RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺 @rgtf1 Channel on Telegram

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

@rgtf1


Roman-german tillari fakulteti dekanatining telegram tarmoğidagi rasmiy kanali.
Bu kanalda fakultet dekanatining va talabalarning ōquv jarayonlari va yangiliklar e’lon qilib boriladi.

Murojaat uchun tel:
➡️+998915400550
➡️+998906560656
➡️+998995948434

RGTF (Uzbek)

RGTF kanali – Roman-german tillari fakulteti dekanatining rasmiy telegram kanali. Bu kanalda fakultet dekanati va talabalarning o'quv jarayonlari va so'nggi yangiliklari haqida ma'lumotlar taqdim etiladi. Kanal orqali, talabalar o'z o'quv jarayonlari va fakultetde mavjud imkoniyatlardan xabardor bo'lishlari mumkin. Agar sizda savollar yoki takliflar bo'lsa, quyidagi telefon raqamlari orqali kanalga bog'lanishingiz mumkin: +998915400550, +998906560656, +998995948434. Siz ham RGTF kanali bilan bog'laning va fakultetde o'tkazilayotgan tadbirlar va yangiliklar bilan xabardor bo'ling!

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

15 Feb, 10:10


#stol_tennisi
Talabalar o`rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarimizning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish, hamda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirishga yo‘naltirilgan ishlar Roman-german tillari fakultetida ham doimiy tarzda amalga oshirilmoqda.
Jumladan, yigitlar o`rtasida stol tennisi sport turi bo`yicha musobaqalar tyutorlar tomonidan tashkillashtirilmoqda.
Fakultetda talabalar yoshlar orasida sportni targ‘ib qilish maqsadida bunday musobaqalar muntazam yo`lga qo`yilgan.

Bizni kuzatishda davom eting

https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

15 Feb, 09:13


#Millat_qiyofasi
Milliy liboslarda xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassam etgan bo‘lib, hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi
.
Roman-german tillari fakulteti talaba qizlari o`rtasida ham milliy liboslarga bo`lgan qiziqish oshib bormoqda.
Fakultet tyutori D.Tursunova milliylikni targ`ib qilishda faol ishtirok etib, talaba-qizlarga milliy libos va milliy qadriyatlar to`g`risida tushunchalar bermoqda

Bizni kuzatishda davom eting

https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

15 Feb, 08:35


#Ijara_xonadon

Roman-german tillari fakulteti tyutori Sh.Qo`shboqova tomonidan ijara asosida istiqomat qilayotgan talabalarning ijara sharoitlari o'rganildi.
O’rganish jarayonida talabalarga, odob-ahloq qoidalari, sanitariya gigiyena qoidalari, gaz va elektr jihozlaridan foydalanish bo’yicha yo’riqnoma, texnika va yong’in havfsizligi bo’yicha ko’rsatmalar berildi. Talabalarni darsdan boʻsh vaqtida ularning yashash sharoitlarini yaxshilash, ijara xonadonlaridagi sharoitlar, isitish va xonani havosini tozalab turuvchi qurilmalar sozligi bilan tanishildi.
Yongʻin xavfsizligi qoidalari bilan talabalar tanishtirilib chiqildi. Bundan koʻzlangan maqsad talabalar uchun xavfsiz hayot tarzini yoʻlga qoʻyish va oʻquv samaradorligini oshirishdir!


Bizni kuzatishda davom eting

https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

14 Feb, 13:53


🟦🟦🟦

🇺🇿Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligiga bag'ishlab "Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi" mavzusida hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542-yilligi munosabati bilan “Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir" mavzusida insholar tanlovi bo'lib o'tdi.
RGTF xotin qizlar ishlari bo’yicha dekan
maslahatchisi Azizova Z.A tashabbusi bilan o’tkazilgan bu tanlovda fakultet talabalari faol ishtirok etdilar.
Tanlov natijasiga ko’ra :

1-o’rin: Abdullayev Jaxongir, 2302 guruh talabasi.

2-o’rin: Mansurova Shahnoza ,
2405-guruh talabasi.

3-o’rin:Abdunabiyeva Sabina,
2307-guruh talabasi



📥G’olib talabalar Navruz bayrami arafasida esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar.

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

14 Feb, 10:37


#Sport_tadbirlari
📌 Bugungi kunda yurtimizda sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakulteti talabalari o‘rtasida shaxmat hamda shashka bo‘yicha bellashuv o‘tkazildi.

Bu borada olib borilayotgan keng ko‘lamli sa’y-harakatlar fakultetimiz yoshlarining, xususan, talabalarning sport sohasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishishlarida, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda muhim omil bo‘lmoqda.
O‘tkazilgan musobaqa ko‘tarinki ruhda, qiziqarli va raqobatga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.


Bizni kuzatishda davom eting

https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

14 Feb, 10:37


#Milliy_qadriyatlar

SamDChTI Roman-german tillari fakulteti rus tili va adabiyoti yo'nalishi 1- kurs talabalari ishtirokida "Milliy qadriyatlar – ma’naviyat ko‘zgusi" mavzusida "Qalb Ohangi" qo'shiqlar ijrosi tashkil etildi. Tadbir davomida milliy an’ana va urf-odatlarni tarannum etuvchi qo'shiqlar ijro etildi.
Tadbir qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.


Bizni kuzatishda davom eting

https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

14 Feb, 10:36


📣 Hurmatli fransuz tili ixlosmandlari! 🇫🇷

Sizga ajoyib yangiliklarni taqdim etamiz! Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti bosh binosida professional oʻqituvchilarning fransuz tili darslariga taklif qilamiz.

🎓 Darslarni olib boradigan o'qituvchi: Muxlisa Mamarajabova
• SamDChTI talabasi
• Sof fransuz tilida gaplashish va natif talaffuz egasi
• Fransuz tili oʻqitish sohasida 3 yillik tajribaga ega
• Fransuz tili bo'yicha turli tanlovlar gʻolibasi
• CEFR B2 sertifikati sohibasi

📍 Manzil: Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti bosh binosi

📞 Murojaat uchun:
+998932637605
📌 Ijtimoiy tarmoq:
@xusniddinovnaa_m

Fransuz tilini o'rganing va yangi imkoniyatlarga yo'l oching! Sizni kutamiz! 🌟

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

14 Feb, 10:35


Hurmatli do‘stlar!

Sizga qiziqarli va intellektual munozaralar muhitiga chorlovchi "Munozara" klubi ochilish marosimi 15-fevral kuni soat 13:00 da bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

Dastlab 14-fevralga rejalashtirilgan bo‘lsada, ko‘pchilik uchun qulay bo‘lishi uchun tadbir 15-fevralga ko‘chirildi.

"Munozara” klubining ochilishida"Munozara"
intellektual turniri
ning na’munaviy oʻyini ham bo’lib o’tadi.

Sizni klubimizning ilk yig‘ilishida kutib qolamiz! Fikr almashish, mantiqiy tahlil qilish va notiqlik san’atini rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

14 Feb, 10:34


🎙 "MUNOZARA" KLUBI OCHILISHIGA TAKLIF ETAMIZ! 🎙

Siz o‘z fikringizni aniq va ishonch bilan bildirishni, har qanday mavzuda ishonch bilan gapirishni va mantiqiy fikrlashni o‘rganmoqchimisiz? Unda "Munozara" klubi aynan siz uchun!

🔥 Bu yerda siz:
Tanqidiy va strategik fikrlashni o‘rganasiz
Jamoaviy muloqot va notiqlik ko‘nikmalarini rivojlantirasiz
Eng dolzarb mavzularda bahslashasiz
Yangi do‘stlar topasiz va fikr almashasiz

📅 Sana: 14-fevral soat 13:00 da
📍 Joy: Samarqand davlat chet tillar instituti, Sharq tillari fakulteti, 4-qavat, faollar zalida

🌟 Kimlar qatnashishi mumkin?
Barcha qiziquvchilar – talabalar, ijodkorlar, fikrini dadil bildiradigan va bahs san’atini o‘rganmoqchi bo‘lganlar!

💬 Munozara – bu shunchaki bahs emas, balki fikrlar jangi! Fikringizni kuchaytirishga tayyormisiz? Unda bizga qo‘shiling!

📞 Bog‘lanish uchun: [@Zamirovna06]

📢 Kelajak yetakchilari aynan shu yerda shakllanadi! 🚀

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

12 Feb, 12:45


#Milliy_kontent
#Osh_musobaqasi

Samarqand davlat chet tillar institutida Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi hamda fakultetlar tashabbusida o‘zbekning milliy taomi — palov tayyorlanmoqda

Bizni kuzatib boring
https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

12 Feb, 10:58


#palov_time
Samarqand davlat chet tillari instituti 1-son talabalar turar joyida Oʻzbek milliy taomi osh tayyorlanmoqda.

Bizni kuzatib boring
https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

12 Feb, 05:54


#Olima_ayollar

Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakultetida 11-fevral-Olima ayollar kuni munosabati bilan tytutorlar D.Tursunova, Sh.Qo`shboqova, G.Chinqulovalar tomonidan talaba qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida 11-fevral O`zbekiston olima ayollari forumida Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar kuni nishonlanganligi, unda olima ayollar e`tirof etilishi, qo`llab-quvvatlanishi ta`kidlab o`tildi.
Olima ayollar nafaqat ilm-fan, balki turli sohalarda ham tashabbuskorligi, fidoyiligi, mamlakatimiz rivoji uchun qo`shayotgan hissalari haqida fikrlar aytildi.
Fakultet talaba qizlarini ilm-fanga jalb qilish, ilmiy sohalarda ham faolligini oshirish, ularning yangi g`oya va fikrlarini qollab-quvvatlash va rag`batlantirish hamda tashabbuskorligini oshirish maqsad qilindi
Bunday uchrashuvlar keng ko`lamda davom etishi belgilab olindi.

Bizni kuzatib boring.

https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

12 Feb, 04:56


#Qalqon_jamoasi

📌“Xavfsizliginga qalqonman, Ona-Vatan!” shiori ostida 200 nafardan ziyod “Qalqon” jamoatchilik guruh a’zolari o’rtasida harbiy-sport musobaqalari bo’lib o’tdi.

🖇️Samarqand davlat chet tillari institutining “Qalqon” jamoasi “Arqon tortish” musobaqasi bo’yicha 🥉-o’rinni va “Zakovat” intellektual o’yini bo’yicha 🥈-o’rinni egallashdi.

🎉 G’olib jamoalar diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

11 Feb, 10:50


#Kutilgan_seminar
Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakultetida 11.02.2025 yilda iqtidorli va faol talabalar uchun turli qiziqarli mavzularni qamrab oluvchi seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarda Registrator ofisi xizmat ko'rsatish sektori menejerlari tomonidan talaba yoshlar uchun quyidagi mavzularda ma'lumotlar berib o'tilidi:

Xalqaro grantlar va ularga hujjat tayyorlash
Talabalar almashinuvi
Prezident va nomdor davlat stipendiyalari
Yil talabasi tanlovi
Yosh tilshunos olimlar jamiyati


Bizni kuzatib boring

https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

11 Feb, 09:07


#Talabalar_sharoiti_nazoratda

Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakulteti talabalar turar joyi shart-sharoitlari tyutorlar tomonidan doimiy o`rganib kelinmoqda.
O`rganish jarayonida talabalarning qulay va xavfsiz yashashi uchun yaratilgan imkoniyatlar, isitish tizimi muammolari, yuvunish xonalari holati talab darajasida ekanligi ko`zdan kechirildi.

Talaba qizlarga TTJ ichki tartib-intizomiga rioya qilishlari, o`zaro hurmat, tozalikga amal qilishi lozimligi yana bir bor ta`kidlandi.


Bizni kuzatib boring

https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

07 Feb, 09:39


Roman-german tillari fakultetida Alisher Navoiyning 584 yilligiga bagʻishlangan "Komil inson" nomli tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda fakultetimizning barcha yoʻnalishlaridan talabalar ishtirok etib, adabiyot sultoni, ma'naviyat va maʼrifat yo'lboshlovchisi bo'lgan Alisher Navoiyning gʻazallari-yu ruboiylaridan lavhalar talabalar tomonidan ijro etildi. Tadbirda Qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi dotsentlari: Xolova Maftuna Abdusalomovna, Aslanova Xafiza Abdurahimovna, kafedra o’qituvchisi Dilrabo Bekmirzayevalar ham ishtirok etishdi

Bizni kuzatib boring:
https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

06 Feb, 13:58


4️⃣4️⃣4️⃣ "Miss RGTF -2025" tanloviga start berildi.

🍀
8-mart – “Xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan Talaba-qizlarimiz o'rtasida ilk marta io’tkaziladigan “Miss RGTF -2025 “ko‘rik-tanlovi start berildi.

Talaba-qizlarimiz tayyormisiz...

❗️
Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan talaba-qizlar fakultet dekanatliga murojaat qilib tanlovning birinchi fakultet bosqichida ishtirok etishga shoshiling!

⏱️Kasting 2025-yilning
15-fevral kuniga qadar (fakultet dekanati ma'sullari tomonidan belgilangan vaqtda) o'tkaziladi.

🗓2025-yil 4-mart
Siz azizlarning bilim va mahoratingiz sinovdan o'tadigan kun!

Murojaat uchun: @zarrinaxon_alixonovna


========

4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣ Стартовал конкурс «Мисс RGTF -2025»

🍀
В связи с празднованием 8 марта - "Международный женский день", в университете стартует конкурс "Мисс RGTF -2025 “который проводится среди наших девушек-студенток.

Условия конкурса:
❗️
Девушки, проявившие желание участвовать в конкурсе, должны обратиться в деканаты факультетов, чтоб принять участие в первом факультетском этапе конкурса!

⏱️До
15 февраля 2025 года пройдет кастинг на конкурс.

🗓4 марта 2025 года — день проверки ваших знаний и умений!

Bizni kuzatib boring: https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

05 Feb, 09:04


#Tarixiy_qadamjolarga_ehtirom

Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakulteti talabalari shahrimizning boy tarixini va betakror tabiatini o‘zida gavdalantirgan joylarga sayohat qilishdi.

Talabalarning bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazish maqsadida “Tarixiy qadamjolarga ehtirom” shiori ostida mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, yoshlar orasida keng targ‘ib etish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida talabalarni Registon ansamliga sayohat tashkil etildi. Talabalarimizda tariximizga bo`lgan qiziqish yanada ortdi

Sayohat davomida talabalar har bir tarixiy shaxsning o`tmishi, mamlakatimiz tarixiga borib taqaladigan boy me’rosi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo’lishdi
.

https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

04 Feb, 15:20


#Maktab

Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakulteti Nemis filologiyasi kafedrasi professor-o’qituvchilari Azimqulova G. A., Aziziova Z. A. va Eshonqulov O. tashabbusi bilan Nurobod tumanining eng olis hududidagi “Olg‘a” mahallasida joylashgan 30-umumiy o’rta ta’lim maktabida bitiruvchi sinf o’quvchilari bilan "Nemis tili -mening tanlovim" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida o’quvchi yoshlarning bilim darajasini oshirish hamda nemis tilini o’rganishdagi kerakli tavsiyalar berib o’tildi.
O’quvchilar kafedraning tajribali katta o’qituvchilari tomonidan yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’tilgan darslardan ham bahramand bo’ldilar.

Bizni kuzatib boring: https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

04 Feb, 09:30


Уважаемые преподаватели, студенты, учащиеся! ТРКИ-2 (В2), ТРКИ -3 (С1), ТРКИ-4(С2) в Самарканде:
9 февраля 2024 г. в Самаркандском государственном институте иностранных языков на факультете романо-германских языков состоится регистрация и очередная сессия тестирования на уровни В2, С1, С2 ✍️✍️✍️ !
💬 Регистрация – 9 февраля с 10.00 до 12.00.
Экзамен – 9 февраля в 12.00
📃 Тестирование будет проводиться в бумажном формате специалистами РГПУ им. А.И. Герцена. Результаты сессии кандидаты узнают в течение 10 рабочих дней.
Телефон для справок: +99897 928 18 32
Адрес: https://maps.google.com/maps?q=39.654494,66.962420&ll=39.654494,66.962420&z=16
Самаркандский государственный институт иностранных языков
Факультет романо-германских языков (3 этаж)
Центр изучения языков

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

04 Feb, 07:58


#Agar_ogoh_sen...

Talabalar turar joyida yashovchi talaba-yoshlar bilan Roman-german tillari fakulteti tyutorlar jamoasi "Ma`rifat darsi" mashg`ulotini o`tkazishdi.
Unda ogohlik – inson va millat manfaatlarining asrab-avaylanishi, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy qoidalarga rioya qilinishi, mamlakatdagi tinchlik va barqarorlikni taʼminlashda hushyorlikni anglatadigan tushuncha ekanligi yetkazildi.
Mashg`ulot davra suhbati tarzida olib borildi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda mafkuraviy tahdidlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashashni o‘rganish, soxta tasavvurlar shakllanmasligiga alohida e’tibor berish lozimligi ta`kidlandi
.

https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

28 Jan, 07:18


#Madaniy_hordiq

Talabalarning bo'sh vatlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Roman-german tillari fakulteti rus tili 1 bosqich talabalari bilan Samarqand shahrida joylashgan Samarqand viloyat o’lkashunoslik muzeyiga tashrif tashkil etildi.
Ma'lumot uchun, Samarqand viloyat o’lkashunoslik muzeyi 1981-yil XX asr boshlarida me'mor E.O.Nelle tomonidan eklektik uslubda qurilgan boy savdogar Abram Kalantarovga tegishli bo'lgan eski qarorgohda tashkil etilgan. Muzey binosi me'moriy yodgorlik bo'lib, davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Bizni kuzatib boring:
https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

27 Jan, 02:29


Bugun 27-yanvar 2025-yil, Dushanba.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT - Xolokost qurbonlarini xotirlash xalqaro kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇨🇦 Kanada - Oila savodxonligi kuni.
🇵🇱 Polsha - Davlat bandlik xizmatlari xodimlari kuni.
🇷🇺 Rossiya - Leningrad qamali to‘liq yakunlangan kun.
🇹🇲 Turkmaniston - Vatan himoyachilari kuni.
🇲🇨 Monako - Muqaddas Devota xotirasi kuni.
🇻🇳 Vyetnam - Tinchlik kuni.

👉 VOQEALAR:

- 98 - Trayan Rim imperatori bo‘ldi.
- 661 - Ali ibn Abu Tolib vafot etishi bilan Xulafoi Roshidin davri tugadi.
- 1820 - Antarktida kashf etildi.
- 1918 - Finlyandiyada fuqarolar urushi boshlandi.
- 1924 - V. I. Leninning dafn marosimi.
- 1931 - Per Laval Fransiya bosh vaziri bo'ldi.
- 1944 - Leningrad qamali yakunlandi.
- 1945 - Sovet jangchilari Osvensim (Polsha) konslageri asirlarini ozod qilishdi.
- 1948 - AQShda magnitofonlar sotish boshlandi (Wire Recording, 149$).
- 1962 - Inga Voronina „Medeu“ muz oʻyingohida konkida uchish boʻyicha jahon rekordini yangiladi.
- 1967 - Koinot butun insoniyatga tegishli deb e’lon qilindi.
- 1967 - KA Apollon-1 sinovlaridagi halokat, 3 ta astronavt halok bo‘ldi.
- 1973 - Vyetnamda tinchlik o‘rnatish haqidagi Parij kelishuvi imzolandi.
- 2005 - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2 palatali: Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senat (yuqori palata)dan iborat qilib shakllantirildi.
- 2010 - birinchi iPad Internet-plansheti taqdim etildi.
- 2013 - Braziliyaning Santa-Mariya shahridagi "Kiss" tungi klubida yong'in sodir bo'ldi, 242 kishi halok bo'ldi, 630 kishi jarohat oldi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1571 - Abbos I Buyuk (1629) - safaviylardan bo‘lgan Eron shohi (1587-1629).
- 1756 - Volfgang Amadey Motsart (1791) - avstriyalik bastakor.
 - 1775 - Fridrix Shelling (1854) - nemis faylasufi.
- 1808 - David Fridrix Shtraus (1874) - nemis faylasufi, ilohiyotchi va publisist.
- 1824 - Yozef Israels (1911) - golland realist rassomi.
- 1826 - Mixail Saltikov-Shedrin (1889) - rus yozuvchisi.
- 1832 - Lyuis Kerroll (1898) - ingliz yozuvchisi, matematik va faylasuf.
- 1834 - Mendeleyev Dmitriy (1907) – rus kimyogar olimi va pedagogi.
- 1903 - Ekls, Ekkls Jon Keryu (1997) - avstraliyalik fiziolog. 
- 1906 - Sara Ashurbeyli (2001) - Ozarbayjon olimasi, tarixchi va sharqshunos.
- 1921 - Donna Reed (1986) - amerikalik kinoaktrisa.
- 1922 - Xonazarov Qo‘chqor - faylasuf olim, O‘zbekitstonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1982).
- 1928 - Islom Zokirov (2000) - akusher-ginekolog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
- 1936 - Semyuel Ting - xitoylik va amerikalik yadro fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1976).
- 1944 - Meyrid Korrigan - shimoliy irlandiyalik tinchlik uchun kurashchi, Nobel mukofoti sohibasi (1976).
- 1960 - Samiya Suluhu Hasan - tanzaniyalik siyosatchi, Tanzaniyaning oltinchi prezidenti (2021-yildan).
- 1964 - Bridjit Jeyn Fonda - amerikalik aktrisa.
- 1974 - Ule Eynar Byorndalen - norvegiyalik biatlonchi.
- 1980 - Marat Safin - rossiyalik tennischi.
- 1980 - Sherzod Husanov - bokschi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2001), "Oʻzbekiston iftixori" (2002).
- 1992 - Yegor Krimets - Surxon klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, ampluasi himoyachi.
- 1994 - Jorjina Rodriges - Krishtianu Ronalduning rafiqasi va model.


Ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib boring: https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

26 Jan, 13:03


🔑 "Muvaffaqiyat Kaliti" Suhbati — O'zingizni rivojlantirish sari bir qadam! 🔑

Hurmatli do‘stlar!

Sizni Telegramdagi eksklyuziv suhbatga taklif qilamiz, bu yerda muvaffaqiyat sirlarini ochib, hayotda o‘z o‘rningizni topish uchun eng muhim maslahatlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz!

🎙 Mehmonimiz
Xurshida Rahmonova

"Qizlar Ovozi " klubi viloyat Bosh koordinatori

Yosh tadbirkor

"Mirzo Ulug‘bek vorislari" ko‘rik-tanlovining Respublika g‘olibi

Toshkent Xalqaro universiteti Yurispredensiya yoʻnalishi talabasi

"O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi" ko‘krak nishoni sohibasi

📅 Sana: [28-yanvar ]
Vaqt: [20:00 da]
📍 Platforma: Telegram

Nega ishtirok etishingiz kerak?
✔️ Muvaffaqiyatga erishish uchun aniq va sinovdan o‘tgan strategiyalarni bilib oling.
✔️ Qanday qilib o‘z sohangizda faol va muvaffaqiyatli bo‘lishni o‘rganing

O‘zingiz va kelajagingiz uchun birinchi qadamni bugun tashlang! 🌟

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

26 Jan, 08:35


⚡️Diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan OTMlar ro‘yxati

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil uchun tasdiqlangan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxat 2025-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi.

Ma’lumot uchun, TOP-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).


👉 @xushnudbek 👈

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

24 Jan, 07:13


Hurmatli talabalar!

Sizlarni Munozara O'yiniga Tayyorlov Seminar Darsiga taklif etamiz! Ushbu seminar darsida munozara o'yinining asosiy qoidalari, uslublari va strategiyalari haqida ma'lumot beriladi. Bu sizning munozara jarayonida muvaffaqiyat qozonishingizga yordam beradi.
Seminar sanasi: 5-fevral
Vaqti: 09:00

Seminarda nimalar o'rganiladi?
• Munozara o'yinining asosiy tamoyillari.
• Effektiv munozara strategiyalari va taktikalar.
• Savollar tayyorlash va javob berish usullari.
• Jamoaviy ish va fikr almashish.

Qatnashish uchun RGTF,, Munozara ʼʼ klubi aʼzosi hamda ,, Munozara ʼʼ oʻyini qatnashchisi:
@Munisa_Tolliboyeva ga murojaat qiling!

Bu seminar sizga munozara o'yinida muvaffaqiyatli ishtirok etishingizda katta yordam beradi. Sizni kutamiz!
Hoziroq murojaat qiling va Munozara orqali oʻz qatʼiy pozitsiyangizni belgilab oling!


https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

23 Jan, 11:41


#Tyutorlar_faoliyati

Yurtimiz tarixi, xalqimizning boy ma’naviy merosi haqida tushunchaga ega bo‘lish, undan bugungi avlodni xabardor etishda tarixiy qadamjolarning o‘rni katta.
Jumladan, muzeylar… Bu madaniyat maskanlari yosh avlod uchun katta ahamiyatga ega. Chunki, muzeylarimizda bizning shonli va sharafli o'tmishimiz, tariximiz aks etgan. Shu boisdan Roman-german tillari fakulteti talabalari tyutorlari bilan "Buyuk ipak yo'li " davlat muzeyiga sayohati davomida bu yerdagi har bir eksponat haqida ma'lumot olib, muzeylar o'tmish va kelajak o'rtasidagi ko'prik ekanligiga yana bir bor amin bo'lishdi.


Bizni kuzatib boring: https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

21 Jan, 02:51


Bugun 21-yanvar 2025-yil, seshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon qor kuni.
🌏 Xalqaro quchoq ochish kuni.
🌏 Butunjahon din kuni.
🌏 Xalqaro sport shimlari kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇵🇱 Polsha - Buvijonlar kuni.
🇵🇭 Rossiya - Muqaddaslik va inson hayotini himoya qilish kuni.
🇨🇦 Kanada - Kvebek bayrog‘i kuni.
🇨🇦 Kanada - Linkoln Aleksandr kuni.
🇳🇴 Norvegiya - Malika Ingrid Aleksandraning tug'ilgan kuni.
🇲🇽 Meksika - "Mariachi" Meksika xalq musiqasi kuni.
🇺🇸 AQSh - Milliy olmaxonlarni qadrlash kuni.
🇷🇺 Rossiya - Aspirantura talabalari kuni.
🇩🇴 Dominikan Respublikasi - Muqaddas Altagrasiya kuni.
🇧🇧 Barbados - Errol Barrou kuni.
🇷🇺 Rossiya - Muhandislik qo‘shinlari kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1522 - Rodos oroli Usmoniylar tomonidan qo'lga kiritildi. 
- 1698 - Gollandiyadagi Buyuk elchixonani tark etib, Pyotr I ko'ngillilar bilan birgalikda Londonga keldi.
- 1775 - Moskvada Yemelyan Pugachev qatl qilindi.
- 1793 - Sud qaroriga ko‘ra Fransiya sobiq qiroli Lyudovik XVI qatl qilindi.
- 1854 - RMS Tayleur kemasi halokati (362 ta qurbon).
- 1919 - IRA tomonidan qo'llab-quvvatlangan inqilobiy Irlandiya parlamenti mamlakat mustaqilligini e'lon qildi.
- 1920 - Parij tinchlik konferensiyasi nihoyasiga yetdi.
- 1925 - Yaponiya SSSR ni tan oldi.
- 1948 - Kvebek parlamenti binosiga bayroq o’rnatildi.
- 1954 - AQSh da dunyoda birinchi “Nautilus” atom suvosti kemasi suvga tushirildi.
- 1977 - Italiyada bolani abort qilishga ruxsat berildi.
- 1997 - Noma'lum sababga ko'ra taniqli jurnalist Otar Kushinashvili halok bo'ldi.
- 1992 - O‘zbekiston  Respublikasi Milliy olimpiada qo‘mitasi(MOQ) tashkil topdi. 
- 1993 - O‘zbekiston va Belorussiya o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
- 2006 - Salyera Avstriyaning Svetl shahri yaqinidagi o'rmonda qo'rg'oshin qutisiga ko'milgan holda topildi.
- 2012 - Turkiyada dastlabki yuz implantatsiya operatsiyasi amalga oshirildi. 

👉 TAVALLUDLAR:

- 1338 - Karl V Donishmand (1380) - valualar sulolasidan Fransiya qiroli. 
- 1743 - Jon Fitch (1798) - amerikalik ixtirochi, AQShda birinchi paroxodni yasagan.
- 1819 - Xoras Uells (1848) - amerikalik stomotolog, operatsiya vaqtida birinchi marta anesteziyani ishlatgan.
- 1865 - Jon Brauning (1926) - amerikalik ixtirochi, o‘qotar qurol konstruktori.
- 1869 - Grigoriy Rasputin (1916) - Rossiya imperatori Nikolay II oilasining favoriti.
- 1898 - Zlobin Yevgeniy - teatr aktyori, O'zbekiston xalq artisti (1955). 
- 1901 - Rikardo Samora (1978) - ispaniyalik futbol darvozaboni va murabbiy.
- 1903 - Igor Kurchatov (1978) - yadrochi fizik, akademik, sovet atom bombasini yaratgan.
- 1905 - Kristian Dior (1957) - fransuz modelyeri.
- 1922 - Pol Skofild - Ingliz aktyori.
Kun tarixi kanalidan olindi
- 1941 - Plasido Domingo - ispan xonandasi.
- 1964 - Komil Rashidov — oʻzbek diplomati, yuridik fanlar doktori, professor.
- 1970 - Abdumalikov Shuhrat - teatr rassomi, O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (1999).
- 1956 - Jina Devis - amerikalik aktrisa, ssenariynavis, prodyusser, fotomodel.
- 1970 - Alen Bokshich - xorvat futbolchisi, 1998-yilgi JCHda bronza medali sovdirndori.
- 1981 - Izabella Miko - polshalik aktrisa, raqqosa, kino prodyuseri.
- 1983 - Svetlana Xodchenkova - rus teatr, kino, televideniye va dublyaj aktrisasi, prodyuser, Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist (2018).
- 1990 - Kelly Rohrbach - amerikalik aktrisa va model.
- 1999 - Rubina Ali - hind kinoaktrisasi.
- 2004 - Ingrid-Aleksandra - Norvegiya valiahd shahzodasi Xokon va uning rafiqasi Mette-Maritning to'ng'ich qizi.

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

20 Jan, 08:26


#koordinatorlar_faoliyati
#Diqqat

🎉📖 IMLO ZAKOVAT: IKKINCHI MAVSUMINING BELLASHUVIGA TAYYORMISIZ?

Bugun (20.01.2025)
🕤Soat: 20:30,
SamDChTI Yoshlar ittifoqi Telegram kanalining "Muhokama" guruhida — ikkinchi mavsumning birinchi oʻyinini boshlaymiz.
Bu oddiy o‘yin emas, bu bilim va chaqqonlik jang maydoni!

🏆 Gʻoliblar mavsum yakunida aniqlanadi va taqdirlanadi.
🔹 Eng kuchli ishtirokchilar aniqlanadi!

📌 Siz tayyormisiz?
20:30 – imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. G‘alaba sizni kutmoqda!

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

19 Jan, 08:58


#Kun_tarixi


19-yanvar sanasi tarixda bir qator muhim voqealar bilan esda qolgan:

1817-yil: Xose San-Martin o‘z armiyasi bilan And tog‘laridan o‘tib, Chili mustaqilligi uchun kurashni davom ettirdi.

1945-yil: Ikkinchi jahon urushi davrida Lodzin gettosi ozod qilindi.

1977-yil: Mayami va Bagama orollarida noodatiy ravishda qor yog‘di.

1978-yil: Germaniyaning mashhur "Volkswagen Käfer" avtomobili ishlab chiqarishdan to‘xtatildi.

1992-yil: O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi.

Shuningdek, 19-yanvar kuni tug‘ilgan mashhur shaxslar orasida 1875-yilda Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida tug‘ilgan Mahmudxo‘ja Behbudiy ham bor.
1937-yil: Xovard Xyuz o‘zining Lockheed Super Electra samolyoti bilan Los-Anjelesdan Nyu-Yorkka uchib, rekord vaqt ichida yetib bordi.

1953-yil: Sharlotta Kuper Sterri vafot etdi. U olimpiya o‘yinlarida birinchi marta tennis bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan ayol edi.

1983-yil: Apple Lisa – grafik interfeysga ega birinchi shaxsiy kompyuter bo‘lgan Lisa – Apple tomonidan rasman taqdim etildi.

2001-yil: Yoshinori Ushida dunyo bo‘yicha eng keksa odam sifatida tan olinganidan keyin 112 yoshida vafot etdi.

2012-yil: Kosta-Konkordiya sayohat kemasining qulashidan keyin uni olib tashlash uchun rejalashtirilgan operatsiya boshlandi.

Bu sanada tug‘ilgan mashhur shaxslar:

1809-yil: Edgar Allan Poe, mashhur amerikalik yozuvchi va shoir.
1946-yil: Doli Parton, mashhur amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa.
Bu voqealar tarixda 19-yanvar sanasini muhim qilib belgilagan.

Mana, 19-yanvar sanasida ro‘y bergan yana ba'zi muhim voqealar va tug‘ilgan mashhur shaxslar:

Voqealar:
1915-yil: Birinchi Jahon urushi paytida Germaniya Zeppelini birinchi marta Britaniya ustida bombardimon qildi, bu havo hujumlari tarixidagi yangi bosqichni belgiladi.

1966-yil: Hindistonda Indira Gandi mamlakatning birinchi ayol bosh vaziri sifatida qasamyod qildi.

1977-yil: AQShning Mayami shahri va atrofidagi hududlarda tarixda birinchi va yagona marta qor yog‘di.

Tug‘ilganlar:
1736-yil: Jeyms Uott, mashhur shotlandiyalik muhandis va ixtirochi, bug‘ dvigateli bilan mashhur.

1923-yil: Markus Volf, Germaniya Demokratik Respublikasining (Sharqiy Germaniya) mashhur razvedka rahbari.

1980-yil: Jenson Batton, Formula-1 poygachisi, 2009-yilgi chempion.

Vafot etganlar:
1865-yil: Pyer-Jozef Prudon, mashhur fransuz ijtimoiy nazariyotchisi va anarkist.

2000-yil: Bettie Page, mashhur amerikalik model va pin-up qiz.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring: https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

18 Jan, 09:02


📢 “Isteʼdodingni namoyon qil!” challenge!

Oʻzingizdagi isteʼdod va qobiliyatlarni boshqalarga koʻrsatishga tayyormisiz? Ushbu challenge aynan siz uchun! 🎉

🏆 Shartlar:

Oʻz isteʼdodingizni aks ettiruvchi qisqa video, rasm yoki ijodiy ishingni tayyorlang.

Boshqalarni ilhomlantiring va oʻz qobiliyatlaringizni keng jamoatchilikka taniting!

Oʻz ijodiy namunangizni 28- yanvargacha yuborishingiz mumkin.



🎁 Mukofotlar:
Siz tayyorlagan ishingiz boʻyicha bizning turli nominatsiyalarimiz va estalik sovgʻalarimiz egasi boʻlasiz !!!

Eng qiziqarli ijodiy ishlarga maxsus sovgʻalar mavjud!


🔥 Kategoriyalar:

Musiqa, raqs, yoki qoʻshiq aytish

Rasm chizish yoki dizayn

Sheʼr yozish yoki aktyorlik mahorati

Texnologik loyihalar yoki innovatsiyalar

Sport va boshqa har qanday qobiliyat!


Unutmang: Cheksiz isteʼdod va ijodiy gʻoyalarga ega boʻlganingizni koʻrsating!
Sizning isteʼdodingizni ko‘rishni orziqib kutamiz! 😍

Oʻz ishlaringizni video shaklida yuborishingizni soʻraymiz.

Murojat uchun : @Charosrgtf

Ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib boring: https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

16 Jan, 15:23


#Talabalar_turar_joyi
#Koordinatorlar_faoliyati
#Ijodiy_kecha

Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-German tillari fakulteti Yoshlar ittifoqi yetakchisi Toʻxtosheva Charos tomonidan 1-sonli talabalar turar joyida "Ijodiy kecha " tashkil etildi.
Bu kechada ijodkor talabalar oʻz ijodiy namunalaridan boshqalarni bahramand etishdi.

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

15 Jan, 11:48


#Tyutorlar_faoliyati

Bugun Roman-german tillari fakultetida "Yoshlar orasida psixofaol moddalarning noqonuniy
aylanmasiga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish mexanizmlari" mavzusida talabalar bilan yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalar iste’molining oldini olishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.
Unda giyohvand moddalar iste’moli nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo uchun dolzarb muammo ekani ta’kidlab o‘tildi. Talaba yoshlarga bunday salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va ko‘rilayotgan choralar haqida ham ma'lumotlar berildi.

Bizni kuzatib boring: https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

11 Jan, 13:08


#Insholar_tanlovi

Xabaringiz bor Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida insholar tanlovini e’lon qilingandi.

Tanlov 2 bosqichda, ya’ni oliy ta’lim muassasasida va respublika miqiyosida tashkil etiladi. Insholar tanlovi "Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida o‘tkazilmoqda.

Bugun, 11-yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” yo’nalishida institut bosqichi o’tkazildi. Unda talabalar faol qatnashishdi va Roman-german tillari fakulteti 2412-guruh talabasi Shodiya Pirnazarova 1-o'rinni qo'lga kiritib, respublika bosqichiga yo'l oldi.

❗️Eslatma: respublika bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritganlar pul mablag’lari hamda qimmatbaho savg’alar bilan taqdirlanadi.


Bizni kuzatib boring: https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

11 Jan, 12:54


#Talabalar_teatr_studiyasi
#Yuksalish
#RGTF


Diqqat , eʼlon!
Bu aynan siz uchun ajoyib imkoniyat !!!
Samarqand davlat chet tillar instituti Roman- German tillari fakulteti  " Talabalar teatr studiyasi" ning " Yuksalish " jamoasi aʼzolari isteʼdodli va talantli yoshlarni oʻz qatoriga taklif qiladi.
Oʻz isteʼdodingizni koʻrsatish uchun bu imkoniyatni qoʻldan boy bermang !


Qatnashish istagida boʻlganlar talabalar  13- yanvarga qadar roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Murojat uchun: @Charosrgtf

Ijtimoiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring: https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

11 Jan, 11:53


🗣“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025-yilgi saralash bosqichiga start berildi!

Mazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

🟢Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan;
🟢O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan;
🟢14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar.

Hujjatlar joriy yilning 1-martiga qadar Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari orqali qabul qilinadi.

➡️
Nizomni ko‘rish

© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

11 Jan, 06:01


🎓 2-patok Gid-tarjimon kursi uchun start beriladi!

🏢 Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi Mintaqa til o‘rgatish markazida quyidagi Gid-tarjimon kurslariga qabul boshlandi!

✔️ Kurs davomiyligi: 5 oy (O‘zb. bo‘ylab 5 viloyatga)
✔️ Kurs davomiyligi: 3 oy (Samarqand, Shahrisabzi)

💸 Hozirgi kunda ARAB, YAPON, XITOY, ITALYAN, MALAY va URDU tillar bo‘yicha xizmat ko'zsatuvchi Gid-tarjimonlar bir haftada 300$ dan 500$ gacha daromad qilmoqda.
⚡️ Ammo yuqorida keltirilgan tillar bo‘yicha eng kamida B1 darajadagi til bilish sertifikatiga ega bo‘lish kerak.

🏃 Shoshiling joylar soni chegaralangan. Eng birinchi ro‘yxatdan o‘rtan 10 nafar SamDChTI talabalari uchun KATTA chegirma!

🏢 Manzil: Samarqand davlat chet tillar instituti, Roman-german fakulteti, Til o'rgatish markazi. 3-qavat.

📞 Murojaat uchun: +998 93 351 51 57
📋 Ro'yxatdan o'tish: 2-patok_ZukkoEdu.Bot

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

10 Jan, 16:51


#Bilasizmi

🔹Kuraxmedov Azamat Erkinovich,
Samarqand davlat chet tillar instituti
yoshlar masalalari, ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori

© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

10 Jan, 16:51


#Bilasizmi

🔹Jumanazarov Umid Umurzoqovich,
Samarqand davlat chet tillar instituti o'quv ishlari bo'yicha prorektori

© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

10 Jan, 16:51


#Bilasizmi

🔹G'aybullayev Otabek Muxammadiyevich
,
Samarqand davlat chet tillar instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori

© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

10 Jan, 16:51


#Bilasizmi

🔹Xoliqov Bahodir Aliqulovich,
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori

© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

10 Jan, 09:50


NICHE tashkiloti sizni Fatih Sulton Mehmet Vakif universiteti ishtirokidagi akademik vebinarga taklif qiladi, unda ushbu ta'lim muassasasining Bakalavriat, Magistratura va Doktorantura dasturlari taqdim etiladi. Vebinar sizga Turkiyaning yetakchi universitetlaridan birida ta'lim olish va kelajakdagi akademik hamda kasbiy o‘sish istiqbollari haqida ma'lumot olish imkoniyatini taqdim etadi.

Vebinar tafsilotlari:
Sana: 10-yanvar, 2025 yil
Vaqt: 20:00 (mahalliy vaqt)
Platforma: Google Meet

Ro'yxatdan o'tish jarayoni:
1. Quyidagi havolaga o'ting:
https://www.nichegrp.com/event-details-registration/webinar-with-fatih-sultan-mehmet-university-study-in-turkiye
2. «Register Here» (Bu yerga ro'yxatdan o'tish) tugmasini bosing;
3. Ismingiz, familiyangiz, elektron pochta manzilingiz va telefon raqamingizni kiriting;
4. O'zingizning rolingizni tanlang (o'quvchi yoki o'qituvchi);
5. «Submit» (Yuborish) tugmasini bosing.

Ro'yxatdan o'tganingizdan so'ng, sizga vebinarga kirish havolasi elektron pochta orqali yuboriladi.

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

06 Jan, 17:05


Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Arkadiy Averchenko. So‘qirlar (hikoya)

Izoh: Yosh yozuvchi Abe bir haftaga qirol vazifasini bajaradi va eng yaxshi deb bilgan qarorini e’lon qiladi. Keyinchalik esa o‘zi chiqargan qaror Abening o‘zini hayratga soladi.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/arkadiy-averchenko-soqirlar

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/eA2XxLfRI-E

💬Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

28 Dec, 07:30


#Diqqat_muhim

TALABALAR KONFERENSIYASI TO'LIQ TO'PLAMI❗️

Samarqand davlat chet tillar institutida 2024-yilning 20-noyabr kuni "Yangi O'zbekistonda ilm-fan taraqqiyoti yosh olimlar nigohida" mavzusida ilmiy-amaliy talabalar konferensiyasi o'tkazildi!

Yuqorida Konferensiya to'plamini yuklab olishingiz mumkin❗️

https://t.me/SamDCHTI_RO

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

20 Dec, 12:11


Ishik Universiteti bilan onlayn vebinarga taklif – o'zingiz uchun yangi imkoniyatlarni kashf qiling!

NICHE Consultants sizni Ishik Universiteti (Istanbul, Turkiya) ishtirokidagi onlayn vebinarga taklif qiladi. Ushbu vebinarda Bakalavr, Magistratura va Doktorantura dasturlari haqida batafsil ma’lumot olib, o‘qish va kasbiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlarni bilib olishingiz mumkin.

Onlayn vebinar tafsilotlari:

Sana: 20.12.2024 (BUGUN)
Vaqt: 18:00 (O'zbekiston vaqti bilan)
Platforma: Google Meet

Vebinarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak.

Bu uchun:
1. Havolaga bosing.
https://www.nichegrp.com/event-details-registration/webinar-with-isik-university-study-in-turkiye

2. “Register Here” (Ro‘yxatdan o‘tish) tugmasini tanlang.

3. Quyidagilarni to‘ldiring:
Ism
Familiya
Elektron pochta
Telefon raqami

4. O‘z maqomingizni tanlang (masalan, talaba yoki o‘qituvchi).

5. “Submit” (Yuborish) tugmasini bosing.
Ro‘yxatdan o‘tgach, vebinarga qo‘shilish uchun havola email (gmail) orqali yuboriladi.

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

20 Dec, 10:39


Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakulteti talabalari o‘rtasida “Jadidlar jasorati - millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insholar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda qatnashgan talabalar Jadidchlikning paydo bo'lishi, Jadidlar jasoratining millatimiz uchun ahamiyatini m'anbalar orqali o'rganib, o'z insholarida mustaqil yoritishga harakat qilishdi. G'oliblar yaqin kunlarda e'lon qilinadi.

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

20 Dec, 03:56


📌 Qishki “perevod” uchun arizalar qabul qilish boshlandi

Uzrli sabablarga koʻra oʻqishni koʻchirish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish boʻyicha hududiy Ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Arizalar 20 dekabridan 20 yanvarga qadar (oʻsha kuni ham) qabul qilinadi.

Qishki “perevod”ga barcha ham hujjat topshirolmaydi. Faqat 2 ta uzrli sababi borlarga ruxsat.

Quyidagilar uzrli sabablar hisoblanadi:

1️⃣ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi OTMga oʻqishini koʻchirish uchun;

2️⃣ davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

📒 Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);
pasport nusxasi;
yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Oʻqishni qayta tiklash boʻyicha (koʻchirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil boʻlganligidan qatʼi nazar bevosita oʻzi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.

Xorijdagi OTMdan Oʻzbekistondagi davlat OTMga oʻqishni koʻchirish uchun arizalar hozir qabul qilinmaydi. Xorijdagilar faqat yozda onlayn ariza topshiradi hamda testga kirishadi.

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.me/OTM_Minbari

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

20 Dec, 02:10


#Rasman

📌 Bugundan o'qishni ko'chirish bo'yicha arizalar qabul boshlandi

Qishki perevod haqida batafsil mana bu postlar orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

1. https://t.me/OTM_Minbari/37574
2. https://t.me/OTM_Minbari/50219

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.me/OTM_Minbari

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

16 Dec, 16:13


#Yangi_yil

Samarqand davlat chet tillar instituti Roman- german tillari fakultetida Yangi yil bayrami shukuhi

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

16 Dec, 11:34


#RGTF_fakulteti
#yangi_yil_bayrami
#taqdirlash

Hurmatli talabalar!

Sizni SamDChTI Roman -German tillari fakulteti jamoasi Yangi yil bayramiga taklif qiladi.  Yangi yil bayramini biz bilan birga, quvonch va baxt ila  nishonlashingizni istaymiz. Sizning ishtirokingiz bayramimizni yanada yorqin , esda qolarli qiladi.

San’a: 17 - dekabr
Vaqt: 11:00
Manzil: Sharq tillar fakulteti faollar zalida.

Bayram tadbirimizda sizni ko‘rishdan xursand bo‘lamiz!

Hurmat bilan,
SamDChTI Roman-German tillar fakulteti jamoasi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring: https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

15 Dec, 03:32


📌 Qishki "perevod"ga oz qoldi! Kimlarga ruxsat beriladi?

Xuddi yoz oyidagi kabi qishda ham o‘qishni ko‘chirish mumkin. Faqat bir davlat OTMidan boshqasiga.

✔️ Kimlarga ruxsat bor

➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun;
➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

👉
o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
👉 talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
👉 pasport nusxasi;
👉 yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

❗️Qishki "perevod" uchun arizalar dekabr-yanvar oylarida olinadi.

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.me/OTM_Minbari

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

14 Dec, 17:52


#koordinatorlar_faoliyati
#bir_asar_muhokamasi


Samarqand davlat chet tillar instituti Roman- German tillari fakulteti Yoshlar Ittifoqi "Talaba qizlar"  koordinatori Begoyim Tolibova  tashabbusi bilan kitobxon yoshlar oʻrtasida Javlon Jovliyevning "Qoʻrqma " nomli asari muhokamasi boʻlib oʻtdi. Talabalar kitobdagi asosiy gʻoyani bir soʻz orqali tushuntirish boʻyicha ham bahslashishdi . Kitobxonlar yigʻilgan davra munozaraga boy boʻlib oʻtdi.

Ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzating : https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

14 Dec, 12:36


⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

⚡️Sizda MULTILEVEL SCHREIBEN 🔤🔤🔤🔤 asosida imtihondan avval o‘z bilimlaringizni sinab olish imkoniyati mavjud!

⚠️Buni qanday amalga oshirish mumkin?
🟢1 Email va 1 Aufsatz yozib, quyidagi profilga: @Jasur780 ga yuborasiz. Topshiriqlarni maxfiy telegram kanaldan olasiz!
🟢Sizning ishingiz BMBA tomonidan tasdiqlangan baholash mezonlari asosida maxsus plattforma tomonidan tekshiriladi (ChatGPT emas)

⚠️ Baholash natijasida siz quyidagilarga ega bo‘lasiz:
🟢75 ball tizimi bo‘yicha baho
🟢 Qaysi joylarda xato qilganingizni aniq tahlili
🟢 Feedback va yozuvni yaxshilash bo‘yicha aniq takliflar (Verbesserungsvorschlag).

⚠️Nima uchun bu foydali?
🟢Haqiqiy imtihondagi qiladigan xatolaringizni bilib olasiz.
🟢Hozirning o‘zida amaliy ko‘nikmalaringizni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

⚠️Shartlar:
🟢MOCK sinovining narxi: 29 000 so‘m (oldindan to‘lanadi) 9860350103883483 (Jasurbek Yangiboyev) ga faqatgina Click yoki Paynet ilovasidan to‘lanishi shart Xazna, Payme, TBC bo‘lmaydi
🟢Baholash 3 kundan 1 haftagacha davom etadi, jarayon tugagandan so‘ng shaxsiy xabardan natijalar yuboriladi.
🟢Topshiriqlarni maxfiy telegram kanaldan olasiz. Kanalga kirish havolasi to‘lov qilgandan keyin beriladi.

Istalgan payti MOCK topshirishingiz mumkin.

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

12 Dec, 18:04


#bizning_yutuqlar
#eng_faol_yil_talabasi

Samarqand davlat chet tillar instituti Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti Roman-German tillari fakulteti koordinatori Charos To'xtosheva "Eng faol yil talabasi" ko'rik tanlovida "Yilning eng iqtidorli talabasi" nominatsiyasi bo'yicha faxrli 1-o'rinni egalladi.

Charosga keyingi yutuqlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz!

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

12 Dec, 18:04


#Bizning_yutuqlar

Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy hamkor universitetlar bilan talabalar mobilligi (almashinuvi) dasturini amalga oshirib kelmoqda.

ERASMUS+ loyihasi granti asosida 2025-yil 10-yanvar kunidan 28-may may kuniga qadar Fransiyaning Puatiye universitetida tahsil olish maqsadida Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakulteti talabasi Muhzuna Mamasoliyeva yuborilmoqda.

Xorij safari oldidan Muhzuna Mamasoliyevani institut rektori Bahodir Xoliqov qabul qilib, xorijiy oliygohda tahsil olish davomida bajariladigan vazifalar xususida tavsiyalar berdi.


SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

03 Dec, 06:43


Samarqand davlat chet tillari instituti Roman-german tillari fakultetida SamDTU Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasi o‘qituvchilari hamda OITSga qarshi kurash markazi mas'ullari hamkorligida “1-dekabr –“Butun jahon OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

01 Dec, 05:49


#Tug'ilgan_kun

Bugun Roman-german tillari fakulteti dekani Utkir Urazaliyevich Sattarovning tavallud topgan kuni.

Tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin, Sizga sog'lik va omonlik, faoliyatingizda zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz, hurmat bilan Roman-german tillari fakulteti jamoasi

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

29 Nov, 11:23


Qanday qilib sun'iy intellekt orqali miyangizni rivojlantirish mumkin?
https://youtube.com/watch?v=6V8G9UOBKJw&si=ipRCjzADEKyb1Mrc

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

28 Nov, 10:49


🏆 Zakovatga shoshiling, zukkolar!

O’zbekiston talabalar assotsiatsiyasi tomonidan “Zakovat”intellektual o’yini oʻtkaziladi.

Oʻtkaziladigan vaqti:
4-dekabr 14:00

📍Manzil: Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti, Gagarin 43


📱Ro‘yxatdan o‘tish uchun: Quyidagi HAVOLA orqali ariza yuborishingiz mumkin.


@Talabalar_assotsiatsiyasi

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

25 Nov, 17:10


Qadrli talaba-qizlar!

Samarqand davlat chet tillar instituti Yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkilot Kengashi tomonidan tashkil etilayotgan “Milliy soch turmagi” festivaliga taklif etamiz.

Vaqti: 27-noyabr 11:00
Manzil: Gagarin 43

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

24 Nov, 16:46


ESHITMADIM DEMANGLAR!

Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakulteti Yoshlar ittifoqi koordinatorlari tomonidan "ISTE'DOD" loyihasi 1-mavsumiga start beriladi.

Loyiha haqida maʼlumot olish va jamoaviy muhitda oʻzini sinab koʻrishni istagan barcha ishtirok etishi mumkin.

Manzil: SamDCHTI Roman-german fakulteti
Bog'lanish uchun:@Nurulla_qizi

Kutamiz😉

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:https://t.me/yoshlar_ittifoqi_samdchti
https://t.me/rgtf1

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

24 Nov, 11:04


#Diqqat

‼️
Qadrli talabalar, siz musiqa asboblarini chalishga, qo’shiq aytishga qiziqasizmi? 🎶Siz uchun bizda ajoyib yangilik bor

🇺🇿Samarqand Davlat Chet tillari institutida “Ijodkor talabalar” klubi tashkil etilmoqda.
🇺🇿Klubga a’zo bo’lish uchun biz bilan bog’laning @farzona_sherzodovna

Дорогие студенты!
Все, кто любит музыку и песни на английском языке! Мы набираем команду для музыкального кружка! Все, кто любит петь и играть на музыкальных инструментах, напишите нам.
@farzona_sherzodovna

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

18 Nov, 13:30


DIQQAT, DIQQAT❗️❗️❗️

🔊🔊🔊

Samarqand davlat chet tillar instituti Yoshlar ittifoqi BT tomonidan tashkil qilingan "Science and innovation" klubi sizlarni o'ziga chorlaydi💥🔥🌟

Barcha talabalarni ilmiy va publitsistik maqolalar yozish san’atini o‘rgatadigan "Science and innovation" klubiga taklif qilamiz! Bizning klub yuqori sifatli ilmiy maqolalar va tezislar yozish va tayyorlash bo'yicha o'z ko'nikmalarini rivojlantirmoqchi bo'lganlar uchun ajoyib imkoniyat!⚡️⚡️⚡️

📌📌📌Klub sizga nima taklif qiladi:
🖇- Yozuv mashg‘ulotlari: Fikrlaringizni qanday tuzishni, mos mavzularni tanlashni va ishonchli dalil yaratishni o‘rganing.
🖇- ilmiy maqolalar tahlili: Biz maqolalar va nashrlarning muvaffaqiyatli misollarini tahlil qilib, ularni qaysi elementlardan ustun qilishini tushuntiramiz.
🖇- Individual ish: Klub rahbari yozish jarayonida har bir ishtirokchi bilan ishlaydi va mavzuingizga uslub va yondashuvni moslashtirishga yordam beradi.
🖇- davlat stipendiyasiga tayyorgarlik: Hujjatlarni tayyorlash, motivatsion xatlar yozish va yutuqlaringizni samarali taqdim etish bo‘yicha tavsiya va maslahatlar beramiz.
🖇- joriy mavzularni muhokama qilish: biz yig'ilishlar o'tkazamiz, unda biz ilmiy sohadagi so'nggi yangiliklar va yutuqlarni muhokama qilamiz, bu sizning dunyoqarashingiz va yangi ishlar uchun ilhomingizni kengaytirishga yordam beradi.

🔎↗️"Science and innovation" klubiga qo'shiling va muvaffaqiyatli ilmiy bilim sari birinchi qadamni tashlang! O'z fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring, maslahatlar oling va klubda muvaffaqiyatga erishgan mutaxassislardan o'rganing. Bilim va ko'nikmalaringiz sizga o'zingiz tanlagan sohada ishonchli muallif va mutaxassis bo'lish imkonini beradi!

🔏Ma'lumot uchun: klub mashg'ulotlari har hafta Juma kuni soat 12:30da Ingliz tili fakultetida bo'lib o'tadi.

🗣🗣🗣Klubga berilgan havola orqali ro'yxatdan o'ting

🔋Imkoniyatni boy bermang!


☎️📞Murojaat uchun @shirin_iskanderova

https://forms.gle/aiNwcZjsWpoxCQHz7


Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

18 Nov, 04:16


O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i O`zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i xаlqаro munosаbаtlаrdа O`zbekiston Respublikаsining timsoli bo`lаdi.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i — bаyroqning butun uzunligi bo`ylаb o`tgаn to`q moviy rаng, oq rаng vа to`q yashil rаngli uchtа endаn tаrkib topgаn to`g`ri to`rtburchаk shаklidаgi mаtodir.

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

14 Nov, 13:19


Joriy yilning 14-noyabr kuni Roman-german tillari fakultetida “Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik-kelajak taraqqiyotining muhim omili” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Diniy bagʼrikenglik gʼoyasi xilma-xil diniy eʼtiqodga ega boʼlgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob gʼoya va niyatlar yoʼlida hamkor va hamjihat boʼlib yashashini anglatadi. Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik gʼoyalariga asoslanadi va yaxshilik, tinchlik, doʼstlik kabi xususiyatlarga tayanadi. Odamlarni halollik va poklik, mehr-shafqat, birodarlik va bagʼrikenglikka daʼvat etadi.Millatlararo totuvlik gʼoyasi – umumbashariy qadriyat boʼlib, turli xil xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati boʼlib xizmat qiladi.
Davra suhbatini tashkil etishda yaqindan yordam bergan Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi o’qituvchisi Baxridinov Nurali Begmurodovichga minnatdorchilik bildiramiz

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

14 Nov, 08:24


#Xorij
#Xizmat_safari

Ayni kunlarda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov boshchiligidagi institut delegatsiyasi Meksika Qo’shma Shtatlari Mexiko shahrida xizmat safarida bo'lib turibdi. Safar davomida Mexiko milliy avtonom universitetida ikkala oliy o’quv yurti o’rtasida hamkorlik aloqalari o’rnatildi.

Mazkur oliy o’quv yurtida YuNeSKO bosh assambleyasining 2025-yilda Samarqandda o‘tkazilishi ko’zda tutilgan 43-sessiyasi munosabati bilan madaniy tadbir tashkil etildi. Unda dastlab Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov institut to’g’risida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, O’zbekistonning beboha me’rosi, milliy hunarmandchilik namunalari bo’yicha taqdimot o’tkazildi.

Quyidagi havola orqali mazkur tadbirni tomosha qilishingiz mumkin:
👉
https://www.youtube.com/live/vpgf5N4UeQ0

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

13 Nov, 12:37


Vazir samarqandlik yoshlar bilan uchrashdi…

Bugun, 13-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov samarqandlik talabalar, magistrant va tadqiqotchilar bilan uchrashdi.

Vazir yoshlarning ishga joylashish, innovatsion loyihalari va rivojlangan mamlakatlar zamonaviy texnologiyalarini yurtimizda ham joriy qilish, ta’lim jarayoniga yo‘naltirish borasidagi takliflarini eshitdi.

Jarayonda Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari ham ishtirok etishdi va institut talabalari – Sevinch Muradullyeva, Elvira Tursuntosheva hamda E'zoza Ziyatovalar vazirga o’z takliflarini bildirishdi.

Sevinch Muradullyeva – Oliy ta’lim muassasalari talabalarining media savodxonligini oshirish maqsadida “Talabalar media oromgohi”ni tashkil etish taklifini berdi. Vazir Kongratbay Sharipov tomonidan ushbu taklif ma’qullanib, qo’llab-quvvatlandi.

Uchrashuv so‘ngida vazir tomonidan talabalarga kitoblar sovg‘a qilindi.

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

12 Nov, 10:48


#TEZKOR

♦️DIQQAT❗️ DIQQAT

Germaniyada Ferienjob(Yozgi taʼtilda ish) qilmoqchi boʻlgan talabalar zudlik bilan murojaat qilsin!

♦️Bizda 4 kishiga joy bor.

♦️ HOTEL & QISHLOQ XOʻJALIGI!

♦️MUHLAT: JORIY YILNING 15-noyabrgacha. 15.11.2024

♦️TALABLAR: 18_35 YOSH CHEGARASI; SUDLANMAGAN BOʻLISHI; FANLARDAN QARZDORLIK BOʻLMASLIGI;
RUS, NEMIS YOKI INGLIZ TILIDAN A1+ soʻzlasha olishi (Hotel uchun A2);

Murojaat uchun:
☎️+998507140698;
📨@AMIR_JALOLXON

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

08 Nov, 11:50


🗣 Oksford universitetida magistratura va doktorantura bosqichini istalgan sohada o‘qish uchun 200 o‘rinli to‘liq moliyalashtiriladigan Clarendon granti

📌 Talablar:

➡️ Nomzodlar 2025-yil 15-yanvarga qadar Oksford universitetidan o‘zlariga tegishli yo‘nalishni tanlab hujjat topshirishgan bo‘lishlari lozim;
➡️ Ishtirokchilar ingliz tilini bilishlari shart. Sertifikat bali nomzod topshiradigan yo‘nalishiga bog‘liq;
➡️ akademik ko‘rsatkichi yuqori, faol va harakatchan bo‘lishi kerak.

🎓 Foydali tomonlari

➡️ Shartnoma pulidan ozod qilinadilar;
➡️ Talabalarga o‘qish davomida stipendiya beriladi;
➡️ O‘qish davomidagi yashash xarajatlari ham grant tomonidan qoplab beriladi.

🙋 Eslatma: oxirgi muddat yo‘nalishga qarab farq qilishi mumkin!

🖋 Arizalar 2025-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

➡️ Batafsil

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

07 Nov, 06:16


🏢 Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi Mintaqa til o‘rgatish markazida Gid-tarjimon kursiga qabul boshlandi!
✔️ Kurs davomiyligi: 5 oy

💸 Hozirgi kunda ARAB, YAPON, XITOY, ITALYAN, MALAY va URDU tillar bo‘yicha xizmat ko'zsatuvchi Gid-tarjimonlar uchun talab juda yuqori, ular bir kunda 100$ dan 500$ gacha daromad qilmoqda.
⚡️ Shuni inobatga olgan holda yuqorida keltirilgan tillar bo‘yicha kamida B1 darajadagi til bilish sertifikatiga ega SamDChTI talabalari va boshqa xohlovchilar uchun malum talablar asosida chegirma qilib beriladi.
✔️ Chegirma miqdori: 7500000uzs, 6,000,000uzs

🏃 Shoshiling joylar soni chegaralangan. Italyan tili bo‘yicha guruh to‘lishiga 3 kishi qoldi.

🤩 Agar qiziqsangiz +998933515157 raqamiga yozing yoki quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting ⬇️
@ZukkoEdu_bot

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

31 Oct, 09:53


#OAVda_chiqishlar
#SamDCHTI_30_yoshda

Manba: "Samarqand" gazetasi.
Mavzu: "Baynalmilal aloqalar kengaymoqda"
Muallif: O‘tkir BURXONOV, SamDCHTI ispan va italyan filologiyasi kafedrati dotsenti v.b.

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

28 Oct, 09:15


Hurmatli talabalar!

📌Uzoq kutilgan seminar - SamDChTI iqtidorli va faol talabalari uchun turli mavzularni qamrab oladigan online seminar tashkil etilmoqda.

Ushbu online seminarda SamDChTI Ilmiy va innovatsion faoliyat bo'yicha xizmat ko'rsatish sektori menejeri - Aslonov Shahram Sherzodovich tomonidan siz uchun quyidagi ma'lumotlar berib o'tiladi:

Xalqaro grantlar va ularga hujjat tayyorlash;
Prezident va nomdor davlat stipendiyalari;
Yil talabasi tanlovi;
Yosh tarjimon olimlar jamiyati;
Talabalar konferensiyasi.

📆 29-sentabr
21:00


Online seminar ovozli video chat shaklida ushbu guruhda bo'lib o'tadi👇
https://t.me/Ingliz_tili_Iqtidorli_talabalar

Qo'shimcha ma'lumot uchun: @FAO_7730

❗️Do'stlarga ham ulashing❗️

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

26 Oct, 12:13


#Tanlov

Samarqand davlat chet tillar instituti tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan “Nigoh” fotosuratlar tanlovi e’lon qilinmoqda.

Tanlovda kreativ fotosuratlaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin. G’oliblar hakamlar hayati tomonidan aniqlanadi va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

❗️Tanlovda ishtirok etish uchun fotosuratlaringizni 2024-yilning 3-nayabr kuniga qadar
@farzona_sherzodovna telegram manziliga yuborishingiz so'raladi.

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

23 Oct, 13:09


2024-yil 23-oktabr kuni soat 11:00 da Monpelier universiteti FLE yo'nalishi magistranti Diane Ganzel zoom platformasi orqali 3-kurs talabalarini C1 sertifikat olishga tayyorlash bo'yicha amaliy mashg'ulot o'tkazdi. Mashg'ulotda Diane Ganzel xonimga kafedra xorijlik malakali mutaxasisi A.S.Guryev, katta o'qituvchi N.A.Pulatova va Monpelier universiteti talabasi:Marian assistent sifatida qatnashdi.

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

22 Oct, 10:35


#ona_tilim
Fransuz tili yo'nalishi 2404-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

21 Oct, 08:17


Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi,
xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
21-oktabr O'zbek tili bayrami kuni

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

20 Oct, 10:00


#Diqqat #Tanlov

"Qizlar ibosi - millat libosi" shiori ostida institutimizning faol, qobiliyatli va uddaburon qizlari o'rtasida ochiq tanlov e'lon qilinadi !!!

Tanlovda qizlar to'rtta shart bo'yicha bellashadilar:
1-shart: TANISHTIRUV
2-shart: TEZKOR SAVOL-JAVOB
3-shart: PAZANDALIK MAHORATI
4-shart: ERKIN MAVZU

Saralangan g'oliblar tanlovning viloyat bosqichiga yo'l olishadi hamda ishtirokchilar diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishadi.

Tanlov sanasi: 23-oktabr
Ro'yhatdan o'tish muddati: 21-oktabr

Murojaat uchun:@mashhura1118
@shaxzoda_ismailova
SamDCHTI Xotin-qizlar kengashi
👉 @samdchtieduuz👈

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

19 Oct, 06:52


#Diqqat_muhim

TALABALAR KONFERENSIYASI BO'LIB O'TADI

Samarqand davlat chet tillar institutida 2024-yilning 18-noyabr kuni "Yangi O'zbekistonda ilm-fan taraqqiyoti yosh olimlar nigohida" mavzusida ilmiy-amaliy talabalar konferensiyasi o'tkaziladi!

Barcha maqolalar Google scholar tizimida indekslanadi.

Konferensiya to'plamiga maqolalar berish BEPUL. Konferensiyada faqatgina SamDCHTI talaba va magistrantlari qatnashishlari mumkin!

Konferensiyada eng yaxshi maqolalar bilan ishtirok etgan talabalar pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar!

Maqolalar o'zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Axborot xatida keltirilgan talablarga javob bermaydigan maqolalar QABUL QILINMAYDI.

MAQOLALARNI QABUL QILISH MUDDATI 2024-YILNING 12-NOYABR KUNIGACHA DAVOM ETADI.

❗️Murojaat uchun:
@Samdchti_conference

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

15 Oct, 09:30


#ELON

Hurmatli talabalar ertaga, 16.10.2024 soat 10:00 da ROMAN-GERMAN TILLARI FAKULTETI 1-qavat 1-audiotoriyada "DTA PERSONAL" MCHJ xodimlari tamonidan Work&Travel🇩🇪 yoz oylarida Germaniyada ish va amaliyot o'tash bo'yicha tadqimotini o'tkazadi. Work&Travel🇩🇪ga qiziqayotgan talabalarni taklif etamiz.

Marketing bo'limi ish e'lonlari

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

14 Oct, 06:37


🏢 Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi Mintaqa til o‘rgatish markazida Gid-tarjimon kursiga qabul boshlandi!
✔️ Kurs davomiyligi: 5 oy

💸 Hozirgi kunda ARAB, YAPON, XITOY, ITALYAN, MALAY va URDU tillar bo‘yicha xizmat ko'zsatuvchi Gid-tarjimonlar uchun talab juda yuqori, ular bir kunda 100$ dan 500$ gacha daromad qilmoqda.
⚡️ Shuni inobatga olgan holda yuqorida keltirilgan tillar bo‘yicha kamida B1 darajadagi til bilish sertifikatiga ega SamDChTI talabalari va boshqa xohlovchilar uchun malum talablar asosida chegirma qilib beriladi.
✔️ Chegirma miqdori: 7500000uzs, 6,000,000uzs

🏃 Shoshiling joylar soni chegaralangan.

🤩 Agar qiziqsangiz +998933515157 raqamiga yozing yoki quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting ⬇️
@ZukkoEdu_bot

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

13 Oct, 17:18


#zakovat

Samarqand davlat chet tillar institutida "Zakovat" intellektual oʻyini boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkaziladi.

Oʻyin 14-oktabr, soat 17:00da Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti Zakovat zali(5-qavat)da boʻlib oʻtadi.

Oʻyinda 6 kishidan iborat boʻlgan terma jamoalar ishtirok etishi mumkin.

Jamoalardan oʻyinga kechikmay kelishlarini soʻrab qolamiz!

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

12 Oct, 13:35


Hurmatli talabalar!
Institutimizning 30 yilligi munosabati bilan “Mening institutim 30 yoshda” shiori ostida 16-oktabr kuni fakultetimizda "ZAKOVAT" intellektual o'yini o‘tkaziladi. Qatnashish istagida bo'lganlar jamoa tuzib 15.10.2024 gacha quyidagi telegram manzillarga jamoa nomi va tarkibini yuborishlarini so'rab qolamiz.
Barchani faollikka chorlaymiz!
@Erali_Xabibullayevich
@azambekovna04

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

10 Oct, 11:28


DIQQAT❗️ DIQQAT

NOLDAN BOSHLAYMIZ!

GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASIDA FAOLIYAT YURITMOQCHI BOʻLGAN QISHLOQ XOʻJALIGI VA MEDITSINA YOʻNALISHI TALABALARIGA VA OLIY TAʼLIMDA OʻQISHNI BOSHLAGAN TALABALAR,
ENG MUHIMI HAR QANDAY OʻRGANUVCHILARGA BOSHLANGʻICH NEMIS TILINI A1(NOL(0)) DAN OʻRGATAMIZ.

MUROJAAT UCHUN: ☎️ +998507140698;
+998917000698;

TELEGRAM: @AMIR_JALOLXON

INSTAGRAM: @jalol_isroilovofficial140698

E-MAIL: [email protected]

Manzil: Samarqand shahri, Koʻksaroy maydoni 1-uy. Bizness sentr.(14 qavatli binoning 8-qavati.)

Moʻljal: Katta bayroq qarshisida.

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

08 Oct, 12:18


🎓 Gid-ekskursovod kursiga start boshlandi. SamDChTI qoshidagi Mintaqa til o‘rgatish markazi qabul e'lon qilmoqda!

💸 Hozirgi kunda talab yuqori bo‘lgan ARAB, YAPON, XITOY, ITALYAN, URDU va MALAY tillar bo‘yicha xizmat ko'zsatuvchi Gid-tarjimonlar bir kunda 100$ dan 500$ gacha topmoqda.
⚡️ Shuni inobatga olgan holda yuqorida keltirilgan tillar bo‘yicha kamida B1 darajadagi til bilish sertifikatiga ega Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar va boshqa xohlovchilar uchun Turizmni qo‘mitasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

✔️ Kurs davomiyligi: 5 oy
✔️ To‘lov miqdori: 6,000,000uzs

🏃 Shoshiling joylar soni chegaralangan.

🤩 Agar qiziqsangiz +998933515157 raqamiga yozing yoki quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting ⬇️
@ZukkoEdu_bot

RGTF | 🇩🇪🇫🇷🇪🇸🇮🇹🇷🇺

07 Oct, 06:17


Fakultet LOGOTIP dizayni uchun tanlov e'lon qilinadi.
Roman german tillari fakultetining zamonaviy, original va osongina tanib olinadigan logotipini yaratish maqsadida professional grafika dizaynerlari, ijodkorlar, badiiy mahoratga ega bo'lgan professor-o‘qituvchilar va albatta talabalar ishtirok etishi mumkin bo'lgan tanlov e'lon qilinadi.
Logotipning mazmuniy tarkibi fakultetning o'ziga xos xususiyatlariga, shuningdek, madaniy va estetik standartlarga mos kelishi kerak.
Erkin shaklda tavsiflovchi taqdim etilgan fakultet logosining konsepsiyasini dizayn elementlarining qiymat-semantik tarkibini dekodlashtirish bilan izohlaydi
Materiallar quyidagi telegram manzil orqali qabul qilinadi:
https://t.me/Erali_Xabibullayevich
Muddat :16-oktabrgacha