SamDU Yoshlari @samdu_yoshlari_yi Channel on Telegram

SamDU Yoshlari

@samdu_yoshlari_yi


Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yoshlar Ittifoqi BT tomonidan tashkil etilgan yangiliklar kanaliga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: 901900590

SamDU Yoshlari (Uzbek)

Samarqand davlat universiteti Yoshlar Ittifoqi tomonidan tashkil etilgan "SamDU Yoshlari" kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal orqali siz Samarqand davlat universitetining yangiliklari va faolliklari haqida ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin. Yosh talabalarning faoliyati, yangi ilmiy zamonaviyliklar, tadbirlar va ko'ngilla bilan qiziqarli maqolalar sizni kutmoqda. Siz ham bu kanalga obuna bo'lib, universitet hayotining qiziqarli jangnalarini qo'llab-quvvatlashingiz mumkin. Ehtimol, sizga savollaringiz bo'lsa, kanalda ko'rsatilgan raqamga murojaat qilishingiz mumkin. Yoshlar Ittifoqi tinglaydi! Murojaat uchun: 901900590

SamDU Yoshlari

20 Feb, 04:56


#Ijtimoiy_rolik

📌Inson hayotida doim ikki yo'l bo'ladi. Qay birini tanlash o'z qo'lingizda!

🔕Biz birga giyohvandlikka yo'q deymiz!

🇺🇿Bizni kuzatishda davom eting

🌐"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | 🌐 Instagram | 😎 Facebook

SamDU Yoshlari

20 Feb, 02:01


#SamDU_yoshlari
#Kun_iqtibosi

🧠Faqat bashariyat baxti uchun qilingan mehnatgina chinakam va boqiy shuhrat keltirishi mumkin.

©Ch. Semner


🇺🇿Bizni kuzatishda davom eting

📲"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | 🌐 Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

19 Feb, 12:55


#Yangiliklar

📌“Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida profilaktik tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🏛 Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakultetida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida profilaktik tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Bizni kuzatishda davom eting

🌐"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | 🌐 Instagram | 😎 Facebook

SamDU Yoshlari

07 Feb, 11:24


#Yangiliklar

📌"Navoiy ijodi ila yashaymiz mudom" shiori ostida she’riyat kechasi tashkil etildi.

💡Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida "Navoiy ijodi ila yashaymiz mudom" shiori ostida she’riyat kechasi tashkil etildi. Tadbir davomida Alisher Navoiyning boy ijodiy merosi yodga olinib, uning g‘azal va ruboiylari o‘qildi. Tal Navoiy asarlarining mazmuni va ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. Kecha adabiyotga oshno yoshlar uchun ma’naviy ozuqa va ilhom manbai bo‘ldi.

🌐 "SamDU yoshlari" ning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va do‘stlarga ham ulashing:

✈️Telegram | 🌐 Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

07 Feb, 10:28


#Yangiliklar

📌"Milliy qadriyatlar – ma’naviyat ko‘zgusi" mavzusida tadbir tashkil etildi.

🇺🇿Matematika fakulteti talabalari ishtirokida "Milliy qadriyatlar – ma’naviyat ko‘zgusi" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida milliy an’ana va urf-odatlarning ma’naviyatdagi o‘rni haqida ma’ruzalar tinglandi. Ishtirokchilar qadriyatlarning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati yuzasidan fikr almashib, ularni asrab-avaylash va kelgusi avlodga yetkazish muhimligi ta’kidlandi. Tadbir qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

🌐 "SamDU yoshlari" ning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va do‘stlarga ham ulashing:

✈️Telegram | 🌐 Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

07 Feb, 08:59


#milliy_qadriyatlar_kuni

📌Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetida "Milliy qadriyatlar-millat ma'naviyatining ko'zgusi" shiori ostida milliy liboslar challenge o'tkazildi.

Telegram |🌐 Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

07 Feb, 07:23


“Malayziya ma'rifati”

Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning maqolasi “Xalq so‘zi” gazetasining  2025-yil 7-fevral № 27 (8922) juma sonida e’lon qilindi.

Batafsil: 👉 https://samarqandim.uz/news/114

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

24 Jan, 13:43


#koordinator_faoliyati
#SamDU_yoshlari

📌"Dekan kubogi'' – do‘stlik va sport birlashgan maydon!


🔰Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti talabalari o‘rtasida Futbol sport turi bo‘yicha "Dekan kubogi" musobaqasi tashkil etildi.

♻️Ushbu musobaqa nafaqat sportni rivojlantirish, balki talabalar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Ushbu turdagi musobaqalar yoshlarning jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi hamda universitetning sport an’analarini mustahkamlaydi.


⚡️Bizni kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

24 Jan, 08:27


Talabalar to‘lagan kontrakt pulidan 12% qaytarib olish huquqiga ega!

🟢Soliq chegirmasi to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:
🔵o‘z mablag‘lari;
🔵jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
🔵yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).

😀To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

➡️Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:
🟢to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;
➡️bank bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
👉OTM hisob raqamiga pul mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
pasport nusxasi va talabaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi.

Manba: Soliq Kodeksi 378-modda, 16-bandi.

Telegram | Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

24 Jan, 03:05


#Kun_hikmati
#SamDU_yoshlari

🔰Muvaffaqiyatsizlik uchun yagona sabab - ishlamaydigan maqsadlarimiz o'rniga yangi maqsadlar qo‘ymasligimizdadur

© NAPOLEON HILL

📲 "SamDU yoshlari" ning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va do‘stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

23 Jan, 15:59


#SamDU_Yoshlari


📌Universitet talaba-qizlari diqqatiga!

📣Universitet Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti sizni ajoyib va unutilmas ko‘rik-tanlov ishtirokchiligiga taklif qiladi!

💎"Universitet malikasi" ko‘rik-tanlovida go‘zallik, iste’dod va aql-zakovat mezonlariga ko‘ra universitetimizning haqiqiy malikasi aniqlanadi!

⁉️Kimlar qatnashishi mumkin?
– Universitetimizning barcha iqtidorli va o‘ziga ishongan qizlari!



     🔆 Bizni kuzatishda davom eting. Zero, eng yaxshilari doim biz bilan❗️

📲"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

23 Jan, 11:19


#Maʻnaviyat_saboqlari

Kam gapirib, ko’p eshit, kitobni sev, o’qi, xulosa chiqar, rioya qil! Olimlarni, ustoz-u murabbiylarni hurmat qil, e’zozla. Ularga ishon, ardoqla, chunki ular seni saodatga, baxt va komillikka yetaklaydi.


Otabek Xasanov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube

SamDU Yoshlari

23 Jan, 05:26


“Zamindan koinot qadar yuksalayotgan tafakkur"

  Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning maqolasi “Xalq so‘zi” gazetasining  2025-yil 23-yanvar № 16 (8911) payshanba sonida e’lon qilindi.

Batafsil: 👉 https://samarqandim.uz/news/100

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

23 Jan, 04:16


#koordinator_faoliyati
#SamDU_Yoshlari

📌Yangicha yondashuv| Qiziqarli va ijodiy "Fantonima" o‘yini tashkil etildi.

🟢Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida qiziqarli va ijodiy "Fantonima" o‘yini tashkil etildi

💡Ushbu o‘yin orqali talabalar o‘z aktyorlik mahoratlarini namoyish etib, jamoaviy hamkorlik va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, talabalar uchun maroqli dam olish imkonini yaratdi.


📲"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari


Telegram | Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

23 Jan, 03:43


#Kun_hikmati
#SamDU_yoshlari

🔰DANGASALIK ZANGGA OʻXSHAYDI. NARSALAR KOʻP ISHLASH OQIBATIDA EMAS, ZANGDAN TEZROQ YEMIRILADI.


©BENJAMIN FRANKLIN

📲 "SamDU yoshlari" ning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va do‘stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

22 Jan, 09:39


#Samarqand_hunarmandlar_markazi

Teri (charm) bilan ishlaydigan hunarmand – Ilyushin Vladimir. Teridan turli xildagi sumka va buyumlar tikadi.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:


Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube

SamDU Yoshlari

18 Jan, 13:14


#Tayinlov

⚡️Geografiya fanlari doktori, professor Subxon Abbosov Samarqand davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi...

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube

SamDU Yoshlari

17 Jan, 05:50


#SamDU_yoshlari


📌Yangicha yondashuv: So‘zni top" interaktiv o‘yini tashkil etildi.

🔰 Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning boʻsh vaqtini maroqli oʻtkazish maqsadida "So‘zni top" interaktiv o‘yini tashkil etildi.

♻️ Qiziqarli atmosferani biz bilan his eting!

🔶Bizni kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |

SamDU Yoshlari

16 Jan, 16:52


Samarqand davlat universitetida 10-20-fevral vaqt oralig'ida talabalar o‘rtasida “Men giyohvandlikka qarshiman!” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkaziladi...

Tanlov quyidagi yo'nalishlar bo'yicha bo'lib o'tadi:

a) adabiyot yo‘nalishi - bunda talabalar tomonidan mavzuga doir yozilgan she’r hikoya, esse, dramatik asar va insholar ko‘rib chiqiladi;
b) tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishi- bunda talabalar tomonidan tayyorlangan plakatlar, rasmlar, grafik ishlanmalar, akvarel, naqqoshlik, qo‘lda ishlangan buyumlar, shuningdek, boshqa tasviriy va amaliy san’at turlari bo‘yicha ijodiy ishlar ko‘rib chiqiladi.


Bu haqda batafsil ma'lumot beramiz...

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube

SamDU Yoshlari

16 Jan, 13:59


#SamDU_yoshlari


📌Yangicha yondashuv: "Men harbiyman" intellektual o‘yini tashkil etildi.

🔰Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti talabalari o‘rtasida "Men harbiyman" intellektual o‘yini tashkil etildi.

♻️ Intellektual o‘yinni tashkil etishdan asosiy maqsad talabalarni harbiylikka qiziqtirish , harbiy terminlar haqidagi mavjud bilimlarini sinovdan o‘tkazish.

🔶Bizni kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook |

SamDU Yoshlari

16 Jan, 05:54


#Xabardormisiz🤓
#SamDU_Yoshlari

📌 "Xabardormisiz...? - huquqiy loyihasining yangi soni:  “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi” loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etildi.

  👩‍🏫Yuridik fakulteti "Talaba-qizlar" koordinatori Zahro Qoʻzibayeva tomonidan"Xabardormisiz..?" huquqiy loyihasining yangi soni bilan tanishing hamda oʻzingizga kerakli maʼlumotlarga ega boʻling!

Siz uchun manfaatli bo'layotgan loyihalarimiz davom etadi.

📲"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

15 Jan, 15:01


🔰Talabalar turar joyida yashovchi talabalarning boʻsh vaqtini maroqli oʻtkazish maqsadida hamda ularning qiziqishlarini hisobga olgan holda 2-sonli talabalar turar joyida universitet Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti faollari tomonidan "Ovchi va oʻlja" oʻyini oʻtkazildi.

#koordinatorfaoliyati #maroqlioʻyin #TTJ #SamDUYoshlari

🌐Bizni kuzatishda davom eting

📲"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

13 Jan, 14:19


Bugun 13-yanvar Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov nomi berilgan kun

Batafsil: 👉 https://samarqandim.uz/news/89

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:


Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube

SamDU Yoshlari

13 Jan, 14:07


#Hisobot2024 #OʻzbekistonYoshlarIttifoqi

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan 2024-yilda quyidagi ishlar amalga oshirildi

📍 Hududiy kengashlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar

➡️ Qoraqolpog'iston Respublikasi - havola
➡️ Andijon viloyati - havola
➡️ Buxoro viloyati - havola
➡️ Jizzax viloyati - havola
➡️Qashqadaryo viloyati - havola
➡️Navoiy viloyati - havola
➡️Namangan viloyati - havola
➡️Samarqand viloyati - havola
➡️Sirdaryo viloyati - havola
➡️Surxondaryo viloyati - havola
➡️Toshkent viloyati - havola
➡️Fargʻona viloyati - havola
➡️Xorazm viloyati - havola
➡️Toshkent shahri - havola

🙋 Hududingizdagi yoshlar hayotiga oid so‘ngi yangiliklarni biz bilan kuzatib boring!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

SamDU Yoshlari

13 Jan, 05:07


Samarqand davlat universiteti talabalari:
Mening otam, onam vatan himoyachisi

👉
https://youtu.be/MxkCO9z69Q0

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube

SamDU Yoshlari

13 Jan, 03:08




Bugun 13-yanvar haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇷🇺Rossiya – Matbuot kuni.
🇨🇻Kabo-Verde – Demokratiya kuni.

#muhim_voqealar
🔹 1957 – AQShda “Frizbi” uchar disklari ishlab chiqarila boshlandi.
🔹 1992 – Toshkentda Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil qilindi.
🔹1999 – O‘zbekiston Respublikasi davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi tashkil etildi.

#tavalludlar
🔹1864 – Vilgelm Vien – nemis fizigi, Nobel mukofoti sohibi
🔹1903 – Vladimir Riftin – teatr rassomi, Oʻzbekiston xalq rassomi. 
🔹1976 – Feliks Gottvald – avstriyalik biatlonchi, uch karra Olimpiya chempioni, uch karra jahon chempioni.
🔹1993 – Maks Uitlok – britaniyalik gimnastikachi, uch karra Olimpiya chempioni.

📲"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

12 Jan, 09:59


Tillarning eng yaxshisi so'zga usta til. So'zlarning eng yaxshisi bilib, oxirini o'ylab so'ylangan so'zdur.

Abdulla Avloniy


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:


Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube

SamDU Yoshlari

12 Jan, 08:27


Samarqand davlat universiteti 1-son talabalar turar joyida "Qarindoshga quda bo'ldim, qarindoshdan judo bo'ldim" hamda "Odob-axloq va gigiyena qoidalari" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi...

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube

SamDU Yoshlari

12 Jan, 07:00


Rasmli savol:

Ushbu 4 yigit 1 xonada joylashgan. Suratga yaxshilab etibor berib aytingchi ularning qaysi biri uyning egasi?🤔

📲"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

12 Jan, 05:25




Bugun 12-yanvar haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇸AQSh – Farmasevtlar kuni.
🇮🇳Hindiston – Yoshlar kuni.

#muhim_voqealar
🔹1932 – Xetti Karauey AQSH senatiga saylangan birinchi ayol bo‘ldi.
🔹1993 – Chad O‘zbekiston suverenitetini tan oldi.
🔹1993 – Buxoro viloyatida Qorovulbozor tumani tashkil topdi.
🔹2010 – Toshkent shahrida “Vatanga qasamyod” haykali ochildi.
🔹2021 – Flash Player plagini ishlashni to‘xtatdi.

#tavalludlar
🔹1628 – Sharl Perro – fransuz shoiri va tanqidchi. Fransiya akademiyasi a’zosi.
🔹1876 – Jek London (asl ism-sharifi Jon Griffit) – amerika yozuvchisi.
🔹1943 – Kamoliddin Rahimov – xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti.
🔹1949 – Xaruki Murakami – yapon adibi, tarjimon.
🔹1987 – Rasul Kusherbayev – davlat va jamoat arbobi.

📲"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

06 Dec, 17:24


#ибрат

Баъзида ўзингникилар ёрдам бермай турганида четдан бегоналар келиб ёрдам бериб кетади...

SamDU Yoshlari

06 Dec, 17:02


Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni keng nishonlandi…

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.
Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodovning bayram tabrigini SamDU o’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektori, professor Ahmadjon Soliyev o’qib eshittirdi.

Batafsil:👉 https://samarqandim.uz/news/75

✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

SamDU Yoshlari

06 Dec, 15:28


Intellektual olimpiada-2024 Samarqand viloyati bosqichi boʻlib oʻtdan. Unda quyidagi toʻrt OTM jamoalari respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi:

1. Samarqand davlat tibbiyot universiteti
2. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
3. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
4. Samarqand davlat universiteti

@Samarqand_ZakovatNNT

SamDU Yoshlari

21 Nov, 16:39


ШУКР ДЕЙСАН СЕН ҚАЧОН?

Таъмагирни тортқилаб,
Нафси қўймас дейдилар.
Нокас ўзи тўйса ҳам,
Кўзи тўймас дейдилар.

Боқ бир ёруғ оламга —
Кимлар зўрға кун кўрар.
Одамлар бор, боғдаги
Булбулдан ҳам пул сўрар.

Ёлғон дунё — бу дунё,
Арзон дунё — бу дунё.
Не -не ҳоким, беклардан
Қолган дунё — бу дунё.

Киприкдан ҳам қисқадир
Молу дунё йўллари.
Ибрат бўлсин, Искандар
Очиқ кетган қўллари!..

Узат дейсан, бер дейсан,
Ҳеч қўймадинг, одамзод.
Туя тўйди, фил тўйди,
Сен тўймадинг, одамзод.

Шукр қилар ҳаттоки
Қумурсқа-паррандалар.
Шукр дейсан сен қачон,
Хом сут эмган бандалар?..

Бу уч кунлик дунёда
Савлатингга керилма.
Қаср қурма, боғ қолдир,
Давлатингга керилма.

Ўз элингни қақшатсанг,
Хор бўласан ўзинг ҳам.
Бир кун шу эл меҳрига
Зор бўласан ўзинг ҳам!..

© Муҳаммад Юсуф

👉 https://t.me/norboyev_allayor

SamDU Yoshlari

21 Nov, 16:31


#SamDU_Yoshlari

G'OLIBLAR ESDALIK SOVG'ALARI BILAN TAQDIRLANDI!

  📌Xabaringiz bor, SamDU Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan 17-noyabr - Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan "Talabalik - oltin davrim!" mavzusidagi fotosuratlar tanloviga start bergan edik.  200 ga yaqin talabalarni qamrab olgan tanlov natijalari e'lon qilindi!
                                                                                            
🎁Bugun gʻoliblarimiz estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Tanlovda ishtirok etgan barcha talabalarga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Oltin davringiz maroqli oʻtsin, hurmatli talabalar.
Muvaffaqiyatga erishish uchun izlanishdan charchamang. Marra sizniki🇺🇿🔥


     🔆Bizni kuzatishda davom eting. Zero, eng yaxshilari doim biz bilan❗️

📲"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

21 Nov, 06:18


❗️Eslatma: Endi sirtqi va kechki taʼlimda o‘qiydiganlarga taʼlim krediti berilmaydi!

Endilikda taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlimda o‘qiyotgan talabalarga beriladi. Bu haqdagi Prezidentning tegishli farmoni O‘zAda eʼlon qilindi.

Bunga qadar taʼlim kreditini sirtqi va kechki taʼlimda o‘qiyotganlar ham olishi mumkin edi.

Shuningdek, endilikda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda taʼlim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).

📲"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

20 Nov, 16:03


#Motivatsiya_vaqti

Sizda hozir kuch, yoshlik va sog'lik bor, imkoniyatlarni qo'lga kiritish va muvofaqqiyatga erishishni keyinga qoldirmang!

📲"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

20 Nov, 16:03


🎗17-noyabr Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan “Talabalik - oltin davrim” shiori ostida boʻlib oʻtgan onlayn fotosuratlar tanlovi gʻoliblari taqdirlandi.

#taqdirlash #talabalarkuni #SamDUYoshlari

📲"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

20 Nov, 11:42


🎗Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan fakultetlar oʻrtasida "Zakovat" intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

#zakovat #SamDUYoshlari

📲"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

18 Nov, 15:32


Qadriga yeting bo'lsa akangiz,
Qo'lidan yetaklang bo'lsa ukangiz!
Kun kelib mabodo kuchdan qolsangiz,
Begonalar sari chopa olmaysiz,
Ulardan boshqani topa olmaysiz
...

SamDU Yoshlari

07 Nov, 05:38


Doktoranturaga qabul muddati uzaytirildi

      ⚡️2025-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga hujjat qabul qilish muddatlari joriy yil 10-noyabrga qadar, kirish imtihonlarini tashkil etish esa 30-noyabrga qadar uzaytirildi.

   ❗️Hujjatlarni daraja.ilmiy.uz sayti va my.gov.uz orqali topshirish imkoni mavjud.

📲"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

27 Oct, 13:17


Бир аёл одамлар орасида боласини қаттиқ урар экан. Бола қаттиқ зарбаларга чидаб ҳеч йиғламас экан. Орадан йиллар ўтибди, одатдагидек она боласини одамлар орасида урганида, бу сафар бола қаттиқ йиғлаб юборибди...
Одамлар ажабланиб:
— Эй йигитча, олдинлари онангиз калтаклаганларида миқ этмасдингизку, нега бугун кўзларингиза ёш олдингиз? - деб сўрашибди. Йигитча йиғлаб:
— Онамнинг кексайиб қолганларини ҳис қилдим, чунки зарбалари олдингидек қаттиқ бўлмай қолдибди...

P.S.: Ота-онамизнинг қадрига етайлик! Илло, ўтаётган вақт бизларни тобора айрилиққа яқинлаштирмоқда...

SamDU Yoshlari

26 Oct, 08:46


Saylovda qanday ovoz beriladi?

Bu haqda videoda batafsil tushuntirish berilgan.

Ertaga saylovga borganingizda sizga 4 ta byulleten berishadi. Bunga hayron bo’lib qolmang. Byulletenlar 4 xil rangda bo’ladi. Bular:

1) 🔵 Qonunchilik palatasi deputatligi uchun bir mandatli nomzodlar. Bunda siz faqat partiyaga ovoz berasiz, konkret nomzodlarga emas;

2) 🟢 Qonunchilik palatasi deputatligi uchun nomzodlar. Bunda siz partiyaga emas, nomzodga ovoz berasiz;

3) 🟡 Viloyat Kengashi deputatligi uchun nomzodlar;

4) ⚪️ Tuman, shahar Kengashi deputatligi uchun nomzodlar.

O’zingizga ma’qul partiya yoki nomzodning ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga , yoki ✔️, yoxud ✖️ belgisini qo‘yadi.

❗️BU MUHIM: ovoz berish chog‘ida bir necha kvadratga belgi qo‘yilgan bo‘lsa yoki birorta kvadratga belgi qo‘yilmagan bo‘lsa, bunday byulletenlar haqiqiy emas deb topiladi va ovozlarni sanashda hisobga olinmaydi.


📲"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

26 Oct, 08:14


#tugʻilgan_kun

        📌 Bugun 26-oktyabr - SamDU Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti kechki taʼlim yoʻnalishi koordinatori Bobonazarov Rashidning tugʻilgan kuni!

       🎊"SamDU yoshlari" jamoasi R.Bobonazarovga mustahkam sogʻlik, uzoq umr, omad va keyingi faoliyatida zafarlar tilaydi.

        🎉TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN!

"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

25 Oct, 08:12


📌Hurmatli ichki ishlar tizimi xodimlari!

🔰Mamlakatimiz yoshlari nomidan sizlarni bugungi qutlug‘ bayram bilan samimiy tabriklaymiz, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilangizga fayzu baraka, masʼuliyatli kasbingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!!!

📲"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

SamDU Yoshlari

24 Oct, 13:48


#Diqqat

⚡️ Samarqandim jurnalining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga obuna bo'ling:

👉
https://t.me/samarqandim_jurnali

👉
https://www.instagram.com/samarqandim_jurnali/

👉
https://www.facebook.com/profile.php?id=61567522790562

👉
https://www.youtube.com/@Samarqandim_jurnali

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:


Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook |You tube

SamDU Yoshlari

24 Oct, 05:32


#Muhim

🙋 Iqtidor qanchalik muhim?

👋 Iqtidorlilar har joyda qadrlanadi. Ammo iqtidorli bo‘lishning o‘zi har doim ham yetarli bo‘lavermaydi.

🖋 Har bir doiraning o‘z tartib-intizomlari mavjud. Siz o‘zingiz yashaydigan, o‘qiydigan, ishlaydigan sferada qanchalik iqtidorli bo‘lsangiz ham shu doira intizomlariga amal qilishingiz lozim.

📍 Iqtidor va intizomingiz uyg‘unlashuvi orqali o‘zingiz istagan sferada yaxshigina rivojlanishingiz mumkin!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

SamDU Yoshlari

22 Oct, 06:16


#kitob_ilm_manbai

“Savodli bo‘la turib kitob o‘qimagan kishining savodsizdan farqi yo‘q”

📲"SamDU yoshlari" ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook