Aytish joizki, turkiy tilli davlatlarning ma’naviy qadriyatlari va tarixiy-madaniy merosini o‘rganish, asrab-avaylash hamda ommalashtirishda TURKSOY alohida o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda mazkur xalqaro tashkilot tomonidan o‘tkazilayotgan qator madaniy tadbirlar mamlakatimiz uchun hamkorlar bilan munosabatlarni yanada mustahkamlashga zamin yaratib, do‘stona aloqalar rivoji hamda madaniyatlar almashinuviga xizmat qilmoqda.
Samimiy va do‘stona ruhda kechgan muloqotimiz davomida Sultanbay Rayev bilan kelgusida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalarni muhokama qildik. O‘z navbatida, ayrim takliflarni bildirdik. Xususan, xalqaro tashkilot mavqeini oshirish maqsadida uning madhiyasini yaratish, tashkilot doirasida turkiy xalqlar madaniy merosi ro‘yxatini tuzish borasidagi takliflarimiz tashkilot yangi rahbari tomonidan iliq kutib olindi.
O‘ylaymizki, TURKSOY bilan o‘zaro manfaatli hamkorligimiz bundan buyon ham izchil davom etadi.
Ozodbek Nazarbekov,
madaniyat vaziri
🔥 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter