Bugun muhtaram Prezidentimiz ishtirok etgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida xalq vakili sifatida qatnashdik. Bu biz uchun ulkan sharaf va alohida mas’uliyat yuklaydi.
Oldimizda turgan 5 yillik deputatlik faoliyatimizda xalqimiz ishonchini oqlash, yurtimiz ravnaqiga, mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo’shadigan qonunlar qabul qilinishida munosib ishtirok etishni maqsad qilganmiz.
Oybek Yuldashev