nambiolog @nambiolog Channel on Telegram

nambiolog

@nambiolog


Biologiya fani o`qituvchilari uchun metodik yordam kanali.
Murojaat uchun:
@Qahramon_Niyozov
Internetdagi manzil:
http://nambiolog.zn.uz/
https://mover.uz/channel/biolog/
Rasmiy bot:
https://t.me/nambiolog_bot
Muhokama:
https://t.me/nambiolog_group

nambiolog (Uzbek)

Siz biologiya fani o'qituvchilari uchun metodik yordam izlayapsizmi? Agar yaqinroqda bo'lsangiz, 'nambiolog' kanali sizning muhim manzilingiz bo'lishi mumkin. Bu kanalda biologiya fani o'qituvchilari uchun foydali ma'lumotlar, metodik yordam va eng so'nggi yangiliklar to'plangan. Kanalda murojaat uchun @Qahramon_Niyozov ga yozishingiz mumkin yoki internetdagi manzillardan biriga o'tishingiz mumkin: http://nambiolog.zn.uz/ yoki https://mover.uz/channel/biolog/. Kanalda rasmiy bot ham mavjud: https://t.me/nambiolog_bot. Agar o'zingizni fikrlarini boshqalar bilan baham ko'rishni istasangiz, 'nambiolog' kanalingizdagi muhokamaga qo'shiling: https://t.me/nambiolog_group. Biologiya fani o'qituvchilari uchun bu kanalda foydali ma'lumotlar to'plangan, shuningdek, o'qituvchilar o'z fikrlarini almashtirishlari mumkin. Sizni 'nambiolog' kanaliga a'zo bo'lishni taklif qilamiz!

nambiolog

18 Feb, 01:19


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 03-01/14-623-sonli xati bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun umumtaʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilarning bazaviy taʼrif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilayotgan fan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar roʻyxati eʼlon qilindi.

@nambiolog kanaliga a'zo boling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew

nambiolog

08 Feb, 17:36


🔔 ommalashtirish.uz platformasi mart oyidan boshlab ishga tushadi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-fevralda “Oʻqituvchilarni ilgʻor ish tajribasi va faoliyati davomida qoʻllab kelayotgan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 32-sonli buyrugʻi qabul qilindi.

Unga ko'ra:

bir oy muddatda amaldagi ommalashtirish.uz platformasini takomillashtirilgan tartibi bo'yicha Respublika ta'lim markazining budjetdan tashqari mablag'lari hisobidan qayta ishlab chiqiladi va foydalanishga topshiriladi.

joriy yilning mart oyidan takomillashtirilgan tartib asosida ommalashtirish.uz platformasi orqali metodik ishlarni qabul gilish jarayonlarini tashkil etiladi.

@nambiolog kanaliga a'zo boling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew

nambiolog

15 Jan, 12:40


👨‍🏫 Endi ishga yangi kirgan pedagoglar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin!

🇺🇿Hukumat qarori bilan pedagoglarga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi. Unga koʻra maktabdan 20 ballik maʼlumotnoma berish amaliyoti bekor qilindi.

📝Bu esa endi ishga kirgan pedagoglarga ham oʻz ixtiyori bilan navbatdan tashqari attestatsiya ishtirok etish imkoniyatini beradi.

✍️Nizoming 4-bandiga koʻra pedagog kadrlar har besh yilda bir marta navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi. Ilgari attestatsiyadan oʻtmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy taʼlim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlar kasbiy faoliyatiga uch yil toʻlgandan soʻng navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi.

@nambiolog kanaliga a'zo boling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew

nambiolog

13 Jan, 14:14


#kurgazma
#fiziologiya
#Science

🗣 Речь – это использование языка в процессах выражения и обмена идеями, определенный образ жизни языка как отдельного вида социальной деятельности. Под речью понимаются процессы ее устного (голосового) и письменного проявления, то есть процесс говорения и его результат (речевые идеи, произведения, хранящиеся в памяти или зафиксированные письменно).

Органы речи, речевой аппарат – разные части тела человека, участвующие в образовании звуков речи. Кора головного мозга управляет деятельностью периферического речевого аппарата, который состоит из языка, губ, мягкого неба, мышц гортани и дыхательных мышц. К активным органам речи относятся язык, губы, мягкое небо, к пассивным — зубы, твердое небо и полость носа.

Речевой аппарат состоят из 3 частей:
1) дыхательные пути – нижний отдел речевого аппарата;
2) гортань – средний отдел речевого аппарата;
3) горло, ротовая и носовая полости — верхняя часть речевого аппарата.
Нижний отдел речевого аппарата (дыхательные пути) служит основой звукопроизношения. Верхняя часть речевого аппарата – горло и глотка, ротовая и носовая полости являются важными органами речи и производят различные типы речевых звуков.


@nambiolog kanaliga a'zo boling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew

nambiolog

13 Jan, 13:52


#kurgazma
#fiziologiya
#Science

🗣Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi.

Nutq aʼzolari, nutq apparati — odam organizmining nutq tovushlari hosil boʻlishida qatnashadigan turli qismlari. Til, lab, yumshoq tanglay, hiqildoq muskullari va nafas muskulaturasidan tashkil topgan periferik nutq apparati faoliyatini bosh miya poʻstlogʻi boshqaradi. Aktiv nutq aʼzolariga til, lab, yumshoq tanglay, passiv nutq aʼzolariga esa tishlar, qattiq tanglay, burun boʻshligʻi kiradi.

Nutq aʼzolari 3 qismdan iborat:
1) nafas yoʻli — nutq apparatining quyi qismi;
2) hiqildoq — nutq apparatining oʻrta qismi;
3) tomoq, ogʻiz va burun boʻshliqlari — nutq apparatining yuqori qismi.
Nutq apparatining quyi qismi (nafas yoʻli) tovush chiqarish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Nutq apparatining yuqori qismi — boʻgʻiz va tomoq, ogʻiz va burun boʻshliqlari muhim nutq aʼzolari boʻlib, nutq tovushlarining rang-barang turlarini hosil qiladi.

@nambiolog kanaliga a'zo boling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew

nambiolog

09 Jan, 17:00


#kurgazma
#Science

🚀 🇺🇿 Raketalarda yoqilg'i sarflanishining vizual misoli

🇷🇺 Наглядный пример расхода ракетного топлива

@nambiolog kanaliga a'zo boling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew

nambiolog

08 Jan, 12:02


📣 Attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish 15-yanvardan boshlanadi.

Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari 2024-yil 15-yanvardan boshlanadi. Ushbu toifadagi pedagoglar joriy yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 15-yanvardan 1-martga qadar ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi mumkin.

❗️Buning uchun pedagoglar Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali:

Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi;

😀shaxsiy kabineti orqali malaka sinovi o‘tgan kunning o‘zidayoq attestatsiya natijalari bilan tanishishi;

😀attestatsiya yakunida pedagoglarga beriladigan QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlarni yuklab olishi mumkin.

@nambiolog kanaliga a'zo boling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew

nambiolog

04 Jan, 12:57


#Hayvonlar_etologiyasi

🐿 Siz ushbu videoda aqlli olmaxonning noqulay vaziyatdan qanday chiqib ketish usuli bilan tanishasiz.

@nambiolog kanaliga a'zo boling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew

nambiolog

03 Jan, 17:08


👨‍🏫Pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagoglarga  amaldagi malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) beriladi.

@nambiolog kanaliga a'zo boling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew

nambiolog

03 Jan, 16:02


Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikati olgan pedagoglarga bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq toʻlanadi.

Hukumat qarori bilan maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi.

Unga ko‘ra 2025-yil 1-yanvardan boshlab pedagog kadrlarga xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish hamda sertifikat olgan pedagog kadrlarga bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq toʻlash amaliyotini joriy etish choralarini koʻrish vazifasi belgilandi.

@nambiolog kanaliga a'zo boling :
https://t.me/joinchat/AAAAAENOp8mJirabTXVsew