NDKTU_AL @ndkial Channel on Telegram

NDKTU_AL

@ndkial


Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyi axborot xizmati.

NDKTU_AL (Uzbek)

NDKTU_AL nomli Telegram kanalimizga xush kelibsiz! Bu kanalimiz Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyi axborot xizmatiga bag'ishlangan. Kanalimizda litseyimiz haqida so'nggi yangiliklar, talabalarning muvaffaqiyatlari, professor va o'qituvchilarimizning faoliyatlari bilan tanishing. Bizning kanal orqali universitetimizning faoliyatini yaqinroqdan kuzatib boring, hamda akademik yo'nalishlar, ilmiy-tadqiqot ishlari haqida eng so'nggi ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Agar siz ham Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyini yaqindan kuzatib borishni xohlaysiz, bizning kanalga obuna bo'ling va yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling!

NDKTU_AL

13 Nov, 12:38


🏛Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyi va NDKTU hamda MvaMT boshqarmasi hamkorligida umumta'lim maktablarining 8-9-sinf bitiruvchilari o'rtasida olimpiada o'tkazilishini e'lon qiladi!

🗓 Joriy yilning 24-oktabrdan 22-noyabrga qadar olimpiadaning birinchi (onlayn) bosqichi o'tkaziladi. Birinchi bosqich natijalari NDKTU_AL rasmiy telegram kanalida joriy yilning 22-noyabr kuni e'lon qilinadi. Birinchi bosqichdan yuqori natija qayd qilgan o'quvchilar 1-dekabr kuni NDKTU akademik litseyida o'tkaziladigan ikkinchi (oflayn) bosqichiga taklif qilinadi.

🏆Quyidagi fanlardan birini ustiga bosing va testni ishlang:

🧮-MATEMATIKA
🔭-FIZIKA
🧪-KIMYO
🧬-BIOLOGIYA
📖-DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI
🇺🇿-ONA TILI VA ADABIYOT
🇬🇧-INGLIZ TILI

🏅Olimpiadaning ikkinchi (oflayn) bosqichi g'oliblari qimmatbaho sovg'alar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi!

📝Qo'shimcha ma'lumot uchun:

☎️ +998(94) 223 72 75
☎️ +998(93) 612 42 92

🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram

NDKTU_AL

31 Oct, 13:06


TANIQLI AKADEMIK VLADIMIR KVINT BOSHCHILIGIDAGI BIR GURUH OLIMLAR NAVOIY SHAHRIGA TASHRIF BUYURDI

2024 yilning 30-oktyabr sanasida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetiga strategiya nazariyasi va strategiyalash metodologiyasi bo‘yicha dunyo tan olgan yirik olim, Rossiya Fanlar akademiyasi xorijiy a’zosi Vladimir Lvovich Kvint tashrif buyurdi.

Dastlab, yangi tashkil etilgan “Mintaqaviy va korporativ strategiyalar” kafedrasining hamda NDKTU akademik litseyi negizida tashkil etilgan "yosh strateglar klubining" tantanali ochilish marosimi o‘tkazilib, unda Navoiy kon-metallurgiya kombinati hamda universitet rahbariyati, ndktu akademik litseyida tashkil etilgan “Vladimir Kvint yosh strateglar maktabi” a’zolari va klub rahbari Y.X.Qurbonova  ishtirok etdi. 

Marosim doirasida Vladimir Lvovichga “NDKTU faxriy professori” unvoni topshirildi hamda bir qator olimlar, o‘qituvchilar va yoshlar alohida taqdirlandi. Shundan so‘ng, V.L.Kvintning strategiyalash nazariyasi va asoslari yuzasidan taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

NDKTU_AL

24 Oct, 14:19


🏛Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyi va NDKTU hamda MvaMT boshqarmasi hamkorligida umumta'lim maktablarining 8-9-sinf bitiruvchilari o'rtasida olimpiada o'tkazilishini e'lon qiladi!

🗓 Joriy yilning 24-oktabrdan 22-noyabrga qadar olimpiadaning birinchi (onlayn) bosqichi o'tkaziladi. Birinchi bosqich natijalari NDKTU_AL rasmiy telegram kanalida joriy yilning 22-noyabr kuni e'lon qilinadi. Birinchi bosqichdan yuqori natija qayd qilgan o'quvchilar 1-dekabr kuni NDKTU akademik litseyida o'tkaziladigan ikkinchi (oflayn) bosqichiga taklif qilinadi.

🏆Quyidagi fanlardan birini ustiga bosing va testni ishlang:

🧮-MATEMATIKA
🔭-FIZIKA
🧪-KIMYO
🧬-BIOLOGIYA
📖-DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI
🇺🇿-ONA TILI VA ADABIYOT
🇬🇧-INGLIZ TILI

🏅Olimpiadaning ikkinchi (oflayn) bosqichi g'oliblari qimmatbaho sovg'alar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi!

📝Qo'shimcha ma'lumot uchun:

☎️ +998(94) 223 72 75
☎️ +998(93) 612 42 92

🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram

NDKTU_AL

24 Oct, 06:05


2024-yil 22-oktyabr kuni Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyida “Davlat ta’lim muassasalarida yuridik ta’limning uzluksiz tizimini joriy etish hamda voyaga yetmagan yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF-80-son farmoniga muvofiq yuridik ta’limning uzluksizligini ta’minlash hamda voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish maqsadida ta’lim muassasasida guruhlar o‘rtasida yoshlar o‘rtasida uchrayotgan muammolar va kundalik hayotimizdagi ko‘ringan huquqbuzarliklar qisqacha yoritilgan video roliklar yoki taqdimotlar tanlovi tashkil qilindi. Ta’lim muassasasida tashkil qilingan tanlovga 10 guruhdan 12 o‘quvchi o‘zining taqdimoti bilan ishtirok etdi. Hakamlar hay’ati o’quvchilar tomonidan taqdim etilgan taqdimotlarini ko’rib, tahlil qilishdi va g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga diplom va esdalik sovg‘alar taqdim etildi.

NDKTU_AL

24 Oct, 06:05


2024-yil 22-oktyabr kuni Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyida “Davlat ta’lim muassasalarida yuridik ta’limning uzluksiz tizimini joriy etish hamda voyaga yetmagan yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF-80-son farmoniga muvofiq yuridik ta’limning uzluksizligini ta’minlash hamda voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish maqsadida ta’lim muassasasida “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik, jinoyatchilikni oldini olish, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda A.Sharipov-Navoiy shahar IIB YXXB xodimi, D.Isroilova-Navoiy viloyati IIB YXXB xodimi va  1-2-bosqich o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tadbir davomida Navoiy viloyati IIB jamoat xavfsizlik xizmati YHXB tomonidan tayyorlangan videorolik namoyish etildi. Tadbir asosan yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini va ma’naviyatini yanada ko‘tarish, befarqlik va loqaydlikka bir soniya bo‘lsa ham berilmaslik, yo’l qoidalariga amal qilish o‘zini va boshqa harakat ishtirokchilarini ko‘ngilsizliklardan asrash ekanligi uqtirildi.