Samgin Qurbonov @samgin_qurbonov Channel on Telegram

Samgin Qurbonov

@samgin_qurbonov


Ona tili va adabiyot fani bo'yicha repetitor, filolog hamda "Samarqand til maktabi" asoschisi Samgin Qurbonovning rasmiy kanali.

Samgin Qurbonov (Uzbek)

Assalomu alaykum, aziz do'stlar! Bugun sizlarga ona tili va adabiyot fani bo'yicha repetiror, filolog hamda "Samarqand til maktabi" asoschisi Samgin Qurbonovning rasmiy kanalini taklif qilamiz. Samgin Qurbonov bu sohada o'zining ustozlik malakasini ko'rsatgan va o'z fikrlarini o'z hisobiga tushgan ilmiy insondir. Kanalda ona tili va adabiyot fanlari bilan bog'liq foydali ma'lumotlar, yangi darslar va bilimlarni o'rganish uchun eng muhim tavsiyalar paydo qilinadi. Agar siz ham ona tilini o'rganishni istasangiz yoki bu sohada zamonaviy bilimlar olishni xohlasangiz, ushbu kanal siz uchun eng yaxshi manzil bo'ladi. Rasmiy kanalga obuna bo'lib, maqbul malumotlardan foydalaning va o'z bilimingizni oshiring. Samgin Qurbonovning rasmiy kanali: @stm_uz

Samgin Qurbonov

29 Jan, 15:25


#nazariybilim

Bosh kelishikdagi so'zlar ega va kesimdan tashqari sifatlovchi aniqlovchi vazifasini ham bajarib keladi.


Shunday gap keltiring, bosh kelishikdagi so'z sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajarsin.

@samgin_qurbonov jamoasi

Samgin Qurbonov

29 Jan, 09:32


Militsiya fuqarolar va jamoat tartibini ta’minlash, ijtimoiy mulkni qo‘riqlash kabi vazifalarni bajaruvchi ma’muriy organdir.

Ushbu gapda vergul tinish belgisi qanday munosabat bilan qoʻllangan?

Javobingizni izohlarda yozib qoldiring.👇👇👇

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

29 Jan, 07:05


#Mumtoztahlil

Ishq oʻti koʻngulni kuydurur chogʻ,
Manʼigʻa su quysalar, boʻlur yogʻ.


(Ishq otashi koʻngilni kuydirayotgan vaqtda u oʻtni oʻchirish uchun oshiqning koʻngliga suv quysa, u suv yogʻga aylanadi va ishqning oʻtini yanada kuchaytirib, alangalatadi)

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

28 Jan, 15:21


Said Ahmadning "Ufq" romani bo'yicha test savollari.

Samgin Qurbonov

28 Jan, 09:32


Keyin sal hushimni yigʻib qarasam, oyoqlarim oʻzidan oʻzi yurib ketyapti.

Ushbu gapda ravishning qaysi maʼno turlari ishtirok etgan?

Javobingizni izohlarda yozib qoldiring.👇👇👇

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

26 Jan, 15:36


Biz bergan kartani tanishlaringizga tarqatib yubormang, hech narsadan bexabar toʻlov qilib guruhga qoʻshishimizni soʻrashyapti!

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

26 Jan, 15:34


HURMATLI KUZATUVCHILAR! BERILGAN KARTALARGA TOʻLOV QILMANG ILTIMOS!!! Qabullar yopildi, imkoniyat boʻlsa fevraldan xabar beriladiiii!

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

26 Jan, 12:42


Kartamizga to'lov qilmang!

Hurmatli kuzatuvchilar, hozirda aprel imtihoni uchun mavjud guruhlarimiz to'lgan. Yangi qabul haqida yaqinda e'lon berishimiz mumkin. Imkoniyatimiz va kuchimizga qaraymiz. Shu sababli hozir guruhlarga qo'sholmaymiz. Kartamizga to'lov qilib, to'lovni qilib qo'ygandik, deyish hollari ko'p bo'lyapti. Iltimos, to'g'ri tushuning, endi yangi qabulgacha qo'sholmaymiz.
Muddatidan keyin to'lov qilganlarga to'lovlari qaytarilyapti. Chunki yangi qabul bo'lishi aniq emas. Insonning resursi, kuchi, energiyasi cheklangan.
Sizga to'lovingizni qaytarish ham vaqt olyapti, bizni tushunishingizni iltimos qilamiz.

Yangilik bo'lsa, xabar beramiz.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

26 Jan, 11:13


⚡️ Esse yozish jarayonidagi eng ko'p uchraydigan va qo'pol xato - bu parallel yozish.

Bunda esse yozuvchi fikrlash (o'ylash) va yozishni bir paytda amalga oshiradi, essening qaysi qismida qanday fikrlar yozilishi oldindan rejalashtirilmaydi va, odatda, miyaga nima kelsa, o'sha yoziladi.
Bunday tarzda yozilgan esselarda nafaqat fikriy takrorlar, izchillikning buzilishi, balki uslubiy xatolar ham ko'p kuzatiladi.

Ayni muammoni bartaraf etmasdan turib, yuqori baholanadigan esse yozish deyarli imkonsiz.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

19 Jan, 05:16


🔔 Hozirda o‘quv markazimizda 📘 ona tili va adabiyot fanidan testlar bo‘lib o‘tmoqda! 📝

O‘quvchilarimizga omad tilaymiz🍀

📞 +99899777-95-75
📞 +99878113-62-67
💬 @stm_qabul
📍 Dahbed ko'chasi, 36-uy, 2-3-qavat, "Samarqand til maktabi" o'quv markazi.

💬 Telegram || 📷 Instagram
🌐 Tiktok || 📍 Address

Samgin Qurbonov

18 Jan, 16:22


#qiziqarli

Ikki mahbubni ko‘rdum, ikkisin kindigi bir,
Ikkisin orasiga tushsang, topadursan kasir.

Ushbu chistonning javobini aniqlang.

@samgin_qurbonov jamoasi

Samgin Qurbonov

18 Jan, 08:57


Barchamiz ombordagi kartoshkalarning qayerga tashib ketilganidan xabardormiz, siz-chi, o‘rtoq rais?

Ushbu gapda vergul tinish belgisi qanday munosabat bilan qoʻllangan?

Javobingizni izohlarda yozib qoldiring.👇👇👇

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

17 Jan, 17:09


⚡️ Onlayn kurslarimiz uchun 20-yanvar kuni yangi guruhlarga qabul e`lon qilamiz. Qabul cheklangan miqdorda bo`lib, 30 kishi olinadi. MS natijalarini kutayotganlar uchun yana bir imkoniyat!

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

17 Jan, 17:07


Kimki o‘zluk imoratin buzdi,
Bo‘ldi naqdi fano aning muzdi.
Ul imoratni buzmayin solik,
Bo‘la olmas bu naqdga molik.


Ushbu qit'ada qanday g'oya ilgari surilgan?

@samgin_qurbonov jamoasi

Samgin Qurbonov

17 Jan, 10:39


⚡️ Bugun onlayn kurslarimizda bahorgi imtihon uchun tayyorlanayotgan talabgorlarga esse bo`yicha o`tilayotgan darslarning 2-mavzusi: "Esseni rejalashtirish va tizimlashtirish" darsi bo`lib o`tadi.
Esse yozish jarayonining yadrosi hisoblanadigan ushbu mavzu juda ko`pchilik uchun zarur.
Agar ushbu post ulashishlari 600 dan oshsa, mavzuning yozib olingan variantini kanalga ham joylaymiz.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

17 Jan, 10:10


Matnli testlarimizdan namuna.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

11 Jan, 17:20


Live stream finished (5 minutes)

Samgin Qurbonov

11 Jan, 17:15


Live stream started

Samgin Qurbonov

11 Jan, 17:01


Hurmatli kuzatuvchilar online guruhlarimizda test tahlilimiz biroz choʻzilganiligi tufayli 15 daqiqadan keyin aniqlaymiz.

Samgin Qurbonov

11 Jan, 17:00


Live stream scheduled for

Samgin Qurbonov

11 Jan, 06:50


Baxtli raqam egalari shartlarni toʻliq bajargan ushbu ishtirokchilar orasidan aniqlanadi va omadli raqam egalari kurslarimizda bepul tarzda oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi.😊

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

11 Jan, 06:15


Hurmatli kuzatuvchilar! Bugun 22:00 da jonli tarzda random.org da tasodifiy raqam egalarini aniqlaymiz😊. Baxtli raqam egalari kurslarimizda bepul tarzda oʻqish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

10 Jan, 15:34


Samgin Qurbonovning "Esse nazariyasi va amaliyoti" mavzusidagi 1-darsi online guruhlarimizda dars boshlandi!

Samgin Qurbonov

10 Jan, 14:10


Quyidagi gaplarda ajratib ko'rsatilgan so'zlardagi -y qo'shimchalarining vazifasini izohlang:

1. Bugun darsga bormayman.
2. Bugun darsga bormay.
3. Bugun darsga bormay ko'cha aylandim.
4. Quyoshda yuraverib rangi qorayibdi.

Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.
Keyin biz videoizohini beramiz.

@samgin_qurbonov jamoasi

Samgin Qurbonov

10 Jan, 09:50


⚡️ 10-yanvar (juma kuni)dan boshlab yopiq guruhlarimizda milliy sertifikat va attestatsiya uchun "Birlashtirilgan kurs" darslari boshlanadi.

✔️ 1-dars. Esse nazariyasi va amaliyoti.

1-mavzu: Essega kirish
Mavzu doirasida ko`riladigan masalalar:
1. Esse haqida umumiy tushuncha.
2. Milliy sertifikat imtihonidagi esse turi va shakli.
3. Esseni baholash mezoni.

4. Namunaviy esseni shakllantirish bosqichlari.

Darslarimizni yaxshi kunda boshlayapmiz, barcha uchun Olloh manfaatli qilsin. 🤲🤲🤲

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

10 Jan, 04:07


😱Nima....? Nima.....?

🧐Bu qanday kitobki hammaning qolida shu kitob?

🕵🏻‍♂Buning tagiga yetish kerak 🔎

📚ONA TILI VA ADABIYOT fanidan milliy sertifikat va OTMlar kirish imtihonlariga tayyorlanuvchilar uchun kursning grammatika qismini toliq qamrab olgan NAMUNAVIY MAVZULASHTIRILGAN TESTLAR TOPLAMI, Ushbu to'plamda so'nggi yillarda milliy sertifikat imtihonlarida va kirish imtihonlarida grammatika bo'yicha tushayotgan testlar mavzularga bo'lingan holda taqdim etilgan.

📥 Buyurtma berish uchun:
☎️
+998334461122
👤
@SPECTRUM_nashriyoti
📬Telegram:
@zamon_kitob_uz

Samgin Qurbonov

05 Jan, 17:06


Hurmatli kuzatuvchilar!

O`yin g`oliblari bo`yicha raqamlarni aniqlash jarayoni o`yin shartlarini to`liq bajarganlar hisob-kitobi yakunlanmagani uchun 2 kun keyinga surildi.
Yopiq guruhlarda darslar ham 10-yanvardan boshalandi. Ungacha o`yin g`oliblari ham aniqlanadi.

Samgin Qurbonov

04 Jan, 16:32


⚡️ Ergashgan qo'shma gaplar.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

04 Jan, 16:30


Live stream finished (58 minutes)

Samgin Qurbonov

04 Jan, 15:31


Live stream started

Samgin Qurbonov

04 Jan, 15:29


Live stream scheduled for

Samgin Qurbonov

04 Jan, 14:42


Onlayn darsimiz boshlanishiga 50 daqiqa qoldi.

Samgin Qurbonov

04 Jan, 07:03


Hurmatli kuzatuvchilar, bugun 20:30da @samgin_qurbonov kanalida ustoz Samgin Qurbonov tomonidan "Ergashgan qoʻshma gap" mavzusida bepul ochiq dars boʻlib oʻtadi.

Ilm istagida boʻlganlarni taklif qiling.😊

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

04 Jan, 05:53


Izoh: koʻpchilikning vaziyati, sharoiti va takliflarini inobatga olib kurs uchun toʻlovni ikki boʻlib toʻlashga imkon berdik. Kurs uchun yana 17 kishiga boʻsh joy bor. Keyin qabulni yopamiz, darslar boshlanganidan soʻng ushbu guruhlarga oʻquvchi qabul qilinmaydi.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

03 Jan, 14:17


❗️Milliy sertifikat + attestatsiya kursi haqida tushuntirish.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

03 Jan, 13:15


Buyruq gap turli-tuman ko'rinishlarga ega bo'ladi:
1) sof buyruq: Tez bor!
2) buyruq-qistash: Borsang-chi!
3) buyruq-iltimos: Menga ham bering.
4) buyruq-maslahat: Yaxshisi, uyda qola qol.
5) buyruq-tilak: Yashasin tinchlik.
6) buyruq-chaqiriq: Olg'a!

@samgin_qurbonov jamoasi

Samgin Qurbonov

03 Jan, 08:02


Esse yozishda yoʻl qoʻyiladigan xatolar.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

02 Jan, 16:23


O‘zlik olmoshi haqida.

1. «Ta‘kid», «tegishlilik» ma‘nosini ifodalaydi: Mening o'zim bilaman.

2. «O'xshatish» ma‘nosi ifodalaydi: Onasining o'zi bo'libdi.

3. «Umumiylik», «noaniqlik» ma‘nosini ifodalaydi: - Tinchlikmi? - O'zim (shunchaki).

@samgin_qurbonov jamoasi

Samgin Qurbonov

02 Jan, 06:58


Alisher Navoiy gʻazalllari tahlili.


@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

01 Jan, 16:06


⚡️ Bahorgi milliy sertifikat va attestatsiya imtihoni uchun "Birlashtirilgan kurs"da darslar tartibi.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

01 Jan, 09:53


⚡️ Onlayn darslarimiz haqida batafsil ma`lumot va darslar rejasi.

Biz qanday qilib, 7 kunlik darsga ulguramiz?
Shu va boshqa savollarga javob berdik.


@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

01 Jan, 07:14


⚡️ Bilasizmi?

Shaxs-son qo`shimchalaridan biri bo`lgan -ngiz tarixan ikkita qo`shimchaning birikishidan tashkil topgan: -ng (shaxs-son) va -iz (ko`plik). Bugungi kunda esa ular ajralmas holga kelgan va bir qo`shimchaga aylangan.

Turkiy tillar tarixida VII-VIII asrlarda ko`plik -lar o`rniga -iz keng qo`llangan edi.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

01 Jan, 05:21


"Kecha va kunduz" romani boʻyicha test.

Tuzuvchi: Samgin Qurbonov

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

31 Dec, 18:51


🌲 Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari, aziz yurtdoshlar!

Kirib kelayotgan yangi yil barchangizga muborak bo'lsin! 2025-yil har birimizning xonadonlarimizga quvonch, ish faoliyatimizga ulkan muvaffaqiyatlar, tanimizga mustahkam sog'lik olib kelsin.

Yangi yil hayotimizdagi eng muvaffaqiyatli, omadli va baxtli yillardan biri bo'lsin!

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

31 Dec, 12:42


✔️ Modal so`zlar ifodalaydigan grammatik ma`nosiga ko`ra ikki turga bo`linadi:

1️⃣ Subyektiv (shaxsiy) munosabatni ifodalovchi modal so`zlar: albatta, shekilli, darhaqiqat, haqiqatan, koshki, xayriyat kabi.
Bunday modal so`zlar so`zlovchining o`zi bayon etayotgan fikriga munosabatini bildiradi.
Bu turdagi modal so`zlar boshqa gap bo`laklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi hamda gapda kiritma vazifasini bajarib keladi.


2️⃣ Hukmni ifodalovchi modal so`zlar: bor, yo`q, kerak, lozim, darkor, mumkin, zarur kabi.
Bunday modal so`zlar gap tarkibida, asosan, ikki xil vazifa bajaradi:
1) gap kesimi yoki so`z gap bo`lib keladi: Menda kitob bor. Bizga yaxshi ta`lim kerak.
2) fe`lning harakat nomi shaklidan keyin kelib, bog`lama vazifasini bajaradi va ot kesimni shakllantiradi: Biz yaxshi o`qishimiz kerak.
Bu turdagi modal so`zlarning ko`pchiligi ot va sifat turkumlaridan modal so`zga ko`chgan so`zlar sanaladi.

Samgin Qurbonovning "Hozirgi o`zbek tili" kitobidan parcha.

Ushbu ma`lumotlarga birinchi bor duch kelayotgan bo`lishingiz mumkin. Ana endi ularni bilib oldingiz. 😊

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

30 Dec, 13:31


Oʻzbek tili va adabiyoti fanidan Attestatsiya uchun tayyorlanuvchi ustozlar uchun Samgin Qurbonov tomonidan "Leksikologiya" boʻlimi boʻyicha tuzilgan testlardan namuna.

@Samgin_Qurbonov

Samgin Qurbonov

30 Dec, 09:47


#bilimingingiznisinang

Ushbu parchadagi raviyni aniqlang

Furqatingdin za'faron uzra toʻkarmen lolalar,
Lolalar emaski, bag'rimdin erur pargolalar.


@samgin_qurbonov jamoasi

Samgin Qurbonov

29 Dec, 23:45


#badiiyasar

Oʻtkir Hoshimov "Tushda kechgan umrlar"


@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

29 Dec, 11:55


⚡️ 28-dekabr kuni ustoz Samgin Qurbonov "Badiiy matnning kommunikativ-pragmatik xususiyatlari (Murod Muhammad Do'st asarlari misolida)" mavzusida filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

28 Dec, 08:55


Oʻzbek tili va adabiyoti fanidan Attestatsiya uchun tayyorlanuvchi ustozlar uchun Samgin Qurbonov tomonidan "Leksikologiya" boʻlimi boʻyicha tuzilgan testlardan namuna.

@Samgin_Qurbonov

Samgin Qurbonov

28 Dec, 05:39


Ustoz Phd dissertatsiyasi himoyasida!

Samgin Qurbonov

27 Dec, 17:01


Live stream finished (1 hour)

Samgin Qurbonov

27 Dec, 16:48


4-sahifa

Samgin Qurbonov

27 Dec, 16:34


3-sahifa

Samgin Qurbonov

27 Dec, 16:21


2-sahifa

Samgin Qurbonov

27 Dec, 16:13


1-sahifa

Samgin Qurbonov

27 Dec, 15:57


10 daqiqada darsimiz boshlanadi. Hamma qo'shilib olsin.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

27 Nov, 05:03


⚡️ Essening "Kirish" qismini tizimli va to`g`ri shakllantirish usullari.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

26 Nov, 16:26


⚡️⚡️⚡️ Koʻp sonli talab va takliflardan kelib chiqib Samgin Qurbonov va uning jamoasi tomonidan dekabr oyida "Milliy sertifikat" imtihonga kiruvchilar uchun alohida "Esse" guruhi ochildi!!!

Darslar haftada 4 kun olib boriladi.(Ushbu 4 kun faqat esse darsi boʻladi😊)

Ushbu guruhga faqatgina 20 kishi qabul qilinadi.
Darslar 28-noyabrdan boshlanadi.
(qabul faqat 2 kun)

Kursga roʻyxatdan oʻtish va batafsil maʼlumot uchun @Boburjon_Uktamov ga murojaat qiling.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

26 Nov, 07:19


⚡️ Ilmiy matn bo'yicha savollarda ko'pchilik yo'l qo'yadigan xatolardan biri matnni qayta-qayta o'qish, ammo javoblarni va ularning mazmunini o'zaro taqqoslamaslik sanaladi.

Matn tahlilida javoblarni qiyosiy tahlil qilish doimo birlamchi bo'lishi lozim.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

26 Nov, 05:07


Namunaviy esse yozish. Videodars. 1-dars.

Yuqori baholanadigan esse qanday yoziladi?
Ushbu videodarsda namunaviy esse yozish masalasida so`z yuritilgan.

Samgin Qurbonov

25 Nov, 19:00


⚡️⚡️⚡️ Koʻp sonli talab va takliflardan kelib chiqib Samgin Qurbonov va uning jamoasi tomonidan dekabr oyida "Milliy sertifikat" imtihonga kiruvchilar uchun alohida "Esse" guruhi ochildi!!!

Darslar haftada 4 kun olib boriladi.(Ushbu 4 kun faqat esse darsi boʻladi😊)

Ushbu guruhga faqatgina 20 kishi qabul qilinadi.
Darslar 28-noyabrdan boshlanadi.
(qabul faqat 2 kun)

Kursga roʻyxatdan oʻtish va batafsil maʼlumot uchun @Boburjon_Uktamov ga murojaat qiling.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

25 Nov, 16:31


⚡️ G`azal tahlili bo`yicha metodik tavsiyalar.

Tahlilda parallel tasvirlar mohiyati va ahamiyati haqida.


@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

25 Nov, 15:01


⚡️ Esseni rejalashtirish haqida!

Esseni rejalashtirish bir necha qismlarga bo'linadi, bu qismlardan birinchisi berilgan vaziyat matni haqida lisoniy ongimizda mavjud tartibsiz fikrlarni (gaplarni emas) qog'ozga tushirib olishdan boshlanadi, bu jarayon ilm tilida "Fikr bazasini shakllantirish" deb ataladi, ikkinchi bosqichda esa mavjud tartibsiz fikrlar saralanadi.
Bu jarayon siz o'ylaganchalik murakkab emas.

Bizning onlayn kurslarimizdagi 12 qismdan iborat essega oid darslarda esseni tizimlashtirish va rejalashtirish bosqichma-bosqich o'rgatilmoqda.

📲 Batafsil ma'lumot uchun:
@boburjon_uktamov ga murojaat qiling

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

25 Nov, 14:10


#bilimingingiznisinang

O'g'lim, faqat bugunni emas, aksincha, ertani ham o'ylab yashashga, mazmuni hayot kechirishga harakat qilgin.

Ushbu gapdagi grammatik bog'lanishlar (sin. aloqa) sonini aniqlang.

Samgin Qurbonov

24 Nov, 15:01


⚡️ Esse yozayotganda quyidagi muammolarga duch kelyapsizmi?

nimadan boshlashni bilmaslik;
jumlalarni to'g'ri tuza olmaslik;
mavzudan uzoqlashish;
bir fikrni takrorlash;
fikrni davom ettira olmaslik, nima yozishni bilmaslik.

Bu muammolarning barchasiga yechim bitta - "Esseni rejalashtirish"ni o'rganish.

Bizning onlayn kurslarimizda 12 qismdan iborat essega oid darslarda esseni tizimlashtirish va rejalashtirish bosqichma-bosqich o'rgatilmoqda.

📲 Batafsil ma'lumot uchun:
@boburjon_uktamov ga murojaat qiling

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

23 Nov, 14:06


To'g'ri javobni izohlarda keltiring.

Samgin Qurbonov

21 Nov, 09:02


⚡️ G'azal tahlilidagi muammolarning sababini ko'pchilik o'quvchilar mumtoz matnlar va tarixiy so'zlar ma'nosini tushunmaslik bilan bog'lashadi. Bu qarash, albatta, qay darajada to'g'ri. Biroq muammolarning sababi faqat shugina emas.
Yana bir muhim sabablardan biri - sintaktik tahlil ko'nikmalarining yetishmasligi yoki yetishganda ham mumtoz she'rlar tahliliga nisbatan "Sintaktik tahlil" metodini tatbiq qilmaslikdir.

Mumtoz matnlar tahlilida quyidagilarga amal qilsangiz, tahlil darajangiz ancha oshadi:

gap bo'laklarini to'g'ri aniqlash;
inversiyani to'g'rilab she'riy matnni nasriy matnga aylantirish.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

21 Nov, 05:17


❗️Esseda yo'l qo'yilayotgan xatolardan biri haqida.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

20 Nov, 16:01


Shu paytda firma direktori – Zokirjon aka jonimizga oro kirib, gap boshladi.

Ushbu gapda tire tinish belgisi qanday munosabat bilan qoʻllangan?

Javobingizni izohlarda yozib qoldiring.👇👇👇

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

20 Nov, 14:48


⚡️ Milliy sertifikat imtihonida testni birinchi yechish kerakmi yoki esseni birinchi yozish kerakmi?

Ko'pchilikni shu savol qiynaydi.
Sizga muhim tavsiyamiz: doimo birinchi testni yeching, testni to'liq yechib bo'lgandan so'ng va hatto bo'yab bo'lgandan so'ng esseni boshlang, chunki inson hotirjam bo'lgandagina fikrini jamlay oladi va tiniq fikrlaydi. Esse yozayotganda keyin testni yechish tashvishi turishi bu juda yomon signaldir!

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

19 Nov, 16:52


Men savol beruvchi, ustoz.

Ushbu gapdagi vergul tinish belgisi tushirilsa, ostiga chizilgan so'zda qanday grammatik o'zgarish kuzatiladi?

Javobingizni yozib qoldiring😊

Samgin Qurbonov

17 Nov, 15:00


🔱 Esse yozishda teskari yondashuv.

Nimalar qilmaslik kerak?

📲 @samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

16 Nov, 17:12


⚡️Esse - bu bir isitma!

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

16 Nov, 13:10


@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

16 Nov, 11:01


Yozuv tizimi

O‘zbek tili tarix davomida bir nechta yozuv tizimlaridan foydalangan:
- Qadimda — arab yozuvi (9–20-asr boshlariga qadar).
- 1929-yilda lotin alifbosiga o‘tilgan.
- 1940-yilda kirill alifbosi joriy etilgan.
- 1993-yildan boshlab yana lotin alifbosiga qaytilgan bo‘lsa-da, kirill yozuvi hamon keng qo‘llanmoqda.

(Aytgancha, sun'iy intellekt tomonidan O‘zbek tilining tasvirlanishi berilgan yuqoridagi rasmda😊)

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

16 Nov, 05:01


Javobingizni izohlarda yozib qoldiring.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

15 Nov, 18:55


Quyidagi gaplarda ajratib ko'rsatilgan so'zlardagi -y qo'shimchalarining vazifasini izohlang:

1. Bugun darsga bormayman.
2. Bugun darsga bormay.
3. Bugun darsga bormay ko'cha aylandim.
4. Quyoshda yuraverib rangi qorayibdi.

Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.
Keyin biz videoizohini beramiz.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

15 Nov, 13:01


@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

15 Nov, 11:20


Gʻazal (arabcha: oshiqona soʻz, ishq izhor etish, ayollarni madh etish) — Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janr ʻʻGʻazal’’ atamasi dastlab VIII–IX asrlarda arab sheʼriyatida paydo boʻlgan. Soʻng Oʻrta Osiyo va Sharq xalqlari adabiyotlariga oʻtib, X asrda forsiy adabiyotga, XIV asr boshlarida turkiy adabiyotga kirib kelgan.
#Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan. Lekin 21, hatto 27 baytli gʻazal namunasi ham uchraydi.
#Qofiyasi, a-a, b-a, d-a, c-a shaklida bo‘ladi.
#birinchi bayt matla‘, so‘nggi bayt esa maqta‘ deb nomlanadi.

Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

14 Nov, 19:25


Qatarda bor alamim manim,
O'zbekiston Vatanim manim.

Dorilarni ichib olib, uxlaymiz...

Samgin Qurbonov

14 Nov, 13:03


@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

14 Nov, 11:24


#nazariy_bilim

Nido she'riyatda undalmalardan foydalanish san‘ati hisoblanadi. Boshqa sheʼriy sanʼatlardan bevosita inson qalbidagi his va hayajonlarni ochiq va kuchli tasvirlab bera olish imkoniyati bilan ajralib turadi. Insonning ichki tuygʻulari poʻrtana misoli junbushga kelganida lirik qahramon olamdagi har qanday narsa-hodisalarga, tabiatdagi istalgan narsaga, oʻzining qalbiga, suhbatdoshiga murojaat etishi mumkin. Masalan, “Rustamxon” dostonida Sultonxon Rustamga “qoʻzim” deb murojaat etadi:



Necha kun, necha tun orada oʻtdi,
Rustamga Sultonxon u soʻzni aytdi:
– Quloq solgin xon otangning tiliga,
Qoʻzim, ketayik-da Oqtosh eliga
.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

11 Nov, 16:47


#lirikchekinish

Insonda hamma narsani shakllantirish mumkin, ammo MAS'ULIYATni shakllantirib bo'lmaydi.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

11 Nov, 11:07


Istiora (arabchadan „qarzga olish“) yoki metafora (yunonchadan „koʻchirish“) — asarlarda soʻzni oʻz maʼnosidan boshqa bir maʼnoda, yaʼni majoziy maʼnoda qoʻllash sanʼati. Bu sanʼat soʻz maʼnolari koʻchishining bir turi boʻlib, u narsa va hodisalar oʻrtasidagi oʻxshashlikka asoslanadi. Shu jihatdan istiora tashbih sanʼatiga yaqin turadi. U koʻpincha tashbihi kinoyaga, yaʼni o‘xshamish tushirilgan tashbihga teng keladi. Adabiyotshunoslikda istiora tashbihdan kuchli sanaladi.

Sheryurakli bu Lochin
Qoqib qanot-qulochin,
Quzgʻunlardan asradi
Elning xotin-xalajin.


(Maqsud Shayxzoda „Kapitan Gastello“)
Bunda Lochin — kapitan Gastello, quzgʻunlar — fashistlar maʼnosida ishlatilgan.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

11 Nov, 06:49


⚡️ Milliy sertifikat imtihonida biz yo'l qo'yadigan eng katta xatolardan biri - bu vaqt taqsimotidir.
Vaqtni taqsimlashni o'rganmas ekansiz, bilim soyada qolib ketaveradi.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

10 Nov, 17:26


#lirikchekinish

Kibrlanmaylik.
Biz kibrlanayotgan narsalar kimlarningdir kulgisini qo'zg'atadi.

Kibrning turi ko'p.
To'g'ri gapni eshitib, tan olmaslik ham kibrdandir.

Haqiqatni tan olmaslik ham kibrdandir.

Barcha muvaffaqiyatlarimga o'zim sababchiman, deyish ham kibrdandir. Olloh yo'l bermaganda, kerakli vaqtda kerakli joyda kerakli odamlar bilan bo'lmaganingda nima bo'lardi?

Yo Olloh, kibrimizni yo'qotishda o'zing yordam ber!!! 🤲🤲🤲

Samgin Qurbonov

10 Nov, 11:00


#nazariy_bilim

Talmeh (arabcha – ishora qilish, biror narsa tomonga yengil nazar tashlash) – mumtoz sheʼriyatda keng qoʻllangan badiiy sanʼatlardan biri. Bunda shoir mashhur bir qissa, voqea yoki asarga ishora qilish orqali oʻz fikrini muxtasar hikoya qiladi. Shunga koʻra talmeh sheʼrda oz soʻz bilan koʻp maʼnoni ifodalash sanʼati deyiladi.

Yoqub bikin ko'p yig'idin qolmadi sensiz
Nuri basarim xoh inon, xoh inonma.



@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

09 Nov, 15:52


⚡️ Bugun 21.00 da onlayn guruhlarimizda tayyorlanayotgan o'quvchilar uchun Essega "KIRISH" darsi bo'ladi.
Ushbu darsda Siz hali boshqa manbalarda uchratmagan essedagi "Fokus metodi" haqida gaplashamiz.
Ushbu metod qisqa muddatda essedan yuqori ball olishga qaratilgan strategiyalarni o'z ichiga oladi.

⚡️ Dars haqida taassurotlarni kommentariyada qoldiring.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

09 Nov, 12:49


Yopiq savollar va ularning ishlanishi boʻyicha videodarslarimizdan namuna.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

04 Nov, 14:29


Kurslarimiz haqida.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

04 Nov, 12:58


#qiziqarli

Rasmda tilimizdagi ibora yashiringan.
Qaysi ibora deb oʻylaysiz?

Javobingizni izohlarda yozib qoldiring.👇👇👇

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

04 Nov, 11:47


#chalg`imaymiz

✔️ -lash qoʻshimchasi bilan yasalgan sodda yasama feʼllar birgalik nisbatdagidek tuyuladi, ammo aniq nisbatda sanaladi.
Masalan: Bolalar otasiga yordamlashdi.
✔️ -lan qoʻshimchasi bilan yasalgan sodda yasama feʼllar esa oʻzlik nisbatdagidek tuyuladi, ammo aniq nisbatda sanaladi.
Masalan: Ahmadjon ertalab yugurishga odatlangan.
✔️ -illa qoʻshimchasi bilan yasalgan sodda yasama feʼllar ham oʻzlik nisbatdagidek tuyuladi, ammo aniq nisbatda sanaladi.
Masalan: Soat xuddi ermak qilgandek chiqillaydi.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

03 Nov, 16:30


⚡️ Grammatik ma`noning shakllanishiga bog`lanishning ta`siri haqida bilasizmi?

Bir xil kelishikdagi va bir xil grammatik shakldagi bitta so`z turli gaplarda turlicha gap bo`lagi bo`lishi mumkin.
Masalan:
1) Ertaga darsga borasanmi?
2) U darsga qiziqmaydi
.
Birinchi gapda darsga so`zi hol, ikkinchi gapda to`ldiruvchi vazifasini bajargan. Buning sababini bilasizmi?

Hakima o`ng qo`lida chelakni ko`targanicha ariq bo`yiga ketdi.
Ushbu gapda ajratib ko`rsatilgan so`z qaysi gap bo`lagi vazifasini bajargan?

Ikkita masalaga o`z fikringizni izohlarda qoldiring.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

03 Nov, 15:15


⚡️ Endilikda kanalimizda Atestatsiyaga tayyorlanuvchilar uchun hamda maktab o'qituvchilari uchun ham turli materiallar, testlar muntazam berib boriladi.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

03 Nov, 14:09


⚡️ Samgin Qurbonov jamoasidan onlayn kurslar!

7-noyabrdan Samgin Qurbonov va uning tilshunoslar jamoasi 3 xil guruhda onlayn kurslar tashkil etmoqda:

1️⃣ A+ guruhi (21-dekabrdagi MS imtihoniga kiruvchilar uchun);
2️⃣ A guruhi (fevral-mart oyidagi MS imtihoniga kiruvchilar uchun);
3️⃣ B guruhi (aprel oyidagi MS imtihoniga kiruvchilar uchun).

❗️Asosiy e'tibor beriladigan masalalar:
1️⃣ Ilmiy va badiiy matn tahlilini shakllantirish va rivojlantirish;
2️⃣ G'azal va mumtoz she'rlar tahliliy ko'nikmasini rivojlantirish;
3️⃣ Mukammal esse yozishni shakllantirish;
4️⃣ Grammatik bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish.

Darslar haftada 7 kun kechki vaqtlarda o'tkaziladi.

Darslarda uzviy qatnashganlarga natijalar KAFOLATLANADI!

💵 Kurs narxlari:
1️⃣ A+ guruhi: 350,000 so'm (chegirma bilan 299,000 so'm); 21-dekabrgacha to'liq.
2️⃣ A va B guruhlar: 250,000 so'm (chegirma bilan 199,000 so'm)

💸 Chegirmalar faqat hoziroq to'lov qilganlar uchun amal qiladi!

📲 Batafsil ma'lumot uchun:
@boburjon_uktamov ga murojaat qiling.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

02 Nov, 13:30


#qiziqarli

Rasmda tilimizdagi ibora yashiringan.
Qaysi ibora deb oʻylaysiz?

Javobingizni izohlarda yozib qoldiring.👇👇👇

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

02 Nov, 09:01


⚡️ Fe`ldagi ayrim muammoli holatlarga yechimlar.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

02 Nov, 06:39


⚡️ Samgin Qurbonov jamoasidan onlayn kurslar!

7-noyabrdan Samgin Qurbonov va uning tilshunoslar jamoasi 3 xil guruhda onlayn kurslar tashkil etmoqda:

1️⃣ A+ guruhi (21-dekabrdagi MS imtihoniga kiruvchilar uchun);
2️⃣ A guruhi (fevral-mart oyidagi MS imtihoniga kiruvchilar uchun);
3️⃣ B guruhi (aprel oyidagi MS imtihoniga kiruvchilar uchun).

❗️Asosiy e'tibor beriladigan masalalar:
1️⃣ Ilmiy va badiiy matn tahlilini shakllantirish va rivojlantirish;
2️⃣ G'azal va mumtoz she'rlar tahliliy ko'nikmasini rivojlantirish;
3️⃣ Mukammal esse yozishni shakllantirish;
4️⃣ Grammatik bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish.

Darslar haftada 7 kun kechki vaqtlarda o'tkaziladi.

Darslarda uzviy qatnashganlarga natijalar KAFOLATLANADI!

💵 Kurs narxlari:
1️⃣ A+ guruhi: 350,000 so'm (chegirma bilan 299,000 so'm); 21-dekabrgacha to'liq.
2️⃣ A va B guruhlar: 250,000 so'm (chegirma bilan 199,000 so'm)

💸 Chegirmalar faqat hoziroq to'lov qilganlar uchun amal qiladi!

📲 Batafsil ma'lumot uchun:
@boburjon_uktamov ga murojaat qiling.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

02 Nov, 03:57


Imtihonga kiruvchi ustozlarga OMAD!!!

Samgin Qurbonov

27 Oct, 15:49


⚡️ Essening "Kirish" qismini tizimli va to`g`ri shakllantirish usullari.

@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

27 Oct, 09:43


⚡️ Oflayn dars jarayonlarimiz.

📲 @samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

27 Oct, 08:42


⚡️ Esse qanday baholanishi lozim?

Kurs o`qituvchisi Sizning esselaringizni to`g`ri baholayaptimi?


@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

26 Oct, 21:05


⚡️ Milliy sertifikat bo'yicha bepul onlayn darslar!

1-oktabr munosabati bilan samarqandlik ustoz Samgin Qurbonov jamoasi milliy sertifikat bo'yicha bepul onlayn darslar tashkil etgan edi va bu darslarga katta qiziqish bo'lib, bugungi kunda 2 ta yopiq guruhda 1000 tadan 2000 dan ziyod talabgorlar o'z bilimlarini beminnat oshirmoqdalar.

Ko'plab iltimoslarga binoan jamoa yana bitta bepul onlayn guruh tashkil etmoqda.
Onlayn guruhlarga qabul 28-oktabrgacha davom etadi, guruhga a'zo bo'lish uchun @samgin_qurbonov kanaliga a'zo bo'ling va @boburjon_uktamov ga murojaat qiling.

Darslarda quyidagi masalalar qamrab olinadi:
Matn tahlili metodikasi;
Grammatik testlarni yechish metodikasi;
G'azal tahlili metodikasi;
Esse yozish metodikasi.

Siz, balki, nazariy-ilmiy jihatdan emas, test yechish, tahlil qilish va yozishning samarali yo'llariga oid metodika jihatidan oqsayotgandirsiz?
Unda bu aynan Siz uchun!


📲 @samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

26 Oct, 21:05


1-guruhga qoʻshila olmagan yaqinlaringizni taklif qiling, barcha uchun manfaatli boʻlsin.😊

Samgin Qurbonov

26 Oct, 15:56


Namunaviy esse yozish. Videodars. 1-dars.

Yuqori baholanadigan esse qanday yoziladi?
Ushbu videodarsda namunaviy esse yozish masalasida so`z yuritilgan.

Samgin Qurbonov

26 Oct, 07:57


1-guruhga qoʻshila olmagan yaqinlaringizni taklif qiling, barcha uchun manfaatli boʻlsin.😊

Samgin Qurbonov

26 Oct, 07:57


⚡️ Milliy sertifikat bo'yicha bepul onlayn darslar!

1-oktabr munosabati bilan samarqandlik ustoz Samgin Qurbonov jamoasi milliy sertifikat bo'yicha bepul onlayn darslar tashkil etgan edi va bu darslarga katta qiziqish bo'lib, bugungi kunda 2 ta yopiq guruhda 1000 tadan 2000 dan ziyod talabgorlar o'z bilimlarini beminnat oshirmoqdalar.

Ko'plab iltimoslarga binoan jamoa yana bitta bepul onlayn guruh tashkil etmoqda.
Onlayn guruhlarga qabul 28-oktabrgacha davom etadi, guruhga a'zo bo'lish uchun @samgin_qurbonov kanaliga a'zo bo'ling va @boburjon_uktamov ga murojaat qiling.

Darslarda quyidagi masalalar qamrab olinadi:
Matn tahlili metodikasi;
Grammatik testlarni yechish metodikasi;
G'azal tahlili metodikasi;
Esse yozish metodikasi.

Siz, balki, nazariy-ilmiy jihatdan emas, test yechish, tahlil qilish va yozishning samarali yo'llariga oid metodika jihatidan oqsayotgandirsiz?
Unda bu aynan Siz uchun!


📲 @samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

26 Oct, 05:16


✔️Test kalitlari: caccbcbbcdbbcaaaddbd

Samgin Qurbonov

26 Oct, 04:55


"Sarviqomat dilbarim" qissasi bo'yicha o'tkazilgan test natijalari.

Samgin Qurbonov

26 Oct, 04:34


⚡️ Esse qanday baholanishi lozim?

Kurs o`qituvchisi Sizning esselaringizni to`g`ri baholayaptimi?


@samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

25 Oct, 17:45


1-guruhga qoʻshila olmagan yaqinlaringizni taklif qiling, barcha uchun manfaatli boʻlsin.😊

Samgin Qurbonov

25 Oct, 17:42


⚡️ Milliy sertifikat bo'yicha bepul onlayn darslar!

1-oktabr munosabati bilan samarqandlik ustoz Samgin Qurbonov jamoasi milliy sertifikat bo'yicha bepul onlayn darslar tashkil etgan edi va bu darslarga katta qiziqish bo'lib, bugungi kunda 2 ta yopiq guruhda 1000 tadan 2000 dan ziyod talabgorlar o'z bilimlarini beminnat oshirmoqdalar.

Ko'plab iltimoslarga binoan jamoa yana bitta bepul onlayn guruh tashkil etmoqda.
Onlayn guruhlarga qabul 28-oktabrgacha davom etadi, guruhga a'zo bo'lish uchun @samgin_qurbonov kanaliga a'zo bo'ling va @boburjon_uktamov ga murojaat qiling.

Darslarda quyidagi masalalar qamrab olinadi:
Matn tahlili metodikasi;
Grammatik testlarni yechish metodikasi;
G'azal tahlili metodikasi;
Esse yozish metodikasi.

Siz, balki, nazariy-ilmiy jihatdan emas, test yechish, tahlil qilish va yozishning samarali yo'llariga oid metodika jihatidan oqsayotgandirsiz?
Unda bu aynan Siz uchun!


📲 @samgin_qurbonov

Samgin Qurbonov

25 Oct, 16:32


Javoblar 22.30 gacha qabul qilinadi.

Samgin Qurbonov

25 Oct, 16:31


TEST BOSHLANDI❗️

Bot: @sjtbot
Test kodi: 14857

Quyidagi ko'rinishda botga joylang👇
14832*abcd...