NAMOZNI JAMOAT BILAN O'QISHNING FAZLI
Qozi Iyoz bu hadisni
“Kim farishtalarga sifatda, xushuʼ-xuzuʼda va ixlosda toʻgʻri kelib qolsa, mana shu mukofotga erishadi”, deb sharhlagan.
Ulamolar oʻsha farishtalar kim ekani haqida turli fikrlar aytishgan. Baʼzilar ularni
“hafaza” (insonni himoya qilib yuradigan) farishtalari degan boʻlsa, baʼzilari
“Yoʻq, bular boshqa farishtalar”, deyishgan.
Birinchi safda turib, ulkan savobga erishilishi ham jamoat namozining fazilatlaridandir.
Odamlar birinchi safning fazilati nechogʻlik ulugʻ ekanini anglashsa, urishib-talashib boʻlsa ham unga intilgan boʻlishar edi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Odamlar azonda va birinchi safda qanchalik koʻp savob borligini bilishsa, soʻngra unga yetishishning imkoni boʻlmay, faqat qurʼa tashlash bilan yetishishning imkoni boʻlsa, albatta, qurʼa tashlagan boʻlishar edi. Tahjirda (namozga takbir aytishda)
qanchalik savob borligini bilishsa, musobaqalashib boʻlsa ham unga shoshilgan boʻlishar edi. Odamlar xufton bilan bomdod namozida nechogʻlik savob borligini bilishsa, emaklab boʻlsa ham borgan boʻlishar edi”.
Yana Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy solllalohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Agar bilsangiz edi (yoki birinchi safda qanday savoblar borligini bilishsa edi),
albatta, oʻrtada qurʼa tashlangan boʻlishar edi” (Imom Muslim rivoyati).
Birinchi saf-saflarning eng yaxshisidir.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Erkaklar uchun saflarning eng yaxshisi birinchisidir, saflarning eng yomoni oxirgi safdir. Ayollar uchun saflarning eng yaxshisi oxirgi safdir, eng yomoni birinchi safdir” (Imom Muslim rivoyati).
Erkaklar yoki ayollar uchun eng yaxshi yoki eng yomon saf deganda bu saflarning savobi va fazilati nazarda tutilgan. Ayollar oʻzlarini erkaklardan uzoqroq tutishlari lozimligi eʼtiboridan ular uchun eng yaxshi saf–eng oxirgi saf ekani aytilmoqda. Jamoat bilan oʻqilgan namozning fazilatlari juda koʻp. Jumladan, kim xufton namozini jamoat bilan ado qilsa, oʻsha kechaning yarmini ibodat bilan oʻtkazgan kishining savobini oladi. Kim bomdod namozini jamoat bilan oʻqisa, shu kechaning hammasini ibodat bilan oʻtkazganlarning savobini oladi. Imom Abu Dovud va Moliklar shu mazmundagi hadislarni rivoyat qilishgan.
Kim azonni eshitib turib, uzrsiz jamoatga chiqmasa, uning namozi nuqsonli boʻladi. Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kim azonni eshitsa-yu, uni (jamoatdan)
toʻsadigan biron uzr boʻlmay turib, azonga ergashmasa (yaʼni namozga chiqmasa),
uning oʻqigan namozi qabul qilinmaydi” (Abu Dovud va Ibn Hibbon rivoyati).
📚 Muhammad Hasaniyning "Eng sharafli ummat" kitobidan.
✍️ Oybek Ne'matulloh, G'iyosiddin Habibulloh tarjimasi.
Manba
Каналимизга обуна бўлинг
👇👇👇https://t.me/OlimxonIsaxon