#ayollarga
Nikoh ostonasiga qadam qoʻyganingizda, biror nima olish uchun kelganingizni unuting.
Munosabatlar—oʻzaro almashinuv joyi, faqat oladigan emas.
E’tibor, hurmat, sevgi yoki gʻamxoʻrlikni talab qilishni bas qiling.
Juftingiz ham, huddi siz kabi defitsit, uning oʻziga ham koʻp narsa yetishmasligi mumkin.
Sizga nima yetishmayotgan boʻlsa, oʻsha narsani juftingizga berib koʻring.
Talablaringizni kamaytiring.
Chin dildan berishni oʻrgansangiz, energiya almashish qonuniga binoan, albatta natijasini ham olasiz.
Ideal juftliklar boʻlmaydi.
Oʻylab koʻring, sizni munosabatlaringiz boshqa birovnikiga oʻxshashi kerakligiga oʻzingizni qachon ishontirdingiz?
Birovning hayotiga oʻxshash hayot aynan sizga toʻgʻri kelishi haqida qayerda yozilgan?
Boshqa birovning hovlisidagi maysalarning yashilroq ekaniga ishonish—oʻzining bogʻini suvsiz qoldirishdek gap.
Har bir juftning oʻzini sevgi va yaqinlik konstitusiyasi bor.
Siz oʻzingizga tegishli boʻlgan, boshqalarnikiga oʻxshamaydigan munosabatlar mezonini tuzishingiz kerak.
Munosabatlaringizni—shifo topish uchun, poklanish uchun imkon deb biling.
Juftingiz—qalbingiz shifosi.
U yillar davomida qalbingizda yigʻilib kelgan chirkinliklarni tozalashda sizga yordam beradi.
Sizni gʻazabingizni keltirib, sizni xafa qilganda, keraksiz hislardan xalos boʻlishingiz uchun oʻzining qadr qimmatini fido qiladi.
Orzu va istaklaringiz uchun faqat oʻzingiz javobgar ekaningizni tushuning.
Turmush oʻrtogʻingiz sizni baxtli qilish uchun tugʻilmagan, siz ham.
Ikkingiz ham, baxtli boʻlish, quvonchli hayot kechirish, Allohning farzlarini joyiga keltirish uchun tugʻilgansiz.
Sizning orzu-havaslaringiz—bu sizniki.
Ularni amalga oshirishga juftingiz majbur emas.
Oʻylab koʻring, ehtimol juftingizdan, ota-onangizdan olomaganingizni talab qilayotgandirsiz?
Undan sizga ota-onalik qilishini kutmang.
Vaqti kelganda shundoq ham, sizga borini beradi.
90% nikoh aynan standart tushunchalar yuzasidan buzilib ketadi.
“Erkak majbur” degan streotipdan voz kechish kerak.
Eringizga jamiyatdagi bir erkak emas, bitta tirik jonzot, Allohning bandasi, yaratiq sifatida qarab koʻring.
Axir uning ham, huddi siz kabi hislari, ogʻriqlari, travmalari, zaifliklari bor.
Va erkaklar aynan shu «oʻgʻil bola yigʻlamaydi, kuchli boʻlish kerak» degan streotiplarga asoslanib, ularni berkitishga oʻrganishgan.
Munosabat—bu bir mamlakat. Unda biz, hamma menga “majbur” hamma mening istaklarimni bajarishi kerak, men aytgandek boʻlishi kerak, meni sevish kerak degan bolalik fantaziyalarimiz bilan xayrlashamiz.
Munosabat—kattalarning chegarasi. Unda majburiyat yoʻq.
Unda har bir inson, oʻzining jufti rivojlanishida, ruhan va ma’nan oʻsishida koʻmakchi boʻlishni tanlaydi.
Afzali, juftingizning Robbisiga boʻlgan vafosiga e’tiborli boʻling. Sababi—Robbisiga itoatkor, Robbisiga sodiq har banda, insonlarga nisbatan ham, omonatdor, rostgoʻy va holis boʻladi.
Shu narsa uchun kurashing.