Rustam Ibragimovich Xolmurodov @rustam_ibragimovich_xolmurodov Channel on Telegram

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

@rustam_ibragimovich_xolmurodov


Самарқанд давлат университети ректори,
Ўзбекистон Республикаси фан арбоби, Олий Мажлис Сенати аъзоси

Facebook - https://www.facebook.com/RustamIbragimovichXolmurodov

Promotional Article for Rustam Ibragimovich Xolmurodov Telegram Channel (Uzbek)

Assalomu alaykum! Sizni "Rustam Ibragimovich Xolmurodov" Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda Samarkand davlat universiteti rektori, O'zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a'zosi Rustam Ibragimovich Xolmurodov tomonidan barcha so'nggi yangiliklar, maqolalar va fikrlar siz bilan bo'lishadi. Rustam Ibragimovich Xolmurodov - bu o'zbekistonlik tanlangan inson, fandagi sohasidagi tajribasi va bilimi bilan tanilgan. Uning Facebook sahifasi - https://www.facebook.com/RustamIbragimovichXolmurodov. Siz ham uning fikrlaridan, yangiliklaridan xabardor bo'lish uchun shu Telegram kanaliga obuna bo'lishingizni tavsiya qilamiz. Sizga yaratuvchi va maqbul tajribalar tajriba etuvchi "Rustam Ibragimovich Xolmurodov" Telegram kanali!

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

07 Feb, 05:10


“Malayziya ma'rifati”

Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning maqolasi “Xalq so‘zi” gazetasining  2025-yil 7-fevral № 27 (8922) juma sonida e’lon qilindi.

Batafsil: 👉 https://samarqandim.uz/news/114

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

04 Feb, 06:35


Inson xotirasi aziz...

👉 https://www.youtube.com/watch?v=mSV-XM5JWz8

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

29 Jan, 06:01


“Bu vatanda bir Vatan,
qurmoqni istaydir ko‘ngil…”


Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning maqolasi “Xalq so‘zi” gazetasining  2025-yil 29-yanvar № 20 (8915) chorshanba sonida e’lon qilindi.

Batafsil: 👉 https://samarqandim.uz/news/106

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

27 Jan, 17:51


Samarqand davlat universitetida ijodiy uchrashuv tashkil etildi...

Samarqand davlat universitetida O’zbekiston hamda Belarus Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do’stlik” ordeni sohibi Ismat Ko’chiyevning 70 yilligiga bag’ishlab adabiy anjuman tashkil etildi...

Batafsil: 👉 https://samarqandim.uz/news/105

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:


Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

26 Jan, 09:24


Ekspeditsiya: Samarqand sarhadlar, sirlar, saboqlar...

Videoni you tube sahifamizda tomosha qiling
:

https://youtu.be/W9gzH0xm3g4

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:


Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

23 Jan, 04:06


“Zamindan koinot qadar yuksalayotgan tafakkur"

  Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning maqolasi “Xalq so‘zi” gazetasining  2025-yil 23-yanvar № 16 (8911) payshanba sonida e’lon qilindi.

Batafsil: 👉 https://samarqandim.uz/news/100

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

14 Jan, 12:52


O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

14 Jan, 08:22


Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

13 Jan, 03:04


Samarqand davlat universiteti talabalari:
Mening otam, onam vatan himoyachisi

👉
https://youtu.be/MxkCO9z69Q0

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

02 Jan, 18:06


Sardor Umarov,
Samarqand davlat universiteti
xalqaro ta'lim dasturlari markazi direktori, dotsent


✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

02 Jan, 17:02


O'ktam Shomurodov,
Samarqand davlat universiteti bitiruvchisi,
Janubiy Koreyaning Youngnam universiteti magistranti


✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

02 Jan, 16:03


Abduqodir Tohirov,
Samarqand davlat universiteti bitiruvchisi,
Janubiy Koreyaning Youngnam universiteti magistranti


✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

02 Jan, 15:22


Diyor Musurmonov,
Samarqand davlat universiteti bitiruvchisi, Italiyaning Bolonya universiteti magistranti


✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

02 Jan, 14:05


Iftixor Yangiboyev,
Samarqand davlat universiteti bitiruvchsi, Italiyaning Aquila universiteti magistranti


✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

02 Jan, 12:04


Otabek Abdullayev,
Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi, PhD


✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

02 Jan, 11:01


Mavlon Boboxonov,
Samarqand davlat universiteti professori


✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

02 Jan, 10:00


Zavqiddin Mirtoshev,
Samarqand davlat universiteti dotsenti


✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

02 Jan, 08:04


Xurshid Toshpo'latov,
Samarqand davlat universiteti dotsenti


✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

02 Jan, 07:07


Toxir Mahmudov,
Samarqand davlat universiteti dotsenti


✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

02 Jan, 06:12


G'ofurjon Hasanov,
Samarqand davlat universiteti matematik analiz kafedrasi mudiri, dotsent


✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

02 Jan, 04:12


Shavkat Shukurov,
Samarqand davlat universiteti qurilish-ta'mirlash ishlari bo'yicha prorektori


✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

02 Jan, 03:30


Shuhrat Umidullayev,
Samarqand davlat universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektori


✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

01 Jan, 17:08


Jamshid Shamsiyev,
Samarqand davlat universiteti bitiruvchisi,
Janubiy Koreyaning Youngnam universiteti magistranti


✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

01 Jan, 15:38


Bobomurod Abdurahmonov,
Samarqand davlat universiteti bitiruvchisi, AQSH ning Kent davlat universiteti magistranti


✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

29 Dec, 07:16


Baxtiyor Ergashev,
Samarqand davlat universiteti
tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi mudiri, professor


✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

29 Dec, 06:47


Aqnazar Hasanov,
Samarqand davlat universiteti differensial tenglamalar kafedrasi mudiri, professor


✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

29 Dec, 06:37


Abduvohid Jumaboyev,
Samarqand davlat universiteti professori


✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

29 Dec, 06:27


Ahmadjon Soliyev
Samarqand davlat universiteti o'quv ishlari bo'yicha birinchi prorektori, professor


✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

25 Dec, 02:52


Самарқанд давлат университети
филология факультети декани,
филология фанлари доктори, профессор,
Турк тилшунослик жамияти мухбир аъзоси,
Ж.Д. Элтазаровга!



Ҳурматли Жўлибой Донабоевич!

Сизни туғилган кунингиз билан самимий табриклайман. Узоқ умр, тинчлик-хотиржамлик, бахт ва омад, масъулиятли ва шарафли фаолиятингизга муваффақиятлар тилайман.
Сиз туркология, замонавий ўзбек тилшунослиги соҳаси бўйича халқаро миқёсда эътироф этилган олимсиз.
Бугун Самарқанд давлат университети филология факультетида Сизнинг раҳбарлигингизда ўзбек тили ва адабиёти фанининг долзарб муаммоларини тадқиқ қилиш борасида бир қатор ишлар амалга оширилмоқда.
Сиз филология факультети профессор-ўқитувчиларини халқаро грантлар, анжуманларда иштирок этишини таъминлаш, ўзаро алмашинув дастурини ҳаётга кенг татбиқ этишда ҳам алоҳида жонбозлик кўрсатиб келяпсиз. Бунинг натижасида 2024 йилда филология факультетининг ўнлаб олимлари Туркиянинг нуфузли олий ўқув юртларида стажировка ўтади.
Сиз, айниқса, Марказий Осиё халқлари тили ва маданиятини ўрганиш, ҳамкорликда илмий изланишлар олиб бориш масаласига ҳам алоҳида эътибор қаратмоқдасиз.
Сиз Самарқанд давлат университети Туркология илмий-тадқиқот институти фаолиятини йўлга қўйиш борасида ҳам ибрат кўрсатиб келмоқдасиз.
2024 йилда Самарқанд давлат университетида “Салжуқийлар тарихий географияси – Туркистон” III халқаро симпозиуми ўтказилишида ҳам хизматларингиз катта.
2025 йилда ҳам режалаштирган ишларимиз, лойиҳаларимиз кўп. Жонажон университетимизни довруғини бутун дунёга ёйиш, нуфузи ва салоҳиятини янада ошириш, айниқса, Туркий тилли давлатлар ташкилотига аъзо бўлган мамлакатлар олий ўқув юртлари билан ҳамкорликни янада кенгайтириш жуда муҳим.
Қадрли, Жўлибой Донабоевич!
Ҳар бир ўтаётган кун, йил умр китобимизнинг саҳифаларидир.
Бу саҳифаларни ўқиган келажак авлод вакиллари биздан миннатдор бўлишидан умид қиламиз.
Туғилган кунингиз муборак бўлсин!

Рустам ХОЛМУРОДОВ,
Самарқанд давлат университети ректори,
Ўзбекистон Республикаси фан арбоби,
Олий Мажлис Сенати аъзоси.


✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

19 Dec, 13:19


#Yangiliklar

Isroil elchisi Samarqand davlat universitetida


Samarqand davlat universitetiga Isroilning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Gideon Lustig tashrif buyurdi.

Batafsil: 👉 https://samarqandim.uz/news/84

✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

19 Dec, 10:11


Самарқанд давлат университети
Касаба уюшма қўмитаси раиси, доцент
Ш. О. Маҳматмуродовга!


Қадрли Шавкат Олимович!

Туғилган кунингиз билан табриклайман. Узоқ умр, сиҳат-саломатлик, тинчлик, хотиржамлик, ишларингизга улкан муваффақиятлар тилайман.

Самарқанд давлат университети жамоаси Сиз билан ҳақли равишда фахрланади. Сизнинг қимматли фикрларингиз, маслаҳатларингиз биз учун жуда муҳим. Жонкуярлик, фидойилик каби фазилатларингизни ёшларимизга ибрат қилиб кўрсатамиз.

Сиз Самарқанд давлат университети касаба уюшма қўмитаси раиси сифатида ҳам жамоада ўзингизга хос ўрин тутасиз.

Инсонларни ижтимоий жиҳатдан қўллаб-қувватлаш, моддий ва маънавий рағбатлантириш, уларга муносиб иш шароитларини яратиб бериш, жамоада маънавий муҳитни яхшилаш, меҳнат фахрийлари, беморлар, ногиронлиги бор шахсларни ижтимоий муҳофаза қилиш борасида ҳам муҳим лойиҳаларга бош бўлиб келмоқдасиз.
 
       Ҳурматли Шавкат Олимович!

Меҳнатларингиз натижасини ва меваларини кўриш насиб этсин. Юз билан юзлашиб юринг. Яхшилар, яхшиликлар ҳамроҳингиз бўлсин.

Аллоҳ умрингизга, ризқингизга, илмингизга барака берсин. Ҳамиша Аллоҳнинг паноҳида бўлинг...         

Рустам ХОЛМУРОДОВ,
Самарқанд давлат университети ректори,
Ўзбекистон Республикаси фан арбоби,
Олий Мажлис Сенати аъзоси.


✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

18 Dec, 10:21


Самарқанд давлат университети
халқаро ҳамкорлик бўйича проректори,
профессор А.Р.Аҳадовга!

Ҳурматли Акмал Рустамович!


Туғилган кунингиз билан табриклайман. Узоқ умр, сиҳат-саломатлик, бахт ва омад, масъулиятли ва шарафли ишларингизга муваффақиятлар тилайман.
Самарқанд давлат университети бугунги кунда дунёнинг 250 яқин олий ўқув юртлари билан ҳамкорлик алоқаларини ўрнатган. Юзлаб профессор-ўқитувчиларимиз, магистр ва бакалаврларимиз хорижда стажировка ўтамоқда, илмий изланишлар олиб бормоқда, конгресс ва анжуманларда, грантларда иштирок этмоқда. Ушбу машаққатли меҳнат ва ютуқларимизда Сизнинг ҳам камтарона хизматларингиз бор, албатта.
Эллик ёш - инсон умрининг энг куч-қувватга тўлган, билим ва тажрибага эга бўлган даври ҳисобланади. Барча имкониятларингизни, маҳорат ва кўникмаларингизни жонажон СамДУ нинг ривожи ва тараққиётига сарфлашингизга, шогирдлар тайёрлаш, илмий изланишлар олиб боришингизга ишонаман.
Аллоҳ умрингизга, ризқингизга, илмингизга барака берсин. Ҳамиша Аллоҳнинг паноҳида бўлинг...


Рустам ХОЛМУРОДОВ,
Самарқанд давлат университети ректори,
Ўзбекистон Республикаси фан арбоби,
Олий Мажлис Сенати аъзоси.


✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

14 Dec, 10:03


Олий Мажлис Сенатининг
Мудофаа ва хавфсизлик масалалари
қўмитаси раиси Қ.Н. Бурҳоновга!


Ҳурматли Қутбиддин Нукритдинович!


Туғилган кунингиз билан самимий табриклайман. Сизга узоқ умр, сиҳат-саломатлик, маъсулиятли ва шарафли ишларингизда улкан муваффақиятлар тилайман.

Батафсил: 👉
https://www.samdu.uz/cy/news/58414

Telegram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

12 Dec, 18:00


Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti talabasi Shohboz Bo'ronov Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibi bo'ldi

✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

12 Dec, 17:59


⚡️Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti talabasi Doniyorbek Qurbonov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibi bo'ldi

✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

07 Dec, 04:21


БАЙРАМ ТАБРИГИ...

8 декабрь - Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган кун муносабати билан барчангизни самимий муборакбод этаман.
Конституция фақат юридик ҳужжат бўлмасдан, балки халқимизнинг умумий мақсадларини англатади. Келажакка бўлган ишончини мустаҳкамлайди.
Конституцияга нисбатан пойдевор деган сўз беҳудага ишлатилмайди. Давлат қурилиши, фуқароларнинг барча ҳуқуқ, бурч ва мажбуриятлари айнан конституция асосида яратилади, шаклланади.
..

Батафсил:👉 https://samarqandim.uz/news/76

✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

04 Dec, 12:38


Шоир Қуддус Асадга!

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси томонидан “Биринчи китобим” лойиҳаси доирасида чоп этилган “Долға” номли шеърий тўпламингизни, дасхатингиз билан олдим.
Шеърларингизни ўқиб, ижодингизда энг аввало, ота-онага бўлган чексиз меҳр, самимият, Ватанга муҳаббат тийранлик, фикрий уйғоқлик, ҳурфикрлик, чуқур мушоҳада, янгиланиш, тозариш каби туйғуларга дуч келдим.
Ижодингизда соддалик, камтарлик, беғуборлик яққол кўзга ташланади.
Биласизми? Нафақат адабиёт, балки илм-фан, санъат...ҳудудларда ҳам ривожланиши, тараққий этиши зарур.
Самарқанд, Ургут, Каттақўрғон адабий муҳитлари деган тушунчалар тарихда бўлган. Бу анъаналарни биз тиклашимиз, давом эттиришимиз жуда муҳим.
Сизни СамДУ нинг Ургут филиалида фаолият бошлаганингиз ҳам мақсадга мувофиқ.
Ургут қадим-қадимдан ижодкорлар, олиму фозиллар юрти бўлиб келган. Бугунги Ургут нафақат иқтисодий жиҳатдан, балки маънавий томондан ҳам тобора юксалиб бормоқда.
Самарқанд давлат университетининг Ургут филиалида Ўзбекистонда хизмат кўрсатган журналист, ёшлар мураббийси, Сенатор Абдусаид Кўчимовнинг журналистика мактабини ва улуғ шоир, ўзбек адабиётига бутунлай янги нафас олиб кирган Абдували Қутбиддиннинг шеърият мактабини очиш таклифини илгари сурмоқчиман.
Бу фикримни Ургут, Самарқанд вилояти раҳбарлари қўллаб-қувватлайди деб умид қиламан.
“Долға” китобининг тақдимоти файзли, эсда қоладиган бўлиб ўтишига ишонаман. Ижодингизга, умрингизга, ризқингизга барака тилайман.


Рустам ХОЛМУРОДОВ,
Самарқанд давлат университети ректори,
Ўзбекистон Республикаси фан арбоби,
Олий Мажлис Сенати аъзоси.


✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

01 Dec, 05:54


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

29 Nov, 05:03


⚡️ "Vatan va Vijdon"

Samarqand davlat universiteti rektori, O'zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a'zosi Rustam Xolmurodovning shu nomli maqolasi "Xalq so'zi" gazetasining 2024-yil, 29-noyabr sonida chop etildi...

Maqolani yuklab olish : 👉 https://samarqandim.uz/news/68

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

28 Nov, 11:56


Самарқанд давлат университети профессори,
физика-математика фанлари доктори
О. Қ. Қувондиқовга!


Ҳурматли Облоқул Қувондиқович!

Сизни 85 йиллик юбилейингиз билан самимий табриклайман. Узоқ умр, сиҳат-саломатлик, тинчлик-хотиржамлик, илмий ишларингизда улкан ютуқлар тилайман.
Самарқанд давлат университети жамоаси Сиз билан ҳақли равишда фахрланади.
Сизнинг раҳбарлигингизда Самарқанд давлат университетида элоктромагнетизм илмий мактаби яратилди. 50 йилдан бери фаолият юритаётган ушбу мактаб довруғи бутун дунёни тутган десак муболаға қилмаган бўламиз.


Батафсил: 👉 https://samarqandim.uz/news/65

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

26 Nov, 06:11


Qishlogʼimga joʼnat, bolajon...

Kelsa agar Toshkanga onam,
Bir haftada zerikar edi.
Tushunmasdim — bunda nima kam,
Olislarga koʼz tikar edi:
Qishlogʼimga joʼnat, bolajon...

...Bir parcha yer, bir parcha osmon,
Bolam, bilsang, dardim davosi.
Qadrdondir huv soʼri, ayvon,
Sogʼinganman uning havosin.
Qishlogʼimga joʼnat, bolajon...

Koshonangda hamma narsa bor,
Issiq-sovuq suvlar muhayyo.
Bunda sira chekmayman ozor,
Аmmo ichim biram zim-ziyo.
Qishlogʼimga joʼnat, bolajon...

Sigʼmayapman, axir, na qilay,
Derazang ham bulutga yondosh.
Uzoqlarga boqmay men oʼlay,
Keksa dilim boʼlaverar gʼash.
Qishlogʼimga joʼnat, bolajon...


© Oʼtkir Rahmat


Batafsil:👉 https://samarqandim.uz/news/62

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

22 Nov, 03:10


⚡️"Milliy tafakkur tanazzuli"

Samarqand davlat universiteti rektori, O'zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a'zosi Rustam Xolmurodovning shu nomli maqolasi "Xalq so'zi" gazetasining 2024-yil, 22-noyabr sonida chop etildi...

Batafsil: 👉 https://samarqandim.uz/news/56

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

20 Nov, 13:51


⚡️"Yangi parlamentning eskicha ishlashga haqqi yo'q" nomli maqola "Xalq so'zi" gazetasining 2024-yil, 20-noyabr sonida nashr etildi.

Batafsil: 👉 https://samarqandim.uz/news/53

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

19 Nov, 16:05


“Самарқандим” журнали
илмий экспедицияси аъзоларига!


Қадрли дўстлар!

Аввало, Сизларни экспедициянинг биринчи сафари ва унда қўлга киритилган дастлабки натижалар ва ютуқлар билан муборакбод этаман.

Экспедициянинг кейинги фаолиятига улкан муваффақиятлар тилайман. Ўз олдингизга қўйган мақсадларингизга эришишингизга ишонаман.

Самарқанд вилояти тарихи, археологияси, географияси, табиати, экологияси, топонимикаси, диалектологияси, халқ оғзаки ижоди, этнографиясини илмий жиҳатдан ўрганиш, тадқиқ этиш, мазкур йўналишда олиб борилган кузатишларни таҳлил қилиш, янада бойитиш, ўзгариш ва янгиликлар билан тўлдириш долзарб аҳамият касб этади.

Батафсил: 👉 https://samarqandim.uz/news/51

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

19 Nov, 12:08


Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi tarkibdagi Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida nutq so‘zladi

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

19 Nov, 08:57


Tanzila Norboyeva Senat Raisi etib saylandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi davom etmoqda.

Majlisda tashkiliy masala ko‘rildi

Konstitutsiyaning 101-moddasiga muvofiq, Prezident Oliy Majlis Senati Raisi lavozimiga senator Tanzila Norboyeva nomzodini taqdim etdi.
Tanzila Norboyeva davlat va jamoat boshqaruvida boy tajribaga ega ekani, o‘tgan davrda shu lavozimdagi samarali faoliyati natijasida mamlakatimizda xotin-qizlar, bolalar huquqlarini taʼminlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vaziyat sezilarli ravishda yaxshilangani taʼkidlandi.

Senatorlar nomzodni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

19 Nov, 07:50


Majlisda Senat Raisi va uning o‘rinbosarlarini saylash to‘g‘risidagi tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Konstitutsiyaning 101-moddasiga muvofiq, Prezident Oliy Majlis Senati Raisi lavozimiga senator Tanzila Narbayeva nomzodini taqdim etdi.

Tanzila Narbayeva davlat va jamoat boshqaruvida boy tajribaga ega ekani, o‘tgan davrda shu lavozimdagi samarali faoliyati natijasida mamlakatimizda xotin-qizlar, bolalar huquqlarini taʼminlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vaziyat sezilarli ravishda yaxshilangani taʼkidlandi.

Shuningdek, Senat Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga senator Sodiq Safoyev, Senat Raisining o‘rinbosari lavozimiga senator Amanbay Orinbayev nomzodlari tavsiya etildi.

Ayni paytda majlis davom etmoqda. Senat faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish hamda Prezidentning senatorlar bilan muloqoti boshlandi.

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

19 Nov, 07:23


So‘nggi besh yilda “Korrupsiyaning mavjud emasligi” ko‘rsatkichida O‘zbekiston 23 pog‘ona yuqori ko‘tarilib, 2023 yilda 140 ta mamlakat orasida 66-o‘rinni egalladi va Markaziy Osiyo mintaqasida bu yo‘nalishda sezilarli ijobiy ko‘rsatkichni namoyish etdi.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining shaffofligini baholash bo‘yicha “Ochiqlik indeksi” joriy etildi.

Biroq, bu borada hali yechimini kutayotgan masalalar ham yetarli ekani taʼkidlandi.

O‘tgan yili korrupsiyaga oid jinoyatlar 12 foizga kamaygan bo‘lsa-da, 6 ming 500 nafar shaxs korrupsiyada ayblanib, javobgarlikka tortilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha parlament nazoratini, butun jamiyatimiz ishtirokini yana-da kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

19 Nov, 07:16


Mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish borasida katta dasturlar amalga oshirilmoqda.

To‘rt yil avval 23 foiz aholimizning daromadi kambag‘allik chegarasiga ham yetmas edi. O‘tgan davrda 3,5 million fuqaro uchun daromad olish imkoniyati yaratilib, kambag‘allikni 11 foizga tushirishga erishildi. Kelgusi uch yilda uni 7 foizga tushirish reja qilingan.

Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida kelgusi yili byudjetdan 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Shuningdek, yangi yildan 65 turdagi ijtimoiy xizmat va yordamlar, 50 ga yaqin imtiyozlarni o‘zida mujassam etadigan yagona “Ijtimoiy karta” tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Daromadi va sog‘lig‘ini yo‘qotib, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash ko‘lami bosqichma-bosqich kengaytiriladi. Buning uchun “Ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinadi.

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

19 Nov, 07:11


Yangilangan Konstitutsiyada Senatga mahalliy kengashlarning qarorlari qonunchilikka muvofiq bo‘lishini taʼminlash bo‘yicha katta masʼuliyat yuklatilgan.

Birgina o‘tgan yilning o‘zida ushbu kengashlar 34 ming 400 ta qaror qabul qilganini hisobga oladigan bo‘lsak, bu qanchalik muhim vazifa ekani yaqqol ayon bo‘ladi.

Senat bu borada ochiqlik va shaffoflikni, qonuniylikni taʼminlash bo‘yicha samarali tizim yaratishi kerakligi taʼkidlandi.

Senat qo‘mitalari – yuqori palataning yuragi, harakatlantiruvchi kuchidir. Har bir qo‘mita joylardagi muammolarni o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan o‘tgan besh yil davomida o‘rtacha 37 tadan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazgan.

Lekin nazorat tadbirlari kutilgan natija berayaptimi, ulardan keyin joylarda aniq bir muammo o‘z yechimini topayaptimi, degan savol senatorlarni o‘ylantirishi kerak.

Shu bois, qo‘mitalardagi eshituv instituti asoslarini qonun darajasida mustahkamlab qo‘yish vaqti kelgani taʼkidlandi.

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

19 Nov, 07:06


Yangilangan Konstitutsiya talabi asosida mahalliy kengashlar yaqinda hokimlarni lavozimga tasdiqlashda ularning hududni rivojlantirishga oid dasturlarini ilk bor ko‘rib chiqib, maʼqulladi.

Xalqimiz deputatlardan bu dasturlardagi vazifalar ijrosi bo‘yicha deputatlik va kengash nazoratini amalga oshirishda faol va tashabbuskor bo‘lishni kutmoqda.

2025 yildan yer, mol-mulk va aylanma soliqlarini to‘liq, daromad solig‘ining esa kamida 50 foizini tuman va shaharning o‘zida qoldirish rejalashtirilgan. Bu orqali mahalliy kengashlarning ushbu sohadagi roli yana-da ortadi.

Natijada 2025 yilda tuman va shaharlar byudjetlari daromadi 9,4 trln so‘mga yoki 47 foizga oshadi.

Bu islohotlar tuman va shaharlar o‘z hududidagi muammolarni mustaqil hal etish imkoniyatini tubdan oshirish barobarida yeengashlardan yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qiynayotgan masalalar yechimi bo‘yicha asosli tashabbuslarni ilgari surishni ham taqozo etadi.

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

19 Nov, 07:02


Hokim ham, kengash raisi ham, avvalo, o‘z hududida yashayotgan aholi manfaatlarini yetakchi o‘ringa qo‘yib, bir jamoa bo‘lib ishlashi lozimligi qayd etildi.

Ayni paytda Konstitutsiyada belgilanganidek, tuman, shahar va viloyatlar miqyosida qonun hujjatlarini so‘zsiz ijro etish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ekologik jihatdan rivojlantirish uchun hokimlar masʼul va javobgar.

Senat esa mahalliy hokimlik va kengashlar hamjihat faoliyat yuritishi, o‘zaro munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etishi uchun ularga yaqindan yordam berishi ushbu jarayonlarni to‘g‘ri tashkil etishga xizmat qilishi bildirildi.

Prezident yuqori palatani tuman va shahar kengashlariga ham hokimlar raislik qilmasligi bo‘yicha islohotga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi.

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

19 Nov, 06:56


Mahalliy kengashlar faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashish Senatning ustuvor vazifasi bo‘lishi kerakligi taʼkidlandi.

Endi xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga hokimlar emas, balki deputatlar orasidan saylangan kengash raislari boshchilik qiladi. Prezidentimiz ushbu siyosiy islohot orqali xalqimizning 30 yillik orzusi ro‘yobga chiqqanini taʼkidladi.

Bu yil hokimlarning 33 ta vakolati kengashlarga olib berildi, yana 17 ta vakolatni o‘tkazish reja qilingan. Misol uchun, ichimlik suvi tarifiga ustama, davlat obyektlari va bozorlarda ijara to‘lovlari kabi jami 7 turdagi mahalliy yig‘imlar miqdorini tasdiqlash vakolati ham mahalliy kengashlarga o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, kengash so‘rovi va kengash tekshiruvi kabi yangi mexanizmlar orqali hududiy ijro organlari faoliyati ustidan nazorat kuchaytiriladi.

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

19 Nov, 06:47


Prezident Senat oldida qanday dolzarb vazifalar turgani yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Yangilangan Konstitutsiyamizda Senat bilan Qonunchilik palatasi vakolatlaridagi takroriy holatlar bartaraf etilib, ularning har biriga tegishli vazifalar aniq ko‘rsatildi.

Senat qonunlarni muhokama qilishda yangicha mexanizmlarni joriy etishi maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Ayniqsa, qonun ijodkorligi jarayoniga mahalliy kengashlarni keng jalb etish, har bir qonun bo‘yicha ularning fikrini olish amaliyotini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega.

Hududlarning o‘ziga xos xususiyat va imkoniyatlari hisobga olinmagan qonunlar quyi bo‘g‘inda samarali ishlamasligi bois, Davlatimiz rahbari Qonunlarni parlament qo‘mitalarida ko‘rib chiqishda vazirlik va idoralar vakillari bilan emas, balki mahalliy kengashlar deputatlari bilan ko‘proq ish olib borilsa, adolatdan bo‘lishini taʼkidladi.

Eng muhimi, qonunlarda hududiy va umumdavlat manfaatlari uyg‘un bo‘lishiga erishish lozim.

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

19 Nov, 06:38


So‘nggi yillarda keng ko‘lamli demokratik islohotlar tufayli O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni yaxshilanib bormoqda.

Mamlakatimiz reytingi qonun ustuvorligi bo‘yicha 8, elektron hukumat bo‘yicha 18, iqtisodiy erkinlik bo‘yicha 49, logistika va innovatsiya bo‘yicha 10 pog‘ona yuqori ko‘tarildi.

Bunday muhim yutuqlarni eʼtirof etgan holda, ayni vaqtda bu yo‘nalishlarda hali yana ko‘p ish qilinishi zarurligi taʼkidlandi.

Bugungi kunda O‘zbekiston nufuzli xalqaro minbarlardan katta-katta tashabbuslarni ilgari surmoqda.

Ularning mazmun-mohiyatini xalqimizga, xorijiy va mahalliy ekspertlarga yetkazishda senatorlarimiz faol bo‘lishlari lozim. Ammo, afsuski, ularning bu boradagi roli yetarli darajada sezilmayotgani qayd etildi.

Yuqori palataning yangi tarkibi mazkur yo‘nalishdagi faoliyatini yaxshilashiga umid bildirildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

19 Nov, 06:36


Yuqori palata o‘z faoliyatida to‘liq ishga solishi mumkin bo‘lgan imkoniyat va yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tildi.

Konstitutsiyada Senat hududiy vakillik palatasi ekani belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, oldingi chaqiriqda Senat mahalliy kengashlar bilan muloqot va hamkorlik borasida faqat dastlabki qadamlarni qo‘ydi.

Masalan, mahalliy kengashlar 15 dan ortiq masalalar bo‘yicha qaror qabul qilish vakolatiga ega bo‘lsa-da, ularni tayyorlash, kelishish va tasdiqlash bo‘yicha yagona tartib haligacha ishlab chiqilmagan.

Bundan tashqari, mahalliy kengashlarning eng yaxshi tajribalarini boshqa hududlarda ham ommalashtirish, namunali kengashlarni eʼtirof etish ham yo‘lga qo‘yilsa, ishning samarasi yana-da oshishi taʼkidlandi.

Asosiy qonunimizga muvofiq, Senat 10 dan ziyod yuqori martabali mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitadi. Lekin, hisobotlar ko‘p hollarda chuqur tahlillar o‘tkazmasdan ko‘rib chiqilayotgani qayd etildi.

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

19 Nov, 06:23


Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida Senat tarkibi ixchamlashib, uning a’zolari soni 100 nafardan 65 nafarga qisqardi.

Ayni vaqtda senatorlarning vakolatlari va mas’uliyati bir necha barobar oshdi.

Xususan, yuqori palataning parlament nazorati va bir qator muhim davlat organlarini shakllantirishdagi ishtiroki sezilarli ravishda kengaytirildi.

Ilgari senatorlar nazorat tadbirlarida yoki saylovchilar bilan uchrashuvlarda qonunlarda aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha aniq vakolatga ega emas edi. Yangilangan Konstitutsiyada Senatga qonunchilik taklifini kiritish huquqi berilishi bilan masala o‘z yechimini topdi.

Prezident yangi saylangan senatorlarimiz endi bu jarayonlarda faol bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

19 Nov, 06:18


Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ulug‘vor vazifalarni amalga oshirishda yuqori palataning avvalgi tarkibi munosib hissa qo‘shgani taʼkidlandi.

Ayniqsa, ayollar huquqlarini ishonchli taʼminlash, xotin-qizlar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalarida Senat alohida faollik ko‘rsatdi.

Oxirgi besh yilda yuqori palata tomonidan 106 marta hisobotlar eshitildi, ijro organlariga 1 ming 300 ta so‘rov kiritildi.

Parlamentning xalqaro maydondagi nufuzi ham sezilarli darajada oshib bormoqda. O‘tgan davrda xorijiy davlatlar bilan parlamentlararo do‘stlik guruhlari soni 26 tadan 73 taga yetdi.

Senat Osiyo xotin-qizlar forumi, Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlararo forumi kabi yirik xalqaro tadbirlarga mezbonlik qildi. Parlamentlararo Ittifoqning 150- assambleyasi, yaʼni yubiley anjumani kelgusi yili poytaxtimizda o‘tkazilishi ham alohida eʼtiborga loyiq.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

19 Nov, 06:11


Мамлакатимизда бўлиб ўтган сайловлар маҳаллий кенгашлар фаолиятида ҳам янги даврни бошлаб бераётгани таъкидланди.

Янги сайланган маҳаллий кенгашлар таркиби ва мақомига кўра олдинги ҳолатдан мутлақо фарқ қилади. Уларнинг таркиби қарийб 60 фоизга янгиланиб, 3 мингдан ортиқ юртдошларимиз илк бор депутат бўлгани ҳам шундан далолат беради.

Айниқса, кенгашларда аёл депутатлар улуши 32 фоизга етгани, 30 ёшгача бўлган депутатлар сони 3,5 карра ошгани Сенат фаолиятини эндиликда янгича ёндашув ва қарашлар асосида ташкил этишда муҳим роль ўйнайди.

Турли минтақалардаги қонли тўқнашувлар, экологик ва техноген фожиалар, иқлим ўзгаришлари, иқтисодий инқирозлар, терроризм ва экстремизм таҳдидлари, қочоқлар муаммолари тобора кучайиб бормоқда.

Мана шундай таҳликали вазиятда фақат кучли ирода, бирлик ва ҳамжиҳатлик, қаттиқ меҳнат билангина юртимизда тинчлик ва тараққиётни таъминлашга эриша олишимиз таъкидланди.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

19 Nov, 06:07


Senat birinchi majlisining kun tartibi tasdiqlandi

Parlament yuqori palatasi birinchi majlisining kun tartibi senatorlar tomonidan tasdiqlandi. Unga ko‘ra senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatini shakllantirish yakunlari to‘g‘risidagi axborotini ko‘rib chiqadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisini, Senat Raisi o‘rinbosarlarini saylaydi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo‘mitalari va komissiyasini tuzish, ularning raislarini, raislari o‘rinbosarlari va aʼzolarini saylash ham kun tartibiga kiritilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

19 Nov, 06:07


Президент Шавкат Мирзиёев янги чақириқ Олий Мажлис Сенатининг биринчи мажлисида иштирок этмоқда.

Давлатимиз раҳбари ўз нутқида юксак ишончга сазовор бўлиб, Сенат аъзоси этиб сайланганларни самимий муборакбод этди. Сенаторлар Янги Ўзбекистонни барпо этиш, халқимиз учун тинч ва осойишта, эркин ва фаровон ҳаёт яратиш йўлида бор билим ва тажрибасини, куч ва салоҳиятини ишга солишига умид билдирди.

Сайловлар натижасида бешинчи чақириқ Сенатнинг таркиби сифат жиҳатидан юқори даражада – кўплаб етакчи соҳа ва тармоқлар вакиллари, таниқли сиёсат, иқтисодиёт, илм-фан ва маданият намояндаларидан иборат бўлиб шакллангани таъкидланди.

Сенаторларнинг ҳар 3 нафаридан бири илмий даражага эга. Қарийб 27 фоизи ёки 16 нафари хотин-қизлар экани оила, оналик ва болалик, хотин-қизлар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш, умуман, ижтимоий масалалар бўйича қонунчилик фаолияти ҳамда парламент назоратини кучайтиришда муҳим аҳамият касб этади.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samarqandim.uz | Telegram | Instagram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

27 Oct, 15:43


#Янгиликлар

📌 Самарқанд давлат университети ва Ҳолон технология институти битирувчиларига қўшма дипломлар топширилди…


Самарқанд давлат университетига Исроилнинг Ҳолон технология институти президенти Эдуард Якубов ташриф буюрди.

Батафсил: 👉
https://www.samdu.uz/cy/news/57583

Telegram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

27 Oct, 06:22


#Сайлов_2024

📌   Бугун мамлакатимизда муҳим сиёсий жараён – Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашларга сайловлар бўлиб ўтмоқда...

   Самарқанд давлат университети ректори, Ўзбекистон Республикаси фан арбоби Рустам Холмуродов Самарқанд шаҳридаги 7-умумий ўрта таълим мактабда жойлашган 119-сайлов участкасида  Ватан истиқболи, миллат келажаги, халқ фаровонлиги, мамлакат тараққиёти учун муносиб номзодга овоз берди...

Telegram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

26 Oct, 17:13


#Янгиликлар

📌 Самарқанд давлат университети ва Малайзия университети ҳамкорлиги муҳокама қилинди…


Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар сайловига халқаро кузатувчи сифатида иштирок этаётган Малайзия университети ректори Нур Азуан Абу Осман бошчилигидаги делегация Самарқанд давлат университетида бўлди.

Батафсил: 👉
https://www.samdu.uz/cy/news/57579

Telegram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

25 Oct, 10:23


Сайловчилар вакиллари билан учрашув бўлиб ўтди…

Telegram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

25 Oct, 06:49


Сайловчилар вакиллари билан учрашув бўлиб ўтди…

Telegram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

23 Oct, 16:06


Сайловчилар вакиллари билан учрашув бўлиб ўтди…

Telegram | Facebook

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

22 Oct, 13:50


Сайловчилар вакиллари билан учрашув бўлиб ўтди…

8-Турон сайлов округидан халқ депутатлари Самарқанд вилоят Кенгаши депутатлигига номзод, Самарқанд давлат университети ректори, Ўзбекистон Республикаси фан арбоби Рустам Холмуродовнинг ишончли вакили СамДУ география ва экология факультети декани, профессор Субхон Аббосов Самарқанд шаҳридаги “Лоҳутий”, “Тутзор”, “Мақсуд Шайхзода”, “Гулбаҳор” маҳалласидаги сайловчилар вакиллари билан учрашди. Номзоднинг фаолияти билан батафсил таништирди.

Батафсил : 👉 https://telegra.ph/Sajlovchilar-vakillari-bilan-uchrashuv-b%D1%9Elib-%D1%9Etdi-10-22

Telegram | Facebook

2,226

subscribers

8,073

photos

508

videos