o
'tkazilishi belgilangan.Mazkur qaror ijrosi yuzasidan joriy yilning 6-fevral kuni Jizzax shahar viloyat hokimiyatida Prezident Administratsiyasi huzuridagi narkotiklarni nazorat qilish Milliy markazi hodimi Shamsiddinov Mirzo Ulug'bek Muhiddinovich hamda Respublika ixtisoslashtirilgan Ruhiy Salomatlik Ilmiy-Amaliy Tibbiyot markazi vrach narkologi Radjabboyev Inomjon Sherikboyevich ishtirokida seminar o'tkazildi. Seminarda Jizzax shahridagi universitet va institutlar, texnikumlar, litseylar va kasb-hunar maktablari, umumtaʼlim maktab direktorilari ishtirok etishdi. Joylarda o'tkazilgan tadbirlarda Shamsiddinov. M. M va Radjabboyev. I.Sh so'zga chiqib giyohvandlikning og'ir va ayanchli oqibatlari, uning oldini olish boʻyicha kerakli maslahatlar va fikrlar bildirildi. Berilgan savollarga batafsil javob qaytarildi, mavzuga oid bukletlar tarqatildi.Targ'ibot tadbirlari ko'tarinki ruxda yakunlandi.