam yetmay qoladi.

Remark
Sen va Choy

06 Mar, 14:19

4,794

Umrimning davomi sen bilan go'zal...
Sen va Choy

05 Mar, 06:49

5,586

Balki ko'p dillarga bergandirsan zeb,
Avvalgi gunohlar o'zing bilgan sir.
Ishontir yaxshisi farishtaman deb,
Men Xudo emasman,
Menga baribir.

Anvar Obidjon
Sen va Choy

05 Mar, 04:00

5,539

O'lsang!.. Shunday o'lsang...
Shu qadar o'lsang,
Dunyoda qolmasa bir tola sezging.
...Faqat bosh tortsa bas seni ko'mishdan
Sevging.

Usmon Azim
Sen va Choy

04 Mar, 14:19

5,252

Odamlar butun umr kutishadi.
Yangi hayotni kutishadi, so'ng o'limni kutishadi.
Hojatxona qog'ozi uchun navbat kutishadi.
Pul uchun navbat kutishadi.
Agar pul bo'lmasa, navbatlar uzayib ketadi.
Uxlashni kutishadi, so'ngra uyg'onishni kutishadi.
Turmush qurishni kutishadi, keyin esa ajrashishni.
Yomg'ir yog'ishini kutishadi, keyin uning tinishini...

Bukovski
Sen va Choy

04 Mar, 09:14

4,379

"Jim ketaman.
jimlik to'lgan tomchi bo'lib,
jondan qochib, o'z joniga soqchi bo'lib,
bu dunyoga... dilga kelgan sovchi bo'lib.
jim ketaman..."

Baxtiniso
Sen va Choy

03 Mar, 11:16

4,164

Xavotirlanma!
Men bu tanholikda qolmasman uzoq,
Bir kuni, nihoyat,
O'lim meni yetaklagancha
Olib ketar bu sershovqin ko'chalardan.
Xavotirlanma!
O'lim o'xshamaydi hayotga,
Bordir uning saxiy qo'llari
Va kimningdir qo'lidan tutsa,
Qo'yib yubormagay toabad.

Nastarin Vosuqiy
Sen va Choy

28 Feb, 14:01

4,836

Sen kelmading bahor kelguncha...
Sen va Choy

28 Feb, 04:46

4,466

Unga jumadan qaytishda shirinlik olib keling.